Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Professional and educational activities of future teachers of
technological training
Shavkat QOSIMOV
1
Pedagogical Institute of Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2021
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2022
Available online
15 Fabray 2022
This article analyzes how in modern socio-economic
conditions, the problem of the formation of a young specialist is
solved. Which is a direct producer of material goods, based on
market relations. Which is a significant element of the
formation of the professional and cultural potential of the
country. The degree of comprehensive formation of the
personality of a young specialist becomes one of the conditions
for the development of both industrial and social relations for
the economy of any country. In accordance with the
requirements of scientific and technical development, a
specialist needs an interdisciplinary orientation and multi-level
professional training. Therefore, the professional educational
activity of future teachers of technological education is being
considered.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
education,
upbringing,
profession,
technological education,
educational activity,
goal,
teacher,
knowledge,
skill,
qualification,
competence.
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining
kasbiy o‘quv
faoliyati
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
ta’lim,
tarbiya,
kasb,
texnologik ta’lim,
o‘quv faoliyati,
maqsad,
o‘qituvchi,
bilim,
ko‘nikma,
malaka,
kompetensiya.
Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda bozor munosabatlari
asosida moddiy ne’matlarning bevosita ishlab chiqaruvchisi,
mamlakatdagi kasbiy va madaniy salohiyatning hosil qilini-
shidagi sezilarli element bo‘lib hisoblanadigan yosh mutaxassis
shaxsining shakllantirilishi muammosi alohida ahamiyat kasb
etadi. Shaxsning shakllanganlik darajasi ham ishlab chiqarish-
ning, ham ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish shart-sharoit-
laridan biriga aylanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot talablari bilan
mos holda mutaxassis shaxsiga ko‘p yo‘nalishli yo‘naltirilganlik
va kasbiy tayyorgarlikka ko‘p darajalilik zarurdir. Maqolada
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy o‘quv faoli
-
yati yoritilgan.
1
Pedagogical Institute of Termez State University Deputy Director for Youth and Spiritual and Educational Work.
Termez, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
213
Профессионально
-
образовательная деятельность будущих
учителей технологического обучения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
воспитание,
профессия,
технологическое
образование,
образовательная
деятельность,
цель,
учитель,
знания,
умения,
квалификация,
компетентность.
В данной статье, анализируется как в современных
социально
-
экономических условиях, решается проблема
формирования молодого специалиста. Который, является
непосредственным производителем материальных благ, на
основе рыночных отношений. Что, является значимым
элементом
формирования
профессионального
и
культурного потенциала страны. Степень, всестороннего
формированная
личности
молодого
специалиста,
становится
одним
из
условий
развития
как
производственных, так и социальных отношений, для
экономики любой страны. В соответствии, с требованиями
научно
-
технического развития специалист, нуждается в
междисциплинарной направленности и многоуровневой
профессиональной подготовке. Поэтому, рассматривается,
профессиональная образовательная деятельность будущих
учителей технологического образования.
KIRISH
Ma’lumki, ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi bo‘lajak texnologik ta’lim
o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy fazilatlarni shakllantirish, ta’lim oluvchi
-
larda ta’limga bo‘lgan talabni faollashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini
yuksak
darajaga ko‘tarishdan iborat.
Jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tub o‘zgarishlari texnologik
ta’lim o‘qituvchilarning umumkasbiy tayyorgarligi bo‘yicha yangi tizim shakllantirilishi
zaruratini belgilab beradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning, ishlab chiqarish
texnologiyalarining, ishlab chiqarishni tashkil etish metodlarining, texnikalarning paydo
bo‘lishi texnologik ta’lim o‘qituvchilaridan nafaqat o‘quv jarayonini, balki mehnatning
zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun maksimal bilim va
aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lishni ham talab qiladi. Mana shunga bog‘liq holda
faoliyatning
barcha sohalarida mutaxassislarni tayyorlash nafaqat o‘qitish mazmunini doimiy
o‘zgartirib borish, balki bilimlarni berish usullarini, o‘qitish jarayonini tashkil etishning
ham o‘zgartirilishi vazifasini kun tartibiga qo‘yadi. Shaxsning rivojlanganlik darajasi
sezilarli ravishda kishining kasbiy-mehnat vazifalarini hal qilishga, mahsuldor predmetli
faoliyatga obyektiv tayyorlanganligi va subyektiv tayyorligini aks ettiradigan kasbiy
darajasi bilan tavsiflanadi.
Yangi texnologiyalarning joriy qilinishi va shunga mos holda mahsulot ishlab
chiqarish bo‘yicha mehnatning intellektualizatsiyalashuvi darajasining ortishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bunda hozirgi zamon bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisi mehnatining
asosiy mazmuni nafaqat mehnat vositalariga bevosita ta’sir ko‘rsatish, balki texnologik
jarayonni boshqarishdan iborat bo‘lib qolmoqda.
–
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Shu bois t
adqiqot davomida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash,
ularning bilim, ko‘nikma malaka va kompetensiyalarini zamonaviy talablarga mos
ravishda shakllantirish, ta’limda innovatsion
texnologiyalarni va yangicha yondashuv-
larni qo‘llash, ta’lim sifatini nazorat qilish muammosi bo‘yicha pedagog olimlar
tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilindi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
214
N.A.
Muslimov tomonidan kasb ta’limi o‘qituvch
ilarining kasbiy shakllanishi ilmiy
muammo sifatida qaralib, uning nazariy-metodologik asoslari va tarkibiy tuzilmasi
asoslab berilgan.
Tizimli yondashuv texnologiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
shakllanishi muammosini tadqiq qilishning umummilliy asosi sifatida tadqiq etilgan.
Unda pedagogik va texnik bilimlarning integratsiyasi asosida bo‘lajak kasb ta’limi
o‘qituvchisini tayyorlash, uning kasbiy
-
pedagogik faoliyatini modellashtirish, kasb ta’limi
o‘qituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashti
rishning metodologik asoslari, kasbiy
pedagogik shakllanganlik darajasini baholash metodikasi kabi masalalar bo‘yicha
tadqiqot ishlari olib borilgan [1].
U.Sh.
Begimqulov ta’limda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishning
ilmiy-nazariy asosla
ri, xususan, zamonaviy innovatsion texnologiyalar muhitida ta’limni
tashkil etish, ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammolari va
istiqbollari, ta’lim muassasalarida yagona axborot
-kommunikatsiya muhitni tashkil
etishning metodik asoslari
ni tadqiq etgan, oliy ta’lim muassasalari uchun elektron o‘quv
-
metodik majmualar va ularni yaratishga bo‘lgan talablarni ishlab chiqqan [2].
D.O. Ximmataliev tomonidan kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda
pedagogik va texnik bilimlar integ
ratsiyasi muammolari o‘rganilgan. Shuningdek, bo‘lajak
mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini
tasniflash asosida nazariy, amaliy, ilmiy-
tadqiqot tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha
mobillik, refleksivlik, integrativlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi
takomillashtirilgan [3].
Q.T.
Olimovning ilmiy tadqiqot ishlarida maxsus fanlardan zamonaviy o‘quv
adabiyotlarini yaratishning nazariy va amaliy asoslari, maxsus fanlarni modulli texno-
logiya asosida o‘qitishda faol usullarni qo‘llash, maxsus fanlardan elektron darsliklarni
yaratish tamoyillari, texnologiyasi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish metodikasi
ishlab chiqilgan. Shuningdek, kasbiy ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
-
metodik tavsiyalar keltirilgan [4].
J.A.
Hamidov tomonidan o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va
qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda, o‘qitishning zamonaviy didaktik
vositalarini yaratish va amaliyotda qo‘llash algoritmini takomil
lashtirish asosida
umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv axborotini ko‘rgazmali
-obrazli, izchil mantiqiy tarzda
havola etishni texnologiyalashtirish metodi, zamonaviy didaktik va metodik talablarni
amalga oshiruvchi, umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv materiallar
ini havola etish
shakllarini aks ettiruvchi hamda interfaol o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizim
sifatida o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etish varianti yaratilgan [5].
–
Tadqiqot metodologiyasi (Research Metodology).
Eng avvalo, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv faoliyati va ishlab
chiqarish amaliyoti mazmunini yoritib o‘tamiz. Talaba aqliy rivojlanishining real voqeligi
oldindan ham, o‘zining yakuniy shaklida ham shakllanish bosqichlarining ketma
-ketligida
ajratib ko‘rsatilishi lozim. Rivojlantiruvchi o‘qitish texnologiyasida bu real voqelik
mazmuniy umumlashtirish ko‘rinishida tuzilmalangan va u o‘z ichiga ideallashtirish
(biron-bir empirik xilma-
xillikning mohiyatini ajratib ko‘rsatish), uning shaklga kiritilishi
(o‘zlashtir
ilayotgan madaniyat tilida nomlash), mohiyatning belgili ifodalanishini
(modelni) variativ sharoitlarda boshqarish, konkretlashtirish (tushunchani xususiy
predmetga nisbatan qo‘llash) alohida operatsiyalarning va, umuman, butun aqliy
faollikning samaradorligini refleksiyalash kabi aqliy harakatlarni oladi[6].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
215
“O‘quv faoliyati –
bu o‘quv harakatlarining umumlashtirilgan usullarini egallash va
o‘quv vazifalarini bajarish jarayonida o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha subyektning
faoliyati” [6].
O‘quv faoliyatining quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatamiz:
O‘quv materiallarini o‘zlashtirishga va o‘quv vazifalarini bajarishga yo‘nal
-
tirilganlik; harakatlar va ilmiy tushunchalarning umumiy usullarini egallash; vazifa-
larning yechilishiga olib keladigan harakatlarning umumiy usullari; faoliyat subyektidagi
o‘zgarishlarning qonuniyatliligi; ta’lim oluvchi xulq
-atvori va psixik xossalarining
o‘zgarishi.
O‘quv faoliyati ma’lum bir tuzilma va mazmunga ega bo‘ladi. O‘quv faoliyati
mazmuni tahlili uning predmetini
–
bilimlarni o‘zlashtirish; harakatlarning umumlash
-
tirilgan usullarini egallash; o‘zlashtirilishi jarayonida ta’lim oluvchining o‘zi rivojlanib
boradigan harakatlarning usullari va metodlarini, ularning dasturlari va algoritmlarini
pishitib olishni an
iqlashdan boshlanadi [7]. O‘quv faoliyati o‘zlashtirish bilan bir xilda
emas, u subyektning o‘zining o‘zgarishiga yo‘naltiriladi; o‘zlashtirish esa uning subyekti
-
ning intellektual va shaxsiy o‘zgarishiga vositachilik qiladi, bu ham o‘z navbatida o‘quv
fao
liyati tarkibiga kiradi. O‘quv faoliyatining muvaffaqiyatliligi ta’lim oluvchi qanchalik
uning subyektiga aylana olishiga va undan qanday o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga bog‘liq
bo‘ladi. Mazkur jihatdan olib qaraganda gap bu yerda o‘quv faoliyatining ichki t
omoni
haqida boradi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Ma’lumki, muassasalar texnologik jarayon bilan aniqlanadigan
lavozimlar tuzilishi
va shunga mos ravishda turli xil kasb va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni talab
qiluvchi
“ish o‘rinlari”
tizimiga ega. Aslida muayyan kasb doirasida ichki mehnat
taqsimoti amalga oshadi. Kasb
–
kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti turi;
muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab
etadi [8]. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan
ixtisoslar bor (masalan, o‘qituvchilik kasbida texnologik ta’lim o‘qituvchisi, biologiya
o‘qituvchisi, tarix o‘qituvchisi va h.k.). Kasb –
muayyan bilim va maxorat talab etadigan
mehnat faoliyat (
mashg‘ulot)ning turi [9]. Kasbga yanada aniqroq ta’rif berish mumkin:
kasb -
maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasi egallangan,
odamning unga nisbatan jismoniy imkoniyati, aqliy qobiliyati va yuridik huquqlari
ta’minlangan mehnat faoliyati turi [6].
Malaka
(kvalifikatsiya)
–
shaxsning u yoki bu turdagi mehnat faoliyatiga
tayyorgarlik darajasi bo‘lib, muayyan ish mehnat mahsuloti sifati va soni
da eks etadigan
turli mohirlik darajasida, boshqacha ifodalasak,
quyi, o‘rta, oliy yoki ilmiy malaka
darajasida
bajarilishi mumkin [148]. Yanada aniq ifodalaydigan bo‘lsak, malaka
- kichik
mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi bo‘lib, ma’lum ishni ba
jarish uchun zarur
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mavjudligidir.
Kasbiy ma’rifat
kasbiy tarbiya va kasbiy ta’lim
jarayonlarini o‘z ichiga olib, bo‘lg‘usi
mutaxassis shaxsida
kasbiy madaniyat
asoslarini shakllantiradi.
Kasbiy tarbiya
–
kichik mutaxassislarni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash
maqsadida jamiyatda shakllangan kasbiy ijtimoiy-tarixiy tajribani ularga maqsadga
muvofiq o‘tkazish jarayoni. Kasbiy ijtimoiy
-
tarixiy tajriba deyilganda odamlarga ma’lum
bo‘lgan barcha kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar, ta
fakkur usullari, kasbiy-
huquqiy me’yorlar,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
216
bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan kasbiy
-
ma’naviy merosi tushuniladi. Kasbiy tarbiya bilan nafaqat pedagoglar, balki oila,
ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san’at,
mehnat jamoalari, huquq-tartibot organlari
ham shug‘ullanadilar [6].
Demak,
kasbiy tarbiya,
keng ma’noda, ta’lim muassasalaridagi o‘quv
-tarbiya
jarayonida pedagogik jamoa va o‘qituvchilarning o‘quvchilarda ma’lum kasbiy sifatlarni,
kasbiy mahorat asoslarini shakllantirish maqsadida ularga boshqaruvchi, maxsus tashkil
etilgan va maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishdir.
Kasbiy tarbiya,
tor ma’noda, aniq kasbiy
tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan kasbiy tarbiyaviy faoliyat, mazkur
jarayoni va uning natijasidir.
O‘z
-
o‘zini kasbiy tarbiyalash
–
o‘quvchining o‘zini
-
o‘zi kasbiy kamol toptirish
jarayoni, mustaqil o‘qishi va o‘zida ijobiy kasbiy sifatlarni, kasbiy mahorat asoslarini
rivojlantirish faoliyati bo‘lib, kasbiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisob
lanadi.
Kasbiy ta’lim
-
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, kasbiy
dunyoqarashni shakllantirish va kasbiy mahorat asoslarini rivojlantirish maqsadiga
yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida birgalikda maxsus tashkil
etilgan va
boshqariladigan o‘zaro munosabatlar jarayoni [9].
Kasbiy ta’lim, tor ma’noda, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan muhandis
-pedagoglar,
ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida avlodlar
kasbiy tajribasini uzatish va qa
bul qilib olish jarayoni bo‘lib, u o‘zaro aloqador, bir
-birini
taqozo qiluvchi ikki tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:
kasbiy o‘qitish va kasbiy o‘qish
[9].
Kasbiy ta’lim –
bir qancha bilim sohalari bilan uzviy bog‘langan, katta hajmdagi
tushuncha va termin
larni o‘ziga qamrab olgan
integrativ hodisa va jarayonlarni tadqiq
etuvchi murakkab pedagogik bilim sohasi.
Kasbiy pedagogik jarayon
–
o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va kasbiy
sifatlarini qayta o‘zgartirish maqsadiga yo‘naltirilgan, kasbiy ta’lim va tarbiya tizimlari
doirasida kechadigan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida maxsus tashkil etilgan
birgalikdagi o‘zaro munosabatlar. Boshqacha aytganda, kasbiy pedagogik jarayon
-
kasbiy ta’lim, kasbiy tarbiya va o‘quvchi shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonlari bo‘lib,
ularning o‘zaro aloqadorligi va birligidan iborat yaxlit o‘quv
-
tarbiya jarayoni, ma’rifiy
tizim [10].
Mazkur tushunchalarning barchasi u yoki bu darajada
kasbi ta’limi jarayoni
bilan
bevosita va bilvosita bog‘lanadi. Aslida, mutaxa
ssis shaxsi tashqi va ichki, ijtimoiy va
tabiiy, boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar va jarayonlar ta’sirida o‘ziga xos
tarzda kasbiy kamol topadi yoki boshqacha ifodalasak, texnologik ta’lim o‘qituvchisi yoki
ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan avlodlarning kasbiy tajribasi to‘xtovsiz quyilib
turiladigan
“ko‘zacha”
emas, aksincha o‘quvchining o‘zi ham bu tajribani egallashga,
undan qandaydir yangilik yaratishga qodir bo‘lishi lozim.
Ta’lim jarayoni
–
umumiy holatda “maqsad –
o‘qituvchi fa
oliyati
–
ta’lim mazmuni,
metodlari, shakllari va vositalari
–
o‘quvchi faoliyati –
natija” o‘zaro aloqadorligidagi
yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1)
maqsadli tarkibiy qism
–
o‘quv fani yoki uning bo‘limlari, mavzularini o‘rganish
maqsadi va vazifalarining o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan anglanishini aks ettiradi;
2)
rag‘batlantiruvchi
-motivlashtiruvchi tarkibiy qism
–
pedagogning muayyan
vazifalarni hal etishda o‘quvchilarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora
-tadbirlarni
amalga oshirishi ko‘zda tutiladi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
217
3)
mazmuniy tarkibiy qism
–
o‘quv rejasi, muayyan o‘quv fani bo‘yicha o‘quv
dasturlari va darsliklar bilan aniqlanadi;
4)
jarayonli-faoliyatli tarkibiy qism
–
o‘qituvchining o‘qitish va o‘quvchilarning
o‘qish faoliyatini uyg‘un birlikdagi jarayon sifatida to‘liq aks ettiradi va ta’limni tashkil
etishning tegishli metodlari, vositalari va shakllari yordamida amalga oshiriladi;
5)
nazorat qiluvchi-tartibga soluvchi tarkibiy qism
–
o‘qituvchi tomonidan
ta’limning tegishli vazifalari hamda o‘quvchilarning o‘quv amallarini to‘g‘ri bajarishi,
olingan javoblarning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishini ko‘zda tutadi va og‘zaki,
yozma, laboratoriya ishlari, so‘rovlar, sinov va imtihonlar yordamida amalga oshiriladi;
6)
baholovchi-natijaviy tarkibiy qism
–
o‘qituvchining ta’lim jarayonida o‘quvchilar
tomonidan erishilgan natijalarni baholashi va tahlil etishi nazarda tutiladi [11].
Kasbiy ta’lim jarayonining asosini
kasbiy o‘qitish
jarayonida maxsus fanlar
o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan beriladigan va
kasbiy o‘qish
jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilib olinadigan o‘zaro bog‘liqlikdagi
kasbiy
bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalar
tashkil qiladi.
“Bilim –
kishilarning tabiat
va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari,
voqelikning inson tafakkurida aks etishi” [14]; bilim –
nazariy va amaliy faoliyatda
o‘rganilgan, yodda saqlab qolingan, qabul qilingan predmet, hodisa va jarayonlar
haqidagi tushunchalar tizimi [13]
. Bular umumiy holatda “kasbiy bilim” tushunchasiga
ham to‘la taalluqlidir.
Kasbiy bilim
–
kichik mutaxassisning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlar; kasbiy ta’lim jarayonida o‘quvchining kasbiy bilish faoliyati natijasi
- kasbiy
qonuniyatlar, qonunlar, shuningdek mehnat faoliyati usullari haqidagi tushuncha va
tasavvurlarning
o‘zlashtirilishi, muayyan tizimga solinishi va xotirada mustahkamlanishi.
“Ko‘nikma –
insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni
amalga oshi
rish qobiliyati”.
Kasbiy ko‘nikma
–
kichik mutaxassisning olgan kasbiy bilimlarini nostandart,
noodatiy va murakkab vaziyatlarda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash qobiliyati; uning kasbiy
hatti-
harakatlarni ongli ravishda tez, tejamli, to‘g‘ri, kam jismoniy
va aqliy kuch
sarflangan holda bajarish jarayoni va natijasi. Boshqacha ta’riflasak,
kasbiy ko‘nikma
–
kichik mutaxassisning o‘zida mavjud bo‘lgan kasbiy bilimlari asosida amaliy harakatlarni
bajarish usuli; ish sharoitida mo‘ljal olish, zarur usullardan foydalanish va qo‘yilgan
vazifani yechish uchun harakatlarni bajarishga tayyorlik qobiliyati.
“Malaka –
muayyan kasb, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat”.
Kasbiy malaka
–
kichik mutaxassisning muayyan kasbiy faoliyatni mohirlik bilan
bajarish qobiliyati; kasbiy faoliyatning ayrim tarkibiy qismlarini avtomatlashgan tarzda
amalga oshirishi; kasbiy ko‘nikmalarni ko‘p marta takrorlash va mashq qilish natijasida
odat tusiga kirib qolgan ish uslubi. Mehnat faoliyatining avtomatlashuvi qancha yuqori
bo‘lsa, malaka darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Kasbiy kompetensiya
–
sohaga oid bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar majmui,
shaxsning qadriyati va
sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki
ta’sir ko‘rsatish
qobiliyati. Uning tarki
biy qismlari quyidagilardan iborat: o‘z mutaxassisligiga doir
bilimlarga ega bo‘lish; o‘z ustida ishlash; ish jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta
aloqani o‘rnata olish; o‘quvchilarda motivatsiyani
shakllantirish; zamonaviy texnologiya-
larni bilishi; ish jarayoniga yangilik kiritishi; texnologik operatsiyalarni mukammal
bilishi va h.k.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
218
O‘quv faoliyatining bilishga doir va tadqiqotchilik funksiyalari (sintez, tahlil,
umumlashtirish, tasniflash va h.k.) asosida yozuvchi fikrlash operatsiyalari; belgili (tilli)
verbal vositalar, ular yordamida bilimlar o‘zlashtiriladi, individual tajriba refleksiya
-
lanadi va takror hosil qilinadi; fonli bilimlar, ular yangi bilimlarning kiritilishi orqali
talabaning individual tajribalari tuzilmalanadi.
Usul
–
bu
qanday o‘qish, yangi bilimlarni qanday qilib o‘zlashtirish
-egallash
haqidagi savolga javob. Usulning keng tavsifi aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich
shakllantirish nazariyasida taqdim etilgan. O‘quv faoliyatining mahsuli bo‘lib tuzilma
-
langan va dolzarb
lashtirilgan bilim, shuningdek, ta’lim oluvchining psixikasida va
faoliyatidagi yangicha ichki hosilalar (motivatsion, qadriyatli, mazmun hosil qiluvchi)
paydo bo‘lishi hisoblanadi. O‘quv faoliyatining mahsuli individual tajribaga organik
ravishda birikib ketadi. Uning tuzilmaviy tashkil etilishi, tizimliligi, chuqurligi, mustah-
kamligiga ko‘p jihatdan kishining keyingi faoliyati, uning muloqotining muvaffaqiyatliligi,
kasbiy faoliyatining sermahsulligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv faoliyatining tashqi tuzilma
siga murojaat qilish bilan V.A. Slastenin uning
quyidagi asosiy komponentlarini ajratib ko‘rsatadi:
maqsad; motivlar; o‘quv harakatlari (operatsiyalari); natija [14].
O‘quv faoliyati maqsadi –
bu rejalashtirilgan natija bo‘lib, unga erishish uchun
ta’lim jarayonining barcha kuchlari yo‘naltiriladi [15]. O‘quv faoliyatining maqsadi bo‘lib
ta’lim oluvchining rivojlantirilishi hisoblanadi. O‘quv faoliyatining shakllantirilgan
umumiy maqsadi doimiy ravishda konkretlashtirib boriladi, yaratilgan shart-sharoitlar,
o‘quv faoliyati ishtirokchilarining imkoniyatlari
bilan taqqoslanadi; maqsad bir qator
konkret vazifalar tizimiga ajraladi. O‘quv vazifasi –
bu o‘quv faoliyatining maqsadi bo‘lib,
u aniq shart-sharoitlarda belgilanadi yoki beriladi[13].
Motiv
–
bu kishi
ning ichki harakatga keltiruvchi, undovchi kuchi bo‘lib, u kishini u
yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishga majbur qiladi. Motiv ta’lim oluvchining o‘z faoliyati
predmetiga munosabati, bu faoliyatga yo‘naltirilganlik sifatida ta’riflanishi ham mumkin.
Moti
v bo‘lib ehtiyojlar va manfaatlar, intilishlar va emotsiyalar, yo‘l
-
yo‘riqlar va ideallar
o‘rtaga chiqadi. Pedagog faoliyatini nazarda tutgan holda, o‘qitish motivatsiyasi haqida
so‘z boradi, bunda ta’lim oluvchining pozitsiyasidan turib o‘qish
-tahsil olish motivatsiyasi
haqida gapirish o‘rinli. Motivatsiya shaxs holati va munosabatlarining o‘zgarishi jarayoni
sifatida motivlarga tayanadi. Motivatsiya nafaqat o‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy
tuzilmaviy komponenti bo‘lib, balki bu faoliyat subyektining o‘zining sezilarli tavsifi
bo‘lib ham sanaladi. Motivatsiya faoliyatga nisbatan ichki yoki tashqi bo‘lishi mumkin,
lekin u har doim shaxsning bu faoliyat subyekti sifatidagi ichki tavsifi bo‘lib qolaveradi.
O‘quv faoliyati –
bu bir-biri bilan organik
ravishda bog‘liq bo‘lgan harakatlar tizimi
bo‘lib, ular ma’lum bir mantiqda joylashadi. Maqsadlar vazifalarga bo‘linganidek yirik
harakat ham harakatlar tizimi ierarxiyasining har xildagi darajalariga o‘tib borish bilan
nisbatan quyi tartibdagi harakatlarga taqsimlanadi.
Natija
–
bu o‘quv faoliyatida ta’lim oluvchi erishadigan maqsadi. Natijalar faoliyat
maqsadlariga mos kelmay qolishi ham mumkin; o‘quv faoliyatining maqsadi va uning
natijasi o‘zaro mos kelishi uchun o‘quv faoliyatining holatiing
ketma-
ketlikda o‘rganish,
uni tashkil etishga va boshqarishga ijodkorona yondashish zarurdir. Berilgan shart-
sharoitlarda optimal
bo‘lgan natijaga erishish uchun o‘quv faoliyatini boshqarish
jarayonini ijodiy jarayon sifatidagi pedagogik ijodkorlik kategoriyalari bilan olib qarash
lozim bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
219
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
OTM talabalarining o‘quv faoliyatini egallash jarayonini ayrim olimlar bosqichma
-
bosqich bayon qiladilar. Masalan, oliy o‘quv yurtigacha bo‘lgan bosqichni, keyin es
a
birinchi (1-2-semestrlarni) bosqichni, ikkinchi bosqich (3-4-semestrlar)ni, uchinchi
bosqich (5-6-
semestrlar)ni va OTMdan keyingi bosqichlarni ajratib ko‘rsatamiz.
Oliy ta’lim muassasasida o‘qishning birinchi bosqichida asosiy e’tibor o‘quv
materiallari
ni o‘rganishga yordam beradigan fikrlash usullarining rivojlantirilishiga
qaratiladi. Talabalar bunda o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga; reja,
konspekt, referatlarni tuzishga, o‘qib chiqilgan matearillar bo‘yicha tuzilmaviy
-mantiqiy
mavzu
larni tuzishga o‘rgatiladi. Buning natijasida talabalarda o‘z
-
o‘zini nazorat qilish va
o‘zaro bir
-
birlarini nazorat qilish ko‘nikmalari shakllanadi. OTMda ta’lim olishning
birinchi bosqichida minimal bilishga doir mustaqillik shakllanadi. Ikkinchi bosqichda
talabalar kasbiy yo‘nalishdagi o‘quv fanlarini o‘rganish metodikasini o‘rgana bosh
-
laydilar, bu talabalarda metodik bilimlar va mahoratning shakllantirilishi bo‘yicha
maqsadga qaratilgan ishlarni olib borishga imkon beradi. Bu bosqichda talabalar bilishga
doir mustaqillikning rivojlanishidagi majburiy darajaga erishadilar. Uchinchi bosqichda
talabalar faoliyatida mustaqillik tobora ko‘proq namoyon bo‘la boradi, bunda faqat ayrim
holatlardagina talabalar o‘qituvchining ko‘magiga murojaat qiladilar, ya’ni b
u bosqichda
talabalar to‘liq bilishga doir mustaqillikka erishishlari lozim bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Muslimov
N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy
-
metodik asoslari: ped.fan.dokt. ... diss.
–
T., 2007.
–
B. 349.
2.
Begimqulov
U.Sh. Oliy pedagogik ta’lim tiximiga zamonaviy axborot va
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslari: ped.fan.dokt.
... dis.
–
T.: 2007.
–
B. 250.
3.
Ximmataliev
D.O. O‘quv
-tarbiya jarayonida talabalarining kasbiy madaniyatini
milliy qadriyatlar asosida shakllantirish: Avtoref. Dis. ... ped.fan.nom.
–
T., 2003.
–
B. 50.
4.
Olimov
Q.T. Maxsus fanlardan o‘quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning
nazariy-uslubiy asoslari: Avtoref. dis. ... ped.fan.dok.
–
T.: 2005.
–
B. 44.
5.
Hamidov
J.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy
didaktik vositalarini yaratish texnologiyasi / Monografiya.
–
T., “Sano
-
standart”
nashriyoti. 2017.
–
B.160.
6.
A.R. Xodjabaev, Sh.U. Kosimov Amaliy kasbiy
ta’limni tashkil qilish va o‘tkazish
metodikasi.
–
T.:
O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: O‘MKHTTKMO va UQTI, 2007. 1, 132
7.
ШУ Касимов
Система и содержание профессионалного образованиya в
колледжах
-
Молодой ученый, 2012
.
8.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4–
jild. Konimex
–Mirzoqush. Tahrir hay’ati:
M.Aminov, T.Daminov, T.Dolimov va b. T.:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat
ilmiy nashriyoti, 2002.
–
704 b.
9.
Abduqudusov O.A., Rashidov H.F. Kasb-
hunar pedagogikasi (o‘quv
-uslubiy
qo‘llanma
).
O‘MKHTTKMO va UQTI, 2009.
-238 b.
10.
S.U. Qosimov, E. Jalilov Indicators And Significance Of The Qualitu Of
Professional Training Of Future Educators.
–
International journal of scientific, Texnology
research, 2020.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
220
11.
Э.Э.
Жалилов, Ш.У.
Косимов, Г.Э.
Пулатов
Содержание профессионалной
подготовки будущих педагогов/
-
рол психолого
-
педагогиchеских…, 2019
.
12.
Педагогика среднего профессионалного образования: Уchебное пособие
для преподавателей системы среднего профессионалного образования /Под общ.
ред. академика РАО Г.В.
Мухаметзяновой.
-
Казан: ИСПО РАО, 2001. –
C. 384.
13.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 3–
jild. Gidrofiliya
–Zebralar. Tahrir hay’ati:
M. Aminov, B.
Ahmedov va b. T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyoti, 2002.
–
704 b.
14.
Педагогика / В.А.
Сластенин, И.Ф.
Исаев, А.И.
Мищенко, Е.Н.
Шиyaнов.
-
М.:
Школа
-
Пресс, 1998. –
C. 512.
15.
S.U. Qosimov. Formation of Professional Skills for Students in Practical
Vocational Training/
–
Eastern European Scientific Journal, 2017.
16.
Qosimov Sh.U. Kasb-
hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’limni tashkil etishning
metodik asoslarini takomillashtirish / Ped. fan. fal. dok. ... dis.
–
T., O‘MKHTTKMOQTI,
2018.
–
B. 176.
