Авторы

  • Хошим Хидиров
    преподаватель, кафедра " Гуманитарных наук”, Джизакский Политехнический Институт, Джизак, Узбекистан
  • Махматкобил Обилкошимов
    преподаватель, кафедра " Гуманитарных наук”, Джизакский Политехнический Институт, Джизак, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp97-104

Ключевые слова:

ООН население бедные обнищавшие Европа СНГ Декларация тысячелетия Аддис-Абебский план действий общественность Узбекистан пандемия различные секторы

Аннотация

В статье рассматривается борьба с бедностью, пути и средства ее предотвращения. Анализируется практические способы и методы по искоренению бедности в мире, в частности в Республике Узбекистан, автором предложены некоторые меры для предотвращения такой экономически негативной ситуации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Poverty and the fight against poverty: methods, techniques and
content of prevention

Khoshim KHIDIROV

1

, Mahmatkobil OBILKOSIMOV

2


Jizzakh Polytechnic Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 20 November 2021
Available online
15 December 2021

The article discusses the fight against poverty, ways and

means of its prevention. Practical ways and methods to eradicate
poverty in the world, in particular in the Republic of Uzbekistan,
are analyzed, the author suggests some measures to prevent
such an economically negative situation.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp

97-104

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

UN,
population,
poor,
impoverished,
Europe,
CIS,
Millennium Declaration,
Addis Ababa Action Plan,
public,
Uzbekistan,
Pandemic,
various sectors,
etc.

Kambag‘allik

va qashshoqlikka qarshi kurashish: oldini olish

yo‘llari,

usullari va mazmun-mohiyati

ANNOTATSIYA

Калит

сўзлар:

BMT,
aholi,

kambag‘al,

qashshoq,
Yevropa,
MDH,

Maqolada kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi kurashish,

uning oldini olish yo‘llari va usullari, kambag‘allikni tugatish

masalasida dunyo davlatlari va mamlakatimizda olib borila-
yotgan amaliy ishlar, ushbu salbiy holatning oldini olish borasida

qanday ishlar amalga oshirilayotganligi xususida so‘z boradi.

1

Lecturer at the Department of Social Sciences, Jizzakh Polytechnic Institute. Jizzakh, Uzbekistan.

2

Lecturer at the Department of Social Sciences, Jizzakh Polytechnic Institute. Jizzakh, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

98

Mingyillik deklaratsiyasi,
Addis-Abeba Harakatlar
dasturi,
jamoatchilik,

O‘zbekiston,

pandemiya,
turli tarmoqlar va h.z.

Борьба

против

бедности

и

нищеты:

его

значение

и

пути

его

предотвращения

АННОТАЦИЯ

Ключевые

слова:

ООН,

население,

бедные,

обнищавшие,

Европа,

СНГ,

Декларация тысячелетия,
Аддис

-

Абебский план

действий,
общественность,
Узбекистан,

пандемия,

различные секторы и т.д.

В статье рассматривается борьба с бедностью, пути и

средства ее предотвращения. Анализируется практические
способы и методы по искоренению бедности в мире, в
частности в Республике Узбекистан, автором предложены
некоторые меры для предотвращения такой экономически
негативной ситуации.

Har bir insonga kunlik zarur bo‘ladigan eng kam miqdordagi ta’minotning yetish

-

masligi

zamonaviy dunyo davlatlari taraqqiyoti uchun boshqa xavflardan kam bo‘lmagan

kambag‘allik xavfini keltirib chiqarmoqda. Zero, buning zamirida shaxs, jamiyat va

davlatning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotning asoslari mujassam. Shu bilan
birga

, kambag‘allikni bartaraf etish, buning uchun zarur shart

-sharoit va imkoniyatlarni

yaratish amalda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichga o‘tishini ta’minlaydi. Ayni
vaqtda, kambag‘allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo‘lib,u institutsiona

l

va tizimli yondashuvni taqozo etadi.

Bu omil bolaning o‘zgalardan ajralib qolishidagi eng

katta sabablardandir. Ko‘zini ochib, ota

-

onasini og‘ir ahvolda va oilasini tanglik, siqilgan

holda ko‘raverish uning odamoviligini, ko‘pchilikdan begona

-lashuvini kuchaytiradi. U

yaqinlari yoki qo‘shni bolalar, maktabdagi do‘stlari oldida o‘zining yetishmovchiligidan,
doimiy g‘amgin holatidan ich

-

ichdan eziladi. O‘zini yashirgani joy topolmay yuradi yoki

,aksincha, “omadi” chopganlarga nisbatan g‘arazini ochiq namoyish qilish payida bo‘ladi.
Agar oiladagi vaziyat shunday davom etaversa, bu holdagi bolaning ruhan yetuk bo‘lib
ulg‘ayishini kutish, albatta, qiyin. Shubhasiz, u jamiyatga nafrat va g‘azab ko‘zi bilan
qaraydi. Shu tariqa shakllangan fe’l

-atvor oqibatida ezgu orzu-niyatlaridan umid uzib,

yaxshi o‘y

-

xayollarini yomon g‘arazlarga almashtiradi.

BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzida 700 mln. dan ortiq odam qashshoqlikda

kun kechiradi. Kambag‘allikning yuqori darajasi, asosan, turli nizolar mavjud bo‘lgan

maml

akatlarga to‘g‘ri keladi.

Kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi kurashish BMT kun tartibidagi asosiy

masalalardan hisoblanadi. Bu borada tashkilot tomonidan bir qator muhim ishlar amalga
oshirilgan. Xususan, 1992-

yilda BMT Bosh assambleyasining 47G‘196 rezo

lyutsiyasi

asosida 17-oktyabr

Xalqaro qashshoqlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

99

Tegishli rezolyutsiyalar asosida 1997

2006-y., 2008

2017-y. va 2018

2027-y.

BMTning qashshoqlikka qarshi kurashish o‘n yilliklari sifatida belgilandi.

Kambag‘all

ik va qashshoqlikka qarshi kurashish tashkilotning Mingyillik deklarat-

siyasi (2000-y.), Addis-Abeba Harakatlar dasturi (2015-y.) va 2030-

yilgacha bo‘lgan

barqaror rivojlanish (2015-

y.) kabi hujjatlarda o‘z aksini topgan. Shu bilan birga,

Mingyillik rivojlanish maqsadlarining 1-

bandida o‘ta qashshoqlikka qarshi kurash vazifasi

belgilangan. Ushbu hujjatlarda, jumladan, har bir davlat milliy va global miqyosda

kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida zarur shart

-sharoitlarni yaratish, gender

tengligini ta’minlash, ijtimoiy himoya choralarini ko‘rish va boshqa qator masalalar
bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan.

Shu o‘rinda, kambag‘allikni aniqlash darajasi, uning o‘lchovlari xususida to‘xtalish

joiz. Bu borada xalqaro tashkilotlar tomonidan tegishli yondashuv va mezonlar ishlab
chiqilgan. Xususan, Jahon banki

tomonidan kambag‘allikni aniqlashda mezon sifatida

kunlik daromadi 1,9 AQSh dollarini tashkil qiladigan aholi toifalari kiritiladi. Bu

kambag‘allik chizig‘i sifatida belgilangan.

Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa tashkiloti (EAPN) insonlarni

kambag‘allikka olib keluvchi bir nechta muhim omillarni ko‘rsatadi. Jumladan, ishsizlik,
ta’limning past darajasi, nogironlik, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati va h.z.

Mut

axassislar fikricha, ushbu barcha holatlar kambag‘allikka qarshi kurashishda e’tiborga

olinishi lozim.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk

-

ning fikricha, Markaziy Osiyoda qashshoqlikning qisqarishi sohasida muayyan

o‘sish

kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda, xalqaro mutaxassis, ushbu jarayonda barqaror va

inklyuziv o‘sishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora

-tadbirlar mintaqa davlatlarining

ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi.

Jahon iqtisodiyo

tiga o‘tish davrida bo‘lgan mamlakatlarda qashshoqlik darajasini

qiyoslash uchun kambag‘allik chegarasi AQShda bir kishi uchun kuniga 2,15 AQSh dollarini
tashkil etadi. Ya’ni chegarasi, oilaviy daromad oyiga har bir oila a’zosi uchun kamida

65 AQSh dollarini tashkil etadi.

Qashshoqlik darajasi

aholi (uy xo‘jaliklari) umumiy kambag‘allik chegarasidan

past bo‘lgan xarajatlar (daromad) darajasi, umumiy aholi (uy xo‘jaliklari)ga nisbatidir.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish so‘rovnomalari natijalariga ko‘ra, xalqning hukumat

-

dan noroziligi

uni qashshoqlikning eng asosiy muammosi sababchisi, doimiy tashvish va

xavotir keltiruvchi, deb hisoblaydi. Turli so‘rovnomalarda uni yashash uchun kerakli

vositalarning yetishmasligi, kam daromadlar, o

ilaning kambag‘allik holati, kambag‘allik va

qashshoqlikda yashovchi insonlar soni ko‘pligi deb atashadi.

Bozor islohotlari bilan shug‘ullanuvchi nazariyotchilar kapitalizmga o‘tishning

dastlabki yillarida aholi o‘rtasida qashshoqlik darajasi o‘sishini old

indan ogohlantirishadi,

lekin keyinchalik qashshoqlikni keltirib chiqaradigan

chirigan

rejalashtirilgan buyruq-

bozlik iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda, nisbatan shiddat bilan o‘sadigan samarali bozor

iqtisodiyotini oldindan bashorat qilishgan. Biroq bularning

hech qaysi biri sodir bo‘lmadi.

Qashshoqlik eng asosiy muammo sifatida post-sovet jamiyatlarida saqlanib qolmoqda.

Kambag‘allikni kamaytirishda dunyo bo‘yicha Xitoy tajribasi namunali. Iqtisodiy

islohotlar boshlangan o‘tgan asrning

80-yillaridan boshlab hozirgacha Xitoy 800 million-

dan ziyod aholini kambag‘allikdan chiqardi. 2020

-

yil kambag‘allikni butunlay tugatish yili

deb e’lon qilingan. Bugungi kunda aholini, ayniqsa, qishloq joylarida band qiladigan asosiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

100

yumush

bu mayda ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat, oilaviy biznes. Deyarli

barcha mahsulotlar onlayn savdo bilan iste’molchilarga yetkaziladi. XXRning Davlat

Kengashida K

ambag‘allik bilan kurashish qo‘mitasi faoliyat yuritadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2021

-yilda 70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasb-

hunarga o‘qitish, 39,6 ming nafar ishsizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, 50 ming
kishini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o‘qitish reja qilingan.

Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni uy-

joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan

ishlar ko‘lami ham kengaytirilmoqda. O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yangicha tajriba
asosida o‘rganilmoqda.Unda jahonning ilg‘or mamlakatlari tajribasi, xususan, AQShning

taniqli olimlari, 2019-yildagi Nobel mukofoti laureatlari Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va

Maykl Kremerning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlari natija

-

laridan foydalanildi.

Kambag‘allikka qarshi kurash mamlakatimizda nisbatan yangi yo‘nalish hisob

-

lanadi. Bu borada belgilangan maqsadga erishishda mazkur vazifani amalga oshirish bilan

bog‘liq instrument va usullarni real holatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqish eng
samarali yo‘l sifatida baholanmoqda.

Xalqaro kambag‘allik darajasi birinchi marta e’lon

qilinganidan so‘ng, bir necha bor

qayta ko‘rib chiqildi va

bir qator mamlakatlarda vaziyat o‘zgarishi va ko‘proq ma’lumot

paydo bo‘lishi bilan o‘zgarib bordi. So‘nggi marotaba global qashshoqlik chegarasi 2011

-

yilgi xarid qobiliyati pariteti (XQP) narxlari asosida har bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar
miqdorida belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23

-sentabr kuni Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-

yubiley sessiyasida nutq so‘zladi. Unda

mamlakatimiz rahbari bir qator dolzarb tashabbuslarni bildirdi. Jumladan, Prezidentimiz
tomonidan

kambag‘allikni qisqartirish va unga qarshi kurashish masalasini BMTning

navbatdagi sessiyasi asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash, shuningdek, ushbu
mavzuda Global sammitni

o‘tkazish

to‘g‘risidagi tashabbusi, shubhasiz, jahon hamjamiyati

oldida turgan yirik muammolardan biriga samarali yechim topishga qaratilgan. Ayniqsa,
6 oydan buyon davom etayotgan pandemiya ushbu muammoni yanada dolzarblashtirdi.

Har bir insonga

kunlik zarur bo‘ladigan eng kam miqdordagi ta’minotning yetish

-

masligi zamonaviy dunyo davlatlari taraqqiyoti uchun boshqa xavflardan kam bo‘lmagan

-

kambag‘allik xavfini keltirib chiqarmoqda. Zero, buning zamirida shaxs, jamiyat va davlat

-

ning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotning asoslari mujassam. Shu bilan birga,

kambag‘allikni bartaraf etish, buning uchun zarur shart

-sharoit va imkoniyatlarni yaratish

amalda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichga o‘tishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda,
kambag‘allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, u institutsional va

tizimli yondashuvni taqozo etadi.

BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzida 700 mln. dan ortiq odam qashshoqlikda

kun kechiradi. Kambag‘allikning yuqori darajasi,

asosan, turli nizo

lar mavjud bo‘lgan

mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Sh.

Mirziyoyev o‘zining 2020

-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida

shunday degan edi:

kambag‘allikni kamaytirish –

bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish,

insonning ichki kuch-quvvati va salohiy

atini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari

yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari ushbu Murojaatnomada

kambag‘allikni kamaytirish

dasturini ishlab chiqishni taklif qi

ldi. Asosiysi, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

101

kurashishda ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro me’yorlar, aniq mezonlar va baholash usullariga
asoslangan yangi metodologiya yaratish lozimligi ta’kidlandi. Boshqacha aytganda, ushbu

jarayon ilmiy asoslangan

va amaliy xarakterga ega bo‘lsa , kutilgan natijani beradi.

Prezident Sh. Mirziyoyev

ta’biricha,

“Xalqimizga baliq tutishni o‘rgatishimiz,

qarmoq berishimiz lozim”. Bugungi kunda o‘tgan 3 yil davomida mamlakatimizda amalga

oshirilgan ishlar, jumladan, ijtimoiy-

iqtisodiy sohadagi islohotlar kambag‘allikka qarshi

kurashishda muhim poydevor vazifasini o‘tamoqda. Shu bilan birga, kambag‘allikni
qisqartirish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi va sohaning yirik mutaxassislarining
tadqiqotlari muntazam o‘rganilmoqda. Ushbu o‘rganishlar asosida

O‘zbekistonda

Kamba-

g‘allikni qisqartirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan dastur va konseptsiya

ishlab

chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonda

2030-

yilgacha kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha

strategiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Albatta, bugun mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish sohasida amalga

oshirilayotgan ishlar bu boradagi dastlabki qadamlar hisoblanadi. Bu borada ijtimoiy,

iqtisodiy, ma’rifiy

-madaniy sohalarning hamkorlikdagi faoliyati hamda amalga oshirilayot-

gan ishlarning shaffofligini ta’minlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan
birga, ushbu tashabbus BMT va unga a’zo

-davlatlar tomonidan pandemiya sharoitida

vujudga kelgan yangi tahdidlarni inobatga olgan holda mazkur masalaga yondashuvni

strategik jihatdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etishi bilan ham ahamiyatlidir.

kambag‘al oilalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy va nomoliyaviy moddiy yordam

ko‘rsatish, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da kambag‘al aholini to‘liq

qamrab olish;

kambag‘al oilalar farzandlarini yoki keksalarni kiyim

-kechak, kundalik ehtiyoj

mollari bilan ta’minlash va boshqa ko‘rinishdagi moddiy yordam ko‘rsatish tizimini ishlab

chiqish;

kambag‘al oilalarni uy

-

joy bilan ta’minlash, kommunal to‘lovlard

an imtiyoz berish

tizimini yaratish, arzon va samarador infratuzilma bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

kambag‘al aholi tarkibida bandlikni qo‘llab

-quvvatlash;

kambag‘al aholini kasb

-hunar, xorijiy til va zamonaviy texnologiyalarni egallashga

yo‘naltiri

sh;

kambag‘al aholiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer ajratish;

kambag‘al oilalar bilan o‘zaro shartnoma asosida chorvachilik, parrandachilik,

baliqchilik, asalarichilik mahsulotlari yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

kambag‘al aholini tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, dastlabki moliyaviy,

texnikaviy hamda boshqa yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatish;

kambag‘al oilalarga imtiyozli shartlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,

kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha kreditlar ajra

tish;

kambag‘al oilalarga imtiyozli shartlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,

kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha kreditlar ajratish.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil fevraldagi parlamentga murojaatida ilk bor

O‘zbekiston aholisining kambag‘al qatlami haqida so‘zladi. Respublika aholisining

12-

15 foizi kambag‘al ekani, ularning umumiy soni 4,5

-

5 million nafarligini ta’kidladi.

Pandemiya va uning salbiy oqibatlari mamlakatda kambag‘allik darajasi yanada

ortishiga olib keldi.

Ayni paytda, bu bo‘yicha yangi hisob

-

kitoblar ma’lum qilinganicha yo‘q.

Hisob-

kitoblar natijasida, kambag‘al deya ta’riflanayotgan aholining kunlik daro

-

madi 10-

13 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. Biroq ayni paytgacha aholining

minimal

iste’mol xarajatlari qanchaligi e’lon qilinmayapti. Dunyo miqyosida esa aholi

turmush darajasi minimumi muhim ahamiyatga egaligi ma’lum va bu doimiy e’tibordagi
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

102

Kambag‘allikka turli davlatlarda har xil izohlar, ayricha

fikrlar bildiriladi. Umuman,

jahon tajribasida biror shaxs yoki ijtimoiy guruhning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan

minimal ehtiyojlar, mehnatga layoqatlilik hamda avlodini davom ettirishga imkoniyati

yetarli bo‘lmagan kabi iqtisodiy holatlarni tavsiflovchi tushunchaga kambag‘allik deyiladi.
Buni aniqlashda bir nechta chegara bo‘lib, aholining munosib turmush kechirishi uchun
ma’lum bir me’yor belgilanadi. Agar kishining daromad (yoki xarajat)lari belgilangan
me’yordan past bo‘lsa, u kambag‘al hisoblana

di.

Kambag‘allik chegarasi kunlik eng kam miqdordagi oziq

-ovqat va zaruriy mahsulot-

larni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yoki olingan daromadlar hamda oilaning

ma’lum bir guruhdagi tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali

belgilanadi. Masalan, Davlat statistika qo‘mitasining kambag‘allikni o‘lchash uslubiyatiga
binoan, O‘zbekistonda kunlik 2100 kkal.dan kam iste’mol (xarajat) qilgan kishilar
kambag‘al deyiladi. O‘ylab qaralsa, respublikada kambag‘allik darajasi rasman e’ti

rof etilib,

unga qarshi kurashish choralari ko‘rilayotgan bir paytda pandemiya boshlandi. 2020

-yil

martida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur vazirlikning tuzilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish

bilan birga, kambag‘al aholi moddiy ta’minotida ham amaliy ko‘mak berishga bo‘lgan

muhim qadamdir.

Koronavirus pandemiyasi dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston aholisi uchun ham

katta yo‘qotishlar olib keldi. Yashash uchun eng muhim resurs moddiy ta’minlanganlik

darajasi tushib ketdi. Ishsizlar, bemorlar, moddiy yordamga muhtojlar safi karrasiga ortdi.

Odamlar g‘oyat og‘ir vaziyatda qolishdi.

Mazkur holatda O‘zbekiston hukumati ehtiyoji o‘ta yuqori fuqarolarni aniqlab,

ularni moddiy qo‘

llab-quvvatlovchi dastur

temir daftar

tizimini joriy etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika miqyosida mazkur ro‘yxatga kirgan 594,3 ming oila

va ularning 2,5 million nafar a’zosi (shundan 648 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila
a’zolari) kiritilib

, joriy yil 1-mart holatiga ko`ra, ularning 641,3 ming nafarining (99 foiz)

bandligi ta’minlandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirgi kunga qadar

temir daftar

ga kiritilgan 600 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga jami 1,37 trillion

so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri moddiy va nomoddiy yordamlar ko‘rsatilganini ochiqladi.

Qayd etilishicha, kam ta’minlangan oilalarning daromad manbaini yaratish orqali

respublika bo‘yicha 2021

-yil 1-mart holatiga ko

ra 515,9 ming oila va ularning 2,2 million

nafar a’zolari “

temir daftar

ro‘yxatidan chiqarilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilda ijtimoiy

ko‘makka muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam ajratish

qamrovi ham oshirilgan. Jumladan, bola parvarishi uchun nafaqa va moddiy yordam

oluvchi oilalar soni o‘tgan yil yakunida yil boshiga nisbatan ikki baravarga, ya’ni 600 ming
nafardan 1,2 million nafargacha ortgan. Shuningdek, o‘rta va uzoq muddatlarda kambag‘al

-

likni qisqartirishning strategik maqsadlarini belgilash maqsadida Jahon banki va
BMT Taraqqiyot dasturi ekspertlari bilan birga

2021-2030-

yillarga qadar O‘zbekiston

Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi”

loyihasi ishlab chiqilib, umumxalq

muhokamasiga qo‘yildi.

Kambag‘allar soni 5 million nafar atrofida d

eya aytilayotgan bir davrda bu kabi

harakatlar qamrovini kengaytirish va jadallashtirish muhim ahamiyatga ega.

Kambag‘allikka qarshi kurash mamlakatimizda nisbatan yangi yo‘nalish hisob

-

lanadi. Bu borada belgilangan maqsadga erishishda mazkur vazifani amalga oshirish bilan

bog‘liq instrument va usullarni real holatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqish eng
samarali yo‘l sifatida baholanmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

103

Har bir inson farovon va baxtli yashashga haqli. Insonlarni yaxshi yashashga

intilgani uchun ayblab bo‘lmaydi. Ayni vaqtda, kambag‘allik domiga tushib qolgan har bir
fuqarodan ham o‘z hayotini o‘zgartirishga bo‘lgan kuchli xohish, yangilanishlardan
qo‘rqmaslik va doimo oldinga intilish talab etiladi. Zero, qars ikki qo‘ldan chiqadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yaxshi hayot o‘z

-

o‘zidan yaratilmaydi, buning

uchun mehnat qilish kerak. Yaxshi, to‘q, farovon hayotni bizga hech kim yaratib bermaydi,
uni o‘z mehnatimiz bilan yaratamiz.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi.

Toshkent: O‘zbekiston, 2018. –

B. 80.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.

PF

6012-son

22.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4872355.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida

korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
tadbirlar to‘g‘risida.

PF

6013-son 29.06.2020. https://Lex.uz/ru/docs/4875784.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Yoshlarni vatan

-

parvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”.

369-son 10.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4850220.

5.

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy

bahodir.2-

jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2018

-yil, 508 bet.

6.

Mirziyoyev

Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. 1

-

jild, Toshkent, O‘zbekiston, 20

17 yil, 592 bet.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Toshkent, “Adolat”,

2018 yil, 112 bet.

8.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. Toshkent, O‘zbekiston, 2017. –

B. 491.

9.

Ibodullaevich K.K., & Bahromovna T.D. (2020). Corruption: Concept, genesis,

evolution and survival trends. international journal of discourse on innovation, integration
and education, 1(5), 409

413.

10.

Ibodullaevich K.K., & Kizi U.G.K. (2021). Types, forms of corruption, causes and

consequences. Scientific progress, 1(4).

11.

Khidirov K.I., Ortikov O.K., Yodgorov Z.S., & Yernazarov A.A. (2015). Military

management and army structure of Sheybanids. In The Fourth International conference on
development of historical and political sciences in Eurasia (PP. 8

11).

12.

Хидиров

Х

.

И

.,

Қаюмов

А

., &

Рашидова

Р

. (2021).

Коррупцияга

қарши

кураш

борасидаги

фалсафий

парадигмалар

. Scientific progress, 1(4).

13.

Ibodullaevich K.K., & Bahromovich T.S. (2021). The role and role of public

control in the fight against corruption. International Engineering Journal For Research &
Development, 6(ISPCIEI), 4-4.

14.

Raximova D., & Khidirov K. (2021). In managing the educational process

management responsibility. integration of science, education and practice. scientific-
methodical journal, 332

336.

15.

Ibodullaevich K.K., & Abdullaevna F.K. (2021). The importance of

temur trains

in the fight against corruption. International Engineering Journal for Research &
Development, 6(ISPCIEI), 6

6.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

104

16.

Ibodullaevich K.K. (2021). Islam in the fight against corruption the role and role of

religion. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1883

1887.

17.

Khidirov K.I., & Gofurova S.S. (2021). The United Kingdom has a special textbook

for detecting facts of corruption. Scientific progress, 2(1), 121

124.

18.

Ibodullaevich K.K., & Bakhromovna T.D. The United Kingdom has a special

textbook for detecting facts of corruption.

19.

Khidirov K.I., B

е

rdanov A.A., & Kayumov A. (2021). Modern tactical methods

and strategic directions of combating corruption in Uzbekistan. Scientific progress, 1(6),
1207

1211.
20.

Ibodullaevich K.K., Hamidovich O.O., & Bahromovna T.D. Foreign against

corruption country experience.

21.

Ibodullaevich K.K. Corruption-Safety Islam in the United States. JournalNX,

6(06). 771

772.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. -80 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. PF-6012-son 22.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4872355

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida. PF-6013-son 29.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4875784

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 369-son 10.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4850220

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2018 yil, 508 bet.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2017 yil, 592 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil, 112 bet.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 491 b.

Ibodullaevich, K. K., & Bahromovna, T. D. (2020). CORRUPTION: CONCEPT, GENESIS, EVOLUTION AND SURVIVAL TRENDS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(5), 409-413.

Ibodullaevich, K. K., & Kizi, U. G. K. (2021). Types, forms of corruption, causes and consequences. Scientific progress, 1(4).

Khidirov, K. I., Ortikov, O. K., Yodgorov, Z. S., & Yernazarov, A. A. (2015). Military management and army structure of Sheybanids. In The Fourth International conference on development of historical and political sciences in Eurasia (pp. 8-11).

Хидиров, Х. И., Қаюмов, А., & Рашидова, Р. (2021). КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ БОРАСИДАГИ ФАЛСАФИЙ ПАРАДИГМАЛАР. Scientific progress, 1(4).

Ibodullaevich, K. K., & Bahromovich, T. S. (2021). THE ROLE AND ROLE OF PUBLIC CONTROL IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ISPCIEI), 4-4.

Raximova, D., & Khidirov, K. (2021). IN MANAGING THE EDUCATIONAL PROCESS MANAGEMENT RESPONSIBILITY. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 332-336.

Ibodullaevich, K. K., & Abdullaevna, F. K. (2021). THE IMPORTANCE OF" TEMUR TRAINS" IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ISPCIEI), 6-6.

Ibodullaevich, K. K. (2021). Islam in the fight against corruption the role and role of religion. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1883-1887.

Khidirov, K. I., & Gofurova, S. S. (2021). THE UNITED KINGDOM HAS A SPECIAL TEXTBOOK FOR DETECTING FACTS OF CORRUPTION. Scientific progress, 2(1), 121-124.

Ibodullaevich, K. K., & Bakhromovna, T. D. THE UNITED KINGDOM HAS A SPECIAL TEXTBOOK FOR DETECTING FACTS OF CORRUPTION.

Khidirov, K. I., Bеrdanov, A. A., & Kayumov, A. (2021). MODERN TACTICAL METHODS AND STRATEGIC DIRECTIONS OF COMBATING CORRUPTION IN UZBEKISTAN. Scientific progress, 1(6), 1207-1211.

Ibodullaevich, K. K., Hamidovich, O. O., & Bahromovna, T. D. FOREIGN AGAINST CORRUPTION COUNTRY EXPERIENCE.

IBODULLAEVICH, K. K. Corruption-Safety Islam in the United States. JournalNX, 6(06), 771-772.