Авторы

  • Шохрух Саидмуродов
    студент Ташкентского института инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства, Ташкент, Узбекистан
  • Сухроб Умаров
    профессор, Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp782-786

Ключевые слова:

развитие цифровая экономика международная конкуренция преимущество глобализация

Аннотация

     В целом цифровая экономика - это цифровая среда, позволяющая значительно повысить эффективность хранения, продаж и доставки различных производств, технологий, оборудования, товаров и услуг, основанных на использовании результатов анализа процессов и крупномасштабных обработка данных. Данные в представлении - это деятельность, которая является основным фактором производства.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The revolutionary change of the digital economy and its modern
consequences

Shokhrukh SAIDMURODOV

1

Umarov SUKHROB

2


Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

The digital economy is a digital environment that allows you

to significantly increase the efficiency of storage, sales and
delivery of various industries, technologies, equipment, goods
and services, based on the use of the results of process analysis
and large-scale data processing. The data in the view is the
activity that is the main factor of production.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

development,
digital economy,
international competition,
advantage,
globalization.

Raqamli iqtisodiyotning inqilobiy o‘zgarishi va uning hozirgi
kundagi zamonaviy oqibatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

taraqqiyot,
raqamli iqtisodiyot,
xalqaro raqobat,
afzallik,
globallashuv.

Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil

qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni
qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar,
texnologiyalar, asbob-uskunalar, Tovar va xizmatlarni saqlash,
sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda
oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar
asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir.

1

Student, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan.

2

Professor, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

783

Революционное изменение цифровой экономики и его
современные последствия

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

развитие,
цифровая экономика,
международная
конкуренция,
преимущество,
глобализация.

В целом цифровая экономика – это цифровая среда,

позволяющая

значительно

повысить

эффективность

хранения, продаж и доставки различных производств,
технологий, оборудования, товаров и услуг, основанных на
использовании

результатов

анализа

процессов

и

крупномасштабных

обработка

данных.

Данные

в

представлении – это деятельность, которая является
основным фактором производства.


KIRISH
Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan

raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish
bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.

“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo‘lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida

chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital
Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida
tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy
qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarim o‘tkazgichlar, protsessorlar), asosiy
texnologiyalar

(kompyuterlar)

va

bog‘lovchi

infratuzilmalar

(internet

va

telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko‘rsatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli
tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu
rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining
ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha
bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan
rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining
boshlang‘ich davrida bo‘lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi atiga bir
necha o‘n yilni tashkil etadi.Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli
ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar,
kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron
platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari,
kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari
singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos

o‘zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha,
tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‘payishi milliy iqtisodiyotlar
yalpi hajmini har yili o‘rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi.

Dunyoda raqamli iqtisodiyot o‘sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil

etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o‘zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda
katta naf ko‘rishmoqda. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh
dollaridan ko‘proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki
mahsulotining 5 foizidan ko‘prog‘i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

784

texnologiyalari bilan bog‘liq sohalarga to‘g‘ri keladi. 2025-yilgacha AQSh sanoatni
raqamlashtirishdan qo‘shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday
iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar),
avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo‘lishi
ta’kidlanmoqda.

Turli tadqiqotlar natijalari bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi

salmog‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va
blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlari
va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi.Mamlakatimiz Prezidenti
SH.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga
bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda
5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini

baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli
platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya. Xususan,
BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi ma’lumotlarida qayd etilganidek, bu
ko‘rsatkich 2009 yilda 16 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilning oxiriga kelib 56 foizga
yetgan.

Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan bunday jadal o‘zgarishlar va raqobatning

keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan
turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning
raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, ilmiy
va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi.

Bu borada, so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish

bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2018-yil 3-iyuldagi PQ–3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda
muhim qadam bo‘lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha
quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:

investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish

uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt,
konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-
fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;

blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish
ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik
mutaxassislarni jalb qilish; kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish,
shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;

raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar,

texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik
sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

785

hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy
qismibo‘lib, uning asosiy maqsadi ma’muriy tartib va taomillardan o‘tishni
soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilashga qaratilgan.

Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek,

mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay
imkoniyatlar yaratish, byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali
va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida
yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab
chiqilayotgan bo‘lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot
hajmini qo‘shimcha 30 foizga o‘stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim,

yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni
shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirishmaqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga
yo‘llagan Murojaatnomasida 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda O‘zbekiston hayotida
global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida

O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli
sohada bo‘lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya
texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida
103-o‘rinni egallab turishining o‘zi mamlakatimizda bu sohada hali o‘z yechimini
kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya

texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019-yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-
da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli
texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda
yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon
kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi
5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha

xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta
qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni
barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada
ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan
aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”.

O‘z o‘rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning

ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan,
hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini
hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron
platformalarga o‘tkazilmoqda.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

786

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’biri bilan aytganda, “raqamli iqtisodiyot

yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka
tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini
buzilishi bilan bog‘liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar,
fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning
hamkorlikdagi harakatini talab etadi”.

Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro

hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o‘rinda mamnuniyat bilan qayd etish
joizki, O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-
tadbirlar natijasida 2019-yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog‘onaga ko‘tarilib,
52 o‘rinni egalladik.

XULOSA VA TAKLIFLAR.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin

istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat
jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib
bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va
raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab
o‘tish maqsadga muvofiq:

kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur

bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim
tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy
axborot texnologiyalarini o‘qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda
“1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada

“Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy
faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;

aholining keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va

kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv
yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash sohasida

raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni
samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda
ko‘maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan
risklarni pasaytirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМI.

2.

https://www.youtube.com/watch?v=bi4QTyIcf8g.

3.

https://www. stat.uz.

4.

BMT hisoboti 2020.

5.

Abdurahmonovna N.M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of

Professional Sustainability of Future Teachers.

Библиографические ссылки

R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМI,

BMT hisoboti 2020.

Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.