Авторы

  • Эшмурад Муртазаев
    доцент, кафедра Общих технических наук, Каршинский инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss8/S-pp167-172

Ключевые слова:

инновационный процесс наглядный метод практический метод источник обучения дидактика лаборатория самостоятельная работа навыки решения проблем творчество профессиональные знания навыки и компетенции

Аннотация

В данной стате представлена информация по совершенствованию системы образования на основе передового зарубежного опыта, подготовке квалифицированных и конкурентоспособных кадров для рынка труда, отражаюшая новые изменения в педагогической деятельности, которые могут


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the didactic support for the formation of engineering
competencies for agriculture and water management

Eshmurod MURTAZAYEV

1


Karshi Engineering and Economic Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021

This article provides information on improving the education

system based on advanced foreign experience, training qualified
and competitive personnel for the labor market, reflecting new
changes in pedagogical activity that can make a significant
contribution to the development of pedagogical theory and
practice.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

innovation process,
visual method,
practical method,
source of learning,
didactics,
laboratory,
independent work,
problem solving skills,
creativity,
knowledge,
skills and competencies.

Qishloq va suv xо‘jaligi uchun muhandislik kadrlari
kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minotini
takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

innovatsion jarayon,
kо‘rgazmali metod,
amaliy metod ta’lim manbai,
ta’lim manbai,
didaktika,
laboratoriya,
mustaqil ishlar,
muammoni hal etish
qobiliyati,
ijodkorlik,
bilim, kо‘nikma va malaka.

Ushbu maqolada pedagogika nazariyasi va amaliyotini

rivojlanishiga salmoqli hissa qо‘sha oladigan pedagogik
faoliyatni yangi о‘zgarishlar mazmunida aks ettiruvchi ta’lim
tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish orqali
mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash haqida ma’lumotlar berilgan.

1

Associate Professor of the Department of General Mechanical Engineering, Karshi Engineering and Economic

Institute, Karshi, Uzbekistan.
E-mail: murtazaev_70@mail.ru.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

168

Совершенствование

дидактического

обеспечения

формирования компетенции инженерных кадров для
сельского и водного хозяйства

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

инновационный процесс,
наглядный метод,
практический метод,
источник обучения,
дидактика,
лаборатория,
самостоятельная работа,
навыки решения проблем,
творчество,
знания,
навыки и компетенции.

В

данной

стате

представлена

информация

по

совершенствованию системы образования на основе
передового

зарубежного

опыта,

подготовке

квалифицированных и конкурентоспособных кадров для
рынка

труда,

отражаюшая

новые

изменения

в

педагогической деятельности, которые могут внести
значителний вклад в развитие педагогической теории и
практики.


KIRISH
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda 2020–2021 о‘quv yilidan

boshlab kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Milliy malaka
tizimini ishlab chiqish, maqsadni aniq belgilash, о‘quvchilarning xatti-harakatlarini e’tiborga olish, ularda
bilim, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kabilarni texnologik yondashuv asosida amalga oshirish
ta’limning kutilgan natijalarga erish imkonini beradigan uzluksiz jarayoni hisoblanadi. Malaka-xalqaro
ta’lim bozorida ixtisoslashuv deb ham ataladi, bu ish beruvchi tomonidan xodim(yollanuvchi, ish о‘rniga
da’vogar, bо‘sh ish о‘rinlari tanlovida qatnashuvchi, ishchi yoki xizmatchi)ga qо‘yilgan talab va yuklatilgan
vazifalar majmuidir [1, 2].


MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (LITERATURE REVIEW)
Xorijiy tajribalarga nazar solsak, hozirgi vaqtga kelib kо‘plab Yevropa mamlakat-larida ta’lim

sifatini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ularda faollik, mustaqil fikrlash, ijod qilish va yangi
bilimlarni bilish faoliyatini rivojlantiradi. Oliy ta’lim taraqqiyotida internatsionallashuv, globallashuv va
axborotlashtirish tendensiyalarining kuchayib borishi kuzatilayogan bugungi sharoitda bо‘lajak
mutaxassislarni samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning global fikrlashini rivojlantirishning
pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq va suv xо‘jaligi
maxsus fanlarni о‘qitish mazmuni va metodlari asosida talabalar qishloq va suv xо‘jaligi texnologiyasiga
oid mashinalar va apparatlarni, avtomatlashtirish va hisoblash texnika-sining umumiy tamoyillarini,
qishloq va suv xо‘jaligida tatbiq etadigan usullarini, yuqori toifadagi qishloq va suv xо‘jaligi
mutaxassisning amaliy ishlarini yaxshi о‘zlashtirishida interaktiv metodlar katta ahamiyat kasb etadi.

Pedagogikada innovatsiya bu avval noma’lum bо‘lgan, uchramagan, pedagogika nazariyasi va

amaliyotini rivojlanishiga salmoqli hissa qо‘sha oladigan pedagogik faoliyatni yangi о‘zgarishlar
mazmunida aks ettiruvchi hodisadir. Har qanday innovatsion jarayon birinchi bosqichda empirik
tarzdagi ishlarni taxlil qilish, yangilik darajasini aniqlash va uni ijobiy baholash, ikkinchi bosqichda esa
bevosita о‘rganish, bir madaniy muhitdan ikkinchisiga kо‘chirishni nazarda tutadi. Uchinchi bosqichda
esa о‘qituvchi turli innovatsion vaziyatlar haqida bosh qotiradi Ushbu bosqichlarning har biri ta’lim
samaradorligini oshirishga, о‘qitishni jadallashtirishga va sifatini aniqlashga yordam beradi [2, 4].


TADQIQOT METODOLOGIYASI

Innovatsion texnologiya bilim oluvchilarda yangiliklarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonidagi

muammolarni tezda aniqlash va tezda bartaraf etish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Demak, ta’lim-


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

169

tarbiyaning barcha yо‘nalishlari va bosqichlarida innovatsion bilimdon-likka ega bо‘lish о‘qituvchidan
yangilik darajasini ilmiy-nazariy, amaliy-metodik ahamiyatini aniqlash, tajribalarni qabul qilish, qо‘llab-
quvvatlash, yoyish, amaliy faoliyatga yо‘llash, ularni о‘qitish jarayoniga keng tatbiq etish kabilarni talab
etadi.

Qishloq va suv xо‘jaligi fanlarni о‘qitishda о‘qituvchining kompyuterdan foydalanish bosqichlari

va ularning mazmuni 1-jadvalda ifodalangan.

Talabalarning qishloq va suv xо‘jaligi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllan-tirishda

kompyuter texnologiyadan foydalanish bosqichlari.

Kompyuter orqali bilimlar, ma’lumotlarni izlash va ularni amalda qо‘llash ya’ni axborotlarni

yozma, rakamli, grafik, ovozli, foto va video kabilarni erkin holda qayta ishlash imkoniyatini yaratadi.

1-jadval

Bosqichlari bosqichlari

Mazmuni

1.

Mavzularni tanlash

Qishloq va suv xо‘jaligi yо‘nalishlariga oid maxsus fan

о‘quv dasturi, darslik va о‘quv-uslubiy qо‘llanmalarning
mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Bunda asosiy e’tibor
talabalarning о‘zlashtirishiga e’tibor qaratilgan.

2.

Qishloq va suv xо‘jaligi fanlarni
о‘qitish maqsadi va vazifalarini

belgilash

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning ta’limiy,

tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari belgilanadi.
О‘qituvchining talabalar bilan individual ishlashlariga
imkoniyat yaratiladi.

3.

Qishloq va suv xо‘jaligi fanlar

mazmunining shakllantirish

Talabalar tomonidan о‘zlashtirilishi lozim bо‘lgan nazariy

va amaliy о‘quv materiallari kompyuter texnologiyalari
vositasida ifodalanadi.

4.

Qishloq va suv xо‘jaligi fanlarni

о‘qitishni tashkil etish shakli,

amalga oshirish vositalarini

tanlash

Mavzular mazmuniga kо‘ra ta’limni tashkil etish shakli,

amalga oshirish metodi va vositalari tanlanadi.

5.

Qishloq va suv xо‘jaligi fanlarni

о‘qitish bо‘yicha topshiriqlar

tizimini ishlab chiqish

Talabalar tomonidan о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nik-

malarini kompyuterda aniqlash malakasini shakllashirish
uchun mо‘ljallangan topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.

6.

Talabalarning о‘zlashtirganlik

darajasini aniqlash

О‘quv materiali mazmuning murakkablik darajasiga kо‘ra

nazorat usuli tanlanadi. Belgilangan mezon hamda mayor-
larga kо‘ra baholanadi. Bunda testlar, qiziqarli masala va
amaliy topshiriqlardan foydalaniladi.

Kompyuterlar talabalarning bilimlarini nazorat qilish, test topshiriqlari va ularning yechimi

(kaliti) maxsus moslamalar javoblar (kalit sо‘zlar)ni tez, aniq va tо‘g‘ri kо‘rsatishi imkoniyayatini yaratadi.


Tahlil va natijalar qishloq va suv xо‘jaligi fanlarni о‘qitish metodlari ta’lim jarayonini amalga

oshirish, tayyorlash, о‘quv faoliyatiga pedagogik ishlov berish, darslikdagi materiallarini yangi shaklga
olib kirish, topshiriqlar, muammolar, testlar, tajribalar sifatini rivojlantiradi. Bularning hammasi
о‘qituvchining bilimi, tajribasi, mahoratiga bog‘liq bо‘lib, metodlar ta’lim o’bektlariga о‘z ta’sirini
kо‘rsatadi.

Metodlar о‘z faoliyatiga kо‘ra о‘ta murakkab tizim bо‘lib, talabalarning bilim, о‘quv materialini

tahlil qilishni taqozo qiladi.

Metod yunoncha atama bо‘lib, aynan nimagadir yо‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga

erishish yо‘lini bildiradi. Metodlarni har qanday muammoning harakteriga qarab turlarga ajratish
mumkin. Bular sо‘z orqali ifodalanadigan metod, kо‘rgazmali metod, amaliy metod va boshqalar. Ular
talabalarning bilim saviyasi, qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalarga qarab ma’ruza (suhbat), amaliy


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

170

ishlar, laboratoriya, mustaqil ishlar, muammoli izlanish о‘z о‘zini nazorat qilish metodlari amalga
oshiriladi.

Metodlar quyidagi guruhlarni о‘z ichiga oladi.
Birinchi guruh metodlari: – sо‘z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish (og‘zaki,

xikoya, ma’ruza va boshqalar).

Ikkinchi guruh metodlari:-о‘quv axborotni kо‘rgazmali uzatish va kо‘rish orqali qabul qilish

(kо‘rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).

Uchinchi guruh metodlari: – о‘quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali bajarish

(amaliy, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari
va boshqalar).

Bu metodlar talabalarda bilimlarni qabul qilish, anglash va amalda qо‘llash faoliyatini

shakllantirishda foydalaniladi. Tushuntirish va uqtirish metodini qо‘llashda о‘qituvchi sо‘z vositasida
mavzuni bayon qiladi.

Tushuntirish va о‘qtirish metodlari talabalarning fikrlari, savollari ularni qishloq va suv xо‘jaligi

haqidagi yangi tushunchalarini о‘zlashtirishga olib keladi. Qishloq va suv xо‘jaligi maxsus fanlarni
о‘qitishda muammoli-qidiruv metodlari ifodalash, kо‘rgazmali va amaliyot yordamida talabalarning
bilish faoliyatini, ijodiy izlanishida tafakur va qobiliyatilarini о‘stirishga dars mazmunini tо‘liq tushunishga
erishish va uni hal eta olishga о‘rgatadi. Solishtirish, umumlashtirish, vaqtlarini aniqlash va qiyoslash,
vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish, talabalarning о‘zlari aniq savollar qо‘yish kabilar muammoli ta’lim
metodlari asosida amalga oshiriladi. Muammoli vaziyat muammodan farqli ravishda unga talabani jalb
etish, nazariy tushunchalarini talab qiladigan hodisalarga, faktlarga, shuningdek, hodisalar о‘rtasidagi
tashqi nomuvofiqliklarga duch kelishi, ularni ana shu nomuvofiqliklarni tushuntirishga intilishga undaydi
va bu intilish bilimlarni faol о‘zlashtirishga olib keladi.

2-rasm. Muammoli vaziyatlarni yechish bosqichlari


Bunda о‘qituvchi muammoni qо‘yadi va uni yechimini talabalar bilan birgalikda

topadi. Buning natijasida muammoli vaziyatlarni yechishda uni turli nuqtai nazardan
о‘rganiladi va tahlil etiladi (2-rasm).


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

171

3-rasm. Muammoli ta’lim metodi

Ushbu jarayonlarni tushunib olish talabalarga mustaqil ravishda muammoni

ifodalay olish imkonini beradi.


XULOSA VA TAKLIFLAR
muammoli ta’lim jarayonida muammoli vaziyat, muammo, juftlikda ishlash, kichik guruhda

ishlash, ishbilarmonlik о‘yini, bahs munozara, metodlari qо‘llaniladi va bu ta’lim oluvchilarda
muammol vaziyatlarning sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish
bо‘yicha kо‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan bо‘lib, bunda talabalarni guruhlarga
bо‘lish, ular tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash va fikr qilish,
uning yechimini ishlab chiqish kabilar amalga oshiriladi. Demak muammoli metod о‘rganilayotgan
mavzudagi asosiy muammoni ajratib olish va talabalar tomonidan mustaqil hal etilishini
ta’minlashga xizmat qiluvchi texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bunda muammoning turi va
sabablari, kо‘rinishlari, hal etish yо‘llari belgilanadi. Shuni aytish kerakki, har qanday maxsus fanlar
talaba uchun muammodir. Chunki, maxsus fanlar talabaga hozirgacha noma’lum bо‘lgan yangilik
bilan tanishtiradi.

Muammoli о‘qitish talabaning fikrlash faoliyatini о‘stiradi, har narsani bilishga qiziqish

uyg‘otadi. Fahm-farosatli, mustaqil ijod qilishga intilish kabilarini tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu metodlarini amalga oshirish natijasida talabalarda qishloq va suv xо‘jaligi kasbiga bо‘lgan
qiziqish, ularning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala qо‘yish, hal etish,
muammo ustida mustaqil fikr yuritish, xulosa qilish, о‘z ustida ishlash kabilar bilan birga, mehnat
qilish, о‘qib-о‘rganish, hayotiy kuzatish xususiyatlari rivojlanadi. Bunda о‘qituvchi о‘quv materialini
og‘zaki bayon qilish, umum-lashtirish, butun dars yoki mashg‘ulotlar jarayonida qishloq va suv
xо‘jaligi haqidagi ma’lumotlarni kо‘rgazmali asosida amalga oshirish, talabalarning fikrlarini
faollashtirish, muammolarni isbotlash, tizimlashtirish kabilar qishloq va suv xо‘jaligi haqidagi
tushunchalar va qonuniyatlarni о‘zlashtirishga olib keladi. Ularni qishloq va suv xо‘jaligi, kinofilmlar
va diaflmlar, yozma, maxsus fanlar bо‘yicha topshiriqlarni bajarish mashqlari, о‘quv-ishlab
chiqarish amaliyoti о‘quv asboblar, kompyuterlar, apparat turlari, qishloq va suv xо‘jaligi kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.





background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

172

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Shavkat Mirziyoyev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon

bо‘ladi” Toshkent – “О‘zbekiston” – 2019.

2.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son Qarori.

3.

Muslimov N.A. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T., 2015. – B. 208.

4.

Nikitin M.V. Upravlenchenskiy potensial kolledja-obrazovatelnogo kompleksa // j.

Kachestvo obrazovaniy. – M., 2015. – № 1-2. – S. 42–47.

Jurayev A.R., Teshayeva I.M. Metodicheskiye osnovaniya optimizatsii soderjaniya predmeta

«Texnologiya». “Problemi nauki” nauchno–metodicheskiy jurnal № 6 (30) / 2018 g. Rossiya,
Moskva. – S. 88–89.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bо‘ladi” Toshkent – “О‘zbekiston”-2019

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son Qarori.

.Muslimov N.A. Innovatsion ta’lim texnologiyalari.-T.,2015.-208 b.

Nikitin M.V. Upravlenchenskiy potensial kolledja-obrazovatelnogo kompleksa // j. Kachestvo obrazovaniY.- M.,2015.-№1-2.- S.42-47.

Jurayev A.R., Teshayeva I.M. Metodicheskiye osnovaniya optimizatsii soderjaniya predmeta «Texnologiya». “Problemi nauki” nauchno–metodicheskiy jurnal № 6 (30) / 2018 g. Rossiya, Moskva s 88 – 89.