Авторы

  • Нурилло Алиев
    преподаватель Ферганского государственного университета, Фергана, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp495-501

Ключевые слова:

математическая грамотность творчество логическое мышление нестандартная задача способы развития логического мышления

Аннотация

В данной статье обсуждаются пути и средства повышения математической грамотности учащихся, творческого подхода к решению задач и навыков логического мышления посредством  практических задач.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the math literacy of primary school students

Nurillo ALIYEV

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

This article discusses ways and means of increasing students’

mathematical literacy, creative approach to problem solving and
logical thinking skills through practical problems.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

mathematical literacy,
creativity,
logical thinking,
non-standard problem,
ways of developing logical
thinking.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini
oshirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

matematik
savodxonlik,
kreativlik,
mantiqiy fikrlash,
nostandart masala,
mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish
yo‘llari.

Ushbu maqolada o‘quvchilarning matematik savodxonligini

oshirish, masala yechishga kreativ yondashish, mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari va usullari amaliy masala-
larga bog‘langan holda yoritilgan.

1

Lecturer, Fergana State University. Fergana, Uzbekistan.

E-mail: aliyevnurillo@gmail.com.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

496

Повышение

математической

грамотности

учащихся

начальной школы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

математическая
грамотность,
творчество,
логическое мышление,
нестандартная задача,
способы развития
логического мышления.

В данной статье обсуждаются пути и средства

повышения

математической

грамотности

учащихся,

творческого подхода к решению задач и навыков
логического мышления посредством практических задач.

Matematika fani inson aqlini o‘stiradi, diqqatni rivojlantiradi. Matematika fani bilan

shug‘ullanuvchi har bir insonda qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, kishida o‘ziga bo‘lgan ishonchni
oshiradi. Kundalik hayotda bo‘layotgan jarayonlarda o‘zi bilmagan holda har bir inson matematik
masalalarni yechadi, tahlil qiladi. Tevarak atrofda bo‘layotgan voqea va hodisalarni matematik
qonuniyatlar orqali ochishga intiladi, chunku bu kundalik hayot ehtiyoji sabab yuzaga keladigan
jarayondir.

Hozirgi kunda “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan

vazifalarni ijrosi sifatida boshqa fanlar qatori matematika fanini ham o‘qitishda xalqaro standartlarni
joriy etish ko‘zda tutilgan. Ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan
maktab matematika va tabiiy fanlar ta’limiy sifatining xalqaro monitoringi – PISA xalqaro
tadqiqotlarida yurtimizning ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur
tadqiqotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor
sinab ko‘rilar ekan, bunga o‘ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro
tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o‘tkazish,
o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus
ko‘nikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

PISA – 2021 topshiriqlari matematika fanining quyidagi to‘rtta mazmun sohalari (bo‘limlari)

bo‘yicha taqsimlangan:

miqdorlar;

o‘zgarishlar va munosabatlar;

fazo va shakl;

ma’lumotlar va noaniqliklar.

Tadqiqotlarda darsliklarimizdagi odatdagi matematik masala emas, balki biror kontekstda

taqdim qilingan real hayotiy muammoli vaziyatlar beriladi, darsliklarimizdan o‘rin olgan, odatdagi
standart matematik masalada berilgan miqdorlar (ma’lumlar) va topish kerak bo‘lgan noma’lum
miqdor bo‘ladi. Noma’lumni berilgan ma’lumlardan foydalanib topish talab qilinadi. Bunda berilganlar
noma’lumni topish uchun yetarli bo‘lib, ular kam ham bo‘lmaydi, ko‘p ham bo‘lmaydi. PISA topshiriqlari
esa matematik masala emas, u matematik masaladan oldin keluvchi bosqich – muammoli vaziyatning
tavsifi (kontekst)dan iborat. Topshiriq kontekstida tasvirlangan muammoli vaziyatni mulohaza
yuritish orqali o‘rganib, uni matematik tilga o‘girib ifodalash, ya’ni matematik masalaga keltirish kerak
bo‘ladi. Shundan keyingina masalani matematikani qo‘llab yechishga kirishiladi. Shunday qilib, PISA
topshirig‘i

konteksti,

bu – real hayotiy vaziyatlarning turli ko‘rinishlardagi tavsifidan iboratdir. Kontekst

qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, 4 ta topshiriqlar turkumiga doir bo‘lishi mumkin:


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

497

“Shaxsiy”

kontekstda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:

o‘quvchining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq, do‘stlar bilan muloqot qilish, sport bilan

shug‘ullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar;

oila, do‘stlar va tengdoshlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar;

kattalarning kundalik turmushi bilan bog‘liq xaridlar, ovqat tayyorlash, sog‘liq, shaxsiy ishlarni

rejalashtirish va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.

PISA–2021 tadqiqotlari doirasiga matematik savodxonlik tushunchasiga daxldor bo‘lgan 8 ta

asosiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarni baholash kiritilgan:

1.

Tanqidiy fikrlash;

2.

Ijodkorlik, kreativlik;

3.

Tadqiqot va tahlil qilish;

4.

Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik;

5.

Ma’lumotlardan foydalanish;

6.

Tizimli fikrlash;

7.

Muloqot qilish;

8.

Mulohaza yuritish.

Bu jihatlar o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni, ya’ni matematik

savodxonlik tushunchasida o‘z aksini topgan. Matematik savodxonlik – bu asosan shaxsning turli
hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan
muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va
olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatini
namoyon bo‘lishiga zamin yaratadi. Berilgan topshiriqni bajarish orqali hodisalarni tavsiflash,
tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni izlashga
undaydi. Turli sharoitlarda berilgan real muammolarni yechish uchun matematika bilan faol
munosabatga berilib, matematik mulohazalar yuritishni, xoh u induktiv, xoh u deduktiv bo‘lsin, hamda
tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, ya’ni
matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza
yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan
muayyan talablarga javob berishi lozim bo‘ladi. Xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab
chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o‘tkazish, o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich
integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirib borish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har bir o‘tilayotgan darslar mazmunidan kelib chiqib, xalqaro

tadqiqotlarga tayyorlab borish kerak. Buning uchun mavzu doirasida o‘quv topshiriqlari, testlar
nostandart masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

498

1. Jadvalda berilgan shakllar asosida quyidagi fikrni davom ettiring:
a) Agar shakl sariq rangda bo‘lsa u ko‘pburchak emas.
b) Havo rangdagi shakl bu…
d) Agar shakl bo‘yalmagan bo‘lsa, u olda u ….
e) Agar shakl oltiburchak bo‘lsa, demak u ……..
f) Agar shakl yashil rangda bo‘lsa, demak u ………
2. Aziz, Bobur, Karim va Dilshod bir jamoada o‘ynashadi. Murabbiy ularga:”Agar Aziz ertaga

kelmasa, Bobur uning o‘rniga o‘ynaydi. Kelsa Karim, Dilshod o‘rnida o‘ynaydi”, – dedi. Xo‘sh agar
Bobur ertaga o‘ynamasa qolgan uch boladan qaysi biri o‘yinda ishtirok etadi?

a) Faqat Aziz
b) Faqat Dilshod
d) Aziz va Karim
e) Karim va Dilshod
3. Men kamera bilan birgalikda lenta va chip ham sotib olmoqchiman. Kamera va lenta $600,

kamera va chip $450. Lenta va chip esa $250. Kameraning narxi qancha?

a) $50;
b) $200;
d) $400;
e) $650.
Izoh: bu yerda aytib o‘tilgan uchala buyumni qo‘shib, har bir 2 tasini sotib olish qancha

turishini aniqlaymiz: 600+400+250=1300

Shuning uchun har bir buyumning bittasi uchun narx
1300:2=650$ bo‘ladi.
650-250=$400 bu kameraning narxi.
4. Ona bolalari Doniyor va Anvar uchun sport oyoq kiyimlari sotib olmoqchi. Quyidagi

jadvalda mavjud bo‘lgan poyabzal berilgan.

Turi

Mavjud o‘lchamlar

Mavjud ranglar

Narxi

A oyoq kiyim

1-10

Oq

$60

B oyoq kiyim

5-12

Qora, ko‘k

$50

C oyoq kiyim

3-8

Qora

$55

D oyoq kiyim

2-6

Qizil, qora, oq

$70

E oyoq kiyim

5-10

Ko‘k, qora

$40


Agar ona ikkala bolaga bir xil rangdagi poyabzal sotib olsa unda jami qancha to‘lanadi.
a) $110;
b) 115;
d) 120;
e) 130.
5. Teatrda 12 mart chorshanbadan 29 mart chorshanbagacha tomosha bo‘lishi kerak. Har

kuni kechqurun tomosha bo‘ladi. Tushdan keyin ham tomoshalar rejalashtirilgan. Jami qancha
tomosha uyushtiriladi?

a) 21;
b) 22;
d) 23;
e) 24.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

499

Izoh: 12 mart chorshanbadan 29 mart shanba kuniga qadar 18 kun bor. 3 ta chorshanba va

3 ta shanba kunlari tushdan keyin jami ta tomosha bo‘ladi. Demak,

18+3+3=24 ta tomosha o‘tkaziladi.
6. 28 qismdan iborat bo‘lgan multfilmni televidenie orqali haftada 4 qismi namoyish etiladi.

Hamma qismini ko‘rish uchun necha hafta kerak bo‘ladi?

7. Qaysi kasr qolganlariga teng emas?

8.

Yuqoridagi 6 ta geometrik shakllardan quyidagilarni qaysi birini tuzsa bo‘ladi?


Shuningdek boshlang‘ich sinf matematika darslarida grafik ko‘rinishdagi obyektlar

ustida ishlashga doir bir nechta mavzular yoritilgan bo‘lib, unda berilgan ma’lumotlar
grafik va ustunli diagrammalar asosida tasvirlash talab etiladi yoki aksincha.

1-masala. Doiraviy diagrammada berilgan ma’lumotlar asosida to‘g‘ri ko‘rsatilgan

ustunli diagrammani belgilang


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

500


a).

b).

d).

e).

2-masala. Quyidagi diagrammada maktab sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan.



0

10

20

30

40

50

Ряд1

0

10

20

30

40

50

Ряд1

0

10

20

30

40

50

Ряд1

0

10

20

30

40

50

Ряд1

0

5

10

15

20

25

30

35

1-sinf

2-sinf

3-sinf

4-sinf

5-sinf

o'q

uv

ch

il

ar

so

ni

sinflar

Maktab sinflari


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

501

Har bir sinfga 30 nafardan o‘quvchi sig‘adi. Qancha o‘quvchi yetishmayapti?
a) 20;
b) 25;
d) 30;
e) 35.
Xulosa qilib aytganda, matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini

tushunishga, uning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va
ishning ko‘zini biladigan har bir inson uchun zarur bo‘lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali
maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o‘zida shakllantirishga yordam beradi. Matematik
savodxonlik maxsus tuzilgan topshiriqlar yordamida baholanadi va tadqiq qilinadi. Bu
topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan
muayyan talablarga javob berishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan boshlang‘ich sinf matematika
darslarida o‘quvchilarni bunday topshiriqlarni berish orqali dars jarayonida egallagan bilim va
ko‘nikmalarini real hayotda qo‘llay olish, matnlarni talqin qilish, matematik muammolarni
yechish kabi malakalarini shakllantirish zarur.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi.

(OO‘Y uchun darslik). Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005.

2.

Xalillayеv A., Xudоynazarоv E. boshlang‘ich sinflarda masala yеchishga o‘rgatish

metodikasi. (metodik qo‘llanma), Urganch, 2010.

3.

S. Burhonov, O‘. Hudoyorov va boshqalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

3-sinfi uchun darslik “SHARQ”. Toshkent. 2019.

4.

N. Abdurahmonova, L. O‘rinboyeva. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun

darslik “Yangi yo‘l Poligraf Servis” Toshkent. 2018.

5.

N.U. Bikbayeva, E. Yangabayeva, K.M. Girfanova. To‘rtinchi sinf matеmatika darsligi.

Toshkеnt. “O‘qituvchi”. 2017.

6.

Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum.

(OO‘Y uchun o‘quv qo‘llanma) Toshkеnt. “O‘qituvchi”. 2004.

7.

M. Ahmedov, N. Abdurahmonova, M. Jumayev. Umumiy o‘rta ta’lim maktab-larining 1-

sinfi uchun darslik “Turon-iqbol”. Toshkent. 2018.

8.

N.U. Bikbayeva, R.I. Sidelnikova, G.A. Adambekova. Boshlang‘ich sinflarda

matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (metodik qo‘llanma) Toshkent “O‘qituvchi”. 1996.

9.

Н.Б. Истомина Математика. Учебник для 3 класса общеобразовательных

учреждений. Смоленск Ассоциация ХХ век. 2013.

10.

www.pedagog.uz.

11.

www.edu.uz.

12.

www.ziyonet.uz.

Библиографические ссылки

Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005 yil.

Xalillayеv A., Xudоynazarоv E. boshlang’ich sinflarda masala yеchishga o’rgatish metodikasi.(metodik qo’llanma), Urganch, 2010

S.Burhonov,O’.Hudoyorov va boshqalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3- sinfi uchun darslik «SHARQ» Toshkent – 2019

N.Abdurahmonova, L.O’rinboyeva. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik «Yangi yo’l Poligraf Servis» Toshkent – 2018

N.U.Bikbayeva, E.Yangabayeva, K.M.Girfanova. To‘rtinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2017

Jumayеv M.E, Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (OO‘Y uchun o‘quv qo‘llanma) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2004 yil.

M.Ahmedov, N.Abdurahmonova, M.Jumayev. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik «Turon-iqbol» Toshkent – 2018

N.U.Bikbayeva, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (metodik qo’llanma) Toshkent “O’qituvchi” 1996

Н.Б.Истомина Математика. Учебник для 3 класса обшеобразовательных учреждений. Смоленск Ассоциация ХХ век 2013

www.pedagog.uz

www.edu.uz

www.ziyonet.uz