Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of parents in preparing young people for family life
Aziza KOMILOVA
1
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021
This article gives information to teach adults and young
people about family life, to form the psychology of healthy
relationships, the manifestation of parental culture, spirituality,
talent, responsibility in boys and girls, information on change,
aspiration, interest, parental control, the formation of the child's
personality in the family, preparing them for family life.
2181-
1415/© 202
1 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
family,
parents,
child,
nurture,
psychology,
case,
environment,
healthy attitude.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ota-
onaning o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oila,
ota-ona,
bola,
tarbiya,
psixologiya,
muhit,
sog
‘
lom munosabat.
Ushbu maqolada oilaviy hayotga kattalarni va yoshlarni
o‘rgatish, ularda
sog‘lom
munosabatlar psixologiyasini shakl-
lantirish, ota-
onadagi madaniyat, ma’naviyat, iste’dod, mas’uli
-
yatning
o‘g‘il
-qizlarda
namoyon bo‘lishi,
bolalardagi o‘zgarish,
intilish, qiziqish ota-ona tomonidan nazorat qilinishi, oilada bola
shaxsini shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash
bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
1
Senior lecturer of the Department of Psychology of the Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan.
Jizzakh, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
438
Роль родителей в подготовке молодежи к семейной жизни
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
семья,
родители,
ребенок,
воспитание,
психология,
окружающая среда,
здоровые отношения.
В данной статье представлена информация по обучению
взрослых
и
молодых
людей
семейной
жизни,
формированию у них психологии здоровых отношений,
проявлению у мальчиков и девочек культуры, духовности,
таланта, ответственности в воспитании детей, изменению,
стремлению,
интересу
со
стороны
родителей,
формированию личности ребенка в семье, подготовке их к
семейной жизни.
O‘
sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to
‘
laqonli qabul qilishi, o
‘
z
davrining yaxshi va kerakli kishisi bo
‘
lib yetishishida oilaning o
‘
rni muhim ahamiyatga
egadir. Darhaqiqat, oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Oilaviy
hayotga kattalarni va yoshlarni o‘rgatish ularda sog‘lom munosabatlar psixologi
yasini
shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ota-
onadagi madaniyat, ma’naviyat,
iste’dod, mas’uliyat, kezi kelganda, o‘g‘il
-
qizlarda namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham
bolalardagi o‘zgarish, intilish, qiziqish ota
-ona tomonidan nazorat qilinishi ayni
muddaodir. Oila jamiyatning bir bo‘lagi
, shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish, ularni
oilaviy hayotga tayyorlash oiladan boshlanadi. Oila tarbiyasi deganda, ota - ona, oiladagi
katta kishilar, buva va buvilar, aka -opalar va shu kabilar to
monidan bolalarning to‘g‘ri,
milliy axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Bola kelajakda
qanday inson bo‘lib yetilishi ko‘p jihatdan
bolani qurshab turgan oila a’zolari: ota
-ona, aka-
opa va boshqalarning muomala
–
munosabatlari, xulq -atvoriga, tartib
–
intizomiga
bevosita bog‘liqdir. Xalqimiz: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”,
–
deb bejiz aytmagan.
Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash mustahkam poydevorli jamiyat barpo etishning garovidir.
Farzand har bir xonadonga ato etilgan
oliy ne’matdir
,
ushbu ne’matni har
tomonlama rivojlantirish har birimizning zimmamizdagi eng asosiy burchlarimizdan biri
hisoblanadi. Uni asrab
–avaylab, chiroyli tarbiyalab kamolga yetkazish esa bu ne’matning
oliy maqsadidir. Farzandlarimizni yomon xulq, b
uzuq g‘oyalardan fikrini toza, musaffo
saqlashimiz, ularga to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishiga yordam berishimiz, qo‘rqmay olg‘a qadam
tashlashlari uchun imkon yaratib berishimiz zarur. Ota-
onalar o‘z farzandlariga chiroyli
odobdan ko‘ra yaxshiroq narsani bera
olmaydilar. Buning uchun har bir ota-
ona o‘zlari
bunday tarbiya egalari bo‘lishlari kerak.
Har bir ota-
ona o‘z farzandlaridagi
hislarni hayot davomida shakllantirib boradilar.
Masalan: q
o‘rquv, xavotirga tushish, uyatchanlik
, hatto,
yig‘lay olmaslik hissi
ni ham ota-
onalar shakllantiradilar. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizda faqat yaxshi hislarni
shakllantirishga harakat qiling. Ularda har bir narsaning yaxshi tomonini ko‘rishga
,
ulardan zavq olishga, o‘z fikrini
,hattoki,
xato bo‘lsa ham ayta olishga,
xandon otib kulishiga
imkon yarating. Faqat m
e’
yor qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishni bola ongiga
singdiring.
Bolani har doim yaxshi gaplar bilan rag‘batlantiring.
Farzand tarbiyasida har bir lahza, har bir harakat e’tiborga olinishi, tahlil
etilishi
lozim. Bu haqida mashhur olim, doktor Toriq al-
Habibiy shunday yozadi: “Farzandingiz
ko‘p yolg‘on gapiradimi, demak, siz uni haddan tashqari qattiq hisob
-kitob qilib tergaysiz.
Agar u sizga ishonmasa, siz uni shijoatlantirmayotgan ekansiz. Farzand
ingiz so‘zlashishni
bilmaydimi? U bilan suhbatlashishga alohida e’tibor qarating. U o‘g‘rilik qilyaptimi, demak,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
439
siz unga sovg‘alar, hadyalar bermas ekansiz”
. Doktor Toriq al-
Habibiyning ta’kidlashicha,
farzandning qo‘rqoqligi, ota
-
onaning uni ko‘p himoya qilishi bilan bog‘liq ekan. Bundan
tashqari, ota-
onaning o‘z farzandi bilan baland ovozda gaplashishi, bolani
ng boshqalarni
hurmat qilmasligiga olib kelar ekan. “Farzandingiz doim darg‘azabmi? Demak, siz uni
maqtab turmas ekansiz. Farzandingiz
baxilmi? Demak, siz u bilan sherik, hamkor bo‘lmas
ekansiz. Farzandingiz boshqalarga zulm qiladimi?
Demak, siz ham qo‘pol ekansiz.
Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
Demak, siz doim do‘q
-
po‘pisa bilan
muomala qilar
ekansiz. Farzandingiz jonsarakmi? Demak,
siz hadeb muhlat qo‘yaverar ekansiz.
Farzandingiz sizdan o‘zini olib qochadimi?
Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, quchmas
ekansiz. Farzandingiz sizga itoat qilmaydimi? Demak, siz talabni juda kuchaytirib yuborar
ekansiz. Farzandingiz boshqalarga aralashm
aydigan odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz
ish bilan
haddan tashqari band ekansiz”,
- deb yozadi.
Ota-
ona bolaning vaqtini to‘la qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg‘ulotlarni
tayyorlashi kerak va ana o‘sha mashg‘ulotlar bolaning ongini rivojlantiruvchi bo‘lishi shart.
Bolaning tarbiyasida jamiyat nasihat qiluvchi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va taraqqiy
ettiruvchi vazifasini egallab kelgan. Otaning farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki
qo‘shni bolalarga solishtirishi
tarbiyadagi xato hisoblanadi, chu
nki har bir bola o‘z
shaxsiyatiga va tabiatiga egadir. Tarbiya yemoq, kiymoq va o‘rganish degani emas, lekin
ko‘pchilik otalar tarbiya deb farzandlarini yedirish, maktablarda o‘qitish va ularga eng
yaxshi kiyim olib berish, deb xato qiladilar. Haqiqatda es
a farzandlarga go‘zal odob
-axloq
o‘rgatish va ularning shuurlariga qadriyatlarni ekish va doim aytgan
, qilayotgan ishlarini
kuzatishdir.
Bola tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etishda eng asosiysi –
bu bolaga bo‘ladigan
muomaladir. Har bir ota-ona bolani shaxs s
ifatida hurmat qilishi, samimiy bo‘lishi, e’tibor,
muloqot mobaynida hurmatni izhor etib turishi, ota yoki ona sifatida shaxsiy namuna
yordamida boshqa insonlar bilan muloqot qilishni o‘rgatishi zarur. Bolalar ota
-onalari
ularni yaxshi ko‘rishiga qattiq ishonishadi. Bu tug‘ma hissiyot. Hatto, bolaga yetarli e‘tibor
qaratilmagan yoki ularni jazolagan paytda ham ular ota-onasining mehr-muhabbatiga
ishonishadi. Biroq yoqimlilik, xush ko‘rish bilan gapirish, mehr ko‘rsatish umuman boshqa
narsa. Ko‘plab bolalar
sovuq va loqayd munosabatni darrov payqab qolishadi. Ota-onalik
muhabbati tabiiy hissiyot bo‘lib, unga simpatiyani uyg‘unlashtirsakgina
, bola tarbiyasidagi
katta yutuqni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Farzandlar ikki nafar bo‘lsa, ular barcha e‘tiborni
o‘zlar
iga qaratish uchun injiqlik qilishadi. Bolalar ota-
onaning e‘tiborini qozonish uchun
barcha imkoniyatdan foydalanishadi. Bu holat bolalarda instinktiv mavjud. Ota-onaning
ko‘z
-
quloq bo‘lib turishi ular uchun xavfsizlikni anglatadi. Ota
-ona bolaning har bir yaxshi
sifatlarini oshirib borishga, yomon sifatlarini yashirishga harakat qilishlari lozim. Ularning
yaxshi harakatlariga e‘tibor qarating. Agar bola nimanidir noto‘g‘ri qilayotgan bo‘lsa,
bunga ahamiyat bermang. Yaxshi tomonga e‘tibor qaratish bola o‘zi
ni yaxshi tutishiga
sabab bo‘ladi. Ota
-
ona bo‘lish og‘ir mas‘uliyat ekanligini har bir ota
-ona his qilishi lozim.
Shuningdek, farzand uchun eng muhim o‘rnak
,
namuna ko‘rsatuvchi ham aynan ota
-
onadir. Shunday bo‘lsa
-
da, farzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz, o‘zingiz ham shunday
bo‘lishga majbursiz. Yomon fe‘l
-atvorini kechirmang. Agar bola ota-onasini haqorat qilsa,
ranjitsa, jazavasi tutib qolsa, buni kechirish kerak emas. Ha, bola doimo o‘zini ideal
darajada tutmasligi mumkin. Bolalarda vaqti-vaqti bi
lan yomon fe‘l
-atvor kuzatilib turadi.
Ammo bu holatga qo‘l siltab qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, ahvol bundan ham yomonlashadi.
Yomon xulq bilan esa,albatta, kurashish zarur. Bunda esa reja tuzing, farzandingiz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
440
serxarxasha va tantiq bo‘lsa, avvalo, reja tuz
ib olish kerak. Albatta, bu rejada maqsad va
vazifalarni batafsil boshidan oxirigacha ifodalashingiz zarur emas. Har kunlik hisobotlar
ham bu o‘rindan joy olmaydi. Shunday bo‘lsa
-
da, reja zarur. U sizga bolaning fe‘l
-atvori
ustida ishlashingizda asqatadi.
Go‘dakning bitta muammoli fe‘li yoki qilig‘ini yozing va u
bilan kurashish uchun har xil g‘oyalar o‘ylab toping. Bola tug‘ilishi bilan minglab
kutilmagan, kechiktirib bo‘lmas ishlar paydo bo‘ladi. Buni tushunish va mazkur holatga
ko‘nikish zarur. Farzandingiz oldin xafa bo‘lishi, keyin sho‘xlik qilishi, saldan so‘ng esa siz
bilan tortishishi, bahslashishi mumkin. Vaqtida sabr qilishni ham biling.
Oilada ota
–
onalar
farzandlari tarbiyasida adolatli bo‘lishlari talab etiladi. Chunki
ota
–
ona va farzandlar orasidagi adolatning axloqiy va huquqiy buzilishlari salbiy
sifatlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu o‘rinda “Qobusnoma” asarini keltirib o‘tishni
o‘rinli deb hisoblayman. Bizga ma`lumki, “Qobusnoma” falsafiy
-
didaktik asar bo‘lib, shaxs
shakllanishi
ning barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilish
zikrida” degan bobi bevosita oilada bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi. Asarda o‘z davri uchun
qimmatli bo‘lgan va bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan g‘oyalar ilgari
suril
gan. Uning fikricha, bola tug‘ilgandan so‘ng jonli mavjudot sifatida fiziologik o‘sa
boshlaydi. Uning o‘sish jarayonida
yaxshi va yomon xislatlari zohir bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
uning o‘sishi parvarishga muhtojdir. Ana shu vazifani ota
-
ona o‘z bo‘yniga oladi. “Otalik
shartini bajo keltirg‘ilki ... adab
-
hunar va donishni farzandingga o‘zingdan meros qilg‘il,
toki uning haqqin bajo keltirmush bo‘lg‘aysan”.
Ko‘rinib turibdiki, Kaykovus yaxshi odob
-
axloqli, kasb-hunarli va ahli-donish qilib farzandlarni tarbiyalashni ota-onaning burchi
deb biladi. Bu fazilatlar ulardan qoladigan meros bo‘lish bilan birga, farzandlarning haqqi
ham deb ota-
onalarning tarbiyachilik mas‘uliyatini ko‘rsatib beradi. E’tiborli joyi shundaki,
Kaykovus bolaga hunar o‘rgatganda, uning uchun
boshqalar qilishi mumkin bo‘lmaydigan
hunarlar o‘rgatishi lozim deydi. Ana shunday hunarlar yordamida u mushkul vaziyatlardan
chiqa olsin. Shunda bola ham otadan rozi bo‘ladi.
Oila
–
inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila
muhim tarbiya o‘chog‘i
hamdir. Demak, oila
–
tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday
holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.
Xorij mamlakatlarida oilaviy munosabatlarga qiziqish o
‘
tgan asrning boshlarida
keskin oshdi. Taniqli tadqiqotchi olimlar U. Jems, Ch. Kuli, U. Tomas, J. Piaje, Z. Freyd
kabilar oilaning davrasida ro‘y beradigan shaxslararo munosabatlarning xarakteriga
alohida e‘tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs ta’sirida qanday qilib o‘z sifatlarini
takomillashtirishi, o‘zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o‘rgandilar.
Ota-
onalik tarbiyasiga
Z. Freyd
ning psixoanalitik nazariyasini keltirib o
‘
tish o
‘
rinli deb
hisoblayman.
Unga muvofiq, bola o‘zi katta bo‘lgan
oilasidagi o‘z jinsiga mos ota yoki ona
obraziga o‘zini identifikatsiya qilib, hayoti mobaynida ko‘rgan
-kechirganlarini xatti-
harakatlarida takrorlaydi, qarama-
qarshi jins vakili bo‘lmish ota
-onaning obrazi esa
turmush o‘rtog‘ini tanlashni belgilaydi. Agar ushbu obraz ijobiy bo‘lgan bo‘lsa, masalan, qiz
bola uchun otasi ideal, namunali tuyulsa, kelajakda shu qiz o‘z turmush o‘rtog‘i bilan
kelishib yashashga moyil bo‘ladi. Mabodo obraz salbiy bo‘lsa, (ota ichuvchi yoki bevafolik
qilib tashlab ketgan), unga
o‘xshamagan insonni qidiradi
-yu, aslida, topgan taqdirda ham
u bilan kelishib yashashiga o‘zi ham ishonmaydi, ruhiy iztirobda bo‘ladi, ko‘p ikkilanadi.
Xulosa qilib aytganga, farzandning kelajagi qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan ota
-onalik
munosabatlarining
oila muhitida qanday yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liq bo‘lib, bolani oilaviy
hayotga tayyorlash oiladan boshlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
441
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Inomova M. Oilada bolalarning ma
’
naviy-axloqiy tarbiyasi
–
T.: 1999.
2.
Kaykovus. Qobusnoma.
–
T.: O
‘
qituvchi, 1986.
3.
Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi.
–
T.: 2006.
4.
Munarova A. Oilaviy tarbiya samaradorligining pedagogic shart-sharoitlari.
T.: Fan. 1989.
5.
M.J. Boltaeva, O.Kh. Ortikov.(2020). Views of eastern thinkers on the
development of intellectual abilities in the scientific heritage. Academicia An International
Multidisciplinary Research Journal Vol. 11 Issue 1, January 2021.
–
PP. 211
–
214.
6.
M.J. Boltaeva, O.Kh. Ortikov. Features of the scientific heritage of eastern thinkers
about the attitude of parents to the child. Society and innovations. Special Issue
–
2 (2021)
PP. 469
–
474.
