Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Content and problems of learning the subject
“
electric networks
and systems
”
in the electronic educational environment
Mashalbek YULCHIEV
1
Tashkent State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 20 November 2021
Available online
15 December 2021
Maximum efficiency of the process of preparing e-learning
opportunities quite achievable. Namely, due directly to the
coordinated development of teaching methods of the basic
technologies of the educational process.
2181-
1415/© 202
1 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Learning environment,
teacher,
student,
educational programs,
subjects of study,
ATM,
modern education.
Elektron ta’lim muhitida “elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini
o‘qitish mazmuni va muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
ta’lim muhiti,
ta’lim beruvchi,
ta’lim oluvchi,
ta’lim dasturlari,
ta’lim subyektlari,
ATM,
zamonaviy ta’lim.
Elektron ta’lim muhitiga, mutaxassislikka tayyorlash
jarayonini axborot texnologiyalariga asoslangan muhitni tashkil
qilishning maksimal samarasiga mazkur jarayonning psixologik,
texnik, texnologiya, axborot, huquqiy, metodik va boshqa
tarkibiy qismlarini muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirish
hisobigagina erishish mumkin.
1
Freelance researcher. Tashkent State Pedagogical University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: new_phd_mashalbek@mail.ru.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
65
Содержание и проблемы обучения предмета «электрические
сети и системы» в электронной образовательной среде
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Учебная среда,
учитель,
ученик,
образовательные
программы,
предметы обучения,
банкомат,
современное образование.
Максимальная эффективность процесса подготовки
возможностей электронного обучения. вполне достижима.
А именно, за счет непосредственно за счет согласованной
разработки методик преподавания основных технологий
учебного процесса.
Ta’lim muhiti qandaydir ilgaridan belgilab berilgan, qanaqadir
bir ma’noli narsa
emas. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning uchrashuvi qayerda boshlansa, o‘sha yerdan
ta’lim muhiti boshlanadi, qaysiki, ular birgalikdagi faoliyatning manbai sifatida alohida
institutlarda, ta’lim dasturlari, ta’lim subyektlari orasida ta’lim jarayoni tashkil etilib,
muhit loyihalanadi va quriladi. Bunday muhit ta’limni tashkil etish jarayonida subyekt
(o‘qituvchi va talaba)larning birgalikdagi faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi.
V.I.
Slobodchikov g‘oyasiga ko‘ra, qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, shu yerda
uning mazmun-
mohiyati, aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi [103].
Muhit o‘zining chegarasi va tarkibiga ega. V.I.Slabodchikov fikriga ko‘ra, “Muhit
asosini nimalar tashkil etadi?”, “Uning qanday aloqalari mavjud?”, “M
uhitning vositasi
nima va nimalari bilan ajralib turadi?” kabi savollarga javob berishi kerak [1].
“Axborotlashgan ta’lim muhiti (ATM)
-
bu pedagogik tizim va uning ta’minoti birligi
bo‘lib, moliyaviy, iqtisodiy, moddiy
-
texnik, me’yoriy va marketing boshqaru
vining quyi
tizimidir”, –
deb ko‘rsatib o‘tiladi .
Keyingi yillarda pedagogik adabiyotlarga “Axborotlashgan ta’lim fazosi”, “Axborot
-
lashgan ta’lim muhiti” kabi tushunchalar kirib kelmoqda. Bu atamalar informatika va
pedagogikada turli jihatdan
talqin qilinmoqda va ta’riflanmoqda. Biz ulardan bir
nechtasini keltirib o‘tamiz:
O.A.
Ilchenko o‘z tadqiqotida: “Axborotlashgan ta’lim muhiti –
ta’lim jarayoni
subyekti inson bilan bog‘liq axborot, texnik va o‘quv metodik ta’minotlarning birgalikdagi
tizi
mli tashkil etilishi”,
-
deb ta’riflaydi [2].
O.I.
Sokolova fikriga ko‘ra: “Oliy ta’limning axborot muhiti –
bu dasturiy, texnik,
tashkiliy-
metodik vositalar majmui yordamida ta’limiy, ilmiy aloqalarni, axborotlardan
tezkor foydalanishni
ta’minlaydigan, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni
amalga oshiradigan faoliyatning bir sohasi”.
J.N.
Zayseva g‘oyalarida: “Axborotlashgan ta’lim muhiti (ATM)
-
ta’lim oluvchilarning
haqiqiy bunyodkorligi, iste’dodini ochish uchun oldindan tayyorlangan axborot muhiti”,
–
ekanligi ko‘rsatilgan.
Elektron ta’lim muhitiga, mutaxassislikka tayyorlash jarayonini axborot texno
-
logiyalariga asoslangan muhitni tashkil qilishning maksimal samarasiga mazkur
jarayonning psixologik, texnik, texnologiya, axborot, huquqiy, metodik va boshqa tarkibiy
qismlarini muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirish hisobigagina erishish mumkin. Aynan
axborot texnologiyalari zamonaviy ta’lim rivojiga ko‘p jihatdan bevosita ta’sir ko‘rsata
oladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
66
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”)
agentligining 2017-yil 10-
noyabrdagi №
05
–
896-
sonli Qarorida “Elektron ta’lim” milliy
tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona
talablarga asosan elektron
ta’lim muhitida foydalaniladigan, elektron o‘quv adabiyotlarga,
elektron ta’lim resurslariga qo‘yiladigan talablar yoritib berilgan. Unga ko‘ra, elektron
o‘quv adabiyotlarini yaratishda modullik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish, boshqa
-
ruvchanlik,
ko‘nikuvchanlik, kompyuterli qo‘llab
-
quvvatlash, yig‘iluvchanlik tamoyillari,
shuningdek, didaktik, texnik, texnologik talablar yoritilib, tayanch oliy ta’lim muassasalari
tomonidan ishlab chiqilishi ko‘zda tutiladi [3].
Elektron ta’lim muhitini axborotlashgan ta’lim muhitining sinonimi sifatida
foydalanuvchilarning ta’limiy manbalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida
zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, mutaxassislikka tayyorlash jarayonining
shaxsiy kompyuterlar, telekommunikatsiya,
metodik va tashkiliy muhiti sifatida ta’riflash
mumkin [4].
Olib borilgan tadqiqotlardan elektron ta’lim muhiti quyidagilarni o‘z ichiga olishi
aniqlandi (1-rasm)
1-
rasm. Elektron ta’lim muhiti tarkibi.
Shaxsiy kompyuterlar, ularning asosiy va qo‘
shimcha qurilmalari
1.
Insonlar kompyuterlardan internet tarmog‘ida ishlashda, ta’lim olish jarayonida,
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, korxona ishlarini avtomatlashtirishda, multimedia
ilovalarini yaratishda va hokazolarda foydalanadilar.
Shaxsiy kompyuter
–
bu foydalanuvchilarga qulay dasturiy ta’minot bilan jihoz
-
langan, shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan kichik o‘lchamli kompyuterdir. Shaxsiy
kompyuter to‘plami tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha qurilmalaridan iborat
bo‘ladi. Tizimli blok kompyuterning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha komponentlarni
o‘z ichiga oladi. Kompyuterda axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va
jo‘natishda foydalaniladigan uskunalarning barchasi tizimli blok ichida joylashgan bo‘
ladi.
Shaxsiy kompyuterlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Xususan, ta’lim
sohasida ulardan foydalanish samarali natijalar olib keldi. Ular nafaqat korporativ
boshqaruv uchun, balki tibbiyot, arxitektura, kommunikatsiyalar, tadqiqot, sport va ta’l
im
kabi boshqa sohalarda ham samarali ekanligi isbotlandi. Bir vaqtlar faqat ilmiy-tadqiqot
laboratoriyalarida va davlat boshqaruv idoralarida qo‘llanilgan ushbu mashinalar endi
dunyodagi barcha umumta’lim maktablarida keng ko‘lamli, ommaviy foydalanilmoqd
a.
Kompyuterlar har qanday kasbda samarali faoliyat yuritish tarzini o‘zgartirib, undan
ta’lim tizimi jarayonida foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
67
Telekommunikatsiyani tashkil etish
didaktik tuzilish jihatdan to‘rt guruhga
bo‘linishini ko‘rsatadi.
Ular:
•
telekommunikatsiyaning “kompyuterdan kompyuterga” didakdik xususiyatiga
ixtiyoriy hajmdagi matnli, grafik axborotlarni kompyuterdan kompyuterga uzatish, qabul
qilish, qayta ishlash, tahrirlash, almashinish, yuklash, jo‘natish, tizimlasht
irish va chop
etish kabilar kiradi;
•
elektron pochtaning didaktik imkoniyatlari: bir vaqtda axborotlarni ko‘p sonli
mijozlarga uzatish, server kompyuterda saqlanadigan fayllarni foydalanuvchilar so‘roviga
ko‘ra uzatish, hamkorlar bilan axborot almashinish,
yuborilgan axborotni egasiga yetib
borgani yoki yetib bormagani haqida avtomatik javob qaytarish, axborotlarni guruhli
muhokama etish, foydalanuvchilarni qiziqtiradigan har qanday elektron axborotlar
bazasiga ulanish va h.k.;
•
telekonferensiyaning didaktik imkoniyatlari: anjuman ishtirokchilari bilan matnli,
grafik va ovozli axborotlarni uzatish, almashinish, tayyorlash, bosmadan chiqarish, sinxron
va assinxron kommunikatsiyaning
ta’minlanganligi, qulay vaqtda anjuman materiallarini
jo‘natish, qabul qilish,
bunday vaqtda barcha xabarlarning
turi bo‘yicha raqamlanishi,
tizimlashtirilishi, undan foydalanishni osonlashtirish;
•
elektron doskaning didaktik imkoniyatlari: bir elektron doska xabarlarini boshqa
elektron doska xabarlariga aniq manzilsiz (barchadan barchaga) joylashtirish, uzatish,
foydalanuvchini qiziqtirgan axborotlarni qidirish va uning
egasi bilan bog‘lanish, birga
ishlash uchun hamkorlar izlash, qiziqtirgan axborotlarni bosmadan chiqarib olish va
boshqalardan iborat.
Shuningdek, E.S. Polat pedagogik muammolarni yechishda telekommunikatsiyaning
didaktik funksiyalari, axborot texnologiyalarining o‘rnini quyidagicha ko‘rsatib beradi [5]:
•
turli mamlakatlar, OTM, ilmiy o‘quv markazlari tadqiqotchilari, o‘qituvchi va
talabalarining hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
•
mustaqil amaliy, ijodiy faoliyatning turli-tuman metod va shakllaridan foydalanib,
hamkorlarning mustaqil amaliy, dasturiy faoliyatlarini tashkil etish;
•
ilmiy-
uslubiy markazlarning xodimlari o‘rtasida k
eng doiradagi tezkor
maslahatlar o‘tkazishga yordam berish;
•
ishtirokchilarni birgalikdagi loyihalari, g‘oyalar va rejalari, savollari bo‘yicha
tezkor axborot almashinish, ularning dunyoqarashi va madaniy saviyasini oshirish;
•
hamkorlar o‘rtasida kommunikati
v qobiliyatni, muhokama yuritish madaniyatiga,
shaxsiy fikr-
mulohazalarni qisqa va aniq bayon etishga, o‘z qarashlarini isbotlashga,
hamkorlar fikrini toqat bilan tinglashga, hurmat qilishga o‘rgatish;
•
ilmiy, ijodiy laboratoriya ishlarini modellashtirish o
rqali aniq ilmiy faoliyat ko‘nik
-
malarini shakllantirish;
•
zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida sayyoramizning har xil nuqta-
larida turli manbalardagi, hamkorlik loyhalaridagi axborotlarni joylashtirish, saqlash,
uzatish ko‘nikmalarini shakllantiri
sh;
•
xorijiy tilda aloqa qilish zarurligini hisobga olib, xorijiy tilni o‘rganish;
•
bo‘lajak mutaxassislarni madaniy, etnik va gumanistik axborotlar bilan tanish
-
tirish orqali ularning rivojlanishlariga ko‘maklashish.
Elektron ta’lim muhitida telekommunika
tsiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
•
talabalarga matn, grafik va ovozli axborotlarni yetkazib berish;
•
elektron pochta, moodle, chat orqali talaba va o‘qituvchi o‘rtasida fan sohasida
axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
68
•
talabalarni o‘z tengdoshlari, boshqa oliy ta’lim muassasasi talabalari bilan forum
-
lar, konferensiyalar, telekonferensiyalar va turli axborot almashinuvlarini tashkil etish.
•
Metodik ta’minot mutaxassislarni o‘qitishning didaktik vositasi bo‘lib, uning
tarkibiy qismini an
iqlaydi va muayyan shaklda ko‘rsatib beradigan pedagogik tizimning
integratsiyalashgan axborot modelidir [6].
•
Tashkiliy muhit
–
o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mavzuning maqsadiga mos
ma’ruza, amaliy, seminar va mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni. Uning
asosini
texnologik xarita, mashg‘ulot ishlanmasi hamda kalendar rejalar tashkil etadi [7].
Oliy ta’limda “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani texnika yo‘nalishlarining bakalavr
ta
’limi uchun tuzilgan bo‘lib, unda mutaxassisligidan kelib chiqqan holda ma’
ruza, amaliy
mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti va mustaqil ta’lim soatlari bo‘yicha taqsimlab
chiqilgan.
Oliy ta’limda “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitishning maqsadi talabalarni
zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va uskunaviy vositalardan foydalanish
usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyili va uslublari bilan chuqur
hamda har tomonlama tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifalari talabalarni zamonaviy operatsion tizimlar, matnli va jadvalli
axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish,
boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan (SHK) foydalanishning nazariy asoslari
va ularni milliy texnikaning turli tarmoq va sohalariga tatbiq qilish usullarini o‘rgatish
,
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va obyektga mo‘ljallangan dasturlash tillarini
o‘qitish, internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko‘nik
-
malarni berishdir.
“Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakasiga qo‘yiladigan talablar davlat ta’lim standarti, fan dasturi, ishchi o‘quv
dasturlarida o‘z aksini topgan.
Oliy ta’lim texnika yo‘nalishlarida “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitish
jarayonida mavjud muammolarni aniqlashda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
•
texnika yo‘nalishlarida “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitish jarayonining
DTS, o‘quv
-ishchi dasturlari bilan tanishish va tahlil qilish;
•
mikrofirma va kichik biznes korxonalarining moliyaviy hisobotlarini elektr
tarmoqlari va tizimlari yordamida tayyorlash va taqdim etishni tahlil qilish [8];
•
texnika yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining ish joylari bilan tanishish, xizmat
vazifalarini bajarishda elektr tarmoqlari va tizimlaridan foydalanish muammolarini
o‘rganib chiqish;
•
oliy ta’lim texnika yo‘nalishlarida “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitishni
ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lash masalalarini amalga oshirish va h.k.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish natijasida q
uyidagi muammolar
aniqlandi:
•
ushbu fanni o‘qitishda elektron ta’lim muhitini tashkil etuvchi metodik
ta’minotning mavjud emasligi, o‘qituvchilarning texnikaga oid masalalarni yechishda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarining
yetarli emasligi;
•
Elektr tarmoqlari va tizimlari fani o‘qituvchisida texnika sohasiga oid bilimlarning,
texnika o‘qituvchisida esa elektr tarmoqlari va tizimlari savodxonligining yetarli darajada
emasligi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
69
•
bo‘lajak iqtisodchilarga elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‘qitish uchun
metodik ta’minotning, xususan, darsliklar, o‘quv
-
uslubiy qo‘llanmalar, adabiyotlarning
yetarli emasligi va mavjud adabiyotlarning zamon talabi darajasida emasligi.
V.A. Krasilnikova jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan madaniyatli yoshlarni
tarbiyalashda informatika o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablarni quyidagicha tavsiflashda
umummadaniy tayyorgarlik, pedagogik faoliyat sohasida, noaniqlik sharoitlarida, shaxsiy
va kasbiy muammolarni elektr tarmoqlari va tizimlaridan foydalanib , yechishga tayyor-
ligini alohida ko‘rsatib beradi [9].
Elektron ta’lim muhiti o‘qituvchi uchun yangi qirralarni kashf etadi. Ushbu muhit
oliy ta’lim tizimi o‘qituvchisidan elektr tarmoqlari va tizimlari vositalaridan yuqori
dara
jada foydalanishni talab etadi. Shuning uchun “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani
o‘qituvchisi o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy tayyorlanishi uning axborot
-
ta’lim muhitida ishlashi uchun zaruriy shartlaridan biridir [10].
Shuningdek, elektron axborot-
ta’lim muhitida faoliyat olib boradigan o‘qituvchidan
yuqori pedagogik natijalarga erishish uchun tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-
psixologik imkoniyatlar ham talab etiladi [11].
Shu sababli pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tay
yorlash, yangi avlod o‘quv
kurslarini rivojlantirishga va o‘quv jarayonida zamonaviy elektr tarmoqlari va tizim
-
laridan foydalanib, elektron ta’lim muhitini yaratish va rivojlantirish muhim bosqich
-
lardan biri hisoblanadi.
R.M. Magomedov oliy
ta’limning “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani o‘qituvchisiga
quyidagi talablar qo‘yilishini ko‘rsatib o‘tadi:
•
masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
hamda multimedia vositalari bilan ishlay olishni bilishi;
•
o‘quv mashg‘uloti davomida talabalarga ijobiy munosabat bildirishi, buning uchun
ma’lum psixologik barqarorlikka ega bo‘lishi va u bilan hamkorlikda ishlay olishi;
•
mashg‘ulot davomida samarali faoliyat yuritishi;
•
mashg‘ulotlarning aniq taqvimini va o‘quv dasturiga mos topshiriqlarning barcha
turlarini ishlab chiqishi, zaruriy tarkibiy qismlarni oldindan bilishi va bajarilishini talab
qilishi;
•
talabalar bilan axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida faol ma’lumot
almashishga tayyor bo‘lishi;
•
o‘quv topshiriqlarini bajargan talabalarni faol rag‘batlantirib borishi;
•
talabalarga nazorat topshiriqlari va uning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib
borishi;
•
o‘qitiladigan fan mazmunining tez
-
tez o‘zgarib borishiga, yangi mazmunni
talabalarga yetkazib berishga tayyor bo‘lishi va h.k.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Kayumova N.A. Suropov
B.M. Ta’lim jarayonida integratsiyalashgan muhit. //
Formation a culture of independent thinking in the educational process. Materials of the
international scientific conference on November 10
–
11,
–
Prague, 2015.
–
PP. 19
–
22.
(ISBN 978-80-7526-061-1).
2.
Sovremenn
ы
e informatsionno-obrazovateln
ы
e sred
ы
. P-lib.ru-Biblioteka dlya
studenta. http://www.p-lib.ru/pedagogika/andreev//andreev9.html.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
70
3.
O‘zstandart agentligining 2017
-yil 10-
noyabrdagi №
05
–
896-sonli qarori.
“Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa
ta’lim resurslariga yagona talablar.
O
‘
zDSt 36.2030:2017.
4.
Polojenie ob elektronnoy informatsionnoy obrazovatelnoy srede OGU. ot
15.09.2017 № 64
-D. http://www.osu.ru/doc/4410.
5.
Nazarova T.S., Polat E.S. Sredstva obucheniya: texnologiya sozdaniya i
ispolzovaniya.
–
M.: URAO, 2001.
–
S. 203.
6.
Kudinova G.A.
Kompleksnoe
uchebno-metodicheskoe
obespechenie
obrazovatelnogo protsessa. https://infourok.ru/prezentaciya-na-temu-kompleksnoe-
uchebnometodicheskoe-obespechenie-obrazovatelnogo-processa-1696586.html.
7.
Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari fan das
turi. Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun 2016.
№
BD-5230600-
2.02 son bilan ro‘yxatga olingan.
8.
Suropov B.M. Kichik biznes va tadbirkorlikni boshqarishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. // Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida kichik biznes va
tadbirkorlikni zamonaviy boshqaruv tendensiyalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman
ma’ruza tezislari to‘plami. 16
-17 aprel 2018,
–
B. 234
–
236.
9.
Krasilnikova V.A.
Ispolzovanie
informatsionn
ы
x
i
kommunikatsionn
ы
x
texnologiy v obrazovanii: uchebnoe posobie // V.A. Krasilnikova; Orenburgskiy gos. un-t.
2
-
e izd Orenburg: OGU, 2012. –
S. 291.
10.
Vezirov T.G.
Teoriya
i
praktika
ispolzovaniya
informatsionnыx
i
kommunikatsionnыx texnologiy v pedagogicheskom obrazovanii.
Diss. dok. ped. nauk.
Stavropol, 2001.
–
S. 310.
11.
Kayumova N.A., Suropova B.M. Axborot-ta
’
lim tizimi sharoitida barkamol
avlodni tarbiyalash yo
‘
llari. Buxo
ro DUda tashkil etilgan “Barkamol avlod
-buyuk yurt
istiqboli” mavzusidagi Respublika ilmiy
-amaliy anjumani materiallarida 2014 yil
25-26 noyabr
–
B. 228
–
229.
12.
Karimova M., Todjiev X. O
‘
quv jarayonini texnologik tashkil etish xususiyatlari
// Obshestvo i innovatsii.
–
2021.
–
T. 2.
–
№ 8
.
–
S. 227
–
233.
