Авторы

  • Алишер Нарманов
    докторант, Чирчикский Государственный педагогический институт, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp6-10

Ключевые слова:

фольклор образ Алпомыша метафорический образ массовая культура Калмак закат Новый Узбекистан

Аннотация

В данной статье анализируется значение народного эпоса, который являются неотеъмлимой частью устного народного творчества и фольклора.  в воспитании молодежи. И его пропоганда среди молодежи, а также ее соответствие государственной политике.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Formation of courage and patriotism in schoolchildren by means
of folk epics

Alisher NARMANOV

1


Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021

This article analyzes the meaning of the folk epic, which is an

integral part of oral folk art and folklore. In the education of
young people. Moreover, its promotion among young people, as
well as its compliance with state policy.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp6-10

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

folklore,
image of Alpomish,
metaphorical image,
mass culture,
kalmok,
zakot,
New Uzbekistan.

Xаlq dostonlаri vositаsidа o‘quvchi yoshlаrdа mаrdlik vа
vаtаnpаrvаrlikni shаkllаntirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Folklor,
Alpomish obrazi,
metaforik obraz,
ommaviy madaniyat,
qalmoq,
zakot,
Yangi O‘zbekiston.

Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodiyotining bir qismi bo‘lgan

xalq dostonlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, ularni yosh-
larga yetkazish va davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor
tahlil qilinadi.

1

Doctoral student, Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region, Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: alishernarmanov@mail.com.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

7

Формирование мужества и патриотизма у учащейся
молодежи посредством эпоса и народных былин

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:
фольклор,
образ Алпомыша,
метафорический образ,
массовая культура,
Калмак,
закат,
новый Узбекистан.

В данной статье анализируется значение народного эпоса,

который являются неотеъмлимой частью устного народного
творчества и фольклора. в воспитании молодежи. И его
пропоганда среди молодежи, а также ее соответствие
государственной политике.


O‘zbek xalq dostonlarida mardlik, vatanparvarlik mavzuiga, ayniqsa yoshlarda

sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, umuman yoshlar tarbiyasiga shu darajada e’tibor
berilganki, u epik darajasiga ko‘tarilgan va har bir an’anaviy dostondan mustahkam o‘rin
egallagan. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodidagi doston folьklorshunos olimlarning
diqqatini alohida o‘ziga jalb etgan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarkibida eng ko‘p o‘rganilgan,
katta munozaralarga sabab bo‘lgan, qolaversa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi merosini butun
dunyoga ma’lum va mashhur qilgan janrdir.

Bugungi globallashgan axborot asrida yoshlarni mard jasur va vatanparvar etib

tarbiyalash har qachongidanda muhim masladir.

Ayniqsa “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumidagi “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Malika

Ayyor”, “Ravshan” kabi o‘nlab asarlar, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon”, “Oshiq G‘arib va
Shohsanam” dostonlardagi qaxramonlarning misli ko‘rilmagan mardligi va jasurligini
o‘rganish va o‘rgatish davr talabi bo‘lib qolaveradi.

Qahramonlik dostonlaridan bo‘lgan “Alpomish”, dostoni chinakam xalq poeziya-

sining, xalq og‘zaki poetik ijodining yorqin va mukammal namunasidir. Vatanparvarlik,
xalqparvarlik, sof insoniy fazilatlar, pokiza muhabbat tuyg‘ulari birdek ehtiros bilan
kuylanadigan bu doston xalqimizning qahraramonlik qo‘shig‘dir. “Alpomish” dunyo este-
tik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan
biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos
baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik an’analarda og‘zaki ravishda
bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni,
o‘zi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy ijod va ijro
sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektii holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl
jihatidan goh kengayib, goh torayib, ko‘plab variantlarda va xilma xil ko‘rinishlarda
ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik
voqealarining afsonalar qobig‘iga o‘ralgan o‘ziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida
baholanadi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ham bugun madaniyat va san’atning barcha

tur va yo‘nalishlarini keng rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani nafaqat
mamlakatimiz fuqarolari balki, xorijliklarning ham e’tirofiga sazovor bo‘layotganligini
ko‘rishimiz mumkin. Birgina misol 2019-yilning 10–15-aprel kunlari Surhondaryo
viloyatining Termiz shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro Bahshichilik san’ati festivalining” tanta-
nali ochilish marosimida so‘zlagan Prezidentimiz nutqiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak unda
ham folьklor va xalq dostonchilik an’analariga, uning kecha va bugungi ahvoliga alohida


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

8

to‘xtalib o‘tildi. “Jahon madaniy merosining bu o‘lmas asarlari bizga insoniyatning nasl-
nasabi, tarixiy ildizlari, oliyjanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat
vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi. Ayni vaqtda hozirgi
globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning
salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madani-
yatning bulog‘i bo‘lgan folьklor san’atiga e’tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani
ham sir emas. Holbuki, folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu – insoniyatning bolalik
qo‘shig‘idir. Mana shunday noyob va buyuk san’at bugungi kunda shunchaki madaniy
yodgorlik namunasiga aylanib, ko‘p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga
muhtoj bo‘lib turgani – bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Ushbu go‘zal va betakror
san’atning yo‘qolib ketishi san’at ahlini ko‘proq tashvishga soladi. Shu sababli tengsiz ma’naviy
boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab avaylash va
rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va
san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir,” – deya
takidlaydi Prezidentimiz.

Dostonni tadqiq qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodidagi

epik asarlarga xos xususiyatlardan biri – farzandning yetishmovchiligi oxir pirovardida
xursandchilik bilan yakunlanishiga guvoh bo‘lamiz. Asarni yaratishdan nazarda tutilgan
bosh maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin boshlanadi. “Alpomish”da ham Boybo‘ri
o‘g‘il va qiz ko‘rdi, Boysari qizli bo‘ldi. Ana shu yangilikdan so‘ng qahramonlik eposi o‘z
zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga kirishadi. Taniqli olimlar
V.M. Jirmunskiy va H.T. Zarifov bu vazifani qabila urug‘chilik munosabatlarining
yemirilishi va mamlakatni boshqaruvchi davlat tizimining vujudga kelishi bilan
bog‘laydilar [V.M. Jirmunskiy va H.T. Zarifov]. Bu g‘oya keyinchalik M.Saidov tomonidan
rivojlantirildi. Olimning fikricha, mamlakatni boshqaruvchi davlatni vujudga keltirish
g‘oyasi jamiyat yoshlari Hakimbek, Qaldirg‘och, Barchin tomonidan ilgari suriladi.
Hakimbek “zakot” tushunchasini o‘ylab topdi. Uning otasiga aytgan zakoti ramziy ma’noni
ifodalaydi. Uni islom dinidagi zakot deb qabul qilish to‘g‘ri emas. Uzoq o‘tmishda soliq
yig‘uvchini zakotchi deb atash odati bo‘lganligini hisobga olsak, Alpomishning taklifi soliq
ekani ravshanlashadi. Boysari nutqida bu ma’no yanada aniqlashadi. U akasining o‘g‘li
borligini yuziga solganini, akasiga zakot berguncha o‘zga yurtda juzьya berib yashagani
ma’qul ekanini ta’kidlaydi. Vaholanki, islomda zakotdan hech kim voz kechgan emas.
Aksincha, har bir odam Allohning zakot berishga yetkazgani uchun shukr qilgan.
Qolaversa, islomiy zakot iqtisodiy qiyinchilikdagi odamga beriladi. Dostonda esa Boybo‘ri
zakotni o‘ziga berishni talab qilmoqda. Ustiga-ustak belgilangan zakot hajmi bitta uloqdan
iborat. Ma’lum bo‘ladiki, Boysari bor-yo‘g‘i bittagina uloqni zakotchilarga topshirsa,
o‘zining Boybo‘ri hukmida ekanini tan oladi. Boysari esa bu holat ro‘y berishini istamaydi.
U o‘zini Boybo‘riga har tomonlama teng deb biladi. Yana bir vaziyatga e’tibor bering.
Boysarining qalmoq yurtiga ko‘chishini Barchin ma’qullamaydi. Natijada, u Alpomishni
qo‘llaydi. Xullas, Alpomish tug‘ilgunga qadar totuv yashayotgan el endilikda ikkiga
bo‘linadi. Endi Alpomish zimmasida bo‘lingan aholini o‘z harakati bilan birlashtirish
vazifasi turadi. Bu vazifani bajarish uchun Alpomish qalmoq yurtiga safar qilishi va
musofirlikda yashayotgan yurtdoshlarini Boysun-Qo‘ng‘irotga qaytarishi kerak. Mazkur
maqsadni amalga oshirish rejasi baxshi tomonidan juda asosli tuzilgan: Barchinga qalmoq
alplari sovchi qo‘yishadi. Barchin xat yozib, Alpomishni Qalmoqqa chaqiradi. Ammo
Boybo‘ri o‘g‘lining o‘zga yurtga safar qilishini istamaydi. U maktubni sandiqqa yashirdi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

9

Ana shu sabab bilan doston voqealarining faol rivojlanishi Qaldirg‘och harakatiga
bog‘lanadi. Uning tashabbusi bilan Alpomish qo‘riq vositasida Boychiborga ega bo‘ladi va
otasining ixtiyoriga qarama-qarshi ravishda Barchinga uylanish uchun Qalmoqqa jo‘naydi.
Qalmoqda esa uni katta sinov kutayotgan edi. Professor [M. Saidov] fikricha, bu sinovni,
aslida, kelajakda davlat boshqarishni bo‘yniga oladigan Alpomish uchun Barchin o‘ylab
topadi. Uning mulohazasiga ko‘ra davlat boshqaruvchisi zotdor otga, sifatli yoyga ega
bo‘lishi lozim. Shu bilan birga u odam jang san’atini, ayni paytda yoydan o‘q otishni bilishi,
jismonan baquvvat bo‘lishi shart. Barchin butun vujudi bilan u qo‘ygan to‘rt shartni
Alpomish bajarishini xohlasa-da, musobaqalarning hammasida o‘zini betaraf, odil qilib
ko‘rsatadi. Ot poygasida qatnashayotgan Boychiborga yig‘lab murojaat qiladi va undan
marraga birinchi bo‘lib kelishini so‘raydi. Kurashda Alpomish bilan Ko‘kamanning kuchi
teng kelib turganda, sevgilisi oriyatiga tegib, g‘olib kela olmasa raqib bilan kuch sinashish
navbatini o‘ziga berishni talab qiladi. “Alpomish” dostonidagi bu kabi lavhalar davlatni
boshqarish oson ish emasligini qayta-qayta ta’kidlash uchun kiritilgandek tuyiladi.
Dostonning birinchi qismi asarni ijod qilgan ajdodlarimiz tomonidan qo‘yilgan dastlabki
dovonni egallash bilan belgilanadi. Ya’ni Alpomish Boysun-Qo‘ng‘irot aholisini bir davlat
chegarasida boshqarishni niyat qildi va bu niyatiga Qalmoqqa ko‘chib ketgan yurtdosh-
larini qaytarish bilan erishdi.

Qadimgi zamonlarda biron yurt haqiqiy ma’noda mustaqil hisoblanishi uchun uning

tasarrufida qaysidir mamlakat bo‘lishi shart hisoblangan ekan. Bu masala mutlaqo
bosqinchilik bilan bog‘lanmagan. Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida Chambilga hujum qilgan
podshohlar keyinchalik Go‘ro‘g‘liga qaram bo‘lganiga ko‘p marta ishonch hosil qilganmiz.
“Alpomish”da ham o‘xshash holat ro‘y beradi. Hakimbek Surxayil kampirni, Toychixonni
o‘ldiradi, Kayqubodni Tavkaga uylantiradi, Qalmoq yurtida Kayqubod Alpomishni
zindonga tashlash hiylasini o‘ylab topadi, bu yerga o‘z odamini podshoh qiladi. Ikkinchi
safari ham g‘alaba bilan yakunlanadi. Natijada, qadimgi tushunchalar asosida Boysun-
Qo‘ng‘irot mustaqilligini ta’minlagan bo‘ladi. Dono xalqimizning har bir tadbiriga ana
shunday bir qarashda ko‘zga ko‘rinmaydigan yechimlar vositasida hayotiy muammolarni
hal qilish mahoratiga qoyil qolish kerak.

Bugungi yosh avlodga xalq dostonlarini to‘la-to‘kis yetkazib berishda Yangi

O‘zbekistonda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi
prezidenti [Sh. Mirziyoyev] 2019-yil 14-mayda “Baxshichilik san’atini yanada rivojlan-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ–4320-sonli qarorini imzoladi. Qarorda Respublika
Baxshichilik san’ati markazi va baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil
etish bo‘yicha vazifalari quyidagicha belgilandi.

“-baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va

mustahkamlash;

– sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, «ustoz–shogird»

an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

– baxshi-shoirlar, folьklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va

ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

– madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim

muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish;

– baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy

tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415

10

– baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning

audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib
etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet
imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada

o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar,
kontsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar:

moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish;

mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har

tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur

adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;

madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-

texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash;

baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks

ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;

baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va

grantlarni jalb etish;

qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish,

ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash”.

Qaror mazmunidan kelib chiqib shuni aytmoqchimizki xalqimizning yuksak

ma’naviy boyligi bo‘lgan dostonlarni bugungi zamonaviy ta’lim vositalari va metodlardan
foydalanib yosh avlodga yetkazib berish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishi lozim.

Xulosa o‘rnida, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e’zozlanishini

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida baholash mumkin.
Yurtimiz barkamol avlodini xalq og‘zaki ijodidan mukammal ma’lumotga ega bo‘lmagan
holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki og‘zaki ijod dostonlarida vatanga xiyonat qilgandan
ko‘ra o‘limni afzal bilgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtini birlashtirishga
bag‘ishlagan Alpomish, o‘z Vatanini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilgan
Go‘ro‘g‘li, oilasini muqaddas bilgan Kuntug‘mish madh etiladi. O‘zbekning butun fazilati,
falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati
maqollarda aks etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg‘ulari qo‘shiqlarda eng
go‘zal ichki kechinmalar sifatida ifodalangan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Alpomish dostoni kitobi. [Aytuvchi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yozib oluvchi Maxmud

Zrifov. T.: 1998 y.].

2.

2019-yilning 10–15-aprel Xalqaro Bahshichilik san’ati festivalining” tantanali

ochilish marosimida so‘zlagan nutqi. [Sh. Mirziyoyev 2019 y.].

3.

2019-yil 14-mayda “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” gi PQ-4320-sonli qarori. [Sh. Mirziyoyev 2019 y.].

4.

“O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi”. [Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B.,

Safarov O. T.: 1990.].

5.

“O‘zbek xalq og‘zaki poetik Ijod” [Razzokov X va bosh. – T.: 1998 y.].

Библиографические ссылки

Alpomish dostoni kitobi. [Aytuvchi Fozil Yo'ldosh o'g'li, Yozib oluvchi Maxmud Zrifov.T.1998y]

yilning 10-15 aprel Xalqaro Bahshichilik san'ati festivalining” tantanali ochilish marosimida so'zlagan nutqi. [Sh.Mirziyoyev 2019y]

yil 14 mayda “Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-4320-sonli qarori. [Sh.Mirziyoyev 2019y]

“O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi”. – T. [Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O.T1990].

“O'zbek xalq og’zaki poetik Ijod” [Razzokov X va bosh.T1998y]