Авторы

  • Мирзулугбек Алихонов
    студент магистратуры 2 курса, направление “Информационные технологии и системы в экономике”, Андижанский машиностроительный институт, Андижан, Узбекистан
  • Хамиджон Саримсаков
    к.э.н., доцент, Андижанский машиностроительный институт, Андижан, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp343-347

Ключевые слова:

экономика общество личности анализ финансовых результатов трудовые ресурсы рыночные отношения прибыль рентабельность секторы экономики промышленные предприятия финансовая отчетность.

Аннотация

В статье дается ряд комментариев по организации деятельности промышленных предприятий и анализу их финансовых показателей. Также представлены результаты ряда исследований о значении рыночных отношений в анализе экономической деятельности предприятий. Приведены примеры ряда преимуществ использования финансовой отчетности в качестве базы данных для анализа финансового положения.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Areas of analysis of the financial results of industrial enterprises

Mirzoulougbek ALIXONOV

1

Xamidjon SARIMSAQOV

2

Andijan Machine building institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021
Received in revised form

15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online

15 November 2021

This article provides a number of comments on the

organization of the activities of industrial enterprises and the

analysis of their financial performance. The results of a number

of studies on the importance of market relations in the analysis

of economic activity of enterprises are also presented. Examples
are given of a number of advantages of using financial reporting

as a database to analyze the financial situation.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp343-347

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

economics,

human society,
financial performance
analysis,
labor resources,

market relations,
profit,
profitability,

economic sectors,
industrial enterprises,
financial reporting.

Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo’nalishlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

iqtisodiyot,
kishilik jamiyati,
moliyaviy faoliyat tahlili,

mehnat resurslari,
bozor munosabatlari,
foyda,

rentabellik,
iqtisodiyot sektorlari,
sanoat korxonalari,

moliyaviy hisobot.

Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etish

va ularning moliyaviy faoliyat tahlili haqidagi bir qator fikr

mulohazalar keltirilgan.Shuningdek, korxonalarning xo'jalik

faoliyatini tahlil etishda bozor munosabatlarining ahamiyati

to'g'risida ham qator izlanishlar natijalari keltirib o'tilgan.
Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan

axborot bazasi sifatida foydalanishning bir qator afzalliklari

haqida misollar keltirilgan.

1

2nd year master's student, "Information technologies and systems in economics", Andijan Machine Building

Institute, Andijan, Uzbekistan

2

Candidate of Economic Sciences, Associate Professor, Andijan Machine Building Institute, Andijan, Uzbekistan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

344

Направления

анализа

финансовых

результатов

промышленных предприятий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

экономика,

общество личности,

анализ финансовых

результатов,

трудовые ресурсы,

рыночные отношения,

прибыль,

рентабельность,

секторы экономики,

промышленные

предприятия,

финансовая отчетность.

В статье дается ряд комментариев по организации

деятельности промышленных предприятий и анализу их

финансовых показателей. Также представлены результаты

ряда исследований о значении рыночных отношений в

анализе экономической деятельности предприятий.

Приведены примеры ряда преимуществ использования

финансовой отчетности в качестве базы данных для

анализа финансового положения.

KIRISH

Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, ya’ni jamoa bo‘lib yashash va ishlash insoniyat

ongining takomillashib borishiga turtki bo‘ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida

borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshladi. Xo‘jalik faoliyatini

iqtisodiy tahlil qilish fikri ham jamiyat rivojlanishining natijasidir.

Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash,

raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab

qiladi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli

mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Yangicha ish yuritish,

jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamkorlarni tanlash bilan birga

ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib maydonga chiqdi.

Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash korxona

samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil

qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona

foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmayotgan resurslarni aniqlab,

ularning kelgusida yanada rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur

tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini

barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib

keladiki, korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar

faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi.

Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan bir sharoitda

iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishi muhim

hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida iqtisodiyotni isloh

qilishning g‘oyat muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy ustuvor usullar belgilab

olindi. Mazkur masalalarni to‘g‘ri mushohada qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabrida Oliy Majlisiga qilgan

Murojaatnomasida ushbu masalaga tanqidiy baho berib, shunday degan edilar: “Yangi

O‘zbekistonni yaratishda, oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy

o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni moderni-

zatsiyalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish makroiqtisodiy va moliyaviy

barqarorlikka erishishning asosi hisoblanadi”. [1. 3-b] Shu jihatdan qaraganda, korxona-


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

345

larning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu

jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu sohada

iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu sababli moliyaviy hisobot

shakllari va ularning tahlilini takomillashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va

o‘zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini

o‘rganish va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror toptirish

bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ham keyingi yillarda

respublikamizda boshqaruv va moliyaviy tahlilga e’tibor kuchaygan.

Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil

qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan

bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan tashqari soliq

organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’mol-

chilar va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug‘ullanishmoqda.

Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar

qo‘ymoqda. Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo‘nalishlari, bizning

fikrimizcha, quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:

global maqsadlar (tashkilot samaradorligini oshirish uchun yashirin,

foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlab topish, buning natijasida mumkin bo‘lgan

maksimal foydani olishga erishish);

umumiy maqsadlar (boshqaruv qarorlarini asosli qabul qilish uchun materiallar

tayyorlash);

shaxsiy maqsadlar (aniq iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadi).

Moliyaviy tahlil muayyan axborot tizimiga asoslangan. Korxonaning moliyaviy

holatini aniqlash uchun asosiy ma’lumot manbayi moliyaviy hisobotdir. Moliyaviy hisobot

– bu kompaniyaning biznes natijalarini aks ettiruvchi shakllar, ko‘rsatkichlar va ularga

tushuntirish materiallari. Hozirgi vaqtda moliyaviy holatni samarali tahlil qilishda “Pul

oqimi to‘g‘risidagi hisobot” alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u foydalanuvchiga korxona

operatsiyalarini amalga oshirishda kompaniya aktivlarining pul ishlab chiqarish

qobiliyatini baholash imkonini beradi, uning ishidagi muvaffaqiyat va barqarorlikni tahlil

qilishda eng muhim mezon.

Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan axborot bazasi sifatida

foydalanish bir qator afzalliklarga ega. Bularga turli korxonalar uchun hisobot shaklining

bir xilligi (bu ko‘rsatkichlarni hisoblashning bir xil usullarini qo‘llash imkonini beradi),

ochiqlik (korxonani ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan baholash uchun

hisobotdan foydalanish imkonini beradi) kiradi. Moliyaviy hisobotni tayyorlash majburiy

bo‘lib, tahlil uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilmaydi. Korxonaning moliyaviy holatini

tahlil qilish usullari, birinchi navbatda, ishlatilgan ko‘rsatkichlar majmuasida, shuningdek,

tahlil maqsadlarida farq qiladi. Moliyaviy holatni tahlil qilishning uslubiy yondashuvlarini

va tahlil qilish samaradorligi muammosini o‘z asarlarida ko‘rib chiqishgan rus

olimlari: I.I. Mazurova, M.V. Romanovskiy, N.A. Rusak, V.A. Rusak va o‘zbek olimlaridan

A.V. Vahobov, A.T. lbrohimov, N.F. Ishonqulov va A.U. Burxonov va boshqalar.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

346

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Moliyaviy holat tahlili qo‘llaniladigan boshqaruvning asosiy obyektlariga

quyidagilar kiradi: kreditlar, ssudalar berish va olish; qo‘shma loyihalar va shartnomalarni

bajarish; moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyati, aksiyalar, ishlab chiqarish, debitorlik

va kreditorlik qarzlarini boshqarish. Moliyaviy natijalarni baholash, har xil muddatlarga

rejalar tuzish, bankrotlik protseduralarini amalga oshirish va hokazolar juda muhimdir

[3. 12-b].

Sanoat korxonalarining moliyaviy holatini tavsiflovchi indikatorlar sifatida ayrim

ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi.

I. Mulkni baholash ko‘rsatkichlari:
1.

Asosiy vositalarning umumiy aktivlar ulushidagi ulushi,%.

Asosiy vositalar

aktivlarining kapitallashuv darajasini tavsiflaydi. Asosiy vositalar qiymati va umumiy
qoldiq.

2.

Asosiy vositalarning amortizatsiya darajasi,%.

Asosiy vositalarning holatini tavsiflaydi. Yig‘ilgan amortizatsiya / asosiy

vositalarning dastlabki qiymati.

II. Moliyaviy holatni baholash.
1.

O‘z aylanma aktivlarining miqdori, ming so‘m

. Sof aylanma mablag‘larni

tavsiflaydi. Joriy aktivlar - joriy majburiyatlar.

2.

O‘zining aylanma aktivlarining umumiy miqdoridagi ulushi,%.

Korxonaning

barcha aktivlarida aylanma aktivlarning mavjudligini tavsiflaydi. O‘zining aylanma
aktivlari / aylanma aktivlari.

3.

Joriy likvidlik koeffitsienti tashkilotning joriy aktivlarining qisqa muddatli

majburiyatlarini to‘lash uchun yetarli ekanligini ko‘rsatadi.

III. Rentabellikni baholash.
1.

Sotishdan tushgan foyda (zarar), ming so‘m

. Yalpi foydani boshqaruv va sotish

xarajatlarini hisobga olmaganda, sotishdan olingan foyda (zarar).

2.

Sof foyda, ming so‘m

. Budjetga majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin ixtiyorida

qoladigan korxona foydasi. Sof foyda.

3.

Sotishning rentabelligi, %

Har bir topilgan so‘mda daromadning ulushini

ko‘rsatadi. Sotishdan tushgan foyda / sotishdan tushgan daromad.

4.

Sotilgan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining rentabelligi,% .

5.

Korxona (tashkilot) mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan har bir

so‘mdan qancha daromad olganligini ko‘rsatadi.

IV. Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini baholash

1.

Aktivlarning rentabelligi,%.

Tashkilotning barcha aktivlaridan foydalanish rentabelligini tavsiflaydi. Sof foyda /

o‘rtacha aktivlar.

2.

O‘z kapitalining rentabelligi,%.

Uning egalari uchun biznesning rentabelligini tavsiflaydi Sof foyda / o‘rtacha

sarmoya. [4.15-b]

Hisoblangan ko‘rsatkichlar ma’lumotlarini o‘rganib chiqish orqali korxonaning

moliyaviy holati to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Shunday qilib, sanoat
korxonalarining moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqib,
korxonaning quyidagi “og‘riqli nuqtalari”ni aniqlash mumkin:

tashkilotning iqtisodiy aktivlari va asosiy vositalar miqdorining kamayishi;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

347

o‘z aylanma aktivlari hajmini kamaytirish;

asosiy vositalar hajmini qisqartirish va ulardan intensiv foydalanish orqali

ma’naviy eskirishining oldini olish;

joriy majburiyatlarni joriy aktivlar bilan yetarli miqdorda qoplay olmaslikning

oldini olish;

joriy likvidlik koeffitsientini ko‘tarish;

daromadlarning o‘sish sur’atlarini oshirish.


XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korxonalardagi bunday muammolarni hal

qilish uchun va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: xarajatlarni kamaytirish (ularni optimal-
lashtirishni maksimal darajada oshirish). Bu tadbirlar foydaning pasayishini to‘xtatishga
yordam berishi kerak. Xarajatlarni samarali nazorat qilish tizimini yaratish xarajatlarni
kamaytirishning juda samarali usuli hisoblanadi. Xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish orqali
kamaytirish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab zaxiralarning konsen-
tratsiyasini o‘zgartirish orqali faoliyat turg‘unligini oshirish, zaxiralar miqdorini
kamaytirish kerak. Yaponiyaning “Just in time” usulini qo‘llash maqsadga muvofiq. Shu
bilan birga, tovarlarni markazlashtirilgan saqlash va chiqarish, hujjat aylanishining tezligi
va sifatini oshirish kabi samarali nazorat tartiblarini joriy etish orqali sotib olish
buyurtmalari sohasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratish lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. www.turkiston.uz.

2.

Burxonov A.U. “Sanoat korxonalari moliyaviy barqarorligini baholash usuli”.

http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/27.

3.

Vahobov AV., lbroximov AT., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”.

Darslik. T.; “Sharq”, 2005.

4.

Казанкина О.А. Экономическая библиотека – http://economy-lib.com/

ekonomicheskaya-effektivnost-ispolzovaniya-informatsionnyh-tehnologiy-v-finansovoy-
deyatelnosti-predpriyatiy#ixzz76jNQUFGE

5.

Уктамов , Х. 2020. Способы обеспечения экономической безопасности

промышленных предприятий. Общество и инновации. 1, 1/s (окт. 2020), 405–412.
DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol1-iss1/s-pp405-412.

6.

Mamatkulova, .N. 2021. Повышение экономической эффективности

промышленных предприятий. Общество и инновации. 2, 1/S (фев. 2021), 1–6.
DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp1-6.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. www.turkiston.uz.

Burxonov A.U. “Sanoat korxonalari moliyaviy barqarorligini baholash usuli”. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/27.

Vahobov AV., lbroximov AT., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; “Sharq”, 2005.

Казанкина О.А. Экономическая библиотека – http://economy-lib.com/ ekonomicheskaya-effektivnost-ispolzovaniya-informatsionnyh-tehnologiy-v-finansovoy-deyatelnosti-predpriyatiy#ixzz76jNQUFGE

Уктамов , Х. 2020. Способы обеспечения экономической безопасности промышленных предприятий. Общество и инновации. 1, 1/s (окт. 2020), 405–412. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol1-iss1/s-pp405-412.

Mamatkulova, .N. 2021. Повышение экономической эффективности промышленных предприятий. Общество и инновации. 2, 1/S (фев. 2021), 1–6. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp1-6.