Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving the educational process by systematizing and
planning the stages of the lesson
Khurshida KHASANOVA
1
Navoi Regional Center for Public Education and Training
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 25 July 2021
Available online
25 August 2021
This article will consider the idea of improving the
educational process through systematization and planning. At
the same time, it will rely on the experience of foreign countries.
There are several recommendations for organizing interesting
lesson.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
book of structure
composition,
analytical thinking,
critical thinking,
ability to synthesize.
Ta’lim jarayonining dars bosqichlarini tizimlashtirish va
rejalashtirish orqali takomillashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
struktur tarkibining daftari,
analitik fikrlash,
tanqidiy fikrlash,
sintez qila olish qobiliyati.
Ushbu maqolada ta’lim jarayonini tizimlashtirish va rejalash-
tirish orqali takomillashtirish borasida fikr yuritiladi. Bunda
xorijiy mamlakatlar tajribalariga asoslaniladi. Qiziqarli darslarni
tashkil qilish borasida bir qancha tavsiyalar beriladi.
Совершенствование образовательного процесса путём
систематизации и планирования этапов урока
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
тетрадь структурного
содержания,
аналитическое мышление,
критическое мышление,
умение синтезировать.
В
этой
статье
рассмотрена
идея
улучшения
образовательного процесса путем систематизации и
планирования. При этом, опиралось на опыте зарубежных
стран. Дано несколько рекомендаций по организации
интересных занятий.
1
Doctor of philosophy (PhD), Navoi Regional Center for Public Education and Training, Navoi, Uzbekistan.
E-mail: x-xasanova1989@inbox.uz.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
99
Yigirma birinchi asrda turli sohalarda jiddiy global o‘zgarishlar vujudga kelmoqda.
Deyarli har kuni yuz berayotgan yangiliklar bilan qadam-baqadam harakatlanish uchun,
uzluksiz ravishda bosqichma-bosqich o‘z ustida ishlash, o‘z bilim va ko‘nikmalarini
takomillashtirish, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirib borishga harakat qilish lozim.
O‘ziga xos dunyoqarash va kreativ fikrlashga qodir bo‘lgan murabbiylar ta’limni
takomillashtirish uchun yangicha yondashuvlarni izlab charchamaydilar, bunda ular inson
miyasi va uning zaruriy bilimlarni qabul qilish va o‘zlashtirish darajasini tahlil qiladilar,
televideniye, ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni, ta’lim, shou-biznes, sport, san’at
sohasidagi yutuqlar va yangiliklarni kuzatib borish va olingan ma’lumotlarni o‘z tajribasiga
uyg‘unlashtirib borish orqali erishadilar. Har bir pedagog o‘z fani yuzasidan o‘ziga xos
shaxsiy ta’lim modelini shakllantirishi uchun mavjud usullar, metodlar, yondashuvlarni
mukammal holda o‘rganishi, shaxsiy faoliyati natijasida orttirgan tajribalarini adekvat
ravishda baholashi, ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qila olishi, eng yaxshi, hayotga tadbiq
qilingan va yuqori baholangan g‘oyalarni jamlab, ehtiyojiga mos keladiganlarini ajratib, o‘z
faoliyatiga moslashtirgan holda qo‘llab borishizarur bo‘ladi. Aynan shundagina, samarali
va qiziqarli yondashuvni shakllantirish mumkin, chunki ta’lim jarayonidagi yangi kreativ
g‘oyalar mavjud metodlarning elementlarini boshqacha kombinatsiyalarda uyg‘unlash-
tirish orqali yaratiladi.
XXI asrda butun dunyoning ta’lim sohasi oldida turgan eng dolzarb muammolardan
biri berilgan bilimlarni kelajakda hayotiy va ijtimoiy sohalarda yuzaga keladigan
muammolarni bartaraf etishda qo‘llay olishga o‘rgata bilishdir. Buning uchun ta’lim
jarayoniniuzluksiz, zaruriy va shu bilan birga qiziqarli tarzda tashkil qilish orqaligina
erishish mumkin. O‘quvchida ijodkorlikni rivojlantirish, faqat berilgan ma’lumotni
o‘zlashtirishgina emas, yangicha yo‘nalish va yondashuvlarni yarata olish qobiliyatini
shakllantirish zarur.
Aleks Osborn o‘quvchida ijodkorlikni rivojlantirishga yordam bera oladigan
atamalarni darslarda qo‘llab borishning samaradorligini ta’kidlaydi:
1-rasm. A. Osbornning ijodkorlikni rivojlantirishda qo‘llash lozim bo‘lgan fe’llari
Amerikalik pedagog Djannett Voss ta’lim jarayoniga o‘quvchilarda to‘g‘ri
munosabatni shakllantirish haqida quyidagi qiziqarli fikrni bayon qilgan: “…ta’lim jarayoni
dunyodagi eng yoqimli va ko‘ngilochar o‘yindir. Barcha bolalar agar biz bu jarayonni
murakkab va mashaqqatli ekanligini ongiga singdirmas ekanmiz, aynan shunday
dunyoqarash asosida fikrlaydilar. Faqat ba’zi bolalargina boshqa o‘yinlar qatorida darslar
ham o‘ziga yarasha zavq beradigan jarayon ekanligiga ishonishda davom etadilar. Biz
bunday bolalarni geniylar deya olamiz.”
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
100
Dunyo miqyosida turli davlatlarda o‘yin metodi yordamida o‘quv jarayoni tashkil
qilinadi. Masalan, Simona Guttengeymning maktabida Chikagoda yashovchi 11 yoshli
bolalarga ispan tilini o‘qitishda vizualizatsiya, qo‘g‘irchoq teatri va qo‘shiqlardan foyda-
laniladi. Avstraliyaning maktablarida fransuz tilini o‘qitishda o‘quvchilar o‘zlari
ishtirokida videofilmlar suratga oladilar, bu ularga tilni anchayin tezroq o‘zlashtirishga
yordam beradi.
Kanadalik o‘qituvchilar A. Forester va M. Reyngardlar “The Learner’s Way” asarida
dars jarayonining samaradorligi darsning boshidan oxirigacha sinfda qulay psixologik
iqlim yarata olishda deya ta’kidlaydilar. Bunda ular har safar yangicha, kutilmagan va
kayfiyatni yaxshilay oladigan metodlardan foydalanishni tavsiya qiladilar. Aynan shu
yo‘nalishda Djannet Voss, Meri Xillning fikrlari diqqatga sazovordir. Pedagogik jarayonda
motivatsiyaning o‘rnini I. Podlasiy o‘z tadqiqotlarida o‘rgangan.
Darsni tashkil qilishdan asosiy maqsad o‘quvchiga yangi, kerakli, uning kelajak
hayotida asqotadigan zaruriy bilimlarni to‘g‘ri yetkazib bera olishdir. Bunda darsning
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash qismi juda muhimdir. Chunki har bir yangi mavzu
bilimlar zanjirida oldingilari bilan uzviy bog‘liq sanaladi. Bu holat darsning har bir
bosqichining funksional va tarkibiy bog‘liqligining mantiqiy izchilligini ta’minlashda
muhim sanaladi.
1.Maqsad
2.Tarkib 3.Metod
4.Shakl
2-rasm. Yangi mavzu bayonining struktur tarkibining tetradasi
Ushbu “Stuktur tarkibining tetrada”sining har bir qismi to‘g‘ri va o‘z o‘rnida amalga
oshirilishi lozim.
1.Maqsad.
a. Tushunchalarning ilmiy asosi berib boriladi.
b. Ularni qachon, qayerda va qanday usulda qo‘llash mumkin ekanligi tushuntirib
beriladi.
2.Tarkib.
a.Bilimlarni berishda ketma-ketlikka amal qilinadi.
b.Oddiydan murakkabga tomon tushuntirib boriladi.
c.Har bir bildirilgan fikr aniq misollar orqali yanada to‘liq holda tushuntirib beriladi.
3.Metod.
Yangi mavzu bayonida metodning to‘g‘ri tanlanishi juda muhimdir. Og‘zaki,
ko‘rgazmali va amaliy metodlarni mavzudan va o‘quvchilarning qabul qilish darajasi
xilma-xilligidan kelib chiqqan holda qo‘llash orqaligina samaradorlikka erishish mumkin
bo‘ladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
101
4.Shakl.
Bu bosqichlarni aynan qanday shakl va ko‘rinishda tashkil qilish ham o‘qituvchidan
yuksak mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Dars jarayonida o‘quvchining fikrlash darajasi ham muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar yangi mavzuda berilgan ma’lumotlarni qabul qilgach, olgan bilimlarini fikrlash
orqali tahlil qila olishlari zarur. Yangi mavzuni mustahkamlash qismida olingan bilimlar
tahlil qilinadi, turli topshiriqlarni bajarish orqali o‘zlashtirish darajasi tekshiriladi. Bunda
ulardan quyidagilar talab etiladi:
1. Analitik fikrlash.
2. Tanqidiy fikrlash.
3. Sintez qila olish qobiliyati.
4. Kreativ fikrlashi.
5. O‘z oldiga qo‘yilgan muammolarni hal qila olish ko‘nikmasi.
Olingan bilimlar yuzasidan fikrlash natijasida quyidagi holatlarda savollar yuzaga
keladi:
3-rasm. Yangi mavzuni mustahkamlash qismida o‘quvchilarda savollar yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan holatlar
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya jarayonining obyektiv qonuniyatlari ilmiy
asoslanmoqda, buning natijasida darsningmaqsadi, mazmuni, amalga oshirish metodlari,
shakllarini uyg‘unlashtirish va tizimlashtirishga imkon beradi.Ilmiy bilimlarning
pedagogik qonuniyatlarga asoslangan holatda ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilashga
ko‘mak beradi. Abu Ali ibn Sino “Har bir o‘quvchi o‘z iqtidori va imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda muayyan sohalardagi bilimlarni o‘zlashtirishni xohlaydi. Ularning xohish-
larini inobatga olmaslik, o‘quv jarayonini samarasiz bo‘lishiga olib keladi”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Пак М.С. Теория и методика обучения химии. – Санкт-Петербург: (РГПУ
имени Герсена), 2015 – Б. 306.
2.
Рахматуллаев Н.Ғ., Омонов Ҳ.Т., Миркомилов Ш.М. Кимё ў методикаси. –
Тошкент:(Иқтисодиёт – Молия), 2013 – Б. 320.
Oldin duch kelinmagan,
o‘rganilmagan va yangi
tushunchalarga duch
kelganda
Oldindan ma’lum bo‘lgan
tushunchaning
o‘rganilmagan jihati
aniqlanganda
Olingan ma’lumotlarning
strukturasini yaxshilash
borasida takliflar yuzaga
kelganda
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
102
3.
Пак М.С., Бондаренко Д.К. Дидактический материал в обучении химии.-
Санкт-Петербург: (Осипова), 2013 – Б. 45.
4.
Hsin kai-Wu, Joseph S. Krajak, E. Soloway. Promoting Conceptual Understanding
of Chemical Representations: Studentnts’ Use of a Visualization Tool in classroom. // Paper
presented at the annual meeting of the National Association of Research in Science
Teaching. – New Orleans, LA: April 1, 2000.
5.
А.H. Jonstone. Teaching of chemistry – logical or psychological?.Chemistry
education:Research and practice in Europe. September 2000.
6.
Stuckey, Marc, Lippel, Marianne, Eilks, Ingo. Teaching chemistry about Stevia –
a case of cooperative curriculum innovation within PROFILES in Germany. // CEPS Journal
4 (2014) 1. – PP. 69–83.
7.
Devetak I., Glazar S.A. Aproach to Developing the learning to learn strategy in
Chemistry. // Facilitating effective Student Learning through Teacher Research and
Innovation. Ljubljana: 2010.
8.
Jeongho Cha, Su Yin Kan, Poh Wai Chia. Spot the differences Game: An Interactive
method that engage students in organic chemistry learning. // Journal of Korean chemical
society 2018. – PP. 159–162.
9.
Xasanova X.N., Nurmonov S.E. The effect of individual and group learning forms
in the teaching of organic chemistry art school students. // International Multidisciplinary
Research Journal akademikal. India: 3 march 2019. (PP. 85–87).
