Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of information and technological competence in
future teacher sasan urgent pedagogical problem
Sevara BEGMATOVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
This article presents an analysis of the development of
information technology competence in future teacher sasa
current pedagogical problem. There sults obtained can be used
to increase the effectiveness of teaching in general education
schools, pedagogical monitoring and teaching of general
education subjects when creating educational materials for
education al modules, developing tasks for international
assessment systems, as wellas individual competencies.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competence,
information-competence,
technological-competence,
competency approach.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot-texnologik kompetentlikni
rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
kompetentlik,
axborot-kompetentlik,
texnologik-kompetentlik,
kompetentsiyaviy
yondashuv.
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot-texnologik
kompetentlikni rivojlantirishning dolzarb pedagogic muammo
sifatidagi tahlili bayon etilgan.Olingan natijalardan umumta’lim
maktablarida ta’lim samaradorligini oshirishda, pedagogika
monitoring va umumta’lim fanlarini o‘qitishda o‘quv modullari
bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda, xalqaro
baholash tizimlari topshiriqlarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi
mumkinligi hamda tanlangan kompetensiyalarning davlat ta’lim
standartlariga kiritilgani bilan belgilanadi.
1
Lecturer, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan.
E-mail: nematovna@8190mail.ru.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
656
Развитие информационно-технологической компетентности у
будущих учителей как проблема педагогической задачи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компетентность,
информационная
компетентность,
технологическая
компетентность,
компетентность и подход.
В статье представлен анализ развития информационных
технологий
у
будущих
учителей
как
актуальная
педагогическая проблема. Полученные результаты могут
быть использованы для повышения эффективности
обучения в общеобразовательных школах, педагогического
мониторинга
и
преподавания
общеобразовательных
предметов при создании учебных материалов по учебным
модулям, разработке задач международных систем
оценивания, а также отдельных компетенций.
KIRISH
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 27-fevral, PQ–4623-sonli “Pedagogik ta’lim
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Pedagogik ta’lim
sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogic texnologiyalarni qo‘llash
ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa
qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar
yetkazib berish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish mamlakatimiz oily ta’lim
tizimi oldida turgan asosiy masalalar sifatida ko‘rsatib o‘tildi [1]. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
–
tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda
xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogic texnologiyalarni
qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;
–
oily pedagogic ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash
pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib boorish uchun
qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
–
yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va
baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish
jarayonlari samaradorligini oshirish pedagogica ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari etib belgilandi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda oily ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni
kompetentsiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga mukammal mexanizmlar asosida
tayyorlash muhim masalalardan biridir.
ASOSIY QISM
“Kompetentlikka
yo‘naltirilgan
ta’lim
(competence-basededucation-CBE)
amerikalik tilshunos N. Xomskiy (1965-yil Massachutes universiteti) tomonidan taklif
etilgan “kompetensiya” atamasining umumiy ma’nosida shakllanadi. Yevropa kengashi
dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996-yil) “kompetensiya”
tushunchasi “o‘quv”, “kompetentlik”, “qobiliyat”, “mahorat” singari tushunchalar qatorida
kiritilganligi ta’kidlandi” [2-4]. Boloniya deklaratsiyasiga a’zo mamlakatlatlarning ta’lim
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
657
sohasidagi vakillari mazkur deklaratsiyada (1999-yil) ta’lim islohotlarining konseptual
asoslari sifatida kompetentli yondashuvni belgilashni taklif qilishdi.
Jahon ta’lim amaliyotida ham o‘quvchilarni kompetentli qilib tayyorlash ta’lim
tizimining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Negaki,
kompetentlilik o‘zida:
ta’limning intellektual va amaliy jihatlarini uyg‘unlashtiradi;
o‘qitish kechimida ta’lim mazmunini o‘zlashtirishning standart bo‘yicha qanday
natijaga olib kelishini bildiruvchi ko‘rsatkichlarni aks ettiradi;
shaxs faoliyati va madaniyatining bir yoki bir-biriga yaqin qator sohalarni qanchalik
umumlashtirganligini namoyish etadi.
Lotin tilidan tarjima qilganda kompetensiya (competentia) u yoki bu soha bo‘yicha
bilimdonlik, bilim va tajribaga ega masalalar yig‘indisi ma’nosini anglatadi. Ya’ni,
kompetensiya – bu yuqori sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan predmetlar va
jarayonlarning ma’lum bir doirasiga nisbatan belgilanadigan o‘zaro bog‘liq shaxsiy sifatlar
(bilim, ko‘nikma, malaka va faoliyat usuli) yig‘indisini o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi
kunda kompetentlik ko‘pincha mustaqil, mas’uliyatli (faoliyatni amalga oshirishga
layoqatlilik) va muayyan mehnat funksiyalarini bajarish qobiliyati bilan ko‘nikmalarning
uyg‘unligi sifatida belgilanadi.
Kompetensiyaviy yondashuv bizga o‘quvchining faoliyat natijalarini yanada to‘liq va
oqilona tasavvur qilish imkonini beradi, ya’ni nafaqat ijtimoiy hayotga tayyorlikni, balki
zamonaviy texnologiyalar olamida ham, jamiyat hayotida ham dinamik o‘zgarishlar
sharoitida ishlash qobiliyatini anglatadi. Kelajakka yo‘naltirilgan mutaxassis o‘z kasbi
sohasida yangilik (masalan, raqobatbardosh mahsulotlar) yaratishga tayyor bo‘lishi kerak,
shuningdek, o‘zining bilimlar zahirasida tayyor algoritmlar mavjud bo‘lmagan taqdirda
ham nostandart vaziyatlarda yaratuvchanlik, ijodiy fikr yuritish asosida muvaffaqiyatli
faoliyat yuritishga qodir bo‘lishi kerak.
Pedagogik adabiyotlarda kompetensiya va kompetentlik atamalari ko‘p qo‘llaniladi
va allaqachon o‘zining o‘rniga ega. Mazkur tushunchalarning keng qo‘llanilishi ayniqsa,
ta’lim mazmunini modernizatsiyalash (yangilash) zarurati bilan bog‘liqdir. Lotin tilidan
tarjima qilganda kompetensiya (competentia) u ѐki bu soha bo‘yicha bilimdonlik, bilim va
tajribaga ega masalalar yig‘indisi ma’nosini anglatadi. Ya’ni, kompetensiya–bu yuqori
sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan predmetlar va jarayonlarning ma’lum bir
doirasiga nisbatan belgilanadigan o‘zaro bog‘liq shaxsiy sifatlar (bilim, ko‘nikma, malaka
va faoliyat usuli) yig‘indisini o‘zichiga qamrab oladi.
Bugungi kunda kompetentlik ko‘pincha mustaqil, mas’uliyatli (faoliyatni amalga
oshirishga layoqatlilik) va muayyan mehnat funksiyalarini bajarish qobiliyati bilan
ko‘nikmalarning uyg‘unligi sifatida belgilanadi. Kompetentlik – bu biror shaxsga mazkur
jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifalarni (masalalarni) hal etishga qaratilgan
harakatlarining samaradorligini (natijaviyligini) baholash natijasida beriladigan ta’rifdir.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligi darajasiga
qo‘yiladigan talablar nuqtai nazaridan kompetentlik bo‘lajak mutaxassisning muayyan
vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat metodlari majmuasini maqsadga muvofiq qo‘llash
qobiliyatini anglatadi[5-8].
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
658
XULOSA
Bulardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan kompentensiya-bu
bilim va vaziyat orasidagi aloqani o‘rnatish imkoniyati yoki keng ma’noda muammoni hal
etish uchun zarur bo‘lgan jarayonini (harakat va bilim) ko‘rsatish, topish qobiliyatidir.
Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish va
tarbiyalashning yangi g‘oya va texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish
qobiliyatlariga ega bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchining kompetentlik darajasini oshirish
muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Toshkent. 2020-yil 27-fevral,
PQ–4623-son.
2.
S.Y. Temurov.
(2014).
Bo‘lajak
matematika
o‘qituvchilarida
kasbiy
kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari. Fan va texnologiya. – B. 136.
3.
Белкин А.С. (2004). Компетентность. Профессионализм. Мастерство.
Челябинск. – С. 176.
4.
Миронова О.А.
(2013).
Ключевые
компетенции
личности
как
образовательный результат российской системы образования. Мир образования-
образование в мире, (2). – С. 186–193.
5.
Boymurodova G., Tosheva N. (2012). Ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish
jarayonida o‘qituvchi kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish-davr talabi //
Uzluksiz ta’lim. № 2. – B. 71–74.
6.
Зимняя И.А. (2004). Ключевые компетентности как результативно-целевая
основа
компетентностного
подхода
в
образовании.
Авторская
версия.
М.:Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 42, 2.
7.
Mahmudov A.X. (2012). Ta’lim tizimida kompetentlik asosida yondashuvning
didaktik jihatlari. “O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda innovatsiya
texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari. Toshkent. – B. 44–47.
8.
Бердиева,
Гулобод
Шоназаровна,
Наргиз
Иркиновна
Джумаева.
"Гуманизация процесса профессионально-педагогической подготовки будущих
учителей". Образование и воспитание 3 (2015): 1-2.
