Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Educational, elevating and developing tasks of natural sciences
Umida YOZIYEVA
1
, Gulhayo MAMANAZAROVA
2
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021
This article discusses the educational, pedagogical,
developmental functions of primary school science lessons and
their importance in the teaching process.
2181-
1415/© 202
1 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
science,
textbook,
method,
student,
task,
educational,
pedagogical,
developmental,
logical thinking,
creative activity,
upbringing,
practical activity.
Tabiatshunoslik
fanlarining
ta’limiy,
tarbiyaviy
va
rivojlantiruvchi vazifalari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
tabiatshunoslik,
darslik,
metod,
o‘quvchi,
vazifa,
ta’limiy,
tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi,
mantiqiy tafakkur,
ijodiy faoliyat,
tarbiyalash,
amaliy faoliyat.
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik
darslarining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalari va
dars jarayonidagi ahamiyati to‘g‘
risida fikr yuritilgan.
1
Associate professor, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
2
Master’s degree, Karshi State University. Karshi
, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
116
Учебные, образовательные и развивающие задачи
естественных наук
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
наука,
учебник,
метод,
ученик,
задача,
учебное,
педагогическое,
развивающее,
логическое мышление,
творческая деятельность,
воспитание,
практическая
деятельность.
В
статье
рассматриваются
образовательная,
педагогическая,
развивающая
функции
уроков
естественных наук в начальной школе и их значение в
учебном процессе.
KIRISH
O‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish,
tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur
bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va
milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan
birga, ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda “
Atrofimizdagi olam
”
(1-2-sinflarda) va
“
Tabiatshunoslik
”
(3-4-
sinflarda) fanlari o‘qitiladi. “
Tabiatshunoslik
”
fani
“
Atrofimizdagi
olam
”
fanining davomi bo‘lib, o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har
tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega [1, 2].
“
Tabiatshunoslik
”
fani yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Unga nisbat
an muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish, uni qo‘riqlash, asrash,
in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o‘z qo‘llari bilan yaratish va
ko‘paytirishga chorlaydi.
ASOSIY QISM
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o‘rganib borishlariga asoslanib, kichik
yoshdagi o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida, o‘z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy
boyliklari to‘g‘risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O‘quvchilar Vatanimizni
ng
tabiiy boyliklaridan odamlar o‘zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotgan
-
liklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat, atrof bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatish g‘oyat muhimdir [3,
4, 5].
Shu talabla
rga ko‘ra kichik yoshdagi o‘quvchilarga:
–
o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida aniq bilimlar berish;
–
odam organizmi va uning salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
–
ularni tabiatda kuzatishlar o‘tkazish uquvi va
ko‘nikmalari bilan qurollantirish;
–
tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan
insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
–
jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
117
Umumta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq tabiat
-
shunoslik dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, ko‘rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursida
o‘quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytir
ishni,
“har bir o‘quvchining gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash,
yoshligidan o‘z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi”
uchun sharoitlar yaratilishini
nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tush
unish asoslarini shakllan-
tirish uchun tabiatga muruvvatli munosabatni, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni
tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta’lim deb atalmish yagona
jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. T
a’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni
bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar
tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
Tabiatshunoslik bo‘yicha
barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi.
O‘
quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega,
o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shu
munosabat bilan tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchilar uchun tarbiyaviy ishlarda katta
i
mkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa
metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga
qaratilgan metodlar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar,
ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, uy ishlari bilan chambarchas
bog‘lamoq zarur.
Bularning hammasi o‘qituvchiga tabiatshunoslik bo‘yicha o‘quvchilar bilan
shug‘ullana borib, ular
ni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsining
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda tabiat
-
shunoslikni o‘qitishning maqsadi botanika, zoologiya, anatomiya , fiziologiya, gigiyena,
geografiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Tabiatshunoslik darslaridagi ta’lim va tarbiya
jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchilar tomonidan dasturlarda mo‘ljallangan bilim, o‘quv va
ko‘nikmalarni egallab olishgagina emas, balki ular
da idrok qilish qobiliyati, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirishga ham qaratilmog‘i lozim. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirish bo‘yicha ish dasturida, belgilangan doirada, dastur materialida, maktabning
barcha ta’lim
-tarbiya ishlari bilan bog
‘liq holda olib borilishi kerak.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish ularni tahlil
qilish, sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operat-
siyalarni o‘quv bilan bajarishga o‘rgatish, shuningd
ek, ularga oddiy tushunchalarni
o‘zlashtirish, o‘z mulohazalarini bayon qilish va xulosalar chiqarishlariga yordam berish
demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli bo‘lsin,
tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslans
in. O‘qitish jarayoni, agar u to‘g‘ri
tashkil etilgan bo‘lsa, shu paytning o‘zida o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlan
-
tirishga qaratilmog‘i zarur.
Mantiqiy uslublar (taqqoslash, tahlil qilish va sintezlash, mavhumlashtirish,
konkretlashtirish, umumlashtirish)dan tabiatshunoslikni o‘qitishda foydalanish, tushun
-
chalar, mulohazalar, muhokamalar ustida ishlash
–
bularning hammasi pedagogik
jarayonni boy
itadi, uni yana ham mazmunliroq qiladi, o‘quvchilarning har tomonlama
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
118
rivojlanishini kuchaytiradi. Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilarning mantiqiy tafak
-
kurini rivojlantirish ustida olib boriladigan ishni maktab ta’limining birinchi qadamlaridan
(1-2-s
inflarda) “Atrofimizdagi olam”
bilan tanishtirish bo‘yicha darslarda boshlang‘ich
tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish bilan boshlamoq va o‘quvchilarning yosh
xususiyatiga ,shuningdek, o‘qitishning mazmuni hamda metodlariga qarab, asta
-sekin
murakkablashtirish
bilan butun ta’lim davomida olib bormoq kerak. Tabiatshunoslik
darslarining har bir mavzusi o‘ziga xosdir, lekin o‘qitishda qo‘llaniladigan mantiqiy
fikrlash metodlari o‘shanday qolaveradi, faqat ularning uyg‘unlashishlari almashinadi,
qo‘ll
anish shakllari har xillashadi, mazmuni murakkablashadi yoki soddalashadi [6, 7].
Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumla
-
dan, tafakkurning rivojlanishi uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz
inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilar tabiat jism
-
larining nomlarini atab, ular to‘g‘risida o‘z fikr
-mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni
idrok qiladilar va ularga o‘z munosabatlarini ko‘rsatadilar. O‘
quvchilarning nutqi ustida ish
olib borish bilan bir vaqtda, o‘qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi,
o‘quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi.
Tabiatshunoslik darslarida ma’lum miqdordagi
tabiatshunoslik bilimlarini o‘zlashtirish
jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj topadi.
Aqliy operatsiya (ish)lar tahlil qilish va sintezlash tufayli o‘quvchida uning ongidagiga
asoslanib, yangi fikrlar, tabiatshunoslik tasvirlari vujudga keladi. Bu mazmun jihatidan bir-
biriga zid bo‘lgan fikrlash operatsiyalari ajralma –
birlikda bo‘ladi.
O‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish.
Fikrlash faoliyati odamda tabiat bilan
kurashda duch kelgan qiyinchiliklarni yengish usuli sifatida evolyutsiya jarayonida
vujudga kelgan. Darhaqiqat, har birimiz doimo u yoki bu darajada qiyin holatga tushib
turamiz , bunda odatdagi faoliyat usulimiz muvaffaqiyatni ta’minlamasligi mumkin. Amaliy
yoki nazariy maqsadlarga erishish uchun yangi yechim axtarishga majbur qiladigan
shunday holatlar muammoli vaziyat deb ataladi.
Muammoli vaziyat o‘quvchilar tomonidan muayyan savolga javob berishni talab
qiluvchi vazifa sifatida qabul qilinadi va anglab olinadi. Tafakkur uchun masalani anglab
olish-
bu go‘yo faol fikrlash faoliyatining boshlanishiga signaldir. O‘quvchida savolning
tug‘ilgani
uning tafakkur yuritayotganidir.
Masalani anglab olish vazifani hal qilishning birinchi bosqichidir. To‘g‘ri qo‘yilgan
masala
–
javobning yarmi, deb bekorga aytishmagan. Masalan, ushbu savol: nima uchun
tundrada katta daraxtlar o‘smaydi? Bu savol to‘g‘ri va aniqdir.
Ikkinchi bosqichda masala shartini, uni yechish uchun nima ma’lumligini aniqlash
boradi. Ijodiy fikrlashning ichki qonuniyatlarini o‘rganish uchun o‘quvchilarga masala
taklif qilish, ularni muammoli vaziyatga kiritish lozim. Muammoli vaziyatga bir nechta
misollar keltiramiz [8, 9, 10].
Bolalar yo‘l yoqasida oyog‘i singan kuchukchani ko‘rib, to‘xtab qolib o‘yladilar:
a)
kuchukchani uyga olib ketish, o
yog‘ini bog‘lash va shifokorga olib borish kerak;
b)
bechora kuchukcha azoblanayotgan bo‘lsa kerak, men baribir unga hech qanday
yordam bera olmayman, chunki u o‘ladi;
d) u kasal bo‘lsa kerak, unga yaqinlashish xavfli, undan kasallik yuqadi.
Yuqorida masala-
savol va bir nechta muammoli vaziyat keltirilgan. O‘quvchilar
kerakli vaziyatni tanlab olib, masalani yechishlari, tanlagan variantlarining to‘g‘riligini
isbotlashlari kerak. O‘quvchilar tanlagan javoblarni isbotlash uchun ijodiy fikrlab,
mulohaza yuritadilar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
119
O‘quvchilar hal qilishi zarur bo‘lgan muammoli masalalardan bir nechta namuna
keltiramiz. “O‘rmonda dam olayotgan vaqtingda quruq xashakning
asta-sekin yonayotganligini payqab qolding.
Nima qilasan?”:
a)
kattalar oldiga borib, bu haqida aytaman;
b)
o‘zim o‘chiraman;
d) quruq xashak kerak emas, yonaversin.
“O‘ynayotgan vaqtingda odamlar ko‘p yuradigan yo‘lakda ag‘darilib yotgan
qo‘ng‘izchani ko‘rib qolding. Yo‘lovchilar uni ezib o‘tib ketishlari mumkin. Sen nima
qilasan?”
a)
qo‘ng‘izchani gugurt qutichasiga solib tomosha qilaman;
b)
oyog‘im bilan ezib tashlayma
n, chunki u daraxtlarga zarar yetkazishi mumkin;
d)
qo‘ng‘izchani olib daraxt shoxiga qo‘yaman.
O‘zi yana ag‘darilib uchib ketishini kutaman va hokazolar.
Bu muammolarning barchasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantiradi.
Tabiatshunoslik o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama
tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega.
Tabiat
–
dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o‘quv materiali
mazmunini yetkazishning yangi metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar
yig‘indisini faqat esda qoldirish bo‘lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish
hamdir. Ishonch insonlarga, atrof-
olamga bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish yuritishda,
xulq-
atvorida namoyon bo‘lishi kerak.
Bunda tab
iatshunoslikning turmush bilan aloqasi birinchi o‘ringa chiqariladi.
O‘quvchilarning xalq xo‘jaligi rejalari aks ettirilgan davlat qarorlari bilan tushunarli tarzda
tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko‘rgaz
ma materiallari, diafilmlar, markaziy va
mahalliy davriy matbuot materiallari, kino va telefilmlarni ularni o‘qituvchi bilan birga
ko‘rganlaridan keyin muhokama qilish, mehnat faxriylari, mashhur paxtakorlar,
chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, o‘quvchilar bilan
birga rasmiylashtirilgan illyustratsiya va statistik ma’lumotlar, turli sohalarda (respublika,
viloyat, tuman va shahar bo‘yicha) erishilgan yutuqlar to‘g‘risidagi stendlardan keng
ko‘lamda foydalanish lozim.
Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat
darslardagina emas, balki o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida
(ekskursiya, sinfdan tashqari mashg‘ulot, maktaboldi maydonidagi ishlar va boshqalarda)
ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.
Vatanparvarlik va baynalmilalchilikni tarbiyalash.
Jamiyatimizda vatanparvarlik
tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning uchun tabiat
muhofazasi yetarli material beradi. Shunga ko‘ra
, vatanparvarlik tarbiyasini atrof-tabiatni
o‘rganishdan boshlash kerak. Bolalikdan yurakka singib ketgan jonajon o‘lka tabiati ayni
paytda
“
Vatan
”
atalmish keng tushunchaning tarkibiy elementi hamdir. O‘lkashunoslik
ishlari maktab maydonchasidagi mehnat,
ekskursiyalarda jonajon o‘lkani o‘rganish
jarayonida
o‘quvchilar xotirasida chuqur iz qoldiradi, o‘z o‘lkasiga muhabbatni mustah
-
kamlaydi, uning boyliklarini qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi
tushunchani shakllantiradi. O‘lka tabiati, uning boyliklari, xo‘jalik xususiyatlari bilan
tanishtirish o‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini xalqimizning turmushi va mehnat
faoliyati bilan bog‘lashga yordam beradi. Masalan, foydali qazilmalarni muhofaza qilish va
mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi mavzulari. (3-sinf
“
Tabiatshunoslik
”
darsligi).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
120
Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o‘z
ichiga olib, murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bola esini
taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga muhabbat bilan birga,
jonajon o‘lkaga ko‘ngil qo‘yish o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu hissiyot maktab yillarida
shakllanib, boyiydi, bunga ma’lum darajada tabiatshunoslik yordam beradi, albatta, u
tabiat go‘zalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaz
a qilishga, shuningdek,
ko‘paytirishga ham o‘rgatadi.
Atrof-muhitga ongli munosabatni tarbiyalash uchun birinchi sinfdan boshlaboq
atrof-
olam bilan tanishtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarda (tabiiy xarakterdagi maqola
o‘qilgandan keyin) bolalar oldiga amaliy vazifalar qo‘yish zarur.
Ikkinchi sinfda shu predmet bo‘yicha bilimlar doirasi kengaytirilayotganda nazariy
bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar (qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko‘chatlarni himoya
qilish, erta gullovchi o‘simliklarni qo‘riqlash) bilan bog‘la
nadi.
Uchinchi sinfda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish borasida odamlar
mehnatiga alohida e’tibor beriladi.
To‘rtinchi sinfda tabiat muhofazasi bo‘yicha bilimlar quyidagi tartibda muntazam
-
lashadi: jonajon o‘lka –
Vatanimiz tabiati, insonning tab
iatni qo‘riqlashi. O‘quvchilar
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish
katta ahamiyatga ega ekanligi haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Konstitutsiyada yozilgan tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi m
odda mamlakatimizda tabiatni
qo‘riqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosatning natijasi, degan qarashlar singdirib
boriladi. Bu siyosat tabiatni muhofaza etishga oid dastlabki hujjatlar bilan uzviy
bog‘langan. Muhimi shundaki, tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarni tabiatga doir bilimlar
bilan boyitib, ularning Vatanimiz tabiati bilan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash
.
Maktab o‘quvchilarga O‘zbekistondagi
ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari to‘g‘risida
tasavvur berish, jamiyat hayotida ro‘y
berayotgan jarayonlarning mohiyatini tushunib olishlariga yordam beruvchi bilim
asoslarini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish, kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlashda zarur
bo‘ladigan, amaliy o‘quv hamda ko‘nikmalarn
i singdirish kerak. Tabiatshunoslik
darslarida, shuningdek, tirik tabiat burchagi, maktaboldi maydoni va boshqalarda amaliy
ishlar bajarish vaqtida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari oddiy mehnat asboblarini
ishlata olish, kuzatish va tajribalar o‘tkazish
bo‘yicha amaliy o‘quv hamda ko‘nikmalarga
ega bo‘ladilar.
O‘quvchilar maktaboldi maydonchasida qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarib, dala va
firmalarda kattalarga yordam berib, ta’lim
-tarbiya maqsadida unumli mehnatga baholi
qudrat kirishadilar. Ularda asta-
sekin olingan bilimlarni amalda qo‘llash, tabiiy hodisalarni
tushunish, qishloq xo‘jaligida har xil amaliy ishlarni bajarish uquvlari rivojlanadi. “Yashil
nazoratchilar” qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining paydo bo‘lishini kuzatish bo‘yicha
amaliy fao
liyat yuritib, olgan bilimlarini to‘ldiradi va kengaytiradi. O‘quvchilarni tabiatga
yanada yaqinlashtirib, unga nisbatan ong munosabatini tarbiyalaydi.
XULOSA
Amaliy faoliyat o‘quvchilarda mehnatga muhabbatni, ong intizomni, maqsadga
erishishda astoydillikni, jamoada ishlash uquvi va boshqa foydali sifatlarni tarbiyalaydi.
Shunday qilib, umumiy ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarining tabiatshunoslik
darslarida ham o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar
yaratilgan. Bunday tarbiyadan maqsad yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni, estetik didni
shakllantirish, ularni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash, tabiiy
boyliklarni asrab-
avaylashga, mehnatga o‘rgatishdan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
121
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Nuriddinova
M.I. (2004). Tabiatshunoslikni o ‘qitish metodikasi.
T.:
“
Cho
‘
lpon
” –
2005.
2.
Baxramov A., Sharipov Sh., Nabiyev M. (2019). Tabiatshunoslik.
Umumiy o‘rta
ta’lim maktblarining 3
-sinf uchun darslik.
–
T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU
.
–
B. 28.
3.
Umumta’lim maktablarining o‘quv dasturlari (boshlang‘ich sinflar) 2018
.
4.
Yoziyeva U. (2020). Tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlarni tashkil etish
metodikasi.
Uslubiy qo’llanma. Qarshi: Nasaf
.
–
B. 112.
5.
Yoziyeva U.L. (2021). The Role And Role Of The Media In The Formation Of The
Natural Scientific World Of Preschool Children. Turkish Journal of Computer and
Mathematics Education (TURCOMAT), 12(7), 963-967.
6.
Lutfullayevna Y.U. (2016). About the efficiency of student centered learning
information security based on interdisciplinary integration. European Journal of Research
and Reflection in Educational Sciences Vol. 4(2).
7.
Орипова
Н.Х., & Ёзиева
У.Л. (2016). Особенность педагогического процесса в
воспитании у молодёжи общенациональных ценностей. Журнал научных
публикаций аспирантов и докторантов, (2), 30
-32.
8.
Орипова
Н.Х., & Келдиярова
В.Б. (2018). Формирование образного мышления
учеников начальных классов через интеграционное обучение. Журнал научных
публикаций аспирантов и докторантов, (7), 43
-45.
9.
Khalilovna O.N., Axmatjanovna M.M., Kosimovich N.U., & Botirovna K.V. (2020). Main
core and meaning of shaping professional faith. Journal of Critical Reviews, 7(2), 242-245.
10.
Khalilovna O.N., Lutfullayevna B.L., Kosimovich N.U., & Yusupovna R.M. (2020).
Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training.
Journal of Critical Reviews, 7(3), 274-277.
