Авторы

  • Дильбар Шайзакова
    д.п.н., доцент (PhD), Чирчикский государственный педагогический институт Ташкентской области, Чирчик, Узбекистан
  • Севара Муллабоева
    магистр, Чирчикский государственный педагогический институт Ташкентской области, Чирчик, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp133-138

Ключевые слова:

метод дидактика технология интерактивность находчивость сплоченность

Аннотация

В данной статье рассматривается применение методов дидактической игры в обучении химии учащихся 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у учащихся, пробуждении интереса к науке, формировании мировоззрения и новых навыков, заданиях, связанных с развитием умения понимать мира, запоминать формулы, формировать желание побеждать на основе своих исследований и знаний.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Use of didactic games to increase student activity in chemistry lessons

Dilbar SHAYZAKOVA

1

Sevara MULLABOYEVA

2


Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

This article examines the application of didactic game methods in

teaching chemistry to 7th grade students, in the formation of the
necessary citations among students, awakening interest in science, the
formation of a worldview and new skills, tasks related to the
development of the ability to understand the world, memorize
formulas, form the desire to win based on their research and
knowledge.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

method,
didactics,
technology,
interactive,
resourcefulness, intelligence.

Kimyo darslarida o‘quvchilar faolligini oshirishda didaktik
o‘yinlardan foydalanish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Metod,
didaktika,
texnologiya,
interfaol,
topqirlik,
birdamlik.

Ushbu maqolada 7-sinf o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishda

didaktik o‘yin usullarini qo‘llash orqali, o‘quvchilarda zarur bo‘lgan
kompetensiyalarni shakllantirishda, fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish,
dunyoqarashini va yangi ko‘nikmalarni shakllantirish, olamni anglash
qobiliyatini rivojlantirish, formulalarni eslab qolish, izlanishlari va
bilimlari asosida g‘olib bo‘lishga intilishni shakllantirishga doir
topshiriqlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

1

Doctor of Philosophy (PhD), Tashkent regional Chirchik State Pedagogical Institute, Chirchik, Uzbekistan.

E-mail: dilbar.nazirova.77@mail.ru

2

Magistr, Tashkent regional Chirchik State Pedagogical Institute, Chirchik, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

134

Использование дидактических игр для активизации
деятельности учащихся на уроках химии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

метод,
дидактика,
технология,
интерактивность,
находчивость,
сплоченность.

В данной статье рассматривается применение методов

дидактической игры в обучении химии учащихся
7-х классов, в формировании необходимых цитирований у
учащихся, пробуждении интереса к науке, формировании
мировоззрения и новых навыков, заданиях, связанных с
развитием умения понимать мира, запоминать формулы,
формировать желание побеждать на основе своих
исследований и знаний.


Bugungi kunda respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalashda, o‘sib kelayotgan

farzandlarimizga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim berish, ijobiy
natijalarga erishishda o‘z samarasini berib kelmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin samaralarini

berdi. Shu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz
boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan
hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish,
bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasi tobora o‘sib
borayotgan, o‘z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o‘zida aniq tasavvur
etayotgan barkamol avlodni tarbiyalashni davr taqozo etadi [1].

Aksariyat rivojlangan davlatlarda dastlabki kimyoviy bilimlar boshlang‘ich sinfda

“Tabiatshunoslik” fanining tarkibiy qismi sifatida o‘qitila boshlanadi. Kimyo fanini o‘qitish bilan bir
qatorda yosh avlodga tabiatni asrash, sog‘lom turmush tarsi, tirishqoqlik, hamkorlik qilish,
mehnatsevarlik kabi ijobiy sifatlarni o‘quvchilarda rivojlantiradi.

Rivojlangan davlatlardan Xitoy, Yaponiya, Italiya, Finlandiya, Rossiya, AQSH, Germaniya

ta’limining rivojlanish tarixini o‘rganishda, sohalardan biri kimyo sohasining o‘rni alohida etiborga
ega. Masalan, Xitoyliklarning fikricha – kimyo bu fandagi liberal san’atdir. O‘rta maktablarda kimyo
ta’limining maqsadi ba’zaviy bilimlar berishdan iboratdir. O‘quvchi kelajakda kimyoga oid
mutaxassislik tanlasa, daturdan tashqari zarur bilimlarni mustaqil o‘rganishi kerak bo‘ladi.
Aksariyat davlatlarda kimyo fani alohida fan emas, balki “Science” geologiya, geografiya, biologiya
fanlari bilan birga umumiy fan sifatida o‘qitiladi [2].

Fanning o‘quvchiga qay darajada chuqur berilishi esa, uning kelajakda egallaydigan kasbiga

va fanga bo‘lgan qiziqishiga qarab belgilanadi. O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo
fanini o‘qitishni 7-sinfdan boshlaydilar.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar dars jarayonida mavzuni tushuntirishda faqatgina darslikda

berilgan nazariy ma’lumotlarni keltirish bilan qanoatlanadilar. O‘quvchilarga fanning ahamiyatini,
har bir o‘qitayotgan mavzularning xayotning aynan qaysi jabhasida qo‘llashni yetarlicha tushuntira
olmaydilar. Bu bilimlar o‘quvchilarda kimyo ularga kelajakda keraksiz fan sifatida taassurot
uyg‘otishga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarga kimyoni o‘qitishda hayot bilan bog‘langan holda ulani
zeriktirmasdan didaktik o‘yinlarni qo‘llagan holda bilim berish fanning ahamiyatini his etishlariga
va fanga nisbatan qiziqishlari ortishiga sabab bo‘ladi.

Kimyo faniga o‘quvchilarni qiziqtirish usullaridan biri bu darslarktik o‘yinlardan

foydalanishdir.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

135

Didaktik o‘yin –

bu jamoa tajribasini o‘zgartirishga va yaratuvchanlikka yo‘naltirilgan hatti –

harakatlarni mustaqil boshqarishni takomillashuviga imkoniyat beradigan faoliyat turidir. “O‘yin”
atamasining turli tillardagi tarjimasiga qaraganda, “hazil”, “kulgi” degan ma’nolarni anglatadi. Ayni
vaqtda o‘yin metodlari katta mashhurlikka ega bo‘lib, hilma – hilligi bilan ajralib turadi. Didaktik
o‘yinlarda asosiy e’tibor natijaga emas, jarayonga qaratilgan bo‘ladi.

Agar didaktik o‘yin guruxlarga bo‘lingan holda tashkil etiladigan bo‘lsa, bu o‘quvchilarning

ma’suliyatini oshiradi, hattoki eng passiv o‘quvchi o‘rtoqlari oldida uyalib qolmasligi uchun ham
faol bo‘lishga harakat qiladi.

Darsda guruhlarga bo‘linib o‘yin ko‘rinishidagi topshiriqlarini bajarish vaqtida bilimi va

fikrlash jarayoni kuchliroq bo‘lgan o‘quvchilar, o‘yin davomida bilimi pastroq o‘quvchilarga
yordam berishga harakat qiladilar. Chunki hamkorlikda ishlash g‘alabaga olib keladi. G‘alaba esa
o‘quvchilarni yana o‘yinni davom ettirishga jalb qiladi, o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga
yordam beradi. O‘quvchilarda qo‘rqoqlik, odamovilik kabi salbiy jihatlari yo‘qolishi kuzatiladi.
Bunda didaktik o‘yinlarning nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega ekanligi
namoyon bo‘ladi [3].

Darslarda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchining o‘quvchilarga tarbiyaviy

ta’sirining ortishiga olib keladi. Didaktik o‘yin darsning mustahkamlash qismida, yoki butun dats
maboynida qo‘llash mumkin.

Didaktik oʻyinlar jarayonida oʻquvchilar oʻyin qoidalariga qatʼiy rioya qilishga oʻrganadilar,

inoqlik his-tuygʻulari dunyoqarashlari shakllanib boradi. Taʼlim jarayonida didaktik oʻyinlar
o‘quvchilarning xususiyatiga koʻra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni
yengillashtirishga, koʻrgazmalilikni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, o‘quvchilarni toliqtirmaslik
imkonini yaratadi. Har bir didaktik o‘yini boshlashdan oldin oʻquvchilarga o‘yining qoidasi,
mazmuni va yakuni nimadan iborat ekanini oʻqituvchi tomonidan tushuntiriladi. O‘quvchilar uni
tushunib anglab shu asosda harakat qiladilar. Bu bosqichlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:

Tayyorlov davri.

O‘yin natijasiga ta’sir etuvchi mas’uliyatli bosqich bo‘lib, asosiy vazifa

o‘quvchilarni o‘yinning maqsadi, mavzusi, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish.

O‘yinni tashkil etish.

O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, vazifalar beriladi.

O‘yinni o‘tkazish.

Belgilangan vazifalar yakka va guruhlarga birlashtirilib, o‘quvchilar

topshiriqlarni bajarishadi.

O‘yin natijalari.

Natijani baholash, xulosalash, ya’ni o‘yinning o‘quv-bilish natijalarini tahlil

qilish.

Didaktik o‘yinlarni o‘tkazish o‘quvchilarga quyidagicha mas’uliyat yuklaydi:
– o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida faol bo‘lish;
– diqqat va e’tiborli bo‘lish, do‘stlarini gapini bo‘lmaslik;
– o‘z vazifasini aniq bajarish;
– ko‘rgazmali qurollar tayyorlash;
– birdamlik va hamjihatlik kuchini his qilish;
– o‘zaro ishonch;
Didaktik o‘yinlar texnologiyasi qisqa vaqtda amalga oshiriladigan, tizimlashgan guruhiy

mashg‘ulotlar bo‘lib, ularni o‘tkazish oson va oldindan tayyorgarlik ko‘rish shart emas. U ko‘p vaqt
olmaydi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning
boshida, o‘rtasida ohirida o‘tkazish tavsiya qilinadi [4].

Yangi pedagogik texnologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator

didaktik o‘yinlar haqida so‘z yuritilib, innovatsion metod sifatida taqdim etilmoqda. Ana
shulardan kimyo darslaridan qo‘llanish mumkin bo‘lgan ayrim o‘yinlar haqida so‘z
yuritamiz:


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

136

7-sinf kimyo faninining ayrim mavzularini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish

“Rebus” o‘yini

Izohli lug‘atga ko‘ra, rebus – bu “rasmlar, raqamlar, harflar yoki belgilar yordamida

shifrlangan so‘z yoki ibora”. Rebus XV asrning o‘rtalarida Frantsiyada paydo bo‘lgan.
Shundan so‘ng, jumboqlar Angliya, Italiya, Germaniya davlatigacha etib brogan. Rebus
deyarli hamma davlatlarda qo‘llanilib kelinayotgan topishmoqlardir. Reybus o‘yini
qo‘llanilganida o‘uvchlarning fikrlash doirasini oshiradi, dunyo qarashini kengaytiradi,
mantiqiy fikrlashni, fikrini bayon qilishni o‘rganadi. Quyida berilgan kimyoviy rebus
topishmoq asosida o‘quvchi kimyoviy asboblar nomini bilish bilan birga qo‘shimcha tarzda
ularning vazifalarini ham aytishi mumkin.

P

2

3

4

5

6

K

A

P

2

3

4

5

V

2

3

4

5


So‘ngra o‘quvchi tomonidan quyidagi fikr mulohazalarni bildirishi uchun anketa

savollari beriladi.

1.

Rebus o‘yinida berilgan topshiriqlarni qiziqib bajardingizmi, o‘yin sizga yoqdimi?

2.

O‘yin davomida o‘zingizni qanday xis qildingiz?

3.

Nima deb o‘ylaysiz do‘stlaringizning fikri sizning fikringiz bilan bir hilmi?

4.

Yan qanday jumboqli rebislarni o‘rganib bajarishni hohlar edingiz?

5.

Rebus tuzishingizda sizga do‘stlaringizni ko‘magi kerakmi?

6.

Ushbu rebus o‘yinidan so‘ng sizning fikringiz – “…….. …………”

O‘quvchi fikri quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Rebus haqiqatan ham mantiqiy

fikrlashni rivojlantiradi, buni keltirilgan misollar tasdiqlaydi. Jumboqlarni echish juda
qiziq. Men jumboqlarni echish qoidalari, qachon paydo bo‘lganligi haqida ko‘p narsalarni
bilib oldim va sinfdoshlarim ham bu mashg‘ulotni yaxshi ko‘rib bajarishdi. Boshqa jumboq
turlarini o‘rganishni istardim: Anagramma, Metagramma va hk. Men buni albatta qilaman
va ishim natijalarini sinfdoshlarim bilan baham ko‘raman, ehtimol ulardan biri ham menga
qo‘shilishga qaror qilishi mumkin. Mening fikrim: Jumboqlarni eching, mantiqiy
fikrlashingizni rivojlantiring – bu juda qiziq!


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

137

“Konseptual jadval”

“Konseptual jadval” grafik organayzeri o‘quvchi (tinglovchi) larni o‘rganilayotgan mavzu

(masala yoki muammo) ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Undan
foydalanishda o‘quvchi (tinglovchi) larning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni
tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi [5].

Mashg‘ulotlar chog‘ida orgonayzer jadvaldan quyidagicha foydalaniladi:
1.

O‘qituvchi echimi topilishi lozim bo‘lgan mavzu (masala) ni aniqlaydi.

2.

O‘quvchilar mavzu va organayzerdan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi.

3.

O‘quvchilar kichik guruxlarga biriktiriladi.

4.

Guruxlar o‘zlari tanlagan topshiriqlarni bajarishadi.

5.

Guruxlar yechimlarni sinf (guruh) jamoasi hukmiga havola etadi.

6.

Guruxlarning yechimni sinf (guruh) jamoasida muhokama qilinadi.

O‘quvchi (tinglovchi) lar e’tiboriga quyidagi na’munani tavsiya etiladi. O‘quvchilar jadval

asosidagi topshiriqlarni jamoa bo‘lib yoki mustaqil tarzda bajarishlari mumkin:

“Oksidlar”

mavzusida “Konseptual jadval” ni yakka tartibda to‘ldirish namunasi.

Oksid nomi

Kimyoviy
formulasi

Asosli oksid

Kislotali

oksid

Amfoter

oksid

Befarq

oksid

Uglerod (IV) oksidi

CO

2

CO

2

Kaliy oksidi

K

2

O

K

2

O

Oltingugurt (IV) oksidi

SO

2

SO

2

Uglerod (II) oksidi

CO

CO

Oltingugurt (VI) oksidi

SO

3

SO

3

Natriy oksidi

Na

2

O

Na

2

O

Alyuminiy oksidi

Al

2

O

3

Al

2

O

3

Fosfor (V) oksidi

P

2

O

5

Azot (I) oksidi

N

2

O

N

2

O

Marganes (IV) oksidi

MnO

2

MnO

2

Xlor (VII) oksidi

Cl

2

O

7

Cl

2

O

7

“Oksidlar”

mavzusida “Konseptual jadval” ni jamoa bo‘lib to‘ldiradi va raqamlangan

kataklarga reaksiya tenglamalarini yozadi.

Oksid nomi

Kimyoviy
formulasi

Asosli

oksid

Kislotali oksid

Kislotalar

Asoslar

H

2

O

Oltingugurt (VI) oksidi

SO

3

1

7

9

Kaliy oksidi

K

2

O

3

5

10

Alyuminiy oksidi

Al

2

O

3

2

4

6

8

Uglerod (II) oksidi

CO



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Д.А. Шайзакова.

Педагогические

условия

в

совершенствования

образования по химии. Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования Сборник статей по материалам


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

138

XII международной научно-практической конференции. ИНТЕРНАУКА. №6 (12). –
М.: 2018. – С. 61–64.

2.

Xasanova X. Do‘stova Z. Limyo darslarida qiziqarli didaktik o‘yinlar. Maktabda

kimyo jurnali. – 2017. – B. 11.

3.

Пак М.С., Бондаренко Д.К. Дидактический материал в обучении химии. –

Санкт-Петербург: (Осипова). – 2013. – С. 45.

4.

G.A. Ixtiyarova, D.J. Bekchanov. M.Sh. Ahadov Kimyoni o‘qitishda zamonaviy

texnologiyalar. Toshkent. – 2020. – B. 57–64.

5.

O‘.X. Muxamedov, M.H. Usmonboyev, S.S. Rustamov. Ta’limni tashkil etishda

zamonaviy interfaol metodlar. O‘quv-uslubiy tavsiyalar. Toshkent. – 2016. – B. 28.

Библиографические ссылки

Д.А.Шайзакова. Педагогические условия в совершенствования образования по химии. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования Сборник статей по материалам XII международной научно-практической конференции. ИНТЕРНАУКА. №6(12).-М., 2018 г.61-64 с.

Xasanova X. Do’stova Z. Limyo darslarida qiziqarli didaktik o’yinlar. Maktabda kimyo jurnali. 2017 y.11 b.

Пак М.С., Бондаренко Д.К. Дидактический материал в обучении химии.-Санкт-Петербург:(Осипова), 2013, 45 с.

G.A. Ixtiyarova, D.J.Bekchanov. M.Sh. Ahadov Kimyoni o’qitishda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent 2020 y. 57-64 b.

O’.X. Muxamedov, M.H.Usmonboyev, S.S. Rustamov. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar. O’quv-uslubiy tavsiyalar. Toshkent 2016 y. 28 b.