Авторы

  • Мастура Собитхужаева
    Магистр, Ташкентский Государственный Педагогический Университет им. Низами, Ташкент, Узбекистан
  • Азиз Ортиков
    доктор философских наук, первый заместитель руководителя республиканского образовательного центра, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp262-265

Ключевые слова:

кредитная модульная система индивидуальное обучение траектория обучения достижение прозрачности в образовании гибкость в образовании ориентированное на ученика образование личность студента

Аннотация

В данной статье наряду с освещением концепций модульной системы кредита рассматриваются вопросы повышения индивидуальной ориентации личности учащегося, организации обучения в соответствии с его способностью к усвоению личности учащегося. Эта статья может быть использована в качестве теоретической информации представителями смежных отраслей.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Formation of individual educational track record of students

Mastura SABITKHAJAYEVA

1

Aziz ORTIKOV

2


Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

In this article, the concepts about the credit module system

are highlighted, as well as the improvement of the individual
orientation of the student in this system, the organization of
education by adapting it to the ability to master the student
personality. From this article, representatives of the relevant
field can use it as theoretical information.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

credit module system,
individual Education,
Educational tray,
achieving transparency in
education,
flexibility in education,
directed education to
student,
student personality.

Kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim
trayektoriyasini shakllantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kredit modul tizimi,
individual ta’lim,
ta’lim trayektoriyasi,
ta’limda shaffoflikka
erishish,
ta’limda moslashuvchanlik,
talabaga yo‘naltirilgan
ta’lim,
talaba shaxsi.

Ushbu maqolada kredit modul tizimi haqida tushunchalar

yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini
individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi
o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z
boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy
ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin.

1

Master’s degree of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.

2

PhD, Doctor of Philosophy, The First Deputy Head of the Republican Education Center, Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

263

Формирование индивидуальной образовательной траектории
учащихся в кредитно-модульной системе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

кредитная модульная
система,
индивидуальное обучение,
траектория обучения,
достижение прозрачности
в образовании,
гибкость в образовании,
ориентированное на
ученика образование,
личность студента.

В данной статье наряду с освещением концепций

кредитно-модульной системы рассматриваются вопросы
повышения

индивидуальной

ориентации

личности

учащегося, организации обучения в соответствии с его
способностью к усвоению личности. Эта статья может быть
использована в качестве теоретической информации
представителями смежных отраслей.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-

yilgacha

rivojlantirish

konsepsiyasini

tasdiqlash

to‘g‘risida”

2019-yil

8-oktabrdagi

PF–5847-son

hamda

“2017–2021-yillarda

O‘zbekiston

Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”
2020-yil
2-martdagi PF–5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida № 824
31.12.2020 da qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini
tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida

3

:

1.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini

bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etish;

2.

O‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o‘quv-

metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim
trayektoriyasini shakllantirish;

3.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir

semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va
tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har
bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida
namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart.

4.

Ro‘yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga ro‘yxatdan

o‘tkazadi va talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaxsiy ta’lim
trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv
rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim
trayektoriyasiga har o‘quv yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilish kabi bir qator
masalalar keltirib O‘tilgan.

Kredit ta’lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning

shaxsiy ta’lim traektoriyasidagi o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi.

Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi, u o‘quv jarayonlari

boshlanishidan oldin talaba tomonidan edvayzerning maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun

3

O‘Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 dagi № 824 – sonli Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim

jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, (qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

264

namunaviy o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan majburiy fanlar
va tanlov fanlari kiradi.

Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va

talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida
erkin mo‘ljal olishlari va kelgusida ta’limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning,
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining
shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta’lim standartlari va
malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to‘liq egallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati
tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo‘nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-
ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik
bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta’lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy
faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq.

Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu

fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi (prerekvizitlar) hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni
tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar (postrekvizitlar)
uchun asos bo‘lishini bilishi ham juda muhim.

Ayniqsa kredit-modul tizimi muayyan tamoyillar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar:
1) Talabaga yo‘naltirgan ta’limni tashkil etish (student-centered education);
2) Ta’limda shaffoflikka erishish (transparent education);
3) Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity);
4) Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).
Tizimilarini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va talabaga

yo‘naltirilgan ta’lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin:

O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, o‘quv dasturlariga, dars jarayonlariga

qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi hohishi nuqtai nazaridan
yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini
belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning extiyojlar, fikrlari ko‘p ham e’tiborga
olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga
oshiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan
nofa’ol tinglovchi sifatida shakllanadi chunki ta’lim jarayonlari un larni faollikka undamaydi
(darslar asosan ma’ro‘za shaklida tashkil etiladi). Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil
fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, o‘zlari
uchun o‘zlari qaror qabul qilish saloxiyatlari shakllanmaydi. Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim bu
o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’limning teskarisi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu tizimda ta’limga OTM, uni
nazorat qiluvchi tashkilot yoki o‘qituvchilar nuqtai nazaridan emas balki talabalar nuqtai nazaridan
yondashishni talab etadi. OTMlar, ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va o‘qituvchilar ta’lim
jarayonlarini tashkil etuvchisi bo‘lsalarda, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini o‘taydilar,
ya’ni o‘quv dasturlari, hususan talaba nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi
talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, mutahasislik va mehnat bozori talablarini chuqur tahlil qilgan
holda, ya’ni “pastdan tepaga” qarab (bottom up) shakllantiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning
yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta’lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta’lim tizimi
talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z bilimini boshqalar bilan ulashish, o‘zi uchun o‘zi qaror qabul qila
olish salohiyatlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit – modul tiziming quyidagi qoidalarida o‘z aksini

topgan:


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

265

Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o‘tirgan vaqti bilan emas balki uning fan

bo‘yicha o‘qish va o‘rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda
talabaning ta’limi o‘qituvchining “o‘rgatish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib emas balki
talabaning “o‘rganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib o‘lchanadi. Ya’ni 1 kredit o‘zida 25-
30 soat o‘qish yuklamasini aks ettirsa, u o‘z ichiga talabaning fanni o‘zlashtirish bo‘yicha u
auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta’limga bunday
yondashuv ma’lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham hosdir.

O‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq o‘qish natijalari asosida

shakllantiriladi. Ya’ni OTM o‘quv dasturlarini va o‘quv rejalarini yaratish jarayonida o‘z oldiga
talaba mazkur o‘quv dasturi so‘ngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan
savollarni qo‘yadi va o‘quv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. O‘qish
jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM faoliyatiga u talabalarga nimalar
“o‘rgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni “o‘rganganligi” ga qarab baholanadi.
Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda ko‘nikma va
mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan.

Talabalar fanlarni ma’lum darajada o‘zlari tanlash huquqiga ega bo‘lish orqali o‘zlarining

o‘quv dasturiga ega bo‘lishadi. Ta’limdagi bu hususiyat orqali talabalar o‘zlari qiziqqan fan va
yO‘nalishlarni chuqurroq o‘rganish, talabalik davridan samarali foydalanish, o‘z salohiyatlari to‘liq
ro‘yobga chiqarishga va o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – B. 488.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
4947-sonli Farmoni.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
4947-sonli Farmoni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF–5847-sonli Farmoni.

6.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul

tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.

7.

http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

http://lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi

9.

European Commission ECTS Guide of 2004. Available at https://www.uc.pt/

ge3s/pasta_docs/ects-users-guide170804.pdf

10.

European Commission ECTS Guide of 2009. Available at https://ec.europa.eu/

education/ects/users-guide/docs/year-2009/ects-users-guide- 2009_en.pdf

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.–T.:O‘zbekiston, 2018.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.

Internet saytlari:

http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi

http://lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi

European Commission ECTS Guide of 2004. Available at https://www.uc.pt/ge3s/pasta_docs/ects-users-guide170804.pdf

European Cuommission ECTS Guide of 2009. Available at https://ec.europa.eu/education/ects/users-guide/docs/year-2009/ects-users-guide- 2009_en.pdf