Авторы

  • Атажан Авазбоев
    доцент, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан
  • Малохат Жамалдинова
    магистрант, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5-pp109-115

Ключевые слова:

STEAM-образование активное общение творческий и инновационный подход STEAM-технологии технологическая инновационная жизнь

Аннотация

В статье рассматривается внедрение STEAM-образования, комплексный подход к обучению с концепциями исследования, технического развития STEAM-образования, освещены некоторые идеи, касающиеся содержания и преимущества обучения дисциплины Технология на основе подхода «STEAM - образование»


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The essence and advantages of teaching a technological subject
based on the “STEAM-education” approach

Atajan AVAZBOEV

1

, Malokhat DZHAMALDINOVA

2


Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 25 September 2021
Available online
25 October 2021

The article discusses the introduction of STEAM education, an

integrated approach to teaching with the concepts of research,
technical development of STEAM education, highlights some
ideas regarding the content and benefits of teaching the
discipline Technology based on the approach "STEAM -
education".

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

STEAM education;
STEAM technology,
active communication,
creative and innovative
approach,
technologically innovative
life.

Texnologiya

fanini “STEAM-ta’lim” yondashuvi asosida

o‘qitishning mohiyati va afzalliklari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

STEAM ta‘lim,
STEAM texnologiyasi,
faol kommunikatsiya,
kreativ va innovatsion
yondashuv,
texnologik innovatsion
hayot.

Maqolada

STEAM

ta‘limini,

ilmiy-tadqiqot,

texnika

taraqqiyoti

konsepsiyalari

bilan

ta‘limning

integrativ

yondashuvini STEAM ta‘limini joriy etish, Texnologiya fanini
“STEAM - ta’lim” yondashuvi asosida o‘qitishning mohiyati va
afzalliklari bo’yicha ayrim fikrlar yoritilgan.

1

Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.

2

2nd year master, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

110

Сущность и преимущества обучения технологическому
предмету на основе подхода «STEAM-образование»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

STEAM-образование;
STEAM-технологии;
активное общение;
творческий и
инновационный подход;
технологическая
инновационная жизнь

В

статье

рассматривается

внедрение

STEAM-

образования,

комплексный

подход

к

обучению

с

концепциями исследования, технического развития STEAM-
образования, освещены некоторые идеи, касающиеся
содержания и преимущества обучения дисциплины
Технология на основе подхода «STEAM - образование».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasida ta’lim sohasiga katta e’tibor berilishi za’rurligi, uning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni to‘grisida to‘xtalib “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi
Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun
yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab
beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy
ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishi-

shlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz
uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi” degan fikrlarni
bildirgan. Bu borada ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim alohida o‘rin
tutadi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘quvchilarga ta‘lim berishning zamonaviy
innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil
ichida dunyoning taraqqiy etgan industrial-texnologik lokomotivlari qatoriga kirishi, ya‘ni
2030-yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda
yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir.

O‘quvchilarni ma‘naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi,

takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasawurini amaliy faoliyatida ifodalash
orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish
hamda kundalik hayotga tatbiq etishga o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga
oshiriladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni ma‘naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini rivojlantirib,

ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini o‘stirishda, kasb-hunarga yo‘naltirish bilan birga,
jismonan baquwat bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish amaliy
fanlar tarkibida olib boriladi.

Hozirgi kunda yangiliklar, yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar, ma‘lumotlar

oqimining o‘sib borishi hayotning barcha jabhalarida to‘rtinchi texnologik inqilobni
yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarmoqda.
Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan ta‘limning
integrativ yondashuvini STEAM ta‘limini joriy etadi. Bunday yondashuvdan maqsad -
ta‘lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini
ta‘minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

111

targ‘ib qilishga qaratilgan. Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, o‘g‘il bolalar
yog‘ochga va metallga ishlov berishni, tasviriy san‘at va chizmachilik darslarida rasm va
chizmalar, qalam bilan qo‘lda chizishni o‘rganishgan bo‘lsa, hozirga kunda buning o‘zi
yetarli bo‘lmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab o‘quvchilarini robototexnika,
modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va boshqa
ko‘plab yangiliklar qiziqtirmoqda.

Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko‘rish uchun yanada murakkabroq bilim,

ko‘nikma, malakalarni egallash va kompenesiyalarni shakllantirish zarur bo‘ladi. Bu
o‘rinda nafaqat bilish va uddalay olish, balki tadqiqot olib borish va ixtiro qilish talab
etiladi. STEAM ta‘limi asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning ilmiy jihatdan
qanday qilib kundalik hayot bilan bogliqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari
va maktabdan tashqari ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltiriIgan ijodkorligini tarbiyalash,
yangiliklar yaratishga bolgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

STEM ta’limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi

“Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ–3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturi”ning 2-bo‘lim 11-bandida umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari
va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu yo‘l bilan birga STEM (fan, texnologiya,
muhandislik va matematika) ta’limini bosqichma-bosqich amalga joriy etish belgilab
berilgan.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun ta’lim ishtirokchilari-o‘qituvchilar, metodistlar

o‘quvchilar va ota-onalar ushbu yo‘nalish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilishi va ularni
amaliyotda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishlari zarur. Xozirgi vaqtda texnologik inqilob
mavjud, yuqori texnologiyali mahsulotlar, innovatsion texnologiyalar zamonaviy jamiyati-
mizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda robot dizayni, modellash-
tirish, dizayn loyihalashtirish ishlari etakchi o‘rinni egallamoqda.

Mamlakatimizni raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq texnik ta’lim talab

etilayotganligi dolzarb muammolardan xisoblanadi. Bugungi kunda STEM ta’limi jamiyat
va davlatning rivojiga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
imkonini beradi.

Zamonaviy talim tizimi, amaliyotda o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy bilimlarni

kundalik hayotda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan aralash
muhit hisoblanadi. Texnologiya fani o‘rganish bilan bir qatorda o‘quvchilar izlanishni,
qurishni, bosh qotirishni, yangilik yaratishni va dizayn berishni o‘rganadilar. STEM
yondashuvi o‘quvchilarni ilmiy-texnik yo‘nalishlardagi kompetensiyalarini rivojlantiradi.

Ma’lumki, texnologiya fani kundalik hayotimizda doimiy qo‘llaniladi, muhandislik

esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar, mashinalar mexanizmlarida o‘z aksini topgan biror bir kasb,
kundalik mashg‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematik hisob-kitoblar bilan bog‘langan.

STEM ta’limining afzalliklari.
Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha integrat-

siyalab olib borish.

STEM ta’limida fanlar aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning

asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotiga va matematikaga
ingegratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik
amalga oshiriladi.

Ilmiy texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

112

STEM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlardan

real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy
loyihalashga oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va modelni takomillashtiradi. Ular aniq
loyihani o‘rganadi, natijada real mahsulotning prototipini yaratadilar. Masalan, o‘quvchilar
harakatlanuvchi sodda robotni yasashda muhandislik kasbi, muhandislik dizayni, elektro-
texnik, konstruktor, loyihalash, texnologik jarayon, texnologik xarita kabi tushunchalar
bilan tanishadilar.

Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarni rivojlantirish va muammolarni echish.
STEM dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni engishda

zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni echish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan
o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan natijaga erishilmasa, uning sabablari haqida
o‘ylaydi va topadilar.

Balki,g‘ildiraklarning kattaligi yoki ishlash mexanizmlar to‘g‘ri kelmagandir. Har bir

sinovdan so‘ng mavjud kamchiliklarni bartaraf etib boriladi.

O‘z kuchiga ishonch hissini ortishi.
O‘quvchilar robototexnika, mashina va samolyot modelini ishga tushirish va boshqa

ishlarni bajarishda oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar. Har
bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtirib boradilar. Oxirida barcha muammolarni o‘z
kuchlari bilan engib, o‘ylagan maqsadlariga erishadilar. Bu o‘quvchilar uchun ruhlanish,
g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada
ishonadilar.

Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash.
STEM dasturi faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan farqlanadi. Muloqot

davrida o‘z fikrlarini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin muhit
vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar. O‘quvchilar
doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda bo‘ladilar. o‘quvchilar har bir ish
jarayonida faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar.

Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Texnologik ta’limda STEM ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni texnologiya faniga

bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bajaradigan ishini sevib bajarish,
qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. STEM mashg‘ulotlari juda
dinamik va qiziqarli bo‘lsa o‘quvchilar mashg‘ulot vaqtida zerikishmaydi va darsdan
unumli foydalanadilar.

Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv.
– STEM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa),muhokama, dizayn, qurish,

sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi
hisoblanadi. Turli imkoniyatlarning birgalikda mavjud bo‘lishi yoki birgalikda ishlatilishi
o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, fan va
texnologiyaning birgalikda o‘rganilishi ko‘pgina yangi innovatsion loyihalarni yaratishga
olib keladi.

Ta’lim va karera orasida ko‘prik.
Turli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10 ta

mutaxassisdan 9 tasiga aynan STEM bilimlari zarur bo‘ladi. Bunday kasblarga: muhandis-
kimyogar; neft bo‘yicha muhandislar; kompyuter tizimlari analitiklari; muhandis-
mexaniklar; muhandis-quruvchilar; robototexniklar va boshqalar kiradi.

O‘quvchilarning texnologik innovatsion hayotga tayyorlash.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

113

STEM ta’limi bolalarni texnologik rivojlangan dunyoda yashashga tayyorlaydi.

Keyingi 60 yil davomida texnologiyalar jadal darajada rivojlandi. Internetning ochilishi
(1960) GPS texnologiyalar (1978) dan DNKni skanerlashgacha va albatta Ipod (2001).
Barcha hozirda Iphone va boshqa smartfonlarni ishlatadi. Texnologiyalarsiz hozirgi kunda
dunyoni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Texnologiyalar bundan keyin ham rivojlanishda davom
etadi va STEM ko‘nikmalar bu rivojlanishning asosi bo‘ladi.

STEM maktab dasturlariga qo‘shimcha sifatida.
STEM dasturlari 7-14 yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘tkaziladigan

mashg‘ulotlarga qiziqishlarini orttiradi. Masalan, fizika darslarida erning tortishish kuchi
o‘rganilganda doskada formulalarni yozish tushuntirilsa,STEM to‘garaklarida raketalar,
samolyotlar, elektrotexnik ishlari, robototexnika, xalq hunarmandchiligi va boshqa amaliy
ishlarni bajarish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bunday tartibda o‘qitish, o‘quvchilarga dunyoni

tizimli ravishda o‘rganishga, atrofdagi ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada
qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab etishga, o‘zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli
narsalarni ochishga imkon beradi, o‘quvchilarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, jamoaviy
faoliyat olib borish ko‘nikmalari shakllanadi. Bularning barchasi o‘quvchi rivojlanishining
yuqori bosqichga ko‘tarilishini va kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashga zamin yaratadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi

Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlan-tirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 5712-sonli farmoni.

3.

Avazbayev A.I, Djamaldinova M.B. Texnologiya fanini o‘qitishda interfaol

metodlar va steam texnologiyasi. “Texnologiya fanini o‘qitishda uzviylik ya uzluksizlikni
ta’min-lash muammolari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya mate-riallari to‘plami.
(2021yil 31 may, Toshkent). – B. 28–32.

4.

Qo‘ysinov O.A, Toxirov O‘.A, Mamatov D.N, Aripova D.F. “Mehnat ta’limi”

O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. Toshkent – 2017.

5.

Critical Review of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and

Mathematics) Page 18 of 22 PRINTED FROM the OXFORD RESEARCH ENCYCLOPEDIA,
EDUCATION (oxfordre.com/education). (c) Oxford University Press USA, 2019. All Rights
Reserved. Personal use only; commercial use is strictly prohibited (for details see Privacy
Policy and Legal Notice). Subscriber: OUP-Reference Gratis Access; date: 22 May 2019.

6.

Bulatov C.S., & Jabbarov R.R. (2010). Philosophical and psychological analysis of

works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.

7.

Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics

of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies, 17(1), 285–288.

8.

Расулов М. (2021). Научить студентов во внешкольных учереждениях

составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

9.

Абдирасилов С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в

патриотическом и эстетическом воспитании школьников. Збірник наукових праць
ΛΌГOΣ.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

114

10.

Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric

shapes and problems in its training. Збірник наукових праць SCIENTIA.

11.

Talipov N., & Talipov N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE

DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION.
Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

12.

Nazirbekova S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збірник

наукових праць ΛΌГOΣ.

13.

Jabbarov R.,

&

Rasulov M.

(2021).

FURTHER

FORMATION

OF

STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Збірник
наукових праць ΛΌГOΣ.

14.

Jabbarov R. (2021, March). Priorities for the development of painting. In

Конференции.

15.

Валиев А.Н.

(2021).

Об

Особенностях

Перспективы

Простых

Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61.

16.

Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). FORMATION OF CREATIVE

PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збірник
наукових праць ΛΌГOΣ.

17.

Халилов, Р. (2021). Bolgusi tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirishda

qalamtasvirning o‘rni. Общество и инновации, 2(4/S), 585-590.

18.

Avazbayev A., Jo‘rayev Y., & Tursunxo‘jayeva Z. (2021). Условия организации

процесса технологического образования на основе кредитно-модульной системы.
Общество и инновации, 2(4/S), 171–176. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-
iss4/S-pp171-176

19.

Jabbarov R. (2021, April). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES

THROUGH TEACHING" LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM.
In Конференции.

20.

Хасанов А.А., & Ўроқова Ш.Б.Қ. (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ НА

СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАТИЗИРОВАННОГО ОБЩЕСТВА.
Scientific progress, 2(1), 300-308.

21.

Ozodovich A.A. (2021). The Use of Tasks That Create A Tendency To The

Problems Of Making Typical Mistakes In The Possession Of Graphic Literacy. The American
Journal of Social Science and Education Innovations, 3(06), 99–103.

22.

Усмонов Б.Ш.,

Дадабоева Д.И.,

&

Валиева З.Т.

(2021).

NX-ЭТО

ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА
И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825-834.

23.

Qizi, U.S.B. (2021). Digitization of Education at The Present Stage Of Modern

Development Of Information Society. The American Journal of Social Science and
Education Innovations, 3(05), 95-103.

24.

Аширбаев А. (2021). ЧИЗМАЧИЛИК ТАЪЛИМИНИНГ УЗВИЙЛИГИНИ

ТАЪМИНЛАШ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. ГРААЛЬ НАУКИ, (6),
434-439.

25.

Jabbarov R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством

Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения.
Общество и инновации, 2(5/S), 59–67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-
iss5/S-pp59-67.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

115

26.

Nurtaev U. (2021). Pedagogical issues in ensuring continuous and intermittent

state of the field of fine arts in the system of art education. ACADEMICIA: AN
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1813-1821.

27.

Абдусаломходжаев Н. (2021). ИСТОРИЧЕСКИЕ ЛИЧНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ

МАЛИКА НАБИЕВА. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

28.

Xolmuratovich M.X., & Ravshanovich J.R. (2020). Amaliy va badiiy bezak san’ati.

UO‘K, 76, 075.

29.

Ravshanovich J.R. (2021). Formation of Creative Abilities Of Students By

Teaching The Genre" Landscape" Of Fine Arts. International Journal of Academic
Pedagogical Research (IJAPR) ISSN, 2643-9123.

30.

Авазбоев А., & Хожикаримова Г. (2019). СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ

ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КРЕАТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ. Вестник науки, 5(6), 150-153.

31.

Aвазбоев А.И., & Балтабоев С.А. (2018). ЗНАЧЕНИЕ МЕТОДИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ ПРЕПОДАВАТЕЛЯ ТРУДОВОГО ОБУЧЕНИЯ (ТЕХНОЛОГИЯ).
Высшее и среднее профессиональное образование России в начале 21-го века:
состояние, проблемы, перспективы развития (pp. 18-20).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlan-tirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5712-sonli farmoni.

Avazbayev A.I, Djamaldinova M.B. Texnologiya fanini o‘qitishda interfaol metodlar va steam texnologiyasi. “Texnologiya fanini o‘qitishda uzviylik ya uzluksizlikni ta’min-lash muammolari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya mate-riallari to‘plami. (2021yil 31 may, Toshkent). – B. 28–32.

Qo‘ysinov O.A, Toxirov O‘.A, Mamatov D.N, Aripova D.F. “Mehnat ta’limi” O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. Toshkent – 2017.

Critical Review of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and Mathematics) Page 18 of 22 PRINTED FROM the OXFORD RESEARCH ENCYCLOPEDIA, EDUCATION (oxfordre.com/education). (c) Oxford University Press USA, 2019. All Rights Reserved. Personal use only; commercial use is strictly prohibited (for details see Privacy Policy and Legal Notice). Subscriber: OUP-Reference Gratis Access; date: 22 May 2019.

Bulatov C.S., & Jabbarov R.R. (2010). Philosophical and psychological analysis of works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.

Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285–288.

Расулов М. (2021). Научить студентов во внешкольных учереждениях составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Абдирасилов С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в патриотическом и эстетическом воспитании школьников. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training. Збірник наукових праць SCIENTIA.

Talipov N., & Talipov N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Nazirbekova S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Jabbarov R. (2021, March). Priorities for the development of painting. In Конференции.

Валиев А.Н. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61.

Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Халилов, Р. (2021). Bolgusi tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirishda qalamtasvirning o‘rni. Общество и инновации, 2(4/S), 585-590.

Avazbayev A., Jo‘rayev Y., & Tursunxo‘jayeva Z. (2021). Условия организации процесса технологического образования на основе кредитно-модульной системы. Общество и инновации, 2(4/S), 171–176. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp171-176

Jabbarov R. (2021, April). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING" LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Конференции.

Хасанов А.А., & Ўроқова Ш.Б.Қ. (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАТИЗИРОВАННОГО ОБЩЕСТВА. Scientific progress, 2(1), 300-308.

Ozodovich A.A. (2021). The Use of Tasks That Create A Tendency To The Problems Of Making Typical Mistakes In The Possession Of Graphic Literacy. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(06), 99–103.

Усмонов Б.Ш., Дадабоева Д.И., & Валиева З.Т. (2021). NX-ЭТО ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825-834.

Qizi, U.S.B. (2021). Digitization of Education at The Present Stage Of Modern Development Of Information Society. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 95-103.

Аширбаев А. (2021). ЧИЗМАЧИЛИК ТАЪЛИМИНИНГ УЗВИЙЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. ГРААЛЬ НАУКИ, (6), 434-439.

Jabbarov R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59–67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67.

Nurtaev U. (2021). Pedagogical issues in ensuring continuous and intermittent state of the field of fine arts in the system of art education. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1813-1821.

Абдусаломходжаев Н. (2021). ИСТОРИЧЕСКИЕ ЛИЧНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ МАЛИКА НАБИЕВА. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Xolmuratovich M.X., & Ravshanovich J.R. (2020). Amaliy va badiiy bezak san’ati. UO‘K, 76, 075.

Ravshanovich J.R. (2021). Formation of Creative Abilities Of Students By Teaching The Genre" Landscape" Of Fine Arts. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN, 2643-9123.

Авазбоев А., & Хожикаримова Г. (2019). СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КРЕАТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ. Вестник науки, 5(6), 150-153.

Aвазбоев А.И., & Балтабоев С.А. (2018). ЗНАЧЕНИЕ МЕТОДИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПРЕПОДАВАТЕЛЯ ТРУДОВОГО ОБУЧЕНИЯ (ТЕХНОЛОГИЯ). Высшее и среднее профессиональное образование России в начале 21-го века: состояние, проблемы, перспективы развития (pp. 18-20).