Авторы

  • Этибор Маллаева
    исполняющий обязанности доцента, кафедрa "Гуманитарных наук", Джизакский филиал Национального Университета Узбекистана, Джизак, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp287-291

Ключевые слова:

ценность демократия методология политическая культура независимость философско-правовое наследие мышление духовное возрождение

Аннотация

В данной статье, изучены, такие вопросы, как теоретико-методологическое значение учета проявления политико – правовой культуры в духовном обновлении общества. Прежде, осознание того, что восстановление духовных ценностей - это целостный, естественный процесс, заключающийся в росте национального самосознания, возвращении к традициям и укладу народа, его корням.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Democratization of society as a factor in the development of
political culture of citizens

Etibor MALLAEVA

1


National University of Uzbekistan, Jizzakh branch

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 20 November 2021
Available online
15 December 2021

In this article, such issues as the theoretical and

methodological significance of taking into account the
manifestation of political and legal culture in the spiritual
renewal of society are studied. First of all, the realization that the
restoration of spiritual values is a holistic, natural process,
consisting in the growth of national consciousness, a return to
the traditions and way of life of the people, its roots.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp

287-291

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Value,
democracy,
methodology,
political culture,
independence,
philosophical and legal
heritage,
thinking,
spiritual recovery.

Jamiyatning demokratlashuvi

fuqarolar siyosiy madaniyatini

rivojlantirish omili sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

qadriyat,
demokratiya,
metodologiya,
siyosiy madaniyat,
mustaqillik,
falsafiy-huquqiy meros,
tafakkur,

ma’naviy tiklanish.

Ushbu maqolada jamiyatning ma’naviy yangilanishida

siyosiy-

huquqiy madaniyatning namoyon bo‘lishini hisobga

olishning nazariy

metodologik ahamiyati, ma’naviy

qadriyat-

larni tiklashning milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning

sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy,
tabiiy jarayon ekanligini anglash kabi masalalar ilmiy asoslab
berilgan.

1

Acting Associate Professor of the Department of Humanities. National University of Uzbekistan, Jizzakh branch.

Jizzakh, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

288

Демократизация общества –

как фактор развития

политической культуры граждан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

ценность,

демократия,

методология,
политическая культура,
независимость,
философско

-

правовое

наследие,

мышление,

духовное возрождение.

В данной статье, изучены, такие вопросы, как теоретико

-

методологическое значение учета проявления политико –

правовой культуры в духовном обновлении общества.
Прежде, осознание того, что восстановление духовных
ценностей –

это целостный, естественный процесс,

заключающийся в росте национального самосознания,
возвращении к традициям и укладу народа, его корням.


Hozirda jahon davlatlarining globallashuv jarayoniga tortilishi ham ijobiy, ham

salbiy tomonlari bilan o‘zini yaqqol namoyon etmoqda. Jumladan, turli mafkuralarning

mamlakatlar ijtimoiy-

siyosiy hayotiga ta’sirining yuqoriligi davrimizning asosiy xususiyat

-

laridan biri bo‘lib qolmoqda.

Dunyo miqyosida mafkuraviy omillarning fuqarolar siyosiy

madaniyati va jamiyat barqarorligiga ta’siri mikro –

bir mamlakat, mezo

bir mintaqa,

makro

global xarakter kasb etmoqda. Bu esa hozirda mavjud mafkuraviy omillarning

fuqarolar siyosiy madaniyatiga

ta’siri muammosi bilan bog‘

liq ilmiy izlanishlar olib

borishni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Jamiyat hayotining demokratiyalashishi siyosiy madaniyatning rivojida muhim va

hal etuvchi ahamiyatga ega. Bu, bir tomondan, mamlakatimizda yangi hayotni va unga mos
jamiyat poydevorini barpo etish bilan bo

g‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, milliy, madaniy va

umuminsoniy qadriyatlarga mos haqiqiy siyosiy-huquqiy madaniyatning shakllanishi
bilan bo

g‘liq, uchinchidan, bu erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasining

tark

ibiy qismini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, bu jarayon yurtimizda o‘ta murakkab

sharoitda mustabid sho‘ro tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror

topayotgan keskin bir vaziyatda yuz berdi.

Jamiyatning ma’naviy yangilanishida siyosiy

-huquqiy madaniyatning namoyon

bo‘lishini hisobga olish nazariy –

metodologik ahamiyat kasb etadi. Demokratiya jamiyat

hayotining barcha sohalariga tegishli bo‘lib, ma’naviy hayot negizlarining o‘zgarishi

bevosita uning rivojiga bo

g‘liq bo‘ladi. O‘zbek xalqi

ning azaliy orzu-intilishlaridan eng

asosiysi ham demokratik jamiyat barpo etishdan iborat edi. Xalqning orzu-armonlari

uning ko‘p asrlik madaniy merosida yaqqol aks etadi.Xalqning tarixi uning siyosiy

-huquqiy

madaniyatining rivojlanishi hamdir. Siyosiy ma

daniyat rivoji esa, o‘z

-

o‘zidan, demokratiya

uchun kurash tarixini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlaboq, xalqning orzu

-armonlarini

amalga oshirishga kirishdi. Adolatli, demo

kratik huquqiy davlat qurishni o‘zining eng

birlamchi va muhim vazifalardan biri sifatida belgiladi. Shu boisdan ham, o‘z haq

-

huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon

-atrofida sodir

bo‘ladigan voqea

-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfa-

atlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uy

g‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barka

-

mol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga
aylandi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

289

Demokratik jamiyat qurish uchun, avvalo, demokratiyaning mohiyatini ravshan

anglamoq muhimdir. Zero, bu ham siyosiy madaniyat rivoji ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Zotan, demokratiyaning o‘zi nimaligini tushunmasdan turib, uni amalga oshirishga intilish

ishni murakkablashtiradi.

Odamlar orasida demokratiya to‘g‘

risida turlicha tasavvurlar

bor. Ularning ba’zilari maqsadga yaqin kelsa, ba’zilari mohiyatdan juda uzoq.

Demokratik

davlatning tayyor andozasi dunyoda yo‘q yoki demokratik davlat qurishning to‘g‘

ridan

to‘g‘

ri tatbiq etish

mumkin bo‘lgan namunali tajribasi ham mavjud emas.

Demokratik

huquqiy davlatni har bir mamlakat o‘z yo‘li bilan quradi. O’zbekistonda

bir asrdan ziyod

davom etgan totalitar qaramlikdan keyin bu jarayon dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy
ravishda

o‘ziga xos inkorni inkor sifatida kechdi. Lekin biz avvalgi tuzumning qadriyat

-

larini shunchaki inkor etishning o‘zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan

siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tu

g‘dirishini anglar edik. Shu bilan birga, o‘tmish

qadriyatlarga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa

-

ketini o‘ylamay

qaytish boshqa bir keskinlikka

hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash

zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin.

Jahon ijtimoiy-

siyosiy fanlari e’tirof etgan qonuniyatlarga ko‘ra, xalq o‘z qo‘lida

to‘plagan hokimiyatni ikki usulda amalga oshiradi. Bu jamiyatning ma’naviy hayoti va
siyosiy madaniyatning o‘zgarishiga ham taalluqlidir.

Bu, birinchidan, bevosita demokratiya. Bunda xalqning hech qanday vakillarsiz,

hokimiyatni o‘zi amalga oshirishidir. Ushbu usuldagi demokratiyaning huquqiy asosi
Konstitutsiyaning “Xalq hokimiyatchiligi” bobi, 9

-

moddasida mustahkamlangan: “Jamiyat

va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy

ovoz berish (referendum)ga qo‘yiladi”.

Asosiy qonunning ushbu moddasi ijrosi siyosiy-huquqiy madaniyat orqali quyidagi

shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Saylovchilar saylovlarda bevosita o‘zlari ishtirok etadilar.

Respublika Prezidenti, vakillik organlar

ining eng quyidan eng yuqorigacha bo‘lgan

bosqichlari deputatlarini saylovchilarning o‘zlari bevosita saylaydilar. Shuningdek, mahal

-

liy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ya’ni mahalla qo‘mitalari faoliyatini ham bevosita

demokratiyaning yaqqol misoli sifa

tida ko‘rsatish mumkin.

Ikkinchidan, demokratiyani amalga oshirishning ikkinchi usuli vakillik demo-

kratiyasidir.

Bunda xalq o‘z hokimiyatini bilvosita amalga oshiradi. Ya’ni xalq hokimiyatni

o‘zi saylab qo‘ygan vakillar orqali, Oliy Majlis, Mahalliy kenga

shlarning xalq deputatlari

vositasida amalga oshiradi. Mazkur deputatlar o‘z vakolatlarini saylovchilardan oladilar va
o‘z faoliyatlarida xalq manfaatlarini ifoda etadilar. O‘zbekistonda davlat hokimiyatining
rahbari bo‘lgan Respublika Prezidenti ham bevos

ita saylovchilar tomonidan saylanadi.

Mamlakatimizdagi boshqa davlat organlari, jumladan, hukumat, sud organlari, vazirlar va
boshqalar xalq tomonidan saylangan Respublika Prezidenti yoki Oliy Majlis tomonidan
tayinlanishi yoki saylanishi tartibini inobatg

a olsak, o‘zbek xalqi barcha davlat organlari va

mansabdor shaxslarni saylash, tayinlashda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Hozirgi

zamon huquqshunoslari, davlat va jamiyat arboblarining fikrlariga ko‘ra, demokratik

huquqiy davlatni qurish uchun bar

cha mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar

mavjuddir. Ular quyidagilardir:

1. Saylovlar.
2. Saylov yakunlarini aniqlash usuli.
3. Teng huquqlilik.
4. Fikrlar erkinligi.

5. Ko‘ppartiyaviylik.

6. O‘zini o‘zi boshqarish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

290

Shu ma’noda, O‘zbekistond

a fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat

qurishning ilmiy-nazariy muammolarini kompleks tarzda siyosiy-

huquqiy jihatdan ko‘rib

chiqish maqsadga muvofiq.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi:

Sharq xalqlarining siyosiy va falsafiy-huquqiy merosini tadqiq etish, ulardagi

fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishga taalluqli jihatlar;

O‘zbekiston taraqqiyotida Sharq va G‘arb demokratiyasining uyg‘unligi;

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish doktri

nasi, bu borada

amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar jarayoni;

“Kuchli davlatdan

-

kuchli jamiyat sari” tamoyilini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos

jihatlari, siyosiy-huquqiy masalalari:

o‘zbek parlamentarizmi va parlament huquqining shakllanishi

;

fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishning milliy-mafkuraviy,

ijtimoiy-

ma’naviy va huquqiy

-madaniy asoslari;

O‘zbekistonda xalq hokimiyatchiligini mustahkamlashning ijtimoiy

-tashkiliy va

siyosiy-huquqiy muammolari;

nodavlat jamoat tashkil

otlari, fuqarolarning o‘z

-

o‘zini boshqarish organlari va

institutlarining faoliyati;

siyosiy partiyalarning siyosiy demokratiya va plyuralizmni shakllantirishdagi

o‘rni va ahamiyati;

jamiyatda siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolari.

Jamiyatning ma’naviy tiklanishi va yangilanishi tafakkurdagi o‘zgarishlar bilan

bog‘liq holda amalga oshirib borildi. Uning huquqiy asoslari ham shunga mos bo‘ldi. Bu
milliy ma’naviy merosni va yangi qonuniy asoslarni qabul qilishga olib keldi.

Respublika-

mizda ham yuqorida ko‘rsatilgan demokratik tamoyillarga xos bo‘lgan asosiy belgilar

qonunda ham, amalda ham mavjud.

Shu ma’noda, ma’naviy qadriyatlarni tiklashning milliy

o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytish

dan

iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblanganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ayni paytda,

demokratiyaning milliy madaniy va umuminsoniy tamoyillarining uyg‘un tarzda amalga

oshirilishiga shart

sharoit yaratib berdi.

Bizning mamlakatimizda:
1) xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshini;
2) diniy ruhiy asoslarini;
3) oila va qarindoshlik munosabatlari odobi;

4) hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlariga moslashish ma’naviy

qadriyatlar tiklanishining muhim yo‘nalishlari sifatid

a qaraladi.

Bu o‘ziga xos falsafiy ma’no va ahamiyatga ega. Avvalo, milliy ma’naviy qadriyatlar

sohasini, uning mohiyatini anglashga yordam beradi. Ikkinchidan, demokratik jamiyatning
eng muhim xususiyatlaridan biri sifatida yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatning ham
yangicha asoslarda tiklanishi uchun sharoit yaratadi. Chunki bu odamlar madaniyatida
uzoq muddat moslashishni talab qiladigan jarayondir.

Xulosa qilib aytganda, demokratiyaning asosiy, umumiy belgilari bilan bir qatorda,

har bir davlat va jamiy

atgagina xos bo‘lgan milliy xususiyatlari ham mavjuddir. Jamiyat

ma’naviy hayotining demokratiyalashishida siyosiy

-

huquqiy madaniyatdagi o‘zgarishlar

muayyan sohalar orqali o‘zining ijobiy samarasini ta’minlaydi.

Bunga qonunchilik bilan

bog‘liq quyidagi ya

ngi holatlarni hisobga olish kerak.

O’zbekiston ma’naviy hayoti

o‘zgarishi va inson huquqlarini ta’minlashga doir qator qonun hujjatlarini qabul qildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

291

Bunga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarga, jumladan, BMTning 6 ta asosiy

hujjatlariga ham:

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘

risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy-

ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘

risidagi xalqaro pakt, Qiynoq hamda muomala va

jazolashning shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatini kamsituvchi turlariga qarshi

Konvensiya, Bola huquqlari to‘g‘

risidagi Konvensiya, Irqiy kamsitishning barcha

shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shildi. Bu huquqiy madaniyatdagi
o‘zgarishlar orqali jamiyatdagi ma’naviy hayot sohalariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi.

Dunyoda bir-

biriga aynan o‘xshaydigan demokratik davlat mavjud emas. Ba’zi siyosat

-

shunoslar dunyoqarashida Sharq va

G‘arb demokratiyasi o‘rtasida farq yo‘q, demokratiya

hamma yerda birday bo‘lishi haqidagi tushunchalar nazariy va amaliy jihatdan noto‘g‘

ri.

Hattoki,

G‘

arb va Sharq demokratiyasini emas, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya,

Germaniya va boshqa davlatlar demokratiyasini taqqoslaganimizda ham har birining

o‘ziga xos belgilarini ko‘rishimiz mumkin. Har bir davlat demokratiyasining o‘z xususi

-

yatlar

i, belgilari, asoslari, tamoyillari bo‘lishi tabiiy.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Karimov

I.A. Yuksak ma’naviyat

-

yengilmas kuch.Toshkent. Ma’naviyat, 2008. –

B. 77.

2.

Barkamol avlod yili Davlat Dasturi.

Toshkent: O‘zbekiston, 2010. –

B. 8.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.Toshkent. O‘zbekiston, 2018. –

B. 5.

4.

Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari.

Toshkent.

“O‘zbekiston”

matbaa ijodiy uyushmasi. 2007.

B. 8.

5.

M.J. Boltaeva, O.Kh. Ortikov. (2020). Views of eastern thinkers on the

development of intellectual abilities in the scientific heritage. Academicia An International
Multidisciplinary Research Journal Vol. 11 Issue 1, January 2021. 211

214.

6.

Boltaeva M.

и

Ortikov O. 2021.

Особенности научного наследия восточных

мыслителей об отношении родителей к ребенку.

Общество и инновации. 2, 2/S

(мар. 2021), 470–

474.

7.

Innovative methods and techniques in the education system. MJ Boltaeva,

Sh.Bakhodorovich. Current research journal of pedagogics 12 (11), 147

151.

8.

“Catering

in Uzbekistan from the history of the system

”.

B.U. Nasirov. The

American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. February 26, 2021 |
Pages: 11-15

9.

Boltayeva M.

и

Ortiqov O. 2021.

Процветание промышленности и финансовое

развитие в период второй империи во Франции.

Общество и инновации. 2, 10/S

(дек. 2021),480–

487.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.Toshkent. Ma’naviyat, 2008. 77-b.

Barkamol avlod yili Davlat Dasturi. Toshkent: O‘zbekiston, 2010. – B.8

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.Toshkent. O‘zbekiston, 2018. 5-b.

Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. –Toshkent. «O‘zbekiston» matbaa ijodiy uyushmasi. 2007. – 8 b.

M.J.Boltaeva,O.Kh.Ortikov.(2020).Views of eastern thinkers on the development of intellectual abilities in the scientific heritage. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal Vol. 11 Issue 1, January 2021 211-214.

Boltaeva , M. и Ortikov , O. 2021. Особенности научного наследия восточных мыслителей об отношении родителей к ребенку. Общество и инновации. 2, 2/S (мар. 2021), 470–474.

Innovative methods and techniques in the education system. MJ Boltaeva, Sh.Bakhodorovich. Current research journal of pedagogics 12 (11), 147-151.

“Catering In Uzbekistan From The History Of The System”.B.U.Nasirov. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. February 26, 2021 | Pages: 11-15

Boltayeva, M. и Ortiqov, O. 2021. Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции. Общество и инновации. 2, 10/S (дек. 2021),480-487.