Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Grammar categories in colloquial speech of English and Uzbek
languages
Saida NUMONOVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2021
Received in revised form
20 May 2021
Accepted 15 June 2021
Available online
15 July 2021
This article is devoted to a comprehensive methodological
analysis of current issues of development of the functional
aspects of the English and Uzbek languages. Naturally, the
fulfillment of such a large functional load of the language will
inevitably affect the expansion of its grammatical form,
vocabulary and methodological application.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
grammatical categories,
style of speech,
vocabulary.
Ingliz va o‘zbek tili so‘zlashuv nutqida grammatik kategoriyalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
grammatik kategoriyalar,
so‘zlashuv uslubi,
lug‘at tarkibi.
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tilining funksiyonal aspekti
rivojlanishining dolzarb muammolarining har tomonlama
uslubiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tabiiyki, tilning bunday
katta funksional yuklama vazifalarini bajarishi uning grammatik
ko‘rilishi, lug‘at tarkibi va uslubiy qo‘llanilishining kengayishiga
ta’sir etmay qolmaydi.
Грамматические категории в разговорной речи английского и
узбекского языков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
грамматические
категории,
стиль речи,
лексика.
Статья посвящена комплексному методологическому
анализу актуальных вопросов развития функционального
аспекта английского и узбекского языков. Естественно,
выполнение такой большой функциональной нагрузки языка
неизбежно повлияет на расширение его грамматической
формы, словарного запаса и методологического применения.
1
Lecturer, Department of Interfaculty Foreign Languages, Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 6 (2021) / ISSN 2181-1415
274
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan o‘zgarishlar
mamlakat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiviy va ilmiy sohalarda sezilarli
yutuqlarga erishishimizga zamin bo‘ldi. Mazkur siyosatning bir qismi sifatida til siyosatida
qo‘yilgan ijobiy qadamlar haqida aytib o‘tish ta’bir joyizdir. Davlat tili bo‘lish o‘zbek tili
bilan bir qatorda jahonning rivojlangan chet tillarini o‘rganish, ular ustida ilmiy
tadqiqotlar olib boorish yuqori saviyaga ko‘tarildi.
Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tilining funksiyonal aspekti rivojlanishning dolzarb
muammolarining har tomonlama uslubiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Juda ko‘p davlat-
larda rasmiy darajada maktab maorifi, ilmiy-fan, matbuot, radio, televideniye, davlat
apparati, biznes va san’at, jamoat tashkilotlarining ishlari ingliz tilida olib borilishi ingliz
tilining har tomonlama taraqqiy etishi va funksional chegarasining yanada kengayishi
uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Tabiiyki, tilning bunday katta funksional yuklama
vazifalarini bajarishi uning grammatik ko‘rilishi, lug‘at tarkibi va uslubiy qo‘llanilishining
kengayishiga ta’sir etmay qolmaydi.
Mazkur mavzuni yoritishda bu hozirgi zamon tilshunosligini qator muhim
masalalari haqida so‘z yuritishga to‘g‘ri keladi, bular jumlasiga til normasi, stilistik norma
ham va grammatik norma kiradi. Bu kabi katta nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni
yoritishda bu mazkur sohaning dongdor bilimdon olimlarining ishlariga murojaat qilamiz.
Grammatik normalarning funksional tabiati til vositalarini tanlash va qo‘llash
qonuniyatlarini nutq stillarini tipologiyasi muammolari bilan uzviiy aloqadorlikda
baholashni, nutq uslubiy elementlarining maqsadga muvofiqligini, stilistik qiymatini
nolingvistik me’zonlar orqali faxmlashni taqozo etadi. Funksional grammatik normalari
matnning real logik mazmuninigina emas, balki uni uyut orqali yaratilgan kommunikativ
uslubning va boshqa tovlanishlarning sosiolingvistik, psixolingvistik asoslarini hisobga oladi.
Bu grammatik normalarni til elementlari qo‘llanilishining va matn yaratishning
umumiy obyektiv qonuniyatlari xamda jamiyat a’zolarining bu qonuniyatlarga zid ijtimoiy
tajribasi va bilimlari yig‘indisi sifatida tavsiflashga xam imkon beradi, biroq funksional
uslublar va ular uchun xoslangan vositalarni qat’iy belgilab qo‘yish va o‘zaro aniq
chegaralash, aniq bir matndan ma’lum funksional uslub normasining to‘liq o‘ziga xos
tomonini topish qiyin.
Mazkur maqolaning asosiy maqsadi o‘zbek va ingliz tili og‘zaki so‘zlashuv nutqida
grammatik turkumlarni qo‘llashda norma masalalarini har tomonlama va kompleks tarzda
tadbiq etish va bu uslubning boshqa uslubiy farq va umumiy tomonlarini ochib berishdir.
Mana shu asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda bu mazkur maqolada asosiy masalalar
belgilandi: ingliz va o‘zbek tili og‘zaki so‘zlashuv nutqida grammatik kategoriyalarni
qo‘llashda norma masalalarini atroflicha tahlil qilish. (Qarang: Гальперин И.Р. 1975,
Арнольд И.В. 1973, Куриц А.В, Скребнев Ю.Н. 1969, Бобохонова Л. 1992, Тошалиев И.
1992 va boshqa ishlar. Кayшанский Г.В. Объективность существования языка.
М. 1978. З Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения, АКД,
М. 1970).
Stilistik me’yorlarning turli variantlari, xilma-xil individual situativ tovlanishlarini
rad etmaslik xususiyati ularni mutloq hodisa sifatida asoslashni va qoidalashtirishni
murakkablashtiradi. Shu sababli stilistik tavsiyalarning barcha holatlar uchun bir xilda
ishlatilishi mumkin. Bu har bir funksional uslubning, odatda, ma’lum aloqa sohasiga,
jamiyat, ya’ni sosial sferaga muljallanganligi va shu soxa uchun kabul kilingan, anglangan
normativlikning mavjudligi bilan boglik.
Demak, funksional stilning o‘zi til birliklarni tanlash va qo‘llashni tashkil etuvchi,
stilistik normani belgilovchi asosiy faktor hisoblanadi. Chindan ham, biror voqeani
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 6 (2021) / ISSN 2181-1415
275
suhbatdoshlarga og‘zaki so‘zlab berish bilan uni yozib tushuntirish bir xil emas. Do‘stga
bitilgan xat bilan rahbar nomiga yozilgan arizani bir o‘lcham – andoza bilan o‘lchab
bo‘lmaydi. Oddiy gaplashuvda uka, tog‘a, opa, va xattoki, xu muylov, rasmiy muomalada
esa urtok, grajdanin, bobir Arslanbekovich tarzida murojaat etish odatdagi xol. Nutk
sharoitiga karab, ayni bir kishiga nisbatan buyurtmachi (ishlab chiqarishda), obunachi
(tahririyatda), yulovchi (transportda), bemor (shifoxonada), tomoshabin (kinoteatrda),
xӯranda (oshxonada), xaridor (savdo do‘konlarida), ishqiboz (stadionda), mijoz (go‘zallik
salonlarida), obonent (ATSda) so‘zlarini qo‘llash mumkin. Sotuvchi, pochtachi, xaydovchi
so‘zlari o‘rnida savdo xodimi, transport xodimi atamalarini ishlatishda ham shunga
o‘xshash uslubiy ayirmalar bor. Aloqa vositalarining qo‘llanishidagi mana shu turli xil
tafovutlar asosida funksional uslublar (xususan, kommunikativ aktlar) tipologiyasining
sosiolingvistik alomatlari va normativlik muammolari yotadi. Har bir funksional uslub
amal qiladigan aloqa sohasi ma’lum kommunikativ umumiylikka ega bo‘ladi va shu
xususiyat bilan u boshqalardan farqlanadi. Masalan, tibbiyotga yoki ximiyaga oid maxsus
atamalar shu fan sohalari kishilari uchun umumiy va tushunarlidir. Shu sababli ular ilmiy
ommabop nutqlar, badiiy va publisistik uslublar uchun xarakterli emas.
Umumiy me’yor tushunchasi funksional-uslubiy maydonda ma’lum nutqiy aloqa
soxasi ramkasidagi kommunikativ umumiylikni, muayyan funksional uslubga xos
normativlikni bildiradi. Grammatik jihatdan stilistik norma so‘zlovchi (yozuvchi) va
tinglovchi (o‘quvchilarning tildan aloqa sohasi talabiga muvofiq foydalana olish va uni
to‘g‘ri tushuna bilish imkoniyati hamdir. Adabiy til doirasida kommunikativ umumiylik-
ning funksional nutq tiplari bo‘yicha mana shu tarzda darajalanishi va o‘zaro farqlanishi
stilistik normalar tabiatini belgilab beradi.
Stilistik normalar ham umumadabiy til vositalarining ichki tabaqalanishi, nutq
uslublariga ixtisoslashuvi bilan, har bir funksional uslubning tipik, regulyar uslubiy
lingvistik belgilari bilan bog‘lik ichki xususiy normativ sistemalardan iborat bo‘ladi.
Rasmiy xujjatlar uslubiga xos vositalar umumadabiy normalarga mosligi, standart-
lashganligi, badiiy-tasviriy vositalarning individual qo‘llanishlarning ishlatilmasligi bilan
ajralib turadi. Ilmiy nutqda maxsus terminologik leksikaning, turli tipdagi formulalar,
shartli belgilar va sxemalarning qo‘llanishi, so‘z va ifodalarning umumlashgan, abstrakt
ma’nolarda ishlatilishi, bayonning mantiqiy izchilligi, ob’ektivligi va shaxssizligi harakterli
xususiyatdir. Tushunchalar sistemasining qat’iy terminlashtirilishi va internasional-
lashtirilishi nutqning ma’lum soha mutaxassislari uchungina mo‘ljallanganligi bilan
bog‘liq. Bu stilda obrazli tasviriy vositalardan foydalanish xarakterli xususiyat emas. Ilmiy
ommabop matnlarda esa ko‘pchilikka notanish, tushunilishi qiyin atamalarni qo‘llashdan
qochiladi: badiiy elementlaridan keng foydalaniladi.
Xulosa qilib aytiladigan bo‘lsa, badiiy va publisistik uslublar funksional jihatdan
bikik emas, ularda barcha stillarga xos elementlar ishlatilishi mumkin. Publisistik uslub
ijtimoiy-siyosiy aloqa soxasi bilan bog‘liq ommaviy axborot vositalari kompleksi ifoda
formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
I.A. Karimov. “Kuch – bilim va ma’rifatda” 2003-yil, 7-may, “Ma’rifat” gazetasi №37.
2.
Кayшанский Г.В. Объективность существования языка. М. 1978.
3.
Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения, АКД,
М. 1970.
