Авторы

  • Саида Каримова
    преподаватель, Гулистанский государственный университет, Гулистан, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp273-279

Ключевые слова:

идеологическая безопасность идеологическое воспитание всесторонне развитая личность вера образ жизни национальные ценности социально-экономическая стабильность пропаганда

Аннотация

В данной статье, обсуждается проблема идеологической безопасности, которая, приобретает все большее значение в современном процессе глобализации. А также, ее структурный и функциональный анализ, выступающий в качестве основополагающих компонентов в обеспечении идеологической безопасности. Рассматривается сущность, возможных возникающих идеологических вопросов, национальных ценностей, возможных национальных противостояний. Проанализирована проблема  всестороннего развития индививидуальноной  личности в ее различных проявлениях. Понимание взаимодействия различных меньшинств и в различных социально-экономических аспектах. Далле, рассмотрена стабилизация идеологической составляющей в разрезе экономического влияния определенной страны.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

A structural and functional analysis of ideological security

Saida KARIMOVA

1


Gulistan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 20 November 2021
Available online
15 December 2021

The article discusses the problem of ideological security,

which is becoming increasingly important in the modern process
of globalization, and its structural and functional analysis, acting
as its main components in ensuring ideological security. The
essence of national values, all-round personality, understanding
of minorities, socio-economic aspects, economic stability,
ideological propaganda are considered and analyzed.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp

273-279

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

ideological security,
ideological education,
comprehensively developed
personality,
faith,
way of life,
national values,
socio-economic stability,
propaganda.

Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy

ANNOTATSIYA

Kalit s

o‘

zlar:

mafkuraviy xavfsizlik,

g‘

oyaviy tarbiya,

komil inson,
so

g‘lom e’tiqod,

turmush tarzi,
milliy qadriyatlar,
ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik,
tar

g‘

ibot.

Maqolada hozirgi globallashuv jarayonlarida tobora muhim

ahamiyat kasb etib borayotgan mafkuraviy xavfsizlik masalasi,
uning tarkibiy funksional tahlili yoritilgan b

o‘

lib, mafkuraviy

xavfsizlikni ta’minlashda, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida

maydonga chiqadigan komil inson, so

g‘lom e’tiqod, turmush

tarzi, oila, milliy qadriyatlar,

o‘

zlikni anglash, ijtimoiy-iqtisodiy

barqarorlik, mafkuraviy tar

g‘

ibot kabilarning mazmun-mohiyati

ochib berilgan.

1

Lecturer, Gulistan State University. Syrdarya region, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

274

Структурно

-

функциональный

анализ

идеологической

безопасности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

идеологическая
безопасность,
идеологическое
воспитание,

всесторонне развитая
личность,

вера,

образ жизни,
национальные ценности,
социально

-

экономическая

стабильность,

пропаганда.

В данной статье, обсуждается проблема идеологической

безопасности, которая, приобретает все большее значение в
современном

процессе

глобализации.

А

также,

ее

структурный и функциональный анализ, выступающий в
качестве основополагающих компонентов в обеспечении
идеологической безопасности. Рассматривается сущность,
возможных

возникающих

идеологических

вопросов,

национальных

ценностей,

возможных

национальных

противостояний. Проанализирована проблема всестороннего
развития индививидуальноной личности в ее различных
проявлениях.

Понимание

взаимодействия

различных

меньшинств и в различных социально

-

экономических

аспектах. Далле, рассмотрена стабилизация идеологической
составляющей

в

разрезе

экономического

влияния

определенной страны.


KIRISH VA DOLZARBLIGI
Xavfsizlik masalasi qadim-qadim zamonlardan har qanday tuzilmaning eng muhim

hayotiy masalasi sifatida qarab kelingan. Xavfsizlik muammosi xavf-xatarning muayyan
darajada cheklanishi yoki uni butunlay bartaraf etishni k

o‘

zda tutadi. Insoniyat hech

qachon xavfda

n holi, butunlay xavfsiz bo‘la olmaydi. Inson, u yashayotgan jamiyat va

davlatga hamisha muayyan tahdidlar raxna solib turadi. Inson, jamiyat va davlatga xavf
soluvchi kuchlar mavjud ekan, undan himoyalanish uchun doimo xavfsizlik choralarini
k

o‘

rish muhim hisoblanadi.

Globallashuv jarayonlarining shiddatli va jadal kechishi asrimiz boshlariga kelib

insoniyat oldiga ko‘plab muammolarni qo‘ymoqda. Bugungi tahlikali dunyoda yoshlar

qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurashlar kuchayib borayotgan sharoitda turli

ko‘rinishda ham tashqi, ham ichki xavf

-

xatarlar namoyon bo‘lmoqda. Ularni o‘z vaqtida

anglash va oldini olish eng muhim maqsad-

muddaoga aylanmoqda. O‘nglab bo‘lmas

darajada zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zimdan olib borilayotgan bunday ofatga qo‘l
qovushtirib qarab turib bo‘lmaydi, unga qarshi barcha imkoniyatlarni sarflab faol
kurashishni davr taqozo etmoqda. Dunyoning mafkuraviy manzarasida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, turli mafkuralar o‘rtasida geosiyosiy kurashlarning keskin tus olganli

gi

mafkuraviy xavfsizlikka diqqatli bo‘lishga undaydi.

METODLAR VA O‘RGANILISH DARAJASI

Xavfsizlik, xususan, ma’naviy va mafkuraviy xavfsizlik masalasi ko‘plab olimlar

e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.

Bu borada yurtimiz yetakchi olimlaridan A. Ochildiyev dunyoning mafkuraviy

manzarasi va undagi kurashlar [1], S. Otamurodov milliy-

ma’naviy xavfsizlik masalalarini

[2] tahlil etgan bo‘lsa, xorijiy olimlar I.A.

Krilova [3], V. Krisko [4], Yu. Kuznetsov,

V. Nikoliskiylarning [5] izlanishlari jamiyat va davlat

xavfsizligini ta’minlashga doir

masalalarni o‘rgangani e’tiborga molik.

Tadqiqotni olib borishda mantiqiy, qiyosiy, ilmiy manbalarni tahliliy tadqiq etish,

induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

275

TADQIQOT NATIJALARI
Bugungi kunga kelib, mafkuraviy xavfsizlik global miqyosda ahamiyat kasb etadigan

kategoriya sifatida dolzarblashib bormoqda.

Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda asosiy unsur sifatida birlamchi ahamiyatga ega

xususiyat uning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shu ma’noda, mafkuraviy xavfs

izlikning

tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni k

o‘

rsatib

o‘

tishni lozim topdik:

Abdulla Avloniy: “Tarbiya biz uchun yo hayot –

yo mamot, yo najot

yo halokat, yo

saodat

yo falokat masalasidir”

,

deganda insonning tarbiyaga muhtojligini va tarbiyaga

jiddiy, milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan yondashganligi anglashiladi. Haqiqatan ham,

tarbiyaga e’tiborsizlikdan bitta oila doirasida uning fojiasi va halokatini kuzatish mumkin.
Agar inson tarbiyasi, keng ma’noda, tarbiya obyek

ti sifatida faqat birgina bola emas,

xalqning, mamlakatning kelajagi deb qaralsa, komil insonni tarbiyalash, milliy mafkuraviy
xavfsizlikning bosh masalasi sifatida maydonga chiqadi.

Komil insonni tarbiyalash bizning ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz va ruhi

yatimizga

begona emas.

Shu ma’noda, komil inson milliy mafkuramizning asosiy g‘

oyalaridan biri

sifatida tanlanganligi ham bejiz emas. Darhaqiqat, har bir davlat o‘z fuqarolari bilimli, haq

-

huquqini taniydigan, ma’naviy barkamol, bir so‘z bilan aytganda, komil inson bo‘lib voyaga

yetishi haqida qay

g‘uradi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu xususda

shunday deydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon

qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-

atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.

Biroq ta’kidlash joizki, turli davlatlarda “barkamol inson” tushunchasiga turli

sifatlar nisbat beriladi. Har bir davlat

o‘

z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar va

jamiyat maqsadlariga mos qadriyatlarni qaror toptirishga harakat qiladi. Doimiy

yuksalish, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyoti

haqida qay

g‘

uradigan davlat komil inson

tarbiyasida harakatning mohiyatini, tayanchini k

o‘

radi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

276

X

o‘sh, bugun biz yosh avlodga qaysi qadriyatlarni singdirishimiz kerak? Ularda qaysi

sifatlarni tarbiyalamog‘imiz lozim? Avvalambor, har tomonlama faol insonni tarbiyalashga
e’tibor qaratish, g‘oyaviy tarbiya vositasida shaxsning iqtidori va imkoniyatlarini

yuqori

darajada yuzaga chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg‘u berish
zarur. Buning uchun insonni passiv ijrochilikdan emas, balki faol tashabbuskorlikdan ko‘proq
manfaatdor ekanligiga ishontirish kerak. O‘quv jarayonida b

u vazifani amalga oshirish uchun

ta’lim jarayonini “

yodlash

”dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo‘naltirish zarur.

Shaxsning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi

. G‘oyaviy

tarbiyani tashkil qilishda nazariy fikrlarga amaliy shakllar berish, bilimlarni harakatlarga
aylantirish muhim sanaladi. Buning uchun pragmatik fikrlaydigan shaxsni tarbiyalab, kamol
toptirish eng asosiy vazifa sanaladi.

Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uy

g‘

otish, tirishqoq va ser

g‘

ayrat shaxsni tarbiyalash,

shaxsni

o‘

zi ustida qunt bilan ishlashga

o‘

rgatish, unda

o‘

ziga ishonchni qaror toptirishdan

ham manfaatdormiz. Shuningdek, milliy

g‘ururi baland, mas’uliyat va burch hissiga ega,

intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi

o‘

z q

o‘

lida ekaniga ishongan

mustaqil shaxsni tarbiyalashga ustuvor ahamiyat berish zarur. Inson

g‘

oyani hayotdan

uzilib qolgan, begona va mavhum narsa sifatida tushunmasligi kerak.

Inson kamoloti har doim izlanishdan, o‘qish

-

o‘rganishdan

to‘xtamaydigan, doimiy

faol harakatni talab qiladi. Agar inson o‘zi o‘rganishni, izlanishni hayotiy maqsadga aylan

-

tirmas ekan, hech bir o‘qituvchi yoki ta’lim tizimi uni bilimli qilib qo‘ya olmaydi. Shu
ma’noda, shaxsni har tomonlama rivojlangan, mustaqi

l fikrlaydigan, keng dunyoqarashga

ega, bilimli qilib tarbiyalashga shart-

sharoit yaratish mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash

-

ning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Shaxsning eng muhim xususiyati uning e’tiqodi hisoblanadi. Ishonch

-

e’tiqod inson

-

ning hayot tarzini, maqsad-intilishlarini, atrofga b

o‘

lgan munosabatini, axloqiy sifatlarini

belgilab beradi. Mafkuraviy dushmanlarning din omili orqali hali

g‘o‘

r, oq-qorani tanimay-

digan yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlarga jalb qilishga harakat qilayotgani va bu

borada ma’lum muvaffaqiyatlarga erishayotgani bizlarning yanada hushyor bo‘

lishimizni,

so

g‘lom e’tiqodni shakllantirish masalasiga o‘

ziga xos kompleks yondashuv zaruriyatini

talab qiladi.

Diniy e’tiqod bilan bog‘

liq mafkuraviy

tahdidlarga quyidagi omillar ta’sir ko‘

rsatdi:

Birinchidan, sobiq Sovet tuzumi davrida olib borilgan ateistik siyosat natijasida diniy

bilimlar odamlardan ma’lum darajada uzoqlashtirilgan edi. Mustaqillik yillarida vijdon
erkinligining e’lon qilinishi bu m

asalada chanqagan kishiga muzdek buloq suvini tutgandek

ta’sir qildi. Bu holatdan mafkuraviy siyosiy kuchlar foydalanib qolishga harakat qildi.

Ikkinchidan,

o‘

tish davrida yuzaga kelagan

g‘

oyaviy b

o‘

shliq diniy ekstremizm va

aqidaparastlikning oson kirib kelishiga imkoniyat yaratdi.

Uchinchidan, turli sabablar bilan xorijga chiqqan vatandoshlarimiz har xil ijtimoiy-

iqtisodiy omillar sabab ekstremistik kuchlar ta’siriga tushib qolishi yuz berdi.

Bugungi murakkab sharoitda ushbu masalada quyidagilarga ahamiyat berish lozim:

avvalo, yoshlarda Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan milliy g‘

oya va olib

borilayotgan islohotlarga b

o‘

lgan ishonch-

e’tiqodni shakllantirish, ularga

o‘

z qobiliyat-

larini r

o‘

yobga chiqarish uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratib berish,

shuningdek, ajdodlarimiz yaratgan boy ma’naviy

-madaniy meros, qadriyatlarimizga

b

o‘

lgan faxr hissini uy

g‘

otish, ekstremizm va aqidaparastlik bilan Islom dini

o‘

rtasidagi

jarlikni, farqni k

o‘rsatib berishga qaratilgan sa’y

-harakatlarni amalga oshirish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

277

Har bir xalqning ming yillar davomida

o‘

ziga xos madaniyati,

o‘

ziga xos turmush

tarzi shakllangan va unga k

o‘

plab omillar

o‘zining ta’sirini o‘

tkazgan. Bu geografik, x

o‘

jalik,

iqlim va h.k.lar bilan bo

g‘

liq. Globallashuv

sharoitida xalqning turmush tarziga ta’sir

etuvchi omillar kuchayib bormoqda. Turmush tarziga kirib kelayotgan,

yoki chet ta’sirlar

sabab yuzaga kelayotgan

o‘

zgarishlar

o‘tmish an’analarning kuchsizlanishi va, o‘

z-

o‘

zidan,

begonalashish jarayonining yuzaga kelishiga olib keladi.

Xalqimizning turmush tarzi uning milliyligini belgilaydigan, olis

o‘

tmish va moddiy,

ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘lab turadigan asosiy omil hisoblanadi. Shu ma’noda,

turmush tarzimiz

o‘tmish an’analar bilan qanchalik kuchli bog‘

langan b

o‘

lsa, har qanday

tahdidga qarshi kurashish va unga dosh berish imkoniyati shuncha yuqori b

o‘

ladi.

Xalqning turmush tarzi uning xarakterini belgilab beradi. Aytish joizki, o

zbek xarakteri

o

zbekona turmush tarzi bilan ko

rinmas rishtalar orqali chambarchas bog

langan. Ayrim

katta shaharlarda ko

p qavatli uylarda yonidagi uyda kim yashayotganligini bilmaslik yoki

bunga qiziqmaslik o

tgan asrda shakllangan yot turmush tarzining qoldirgan illatidir.

Bizning turmush tarzimiz boshqa xalqlar uchun g

alati tuyulishi mumkin, lekin ana shu

g

alatilik xalqimizning yot ta

sirlarga qarshi tura olishiga xizmat qiluvchi muhim

xususiyatidir.

Oila

tarbiya o

chog

i. Oilaning mustahkamligi

jamiyat barqarorligiga ta

sir ko

rsa-

tuvchi muhim mezon. Xalqimizning

o‘tmishda oilaga bo‘lgan munosabati uning qadriyat va

an’analarida o‘z ifodasini topgan. Bugungi kunda “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi tahdid

-

larning eng birinchi nishoni ana shu qo‘rg‘on –

oilaga qaratilganligi bilan xatarlidir. Yildan

yilga ajrimlar s

oni oshib borayotgani bu masalada juda katta tahdid namoyon bo‘layot

-

ganligini va unga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish lozimligini taqozo etadi.

Oilaning mafkuraviy xavfsizlikdagi ahamiyatini hisobga olib, quyidagilarga e’tibor

qaratish lozim:

Birinchidan, barchaga tarbiya eng muhim, birlamchi hodisa sifatida baholanishi,

unda ertaga qoldirib b

o‘

lmaydigan, qoldirilsa,

o‘

rnini hech narsa bilan t

o‘

ldirib b

o‘

lmay-

digan jarlik paydo b

o‘

lishini anglatishimiz;

Ikkinchidan,

oila mustahkamligiga salbiy ta’sir

k

o‘

rsatayotgan illatlarni

o‘

rganish va

unga qarshi kompleks choralar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Uchinchidan,

oilaning funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘

rsatadigan omillarni

o‘

rganish

va bartaraf etishni tashkillashtirish;

To‘rtinchidan,

oilaga y

o‘

naltirilgan siyosat mafkuraviy xavfsizlikka xizmat qilishini

tar

g‘

ib qilish.

Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, milliy uyg‘onish zaminida boshlanishi

tabiiydir. Milliylikni tan olish

millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini

tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va
shakl kasb etgan b

o‘

ladi. Milliylikda milliy mansublik ruhi mavjud. Milliy ruhimizdagi

milliy tuy

g‘

ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida

ifodalanadi. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy
asoslangan b

o‘

lsa, uni biz milliy

o‘

z-

o‘

zini anglash deb tushunamiz. Milliy

o‘

zlikni anglash

ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun q

o‘

llanma darajasiga k

o‘

tarilsa, biz uni

milliy mafkura deb ataymiz.

Siyosiy madaniyati

o‘

sgan, milliy

o‘

zligini anglagan xalq va millatning hayoti

mazmunan boyiydi, g

o‘

zallashadi.

O‘

z-

o‘

zini, milliy

o‘

zligini anglash

bu milliy birlikning,

milliy ahillikning va milliy totuvlikning asoslaridan biridir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

278

Xalqning milliy jihatdan

o‘

z-

o‘

zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar

y

o‘

lida birlashtirib,

g‘

oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifa-

larni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib b

o‘

lmaydi.

O‘

zini-

o‘

zi anglash

bu xalqning

o‘

tmish tarixiy taraqqiyot y

o‘

lini, ota-bobolarining,

nasl-nasabining, avlod-ajdodining kim b

o‘

lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati

taraqqiyotiga q

o‘

shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy

o‘

zlikni anglash

uning

jamiyat va Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulay

-

liklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud
imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun

o‘

zini safarbar etish demakdir.

O‘

zini chuqur anglab yetgan, k

o‘

zi ochilgan, aqli yetilgan,

g‘

oyaviy-siyosiy jihatdan

uy

g‘

ongan va jipslashgan xalq va millatni mafkuraviy tahdidlar domiga ilintirish, tili,

madaniyati, qadriyatlarini oyoqosti qilish, boyliklarni talon-taroj qilish, huquqini poymol
etish, Davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas. Shuning uchun ham davlatimiz

siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy nuqtayi nazardan har tomonlama yetuk shaxsni

shakllantirishni bugungi kunning bosh vazifasi deb belgiladi. Chunki faqat siyosiy
madaniyati, milliy ongi rivojlangan,

o‘

zini-

o‘

zi milliy jihatdan anglab yetgan xalq mustaqil-

likning buyuk kuchiga aylanadi. Buni Yevropa va Osiyoning qator il

g‘

or mamlakatlari

misolida k

o‘

rish mumkin.

Milliy ong va

o‘

zlikni anglash u yoki bu millatga mansubligini his qilish uning

o‘

tmishdagi tarixini, madaniyati, urf-

odat va an’analarini har tomonlama chuqur bilish

bilangina chegaralanmaydi.

Milliy

o‘

z-

o‘

zini anglash millatning hozirgi ahvoli, uning oldida yechimini kutib

turgan muammolarni bilish va ularni hal qilishda faol harakat qilishni talab qiladi. Buning
uchun yuksak madaniyat, uzoqni k

o‘

ra bilish va donolik,

g‘

oyaviy-

ma’naviy yetuklik va

poklik, yangicha fikrlash imkoniyatlaridan jamiyat taraqqiyotini jadallashtirib, aholining
farovon hayot zaminini yaratish y

o‘

lida foydalana bilish kerak.

Mafkuraviy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida mafkuraviy targ‘ibot va tashvi

-

qotga ham alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda oshkora yoki
pinhona

ko‘rinishda namoyon bo‘layotgan tahdidlarga qarshi safarbarlikni uyushtirish,

odamlarni nimalardan hushyor bo‘lishga da’vat qilish, albatta, targ‘ibot va tashviqot orqali
amalga oshadi. Yoshlarni loqaydlik va beparvolikdan, o‘zibo‘larchilik kayfiyatidan xa

los

qilish, mas’uliyat va mehnatsevar qilib tarbiyalash, sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zini

-

o‘zi tashkillashtiradigan tizimni yo‘lga qo‘yish targ‘ibotning muvaffaqiyatiga ham bog‘liq.

Odamlarni nimagadir ishontirishdan qiyin ish bo‘lmasa kerak, shunday

ekan, so‘z va

ish birligini namoyon qilish bu yo‘nalishdagi eng muhim mezonga aylanmog‘i, g‘oyalar va
real hayot uyg‘unligini ta’minlash orqali odamlar qalbiga kirib borish, ularda ertangi kunga

ishonch, katta maqsadlar sari safarbar etishga erishmoq lozim.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda, avvalo,

uni tarkibiy funksional tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Komil inson, so

g‘

lom

e’tiqod, turmush tarzi, oila, milliy qadriyatlar, o‘

zlikni anglash, ijtimoiy-iqtisodiy barqa-

rorlik, mafkuraviy tar

g‘

ibot va boshqalar mafkuraviy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida

tahlil etilganda, ularning mazkur jarayondagi ahamiyati yanada yaqqol namoyon b

o‘

ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2021) / ISSN 2181-1415

279

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ochildiyev A.S. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi.

T.: Yangi asr avlodi,

2001.

B. 32.

2.

Otamurodov S. Globallashuv va milliy-

ma’naviy xavfsizlik. –

T.: O‘zbekiston,

2013.

B. 262.

3.

Krilova I.A. Problema bezopasnosti Rosii v kontekste globalizatsii.

M.: Institut

filosofii Ran, 2001.

2001.

S 5.

4.

Krisko V. Sekreti psixologicheskoy voyni.

M.: Nauka, 1999.

S. 168;

5.

Kuznetsov Yu, Nikolskiy V. Bbedenie v teoriyu natsionalnoy bezopasnosti.

M.:

Kultura

Set, 2000.

S. 198.

Библиографические ссылки

Ochildiyev A.S. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. – T.:Yangi asr avlodi, 2001. – B.32;

Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. – T.: O`zbekiston, 2013. – B. 262;

Krilova I.A. Problema bezopasnosti Rosii v kontekste globalizatsii. – M.:Institut filosofii Ran, 2001. – 2001.–S 5;

Krisko V. Sekreti psixologicheskoy voyni. – M.: Nauka, 1999. – S.168;

Kuznetsov Yu, Nikolskiy V. Bbedenie v teoriyu natsionalnoy bezopasnosti. – M.: Kultura – Set, 2000. – S.198.