Авторы

  • Азим Аширбаев
    доцент кафедры Инженерии и компьютерной графики, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss3-pp7-15

Ключевые слова:

рисунок размер типичная ошибка оптимальный метод рациональный метод

Аннотация

В этой статье основное внимание уделяется настройке и размеру детали, а также предотвращению типичных ошибок.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Typical errors which can make dimensions of drawings and their
prevention factors

Azim ASHIRBAEV

1

, Husan RAKHMONJONOV

2


Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
15 June 2021

This article focuses on setting and sizing a detail and avoiding

typical errors.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

drawing,
size,
typical error,
optimal method and rational
method.

Chizmalarga o‘lcham qo‘yishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
tipik xatolar va ularning oldini olish omillari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

chizma,
o‘lcham,
tipik xato,
optimal usul,
ratsional usul.

Mazkur maqola detalni tayyorlash va nazorat qilishda uning

o‘lchamlarini to‘g‘ri qo‘yish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
tipik xatolarning oldini olishga qaratilgan.

1

Associate Professor of Engineering and Computer Graphics Tashkent State Pedagogical University named after

Nizami. Tashkent, Uzbekistan.

2

1-year master’s degree, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

8

Типичные ошибки, которые могут изменить размеры
чертежей и их предупреждающие факторы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

рисунок,
размер,
типичная ошибка,
оптимальный метод,
рациональный метод.

В этой статье основное внимание уделяется настройке и

размеру детали, а также предотвращению типичных
ошибок.


Chizmaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning o‘lchamlari bo‘lib, ularning

to‘g‘ri bajarilishi va yetarli bo‘lishiga juda katta e’tibor qaratiladi, chunki ular
mahsulotning sifati va uni ishlab chiqarish – tayyorlash tannarxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining bajarayotgan grafik ishlaridagi o‘lchamlarni
qo‘yishdagi xatolarning yuzaga kelishi, ularning soni va turiga qaraganda shundan dalolat
beradiki, ular o‘lchamlarni qo‘yishning faqat umumiy qoidalarinigina muvaffaqiyatliroq
o‘zlashtiradi. Ta’lim oluvchilar detal o‘lchamlarini qo‘yishda uni tayyorlash va nazorat
qilish texnologiyasi bilan belgilanadigan maxsus qoida va usullarni o‘zlashtirishda
qiyinchiliklarga duch keladi [1-6].

1-rasmda o‘q buyicha o‘lchamlarni quyishda ularning ratsionalligiga ko‘ra masala

echimi variantlari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagi turlarda farqlanadi:

a) to‘g‘ri, optimal (o‘rta ma’kul, kulay-ratsional) yechim – o‘lchamlarning minimal,

tayyorlash uchun zarur va etarli bo‘lgan miqdori aniqlangan, shakl hosil qilish
texnologiyasiga va o‘lchash qulayligi hisobga olingan, o‘lchamlarni alohida, tashqi va ichki
yuzalar bo‘yicha guruhlash amalga oshirilgan, o‘lchamlarning katta qismini tasvirdan
pastda joylashtirish ma’qul topilgan;

b) to‘g‘ri, qulay yechim, ammo gabarit o‘lcham optimal (urta ma’qul) ga nisbatan

yuqorida joylashtirilgan;

v) to‘g‘ri, lekin noqulay echim – o‘lchamlar ichki va tashqi yuzalar bo‘yicha

guruxlashtirilmagan, gabarit o‘lcham yuqorida joylashtirilgan;

g) noto‘g‘ri va noqulay (noratsional) yechim – o‘lchamlar miqdori zarur

minimumdan ortib ketgan (beshta), pastda joylashgan o‘lchamlar zanjirida bo‘sh bo‘g‘in
qoldirilmagan, ular maqsadga muvofiq taqsimlanmagan. Uzluksiz ta’lim tizimida har xil
ta’lim bosqichlari o‘quvchilarining va har xil mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari
talabalarining bajargan va ularning ichidan tanlab olingan bir qator ishlarning tahlil
natijalari shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri va ratsional echimlar soni o‘rtacha 10% dan oshmadi
[7-13]. O‘quvchilarning qariyib yarmi (48%), talabalarning 2/3 qismi (70%) o‘lchamlarni
quyishda ratsionallikning o‘rtacha darajasida (to‘liqsiz yoki noaniq) bajardi. Qolganlari
kam ratsional yoki noratsional usullardan foydalandi.

Chizmachilikni o‘qitish amaliyotida o‘lchamlarni qo‘yish bo‘yicha o‘rganilayotgan

materialni chizmachilik qursining tegishli bo‘limlariga oid ma’lumotlarni differensiyalash
asosida, ular bilan uyg‘unlashib ketadigan qismlarga bo‘laklash orqali o‘rgatish tamoyili
maqsadga muvofiqligicha qolayotganligiga ishonch hosil qildik. Bu borada, o‘quv materiali
mazmuni va hajmini, uning tarkibiy kismini bosqichlarga, o‘quvchilarning rivojlanish
darajasi, metodik usullar samaradorligiga ko‘ra bo‘laklashni ta’minlay oladigan
egiluvchan, ma’qul metodikani qo‘llash maksadga muvofik bo‘lardi [14-18].


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

9

O‘lchamlarni qo‘yish qoidalarini bosqichli o‘rganish davomida o‘quvchilarda

bilimlarning ma’lum tizimi izchillik bilan shakllantirilishi kerak. Uning mohiyati shundan
iboratki, chizmalarda o‘lchamlarni qo‘yishda uchta asosiy vazifa hal etiladi:

1) Kerakli o‘lchamlarni belgilash (klassifikatsiyaga muvofiq);
2) Ularni kanday qo‘yish (tasvirlar o‘rtasida taqsimlash, gruppirovkalash, har bir

tasvirda joylashtirish);

3) O‘lchamlarni yondosh, tegib turuvchi yoki birikuvchi detallar o‘lchamlari bilan

muvofiqlashtirish (detallashtirishda).

Bu vazifalarni hal qilishda oldin quyidagilar aniqlanadi:

detal va uning elementlarining geometrik shakllari;

detal va qismlarining funksional vazifasi;

sirtlarining holati va yuzalarining unga tegib turuvchi detallar yuzalari bilan aloqa

dorligi;

yig‘ma birlikdagi detallarning o‘zaro bir-biriga bog‘liqlik va aloqadorlikdagi ta’sir

harakteri;

detaldagi har bir sirt va yuzaning ahamiyati;

uni ishlab chikarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zda tutilgan texnologik jarayon

(belgilash, o‘lchash, ishlov berish);

detal yuzalari va sirtlarini o‘lchash usuli.

O‘lchamlarni qo‘yish bo‘yicha zarur bilimlar yig‘indisi asta-sekinlik bilan

yakunlovchi bosqichda – yig‘ish chizmalarini tuzishda va ularni detallashtirishda tobora
to‘liq namoyon bo‘ladi [19-22]. Bu kabi to‘liq hajm, avvalo, o‘quv fanining barcha
bulimlaridan ta’lim oluvchilarga va chizmachilik fanidan fakultativ mashgulotlarda tahsil
ko‘rayotganlarga xamda to‘garaklarda shug‘ullanuvchilar uchun xosdir.

Chizmachilik kursida o‘lchamlarni qo‘yishda geometrik yondashuv (detallarning

tuzilishi, formasini hisobga olish) asos qilib olingan, ammo bunda texnik yondashuv
elementlari (detalni tayyorlash texnologiyasi) e’tiborga olinadi, u chetlab o‘tilmaydi. Bu
darsliklarda o‘z aksini topganidek, ko‘plab metodik qo‘llanmalarda ham kayd kilinganligini
ko‘rish mumkin.

Ayrim o‘qituvchilarning texnologik jarayonni hisobga olmasliklari, o‘rni kelganda

uni mutlaqo inkor qilishga urinishlari xam yo‘q emas, o‘lchamlarni qo‘yishning faqat
sirtlarni, ularning tuzilishini hosil qilishgagina karatayotganliklari ma’lum. Bu esa, asosiy
maqsadning mavhumlashishiga, undan uzoqlashishga olib keladi. Natijada, ta’limning
rivojlantiruvchi xarakteri boy beriladi, o‘quvchilarning amaliy qiziqishi susayadi, mehnat
tayyorgarligi bilan fanlararo aloqadorlik zaiflashadi.

O‘quvchilarga hamma vaqt qo‘yilgan o‘lchamlarning detallarni tayyorlash va

nazorat qilish texnologiyasi bilan bog‘liqligini politexnik tayyorgarlik uchun ma’kul bulgan
masalalarda tushuntirib borish zarur, toki ular o‘lchamlarni mexanik tarzda emas, balki
ongli ravishda, ya’ni detalni tayyorlash (ishlab chikarish) da shakl (forma) hosil qilish
ketma-ketligiga muvofiq tarzda qo‘ysin.

Geometrik shakl tahlili tayyorlash texnologiyasini tanlashni, asosiy tasvir, tasvirlar

tarkibi va o‘lchamlar kompleksini (massivini) belgilaydi. Biroq maktablardagi mavjud
geometrik tahlil amaliyoti ma’lum ma’noda takomillashtirilishga muhtoj. Birinchidan,
detal shaklini uni tashkil qiladigan sodda geometrik jismlar (prizma, piramida, silindr,
konus, shar, tor) ga bo‘laklashni metodologik va amaliy nuqtai nazardan har bir qismning
funksiyasini (vazifasini) tushuntirish bilan birga olib borish lozim [23-26].


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

10

Bu shuning uchun zarurki, konstruksiyalash elementlari bilan grafik masalalar

(grafik yechim) ni qo‘llash amaliyotining kengayishi yaratilayotgan yangi konstruktiv
tuzilishga ega bo‘lgan shakllar (formalar) ning funksional vazifalarini hisobga olishni talab
etmoqda. Ikkinchidan, yaxlit detal va uning elementlarini tashkil etgan geometrik
sirtlarning stabilligi (barqarorligi) tipik vaziyatlarni keltirib chiqaradiki, ular o‘quvchilar
mehnatining ratsional va tejamkor usullarini shakllantirishga ko‘maklashadigan,
umumlashtirilgan algoritmlardan foydalanish imkonini beradi. Uchinchidan, geometrik
tahlilni detalning har bir qismi uchun o‘lchamlar miqdori va tarkibini aniqlash bilan birga
olib borish kerak, toki uning yaxlit fazoviy obrazini yaratishda kattalik haqida tasavvur
hosil bo‘lsin (2-rasm: a – shakl va o‘lchamlar tahlili, b – ularning sintezi). Ta’kidlash
muhimki, detal qismlarini yigib, yaxlitlash natijasida umumiy shaklda o‘lchamlarning mos
kelishi hisobiga ularning soni qisqaradi.

Chizmada qanday o‘lchamlarni qo‘yish kerakligi haqidagi savolga javob berish

uchun o‘quvchilar o‘lchamlar klassifikatsiyasini yaxshi o‘zlashtirgan bulishlari zarur. Bu
bilan o‘kuvchilar buyumlarni geometrik shakllarga ajrata boshlagan paytdan bila
boshlaydi. 1-rasm.

Birinchi bosqichda buyumlarning ayrim qismlari kattaligini, ularning o‘zaro

joylashishi va gabaritlarini belgilaydigan o‘lchamlar bilan cheklanish mumkin.

O‘quvchilar buyumlarning o‘lchamlariuning tarkibiy qismlari o‘lchamlaridan tarkib

topishini, ularning har biri esa uning joylashish o‘rnini qayd etadigan o‘z o‘lchami bilan
aniqlanishini tushunib etishi zarur.

.

a)

b) c) g)

1-rasm.
Faqat shundagina ular barcha o‘lchamlar nima sababdan:

gabarit – detalning uch o‘lcham bo‘yicha eng katta o‘lchamlari;

konstruktiv – konstruktiv elementlar o‘lchamlari;

muvofiqlashtiruvchi – detal elementlarining asosiy (bazaviy) yuzalar va bir-biriga

nisbatan o‘lchamlariga bo‘linishini tushunib etadi.

O‘lchamlarni qo‘yishda ularning tuzilishini o‘qish va detalni tayyorlash uchun etarli

bo‘lgan minimal miqdorini belgilash muhim [27]. Xattoki, bitta bo‘lsa ham o‘lchamning
yo‘qligi, ya’ni chizmada uning qo‘yilmaganligi, shu chizma asosida buyumni tayyorlashga
imkon bermaydi. Ortiqcha o‘lchamlarning mavjudligi esa chizmani murakkablashtiradi,
uni tushunarsiz qiladi. Har bir detalni tayyorlash uchun qat’iy belgilangan o‘lchamlarning
etarli bo‘lgan miqdori mavjud. Bu esa, o‘lcham qo‘yishning qanday usulidan
foydalanilganligidan qat’iy nazar, bu miqdorning etarli bo‘lishi shart degan qonun kelib
chiqadi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

11

3-rasmda, masalan, murakkab bo‘lmagan detal aks ettirilgan. Mumkin bo‘lgan

barcha variantlarda (faqat o‘q buyicha o‘lchamlarni qo‘yish bilan farqlash 3-b,v rasmlar)
o‘lchamlarning umumiy miqdori (soni) doimiy (o‘zgarmas) bo‘lib, u beshtaga teng. Endi,
o‘lchamlar miqdorining (sonining) doimiyligi (o‘zgarmasligi) qonuni (sharti)ni bilish,
ortiqcha proeksiyalarni topish usulini taklif qilish va uni berilgan uchta proeksiya orasidan
ortiqchasini aniqlashga va proeksiyalarining soniga ko‘ra kam bo‘lgan (masalan, ikkita
proeksiyasi bilan berilgan) masalalarda qo‘llash imkonini beradi. Bunday masala
namunasi 4-ramda keltirilgan. O‘lchamlarini boshqa tasvirlarga ko‘chirish mumkin bo‘lgan
proeksiya (keltirilgan masalada gorizontal proeksiya) ortiqcha sanaladi [28].

O‘lchamlarni to‘g‘ri va ratsional guruhlash hamda joylashtirish chizmaning tez

o‘qilishiga ko‘maklashadi. O‘lchamlarni guruhlab joylashtirish, ularni tasvir konturidan
tashqariga qo‘yish, ko‘proq, ulardan o‘ng tomonda va pastda joylashtirish ratsional
sanaladi. Chizma proeksiyalari o‘rtasida o‘lchamlarni teng taqsimlash haqidagi ayrim
tavsiyalar berilsa-da, u biror asosga ega emas. Bu kelishuvga ko‘ra, o‘qishga ko‘layligini
e’tiborga olgan holda, bitta proeksiyada tiqilib kolmasligini xisobga olib, boshka
ko‘rinishlarda ham qo‘yish mumkinligini xisobga olish kabi yondoshuvlarga tayaniladi.
Aslida uning anik bir qoidasi yoki mezoni, qonuni yoki talabi ishlab chiqilmagan.

Grafik amaliyot tahlili chizmada o‘lchamlarni qo‘yish jarayonida ularni

guruhlashning quyidagi holatlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:

1)

qaysidir konstruktiv elementiga oidliligi;

2)

birorta texnologik jarayoniga bog‘liqliligi;

3)

teshiklaridan tashqari; detalning simmetrik joylashgan elementlari;

4)

detal qismlari shaklini va ularning kattaligini ifoda qiluvchi ajratilgan tasvirlar

(chiqarish elementlar, kesimlar, mahalliy va qo‘shimcha ko‘rinishlar);

5)

egovlash bilan amalga oshiriladigan tomonlar bo‘yicha taqsimlanadigan ichki

bo‘shliqlar;

6)

tashqi va ichki yuzalar

7)

ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalarga taalluqliligi;

8)

detallarning tutashish va tegib turadigan, kesishgan yuzalarini.

Tasvirlarda o‘lchamlarni guruhlashning asosiy belgisi ularni (hisoblash va qayta

hisoblashsiz) o‘qishning osonligi sanaladi. O‘lchamlarni guruhlashga o‘rgatish asta-
sekinlik bilan, darsdan darsga, o‘quv plakatlari va jadvallar, texnik detallarning modellari,
texnologik xaritalar, u yoki bu bo‘limni o‘rgangan sari tanish bulgan mahsulotlarni
tayyorlash kabilardan foydalanib amalga oshiriladi [29].

Masalan, kesimlarni o‘rganishda o‘kuvchilar diqqatini chikarilgan kesimlarga

qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki ularda o‘lchamlar guruhini joylashtirish
qulayroq, detal tasviri murakkablashmaydi.

“Qirqimlar” mavzusi bo‘yicha ichki yuzalar o‘lchamlarini quyish xususiyatlari

haqidagi materialni berish o‘rinli. Yig‘ish chizmalarini detallashtirishda tutash ish va tegib
turadigan o‘lchamlarning muvofiqligi masalasini ko‘rish kerak.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

12

a)

b)


O‘quvchilarni o‘lchamlarni qo‘yishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishda

o‘lcham turlariga asoslanib, ularni qo‘yish ketma-ketligini hisobga olmaslik mumkin emas.
O‘qitish xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi tartibni tavsiya etish mumkin:

a) buyum shaklini tahlil qilish asosida tanlab olingan konstruktiv kismlarning

o‘lchamlarini qo‘yish;

b) konstruktiv elementlarning joylashuvini aniqlagandan keyin muvofiq-

lashtiruvchi o‘lchamlarni qo‘yish;

v) gabarit o‘lchamlarni joylashtirish.

Chizmachilik bilan mehnat ta’limi fanlararo aloqadorligini ta’minlash hisobiga
o‘lchamlarni qo‘yish qoidalarini o‘zlashtirishni osonlashtirish mumkin. Ustaxonalarda
detallarni chizmalar va texnologik xaritalar bo‘yicha tayyorlash o‘kuvchilarning shakl hosil
qilishni,o‘lchamlarni joylashtirish va guruhlashning maqsadga muvofiqligini anglab
etishiga ko‘maklashadi [30].


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

13

a) b)

Ishlab chiqarish mehnat joriy etilishi bilan bu aloqadorliklarni kengaytirish va

chuqurlashtirish zarurati yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Ro‘ziyev E., Ashirboyev A. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi: oliy

pedagogika o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2010. – B. 248.

2.

Rahmonov I.,

Qirg‘izboyeva N.,

Ashirboyev A.,

Valiyev A.,

Nigmanov B.

Chizmachilik. – Т.: “Voris-nashriyot”, 2016.

3.

Ashirboyev A. Chizmachilik: kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. – T.:

“YANGI NASHR” nashriyoti, 2010. – B. 193.

4.

Raxmonov I.T., Ashirboyev A. Geometrik chizmachilik (Shriftlar) oliy pedagogika

o’quv yurtlari uchun oquv qo’llanma. –T.: “NOSHIR” nashriyoti, 2009. – B. 160.

5.

Ashirbayev A., Ergashev T. Common Mistakes and Their Warning in Teaching

Drawing. Yeastern European Scientific Journal. Abgabe № 5-2018. ISSN: 2199-7977
Copyright: Kommunikations-und Verlagsgesellschaft mbH, Dusseldorf – Germany – 378-380.

6.

Ashirbayev A., Ergashev T., Tillaeva D. Typical Mistakes that Occur in the Process

of Learning to Draft. International Journal of Progressive Sciences and Technologies
(IJPSAT). ISSN: 2509-0119. General Public license, Spanish. Vol. 17 No. 1 October 2019. –
PP. 294–296.

7.

Ashirbayev A. Chizmachilik fanida o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolarning

oldini olishda ogohlantiruvchi vazifalardan foydalanish. “Xalq ta’limi” OAK tasarrufidagi
ilmiy-metodik jurnal, №4–son. 2020. (ISSN 2181-7839). – B. 13–16.

8.

Ashirbayev A. Ziyaeva M., Hamraqulova D. Chizmachilik fanini o‘zlashtirishda

bajariladigan grafik ishlarni tekshirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish
chora-tadbirlari. Axborot ta’lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va
texnologiyalari integratsiyasi // Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. – T.: TDPU. – 2019. – B. 153–157.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

14

9.

Ashirbayev A., Ergashev T., Texnikaviy chizmachilik fanini o‘zlashtirishda yo‘l

qo‘yilayotgan tipik xatolar va ularning oldini olish chora-tadbirlari. Fan, ta’lim, ishlab
chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa
ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi
Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. – T.: TTESI, 2019. – B. 335–338.

10.

Ashirbayev A., Karimova G. O‘quvchilar chizma bajarishda yo‘l qo‘yadigan tipik

xatolar va ularning oldini olish omillari. “Perspektivы razvitiya dorojno-transportnыx i
injenerno-kommunikatsionnыx infrastruktur” Sbornik materialov mejdunarodnoy
nauchno-texnicheskoy konferensii, TADI. Tashkent. – 2017. – B. 17–20.

11.

Shoxboz D. (2019). The essence of teaching engineering computer graphics as a

general technical discipline. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(12).

12.

Dilshodbekov S. (2018). Modern Graphic Programs Methodical Possibilities in

Teaching Engineering Disciplines. Eastern European Scientific Journal, (6).

13.

Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric

shapes and problems in its training. Збірник наукових праць SCIENTIA. Вилученоіз
https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540.

14.

Malikov K.G. (2020). Theory and practice of construction of axonometric

projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

15.

Gulomova N. (2021). Chizma geometriya, chizmachilik darslarida talabalarga

testlar orqali ularning bilimini aniqlash. Граальнауки, (4). – B. 404–408.

16.

Xalimov М., & Farxodova Z. (2021). Developing students’ creative abilities by

making problem solution situation in drawing subject. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

17.

Усмонов Б.Ш., Дадабоева Д.И., & Валиева З.Т. (2021). NX – Это

интегрированное решение для проектирования продуктов, разработка и
производство. Scientific progress, 2(1). – C. 825–834.

18.

Мирзалиев З.Э., Халимов М.К., Маликов К.Г., & Абдухонов Б.Х. (2017).

Методика использования нового механизма для построения аксонометрических
проекций. Молодой ученый, (8). – C. 1–6.

19.

Gafurovich M.K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For

Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2). – PP. 5710–5718.

20.

Мурадов Ш.К., Халимов М.К., Мирзалиев З.Э., & Рамазанова Г.С. (2017).

Определение параметров формы и положения кривых 2-го порядка. Молодой
ученый, (7). – C. 454–457.

21.

Валиев А.Н., Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Современные

педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению.
Молодойученый, (3). – C. 183–184.

22.

Saydaliyev S., & Gulomova N. (2019). Development of Spatial Thinking of

Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of
Progressive Sciences and Technologies, 14(2). – PP. 210–214.

23.

Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Технология и условия проведения

дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как
фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и
современного общества (PP. 89–93).


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415

15

24.

Gulomova N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching

drawing lessons (on the example of views). Academicia: an international multidisciplinary
research journal, 11(1). – PP. 1637–1642.

25.

Gulomova N., &Saidaliyev S. (2020). Development of Emergency Image in

Students Psychological-Pedagogical Problems. International Journal of Progressive
Sciences and Technologies, 18(2). – PP. 181–186.

26.

Гуломова Н.Х.,

&

Туланова Д.Ж.

(2017).

Использование

законов

перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ.
конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика
илмийамалий конференция мақолаларитўплами. Кукон Давлат педагогика
институти).

27.

Валиев А., Рихсибаева Х., & Отабеков У. (2017). Развитие пространственного

мышления учеников при обучении черчения (на примере темы «Виды»). Молодой
ученый, (13). – С. 527–533.

28.

Tashimov N.E., Student M., Zoitov S., &Oblakulova L. (2019). Methods of

development and application in the educational process of computer technology in
teaching graphic disciplines. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(12).

29.

Alimovich N.E. (2021). Determination Of General Positions For The Solution Of

Geometric Tasks. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2). –
PP. 237–241.

30.

Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students’ creative

abilities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09.

Библиографические ссылки

Ro‘ziyev E., Ashirboyev A. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi: oliy pedagogika o’quv yurtlari uchun darslik. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2010. 248 bet.

Rahmonov I., Qirg‘izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. –Т.: “Voris-nashriyot”, 2016.

Ashirboyev A. Chizmachilik: kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. –T.: “YANGI NASHR” nashriyoti, 2010. - 193 b.

Raxmonov I. T., Ashirboyev A. Geometrik chizmachilik (Shriftlar) oliy pedagogika o’quv yurtlari uchun oquv qo’llanma. –T.: “NOSHIR” nashriyoti, 2009. – 160 b.

Ashirbayev A., Ergashev T. Common Mistakes and Teir Warning in Teaching Drawing. Yeastern European Scientific Jornal. Abgabe № 5-2018. ISSN: 2199-7977 Sopyright: Kommuniikations-und Verlagsgesellschaft mbH, Dusseldorf – Germany 378-380 b.

Ashirbayev A., Ergashev T., Tillaeva D. Tupical Mistakes that Occur in the Process of Learning to Draft. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). ISSN: 2509-0119. General Publiic Jicense, Spanish. Vol. 17 No. 1 October 2019, pp. 294-296.

Ashirbayev A. Chizmachilik fanida o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolarning oldini olishda ogohlantiruvchi vazifalardan foydalanish. “Xalq ta’limi” OAK tasarrufidagi ilmiy-metodik jurnal, №4–son. 2020 y. (ISSN 2181-7839), 13-16 betlar.

Ashirbayev A. Ziyaeva M., Hamraqulova D. Chizmachilik fanini o’zlashtirishda bajariladigan grafik ishlarni tekshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari. Axborot ta’lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi// Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –T.: TDPU, 2019 yil, 153-157 b.

Ashirbayev A., Ergashev T., Texnikaviy chizmachilik fanini o’zlashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan tipik xatolar va ularning oldini olish chora-tadbirlari. Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. –T.: TTESI, 2019 yil. 335-338 b.

Ashirbayev A., Karimova G. O‘quvchilar chizma bajarishda yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar va ularning oldini olish omillari. “Perspektivы razvitiya dorojno-transportnыx i injenerno-kommunikatsionnыx infrastruktur” Sbornik materialov mejdunarodnoy nauchno-texnicheskoy konferensii, TADI. Tashkent, 2017, 17-20 b.

Shoxboz, D. (2019). THE ESSENCE OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS AS A GENERAL TECHNICAL DISCIPLINE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

Dilshodbekov, S. (2018). Modern Graphic Programs Methodical Possibilities in Teaching Engineering Disciplines. Eastern European Scientific Journal, (6).

Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Збірник наукових праць SCIENTIA. вилучено із https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

Malikov, K. G. (2020). THEORY AND PRACTICE OF CONSTRUCTION OF AXONOMERTIC PROJECTS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

Gulomova, N. (2021). CHIZMA GEOMETRIYA, CHIZMACHILIK DARSLARIDA TALABALARGA TESTLAR ORQALI ULARNING BILIMINI ANIQLASH. ГРААЛЬ НАУКИ, (4), 404-408.

Xalimov, М., & Farxodova, Z. (2021). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY MAKING PROBLEM SOLUTION SITUATION IN DRAWING SUBJECT. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Усмонов, Б. Ш., Дадабоева, Д. И., & Валиева, З. Т. (2021). NX-ЭТО ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825-834.

Мирзалиев, З. Э., Халимов, М. К., Маликов, К. Г., & Абдухонов, Б. Х. (2017). Методика использования нового механизма для построения аксонометрических проекций. Молодой ученый, (8), 1-6.

Gafurovich, M. K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2), 5710-5718.

Мурадов, Ш. К., Халимов, М. К., Мирзалиев, З. Э., & Рамазанова, Г. С. (2017). Определение параметров формы и положения кривых 2-го порядка. Молодой ученый, (7), 454-457.

Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

Saydaliyev, S., & Gulomova, N. (2019). Development of Spatial Thinking of Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.

Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 89-93).

Gulomova, N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching drawing lessons (on the example of views). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1637-1642.

Gulomova, N., & Saidaliyev, S. (2020). Development of Emergency Image in Students Psychological-Pedagogical Problems. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 18(2), 181-186.

Гуломова, Н. Х., & Туланова, Д. Ж. (2017). Использование законов перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ. конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция мақолалари тўплами. Кукон Давлат педагогика институти).

Валиев А., Рихсибаева, Х., & Отабеков, У. (2017). Развитие пространственного мышления учеников при обучении черчения (на примере темы" Виды"). Молодой ученый, (13), 527-533.

Tashimov, N. E., Student, M., Zoitov, S., & Oblakulova, L. (2019). METHODS OF DEVELOPMENT AND APPLICATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF COMPUTER TECHNOLOGY IN TEACHING GRAPHIC DISCIPLINES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

Alimovich, N. E. (2021). Determination Of General Positions For The Solution Of Geometric Tasks. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 237-241

Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS’ CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09