Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Interactive methods of modern pedagogical technologies in
chemistry education
Uchkun NORKULOV
1
, Erkin RUZIYEV
2
, Dilorom KURBANOVA
3
, Alisher BAZARBAYEV
4
,
Anvar TURDIYEV
5
Samarkand State University
Training Center for Life Safety of the Samarkand Regional Department of the Ministry of Emergency
Situations
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
In the article, the authors have shared their experiences on
the use of modern pedagogical methods in the process of
teaching chemistry in the system of Higher Education.
Recommendations were also proposed on how to achieve a
qualitatively high level of student knowledge of the experiences
used in chemistry education.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
education,
chemistry,
pedagogical technology,
interactive, student,
positive result, goal,
quality of education.
Kimyo ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
interfaol metodlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ta’lim, kimyo,
pedagogik texnologiya,
interaktiv,
talaba, ijobiy natija,
maqsad, ta’lim sifati.
Maqolada mualliflar oliy ta’lim tizimida kimyo fanlarini
o‘qitish
jarayonidagi
zamonaviy
pedagogik
usullardan
foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgan. Kimyo
ta’limida qo‘llanilayotgan tajribalarning talabalar bilimini sifat
jihatidan yuqori darajada bo‘lishiga erishish bo‘yicha ham
tavsiyalar taklif etilgan.
1
Assistant professors, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan.
2
Assistant professors, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan.
3
Assistant, Department of chemistry, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan.
4
Lecturer, Training Center for Life Safety of the Samarkand Regional Department of the Ministry of Emergency
Situations, Samarkand, Uzbekistan
5
Lecturer, Training Center for Life Safety of the Samarkand Regional Department of the Ministry of Emergency
Situations, Samarkand, Uzbekistan
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
694
Интерактивные методы современных педагогических
технологий в преподавании химии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
химия,
педагогическая
технология,
интерактив,
студент,
положительный
результат,
цель,
качество обучения.
В статье авторы делятся своим опытом использования
современных педагогических методов в преподавании
химии в высших учебных заведениях. Также были даны
рекомендации по обеспечению того, чтобы эксперименты,
используемые в химическом образовании, обеспечивали
высокое качество знаний учащихся.
Hozirgi kun ta’lim jarayonida yuksak intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish-har tomonlama barkamol, yuksak
ma’naviyatli shaxsni shakllanlantirishning istiqbolli yo‘llarini izlab topishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Bu borada shu muhim vazifalarni amalga oshirish uchun Samarqand davlat universiteti
kimyo fakultetida keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yilib, “umumiy va noorganik kimyo” fanini o‘qitish
texnologiyalarini takomillashtirish davomli ravishda izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda.
Kimyoni o‘qitishning eng muhim omillaridan biri, uzluksiz o‘quv tizimida yangi zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalaridan ilg‘or va boy tajribalarni dars jarayonlarida qo‘llash,
jumladan, kimyo fanini o‘qitishda talabalarning fanni chuqur bilishlariga erishishning muhim
omillaridan biri, ma’ruzalarda kimyoviy jarayonlarni aks ettiruvchi turli sxema va jadvallardan,
ko‘rgazmali qurollardan, maket va kimyoviy moddalardan hamda interfaol usullardan keng
foydalanishdir.
Pedagogik texnologiya bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha-yo‘ndashuvdir. Kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish ko‘rsatmalarini amalga oshirish maqsadida pedagog-olim o‘z
talabalarining fanni chuqur va puxta o‘zlashtirishlari uchun ma’ruza matnlarini bayon qilishda dars
jarayonini tushunarli, oson va qulay usullarda olib borsa, ularning faolligi va fanga bo‘lgan qiziqishi
ortadi. Buning uchun ma’ruzalarda butun guruhning barcha talabalari diqqatini jalb qiluvchi
yangicha yondashish, yangi didaktik materiallar kompleksidan keng foydalanish muhim rol
o‘ynaydi. Kimyo darslarida talabalarda juda ko‘p tajribaviy ko‘nikmalar shakllanadi. Turli
mavzudagi laboratoriya mashg‘ulotlarini amalga oshirishda o‘tkazishda, turli zaruriy reaktivlar
bilan ishlash va ularni saqlash, qizdirish vositalari bilan ishlash, qurilmalar yig‘ish, moddalarni
aniqlash, eritmalar tayyorlash va boshqalarni shular qatoriga kiritish mumkin. Ushbu
ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llanilayotgan an’anaviy usullar keraklicha samara
bermayotganligi, zamon talablariga mos bo‘lgan yangicha yondashuv hamda yangi pedagogik
texnologiyalarga asoslangan innovatsion usullarni ishlab chiqish va ularni amalyotga tatbiq etishni
talab etmoqda. Bu jarayonlada oliy ta’lim muassasalarida umumiy va noorganik kimyo fanlaridan
o‘qilayotgan ma’ruzalar hamda amalyot mashg‘ulotlari uchun xos bo‘lgan har qanday vaziyat
uchun o‘rinli va tushunarli bo‘lgan usullarni ham ta’lim jarayoniga tatbiq etish zarur.
Bugungi raqamli texnologiyalar davrida ma’ruza darslarini taqdimotlardan foydalangan
holda, chet el kimyogar olimlari yutuqlarini qayd etib, bugungi kun kimyo sohasi oldida turgan
muammolarga alohida e’tibor qaratib, noan’anaviy interfaol metodlar asosida, amalyot
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
695
mashg`ulotlarini esa bugungi kun dunyo kimyogar olimlari hamda professor-o‘qituvchilari
tomonidan keng foydalanilayotgan aynan hozirgi mavjud epedimiologik vaziyatda masofaviy
tarzda tashkil etilayotgan darslarda keng qo‘llanilayotgan onlayn laboratoriya dasturlari asosida
tashkil etish va o‘tkazish talabalar uchun foydadan holi bo‘lmaydi [2].
Kimyo fanini o‘qitish jarayonida interfaol usullarning ahamiyati va o‘rni benihoya
kattadir.Kimyo fani fundamental fanlardan bo‘lgani uchun oliy ta’lim muassasalari talabalarini bu
fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, o‘rganilayotgan fanni oson va chuqur o‘zlashtirishlari uchun
zaruriy mezon yaratish uslublari talabalarning butun dars jarayonidagi faolligini oshirish ustida
o‘ylashga olib keladi. Shu munosabat bilan o‘qitishnng yangi samarali uslublari hamda uslubiy
tavsiyalar, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqdaki, bular talabalarni fikrlash darajalarini
faollashtiradi, shu bilan birga ularni mustaqil bilim olishlariga ko‘mak beradi. Talabalarning o‘z
fikrlarini tashlash, diskussiya va muhokamalarda ishtirok etish, bir-biriga hamda pedagoglarga
savollar berish, tengdoshlarining javoblarini muhokama qilish, qo‘yilayotgan masalalarni
yechishda turli usullarni qo‘llashga yordam beradi. Shu bilan birga talabalarda o‘rganilayotgan
mavzuni qabul qilish va eslab qolish, diqqatini jalb qilish va mantiqan fikrlashni jamlaydi [3].
O‘qitish va tarbiyalashning zamanoviy va keng tarqalgan o‘qitish uslubi kimyo darslaridagi
yangi samarali usullar, ya’ni interaktiv usullarni (o‘yinlarni) qo‘llashdan iborat. Shu yo‘sinda kichik
guruhlarda ishlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bularga aqliy hujum “aylana
stol”, “ruchka stol ustida, “galereya bo‘yicha tur” va boshqa usullarni keltirish mumkin. Bu o‘yinlar
talabalarda fikrni bir joyga jamlash, mustaqil fikrlash, diqqatini jalb etish, tafakkurini rivojlantirish
kabi bilim olish uchun muhim omillarni shakllantiradi. Talabalar qiziqib o‘zlari anglamagan holda
yangilikni oson o‘zlashtiradilar va eslab qoladilar. Har xil vaziyatlarda o‘zlarini tutishni o‘rganadilar.
Hattoki eng passiv talabalar ham qo‘yilgan masalaga zo‘r ishtiyoq bilan bor kuchini qaratib, o‘z
o‘rtoqlarining yuzini yerga qaratmaslik uchun harakat qiladilar. Odatda talabalar bu usulda dars
o‘tilgan vaqtda diqqatlarini bir joyga to‘plab oladilar, e’tiborli va intizomli bo‘ladilar. Bunday usullar
jiddiy o‘qish bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Bu esa o‘quvchilarni ular uchun murakkab bo‘lgan yangi
mavzuni tez va oson o‘zlashtiribgina qolmay, balki ular shu mavzuni chuqurroq o‘rganishiga
taalluqli bo‘lgan turli savollar orqali ko‘proq ma’lumot oladilar. Interaktiv usul pedogogik
yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, kimyo fani professor-o‘qituvchilari bu usulda dars olib borganda
quyidagi savollarni qo‘yishlari maqsadga muvofiqdir:
●
talabalarning tayyorgarlik darajasi va darsning maqsadini hisobga olgan holda o‘yinlar
o‘tkazishning uslubiy ko‘rsatmasini ishlab chiqish;
●
rivojlantirilayotgan o‘qitishning o‘yin faoliyati mazmunining talabi;
●
o‘yin vaziyatlarini dars faoliyatining boshqa turlaridagi o‘rnini aniqlash [4].
O‘yin usullarini amalga oshirish uchun seminar dars jarayonlarini quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda olib boriladi: o‘quvchilarga ko‘rilayotgan mavzuning maqsadi o‘yin masalasi
ko‘rinishida qo‘yiladi; talabalarning o‘quv faoliyatlari o‘yin qoidalariga bo‘ysinadi; o‘qitish
faoliyatiga musobaqa elementlari kiritiladi, bu ham o‘z navbatida topshiriqni o‘yinga o‘tkazadi;
topshiriqning bajarilish samarasi o‘yin natijasi bilan bog‘lanib ketadi.
Kimyo fanidan o‘yinlar tashkil qilishda uslubning quyidagi muammolarini o‘ylab hal qilish
lozim.
Qatnashuvchilar soni. Har bir o‘yin ma’lum minimal (4) yoki maksimal (15) ishtirokchilarni
talab qiladi. O‘yinni tashkil qilishda bu juda muhim.
O‘yin maqsadi. O‘yin davrida kimyo sohasida talabalar qanday ko‘nikma va malakaga ega
bo‘ladilar? Oyinning qaysi joyiga alohida e’tibor berish kerak? O‘yin o‘tkazish davrida qanday
boshqa tarbiyaviy maqsadlarni ham qo‘llash mumkin?
Talabalarga qanday qilib qisqa vaqtda tez va oson o‘yin shartlarini tushintirish kerak bo‘ladi?
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
696
O‘yin qancha vaqtga mo‘ljallanishi lozim?. Bu o‘yin talabalar uchun qiziq, jalb etuvchan
bo‘ladimi? Talabalar yana shu o‘yinni davom ettirishni xohlashadimi?
Qanday qilib o‘yinga boshqa talabalarni jalb etish mumkin?
Talabalarning faolligi va qiziqishini oshirish uchun o‘yinga qanday o‘zgartirishlar kiritish
mumkin?
O‘yin tugaganidan so‘ng talabalarga qanday xulosani etkazish lozim (o‘yinning asosiy onlari,
kamchiliklari, kimyo fanini o‘zlashtirish natijalari, talabalarning olgan baholari va intizomli bo‘lishi
haqida ta’kidlab o‘tish)?
Shunday qilib, interaktiv usullar (o‘yinlar) o‘qitishning an’anaviy uslubini to‘ldiradi va
boyitadi, talabalarning bilim olishlariga ijobiy ta’sir etadi, aqliy faoliyatining samarasini oshiradi. Bu
usulni doimiy qo‘llash talabalarning bilim saviyasini mustahkamlashda yaxshi samara beradi [5].
Shunday o‘yinlardan birini “Kislorod” mavzusi bo‘yicha sahnalashtirilgan noan’anaviy “Sud”
darsi jarayoni misolida ko‘rib chiqamiz.
“Kislorod” kimyoviy elementi ustidan sahnalashtirilgan “sud” darsi.
Boshlovchi: Turinglar sud kelayapti. Bugun 1772-yilda shved olimi Sheele tomonidan kashf
etilgan kimyoviy elementlar davriy sistemasida II davr VI guruhining bosh guruhchasi elementi
“kislorod” ustidan sud jarayoni bo‘ladi. Bugungi sud jarayonida qoralovchi va oqlovchi, davogar
moddalar: CO uglerod (II) oksid, Al
2
O
3
– alyuminiy oksid, N
2
O azot (I) oksid, Fe
3
O
4
magnitli
temirtosh, KClO
3
– kaliy xloratlar hamda oqlovchining guvohlari C
2
H
2
atsetilen, Na
2
O
2
– natriy
peroksid, H
2
– vodorod, CaO – kalsiy oksidlari ishtirok etishadi.
Janob: sudya vazifasini kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi Au – oltin kimyoviy
elementi olib boradi.
Oqlovchi: Janobi sudya. Bugun men kislorod elementining oqlovchisi bo‘lib sud jarayonida
ishtirok etmoqchiman, ruxsat bering.
Sudya: Marhamat.
Oqlovchi: Kislorod eng bebaho element. Kislorodsiz hayot bo‘lmaydi. Undan barcha tirik
organizmlar nafas oladi. Kislorod sanoatda ishlatilishi jihatdan 3 – o‘rinda turadi. Kislorod
metallurgiya jarayonlarini jadallashtirishning samarali vositasidir. Kislorod hosil qilgan
birikmalarning ko‘pchiligi turli xil sohalarda ishlatiladi. Masalan, ZnO, Fe
2
O
3
va Cr
2
O
3
kabi oksidlar,
bo‘yoqlar tarkibini tashkil qiladi. CO
2
– karbonat angidrid esa yashil o‘simliklarning asosiy ozuqasi,
shuningdek salqinlashtiruvchi ichimliklarni tayyorlashda bebaho komponent sifatida ishlatiladi.
SiO
2
– kremniy (IV) oksid – shisha, sement va boshqa qurilish materiallari tayyorlashda
ishlatiladi. Butun sud jarayonida kislorod bebaho element ekanligining isboti sifatida bir qator
moddalarni olib kelganman. C
2
H
2
– atsetilen. Men kislorod bilan atsetilenkislorod alangasini hosil
qilaman. Bu alanga 3000
0
C gacha issiqlik ajralishi bilan boradi. Bunda metallarni turli xil shaklda
kesishga va payvandlashga yordam beradi.2C
2
H
2
+5O
2
=4CO
2
+2H
2
O+Q.
CaO – kalsiy oksid. Men kislorod bilan birikma hosil qilganimdan juda xursandman. Meni
texnikada kuydirilgan ohak yoki so‘ndirilmagan ohak deb atashadi. Sanoatda meni “kipelka”
deyishadi, chunki men suv bilan birikib qattiq qaynayman.
CaO+2H
2
O=Ca(OH)
2
+Q.
Mening suvdagi eritmamdan qurilish materiali sifatida foydalanadi. Quruvchilar esa meni
“Pushonka” deyishadi, chunki men qaymoqdek muloyim, oq rangliman.
H
2
– vodorod. Men kislorod bilan juda inoq do‘stman. Kislorod bilan hosil qilgan birikmam
esa hayot manbai hisoblangan suvdir.
2H
2
+O
2
=2H
2
O+Q.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
697
Suv avvalo tirik organizmlarning hayoti uchun zarur modda. Ota-bobolarimiz “Suv bor
yerda hayot bor” deb bejiz aytishmagan. Tirik organizmdagi barcha biokimyoviy jarayonlar suv
ishtirokida kechadi. Suv kimyo sanoatida eng muhim kimyoviy xom ashyo hisoblanadi.
Na
2
O
2
– natriy peroksid. Hurmatli sudya. Men kislorodli moddaman havoni tozalashda keng
ko‘lamda qolaversa, suv osti kemalarida insoniyatga kislorodni yetkazib beruvchi moddaman. Agar
men bo‘lmasam suv osti kemalari shuncha uzoq muddatga suv ostida yura olarmidi.
2Na
2
O
2
+2CO
2
=2Na
2
CO
3
+O
2
.
Oqlovchi: Sudya janoblari, bu kislorod to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir qismi xolos. Sudya:
Kimda qanday fikr bor?
Zalda o‘tirgan elementlar va barcha moddalar bir ovozdan:
–
Kislorod kelajak ishonchi;
–
Kislorodsiz hayot yo‘q;
–
Kislorod kimyo sanoatidagi asosiy xomashyo;
–
Kislorod hosil qilgan birikmalar turli sohalarda juda ko‘p ishlatiladi.
Sudya: Hurmatli sud jarayonida ishtirok etgan sud a’zolari .
Sudya: Ayblanuvchi kislorod, marhamat o‘zingiz haqingizda ma’lumot bering.
Kislorod: meni 1772-yilda Shved kimyogari Sheele kashf etgan. Tabiatda 3-xil izotopim bor:
168
O,
178
O,
188
O. Mening lotincha nomim “oksogenium”, ya’ni oksid hosil qiluvchiman. Yer qobig‘i
umumiy massasining 49% ini, odam organizmining 65% ini, tuproqning 58% ini, qumning 53% ini
va suvning 89% ini tashkil etaman. Tabiatda 2 xil ko‘rinishim bor: kislorod va ozon.
Sudya: Sud jarayoni davom etadi. Hurmatli kislorod elementi sizning ustingizdan bizga bir
qator shikoyatlar tushgan. Siz ba’zi elementlarga birikib olarkansiz. Siz hosil qilgan birikmalar
yaroqsiz holga kelib qolarkan. Marhamat davraga Qoralovchi va davogarlarni chorlang. Qoralovchi
hozir so‘z navbati sizga.
Qoralovchi: Janobi sudya. Men bugungi sud jarayonida “Kislorod” elementini aybdor deb
topaman. Bunga mening guvohlarim yetarli. Kislorod 1772-yildan buyon moddalarni faqat
yondirishda ishlatilib kelinadi. Uning yonish mahsulotlari atrof-muhitni ifloslanishiga olib
kelmoqda. Insoniyat va tabiat aziyat chekmoqda. Bundan tashqari bir qancha kimyoviy moddalar
menga bir necha bor arz qilishgan, janobi sudya bugungi sudda ayrimlari o‘z dardlari bilan ishtirok
etishmoqda, marhamat davogarlar so‘zlarini eshitib xulosa chiqaring.
CO – uglerod (II) oksid: Men ko‘mirning chala yonishidan hosil bo‘laman. Insoniyat menga
is gazi, ya’ni zaharli gaz deb nom qo‘yishgan, insoniyat mendan uzoq vaqt nafas olishi natijasida
hushidan ketishi, hatto o‘lishi ham mumkin. Agar ko‘mir bilan mo‘l miqdor kislorod reaksiyaga
kirishganda men shunday ahvolga tushmagan bo‘lar edim.
Al
2
O
3
– alyuminiy oksid: Janobi sudya mening passiv bo‘lishimga kislorod aybdor. Metalim
alyuminiyga tezda birikib oksid parda hosil qilib oladi. Men doimo suvga muhtoj bo‘lib qolaman.
N
2
O – azot (I) oksid. Men kislorod elementi bilan birikma hosil qilganimdan juda xafa bo‘lib
ketaman. Chunki men bor joyda insoniyat bo‘lsa nuqul ustimdan kulgani – kulgan, so‘ngra achig‘im
chiqib ularni halokatga olib kelishim hech gap emas.
Fe
3
O
4
– magnitli temirtosh: Mening ahvolimni qarang, kislorod va tashqi kuchlar ta’sirida
asta – sekin yemirilib borayapman. Mendan insoniyat unumli foydalana olmayapdi.
KClO
3
– kaliy xlorat: Meni esa sudya janoblari kislorod portlovchi modda qilib qo‘ygan. Men
doim insoniyatga xavf – xatar tug‘diraman.
Qoralovchi: Hurmatli sudya bundan tashqari kislorod elementi uglerod (II) oksid va azot (I)
oksidlarini befarq oksid qilib qo‘ygan. Ular tuz hosil qilmaydigan oksidlar hisoblanadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
698
Sudya: “Kislorod” aytilgan guvohlarning fikrlari to‘g‘rimi, aybingizga iqrormisiz? Kislorod:
Ha keltirilgan barcha dalillar to‘g‘ri.
“Kislorod” kimyoviy elementi ustidan olib borilgan sud jarayoni davogarlar va guvohlarning,
qoralovchi va oqlovchilarning fikrlarini o‘rganib chiqqani holda sudning quyidagicha:
Qarori qabul qilindi:
1. Kislorodning uglerod, alyuminiy, temir moddalari bilan hosil qilgan birikmalarining
xossalari o‘rganib chiqilsin.
2. Temirning yemirilishini oldini olish maqsadida kimyoviy moddalardan birikmalar
tayyorlansin va tajribada o‘rganib chiqilsin.
3. Bugungi sud jarayonida kislorod elementi aybsiz deb topilsin va undan unumli
foydalanish yanada mukammal o‘rganib chiqilsin.Sudda faol ishtiroklaringiz uchun
rahmat [6].
Yana bir muhim mezon, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi muloqoti o‘zaro tushunish asosida
yuzaga kelsagina o‘qituvchi o‘quv va tarbiya ishida ijobiy natijaga erishadi. Xullas, yuqori malakali
o‘qituvchi – pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor masalasi ekangligini
yodda saqlagan holda, eng avvalo, iqtidorli talabalarni tanlash va pedagogik kasbga yo‘llashga oid
yangi pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish jarayonida yuqorida
aytib o‘tilgan mulohazalarni inobatga olish ta’lim sifatini oshirishga olib kelishi muqarrardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar. – T.: Nihol nashriyoti, 2016. – B. 279.
2.
Норенков И.П., Зимин А.М. Информационные технологии в образовании:
Учебное пособие. – М.: Изд. МГТУ им.Н.Баумана, 2002. – С. 336.
3.
G‘ulomov S.S., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. – T.: Fan,
2010. – B. 686.
4.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. – B. 172.
5.
Чернобельская Г.М. Методика преподавания химии в средней школе – M.:
Дрофа, 2015. – С. 172.
6.
Norqulov U.M., Ruziyev E.A., Nasimov X.M., Ruziyev I.X. Kimyo fanini o‘qitishda
qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar. – Samarqand: SamDU tahririy-nashriyot
bo‘limi, 2020. – B. 180.
