Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Activating activity of knowing to students through non-standard
tests using iSpring Quiz Maker on teaching “Transmissions”
Nozima GULOMOVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 25 September 2021
Available online
25 October 2021
In given article is considered one of the most labour-
consuming that on subject “Drawing” “Transmission” with use
interactive methods. In article is designed several types test in
program “iSpring QuizMaker” for checking the knowledges
pupils.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
drawing,
innovation,
method,
engineering drawing,
AutoCAD,
QuizMaker,
test,
technology,
form,
design introduction,
graphic literacy.
“Uzatmalar” mavzusini o‘qitishda “iSpring Quiz Maker”
dasturidan foydalanib, talabalarga nostandart testlar orqali
bilish faolligini faollashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
chizma,
innovatsiya,
uslub,
chizmachilik,
AutoCAD,
QuizMaker,
shakl,
texnologiya,
test, grafik savodxonlik.
Mazkur maqolada “Uzatmalar” mavzusini o’qitishda interfaol
metodlardan foydalanishning nazariy asoslari yoritib berilgan.
Shuningdek, “Uzatmalar” mavzusi bo‘yicha talabalarga o‘z-o‘zini
nazorat qilish uchun “iSpring QuizMaker” dasturidan foydalanib,
nostandart testlarning bir nechtasini pedagogik va kommuni-
katsion texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
1
PhD, Department of Engineering and Computer Graphics, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: gulomova.nozima@mail.ru.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
9
Активизация познавательной деятельности учащихся с
помощью нестандартных тестов с использованием iSpring
Quiz Maker по обучению “Передачам”
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
чертёж,
инновaция,
метод,
черчение,
AutoCAD,
QuizMaker,
форма,
технология,
тест,
графическая грамотность.
В данной статье рассматривается одна из самых
трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с
использованием
интерактивных
методов.
В
статье
разработаны несколько видов тестов в программе «iSpring
QuizMaker» для проверки знаний учащихся.
Innovatsion texnologik jarayonlar har qanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazgani kabi
ta’lim sohasida kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘qitishning sifatini
oshirib, talabalarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish, talabalarga mustaqil o‘zlashtirish
faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib bo‘ldi. Zamonaviy
sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan
holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab,
samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda darslarni zamonaviy pеdagogik va axborot kommunikatsion tеxno-
logiyalar asosida o‘tkazishga katta e’tibor berilayotgan bir vaqtda, hozirgi kun o‘qituvchisi
pedagogik texnologiyalar bilan birga axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali
foydalana olishi lozim. Ya’ni, pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan
foydalanish, MS Office dasturlarida elektron o‘quv-metodik materiallarni yaratish usullari
(Microsoft Word, Archi CaD, Autodesk 3dsMax, AutoCAD, iSpring QuizMaker, Excel, Power
Point)ni har bir o‘qituvchi bilishi zarur bo‘lib qoldi. Ushbu dasturiy vositalardan chizma
geometriya, chizmachilik fanlarini o‘qitishda ta’lim sifatining o‘shishiga yordam beradi.
Chizmachilik fanining eng katta bo‘limlaridan biri “Mashinasozlik chizmachiligi”
bo‘lib, u texnika va ishlab chiqarish sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib uning rivojlanishi va
taraqqiy etishi aynan shu fanning grafik ta’minotiga bog‘liq. Ma’lumki, mashinasozlik
chizmachiligida mashina detallarining ishchi chizmalarini taxt qilish qoidalari, talab va
ehtiyojdan kelib chiqqan holda turli buyum va moslamalarning takomillashtirilgan
variantlarini loyihalash, konstruktorlik ishlari ham o‘rganiladi. Shu sababli talabalar
fazodan tekis chizmaga yoki, aksincha, tekis chizmadan fazoga ko‘chishda, loyihalash
ishlarini amalga oshirishda biroz qiynaladi.
Ma’lumki, uzatmalardan texnikada keng foydalaniladi. Ularning turlari, foydalanish
maqsadlari hamda har birining ishchi chizmalarini bajarish qoidalarini bilish talab etiladi.
Bunda g‘ildiraklarning parametrik formulalarini bilish va uni amalda tatbiq qila olish lozim
bo‘ladi.
Shu maqsadda mashinasozlik chizmachiligining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan
uzatmalar mavzusi misolida ko‘rishimiz mumkin. Talabalar uzatmalar mavzusini
o‘zlashtirishida, ularni loyihalashdagi qobiliyatlarini grafik savodxonligini ta’minlash,
ta’limda sifat va samaradorlikka erishih uchun fanni o‘qitish jarayonida interfaol metodlar,
pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan unumli foydalanishi zarur.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
10
Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu
ilashma uzatish g‘ildirak tishlarining o‘zaro ilashishidan hosil bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar
aylanma harakatni yеtakchi valdan yеtaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning
uchun tishli g‘ildiraklardan biri
yеtakchi
, ikkinchisi
yеtaklanuvchi
hisoblanadi. Ikkalasi-
ning tishlarini o‘lchamlari bir-biriga mos kelishi shart.
Yetakchi va yеtaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil tezlik bilan
harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bo‘lgan bir xil tishli g‘ildiraklar
o‘rnatiladi. Agar yеtaklanuvchi val yеtakchi valga nisbatan sekinroq aylanishi kerak bo‘lsa,
u vaqtda yеtaklanuvchi valga tishlarning soni ko‘proq bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi
yoki aksincha. Bu еrda tishlarining soni kam bo‘lgan g‘ildirak
shesternya
, tishlarining soni
ko‘proq bo‘lgani
tishli g‘ildirak
deyiladi.
Yetakchi va yеtaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro paralel bo‘lsa, u
vaqtda aylanma harakat
silindrik tishli g‘ildiraklar
yordamida uzatiladi. Agar yеtakchi va
yеtaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro kesishishsa (to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak
ostida), u holda harakat
konussimon tishli g‘ildiraklar
orqali uzatiladi. Mabodo vallarning
geometrik o‘qlari o‘zaro ayqash (kesishmaydigan, chalmashuvchi) bo‘lsa, aylanma harakat
vint
(
chervyak
) va
chervyak g‘ildiragi
orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma
harakatini ilgarilanma harakatga o‘zgartirish lozim bo‘lsa, u vaqtda mexanizmga reyka
o‘rnatiladi.
1-chizma. Tishli g‘ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bo‘lishiga qaramay,
ularning modullari bir xil bo‘ladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
11
Tishli g‘idirakning tasnifi quyidagicha:
–
tishlarning profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq tishli (Novikov
ilashmasi) va sikloidali tishli;
–
tishning turiga qarab to‘g‘ri tishli, qiyshiq tishli, shevronli;
–
val o‘qlarining o‘zaro joylashishiga nisbatan silindrik uzatmalar to‘g‘ri tishli
(1.1-shakl,
a
); qiyshiq tishli (1.1-shakl,
b
); shevronli tishli (1.1-shakl,
c
); konussimon
uzatmalar (to‘g‘ri tishli, 1.1-shakl,
d
); qiyshiq tishli (1.1-shakl,
e
); aylanma tishli (1.1-shakl,
f
); vintli (1.1-shakl,
g
); chervyakli (1.1-shakl,
h
) ; gipoidli (1.1-shakl,
k
) uzatmalar;
Dastlab talabalarning bilishi va o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan nazariy ma’lumotlarni
keltiramiz va so‘ngra qoyilgan muammoning yеchimini bajarishga misollar keltiramiz.
Friksion uzatmada ikki silindrik g‘ildirak o‘zaro ishqalanib, aylanma harakat qiladi.
O‘zaro ishqalanib aylanma harakat qilayotgan silindrlarni boshlang‘ich silindrlar deb
qabul qilib, ularning diametrlarini boshlang‘ich yoki bo‘luvchi aylanalar diametri deb
hisoblash mumkin. Tishli g‘ildirak chizmasida bunday aylanalar shtrix-punktir bilan
tasvirlanadi. G‘ildirak tishlarining kallaklari shu boshlang‘ich aylanadan yuqorida, tish
oyog‘i (tubi)ning qismlari shu boshlang‘ich aylanalarning ostida joylashadi. Shunday qilib,
boshlang‘ich yoki bo‘luvchi aylana tishlarni ikkiga ajratuvchi yoki bo‘luvchi aylana
hisoblanadi.
2-chizma. Har qanday tishli g‘ildirakning chizmasini chizish boshlang‘ich aylanadan
boshlanadi. Qolgan geometrik parametrlari quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi (2-
chizma).
boshlang‘ich (bo‘luvchi) aylana diametri
d = m z ;
tish kallagining balandligi
h
a
= m;
tish oyog‘ining balandligi
h
f
=
1,25 m
;
tishning umumiy balandligi
h = 2,25 m
;
tashqi (chiqiqlar) aylana diametri
d
t
=
m (z+2);
ichki (o‘yiqlar) aylana (tish oyog‘i aylanasi) diametri
d
i
= d2,5 m
;
tishli g‘lldirak qalinligi
b
=
(6... 10) m
;
gupchak diametri
d
gup
(1.6...2) d
v
;
gardish diametri
d
gar
=d-(6...10) m;
disk (mustahkamlash devori) qalinligi
k
=
0,36
;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
12
diskdagi еngillashtirish teshiklari diametri
D =0,5(d
gar
-d
gup
)
;
diskdagi еngillashtirish teshiklarning markazlari diametri
d
e
=0,25(d
gar
-d
gup
)
;
gupchakning uzunligi
l
gup
=
1,1
b
;
shponka uchun o‘yiq (paz) o‘lchamlari standartda belgilangan jadvaldan olinadi.
Tishlarning normal qadami
P
t
, doiraviy tishning normal qalinligi –
S
t
boshlang‘ich
aylana bo‘yicha o‘lchanadi. Boshlang‘ich aylananing uzunligi qadami
P
t
ning tishlar soni
z
ga ko‘paytirilgan qiymatiga, ya’ni
P
t
·
z
ga teng. Demak, aylana uzunligi
π
·
d = P
t
·
z
bo‘ladi.
Bundan boshlang‘ich aylana diametri
d = (P
t
/π) z
bo‘lib,
m = P
t
/π
bo‘ladi. Shuning uchun
boshlang‘ich aylana diametrining ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
d = m
·
z ,
u vaqtda
m = (d/z)
bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, modul
m
tishli g‘ildirakning bitta tishiga
boshlang‘ich aylananing qancha qismi to‘g‘ri kelishini ifodalovchi son ekan. Shunday qilib
modul m va tishlar soni z tishli ilashmalarni (g‘ildirakni) aniqlovchi asosiy qiymatlar
hisoblanadi.
O‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish,
mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish,
tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy,
tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish,
o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yеchimini topishga intilish, murakkab
vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi,
interfaol ta’lim texnologiyasini qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy
maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish,
yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga
kiritadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi asosiy shakllari
keng qo‘llanilmoqda:
Ijodiy topshiriqni bajarish.
Test o‘tkazish (nostandart testlar).
Masofaviy ta’lim.
“Chigal yozdi” mashqlarini tashkil etish.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish.
Treninglar o‘tkazish.
Didaktik o‘yinlar (ishbilarmonlik, rolli va imitatsion o‘yinlar).
Ijtimoiy loyiha (musobaqa, forum, intervyu, aksiya, tomosha, ko‘rgazma).
ijtimoiy zahiralardan foydalanish (mutaxassisni taklif etish, ekskursiya).
Yangi materialni o‘rganib, mustahkamlash (interfaol ma’ruza).
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
13
“Uzatmalar” mavzusi bo‘yicha talabalarga o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun “iSpring
QuizMaker” dasturidan foydalanib, nostandart testlarning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
1.
Rasmda berilgan uzatma turlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing.
1
2
3
4
5
6
7
8
Uzatma turlari nomi
Raqamlar
Konus tishli uzatma
Chervyakli ilashma
Reykali ilashma
Zanjirli uzatma
Xrapovikli mexanizm
Friksion uzatma
Silindr tishli uzatma
Tasmali uzatma
To‘g‘ri javob:
Rasmda berilgan uzatma turlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing
1
2
3
4
5
6
7
8
Uzatma turlari nomi
Raqamlar
Konus tishli uzatma
8
Chervyakli ilashma
4
Reykali ilashma
7
Zanjirli uzatma
5
Xrapovikli mexanizm
3
Friksion uzatma
1
Silindr tishli uzatma
6
Tasmali uzatma
2
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
14
2. Tishli uzatmalarning turlarini uning xususiyatlari bilan juftlang.
1.
Silindr tishli
uzatma
A
Uzatma g‘ildiraklarining vali o‘zaro kesishuvchi bo‘lganda
ushbu uzatmadan foydalaniladi.
2.
Konus tishli
uzatma
B
Valdagi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga (yoki
aksincha) aylantirib berishda ushbu ilashmadan foydalaniladi.
3.
Chervyakli ilashma
C
Uzatma g‘ildiraklarining vali o‘zaro parallel bo‘lganda ushbu
uzatmadan foydalaniladi.
4.
Reykali ilashma
D
Uzatma g‘ildiraklarining vali o‘zaro chalmashuvchi bo‘lganda
ushbu ilashmadan foydalaniladi.
Javob:
1-
2 -
3 -
4 -
To‘g‘ri javobi:
Javob:
1 - C
2 - A
3 - D
4 - B
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
15
3. Rasmda berilgan silindrik tishli g‘ildirakning elementlariga mos raqamlarni
aniqlang va yozing.
G‘ildirak elementlari
Raqamlar
botiqlar aylanasi
bo‘luvchi aylana
cho‘qqilar aylanasi
g‘ildirak gupchagi aylanasi
g‘ildirak vali
g‘ildirak gupchagi eni
g‘ildirak eni
To‘g‘ri javobi:
G‘ildirak elementlari
Raqamlar
botiqlar aylanasi
7
bo‘luvchi aylana
6
cho‘qqilar aylanasi
5
g‘ildirak gupchagi aylanasi
4
g‘ildirak vali
3
g‘ildirak gupchagi eni
2
g‘ildirak eni
1
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
16
4. Tishli g‘ildirakning elementlarini uning xususiyatlari bilan juftlang.
1.
Tish kallagi
A
G‘ildirakda shponka uchun ochilgan prizmatik o‘yiq.
2.
Tish oyog‘i
B
G‘ildirakni
b=(6÷8)m formula bilan aniqlanadigan parametri.
3.
G‘ildirak eni
D
Tishni bo‘luvchi va cho‘qqilar aylanasi orasidagi balandlik masofasi.
4.
Shponka ariqchasi
E
Bitta tishning bo‘luvchi aylanada egallagan uzunligi.
5.
Tish moduli
F
Tishni bo‘luvchi va botiqlar aylanasi orasidagi balandlik masofasi.
Javob:
1 -
2 -
3 -
4 -
5 -
Javobi:
Javob:
1 - D
2 - F
3 - B
4 - A
5 - E
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
17
Zamonaviy pеdagogik va axborot kommunikatsion tеxnologiyalarning qo‘lla-
nilishidan maqsad shundaki, bunda talabalarning o‘tilgan mavzularni oson o‘zlashtirishi
va malakalarini oshirishiga erishiladi va ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Har bir o‘qituvchi pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi va amaliyotda
ulardan samarali foydalana olishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: Cho‘lpon, 2005.
2.
Raxmonov I., Qirg‘izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. –
T.: “Voris-nashriyot”, 2016. – B. 456.
3.
N.X. Gulomova Chizmachilik (Mashinasozlik chizmachiligi) o‘quv qo‘llanma “Fan
va texnologiyalar” nashriyoti – T.: 2017. – B. 81–82.
4.
N.X. Gulomova Chizmachilik darsligi “Fan va texnologiyalar” nashriyoti – T.: 2019
– B. 185–186.
5.
А.Н. Валиев, Д.Ж. Туланова, Н.Х. Гуломова, Современные педагогические и
инновaционные технологии обучения на занятиях по черчению // Молодой ученый
2018. – № 3. – С. 183–189.
6.
A. Abduraxmonov Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi. – Toshkent: “Cho‘lpon”, 2005.
7.
X.A. To‘raev, N.X. Gulomova A.E. To‘raqulov Chizmachilik (ajraladigan va
ajralmaydigan birikmalar) (metodik qo‘llanma) “Surxon-Nashr” Termiz. – 2019.
8.
N.X. Gulomova, I.S. Saidova “Uzatmalar” mavzusini o‘qitishda interfaol
metodlardan foydalanish metodikasi “Zamonaviy arxiekura va qurilishning dolzarb
muammolari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – T., 2018. – B. 85–93.
9.
N.X. Gulomova “Og‘ma qirqim va kesim” TDPU Rizografi. – 2012.
10.
I. Rahmonov, A. Abdurahmonov “Chizmachilikdan ma’lumotnoma”. Toshkent,
A. Navoiy nomidagi milliy kutubxona nashriyoti, 2005.
11.
Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Технология и условия проведения
дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как
фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и
современного общества (PP. 89–93).
12.
Валиев А.Н., Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Современные
педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению.
Молодой ученый, (3), 183–184.
13.
Gulomova N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching
drawing lessons (on the example of views). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL
MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1637–1642.
14.
Saydaliyev S., & Gulomova N. (2019). Development of Spatial Thinking of
Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of
Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210–214.
15.
Gulomova N., & Saidaliyev S. (2020). Development of Emergency Image in
Students Psychological-Pedagogical Problems. International Journal of Progressive
Sciences and Technologies, 18(2), 181–186.
16.
Sobitovich B.S.,
Ahmedovich M.N.,
Erpolatovich T.N.,
Khotamovna G.N.,
&
Jurakhanovna T.D. (2020). PRINCIPLES OF USING SCIENTIFIC DISCOVERIES IN
MODERNIZATION OF THE ART EDUCATION SYSTEM. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2020.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
18
17.
Гуломова Н.Х.,
&
Туланова Д.Ж.
(2017).
Использование
законов
перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ.
конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий
амалий конференция мақолалари тўплами. Кукон Давлат педагогика институти).
In Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий
амалий конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).
18.
Gulomova N. (2021). Chizma geometriya, chizmachilik darslarida talabalarga
testlar orqali ularning bilimini aniqlash. Грааль науки, (4), 404–408.
19.
Saydaliyev S.S., & Gulomova N.K. (2015). UMUMIY O ‘RTA TA’LIM
MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI SIFAT VA SAMARADORLIGINING
OSHIRISH. FORMATION A CULTURE OF INDEPENDENT THINKING IN THE EDUCATIONAL
PROCESS, 161.
20.
Саидалиев С.С., Гуломова Н.Х., & Туланова Д.Ж. (2017). Методы эффективного
использования законов перспективы при обучении изобразительному искусству.
Молодой ученый, (7), 462–469.
21.
Рихсибаев Т. (2013). Еще раз о трисекции угла, но не последней. Журнал
«Педагогик таълим, 6, 70–74.
22.
Xadicha G’Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021).
SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA
NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669. Xadicha G’ayratjon Qizi Abdusalomova, &
Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI
ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-
669.Xadicha G’Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021).
SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA
NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663–669.
23.
Alimovich N.E. (2021). Determination Of General Positions for The Solution of
Geometric Tasks. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2),
237–241.
24.
Jabbarov R. (2021, June). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TRADITIONS AND
STUDENT TRADITIONS. In Конференции.
