Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Conditions of organization of the process of technological
education on the basis of credit-module system
Atajan AVAZBAYEV
1
Yunus JORAYEV
2
Zeboxon TURSUNHOJAYEVA
3
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The article discusses the credit-modular education system, its
intricacies and tasks, content, scheme of modular educational
programs and the conditions for organizing a technological
educational process based on the credit-modular system.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
credit,
module,
credit module,
credit education system,
credit and modular system,
academic load.
Texnologik ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil
etish shart-sharoitlari
ANNOTATSIYA
Калит сўзлар:
Kredit,
modul,
kredit-modul,
ta’limning kredit tizimi,
kredit-modul tizimi,
o‘qish yuklamasi.
Maqolada ta’limning kredit-modul tizimi, uning maqsad
vazifalari, mazmuni, modulga asoslangan o‘quv dasturlari
sxemasi hamda texnologik ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi
asosida tashkil etish shart-sharoitlari yoritilgan.
1
Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
2
Senior Lecturer, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
3
Magistrant, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
172
Условия
организации
процесса
технологического
образования на основе кредитно-модульной системы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Кредит,
модуль,
кредит-модуль, кредитная
система образования,
кредитно-модульная
система,
учебная нагрузка.
В
статье
рассматривается
кредитно-модульная
система образования, ее цель и задачи, содержание, схема
модульных
образовательных
программ
и
условия
организации технологического образовательного процесса
на основе кредитно-модульной системы.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 8-oktyabrda “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF–5847 Farmoni imzolandi [1-5]. Ushbu farmon asosida “Respublikadagi
kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli
Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of
World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich
kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi
(OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim
muassasasini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tildi.
2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan 33 ta oliy ta’lim
muassasasi qatorida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlatni pedagogika universitetining
1 kurs talabalari xam kredit-modul tizimi asosida o‘qishni boshlashdi. Universitetning
5112100-Texnologik ta’li ta’lim yo‘nalishi ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida
tashkil etish shart-sharoitlari mazmunini yoritishdan oldin Kredit-modul tizimi, uning
zaruryati, mazmuni va afsalliklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz [6-10].
Kredit-modul tizimi, bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul
texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul
tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini
ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash [11-13].
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish
mumkun:
1.
o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
2.
bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
3.
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
4.
talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda mustaqil tuzishlariga
imkon yaratish;
5.
ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish, mustaqil ta’limga
alohida e’tibor berish;
6.
ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan
talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
173
Kredit-modul tizimining asosiy maqsadi – dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni
innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabaga mustaqil
o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha yondashuv,munosabatda bo‘lish, mehnat bozori
talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir [14-17].
Mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan,ilm
sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va
zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan
tizim xisoblanadi.
Ta’lim jarayoni ushbu tizim asosida olib borilayotgan ilg‘or xorijiy OTMlar
tajribasiga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 4 tadan 8 tagacha
moduldan iborat bo‘ladi [18-22]. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari,
nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy,ham mazmuniy jihatdan
bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba yuqori malakali
mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash,
amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va ular
quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1.
o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;
2.
talabaning fanni (kursni) tugatgandan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan
malakalariga qo‘yiladigan talablar;
3.
modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni
ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni
baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;
4.
o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni
baholashning usul va shakllaridan iborat.
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv
faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari ball
berish orqali baholanadi [23].
Kredit (credit)-talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha
fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning)
o‘lchov birligidir. Kredit-talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta
davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt
o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy
nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega
bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr
davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga
xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik
“aktivi”ga aylanib boradi [24].
Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini
tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllanti-rishda bevosita ishtirok etish
huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham
tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol
sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib
ham hisob-lanadi [25].
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
174
5112100-Texnologik ta’lim ta’lim yo‘nalishi ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi
asosida tashkil etish shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkun.
Birinchidan O‘zbekiston Respublikasi oliy vao‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2020-yil 30-iyundagi “2020-2021o‘quv yilidan ta’lim jarayonining kredit-modul tizimiga
o‘tishi to‘g‘risida”gi 357-sonli va Nizomiy nomidagi TDPU rektorining “Oliy vao‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2020 yil 30-iyundagi 357-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida”gi 418-U-sonli buyruqlari asosida 5112100-Texnologik ta’li ta’lim yo‘nalishi
ta’lim jarayoniga kiritilgan Kredit-modul tizimi avvalam bor mamlakatimiz oliy ta’lim
tizimiga ta’limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligi – “Kredit” o‘lchov
birligini olib kirganligi.Boshqacha aytganda ta’limning “Kredit” o‘lchoviga o‘tilganligi.
Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi
miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki
7,8 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda
kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr
darajasi beriladi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi.
Bir o‘quv yili 2-semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har
semestrda 30 kredit to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 3 yilligi hisobga
olinsa, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritish uchun jami 180 kredit, magistratura dasturini
tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi talab etiladi [26].
Kreditlar shunchaki raqamlarnigina emas, har bir kredit talaba bajarishi kerak
bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida
1 kredit o‘rtacha 30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan
bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun
semestr davomida 180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (30*6=180).
Ikkinchidan kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun
belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish
va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilishlari, u fanlarni mustaqil
tanlashlari. Buesa ta’limda shaffoflikni ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 1 kredit uchun
belgilangan 30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni o‘rganish uchun sarflanadigan jami
harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni o‘rganish
uchun mustaqil ta’lim (uyda va kutubxonada sarflagan) vaqti, nazoratlar vaqti, qo‘yingki
talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini
qamrab oladi.
Kredit-modul tizimi bo‘yicha auditoriya va mustaqil (ta’lim) o‘qish soatlari nisbati
o‘rtacha 40/60 (ayrim xollarda 50/50) foizni tashkil etadi. 40/60 nisbat, boshqacha qilib
aytganda, 1/1,5ga to‘g‘ri keladi, ya’ni talaba muayyan fan bo‘yicha belgilangan har bir soat
dars uchun darsdan tashqari bir yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi.
1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilagan bo‘lsa, undan 12 soati (30*40%=12)
auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri
keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan o‘qish yuklamasini aniqlaydigan bo‘lsak,
talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida
72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va
kutubxonada mustaqil o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi.
Uchinchidan ECTS kredit-modul tizimida talabaning bilim olish vaqti tushunchasi
dars vaqti tushunchasi bilan cheklanib qolmasdan, talaba o‘qish uchun sarflagan umumiy
vaqt bilan o‘lchanadi. Qisqacha aytganda, kredit-modul tizimida o‘qish vaqti tushunchasiga
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
175
o‘qituvchi nuqtayi nazaridan emas, balki talaba nuqtayi nazaridan yondashiladi.
Talabaning o‘qish yuklamasining bu tarzda taqsimlanishi talaba ta’lim olish jarayonida
mas’uliyatni ma’lum darajada o‘z elkasiga olishi, fan bo‘yicha darsda va darsdan tashqari
vaqtda xam muntazam ravishda shug‘ullanishi kerakligini bildiradi [27].
To‘rtinchidan talabalar o‘z o‘quv yuklamasidan unumli foydalanishlari uchun ularga
darsdan tashqari mustaqil ta’limi uchun zarur materiallar va topshiriqlar to‘plpmini
yaratish va ularni talabalarga o‘z vaqtida berib,ularning ijrosini nazorat qilib borish talab
etiladi. Talabaning o‘qish yuklamasining auditoriya va mustaqil (ta’lim) o‘qish soatlariga
ajratilishi OTMlar, ularning ARMlarini AKTlari, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash,
sifatli o‘quv qo‘llanmalar, elektron resurslar ko‘lamini yanada kengaytirishni taqozo etadi
“Texnologik ta’lim” ta’lim yo‘nalishi ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida
tashkil etishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa shart-sharoitlari yaratilgan
taqtirdagina Texnologik ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida samarali tashkil
etishlishi mumkun.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” gi PF–5847-sonli farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017–2021-yil-
larda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Xarakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–5953-son farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” VM–824-sonli qarori.
4.
Robert Wagenaar, A History of ECTS, 1989-2019. Developing a World Standard
for Credit Transfer and Accumulation in Higher Education. International Tuning Academy,
2020. Available at.
5.
Usmanov B.Sh, Xabibullayev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-
modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. 2020.
6.
O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS Kredit-
modul tizimi: Asosiy tushunchalar va qoidalar. Toshkent 2020. – B. 64.
7.
Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric shapes
and problems in its training. Збірник наукових праць scientia.
8.
Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics
of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies, 17(1). – PP. 285–288.
9.
Malikov K.G. (2020). Theory and practice of construction of axonomertic projects.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
10.
Халимов М.К., & Жабборов Р.Р. (2018). Сравнение продуктивности учебной
доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной
графики. Молодой ученый, (6). – C. 203–205.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
176
11.
Tashimov N., & Samandar Z. (2021). Improving the quality and efficiency of
teaching descriptive geometry in a credit-modular system. Academicia: An international
multidisciplinary research journal, 11(2), 730-733. Volume:11, Issue: 2. – PP. 730–733.
DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00398.0
12.
Jabbarov R. (2021, March). Priorities for the development of painting. In
Конференции.
13.
Alipov K.N. (2021). Is graphics important in painting? Academicia: An
international multidisciplinary research journal, 11(1). – PP. 984–990.
14.
Talipov N.X., & Aliev N.S. (2021). The importance of perspective in teaching art
to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2). –
PP. 97–103.
15.
Jabbarov Rustam Ravshanovich Electronic textbook program on the subject
“Applied arts and decorative arts”, 2018/11/21, No. DGU 05781, DGU 2018 0795.
16.
Bulatov C.S., & Jabbarov R.R. (2010). Philosophical and psychological analysis of
works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.
17.
Валиев, А. Н. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых
Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61.
18.
Khalimov M., & Soliddinova S. (2021). The knowledge gained by students in
engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of
Multidimensional Research (AJMR), 10(1). – PP. 260–264.
19.
Saidaxbor Bulatov, Rustam JABBAROV. (2016) №2 National traditional basis of
symbol of Khumo.Central Asian Journal of Education.Volume 1, https://uzjournals.
edu.uz/cjedu/. – PP. 85–87.
20.
Абдирасилов С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в
патриоти-ческом и эстетическом воспитании школьников. Збірник наукових праць
ΛΌГOΣ.
21.
Nazirbekova S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збірник
наукових праць ΛΌГOΣ.
22.
Расулов М. (2021). Научить студентов во внешкольных учереждениях
составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
23.
Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). Formation of creative processes in
students through teaching composition in fine arts. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
24.
Hasanov A.A. (2020). Peculiarities of preparing teachers for the development
and use of e-learning resources. Theoretical & Applied Science, (9). – PP. 15–17.
25.
Djumaevich K.K., & Toshkuvatovich D.S. (2021). The book of principle of human
specialist. Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – PP. 7077–7088.
26.
Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of
students’ creative activity through art education. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v3.12.
