Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Conditions and factors affecting the health of women nurses
working in the medical field
Yulduz RUZIMUROTOVA
1
Samarkand State Medical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
At present, it has been considered important to analyze the
conditions and learning methods of factors and results that affect
the health of medical workers with work experience in all
medical institutions, including mainly women, in their work
activities. In this regard, the regulatory documents monitoring
the assessment of factors, which affect the health of many
medical personnel, especially Nurses, have been systematized
and organized. Many foreign scientists have developed and
described a method of assessing the condition and factors that
affect medical personnel, including women, in the workplace. It
also examined the causes and characteristics of the development
of diseases of medical personnel, including women of different
specialities and professional backgrounds of different ages. The
fact that developed recommendations and its application into
practice to prevent and reduce the level of occupational disease
encountered in their activities by medical personnel, including
women working in the health care system, as well as its control,
are of great importance today. The article provides insights into
the psychosocial and occupational risk factors observed by many
scientists in the professional activity of nurses with high
mortality rates and working in the sad departments of human
health. Based on the constructive methodology developed within
the framework of risk acceptance sociology, the authors suggest
the occupational risk detection is defined as a social construct
conditioned by the object and sub-factors that are the result of
the organization of work and its implementation as a result of the
specific characteristics of the health care system. Through the
image of this definition, psychological social health risks and its
factors are considered.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
women,
reproductive health,
medical staff,
nurses,
prophylactics,
occupational disease,
occupational risk.
1
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
271
Tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan hamshira ayollarning
sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi shart sharoitlar va omillar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ayollar,
reproduktiv salomatlik,
salomatlik,
tibbiyot xodimlari,
hamshiralar,
profilaktika,
kasb kasalligi,
kasbiy xavf.
Hozirgi kunda barcha tibbiyot muassalarida ish tajribasiga ega
bo‘lgan tibbiyot xodimlarining, shu jumladan asosan ayollarning ish
faoliyatida sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan shart sharoit va omillarni
o‘rganish usullari va natijalarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega
bolib hisoblandi. Bu borada ko‘pgina tibbiyot xodimlarining,
ayniqsa, hamshira ayollarning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan
omillarni baholashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar
tizimlashtirilgan va tashkil etilgandir. Ko‘pgina xorijiy olimlar
tomonidan tibbiyot xodimlarga, shu jumladan ayollarga ish
joylarida ta’sir ko‘rsatadigan shart sharoit va omillar kompleksini
baholash metodikasi ishlab chiqilgan va tavsiflangan. Shuningdek,
tibbiyot
xodimlarining,
shu
jumladan
ayollarning
turli
mutaxassislik va turli yoshdagi kasbiy sabablarga ko‘ra
kasalliklarini rivojlanishining sabablari va xususiyatlari ko‘rib
chiqilgan. Tibbiy xodimlarning, shu jumladan sog‘liqni saqlash
tizimida ishlaydigan ayollarning o‘z faoliyatida uchraydigan kasbiy
kasalligi darajasini oldini olish va uni pasaytirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqilganligi va amaliyotga tadbiq etilishi hamda uning
nazorati bugungi kunda ahamiyatga molik. Maqolada bemorlarning
o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan hamda inson salomatligiga xafvli
bo‘limlarda ishlaydigan hamshiralarning kasbiy faoliyatida
psixosotsial va kasbiy xavf omillari ko‘pgina olimlar kuzatilganligi
haqida fikr mulohazalar bayon qilingan. Xavf-xatarlarni qabul qilish
sotsiologiyasi
doirasida
ishlab
chiqilgan
konstruktivistik
metodologiyaga asoslanib, mualliflar kasbiy xavfni aniqlashga
mehnatni tashkil etish va sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xos
xususiyatlari oqibatida amalga oshirish natijasi bo‘lgan ob’ektiv va
sub'ektiv omillar bilan shartlangan ijtimoiy konstruktsiya sifatida
ta’riflashni taklif qilishadi. Ushbu ta’rifning tasviri orqali psixologik
ijtimoiy sog‘liq uchun xavf va uning omillari ko‘rib chiqiladi.
Условия и факторы, влияющие на здоровье женщин-
медсестер, работающих в медицинской сфере
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
женщины,
репродуктивное здоровье,
здоровье,
медицинские работники,
медсестры,
профилактика,
профессиональное
заболевание,
профессиональный риск.
В настоящее время важным является анализ методов и
результатов изучения условий и факторов, влияющих на
здоровье медицинских работников, имеющих опыт работы
во всех медицинских учреждениях, в том числе в основном
женщин, в трудовой деятельности. В связи с этим
систематизированы
и
организованы
нормативные
правовые акты, регламентирующие оценку факторов,
влияющих
на
здоровье
большинства
медицинских
работников,
особенно
женщин-медицинских
сестер.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
272
Многими зарубежными учеными разработана и описана
методика оценки комплекса неблагоприятных условий и
факторов, влияющих на медицинских работников, в том
числе женщин, на рабочем месте. Также рассмотрены
причины и особенности развития профессиональных
заболеваний медицинских работников, в том числе и
женщин, по различным специальностям и в разном
возрасте. Разработка и внедрение в практику рекомендаций
по предупреждению и снижению уровня профессиональной
заболеваемости медицинских работников, в том числе
женщин, работающих в системе здравоохранения, а также
ее контроль сегодня имеют важное значения. В статье
изложено мнение многих ученых о том, что факторы
психосоциального
и
профессионального
риска
наблюдаются
в
профессиональной
деятельности
медицинских сестер, работающих в отделениях с высокой
смертностью пациентов и с повышенной опасностью для
здоровья
человека.
На
основе
конструктивистской
методологии,
разработанной
в
рамках
социологии
принятия
рисков,
авторы
предлагают
определять
профессиональный риск как социальную конструкцию,
обусловленную
объективными
и
субъективными
факторами,
реализация
которых
обусловлена
особенностями
организации
труда
и
системы
здравоохранения. Через изображение этого определения
рассматривается психологический риск для социального
здоровья и его факторы.
Hozirgi kunda aholining uzoq umr ko‘rishning uzayishi bevosita mamlakatning
mehnat qobiliyati, shuningdek, uning salohiyatini saqlash va keyingi iqtisodiy jihatdan
o‘sishiga bog‘liq bo‘lib, u uchun sharoit yaratishda esa asosiy bo‘gin hisoblanuvchi muhim
ahamiyatga ega hisoblangan mehnatga layoqatli bo‘lgan aholining sog‘lig‘ini saqlash
hamda muhofaza qilish va mustahkamlash muammosi ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Shuni aytish joizki, O‘zbekistonning milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan
ta’minlanganlarning ko‘proq qismi ayollar bo‘lib, shunday ekan ular barcha sohalar ish
faoliyatida kasbiy xavfga bevosita duch keladi.
Salomatlikka ta’sir etuvchi kasbiy xavf-xatarlar fan va taraqqiyotning paydo bo‘lishi
va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ba’zi bir kasb faoliyati davomida ishchilarning sog‘lig‘i bilan
bog‘liq bo‘gan muammolar uchrashi boshqa faoliyatlarda uchrashiga qaraganda
xavfliroqdir. Bugungi kunda salomatlikka ta’sir etuvshi hamda boshqa ko‘pgina faoliyat
sohalari uchun mansub bo‘lgan zararli kasbiy xavflar mavjuddir. Shu bilan birga,
ma’lumbir maxsus kasblarga xos bo‘lgan xavflar to‘g‘ risida alohida to‘xtalishni ta’kidlash
mumkin. Bular jumlasiga tibbiyot kasb egalari, jumladan ayol hamshiralar faoliyatini va
ular salomatligiga ta’sir etuvchi kasbiy xavfni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Agar biz “kasbiy xavf” tushunchasining etimologiyasiga murojaat qilsak, u inglizcha
so‘zdan olingan ega bo‘lib ya’ni “Оccupational risk” deganda quyidagilar tushuniladi:
a) u yoki bu ish beruvchi tomonidan yollanma ishlaydigan xodim uchun tasodifiy
xavf;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
273
b) faqat yollanma mehnat (ish) faoliyati oqibatida kelib chiqadigan shikastlanish
yoki kasallik tufayli kasbiy mehnat qobiliyatining sezilarli, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
miqdorlarini yo‘qotishi [1].
Kasb kasalliklari – deganda yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador
zararlarning organizmga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan kasalliklar tushuniladi. Kasb
kasalligining kechishi unga sabab boʻlgan zararli omillarning oʻziga xosligi, davomiyligi
kuchi hamda ularning hamjihatlikdagi taʼsiriga bogʻliq. Kasb kasalliklar ishlab
chiqarishning zararli omillarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Umuman aytganda kasbiy xavf deganda – bu har bir xodimning ish jarayonida
sog‘lig‘i va hayotiga zarar etkazishi va ushbu zararning og‘irligi ehtimoli to‘g‘ri kelishi
tushuniladi. Xavfni professional baholash – bu risk indikatorining miqdoriy yoki sifat
qiymatini aniqlashga imkon beradigan jarayondir.
Hamshiralarning salomatligi ta’sir etuvchi kasbiy xavflar ikki toifaga bo‘lingan:
birinchisi hamshiralik kasbiga paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab yuzaga kelganiligiga
nisbatan, ikkinchisi esa tibbiy texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq va unga
nisbatan yaqinda paydo bo‘lganligi. Kasb kasalligining fizik (kasbga aloqador karlik,
vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.) biologik
(infeksion va parazitar kasalliklar: brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar taʼsirida
(qarang Zaharlanish), baʼzi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit
va b.), shuningdek, jismoniy zoʻriqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga
keladigan turlari farq qilinadi. Kasb kasaligining kelib chiqishiga organizmning oʻta
toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab boʻladi [27].
O‘rta tibbiyot xodimlari salomatligiga ta’sir etuvchi kasbiy faoliyati jarayonida
yuzaga keladigan xavflar borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qo‘yidagi
kasbiy xavf guruhlarini aniqlashga imkon beradi [2-3]:
1.
Ijtimoiy-psixologik omil
charchoq, charchoqning mavjudligi bilan tavsiflanadi
mehnat jarayoni; natijada ishlashning pasayishi kuzatiladi, bu esa hissiy charchashga,
ba’zan esa shaxsning deformatsiyasiga olib keladi.
2.
Sanitariya-epidemiologiya
omili
–
(dori-darmonlar,
yuvuvchi
va
dezinfektsiyalovchi vositalar, ish joylarida havoning ifloslanishi).
3.
Kimyoviy omil
– organizmdagi turli xil kimyoviy moddalarning ta’siri oqibatida
fiziologik o‘zgarishlarga bilan bog‘liq.
4.
Biologik omil
(har xil infektsiyalarni yuqtirish xavfi).
5.
Jismoniy omil
(baxtsiz hodisalar, jarohatlar, igna sanchilishi).
6.
Oldindan shakllantirilgan omil
hamshiralarning elektromagnit oqimlari va
maydonlariga ta’sir qilishi bilan bog‘liq.
Postural omil
(mushaklar-skelet tizimining kasalliklari bilan bog‘liq buzilishlar).
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hamshiralar faoliyatida ularning salomatligiga
ta’sir etuvchi eng ko‘p uchraydigan kasbiy xavfi turlarini shartli to‘rtta asosiy guruhga
bo‘linishi mumkin: biologik, kimyoviy, jismoniy va psixologik. Ko‘pgina mamlakatlarning
sog‘liqni saqlash sohasida o‘rin egallagan aynan hamshiralik faoliyati bilan eng ko‘p qirrali
kasbiy hamjamiyatik sifatida yuqorida aytilgan xavf guruhlari ularning sog‘lig‘iga ta’siri
haqidagi fikrlarni shakllanishiga olib keladi.
Bundan tashqari, aynan hamshiralar malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining
“yetakchisi” bo‘lib hisoblanadi, chunki ular bemorlar bilan bilan yuzma-yuz muloqot
qilishadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
274
Ushbu maqolada hamshiralarning sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi kasbiy xavf tug‘dirishi
muammosiga bag‘ishlangan tibbiyot sotsiologiyasi xorijiy adabiyotlarni ko‘rib chiqish
amalga oshirildi. Tibbiy xodimlarning jismoniy va ruhiy-ijtimoiy holatiga ta’sir
ko‘rsatadigan kasbiy xavflar sog‘liqni saqlashning tizimli elementi hisobida ko‘rib
chiqiladi.
Kasbiy tavakkalchiliklarni o‘rganishning g‘arbiy sotsiologik an’analarida ularni
mehnat sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan ongli harakatlar bilan bog‘laydigan
konstruktivistik yondashuv shakllandi, ya’ni tibbiyotdagi kasbiy xavf ham ob’ektiv, ham
sub’ektiv omillar tufayli ijtimoiy qurilish hisoblanadi.
kasbiy faoliyatni amalga oshirish natijasi, mehnatni tashkil etish va o‘ziga xos
xususiyatlar sog‘liqni saqlash tizimlari [4]. Hamshiralik kasbidagi o‘ziga xos xatarlarni
o‘rganishga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar ushbu ta’rifga asoslanadi, bu tibbiyot
sotsiologiyasida qo‘llaniladigan konstruktivistik metodologiyaga mos keladi [5].
Shu munosabat bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida ishlaydigan har
qanday yoshdagi ayollarning sog‘lig‘i holatiga ta’sir qiluvchi asosiy shartlar va omillarni
xorijiy ma’lumotlar bilan taqqoslaganda, ushbu sharoit va omillarning ta’sir darajasini
ko‘rib chiqish va ularni minimallashtirish choralarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari va omillarini o‘rganish
Tibbiy xodimlarning mehnat sharoitlari va omillarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
sog‘liqni saqlash sohasida ish muhitining deyarli barcha asosiy zararli va (yoki) xavfli
omillari alohida va kombinatsiyalangan holda uchraydi.
Bu ma’lum darajada tibbiyot xodimlarida, shu jumladan ayollarda kasb bilan bog‘liq
kasbiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Radiatsion diagnostika bo‘limlarida tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari va
mehnat jarayonining intensivligi ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar quyidagilarni aniqlashga imkon berdi:
shifokor-angiograf uchun ish sharoitlari sinfi 3.2 (zararli) sinfga, rentgenolog
3.1 sinfga (zararli), angiografiya hamshirasi – 3.1 sinfga (zararli) qayd etildi [6].
Yana shuni aytish kerakko V.V. Kosarev va S.A. Babanov ma’lumotlariga ko‘ra,
ayollar o‘rtasida kasbiy kasalliklar bo‘yicha iqtisodiyotning barcha tarmoqlari orasida
hamshiralar (9,4%) 1-o‘rinni egallaydi, boshqa kasblar bilan kasallanish darajasi pastroq,
masalan, sutchi – 6,3%; rassom – 3,9%; kran haydovchisi – 3,6%; suvoqchi – 3,0%.[7].
Tibbiy xodimlar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra 51% i (shu jumladan
shifokorlarning 36,2% va hamshiralarning 63,8%) ularning ish joylari bir qator
mikroiqlim parametrlari bo‘yicha (47,0%) sanitariya-gigiyena shartlariga javob bermaydi,
yoritish darajasi (37,8%), shovqin va tebranish (20,9%), elektromagnit nurlanish
(11,2%), shuningdek, davolash-diagnostika uskunalari, stol va stullardan foydalanish
qulay emas (respondentlarning 53,2%) deb hisoblaganligi aniqlandi [8].
Tibbiy xodimlarning kasallanish darajasi ularning bemorlar bilan bevosita aloqasi
tufayli, shuningdek, ularning mehnat sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlari va fizik,
kimyoviy va biologik tabiat omillari ta’siri tufayli har doim ancha yuqori bo‘lgan[9, 10].
Sog‘liqni saqlash sohasida kasbiy kasallanish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga
qaraganda 30 baravar yuqori va yiliga 8-9% gacha o‘sishga moyildir.
2012–2017-yillarda yangi ro‘yxatdan o‘tgan barcha kasalliklarning sog‘liqni
saqlashdagi kasbiy kasalliklarning ulushi o‘rtacha 30% ni tashkil etadi [13].
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
275
Shunday qilib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari orasida ayollar o‘rtasida kasbiy
kasalliklar bo‘yicha birinchi o‘rinda hamshiralar – 9,4%, mutaxassis shifokorlar – 1,3%
bilan sakkizinchi o‘rinda, ayol farmatsevtlar – 0,5%, kichik tibbiyot xodimlari orasida
(sanitar-tozalovchi). – 10000 xodimga 2,3% tashkil qiladilar [11, 12].
Tibbiy xodimlarning 33 foizi surunkali kasalliklar bilan ro‘yxatdan o‘tgan [13].
Tibbiy xodimlarning kasbiy kasalliklari tarkibida zararlangan materiallar bilan
aloqa qilish bilan bog‘liq kasalliklar ustunlik qiladi [14-15].
Tibbiy xodimlarning kasallanish darajasi va tuzilishi bo‘yicha tadqiqot ma’lumotlari
sezilarli darajada farq qiladi[16, 14, 18, 19].
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.06.2000 y. 937-sonbilan ro‘yxatga
olingan O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining 06.06.2000 y. 300-sonli buyrug‘iga asosan kasb
kasalliklari ro‘yxati quyidagi taqsimotga ega:
1. Toksiko-kimyoviy omillar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasalliklar:
a)
O‘tkir, surunkali zaharlanishlar va ularning asoratlari, bular a’zolarni va
tizimlarni alohida yoki birgalikda zararlantiradi. Nafas a’zolarining toksik zararlanishi:
rinofaringolaringit, еroziya, burun to‘sig‘ining teshilishi, traxeit, bronxit, pnevmoskleroz
va boshqalar toksik kamqonlik (anemiya), toksik gepatit, toksik nefropatiya, asab
tizimining toksik zararlanishi: polinevropatiya, nevrozga o‘xshash holatlar, еnsefalopatiya,
ko‘zning toksik zararlanishi: katarakta, kon’yuktivit, keratokon’yuktivit, suyakning toksik
zararlanishi: osteoporoz, osteoskleroz, jag‘ suyaklari nekrozi kabilarga bo‘linadi;
b)
Teri kasalliklari: еpidermoz, kontakt dermatit, fotodermatit, onixiya, paranixiya,
toksik melanodermiya, yog‘li follikulitlar, еkzema;
d)
Metalldan paydo bo‘ladigan isitma, ftoroplastdan kelib chiqadigan (teflondan)
isitma: allergik kasalliklar va o‘smalar turida bo‘ladi;
2. Sanoat aеrozollari va changlardan keltirib chiqaradigan kasalliklar:
a) Pnevmokoniozlar: silikoz, silikatoz, silikotuberkulyoz, metallokoniozlar,
karbokoniozlar, aralash changdan paydo bo‘ladigan pnevmokoniozlar, plastmassalar
changidan yuzaga keladigan pnevmokoniozlar;
b) Bissinoz;
d) Surunkali bronxit (changli, toksik omillar, noqulay ob-havo omillari bilan birga);
e) Surunkali rinofaringolaringit: – allergik kasalliklar va o‘smalar;
3. Fizik omillar ta’siridan kelib chiqadigan kasalliklar:
a) Ionlashtiruvchi nurlar ta’siriga aloqador kasalliklar: nur kasalligi (o‘tkir yoki
surunkali) va mahalliy nur kasalliklari (o‘tkir yoki surunkali);
b) Ionlashtirmaydigan nurlar ta’sir qilishidan paydo bo‘ladigan kasalliklar:
vegetativ tomir distoniyasi, astenik, astenovegetativ, gipotalamik sindromlar;
d) To‘qimalarning lazer nurlaridan (teri kuyishi, ko‘z to‘r pardasi va muguz
pardasining kuyishi) mahalliy (lokal) zararlanishi;
d) Tebranish (vibratsiya) kasalligi;
e) Koxlear nevrit;
f) Qo‘llarning vegetativ-sensor (angionevroz) yoki sensomotor polinevropatiyasi;
g) Elektrooftalmiya;
h) Katarakta;
i) Dekompression (kesson) kasalligi va uning asoratlari;
j) Issiqlab ketish: issiqlik urishi, talvasali holat (tirishish);
k) Obliteratsiyalovchi еndoarteriit, vegetativ-sensor polinevropatiya (angiopatiya),
poliradikulonevropatiya;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
276
4. Jismoniy zo‘riqishlardan kelib chiqadigan kasalliklar:
a) Koordinator nevrozlar, shu jumladan, yozuv changagi (spazmi);
b) Periferik asab tizimi va tayanch-harakat tizimining xastaliklari; mono- va
polinevropatiyalar, shu jumladan, kompression va vegetativ-sensor nevropatiyalari,
bo‘yin va bel-dumg‘aza radikulopatiyalar, surunkali miofibrozlar (miofassitlar,
tendovaginitlar, stenozlovchi ligamentozlar, stiloidozlar, “yopilib qoluvchi barmoqlar” va
boshqalar), yelka еpikondilezlari, yelka-ko‘krak periartrozlari, osteoartrozlar, shu
jumladan, spondiloartroz, aseptik osteonekrozlar
d) Bachadon va qin devorlarining pastga tushishi va tushib qolishi;
e) Yallig‘lanish (tromboflebit) yoki trofik buzilishlar bilan asoratlangan oyoqlardagi
venalarning varikoz kengayishi;
f) Tovush apparatining o‘ta toliqishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollar: surunkali laringit,
vazomotor monoxordit, tovush boylamlarining tugunlari (“ashulachilar tugunlari”) ovoz
boylamlarining yaralari, fonasteniya;
g) Zo‘rayib boruvchi uzoqni ko‘rmaslik;
h) O‘pka еmfizemasi;
i) Nevrozlar
5. Biologik omillar keltirib chiqaradigan xastaliklar:
a) Ish vaqtida kontaktda bo‘ladigan xodimlardagi kuzatiladigan infeksiyalarga
aloqador yuqumli va parazitar xastaliklar; sil, brutsellyoz, kuydirgi, kana еnsefaliti, ornitoz,
sut sog‘uvchilar qo‘lidagi tugunlar, toksoplazmoz, virusli gepatit, teri mikozlari, Rozenbax
еrizipeloidi, qichima, zaxm va boshqalar.
b) Teri va shilliq pardalar disbakteriozi, kandidomikozi, visseral kandidoz
d) Allergik kasalliklar: kon’yunktivit, rinit, rinofaringit, rinofaringolaringit,
rinosinusit, bronxial astma, astmatik bronxit, еkzogen alveolit, dermatit, еkzema,
toksikodermatit, Kvinke shishi, еshak yemi, anafilaktik shok, toksikoallergik gepatit,
markaziy va periferik asab tizimi zararlanishlari va boshqalar.
e) O‘smalar( teri o‘smalari (giperkeratozlar, еpiteliomalar, papillomalar, rak,
leykokeratozlar) va b.) og‘iz bo‘shlig‘i va nafas a’zolari o‘smalari), shuningdek jigar
o‘smalari;me’da raki; leykozlar; siydik pufagi o‘smalari (papillomalar, rak) hamda suyak
o‘smalari.
Kasb kasalligiga tashhis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga
aloqadorligida, ishga qobiliyatlilik еkspertizasida, tibbiy va mehnat salomatlikni tiklash
masalalarini hal еtishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni korxonalar
va tashkilotlar tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda kasb
kasalliklari ro‘yxati asosiy hujjat hisoblanadi.
Ro‘yxatga faqatgina noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokoniozlar, tebranish
kasalligi, zaharlanish va boshq.) ta’sir ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari,
shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili – kasb omili ta’sir ko‘rsatishiga
aloqador еkanligi va organizmda xuddi shunday o‘zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar,
katarakta va boshqalar)ning rosmana ta’siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar
kiritilgan.
Kuzatilayotgan xastalik kasbga aloqador еkanligi to‘g‘risidagi masalani hal еtishda
tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifini, еtiologik
omil va bajariladigan ishlar turini, staj, muayyan ishlab chiqarishdagi konkret mehnat
sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olish zarur.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
277
O‘rta tibbiyot xodimlarida, xususan ayol xodimarda, klinik-еkspertlik xulosa
chiqarishga, shuningdek kasb kasalliklarining еrta va ancha vaqt o‘tgandan keyin ro‘y
beradigan asoratlari (masalan, uglerod oksiddan zaharlangandan keyin yuz beradigan
markaziy asab tizimining barqaror organik o‘zgarishlari) ham kasb kasalliklari qatoriga
kiradi, zararli omil (masalan: kechki silikoz, siydik pufagi papillomasi va boshqalar) bilan
muloqot to‘xtatilgach, ancha vaqt o‘tgandan so‘ng kasb kasalligi rivojlanish еhtimoli
borligini ham hisobga olish zarur, kasb kasalligi ro‘y bergan sharoitda (masalan,
pnevmokonioz va chang tufayli rivojlangan o‘pka raki) paydo bo‘lgan xastaliklar ham kasb
kasalliklari jumlasidandir, bu еsa bronxlar shillig‘ida bir xil gistologik o‘zgarishlar (odatda,
yassi hujayrali rak rivojlanishi bilan yuz beradigan displaziya еlementlari bo‘lgan tarqoq
metaplaziya) borligi bilan tasdiqlanadi.
Kasb kasalligining regressiyasi kuzatilsa ham (masalan, o‘tkir va surunkali
zaharlanishlar, vibratsion kasalligi, teri kasalliklari, allergik xastaliklar va boshqalar)
ishchini avvalgi o‘z ishiga qaytarish mumkin еmas va uni boshqa kasbga o‘rgatish tavsiya
qilish zarur.
Agar o‘rta tibbiyot xodimlarida kuzatuv natijasida ro‘yxatda ko‘rsatib o‘tilgan kasb
kasalligi kasbga daxli bo‘lmagan xastalikni kuchaytirib, turg‘un mehnat qobiliyatini
yo‘qotishga olib kelsa, ishga qobiliyatsizlik sababi kasbga aloqador deb hisoblanishi
beldilangan tartib qoidaga asosan olib boriladi.
O‘tkir kasb kasalligi tashhisi (zaharlanishlar) tegishli SESdagi profpatologiya
bo‘yicha
mutaxassis
va
mehnat
gigiyenasi
bo‘yicha
vrach
bilan
albatta
maslahatlashgandan keyin, har qanday davolash-muhofaza muassasasining vrachi
tomonidan qo‘yilishi mumkin. O‘tkir kasb kasalligi (zaharlanish) to‘satdan paydo bo‘ladi,
u kimyoviy moddalardan ish maydonidagi havoda nisbatan yuqori konsentratsiyasi va
boshqa noxush omillar bir marta (ko‘p deganda bir ish smenasida) ta’sir o‘tkazgandan
so‘ng yuzaga keladi. Yuqumli kasalliklar sababli paydo bo‘lgan (virusli gepatit, brutsellyoz,
kuydirgi, oziq-ovqat еnsefaliti va boshqalar) kasallikning bemor kasbiga aloqadorligini
aniqlash zararlanish o‘chog‘ida yuqumli xastalik hodisasining еpidemiologiyasining
tekshiruvini o‘tkazayotgan hududiy SES vrach еpidemiologi tomonidan amalga oshiradi.
Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) tashhisini 2-TOSHDavTI kasb kasalliklari
kafedrasi va Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari Ilmiy tekshirish instituti qoshidagi
vrachlik konsultativ komissiyasi qo‘yishga haqli hisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish-kasb
omillarining uzoq muddat ta’sir o‘tkazishi natijasida paydo bo‘lgan xastaliklar surunkali
kasb kasalliklari qatoriga kiradi. Kasb kasalligini belgilashda tashhisdan keyin (qavs
ichida) zararlanishning asosiy belgilarini va zararlangan a’zolar funksional faoliyatining
buzilish darajasini ko‘rsatish kerak.
Tibbiy-mehnat еkspertizasi amaliyotida shuni hisobga olish kerakki, kasallik kasb
kasalligi еkanligining tan olinishida hamma vaqtda ham mehnat qobiliyati buzilishi shart
еmas. Kasb kasalliklari va zaharlanishlarning boshlang‘ich shakllarida ishlash qobiliyati
haqidagi xulosa faqat ayni muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida ishni to‘xtatish haqida
tavsiya berish va malaka hamda ish haqini kamaytirmasdan oqilona zararsiz sharoitli
ishga joylashtirishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuqori darajadagi somatik va kasbiy patologiyalar aniqlangan. Tibbiy xodimlari
o‘rtasida mushak-skelet va asab tizimlarining kasalliklari sezilarli darajada tez-tez
uchraydi. Tibbiy xodimlarning kasbiy kasalligi allergik va yuqumli etiologiyali kasalliklar
bilan ifodalanadi. Yuqori xavfli mutaxassisliklarga: jarrohlar, akusher-ginekologlar,
akusherlar, terapiya va jarrohlik yo‘nalishi hamshiralari kiradi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
278
Ginekologik kasalliklarning kasbiy nisbiylik darajasi o‘rtacha va yuqori darajalarda
baholanadi.O‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyat sharoitlarini tahlil qilish borasida
mehnat sharoiti kasbiy kasalliklarning rivojlanish ehtimoli yuqoriligini isbotladi [15].
Biologik omillar bilan aloqador nozologik turdagi kasb kasalliklariga gepatit misol
bo‘ladi (10000 ishchiga 50,Kasbiy allergozning nozologik shakli-bronxial astma
hisoblanadi (10000 ishchiga 33,9).
Tibbiyot xodimlarining o‘rtasida lateksdan tayyorlangan mahsulotlar bilan doimiy
ishlash jarayonida lateksga allergiya yuqori va pastki nafas olish yo‘llari kasalliklari,
bronxial astma, yuqori nafas yo‘llarining yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va
rinokonyunktivit, teri kasalliklari – mahalliy va umumiy krapivnitsa, kontakt dermatit va
boshqalar kuzatiladi. [16, 18].
Har bir tibbiyot mutaxassislari vakillarida kasb bilan bog‘liq kasalliklariga ega,
ammo ushbu mutaxassislarning deyarli barchasi kasbiy stress tufayli kasbiy toliqish
sindromi-jismoniy, emotsional va aqliy charchash holati va boshqalar rivojlanishi mumkin.
Tibbiy xodimlar, shu jumladan ayollar, ba’zida o‘zlarining kasallariga qaraganda
zararli odatlarga ko‘proq duch kelishadi masalan, chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish, ish
tartibini buzish va dam olish, jismoniy faoliyatning etishmasligi va hokazo. [19, 20].
Favqulodda vaziyat xizmati shifokorlari: jarrohlar, akusher-ginekologlar va
anesteziolog-reanimatologlar boshqa tibbiyot va boshqa mutaxassisliklar vakillariga
nisbatan kasbiy faoliyatini amalga oshirishda katta jismoniy va ruhiy stress sababli o‘lim
darajasi yuqori [21].
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshgacha bo‘lgan tibbiyot
hamshiralarining o‘lim darajasi Rossiyadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 32% yuqori. So‘nggi
yillarda Rossiyada sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy xodimlarning kasallanish
darajasi yuqori darajada saqlanib kelmoqda [11].
Taxminan shunga o‘xshash natijalar xorijiy mamlakatlarda tibbiyot xodimlarini
tekshirish paytida aniqlandi.
AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining yirik sanoat
guruhlari bo‘yicha milliy sog‘liqni saqlash tadqiqotlari natijalariga tayangan holda shuni
aytish mumkinki, Qo‘shma Shtatlardagi sog‘liqni saqlash xodimlari astma kasalligining eng
yuqori tarqalishga ega [22].
Bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam xodimlari o‘rtasida bronxial
astmaning tarqalishi 8,8% ni tashkil qiladi. Tibbiyot xodimlari faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan aniqlangan bronxial astma holatlari tadqiqotchilar tomonidan tozalovchi va
dezinfeksiyalovchi vositalarning ta’siri, kukunli lateks qo‘lqoplarga reaktsiyalar va aerozol
preparatlari oqibati bilan izohlaydilar.
Qo‘shma Shtatlardagi shifokorlarning deyarli uchdan ikki qismi charchash,
depressiya yoki ikkalasini ham boshdan kechirmoqda, bu ularning bemorlarga bo‘lgan
munosabatiga bevosita ta’sir qiladi [23].
Bu 29 ta mutaxassislik bo‘yicha 15 mingdan ortiq shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rov natijalari.
So‘rovda qatnashgan shifokorlarning 14 foizga yaqini kasbiy charchash va
depressiyani boshdan kechirganligini ma’lum qildi. Depressiyaga tushgan shifokorlarning
deyarli 15% i ularning ahvoli odatda xatolarga olib kelishi mumkinligini, 5% esa
depressiya natijasida o‘z bemorlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan xatolarga yo‘l
qo‘yganliklarini aytishdi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
279
Reanimatsiya bo‘limida ishlaydigan shifokorlar (48%), nevropatologlar (48%),
oilaviy shifokorlar (47%) va akusher-ginekologlar (46%) orasida kasbiy toliqish eng
yuqori darajasi qayd etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarga qaraganda ayollarning
kasbiy toliqish sindrom yuqoridir.
Respondentlarning 56 foizi kasbiy toliqishga sabab bo‘lgan asosiy omil byurokratiya
va hujjatlar bilan ishlashni ko‘p vaqt sarflashni ta’kidladilar.
Ishda ko‘p vaqt sarflash va hamkasblar yoki rahbariyat tomonidan hurmatga
sazovor bo‘lmaslik ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Qo‘shma Shtatlarda shifokorlar oilalari bandligi, ma’lumot darajasi va daromadi
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda shuni aniqladiki, ayol shifokorlar ozroq maosh olsalar-da,
o‘zlarining ish faoliyatini erkak hamkasblariga qaraganda osonroq moslashtirishi
aniqlandi [24].
Shuningdek shifokorlarning yoshi bemorlarning shikoyatlarini qabul qilish
chastotasiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi, shuning uchun keksa oftalmologlarga yosh
mutaxassislarga qaraganda kamroq bemorlar murojat qilishgan [25].
Ko‘pgina ish soat faoliyatdan keyin bo‘yin og‘riyapti va boshning aylanishi siqilish
bilan birga keladi? Ehtimol, bu osteoxondroz. Kasallik elkalariga ishonib topshirilgan
ortiqcha mas'uliyat bilan rivojlanadi. Bundan tashqari, bo‘yin bilan bog‘liq muammolar
boshni ushlab turish, shuningdek, moslashuvchanlikni haddan tashqari etishmasligi bilan
ajralib turadi: ular hamkasbini sessiya natijasi uchun haqorat qilishdi, o‘quvchilarni past
baho olgangi uchun hisobot berishdi, darslarni qoldirishadi, muassasa qoidalariga rioya
qilmadilar, ular o‘z vaqtida chiqmaydi. [26].
Tibbiyot xodimlarining, ayniqsa ayollarning sog‘lig‘i holatining yomonlashuvidagi
aniqlangan noxush tendentsiyalar ularning sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan reproduktiv
salomatlikni saqlash va tibbiyot xodimlarining kasbiy uzoq umrini uzaytirishga qaratilgan
profilaktika tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish zarurligini belgilab beradi. [8, 28, 29].
XULOSA VA TAVSIYALAR
Yuqoridagilarni inobatga olib sog‘liqni saqlash xodimlari tavsiya etamiz:
1.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xavf omillarini, kasbiy hissiy
charchashni va boshqalarni aniqlash, ish vaqtini optimallashtirish maqsadida 5 yildan
ortiq tajribaga ega xodimlarni yiliga bir marta tibbiy tekshiruvni o‘tkazish.
2.
Nazorat qilinadigan kasbiy xavf omillarini bartaraf etish va oldini olish maqsadida
“Kasbiy kasalliklar uchun xavf omillarini baholash monitoring” dasturini ishlab chiqish va
amalga oshirishni tashkil qilish.
3.
Tibbiyot xodimlari ayollarining reproduktiv salomatligini saqlash va
mustahkamlash maqsadida:
reproduktiv salomatlik uchun, xususan homiladorlik paytida, shuningdek
reprotoksikantlar va biologik vositalar bilan aloqa qilishda xavf omillarini qo‘shimcha
baholashni o‘tkazish;
davriy tibbiy ko‘riklarni tayyorlash va o‘tkazishda reproduktiv tizimning kasbiy
sabab bo‘lgan patologiyasini rivojlanish xavfi bo‘lgan ayollar (shifokorlar: jarrohlar,
anesteziologlar va reanimatologlar, akusher-ginekologlar, stomatologlar, rentgenologlar,
laborantlar, shuningdek, o‘rta tibbiyot xodimlari: terapevtik, jarrohlik profilaktikasi,
akusher, rentgen laboratoriya yordamchisi, klinik va diagnostik laboratoriya
yordamchilari) ga alohida e'tibor berish;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
280
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Словарь иностранных слов и выражений / авт.-сост. Е.С. Зенович. М.: ООО
«Изд-во АСТ», 2003. – С. 778.
2.
Девличарова Р.Ю. Исследование профессиональных рисков среднего
медицинского персонала как вариант реализации междисциплинарного подхода к
изучению рисков здоровья / Р.Ю. Девличарова, Е.А. Андриянова, Н.А. Акимова,
Н.А. Клоктунова // Саратовский научно-медицинский журнал. 2014. – Т. 10. – No 4. –
С. 674–680.
3.
Letvak S. We Cannot Ignore Nurses’ Health Anymore. A Synthesis of the Literature
on Evidence-Based Strategies to Improve Nurse Health // Nurs Admin. 2013. Vol. 37, N 4.
РP. 295–308.
4.
Risk and Sociocultural Theory: New Directions and Perspectives / ed. by
D. Lupton. Cambridge, 1999. – P. 204. https://doi.org/10.1017/cbo9780511520778.
5.
Bury M.R. Social Constructionism and the Development of Medical Sociology //
Sociology of Health and Illness. 2008. Vol. 8, iss. 2. P. 137–169. https://doi.org/
10.1111/1467-9566.ep11340129.
6.
Чекмарев О.М., Пальцева А.С., Кошелев И.Б. Гигиенические аспекты
условий труда в радиохирургии. Медицина труда и промышленная экология.
2005; 9: 41-3.
7.
Косарев В.В., Бабанов С.А. Профессиональная заболеваемость медицинских
работников. Организация здравоохранения и общественное здоровье. 2010;
3: 18-21: 175
8.
Перепелица Д.И. Социально-гигиенические аспекты охраны здоровья
медицинских работников. Медицинская наука и образование Урала. 2007; 1: 93-5.
9.
Измеров Н.Ф. Труд и здоровье медиков: актовая Эрисмановская лекция. М.:
Реальное время; 2005.
10.
Измеров Н.Ф. ред. Профессиональные болезни. Руководство для врачей.
М.: Медицина; 1996.
11.
Косарев В.В.,
Бабанов С.А.
Профессиональная
заболеваемость
медицинских работников. Организация здравоохранения и общественное здоровье.
2010; 3: 18-21: 175
12.
Косарев В.В., Бабанов С.А. Профессиональные заболевания медицинских
работников. Самара: «Офорт»; 2009.
13.
О состоянии санитарно-эпидемиологического благополучия населения в
Российской Федерации в 2017 году. Государственный доклад. М.: Федеральная
служба по надзору в сфере защиты прав потребителей и благополучия человека.
2018; 268
14.
Сацук A.B., Акимкин В.Г. Состояние профессиональной заболеваемости
туберкулезом работников медицинских учреждений в Российской Федерации.
Военно-медицинский журнал. 2009; 11: 43.
15.
Сивочалова О.В., Потапенко А.А., Денисов Э.И. Условия труда и состояние
репродуктивного здоровья женщин медицинских работников. Медицина труда и
промышленная экология. 2008; 4: 8-12: 12-19
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
281
16.
Психосоциальные факторы труда, образ жизни и здоровье врачей
в современных условиях: пособие для врачей / В.Т. Кайбышев, А.Р. Галимов,
Н.И. Симонова и др. – М., 2007. – C. 48.
17.
Щербо А.П. Труд и здоровье медицинских работников / А.П. Щербо //
Больничная гигиена. – СПб.: СПб МАЛО, 2000. – С. 318–330. Щербо А.П. Труд и
здоровье медицинских работников / А.П. Щербо // Больничная гигиена. – СПб.: СПб
МАЛО, 2000. – С. 318-330.
18.
Sagoe-Moses C. Risks to health care workers in developing countries / С. Sagoe-
Moses, R.D. Pearson, J. Perry // N. Engl. J. Med. – 2001. – Vol. 345. – РP. 538–541.
19.
Макова Е.В. Основные виды реакций при профессиональной аллергии
к латексу у медицинских и фармацевтических работников. Медицинская
иммунология. 2003; 3–4: 235.
20.
Коберник О. Эксперты: среди врачей ургентных специальностей высокая
смертность. Медвестник. Портал российского врача. 07.11.2017; URL: https://
medvestnik.ru/content/news/Eksperty-sredi-vrachei-urgentnyh-specialnostei-ysokaya-
smertnost.html.
21.
Хамзина Н. CDC: наиболее высокая распространенность астмы выявлена
среди работников сферы здравоохранения. Медвестник. Портал российского врача.
6.04.2018;
URL:
https://medvestnik.ru/content/news/
CDC-naibolee-vysokaya-
rasprostranennost-astmy-vyyavlena-sredi-rabotnikov-sfery-zdravoohraneniya.html.
22.
Хамзина Н. Более половины врачей в США считают канцелярскую работу
главным
фактором
профессионального
выгорания.
Медвестник.
Портал
российского врача. 18.01.2018; URL: https://medvestnik.ru/ content/news/Bolee-
poloviny-vrachei-v-SShA-schitautkancelyarskuu-rabotu-glavnym-faktorom-
professionalnogo-vygoraniya.html.
23.
Хамзина Н. В США исследовали семьи врачей на предмет занятости, уровня
образования и доходов. Медвестник. Портал российского врача. 24.11.2017; URL:
https://medvestnik.ru/content/news/V-SShA-issledovali-semi-vrachei-na-predmet-
zanyatosti-urovnyaobrazovaniya-i-dohodov.html.
24.
Хамзина Н. Возраст врача влияет на частоту получения жалоб от
пациентов.
Медвестник.
Портал
российского
врача.
01.12.2017;
URL:
https://medvestnik.ru/content/news/Vozrast-vracha-vliyaet-na-chastotupolucheniya-
jalob-ot-pacientov.html.
25.
Сацук A.B., Акимкин В.Г. Состояние профессиональной заболеваемости
туберкулезом работников медицинских учреждений в Российской Федерации.
Военно-медицинский журнал. 2009; 11: 43.
26.
Мамасолиева Ш.А., Мамасолиева Н.А., Гаппарова Г.Н., Абдуллаев М.А. К.
профессорско-преподавательского состава вузов. Научный электронный журнал
Меридиан. 2020. № 6 (40). – С. 78–80.
