Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Criteria for assessing the basic competences of the modern
teacher
Kamola SABITOVA
1
, Oktam MANSUROV
2
Tashkent State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021
In the article, the author discusses the essence of the basic
competencies of modern students. He also showed how the
methods of evaluation of the base competences are based on
historical science and analyzed this process with the help of
examples on the basis of experience. Offers several assessment
criteria depending on the type and direction of assessment of the
teacher’s base competences. Indicates the methods of evaluation
of the base competences in accordance with the indicators of the
competency training.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
education,
basic competence,
logic,
technologies,
assessment,
criteria,
competencies,
analysis.
Zamonaviy o‘qituvchini tayanch kompetensiyalarini baholash
mezonlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
talim,
tayanch,
kompetensiya,
tehnologiyalar,
baholash,
mezon,
kompetensiyalar,
analiz.
Maqolada
muallif
zamonaviy
o‘quvchilarni
tayanch
kompetensiyalarini mohiyati haqida to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek
tayanch kompetensiyalarni qanday baholash usullarini tarix
fanidan kelib chiqib ko‘rsatib bergan va mazkur jarayonni tajriba
asosida misollar yordamida tahlil qilgan. O‘qituvchining tayanch
kompetensiyalarni baholash turi va yo‘nalishiga qarab bir
qancha baholash mezonlarini taklif qiladi. Kompetensiyaviy
ta’lim ko‘rsatkichlariga mos ravishda tayanch kompetensiya-
larini baholash usullarini ko‘rsatib o‘tadi.
1
Master, Faculty of history, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: kamolasabitova87@gmail.com.
2
Supervisor: Candidate of Historical Sciences, Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after
Nizami, Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
39
Критерии оценки базовых компетенциий современного
учителя
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
основы,
компетенции,
технологии,
оценка,
критерии,
компетенции,
анализ.
В
статье
автор
раскрывает
сущность
основных
компетенций современных студентов. Он также показал, как
оценивать базовые компетенции с точки зрения истории и
проанализировал этот процесс на примерах. Педагог
предлагает ряд критериев оценки в зависимости от типа и
направления оценки базовых компетенций. Демонстрирует
методы оценки основных компетенций в соответствии с
показателями компетенционного образования.
So‘ngi yillarda yurtimizning barcha sohalaridagi kabi ta’lim-tarbiya sohasini ham
tubdan isloh qilishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. XususanO‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sohasida kompetensiyaviy yondashuv-
ning joriy qilinishi va unga asoslangan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqilishi shular
jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning “Yana bir muammoni hal
etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu pedogoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining
professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy
ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakillantirish jarayonlariga faol
ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur” [1] deb ayatgan fikrlari bugunda o‘z tasdig‘ini
topmoqda. Endilikda zamonavi darslarini o‘tishga va o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar
o‘zgarmoqda.O‘quvchilar olgan bilimlarini ularning kundalik hayotida duch kelishi
mumkin bo‘ldan vaziyatlarda qo‘llay olishi kerak. Bu haqida fikr yuritish uchun ta’limda
kompetensaviy yondashuvni metodologik asos sifatida tanlab olindi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga
yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida
o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqanholda xususiy
kompetensiyalar belgilab olindi.
Zamonaviy o‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini yoki uni ta’lim-
tarbiya jarayoniga qanchalar tadbiq etayotganligini aniqlash bizga dars sifatini va
samaradorligini oshirish uchun muximdir. Biz bunda o‘qituvchining oqsayotgan jihatlarini
ya’ni o‘rganishimiz natijasida sust bo‘gan tayanch kompetensiyarni aniqla Shu o‘rinda
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limga va uni baholash mezonlari bu –
o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’limdir. Buni bartaraf etish uchun metodik yordam berishimiz zarurligini bildiradi.
O‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini baholash odatta talim muassasi
rahbariyati, metodistlariyoki boshqa pedagog tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Bu mavzuni ochib berishda bir qancha o‘zbek olimlar izlanishlar olib borishga,
hususan “Malaka va kompetesiralarni baholash” Yusupova A.A. va Kamolova S.R. [2],
“Pedagogik kompetentlik ta’im jarayoni muhim omili sifatida” Rahimov Zokir ilmiy
maqolasi [3], “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy
etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida” Vaxobov M.M [4], Usarov Jabbor
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
40
Eshbekovichning “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini
takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish
misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi [5].
Mavzu yuzasidan Rossiya olimlari ko‘plab tadqiqotlariham muhim ahamiyat kasb
etadi. Masalan Э.Е. Феюшинаning «Как пройдет оценка компетенций учителя» [6]
Test usuli va kasbiy masalani echishda tashxis usuli orqali o‘qituvchi kompetensiyani
baholash usullarini ko‘rsatadi. К.В. Семеноваesa o‘zining «Программа оценки
компетенций учителей: что это такое и сроки проведения» maqolasida o‘qituvchi
kometensiyasini aniqlashni uch bosqichga bo‘ladi. Bunda tashhis ishi so‘rovnoma va dars
vidioyozuvini tahlil qilish orqaliy amalga oshirish usullarini ko‘rsatadi [7].
Shu o‘rinda kompetensiya va tayanch kompetensiya atamasga to‘xtalib ketsak.
Kompetentsiya – bu (lotincha,
“erishaman, to‘g‘ri kelaman”
ma’nolarini bildiradi)
subyektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni
samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning
muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir
shaxsiy qobiliyatidir.
Kompetentsiya – ma’lum bir sohada samarali ijodiy faoliyat uchun zarurbo‘lgan
o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar
(me’yorlar)dan ham o‘zib ketishidir [8].
Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir
mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor.
Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning
ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday
kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan Shveytsariyaning va Amerika Qo‘shma
Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy
institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch
kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan.
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi,
jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng
muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch
kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
1.
Kommunikativ kompetensiya;
2.
Axborot bilan ishlash kompetensiya;
3.
Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiya;
4.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya;
5.
Umummadaniy kompetensiya;
6.
Matematik savodxonlik, fan texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish kompetensiya.
O‘qituvchining tayanch kompetensiyalarni baholashda mazkur kompetensiyaning
turi va yo‘nalishiga qarab quyidagi baholash mezonlaridan foydalanish mumkin:
⮚
Test usuli;
⮚
Suhbat usuli;
⮚
Mantiqiy topshiriqlar(kasbiy masala) usuli;
⮚
Yozma nazorat usullari;
⮚
Pedagogik dars kuzatuvi va tahlili.
Bundan tashqari o‘qituvchini tayanch kompetensiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida
qo‘llay olishida bilish, tushuntirish, qo‘llay olish, analiz va sintez qilish, baholash va hulosa
chiqarish kabi mezonlar muhim o‘rin egallaydi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
41
Kompetensiyaviy ta’limda uning ko‘rsatkichlariga mos ravishda tayanch
kompetensiyalarini baholash usullarini quyagicha tanlashimiz mumkin:
№
Tayanch kompetensiyalar
Baholashusullari
1.
Kommunikativ kompetensiya;
Suhbat usuli
2.
Axborot bilan ishlash kompetensiya;
Test usuli
3.
Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiya;
Pedagogik kuzatuv, dars tahlili
4.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya;
Kasbiy masala (muammoliy vaziyat)
5.
Umum madaniy kompetensiya;
Yozma nazorat usuli
6.
Matematik savodxonlik, fan texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish kompetensiya.
Mantiqiy topshiriqlar test usuli.
O‘qituvchini tayanch kompetensiyalarga egaligini tarix fani darsi misolida
quyidagicha qiyosiy baxolashimiz mumkin. Bunda eng yuqori ballni 50 ball deb olsamiz:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi (dars tahlili usuli)
№
Ko‘rsatkichlar
Ball
1.
Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon,
kompyuter, electron pochta va boshq.) foydalana olish;
10 ball
2.
Media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash,
uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya
qilish;
10 ball
3.
Kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish
(oddiy tabriknomalar yoza
olish, anketalarni to‘ldirish. Mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
qayd eta olishi va boshq.)
10 ball
4.
Ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
10 ball
5.
Axborot xavsizligi qoidalarini bilishi va axborotni tahlil qila olishi.
10 ball
Masalan: 6-sinf Tarix darsida qadimgi Misr dini, Mesopotamiya sivilizatsiyalari,
Hindiston sivilizatsiyalari, Xitoy sivilizatsiyalari, Zardushtiylik, Qadimgi Yunoniston
madaniyati, 7-sinf Jahon tarixida VI–XI asrlarda yevropa xalqlari madaniyati, Islom
dinining vujudga kelishi kabi mavzularni o‘tishda o‘qituvchi qay darajada mediya
vositalaridan foydalanamoqda, mavzuga oid bugungi kudagi yangiliklar va axborotlarni
qanday tahlil qilmoqda umuman axborot vositalari yordamida mavzuni bugungi kun bilan
bog‘lab o‘tishi kabi jihatlarini inobatga olib baholaymiz.
1.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanishkompetensiyasi (mantiqiy topshiriq usuli)
№
Ko‘rsatkichlar
Ball
1.
Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy rejalarini
tuza olish;
10 ball
2.
Shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritish;
10 ball
3.
Kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish
va foydalanish;
10 ball
4.
Inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay
shart-sharoitga olib keladigan fan vatexnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalana olish.
10 ball
5.
Statistik malumotlarni tahlil qila olish
10 ball
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
42
Masalan: 5-sinf “Tarixdan hikoyalar” o‘quv dasturidagi “Tarixda yil hisibi”,
“Xronologiya” “Dunyo xaritalari tarixi” mavzularini o‘tishda, o‘qituvchi milodiy va hijriy
yilga aylantirishni o‘ragatishi, kolendarlardagi tafovudlarni matematik yol bilan hisoblay
bilishi, xartadan biror davlatni joylashgan o‘rni yoki boshqa davat bilan orasidagi masofani
aniqlay olishi, o‘zbekiston tarixida biror tarixiy jarayon bolayotgan davrdan 100 yil o‘tib
jaxon tarixida qanday voqeya sodir bo‘lganliginini aniqlay olishiga ko‘ra mantiqiy
topshiriqlar orqaliy baholaymiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu mavzuda o‘z yechimini kutayotgan
muammolar mavjud. Xususan, o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini
belgilaydigan mezonlar ishlab chiqilishi zarur. Bu mezonlar o‘quvchilarning yoshi,
psixofiziologik xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak.
Pedagog tomonidan tashkil qilinadigan dars ham tarkibiy jihatdan mukammal dars
bo‘lishi kerak. Buning uchun uning strukturasi va ekspertiza qilish mezonlari ishlab
chiqilishi kerak.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish bilan birgalikda ta’lim muassasasida ilmiy-
metodik, axborot bazasini shakllantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, ishlab turgan
pedagoglarimizda yangicha fikrlashni shakllantirish kerak.
O‘qituvchilarni ta’limdagi kompetensiyaviy yondoshuv bilan tanishtirish;
Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan texnologiyalarni
egallash, o‘qituvchilarni kompetensiyalarga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tuza olish va
darsda hamda darsdan tashqari faoliyatda qo‘llay olishga o‘rgatish;
O‘qituvchilarni
berilgan
topishiriqlarni
o‘quvchilar
tomonidan
qanday
bajarilganligini analiz qilish va baholashga o‘rgatish. Monitoring o‘tkaza olish.
O‘z pedagogik faoliyatiga korreksiyalar kirita olish bugungi ta’lim tizimida muxim
axamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sh.M. Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik
harbir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent, 2017-yil.
2.
Yusupova A.A va Kamolova S.R “Malaka va kompetesiralarni baholash”. Toshkent
davlat Sarqshunoslik istiuti 2012. / o‘quv-qo‘llanma.
3.
Rahimov Zokir “Pedagogik kompetentlik ta’im jarayoni muhim omili sifatida”
ilmiy maqolasi «Науки об образовании» CC BY 1025128.
4.
Vaxobov M.M. “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartlarini joriy etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida”. Tekst nauchnoy stati po
spetsialnosti «Nauki ob obrazovanii» CC BY 2501336.
5.
Usarov J.E. “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini
takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)”
mavzusidagi dissertatsiyasi https://uza.uz/uz/posts/usarov-zhabbor-eshbekovichning-talim-
va-tarbiya-azariyasi-v-28-11-2019.
6.
Э.Е. Феюшина «Как пройдет оценка компетенций учителя» https://pedsovet.org/
search/author/fedusina-elvira-evgenevna.
7.
К.В. Семенова “Программа оценки компетенций учителей: что это такое и
сроки проведения” https://multiurok.ru/blog/proghramma-otsienki-kompietientsii-
uchitieliei-chto-eto-takoie-i-sroki-proviedieniia.html.
8.
Anapiyayev F. “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat Ta’lim
Standartlari” (ma’ruza). www.RTM.uz.
