Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of studying the scientific heritage of Zahiriddin
Muhammad Bobur, the goal is to increase the moral and
aesthetic views of young people
Dilafruz JURAEVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 20 November 2021
Available online
15 December 2021
This article analyzes the role and relevance of moral and
aesthetic norms in the work of Zahiriddin Muhammad Babur.
Literary, recognized as the Shah of poetry. It is also argued that
these views are important for the development of the New
Uzbekistan. Zahireddin Mohammed Babur is not only a great
commander, but also a great master of words, creator of art. He
became a world-famous poet and collector, a connoisseur of art.
Literary monuments valuable for our history have been
inherited, such as the works of
“
Boburnom
”
, gazelles and rubai.
The article also analyzes the moral and aesthetic views of
Zahiriddin Muhammad Babur in the works of ghazals, rubai,
tuyuk and masnavi, which are expressed in the artistic and
aesthetic spirit in the form of love, devotion, visala and hijra.
2181-
1415/© 202
1 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
artistic reality,
syncretist,
statesman and public figure,
creator,
thinker,
“
Boburnoma
”
,
aesthetics,
ethics,
vulgarization,
homeland,
love.
Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur ilmiy merosini o‘rgаnishning
yoshlаr аxloqiy
–
estetik tаfаkkurini yuksаltirishdаgi ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit s
o‘
zlar:
badiiy voqelik,
sinkretik,
davlat va jamoat arbobi,
ijodkor,
mutafakkir,
“Boburnoma”,
estetik,
axloq,
vulgarizatsiya,
Mazkur maqolada shoh va shoir sifatida e’tirof etilgan
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi axloqiy-estetik
me’yorlarning o‘
rni va dolzarbligi tahlil qilinib, bu qarashlar
O‘
zbekiston taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etishi
bayon qilingan. Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk
sarkarda, balki badiiy ijod bilan ham shu
g‘
ullangan ajoyib s
o‘
z
ustasi, ijodkordir. Undan jahonga mashhur b
o‘
lgan. tariximiz
uchun qimmatli hisoblangan “Boburnoma” asari, g‘
azallari,
ruboiylari meros b
o‘
lib qolgan.
1
Independent researcher (PhD), Samarkand State Institute of Foreign Languages. Samarkand, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
362
Vatan,
muhabbat,
ishq.
Shuningdek, maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi-
dagi badiiy-estetik ruhda ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va
hijron aks etgan
g‘
azal, ruboiy, tuyuq va masnaviylaridagi
axloqiy-estetik qarashlarini tahlil etishga harakat qilingan.
Важность изучения научного наследия Захриддина
Мухаммада Бобура, цель –
повышение морального и
эстетического воззрений молодежи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
художественная
реальность,
синкретик,
государственный и
общественный деятель,
творец,
мыслитель,
«Бобурнома»,
эстетика, этика,
вульгаризация,
родина,
любовь
.
В данной статье, анализируется роль и актуальность
моральных и эстетических норм в творчестве Захириддина
Мухаммада Бабура. Литературно, признанного шахом
поэзии. Также утверждается, что эти взгляды важны для
развития Нового Узбекистана. Захириддин Мухаммад
Бабур, –
не только великий полководец, но и великий мастер
слова, творец искусства. Он стал всемирно известным
поэтом
и собирателем, ценителем исскуства. Унаследованы
ценные для нашей истории литературные памятники, –
произведения «Бобурнома», газели и рубаи.
В статье также, анализируются морально
-
эстетические
воззрения
Захириддина
Мухаммада
Бабура
в
произведениях газелей, рубаи, туюка и маснави, которые
выражаются в художественно
-
эстетическом духе в форме
любви, преданности, висала и хиджры.
Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy merosi k
o‘
p jabhali b
o‘
lib, uni adabiyot-
shunos va tilshunoslar, tarixchilar va siyosatshunoslar har tomonlama
o‘
rganishgan. Uning
tarixiy shaxs sifatida barcha qarashlarini, ilmiy merosi b
o‘
lgan asarlarini tahlil qilib
chiqishgan. Boburning “Boburnoma” asari va unga yondosh bo‘
lgan manbalarda pedago-
gika, musiqa, poetika, harbiy ishlar, tarix, geografiya, irrigatsiya, tabiatshunoslik, etno-
grafiya va boshqa sohalardagi qimmatli maʼlumotlarni topish mumkin. Bobur haqida
taniqli olim А.А.
Qambarov quyidagi fikrlarni bildirib
o‘
tadi:
“U qisqa umr ko‘
rgan b
o‘
lsa-
da, serjilo
sheʼrlaridan tashqari jahonga mashhur “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Harb ishi”,
“Xatti Boburiy”, “Аruz risolasi” kabi asarlar yaratib, kelajak avlodlar uchun katta meros
qoldirdi” [1.
B.
248]. Birgina “Boburnoma”da 30
ga
yaqin fan sohalari bo‘yicha aniq ilmiy
maʼlumotlar jamlangani fikrimiz dalilidir. Uning ijodida tarixiy zamon va makon, kishilar
siyrati, joy nomlari va o‘simliklar, hayvonlar nomlari aniq keltirilgan. Bu orqali biz
Boburning dunyoqarashi, hayot tarzi, badiiy voqelikni chiroyli dalil va bo‘yoql
arda
ko‘ramiz. Mutafakkirning atrof
-
muhitga nisbatan kuzatuvchanligi, bo‘layotgan o‘zgarish
-
larni argumentlashi, tabiiy hodisalarning nodir voqeligi, mo‘jizalarga qiziqishi odamni
hayratga soladi.
Boburning ijodida asosiy mavzular badiiy-estetik ruhda ishq-muhabbat, sevgi-
sadoqat, visol va hijron tarzida aks etib, u g‘azal, ruboiy, tuyuq va masnaviylarida
jamlangan. U o‘z axloqiy
-estetik qarashlarini sinkretik holatda joylashtirib, ishq maftun-
korligi, go‘zallik, husn
-u latofat, sharqona axloq-odob, noz-u karashma singari katego-
riyalar orqali bayon qilgan. Uning misralari yengil o‘ynoqilik bilan, katta mahorat bilan
tarannum etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
363
Boburning ijodi umuminsoniy tuy
g‘ular tasviri, o‘lmas g‘oyalar va axloqiy o‘gitlar
bilan boyitilgani sababli nafaqat Sharqda, balki
G‘
arbda ham uning ijodiga qiziqish mavjud.
Bobur ijodini sobiq sho‘rolar zamonida turli maqsadlarda o‘rganilganini bilgan holda
mustaqillikdan so‘ng yurtimizda bu borada ishlar ancha jonlandi. Ko‘plab izlanishlar
natijasida Boburning asarlari o‘zbek tilida tadqiq qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek: “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi
bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘
ini dunyoga taratgan ulu
g‘
ajdodlarimizdan biri o‘lar
oq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch
bilan qarashga o‘rgatadi. Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga
bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.
Biz Bobur
Mirzoni ulkan davlat arbobi sifatidagina emas, qomusiy alloma, mumtoz shoir sifatida ham
cheksiz qadrlaymiz.
Bobur o‘zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g‘ururidir” [2.
B. 158].
Ingliz tarixchisi Elfiniston “Boburnoma” va uning muallifi haqida: “Uning shaxsiy
his-
tuyg‘ulari har qanday mubolag‘adan yoki pardalashdan holi, uslubi oddiy ham
mardona, shu bilan birga, jonli va ifodali.
O‘
z zamondoshlari biografiyasini, ularning
qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini k
o‘
zguda aks etgandek ravshan
tasvirlaydi. Bu
jihatdan “Boburnoma” Osiyoda yagona chinakam tarixiy tasvir namuna
-
sidir” [3],
–
deb yozadi.
Xorijiy va mamlakatimiz olimlarining fikrlariga eʼtibor berilsa,
Bobur
o‘
z davrida yagona shoh va shoirdir. Zamonasining qiyofasini real voqelik asosida
k
o‘
rsatib berishi, obrazlar, kishilar biografiyasini tasvirlash mahorati Boburni estetik olim
sifatida gavdalantiradi. Bobur shaxs sifatida yengilmas, irodali,
o‘
z xatolaridan munosib
xulosa chiqaradigan tarixiy shaxs, ibratli va yuksak axloqiy ideal b
o‘
lib kelajak avlodlar
tarbiyasiga jiddiy taʼsir qiladi.
Bobur hayot zavqi, muhabbat va shodlik kuychisidir. Bundan tashqari, uning
she’riyatida ona
-Vatan ishtiyoqi,
g‘
ariblikning hasrat va nadomatli dardlari ham mana shu
she’rida o‘
z aksini bildirib turadi:
Yoz fasli,
yor vasli, do‘stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati, –
deb boshlanuvchi sho‘x g‘
azallar
orasida;
Tole’ yo‘qi, jonimg‘
a baloli
g‘
bo‘ldi,
Har ishniki ayladim xatoli
g‘
bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroli
g‘
bo‘ldi,
–
singari misralarida shohlikning-
da ko‘zga ko‘rinmasligi, uning vatan oldida,
insongarchilik oldida hech narsa emasligi va, ayniqsa, vatan ishqi Hind podsholigidan ham
ustun turishi ko‘rinib turadi.
Bugungi kunda sevgi-muh
abbat mavzusi yangi maʼno kasb etib, individlar ehtirosi,
lahzalik ko‘ngilxushlik ko‘rinishidagi talqinlar uchraydi. Boburning asarlaridagi axloq
falsafasi XXI-
asrda ham dolzarbligini yo‘qotmaydi. Mutafakkirning ijodidan taʼsirlangan
yoshlar sevgini axloqiy-estetik kategoriya sifatida avvalgidek yuqori tuy
g‘
ularni angla-
tishini, odamlar bir-birlarining axloqiy his-tuy
g‘
ularini vulgarizatsiya qilayotgan-ligini,
estetik tuy
g‘ularni odamlar faqat o‘z xohish
-
istaklarini qondirish vositasi sifatida ko‘rishini
bi
lib olishadi. Muhabbatni noto‘g‘
ri anglashning oldini olish uchun Bobur ijodining
nazariy-metodologik jihatini ishlab chiqish zarur. Uning ijodida muhabbatning asl
ko‘rinishlari, qolaversa, insoniy tuyg‘
ularning qadr-
qimmati ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2021) / ISSN 2181-1415
364
Bob
ur o‘z vasiyatnomasida o‘z o‘g‘
li va vorislariga davlatdagi barcha toifa
kishilarining mavqeiga eʼtibor qaratish, ular uchun yordamni ayamaslik zarurligini
ko‘rsatib o‘tgan. Bobur shoh sifatida А
mir Temurning adolat tamoyilini rivojlantirib,
shuningdek, ad
olatli va dono hukmdor bo‘lishga harakat qilgan. Bularning axloqiy
xususiyatlari o‘z siyosatida aks etgan. Zahiriddin Muhammad Boburning axloq
-odob,
adolat haqidagi pand-
nasihatlarini yosh avlodga yetkazish, uning shaxsini milliy g‘oya
obrazlarida aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Uning adolat va axloq haqidagi qarashlariga
xulosa qilsak, birinchidan, Bobur har doim diniy mazhabparastlikdan saqlanish, jamiyat-
dagi har bir tabaqaga vijdonan munosabatda bo‘lishni, ikkinchidan, mavjud xalq o‘z ixtiyori
bilan s
iyosatga bo‘ysunishi kerakligini, uchinchidan, har qanday turdagi yoki qabiladagi
mavjud xudolarni yo‘q qilish kerak emasligi, to‘rtinchidan, xalqqa zulm o‘rniga islom
ravnaqi, qilich o‘rniga neʼmat va yaxshi amallar afzalligini, beshinchidan, “har doim o‘
z
yaqinlaringizning ahvoli bilan qiziqishni” taʼkidlagan.
Boburning asarlaridagi axloqiy-estetik qarashlarni tahlil qilar ekanmiz, hozirgi
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun ham dolzarb bo‘lib turgan bir qancha muhim masala
-
larni ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, adolat va qonun ustuvorligi: xalq hukmdordan q
o‘
rqmasligi, unga
ishonishi, aldanib qolishdan q
o‘
rqmasligi kerak. Davlat boshli
g‘
i
o‘
ziga munosib hurmatga
intilishi kerak;
Ikkinchidan, tolerantlik
–
ba
g‘rikenglik: eʼtiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi
nazar, har bir fuqaro teng huquqlidir. Boshqalarga nisbatan murosasiz mafkuraga
o‘
rin
y
o‘
q;
Uchinchidan,
urush va zo‘ravonliklarning inkor etilishi: urush rivojlanishning
yagona yo‘li emas.
Hamma narsani diplomatik muzokaralar orqali hal qilish mumkin.
to‘rtinchidan, davlat boshlig‘i xalqning xizmatkori bo‘lishi kerak. Hukmdor, eng
avvalo, o‘z xalqining farovonligi haqida qayg‘urishi, faqat jamiyat hayotiga ijobiy taʼsir
ko‘rsatadigan qonunlarni qabul qilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Qambarov
А.А. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari haqida ayrim mulohazalar
// Интеллектуалное наследие Захириддина Мухаммада Бабура и современност:
Сборник статей и тезисов докладов Международной научно
-
практической
конференсии. –
М
.
: Пробел
-2000, 2020.
–
С.
248.
2.
Karimov I.
А. Maʼnaviy yuksalish yo‘lida. –
Toshkent. O‘zbekiston, 1998. –
B. 158.
3.
http://baburname.narod.ru/nravy.htm.
4.
Alikulov X., Haqqulov N.Q. Spiritual maturity and philosophical thinking dependence
of development // ISJ Theoretical & Applied Science 04(84) 2020.
–
PP. 164
–
167.
5.
Xaqqulov N.Q. Perfect generation - personality of private education and humanity
facilities //
«МИРОВАЯ
НАУКА»
международное
электорнное
научно
-
практическое
периодческое
издание
.
–
2019.
–
№
2(23).
–
С
. 62
–
63.
6.
Сафаров
А.И.,
Хаккулов
Н.К.
Свойственные
качества
совершенному
человеку в суфизме //
Современная наука как социально
-
политический
факторразвития государства: материалы международной научно
-
практической
конференции (10 мая 2019г., Москва) Отв. ред. Зарайский
А.А.
–
Издательство ЦПМ
«Академия Бизнеса», Саратов 2019. –
С. 48–
50.
