Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of mastery in the professional competence of the teacher
Nafisa XUJAYAROVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The article describes the modernization of the content of
education, the introduction of pedagogical technologies, the
development of professional competence of teachers, the
achievement of high efficiency in teaching due to pedagogical
skills.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
modernization,
professional competence,
teacher skills,
mimicry, pantomime,
educational effectiveness.
Pedagogning kasbiy kompetentligida mahorat masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
modernizatsiya,
kasbiy kompetensiya,
o‘qituvchi mahorati,
mimika,
pantomimika,
ta’lim-tarbiya samaradorligi.
Maqolada ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, pedagogik
texnologiyalarni joriy etish, pedagogning kasbiy kompetentligini
rivojlantirish, pedagogik mahorat orqali ta’limda yuqori
samaradorlikka erishish bayon etilgan.
Вопросы мастерства в профессиональной компетентности
педагога
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
модернизация,
профессиональная
компетенция,
мастерство учителя,
мимика, пантомимика,
эффективность обучения
и воспитания.
В статье описывается модернизация содержания
образования,
внедрение
педагогических
технологий,
развитие профессиональной компетентности учителей,
достижение высокой эффективности в обучении за счет
педагогических навыков.
1
Lecturer, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
E-mail: xujayarovanafisa@8190mail.ru.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
630
KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati ta’lim sohasidagi bir qator
me’yoriy hujjatlar orqali o‘zining ustuvor siyosatini amalga oshirmoqda. “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun
istiqbolga yo‘naltirilgan mazmunini belgilab olib, o‘quv-biluv jarayonini sifatli Davlat
ta’lim standartlari, modernizatsiyalashgan o‘quv dasturlari hamda darsliklar bilan
ta’minlanmoqda. Axborot oqimining kuchayishi, rivojlangan mamlakatlar bilan
integratsiya jarayonining amalga oshirilayotganligi jamiyat va insonlar hayotidagi
o‘zgarishlar ta’limning yangi mazmunida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni hayotga tadbiq etish davomida zamon talablariga
javob beradigan, barcha jabhalarda mamlakatimizni izchil rivojlanishini ta’minlash shart-
sharoitlariga mos keladigan butun dunyoda e’tirof etilgan uzluksiz ta’limning tizimi
yaratildi.
Mazkur tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur mustahkam moddiy
texnika baza shakllantirilib, yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlar
ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda esa har qaysi pedagog zamon talablariga javob
beradigan, o‘z sohasining mutaxasisi, axborot texnologiyalaridan samarali foydalana
oladigan zamon bilan hamnafas raqobatbardosh pedagog kadrlarga ehtiyoj ortmoqda.
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning bevosita g‘amxo‘rligi tufayli tarbiyashunoslik fani
milliyligi xar sohada ustuvor bo‘lmoqda. Shu aqidalarni o‘zida mujassamlashtirgan
pedagogika fanining tarmoqlari, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi fanlar tizimi
kengayib bormoqda.
ASOSIY QISM
Pedagogika fani taraqqiy etib borish natijasida ta’lim-tarbiya samaradorligini
oshirish yo‘llarini o‘rgatuvchi pedagogikaning bir qancha tarmoqlari yuzaga kela boshladi.
Aynan, bugungi ta’lim jarayonida pedagogning pedagogik maxorati qanday
ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik maxorat vositasida o‘qituvchi ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil
qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi
muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Ushbu pedagogik muammolarni, vazifalarni xal etishda ta’lim samaradorligiga erishishda
pedagogdan qanday talablarga javob berishi nazarda tutilmoqda. Pedagogda qanday
sifatlar shakllangan bo‘lishi kerak?
Bugungi kunda xar bir o‘qituvchi va tarbiyachi pedagogik bilimlarni rivojlantirishi,
boyitishi, chuqurlashtirishi va mustahkamlashi, o‘z kasbiy kompetentlikka erishishi va uni
izchil ravishda oshirib borishi shart.
Xush, kompetentlik deganda nimani tushunamiz? Kasbiy kompetensiyaga ega
mutaxassisda qanday sifatlar mujassam bo‘lishi kerak? Avvalo, kompetentlikning o‘ziga
to‘xtalsak.
“Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta
olish.
Kompetentlilik – 1) ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon
beradigan bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohasidagi saviyasi;
2) pedagogning barcha imkoniyatlardan foydalana olishi, o‘ziga va o‘z ishiga nisbatan
talabchanligi, maktab, oila va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya olish, o‘z ishining ustasi
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
631
bo‘lgan, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi
hamda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la ishga sola biladigan pedagog layoqati [1, 5].
Kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini
qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l
tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda,
izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni
anglatadi.
Yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish. Kasbiy
kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib
borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi
ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo
etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
–
murakkab jarayonlarda;
–
noaniq vazifalarni bajarishda;
–
bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
–
kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda
–
kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
–
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
–
yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
–
davr talablarini chuqur anglaydi;
–
yangi bilimlarni izlab topadi;
–
ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi [1, 1].
Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish. Kasbiy (shu jumladan,
pedagogik) kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini
o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash – shaxs yoki mutaxassis tomonidan o‘zini
ijtimoiy hamda kasbiy jihatdan rivojlantirish, kamolotga erishish yo‘lida maqsadli, izchil,
tizimli harakatlarning tashkil etishi. Mutaxassisning o‘z ustida ishlashi quyidagilarda
ko‘rinadi:
–
kasbiy bilim, ko‘nikma, malakani takomillashtirib borish;
–
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;
–
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
–
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
–
salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
–
ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
Har qanday Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish shu jumladan,
pedagogic kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida tinimsiz ishlash va o‘z-o‘zini
rivojlantirish, zamonaviy bilimlarni egallashi, o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholashi,
yuksak pedagogic mahoratga ega bo‘lishi orqali aniqlanadi.
Va ular ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi
bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarida
(refleksiya) namoyon bo‘ladi. Ular:
–
ta’lim-tarbiya jarayonida yuz xatti-harakatlarini boshqarishi (mimika,
pantomimika);
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
632
–
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya
ta’sirlarga berilmaslik;
–
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol)
eganligi;
–
nutq maxoratini (nafas olish, ovozni boshqarish. nutq tempi) bilishi va o‘z nutqida
qo‘llay olishi.
Pedagogik maxoratning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va
jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
–
o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
–
ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat
qilishi;
–
ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan
ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
–
o‘quvchilar bilan pedagogic muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara
olishidir.
Taniqli rus pedagogi A.S. Makarenko aytganlaridek “Tarbiyachi tashkil etishni,
yurishni, hazillashishni quvnoq yoki jahldor bo‘lishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki,
uning har bir harakati, yurishi, turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin”.
XULOSA
Darhaqiqat, pedagogik maxoratning muhim jihatlari – bu avvalo, o‘qituvchining
mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalar hisoblanadi. Yuksak axloqiy qiyofasi, uning
madaniyati, bilimdonligi, his – tuyg‘ulari, qanday ohangda gapirishi, o‘z sohasini
risoladagidek bilishi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va
bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining
shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-
ishora, ma’noli qarash rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati
orqali o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, dars
samaradorligini oshirish, tarbiyaviy omillar samaradorligini o‘rgatish, psixologik
bilimlarga ega bo‘lishi kabilar pedagogning bugungi kundagi dolzarb vazifalari qatorida
o‘rin oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
N. Muslimov, M. Usmonboyeva, D. Sayfurova, A. Turayev. (2015). Pedagogik
kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. – B. 120.
2.
Toxtaxodjaeva M.X. (2010). Pedagogika. Darslik. Toshkent. “O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti.
3.
Muslimov N.A. (2004). Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish.
Monografiya. Toshkent. Fan.
4.
Sayidaxmedov N.S. (2003). Pedagogik maxorat va pedagogik texnologiya.
Toshkent.
5.
Pedagogika: ensiklopediya. II jild. Tuzuvchilar: jamoa-Toshkent: “O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. – B. 376. – B. 184.
