Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Titans of the art of the high period of renewal – studies by
Leonardo da Vinci, Raphael Santi and Michelangelo Buonarotti
Dilfuza TULYANOVA
1
Secondary school 203
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 15 September 2021
Available online
11 October 2021
This article examines the work of the geniuses of the
Renaissance – Leonardo da Vinci, Raphael Santi and Michelangelo
Buonarotti, necessary for a more effective assimilation of the
discipline of the history of visual arts. The history of visual arts is
the foundation of knowledge that shapes the growth and
development of the future artist-educator.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
relevance,
art,
genre,
artist,
stage,
school,
work,
museum,
salon,
education.
Yuqori uyg‘onish davri san’atining titanlari – Leonardo da Vinchi,
Rafael Santi va Mikelanjelo Buonarottilar ijodini o‘rganish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
dolzarblik,
san’at,
janr,
rassom,
davr,
maktab,
asar,
muzey,
salon,
ta’lim.
Ushbu maqola Jaxon tasviriy san'atining yetuk namoyon-
dalari – Leonardo da Vinchi, Rafael Santi va Mikelanjelo
Buonarottilar ijodining o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan
imkoniyatlarni ko‘rib chiqadi. Ma’lumki, tasviriy san’at tarixi
rassom-o‘qituvchining kelajakda o‘sishi va rivojlanishini shakl-
lantiradigan bilimlarning asosidir.
1
Teacher, Secondary school 203, Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
386
Титаны искусства высокого периода обновления –
исследования Леонардо да Винчи, Рафаэля Санти и
Микеланджело Буонаротти
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
актуальность,
искусство,
жанр,
художник,
этап,
школа,
произведение,
музей,
салон,
образование.
Данная статья рассматривает творчество гениев эпохи
Возрождения – Леонардо да Винчи, Рафаэля Санти и
Микеланджело Буонаротти, необходимые для более
эффективного
усвоения
дисциплины
история
изобразительного искусства. История изобразительного
искусства – это основа знаний, которая формирует рост и
развитие будущего художника-педагога.
XVI asr, yoki Chinkvechento yorqin voqealik bilan ajralib turadi: Yuqori Uyg‘onish
davri san’atida markaziy joy inson obraziga tegishli bolgan. XV-asr rassomlari asosiy
e’tiborni insonni o‘rab turgan narsalarga, shu o‘rinda tabiatga ham baravar e’tibor berar
edi. XVI asrda inson siymosi borliqqa nisbatan bo‘lgan munosabatni universal ifodasiga
aylandi. Shu o‘rinda e’tiborning asosiy ob’ekti sifatida – aloxida shaxs bo‘lishi tusga kiradi,
bu holatni xattoki ko‘p personajli kompozitsiyalarda ham kuzatishimiz mumkin. Nafaqat
jismoniy shuningdek aqliy va ruxiy tomondan uyg‘unlikka ega Komil inson san’atning
asosiy mazmuniga aylandi. San’atshunos N. Abdullaevning fikrlari bo‘yicha: …Jismoniy
baquvvat, ma’naviy barkamol, har qanday diniy ta’sirlardan xoli bo‘lgan, o‘zi va o‘zgalar
uchun ko‘rasha oladigan, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘ya oladigan inson
davrning, san’at asarlarining bosh qahramoniga aylandi. Negaki Yuqori Uyg‘onish davri
san’atini aynan shundek tasviriy san’at Titanlari yaratgan edi. Ya’ni “Titanlar” deb – yangi
tipdagi rassom-ijodkorlar, katta bilimga ega shaxs egalari, o‘z davrining madaniyatini tub
mohiyatini egallagan insonlarga nisbatan aytiladi. O‘rta va Shimoliy Italiyaning
chinkvechento davrida uch buyuk shaxs – Leonardo da Vinchi, Rafael Santi va Mikelandjelo
Buanarottilar ushbu nomga ega bolib, ularning xattoki o‘z zamondoshlari ham “Iloxiy
insonlar” deb atashgan.
Yuqorida aytganimizdek Leonardo da Vinchi (15-aprel 1452-yil Vinchi shaxri,
Florentsiya yaqinida – 2-may 1519-yil, Klu qasri, Turen, Frantsiya) Yuqori Uyg‘onish davri
Titanlaridan hisoblanib yana bir yorqin ismga ya’ni “Universal odam” nomiga sazovor
rassom, haykaltarosh va olim, muxandis va shoir, Chenkvechento davrining yirik
namoyandasi. Leonardo da Vinchi anatomiya, botanika, zoologiya, geografiya, astrono-
miya, geologiya, mexanika va boshqa qator fanlar bilan shug‘ullangan. Tasviriy san’atning
ilk sirlarini Kvatrochento davrining eng mohir ustasi A. Verrokkio ustaxonasida o‘rgangan
(1467–72-yillari). Shogirdlik davrida Leonardo shuningdek Florentsiyadagi zodagon-
larning xonadonlariga va gumanistik to‘garaklarga borganligi ma’lum. Leonardoni
o‘zgacha betakror iqtidori uning ilk tasvirlari, ya’ni ustozi A. Verrokkio bilan yaratgan
“Isoning cho‘qintirish” (1470–1475 y.) nomli asaridagi farishtalar obrazida namoyon
bo‘lgan. Tasviriy san’atdagi rassomning novatorlik pozitsiyalari uning ilk asarlaridan
ma’lum bo‘lgan (“Litta Madonnasi”, “Gul ushlagan Madonna”(Benua Madonnasi),
Sehrgarlar ta’zimi, “Muqaddas Ieronim”).
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
387
Leonardo Da Vinchi “Gul ushlagan Madonna”yoki Benua Madonnasi deb ataladigan
ilk asaridayoq o‘zini kata iqtidor egasi sifatidla namoyon qildi. Ushbu ona va bola
portretida Leonardo kvatrochento davrida yaratilgan asarlarni statik qo‘rinishi va atrof
muxitdagi detalarning ko‘pligdan voz kechib, tasvirlangan kahamonlarni psixologik
holatini ochib berishga harakat qilgan. Bu asar noziklik va poetik jozibadorligi bilan ajralib
turadi. Yosh ona qo‘llarida gulbrglari xoj shakliga o‘xshagan nafis gulni o‘z farzandiga
uzatayotgani tasvrlangan. Ko‘rinishidan oddiy kompozitsiyaga ega bu asarni rassom har
bir detalini mukammallik darajada ishlaganligi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Rassom
uyg‘un ranglar va fazoviy tuman yordamida tasvirni o‘rab, rangtasvir sa’atiga o‘zining
keyinchalik mashxur bo‘lgan sfumato texnologiyasini olib kirdi.
Lyudovik Sfortso qasrida ijod qilgan davrlar ham rassomnig sermazmun
hisoblanadi. Milan davrida rassom maxobatli freska va mehrobli kartina muammolari
yechimiga qaratganligi ma’lum. Shuningdek Fracheskeo Sfortsoga bag‘ishlangan monu-
mental otliq haykal yaratadi. Avval bu gipsdan yasalgan Francheso Sfortsaning otliq
haykali gaskoniyaik xarbiylar tomonidan sindirib tashlangan. Leonardo da Vinchi o‘z
davrining insonparvarlik g‘oyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi;
uning asarlarida mayin nur-soya vositasida shaklning hajmini ko‘rsatdi. Asarlarida diniy
mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar ko‘zgusiga aylantiradi. Ilmiy kuzatishlari natija-
larini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda
katta mahoratga erishdi. Ba’zan tashqi ko‘rinish (yuzdagi zo‘rg‘a ilg‘ab olinadigan
tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik ko‘ngil
holati)ni ifodalaydi: “Madonna Benua” (taxm. 1478 y.), “Qoyadagi madonna” (1483–94 y.,
2-nusxasi 1497–1511 y.), “Litta madonnasi” (1480 ylning o‘rtalari), “Oqsuvsarli xonim”
(1483 y.).
Rassomning alohida tahlil qilinadigan asarlaridan biri bu – Milandagi Santa Mariya
della Gratsie monastiridagi «Sirli oqshom» devoriy asaridir (1495–97 y.).
Kompzitsiya markazini Iso payg‘ambar egallagan bo‘lib uning yuz qismiga faqatgina
Leonardo ijodiga hos bo‘lgan nur va soyalar iloxiylik baxsh etgan. Lenardo da Vinchi bu
freskasida bir vaqt ichida tasvirlangan 12 apostollar va Isoning ruxiy holatini vaqt bilan
o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat qilgan. Ushbu asarda har bir qaxramonning
individual vazifasi bilan bir qatorda butun kompozitsiyadagi umumiy obraz aks ettirilgan.
Rassomning yana bir shoh asari bu – “Mona Liza” (“Jokonda” nomi bilan mashhur,
taxm. 1503 y.) portretidir. Ushbu asarda rassom ayolning ideal obrazini yaratishga harakat
qilgan. Asarga tegishli manbalarning aksariyat qismida portretda bankir Franchesko del
Jokondoning rafiqasi tasvirlangan deb keltirilgan. Bu portret ham ijodkoriing rang-
tasvirdagi izlanishlarini natijasi bo‘lib, undagi orqa fonning tumanda ko‘milgan tog‘
manzarasi, Mona Lizaning tubassumiga sirli ko‘rinish ato etadi. Shuningdek ayolning
nigoxi ham aloxida e’tiborga egadir. Sfumato texnologiyasi qo‘llanilganligi tufayli,
portretda tasvilangan ayolga turli nuqtalardan qaralsa ham, Mona Liza ba’misoli
tomoshabin tomonga doimo qarab turgandek tuyuladi. Bunga yana bir sabab Leonardo-
ning tasvirlagan qaxramonlari uzoqdagi perspektiva fonida emas, aksincha fazo ya’ni
makon ichida, old va orqa planlardagi uzilishdan voz kechgan tarzda ularning ikkisini
birlashtirib ishlanganligidadir. Mona Liza yoki Djokonda portreti bu – portret san’atidagi
yangi qadam bo‘lib, u bilan Yevropa tasviriy san’atida psixologik portret rivoji vujudga
keldi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
388
Rassom ijodining yana bir muxim tomonlaridan biri – rangtasvirdagi izlanishlar
natijasida Leonardo da Vinchi” Angiyari jangi” (1503–06 y.), “Ioann Krestitel
(Cho‘qintiruvchi)” (taxm. 1513–17 y.); dunyo halokati ifodalangan “Toshqin” rasmlar
turkumi (taxm. 1514-16 y.) asarlarida tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning
ojizligi, tabiiy jaraenlarning takrorlanishini aqliy tasavvuri bilan uygunlashtiradi.
Leonardo da Vinchi dunyoqarashini o‘rganishda uning yon daftari va qo‘lyozmalari
(taxm.7 ming varaq) (shogirdlaridan F. Meltsi tomonidan uning yozmalari asosida tuzilgan
“Rangtasvir haqida risola”si) Yevropa amaliyoti va nazariyasiga ta’sir ko‘rsatgan muhim
manbadir.
“Universal inson” deb nom olgan Leonardo da Vinchi me’mor sifatida “ideal” shahar
va gumbazli ibodatxonaning turli xil loyihalarini ishlab chiqdi. Olim va muhandis sifatida
o‘z davri fanining barcha sohalarini boyitdi, ayniqsa, e’tiborni mexanikaga qaratdi.
Yaratishga bo‘lgan ehtiros uni o‘z davridan ilgarilab ketishiga olib keldi: muxandis-olim
sifatida Leonardo da Vinchi xarbiylar tanki, parashyut, velosiped, yer kavlaydigan
mashina, uchish apparatlari, suv osti kemasi, bosma, to‘quvchilik va boshqa dastgohlar
loyihalari shular jumlasidan. Shu o‘rinda Leonardo da Vinchining inson anatomiyasi va
ayniqsa uning muskul apparatini tasviriy san’at nuqtai nazaridan o‘rganishga e’tibor
berganligini alohida ta’kidlash kerak. Rassom inson tanasining ideal (komil)
proportsiyalarini odam tanasini tog‘ri to‘rt burchak va aylana shakllarga moslashtirgan
tarzda ishlab chiqdi. Leonardo da Vinchi o‘z ijodiy faoliyatini san’at, borliq va fan
o‘rtasidagi uyg‘unlik va uzaro bog‘liqni izlashga aylantirgan.
Rafael Santi (asli Rafaello Santi (Sanzio) ) 26 yoki 28 mart 1483 (ayrim manbalarga
ko‘ra, 6 aprel), Urbino – 1520.6.4, Rim) italyan rassomi va me’mori; Rafael Santi ijodida
yuksak Uyg‘onish davriga hos bo‘lgan go‘zallik va mukammal dunyo haqidagi ilg‘or
qarashlar, hayotbaxsh ideallar uyg‘unlikda o‘ta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk
asarlaridayoq manzara bilan uyg‘unlashgan nafis shakllar Rafaelning yuksak iqtidoridan
darak beradi. Tasviriy san’atnining ilk sirlarini otasi Jovanni Santidan o‘rganadi.
17 yoshida Rafael Perudjiga rassom Pietro Perudjinoga shogird bo‘lish uchun ketadi. To‘rt
yildan so‘ng Rafael Florentsiyaga kelib Yuqori Uyg‘onish davrini rivojiga o‘z hissasini
qo‘shadi. 1504-08 yillar Florentsiyada yashab, buyuk san’atkorlar (Leonardo da Vinchi,
Fra Bartolommeo) ijodini, anatomiya va perspektivani o‘rganadi, dramatik voqealarga boy
asarlar yaratadi. Ijodining ilk davrida betakror madonnalar obrazi yaratib tanildi:
“Madonna Granduka” (Pitti, Florentsiya), “Bog‘bon madonna” (Luvr, Parij), Madonna
Terranuova (Berlin kartinalar galereyasi, Berlin), Chinnigullar ushlagan madonna
(London milliy galereyasi, London), “Madonna Konestabile” (Ermitaj – taxm.1500-02)
“Mariyaning nikohi” (1504, Brera) (fazoviy yechimi jihatidan ustozi Perujino asarlariga
yaqin).
1508-yilda papa Yuliy II taklifi bilan Rimda ijod qiladi shuningdek antik yodgorliklar
bilan tanishadi, arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi. Rim davrining eng yuksak ijodiy
asarlari – bu Vatikan saroyidagi devoriy rasmlar turkumi, ularda ozodlik g‘oyalari va
insoniy baxt, insonni xar tomonlama jismoniy o‘sishi va ruhiy imkoniyatlarini tarannum
etadi, saroy zal(stantslar-rasmiy qabul va marosimlar xonalari)lariga ishlagan freskalari
rassomlik san’atida monumental rangtasvirning katta yutug‘i, tasviriy san’atning
me’morlik bilan uyg‘unligining eng yaxshi namunasi bo‘ldi. Jumladan, Della Senyatura
zalida inson faoliyatining 4 sohasi – din (“Munozara”), falsafa (“Afina maktabi”), she’riyat
(“Parnas”), huquq (“Aql, Mezon va Kuch”)ni tasvirlaydi хamda plafonda shu
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
389
kompozitsiyalarga mos injil va afsonalar mazmuniga oid majoziy shaklli kompozitsiyalar
yaratib, ulkan iste’dod egasi sifatida shuxrat qozondi. Ushbu asarlarda Rafael xristian dini
va antik madaniyatining sintez g‘oyalarini aks ettirishga harakat qilgan. Ushbu turkumning
eng ulug‘vori “Afina maktabi” bo‘lib, rassom avvalombor bu devoriy surati orqali o‘zining
buyuk zamondoshlari: Leonardo da Vinchi (Aflotun), Mikelandjelo Buonarotti (Demokrit),
shuningdek astronomlar orasida o‘zini ham siymosini abadiylashtirdi.
Rimda Rafael yetuk portretchi sifatida ham namoyon bo‘ddi: “Papa Yuliy II” (taxm.
1510), “Kardinal portreti” (taxm. 1512), “B. Kastilone portreti” (1515-16), “Lev X
kardinallar bilan” (taxm. 1518); “Madonna Alba” (taxm. 1510–I), “Madonna di Folino”
(taxm. 1511-12) kabi madonnalar tasvirida ulug‘ tuyg‘u – onalik tuyg‘usini bera oldi. Shu
o‘rinda rassomning katta mehrob kompozitsiyasi “Sikst madonnasi” (1515-19) eng
mukammal asar sifatida xavotirlik va o‘ta nafosat tuyg‘usini uyg‘unlashtirgan go‘zallik
etaloni deb tan olgan. Kartinaning asosiy qaxramonlari ona va muqaddas go‘dak-Bibi
Mariyam va Isodir. Ularning ajratuvchi jihatlar-bu onadagi beg‘uborlik, ya’ni go‘daklarga
hos poklik va chaqaloq yuzidagi kattalarga hos jiddiylikdir. Asarning pastki qismida ta’zim
qilayotgan Muqaddas Sikst va avliyo Varvarani ko‘rishimiz mumkin. Ularning o‘rtasida
tasvirlangan hayolga cho‘kkan ikki farishta asarga betakror nafislik bahsh etadi.
Rafaelning “Sikst madonnasi” asari Drezden galereyasini nodir asarlaridan biri
hisoblanadi.
Rafael Santi me’morlik san’atidagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir: me’mor
Bramante boshlagan Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishiga uning vafotidan so‘ng Rafael
rahbarlik qildi, qurilishni o‘zining yangi bazilikali loyihasi asosida davom ettirdi.
Vatikandagi bir necha binolar Rafael rahbarligida qurilgan, uning loyihasi va rasmlari
asosida ko‘p binolar, ayniqsa, yirik saroylar barpo etilgan, har bir saroyga o‘ziga hos qiyofa
va bezaklar berishga intilgan. Rafael qurgan binolar salobatliligi va intererlarining
nozikligi bilanajralib turadi. Uzoq vaqtlar davomida betakror san’at namunasi mavqeini
saqlagan Rafael ijodiga keyingi davr ijodkorlari ideal san’at namunasi sifatida murojaat
etdilar. O‘zining mashhur zamndoshlari Leonardo da Vinchi va Mikelandjelolardan farqli
Rafael Santining umri qisqa bo‘lgan (37 yosh). Shunga qaramasdan qisqa umrini davomida
ijodkor Jaxon tasviriy san’atida o‘chmas iz qoldirishga ulgurdi.
Yuqori Uyg‘onish davriing yana bir titani – Mikelangelo Buonarroti (to‘liq nomi
Mikelanolo di Lodoviko Lionardo di Buonarroto Simoni; 1475.06.03, hoz. Kapreze-
Mikelanjelo, Toskana – 1564.18.02, Rim) – italiyan haykaltaroshi, rassomi, me’mori va
shoir; Uyg‘onish davrining buyuk arboblaridan. Rassom Mikelangelo Domeniko Girlandaio
(1488–1496) va haykaltarosh Bertoldo di Jovanni(1489–90)dan ta’lim olgan. Jotto,
Donatello, Mazachcho kabi rassomlarning asarlari va qadimgi haykaltaroshlikni o‘rganishi
Mikelangeloning ijodiy kamolotiga muhim ta’sir ko‘rsatgan. M. Buonarrotining dastlabki
asarlaridayoq uning ijodiga hos asosiy xususiyatlar – mahobatlilik, obrazlar shaklining
qudrati va dramatizmi, inson go‘zalligiga ehtirom ko‘zga tashlanadi: “Zinapoya oldida
turgan Madonna” va “Kentavrlar” releflari (ikkalasi ham marmar, taxm. 1490–92). “Vakx”
haykali (1496–97, Rim), “Pieta” (ya’ni “Isoga motam”-faqatgina shu haykaltaroshlik
asarida 24 yoshlik Mikelandjelo o‘z ismini katta xarflarini o‘yganligi ma’lum) haykallar
guruhi(1498–1501, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da an’anaviy Gotika tasviriga
yangi insonparvarlik mazmunini singdirgan. 1501 yilda Florensiyaga qaytgan
M. Buonarroti respublika fuqarolarining jasoratini ifodalovchi “David” haykali (1501–04),
“Madonna” (1503), “Muqaddas oila” (“Madonna Doni”, 1503–05) kartinalarini yaratdi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
390
Mikelanjelo Buonarroti 1505-yildan Rim Papasining iltimosiga ko‘ra, qabr yodgorligi
yaratish ustida ishladi. Масалан “Moisey” (1515–16, Rimdagi cherkovda) buyuk
jo‘shqinlik va irodaga ega bo‘lgan diniy qaxramon yodgorlikning markaziy bo‘lagiga
aylangan; “Isyonkor qul” va “O‘layotgan qul” (1513–16, Luvr) asarlarida kuch-qudratga
to‘liq kishanlarni uzayotgan va zanjirdagi o‘limiga rozi bo‘lgan ikki navqiron qarama-
qarshi qo‘yiladi. Mikelanjelo yaratgan asarlaridagi obrazlar yorqinligi bilan qimmatlidir.
1520-yildan Mikelanjelo Buonarrotining qarashlari fojiali tus ola boshladi. 1534-yilda
Rimga butunlay ko‘chib o‘tadi. Ijodidagi bu ohanglar Florentsiyadagi San-Lorentse
cherkovida Lorentso va Juliano Medichi qabrlariga ishlagan yodgorliklarida o‘z ifodasini
topdi (1520–34). Vafot etgan gertsoglar qiyofasida portret xususiyatlari yo‘q, ular faol va
samarali hayotni tarannum etuvchi obrazlardir, ularning oyoq tomonlarida tez oqib
o‘tayotgan vaqt (kun)ni ifodalovchi 4 ta haykal 2 juft holatida o‘rnatilgan. Rimdagi Sikst
kapellasida “Dahshatli sud” freskasini yaratdi. Umrining oxirigacha o‘zining qabriga
o‘rnatiladigan yodgorlik – “Isoga motam” haykallar guruhi ustida ishladi (1555–64), uning
loyihasini shogirdlari nihoyasiga yetkazgan. Mikelanjelo Buonarroti umrining oxirgi
yillarida she’riyat va me’morlik bilan shug‘ullandi. 1546-yildan Rimdagi Avliyo Pyotr
sobori, Kapitoliy maydoni ansambli me’morligi ustida ishladi, o‘limidan so‘ng uning
loyihasi asosida qurib bitkazilgan. Рассмнинг “She’rlar” kitobi унинг vafotidan so‘ng
dastlab 1623-yilda nashr qilingan. M. Buonarroti g‘oyalari insonparvarlik, xalqchillik,
realizmning keyingi rivojiga xizmat qildi. M. Buonarroti ijodi Manierizm va keyingi asrlar
uslublari – klassitsizm va barokko taraqqiyotlarini ta’minlovchi omil bo‘ldi, ulardan farqli
o‘laroq, M. Buonarroti asarlarida insonga muhabbat va uning ulug‘vorligi hamda go‘zal-
ligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi. Etmish yillik umr mobaynida
Mikelandjelo Buonarotti barcha san’at turlari: haykaltaroshlik, rangtasvir, me’morchilik va
grafikalarda o‘zining ijodiy g‘oyalarini namoyon qildi.
Me’morchilik. Yuqori Uyg‘onish davrining asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va
rivojlandi, davrning insonparvarlik g‘oyalari ulug‘vor va hashamatli me’moriy kompozit-
siyalarda o‘z ifodasini topdi. Amaliyotda antik me’moriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila
boshlandi, me’moriy uslublar birlashtirilib yagona milliy me’morlik uslubi shakllandi.
D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar murakkab me’moriy majmualarida yuksak
mahorat, boy ilm va nazariy fikr, o‘tkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining
go‘zalligi, nisbat va shakllar o‘yinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi
insonga zavq bag‘ishlaydigan me’moriy makonni yaratdilar. So‘nggi Uyg‘onish davrida
yirik me’moriy inshootlar o‘rnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatstso
qurilishi sohasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilindi. Bog‘-park me’morlik uslubi (bog‘ tuzish
san’ati) shakllandi. Pastbalandlikka ega bo‘lgan maydonda bog‘ yaratish muhim ahamiyat
kasb etdi:pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bog‘landi, tepalik va
qiyaliklar turli bezak qurilmalar (g‘or, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali
o‘simliklar bilan bezatildi. Asosiy yo‘l, qolgan yo‘lka va zinalar darvozaga yo‘naltirilgan
bo‘lib, kompozitsiyaning tugal bo‘lishini ta’minlagan. Me’moriy nazariy masalalarga e’tibor
ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy
asarlar yaratildi. 16-a. o‘rtalaridan Italiyada maxsus o‘quv yurtlari, akademiyalar tuzildi va
ularda me’morlikka oid ta’lim berilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu esa Yevropa me’morli-
gining keyingi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatdi, me’moriy klassitsizm tamoyillarining shakl-
lanishida muhim rol o‘ynadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
391
1530-yillardan so‘ng Italiya san’atida Uyg‘onish davri madaniyatiga begona bo‘lgan
voqealar paydo bo‘lib keyinchalik ular man’erizm degan nom oldi. Man’erizm san’ati
ustalalari Ya.Pantormo, F.Parmidjanino, El Greko, B. Chellini asarlarida xavotir, qo‘rquv va
ichiki nizo kabi hissiyotlar kuchaya boshlagandi. Ular yaratgan asarlar nozikligi, shakllar
proportsiyalarini cho‘zilib ketganligi, tushkunlik va sovuqligi bilan ajralib turadi.
Bularning hammasi insonparvarlik g‘oyalarini krizisga uchraganligi bilan bog‘liq
ekanligidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Дмитриева Н.А. Краткая история искусств. Вып. 1. – М.: Искусство, 1985. –
С. 215–312.
2.
Вазари Дж. Жизнеописания наиболее знаменитых живописцев, ваятелей и
зодчих. – М., 1995. – С. 480.
3.
Абдуллаев Н.У. Санъат тарихи Т. «Ўқитувчи» 1987. – Б. 224.
4.
Tulanova D.J. Tasviriy san’at tarixi. Darslik. T.“Adabiyot uchqunlari” 2021.
5.
Туланова Д.Ж., Гуломова Н.Х. (2018). Технология и условия проведения
дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. Образование как
фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и
современного общества (PP. 89–93).
6.
Валиев А.Н.,
Туланова Д.Ж.,
Гуломова Н.Х.
(2018).
Современные
педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению.
Молодой ученый, (3). – С. 183–184.
7.
Sobitovich B.S.,
Ahmedovich M.N.,
Erpolatovich T.N.,
Khotamovna G.N.,
Jurakhanovna T.D. (2020). PRINCIPLES OF USING SCIENTIFIC DISCOVERIES IN
MODERNIZATION OF THE ART EDUCATION SYSTEM. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2020.
8.
Гуломова Н.Х., Туланова Д.Ж. (2017). Использование законов перспективы
при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ. конф.
Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий
конференция мақолалари тўплами. Кукон Давлат педагогика институти).
Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий
конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).
9.
Tulanova D. (2021). Imaginary line in landscape painting of Uzbekistan.
ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2),
773–778.
10.
Саидалиев С.С., Гуломова Н.Х., Туланова Д.Ж. (2017). Методы эффективного
использования законов перспективы при обучении изобразительному искусству.
Молодой ученый, (7), 462–469.
11.
Туланова Д.Ж., Файзуллаева З.Ж. (2016). История пейзажной живописи
Узбекистана в свете новых методологических подходов. Молодой ученый, (18), 397–401.
12.
Халилов Р.Ш., Атажанова Р.Р. (2018). Использование рабочей тетради в
обучении изобразительной деятельности в начальном классе. Молодой ученый, (7),
196–199.
13.
Усмонов Б.Ш., Дадабоева Д.И., & Валиева З.Т. (2021). NX – ЭТО
ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА
И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825–834.
14.
Namazovna, S. D. (2021). Harmony Of Art In Architecture Of Uzbekistan. The
American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 87–94.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
392
15.
Аширбаев А. (2021). ЧИЗМАЧИЛИК ТАЪЛИМИНИНГ УЗВИЙЛИГИНИ
ТАЪМИНЛАШ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. ГРААЛЬ НАУКИ, (6),
434-439. https://doi.org/10.36074/grail-of-science.25.06.2021.082
16.
Qizi, U.S.B. (2021). Digitization Of Education At The Present Stage Of Modern
Development Of Information Society. The American Journal of Social Science and
Education Innovations, 3(05), 95–103.
17.
Хасанов А.А., Ўроқова Ш.Б.Қ. (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ НА
СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАТИЗИРОВАННОГО ОБЩЕСТВА.
Scientific progress, 2(1), 300–308.
18.
Халилов Р.Ш.
(2016).
Проблемы
традиций
и
новаторства
в
изобразительном искусстве. Молодой ученый, (2), 1060–1062.
19.
Gulomova N. (2021). CHIZMA GEOMETRIYA, CHIZMACHILIK DARSLARIDA
TALABALARGA TESTLAR ORQALI ULARNING BILIMINI ANIQLASH. ГРААЛЬ НАУКИ, (4),
404-408. https://doi.org/10.36074/grail-of-science.07.05.2021.075
20.
Абдурашидхонова М., Расулов М. (2021). O‘zbek xalq amaliy san’ati bo’lmish
Toshkent yo‘g‘och o‘ymakorligi maktabi va namoyandalari. Общество и инновации,
2(5/S), 130–137.
21.
Gulomova N., Abdusalomova X., Abdusalomova M. (2021). YOSH AVLODNI
TARBIYALASHDA AMALIY SAN’AT TA’LIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI. Збірник
наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-01.10.2021.v2.33.
22.
Abdusalomova X.G.A.Q., Gulomova N.X. (2021). SAN’AT VA MADANIYAT
SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific
progress, 2(2), 663–669.
23.
Bulatov C.S., Jabbarov R.R. (2010). Philosophical and psychological analysis of
works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.
24.
Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics
of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies, 17(1), 285–288.
25.
Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K.
U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of
Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International
Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).
26.
Расулов М.
(2021).
НАУЧИТЬ
СТУДЕНТОВ
ВО
ВНЕШКОЛЬНЫХ
УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ.
Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44.
27.
Халимов М.К., Жабборов Р.Р. (2018). Сравнение продуктивности учебной
доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной
графики. Молодой ученый, (6), 203–205.
28.
Jabbarov R. (2021, June). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TRADITIONS AND
STUDENT TRADITIONS.
29.
Xolmuratovich M.X., & Ravshanovich J.R. (2020). Amaliy va badiiy bezak
san’ati. UO'K, 76, 075.
30.
Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics
of Composition in Miniature Lessons. Co-Editor International Journals of Sciences and High
Technologies Calle Del Bastero, Nº12, 1º Izquierda Exterior 28005 – Madrid, Spain.
https://scienceweb.uz/publication/98.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
393
31.
Jabbarov R. (2021). Sharq uyg‘onish davri yetuk san’atkori buyuk miniatyurachi
musavvir Kamoliddin Behzod ijodi ta’sirida yuzaga kelgan o‘ziga xos yo‘nalish. Жамият ва
инновациялар, 2(5/S), 59–67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67.
32.
Talipov N., Talipov N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE
DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION.
Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
33.
Абдирасилов С.Ф., Толипов Н.Х., Толипов Н.Н. (2017). Эффективность
исторического подхода в художественном обучении. Молодой ученый, (20), 417–421.
34.
Талипов Н., Талипов Н. (2021). Тасвирий санъатда тарихий жанр
муаммоси: рассом Малик Набиев ижодий мактабига бир назар. Жамият ва
инновациялар, 2(4/S), 607–613. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-
pp607-613.
35.
Xalilov R. (2021). Bo‘lg‘usi tasviriy san’at o’qituvchilarini kasbga yo’naltirishda
qalamtasvirning o’rni. Жамият ва инновациялар, 2(4/S), 585–590. https://doi.org/10.
47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp585-590
36.
Саодат Махкамова Бахтияровна. (2021). ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ
УЧИТЕЛЕЙ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ АНАЛИЗУ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО
ИСКУССТВА В ШКОЛЕ ГАФУРА АБДУРАХМАНОВА. Евроазиатские конференции,
5(1), 13–18. Извлечено из https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/
view/437.
37.
Халилов Р.Ш.,
Баркашева Б.
(2016).
Роль
полевой
практики
в
формировании будущих учителей изобразительного искусства. Молодой ученый,
(6), 827–829.
38.
Akhmedov M.U., Kholmatova F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES
IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збірник наукових
праць ΛΌГOΣ.
39.
Juraxanovna T.D., Kizi N. M.A. (2021). Creativity and Pedagogical Activity of The
Academician Of The Art Academy Of Uzbekistan, Holder Of The Order Of Friendship Of
Peoples-Janis Salpinkidi (Dedicated To The 75th Anniversary Of The Artist And Teacher).
The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(06), 123–127.
