Авторы

  • Матлуба Норбабоева
    преподаватель, кафедра узбекского языка и литературы, педагогический институт Каршинского государственного университета, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss12/S-pp247-252

Ключевые слова:

образ образ сироты поэтическая интерпретация рассказ социальное сиротство социальная проблема искусство

Аннотация

Исследовать и осмыслить художественную проблему образа “Ребенок-сирота” в повести “Прощай, детство…”. Выявить проблемы, связанные с судьбой социальных сирот, заботиться о детях-сиротах и ​​оказывать им материальную и моральную поддержку.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Poetic interpretation of the “Orphan” image in the story
“Goodbye, childhood!”

Matluba NORBABOYEVA

1


Pedagogical Institute of Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2021
Received in revised form
15 November 2021
Accepted 20 December 2021
Available online
15 January 2022

In this article, the author explores and comprehends the

artistic problem of the image of the

Orphan Child

in the story

Goodbye, childhood ...

. Through analysis, problems related to

the fate of social orphans, caring for orphans and providing them
with material and moral assistance are identified.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp

247-252

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

image,
image of an orphan,
poetic interpretation,
story,
social orphanhood,
social problem,
art.

“Alvido, bolalik!” qissasida “Yetim bola” obrazining poetik

talqini

ANNOTATSIYA

Kalit s

o‘

zlar:

obraz,

“Yetim bola” obrazi,

poetik talqin,
qissa,
ijtimoiy yetimlik,
ijtimoiy muammo,
badiiylik.

Ushbu maqola

“Alvido bolalik…” qissasida “Yetim bola” obrazi

badiiy masalasini o‘rganish va talqin etish haqidadir. Ijtimoiy
yetim bolalar taqdiriga bog‘liq muammolarni aniqlash, yetimlar
uchun qayg‘urish va ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak
ko‘rsatish masalalarini yori

tish ushbu maqola mazmunidan joy

olgan.

1

Department of Uzbek language and Literature teacher, Pedagogical Institute of Karshi State University. Karshi,

Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

248

Поэтическая интерпретация образа «Сирота»

в повести

«Прощай, детство!»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образ,

образ сироты,

поэтическая
интерпретация,

рассказ,

социальное сиротство,
социальная проблема,
искусство.

В данной статье, автор исследует и осмысливает

художественную проблему образа «Ребенок

-

сирота»

в

повести «Прощай, детство…». Путем анализа, выявляются
проблемы, связанные с судьбой социальных сирот, заботы о
детях

-

сиротах и оказания им материальной и моральной

помощи.

Bugungi kunda dunyoda juda muhim evrilishlar kuzatilmoqdaki, o‘zbek adabiyotiga

ham bu bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Badiiy adabiyot o‘quvchi

-kitobxonning badiiy-

mantiqiy tafakkurini oshiradi.

Adabiyotda obrazni o‘rganish masalasi alohida ahamiyatga

ega.

Har bir badiiy obraz betakror badiiy yangilik bo‘lishi kerak. Jahon adabiyot

-

shunosligida “Yetim bola” obrazini o‘rganish va tahlil qilish yirik ilmiy tadqiqotlarga sabab
bo‘lgan. Jahon bolalar adabiyotida “Yetim bola” obraziga ko‘plab murojaat qilingan, bular
“Oliver Tvistning boshidan kechirganlari”, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Garri Potter”,
“Gekl Berri Finning sarguzashtlari” va hokazo.

Murashovaning so‘nggi “Hayot uchun bitta mo‘jiza”

romanida ikki olamni

Sankt-

Peterburgda badavlat ota-

onalari, imtiyozli maktab o‘quvchilari bilan yashovchi qizlar,

yoqimtoy, aqlli o‘g‘il bolalar dunyosi va shahar atrofida kattalarsiz yashaydigan ko‘cha

bolalari va sargardon yetimlar dunyosi tasvirlanadi. Darhaqiqat, bu jamiyatning ikkiga

bor va yo‘qlarga bo‘linishini ifodalaydi. Jinoiy guruh rahbari Geynrix Lis g‘amgin, umidsiz,
adolatsiz dunyoda nima topish mumkin deb o‘ylaydi, u buni juda yaxshi biladi. Lekin bu

dunyoda yashash uning tanlovi emas, u

ichiga nazar tashlaydi: “Zulmat” ... otasining

mastligi tufayli uni halok qildi: kichiklarni, zaiflarni, kasallarni, muhtojlarni rad etadigan
tizim, kasallik va azob-uqubatlar, ijtimoiy shafqatsizlik hukmron jamiyat. Bu bir qarashda
hech kimga rahm-shafqat keltirmaydigan yetimlik, hech kim yordam bergisi kelmaydigan

yetimlik, chinakam azob beradigan yetimlik”

[1].

Jahon adabiyotshunosligida badiiy obraz masalasi muhim ilmiy tadqiqotlarga sabab

bo‘lgani kabi o‘zbek adabiyotshunosligida ham badiiy obraz masalasi izchil o‘rganilgan
bo‘lib, B.Sarimsoqov “Badiiylik asoslari va mezonlari” ilmiy tadqiqotida badiiy obrazning
muhim belgilarini ilmiy asoslab bergan: “Badiiy obraz tabiatida keyingi davrlardagi
o‘zgarish, boyish va to‘lishishlar badiiy obraz –

obrazlilik

badiiylik ham tarixiy harakat-

dagi falsafiy-estetik kategoriya ekanligidan dalolat beradi.

Badiiy obraz voqelikning, inson ruhi mohiyatining yetakchi xususiyatini ijodkorning

estetik ideali nuqtai nazaridan butun murakkabligi bilan qamrab olgan holda aks ettirishga

yo‘nalgan bo‘ladi”. [2

. B. 11].

Yetim bolalarning dunyoqarashi va hayot chigalliklari -

bu masalaga ko‘pchilik duch

kelgan va duch kelayotgan katta ijtimoiy muammolardan biri sifatida qarash lozim. Jahon
adabiyotshunosligida bunday dolza

rb muammolarning o‘rganilishi juda ko‘p tahlillarga

sabab bo‘lgan. Bunday ijtimoiy muammoning yechimiga doir tadqiqot ishlari ham mavjud.
O‘z o‘rnida o‘zbek adabiyotida bunday dolzarb muammolar mavjud va o‘rganilishi zarur.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

249

O‘zbek bolalar adabiyotida yaxlit “Yetim bola” obrazi quyidagi asarlarda uchraydi:

G‘.

G‘ulomning “Shum bola” qissasi, T.

Malikning “Alvido bolalik…” asari, X.

To‘xtaboyev

-

ning “Besh bolali yigitcha” sarguzasht romani, “Mungli ko‘zlar” romani va hokazo. Yetim

bolalar hayoti, taqdiri haqida boshqa asarlarda ham jiddiy, ahamiyatga molik badiiy
tasvirlar uchraydi

O‘.

Hoshimov, A. Qodiriy ijodlarida bunday tasvirlarni kuzatish

mumkin. Badiiy adabiyotda yetim bolalar haqida so‘z yuritganda, hadislarni ham eslash

maqsadga muvofiq. Yetim bolal

arning haqi, yetimlarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ularga

ko‘mak berish haqida bir nechta hadis keltirilgan bo‘lib, quyidagi hadisda ham yetimlar

haqida shunday deyilgan:

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi

vasall

am aytdilar: “Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol

mendan ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: “Sen kimsan?” –

deb so‘rayman. U: “Men

yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman”, –

deydi”. (Abu Ya’

lo rivoyati)]

Bir yetimning ko‘nglini olish uchun payg‘ambarimiz tuya bo‘lib cho‘kib ustiga

mindiradilar. Shu yetim bir lahza otasizligini unutsin, xursand bo‘lsin deb payg‘ambardek
zot tiz cho‘kadi. Yuqoridagi hadisda ham payg‘ambarimizning yetimni boqqan ayoldan

keyin jannatga kirishi haq

idagi fikrlari naqadar ta’sirli ifodalangan.

Yetimlarning hayoti, taqdiriga qiziqish, ularni o‘rganish o‘zbek adabiyotida T.

Malik

ijodida ham kuzatiladi. T. Malik

o‘zbek adabiyotida o‘zining detektiv

-sarguzasht asarlari

bilan munosib hissa qo‘shgan, o‘z uslubini yarata olgan ijodkor. Adibning “Alvido
bolalik…”, “Shaytanat” asarlarida bu mavzuga doir talaygina chizgilar bor. T.

Malik asarda

sharqona tarbiyani badiiyatga singdirib yuborish masalasini ham ko‘tarib chiqdi. Yozuvchi
“Alvido bolalik…” qissasida jamiyatda barcha uchun taalluqli bo‘lgan jiddiy muammoni
badiiyatga ko‘chirdi. Asarda yetim bolalarning hayoti, taqdiri va ijtimoiy holati ta’sirchan

ifodalangan, yozuvchining bu masalaga jiddiy yondashishini uning bolalar koloniyasidagi
bolalar taqdiri

bilan qiziqishi, bolalarning hayoti va boshidan kechirganlarini o‘rganishi,

ularning jamiyat bilan muloqotga kirishishini tahlil qilishida va badiiy aks ettirishida

ko‘rinadi. T.Malikning “Alvido bolalik…” qissasida bola va katta hayot masalasi ko‘ndalang

qo‘yilganki, o‘smir yoshdagi bolalarning hayot falsafasi asarni o‘qish mobaynida ochilib

boradi:

“Qamariddin avvaliga anqayib turdi. Bolalik ongi onasini avval Berlinga, keyinroq

Toshkentga dafn etgan edi. Uning tasavvuridagi onasi dastlab

fashistlardan ham qo‘rqmay

-

digan qahramon, keyinroq odamlarga kuyunuvchi, mehribon ayol edi. Tasavvuridagi ikki

ona ham tasavvuridagi qabrda yotibdi. Bu olifta kim bo‘ldi?” [3.

B. 48].

Yetim bolalar ham, umuman, barcha bolalar ota-onasi haqida faqat yaxshi fikrlar

eshitgisi, ularni hammaga maqtagisi keladi, garchi ulardan aziyat chekkan bo‘lishsa ham.

Qamariddin ham shunday bolalardan edi. U ota-onasini yaxshi insonlar deb tasavvurida

asrardi, ammo o‘smirlikka yetganda, onasini ko‘rib bu fikridan qaytdi. Onasi u o‘ylagan,
tasavvur qilgan ona emasdi. Bu “Yetim bola”ning shu paytgacha o‘ylaganlarini ostin

-ustun

qilib yubordi. Bunday vaziyatda Qamariddinda quyidagi ruhiy holatlarini kuzatish va tahlil
qilish mumkin:

ota-onasiga yashirin yoki oshkora nafrat tuyg

‘usi;

jamiyatdan norozilik kayfiyati;

hayotdan alamzadalik;

o‘zini yolg‘iz his qilish;

o‘zini aldangan his qilish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

250

Bolaligida aldash orqali bolani o‘ziga yaqin qilib olish mumkin, ammo ulg‘aygandan

keyin bolaning o‘z dunyosi, o‘z qarashlari, mustaqil fikrlari bo‘ladi. Bolaligida ota

-onasini

yaxshi deb his qilgan o‘smir katta hayot ostonasida turib ota

-onasi tomonidan tashlab

ketilganini bilgach, bu fikrdan qaytadi. Bolalarni dunyoga keltirib, ulardan voz kechib
ketish

bu juda katta ilmsizlik

, johillikdir. O‘z rohatini o‘ylab, maishatini ustun bilib,

yengil-

yelpi yashashga ko‘nikib qolganlargina bunday ishlarga qodir. Endi dunyoga kelib

ota-

ona mehriga to‘ymasdan, muruvvatga muhtoj bo‘lib turgan go‘dakni begonalar qo‘liga

berib yuborish

jami

yatdagi ulkan qusurlardan biri. Go‘dak o‘z ko‘nglini tushuntira

olmaydi, ammo u hamma narsani bilib, his qilib turadi, bunday bolalar hayotni erta

anglaydi. O‘z ota

-

onasichalik bolaga hech kim mehr ko‘rsatolmaydi. Bolalarda bu holat

natijasida qo‘rquv, beg

onasirash, xavfsirash hissi kuchayadi. Bolalar jamiyatdan nimani

ko‘rsa, o‘shani jamiyatga qaytaradi. Qamariddin taqdirida ham mana shunday holatni

kuzatish mumkin. Qamariddinda atrofdagilarga nafrat, oilasizlikdan siqilish, hayot
falsafasi erta shakllanganlik, ojizlarga rahmdillik hissi, qalbining bir burchagida ezgulikka

intilish hissi bor. Ammo uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiradigan odam yo‘q:

…Sanashni o‘rganganidan keyingina o‘zining urushdan yigirma yil o‘tgach

tug‘ilganini bilib qoldi. Boshqa afsona to‘qishga to‘g‘ri keldi. Ota

-onasi Toshkentda yer

qimirlaganda odamlarni qutqarayotib halok bo‘lishgan. [4.

B. 48].

Qamariddin avval mehribonlik uyidan, keyin jamiyatdan, odamlardan mehr-

muruvvat kutdi, lekin bola asrab olishga kelgan ota-onalar ham negadir (uning xunuk,

beso‘naqayligi va g‘ilayligi uchunmi) uni tanlashmadi. Bu ham bola ruhiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi, uning odamlar haqidagi, jamiyat haqidagi qarashlarini o‘zgartirib yubordi. Bola
o‘smir yoshiga yetgach esa atrofdagilarga nafrat ko‘zi bilan

qaray boshlaydi. Hamma unga

yot, begonaligini his qiladi. Odamlardan o‘ch olmoqchi bo‘lgani holda qarovga muhtoj

yetim bolalarga, ota-

onasi e’tiboridan chetda qolgan bolalarga yordam ham beradi.

Yo‘qolgan adolatni tiklash uchun o‘zi jamoa tuzib, nojo‘ya qa

dam tashlaydi. Bularning

barchasi alamzadalik oqibatida ro‘y beradi, bundan atrofdagilar ham aziyat chekadi.
Qamariddin bir o‘zi yakka adolat o‘rnata olmasligini, qilayotgan ishlari jinoyat ekanligini

yaxshi bilsa-

da, bu yo‘ldan qaytmaydi. Uning dilidagi e

ng buyuk armoni bolaligida,

zaifligida kamsitilgani va xo‘rlanganidir. Ayniqsa, onasining detdomga tashlab ketganini
adolatsizlik deb biladi, butun harakatini onasidan o‘ch olishga qaratadi. Asar so‘ngida
Qamariddin qamalishi, qo‘lga tushishi aniqlashib qo

lganda ham

uyiga kirmoqchi bo‘ladi,

sababi,

u hali ham onasini o‘ldirish fikridan qaytmagan edi:

“Ota

-

onasiz o‘sayotgan bolalarning hayot falsafasi, hayot haqidagi, beimon otalar,

bevafo onalar haqidagi tushunchalari ancha barvaqt shakllanadi. Ularning mitti yurak-

larida bu beimonlarga, bu bevalarga nisbatan nafrat ancha ilgari ko‘z ochgan bo‘ladi.

Qamariddinni qochishga undagan ikkinchi ovoz ana shu nafrat ovozi edi. U shu ovozga

quloq tutdi. Onasi ikkinchi, uchinchi kelganda ham yaqinlashmadi. Buvisi yo‘q

lab

kelganda: “Ayting endi ko‘rinmasin, o‘ldiraman” –

dedi” [5.

B. 48

49].

Bola qanday o‘z onasini o‘ldirishga qasd qilishi mumkin, bu jiddiy masala. Agar

Qamariddinga nisbatan odamlar adolatli bo‘lganda bola bu qadar qabihliklarga qodir
bo‘lmasdi, jinoyat

ko‘chasiga kirib qolmasdi. Odamlardan o‘ch olish, alamzadalik tufayli

Qamariddin beshafqat bo‘lib ulg‘aydi. Ammo u o‘zicha himoyasizlarga g‘amxo‘rlik qilishga
ham harakat qiladi. Topgan pullarini muhtoj bolalarga ulashadiki, o‘ziga bir paytlar

qilingan xo

‘rliklarni bu bolalar ko‘rmasin, degan niyat uning harakatlarida zohir bo‘ladi.

Birinchi marta Volga egasining tushirgan nohaq tarsakisi Qamariddinni nohaqlik, albatta,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

251

g‘olib keladi, haqiqat faqat zo‘rlar tomonda degan to‘xtamga olib keladi. Ana shu tarsa

ki

oqibatida u nojo‘ya harakatlarni boshladi. Jamiyatga qarshi, zo‘rlarga qarshi o‘zicha kurash

boshladi. Bolalar koloniyasida tarbiyalanish uchun yuborilgan Qamariddin u yerdan

haqiqiy jinoyatchi bo‘lib chiqdi:

Qamariddin notanish odamlar kelib, bolalarni olib ketishlarini bilgach, qandaydir

umid bilan kimningdir kelishini, boshidan silashini, mahkam quchoqlab o‘pishini kutardi.

Odamlar kelishardi, ammo uni olib ketmas edi [6. B. 25].

Qamariddinning ojizligi sabab uning hayotini o‘zgalar hal qilib yuboris

hi, yosh,

himoyasiz bolaning taqdiriga jamiyatning befarqligi uning sovuqqon, beshafqat bo‘lib
ulg‘ayishiga sabab bo‘ldi. Avval bolalar uyi, keyin axloq tuzatish koloniyasi, keyinroq
qamoq uning taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi:

Nafrat o‘qiga

,eng avv

alo, bevafo onasi, so‘ng beimon otasi duch bo‘lishi edi. Endi ular

haqida afsona tumanday tarqalib ketgan, ularning asl basharalari quyosh yorug‘ida
manaman deb turardi. Maxsus maktabning katta, og‘ir jigarrang darvozasi bo‘lardi. Uning
ro‘parasidagi o‘rindiqqa o‘tirib, Qamariddin xayol surardi: “Hozir qo‘limga miltiq berishsa

-

yu, darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan keyin o‘zimni
otib yuborishsa mayli. Yo‘q, avval sud bo‘lishi kerak. Bolasini tashlab ketgan ota

-

onalarning jazosi shu, deyman. Tirik yetimlar, hammangiz ablah ota-onangizni topib otib
tashlang, deyman. Tirik yetimlarga miltiq beringlar, deyman! Ana shundan keyin meni

otishsa ham mayli.” [7.

B. 25].

Qamariddinda ota-onasiga nisbatan nafrat kuchli edi. Bu uning ti

rik yetim bo‘lib

qolishi va odamlardan ko‘rgan xo‘rliklari tufayli paydo bo‘ldi. Ota

-onasidan nafratlangan

o‘smirning ruhiy iztirobi, alamli so‘zlari odamni o‘ylantiradi. Bola ota

-onasini qancha orzu-

umidlar bilan bir bor kelishini kutadi, ammo na otasi, na onasi keladi, boshqalar olib
ketishiga umid qiladi, ular ham Qamariddinni olib ketmaydi. Bolaga jamiyatga nisbatan

ham norozilik paydo bo‘ladi.

Qamariddinning sudda aytmoqchi bo‘lgan gaplariga hech kim

e’tibor bermadi, murg‘ak bolaning fikrlari kishini qo‘rquvga soladi. Uning so‘zlarida “odam
o‘ldirish” degan so‘z bor edi. Bu esa juda katta fojia. Bola odam o‘ldirishga qasd qilyapti:

“Qamariddin otilib kelib, uning bo‘yniga pichoq sanchdi. Oshxonada pichoq

olayotgan chog`da, onasini ham

o‘ldirishni fikr qilgan edi. Ammo onasiga qo‘l ko‘tara

olmadi. Nimaga shunday bo‘lganini keyinroq ham ko‘p o‘yladi. Biroq ming o‘ylagani bilan
sababini bilolmadi. U bir narsani aniq bilardi: uni o‘zi ham sezmagan qandaydir kuch

ushlab qolgan edi. U maxsus maktabda yurganida beimon otasini, bevafo, bemehr onasini

o‘ldirishni xayol qilardi. Onasini o‘ldirolmadi, biroq begonani o‘ldirdi. “To‘g‘ri qildim, –

deb

o‘ylardi u qamoqda yurgan kezlarida, –

bolalari beimon otadan qutulishdi. Bolalarini aldab

yurgan oda

m odammidi?” Sud bo‘ldi. Sudda yillab o‘ylab yurgan gaplarini aytdi. Gaplar

e’tiborga olinmadi. U o‘zini endi bolalar axloq tuzatish mehnat koloniyasida ko‘rdi. Uch yil
shu yerda bo‘ldi, keyin kattalarning koloniyasiga o‘tdi. Qimor ham, aroq ham, nasha ham

,

bir-

birini bo‘g‘ishlar... hammasi bor edi bu yerda. Yetti yilda o‘zi Asrorga aytganday

“akademik” darajasiga yetdi” [8.

B. 27].

Bu muammoni o‘rganish jarayonida oldimizga bir nechta savollar qo‘yishimiz va

ularning sababini, yechimini izlashga harakat qilishimiz zarur:

1.

Qamariddinning jinoyat

ko‘chasiga kirib qolishida kim aybdor?

onasining “detdom”ga tashlab ketishi;

otasi kimligini haligacha bilmasligi;

tarbiyachilarning o‘smirlar psixologiyasi bilan qiziqmaganligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

252

jamiyat, odamlarning befarqligi;

bolalarning uni “haromi” deb haqoratlaganligi;

“Volga” egasining nohaq tarsakisi;

dardini tinglaydigan odami yo‘qligi, yolg‘izligi.

2.

Qamariddinning xatosi qayerdan boshlandi?

onasi haqidagi fikrlari noto‘g‘ri ekanligidan, onasi u kutgandek a

yol

bo‘lmaganligidan;

“Volga” egasini urganidan;

kattalar koloniyasiga tushganidan;

“otasining do‘sti”ni pichoqlaganidan…

Qamariddin qaysi yo‘lni tutmasin barchasi xato edi, chunki unga to‘g‘ri maslahat

beradigan odamning o‘zi yo‘q edi. Atrofida unga mehribonlik ko‘rsatadigan kishi yo‘q.
Ulkan mehrsizlik, ulkan jinoyatga yo‘l ochdi. Mana shu ayni haqiqat edi.

Qissani o‘qish mobaynida o‘smirlarning jinoyat olamiga kirib qolishiga sabab

bo‘ladigan illatlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Loqaydlik

har bir inson, jamiyatning har bir fuqarosi o‘z tinchini o‘ylab, atrofdagi

jarayonlarga, yetim bolalarning taqdiriga befarqligi.

O‘

z manfaatlarini ustun q

o‘

yish

boshqalarning muammolari bilan qiziqmaslik,

faqat o‘z maqsadlari bilan yashash, o‘zi u

chun kurashish.

Ota-onalarning mas

uliyatsizligi

ota bo‘lishga, ona bo‘lishga tayyor bo‘lmay turib

turmush qurish va hali dunyoga kelmagan bolaning kelajagini barbod qilish, farzandini
tashlab ketish.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bir bolani tarbiyalab voyaga yetkazish-

qanchalik mashaqqatli ish. Bunda jamiyatning, atrof-

muhitning ham alohida o‘rni bor. Ota

-

onasiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning taqdiriga befarq bo‘lmaslikka
barchamiz birdek mas’ulmiz.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Tohir Malik “Alvido bolalik…”. –

T.: 2009.

B. 28

29.

2.

Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari.

T.: 2002.

3.

О.

Бухина, А.

Лану. Герои

-

сироты в детской литературе: отражение

социального кризиса начала и конца советской эпохи социальные потрясения
постсоветской эпохи.

4.

Normatov U. Ijod sehri.

T.: Sharq, 2008.

5.

Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji.

T.: Yangi asr avlodi, 2010.

6.

Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash.

T.: Fan, 2006.

7.

Rasulov

A. Betakror o‘zlik. –

T.: Mo‘mtoz so‘z, 200

9.

Библиографические ссылки

Tohir Malik “Alvido bolalik…”. –T.: 2009. B.28-29.

Sarimsoqov. B.Badiiylik asoslari va mezonlari. –T.: 2002.

О. Бухина, А. Лану. Герои-сироты в детской литературе: отражение социального кризиса начала и конца советской эпохи социальные потрясения постсоветской эпохи.

Normatov U. Ijod sehri. – T.: Sharq, 2008.

Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji. – T.: Yangi asr avlodi, 2010.

Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash. – T.: Fan, 2006.

Rasulov A. Betakror o‘zlik. – T.: Mo‘mtoz so‘z, 2009.