Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Classification of microtoponyms (on the example of
Bukhara region)
Nodira ADIZOVA
1
Pedagogical institute of Bukhara state university
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 February 2022
Accepted 20 March 2022
Available online
15 April 2022
In this article toponyms of Bukhara district are divided into
thematic groups and analyzed in diachronic and synchronous
methods. The linguistic-etymological classification of Bukhara
district toponymy.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
onomastica,
microtoponym,
antroykonym,
necronym,
linguistic factor,
semantic analysis,
morphological structure,
dialectical features,
amplitude,
genesis,
chronological
characteristics.
Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
onomastika,
mikrotoponim,
oykonim,
lingvistik omil,
semantik tahlil,
morfologik struktura,
dialektal xususiyat,
xronologik tasnif.
Mazkur maqolada Buxoro tumani toponimlari mavzuviy
guruhlarga ajratildi, diaxron va sinxron usulda tahlil qilindi.
Tuman toponimiyasining lisoniy-etimologik tasnifi keltirildi.
1
doctor of philosophy, associate professor, Pedagogical Institute of Bukhara State University, Bukhara,
Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
129
Классификация микротопонимов
(на примере Бухарской
области)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ономастика,
микротопоним,
ойконим,
лингвистический фактор,
семантический анализ,
морфологическая
структура,
диалектальная
особенность,
амплитуда,
генезис,
хронологическая
характеристика.
В данной статье Бухарского района и их своеобразные
особенности;
выделены
тематические
группы
микротопонимов и осуществлен их диахронный и
синхронный анализ. Произведен лингво
-
этимологический
анализ топонимии района.
Tilshunoslikda atoqli otlarni va ular
ning barcha turlarini o‘rganuvchi onomastika
sohasi mavjud. Joy nomlari atoqli otlar sanalganidan toponimika ham onomastika
doirasida qaraladi. Chunki onomastika nomshunoslik sanalib, atoqli otlar nazariyasi va
amaliyoti bilan shug‘ullanar ekan, mazmun jih
atdan aynan unga mos kelishi va faqat
nomlar obyekti nuqtayi nazaridan farqlanadigan toponimikaning bu soha doirasida
qaralishi tabiiy. Toponimlar atoqli otlarning bir qismi sifatida tadqiqotchiga shunday
axborotlar berish mumkinki, u buni tilning boshqa biror-bir hodisasidan olishga qodir
emas, deydi G.P. Smoliskaya [3. B. 115
–
124].
Bu bo‘lim o‘z ichiga atoqli otlarning turli
-
tuman guruhlarini qamrab oladi. Shulardan biri toponim
–
joy nomlaridir. Toponimlar,
o‘z navbatida, joy nomlarining ko‘plab ko‘rinis
hlarini ifodalashi mumkin. Chunonchi,
ko‘cha, guzar, mahalla, ovul, qishloq, shahar va hokazolar. Toponimlarda qishloq nomlari
o‘ziga xos bir guruh sifatida ajralib turadi.
Insoniyat paydo bo‘lganidan beri o‘zining atrofidagi olamni o‘rganishga, undagi si
r-
sinoatlarni ochishga intiladi. Ba'zan esa atrofdagi olamning turli jihatlarini o‘zicha
nomlaydi. Bu bugungi kunga kelib toponimika nomli fanning keng quloch yozishiga
asosiy sabab bo‘ldi. Toponimikada joylarning nomlari o‘rganiladi. Ko‘pgina joy nomlari
uzoq tarix davomida paydo bo‘lib, shakllanib kelmoqda. Yangi tushunchalar, yangi
qarashlar yangi nomlarning yuzaga kelishini talab ham qilmoqda. Agar past-balandlik
joylarni ko‘rsak, ularga chuqur, tepa, balandlik, qir, adir so‘zlari ishtirok etgan nom
“to‘qiymiz”, tog‘ning alohida ko‘zga tashlanadigan o‘rnini Yassitog‘, Qoyali, Xarsangtosh,
Cho‘qqili deb nomlaymiz.
Nomlar odamlar kabi qadimiydir, degan gap behuda aytilmagan. Ko‘pchilik nomlar
bir necha asrli tarixga ega. Jumladan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Romitan, Shofirkon,
Varaxsha, Poykent nomlarining tarixi ming yillarga borib taqaladi.
Joy nomlarini o‘rganishning o‘ziga xos ahamiyati mavjud. Chunki ularda xalqning
uzoq o‘tmishi, ijtimoiy
-
siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayoti, madaniy merosi aks etadi
.
Toponimlar asrlar davomida yaratilgan lisoniy, tarixiy va madaniy-ma'naviy meros
hisoblanadi.
Ularda xalqning qadimiy davrlardan tortib to shu kungacha bo‘lgan noyob
kuzatish, tajriba va turli e'tiqodlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
130
Keyingi yillarda
o‘zbek tilshunosligida toponimlarni tadqiq etish borasida ulkan
ishlar amalga oshirildi.
Bu, birinchi navbatda, toponimlar tilning turg‘un unsurlari
sifatida xalqlarning tili va tarixini o‘rganishdagi muhim ahamiyati bilan belgilanadi.
Toponimiyaga oid tadqiqotlar nafaqat qadimdan u yoki bu xalq, elat va uning tilining
tarqalish hududini, qatlamlashish hamda shunga o‘xshash hodisalarni aniqlashga, balki
xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy
-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va etnolingvistik aloqalarni
tiklashga, aniqlas
hga ham imkon beradi. Bu jihatdan Quyi Zarafshon vohasi, aniqrog‘i,
Buxoro viloyat toponimlarini to‘plash va ularni tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Har qanday tilga mansub bo‘lgan toponimlarni lingvistik tahlil etishda dastlab
ularni tasnif etish masalasi turadi.
Chunki to‘g‘ri amalga oshirilgan tasnifgina kuzatishlar
olib borishni yengillashtiradi, tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga ko‘maklashadi.
“...toponim muayyan ma'noni anglatadi, –
deydi S. Qoraev,
–
toponimistlar ta'biri bilan
aytganda, toponim informatsiyaga ega va u real hodisani aks ettiradi. Toponimlarning
ana shu real voqelikni aks ettirishini hisobga olib, ularni qandaydir guruhlarga bo‘lish
kerak, albatta. Toponimlarni ana shunday klassifikasiya qilish ularning semantik
mohiyatini o‘rganish ishini osonlashtiradi deb o‘ylaymiz”
[7, 11].
Buxoro tumanida uchraydigan qishloq nomlarining ko‘pchiligi qadimiydir. Ular
turli sabablarga ko‘ra nomlangan.
Ayrim qishloqlarning nomlanish sabablari unutil-
ganligini kuzatish mumkin: Mijona, Muchavus, Nayak, Pat-
put, Sarhang, Qo‘lba kabilar.
Tumandagi ko‘pgina qishloq nomlarining atalish sabablarini aniq ko‘rsatish imkoni
mavjud. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Qishloqning tabiiy-
geografik sharoitiga mos nomlar: Bog‘idasht, Yobuxona, Jo‘yi
odoq, Oqrabot, O‘ba, Qumrabot kabilar.
2. Qishloq hududida biror obyektning mavjudligiga ishora qiluvchi nomlar:
Beshariq, Bog‘i kalon, Galaosiyo, Diosiyo, Jo‘borcha, Kushxona, Ko‘li shtrum, Ko‘hna
masjid, Mahalla, Chortoq Chiltanop, Chorb
axossa, Chorbakr, Qayrag‘och kabilar.
3.
Qishloqning joylashish o‘rniga ishora qiluvchi nomlar: Vog‘oskent, Kunji qal'a,
Labobiyon, Labi denav, Chuqurrabot, Yuqori Kobdun, Yuqori O‘ba, Yuqori Novmetan,
Yurinbolo, Yurinpoyon, O‘rta Novmetan, O‘rtarabot, Quyi Kobdun, Quyi O‘ba kabilar.
4. Qishloq aholisining kasb-
kori, mashg‘ulotiga ishora qiluvchi nomlar:
Baxmalbof, Gilembof, Do‘g‘do‘z, Ipakchi, Moshkoron, Mokisoz, Raboti to‘pchi,
Sohibkor, Tikonchi, Tovuqchi, Qo‘shxodim, Quttisoz kabilar.
5.
Qishloqning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar: Denov, Xonabod,
Yangiobod kabilar.
6.
Aholisining yoki biror shaxsning ijtimoiy mavqei bilan aloqador bo‘lgan:
Bekjo‘gi, So‘fiyon, So‘fikorgar, Xo‘jahayron, Xo‘jarabot, Shayxoncha, Shayxlar kabilar
.
7. Shaxs nomi bilan aloqador qishloq nomlari: Dehhoji, Jonbobo, Mulki Saidon,
Raboti eshon, Rabotiqozi, Rabotimirjon
Onomastik materialni tavsiflash ishi bilan deyarli barcha nomshunoslar
shug‘ullanib keladi.Chunki atoqli otlar tasnifi onomastik tizimni
tahlil qilishning eng
zaruriy va asosiy shartlaridan biridir. Tadqiqotning qanchalik muvaffaqiyatli olib
borilishi materialni to‘g‘ri tasniflay olishga ham bog‘liqdir. Tadqiqotimiz jarayonida
Buxoro tuman toponimlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
1.1. Toponimlar.
Quruqlikda joylashgan tabiiy geografik va sun’iy obyektlar atoqli
oti. Bular quyidagi guruhlarga ajraladi.
1.1.1. Oykonimlar.
Bunga qishloq, ovul, mahalla nomlari kiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
131
Qishloq va ovullar nomi oykonimiyaning tarkibiy qismi
bo‘lib, Buxoro tuman
toponimiyasining asosiy qismini tashkil qiladi. Qishloq nomlari makrotoponim va
mikrotoponimlar tizimining chegarasini ko‘rsatuvchi onomastik birlik bo‘lib, [1,25
-28]
makrotoponimlar guruhiga kiradi.
Buxoro viloyatidagi qishloq nomlarining aksariyati juda qadimiy, tarixiy nomlardir
va ularning nomlanish sabablari ham ko‘p holda unutilgan deyish mumkin. Chunonchi,
Yurinpoyon, Patput, Leylak, Tutixushk, Janafar, Chappa, Jonbobo, Mijona, Otquchi,
Obitoratkabi qishloqlar nomi bunga misol
bo‘la oladi.
Quyida qishloq nomlarining ba’zilarini qisqacha izohini keltiramiz.
BOGʻIKALON
–
tumandagi aholi punkti nomi. Toponim ikki qismdan tashkil
topgan: bogʻ(i)+kalon. Bogʻ fors
-
tojikcha soʻz boʻlib, mevali daraxt, tok va gul bilan band
yer maydoni;
mevazor hamda shahardan tashqaridagi qoʻrgʻon va unga yopishgan
mevazor, tokzor joy ma’nolariga ega [9, 141]. Kalon soʻzi ham fors
-
tojikcha boʻlib, hajman
va miqdoran ulugʻ; balogʻatga yetgan; mansabdor; vazifasi yoki unvoni jihatidan ustun
kabi ma’nolarda qoʻllanadi [7, 582
-
583]. Toponim tarkibidagi “i” forsiy izofa sanaladi.
Bogʻ+i+kalon –
katta bogʻ. Hududida katta bogʻ boʻlganligi yoki aholisi koʻpligi sababli
qishloq shunday nomlangan.
BESHBOʻRI
–
tumandagi aholi punkti nomi.
Toponim umumturkiy soʻz boʻlib,
boy+boʻri tarzida shakllangan. Boy soʻzining qadimiy ma’nolari –
“ulugʻ”, “buyuk”,
“ulkan”, “yuksak hajmli”; “muqaddas”, “mo’tabar”; “katta mol
-
mulk egasi”, “badavlat”
kabilar sanaladi. Qadimgi turkiy xalqlardagi Umay (ayol, malika-xudo, afsonaviy ayol-
ma’buda, yosh bolalarni panohida asrovchi iloh, yaratuvchi ayol
-
ma’buda) soʻzining
oʻzgargan, soddalashgan shakli “boy” soʻzi boʻlishi mumkin, deya taxmin etadi T.Nafasov.
Boʻri –
qadimgi turkiy xalqlarda totem, sigʻinilgan mavjudot. Qadimgi turkiy as
hin
qabilasi oʻzlarini boʻridan kelib chiqqan deb hisoblashgan. Boyboʻri –
ulugʻ boʻri, kuchli
boʻri. Qoʻngʻirotlarning va qoraqalpoqlarning boyboʻri urugʻi mavjud. Boyboʻri –
kishi
ismi. Ism ham totem va urugʻ nomidan kelib chiqqan. Qishloq nomi urugʻ no
midan
yaralgan [3, 65].
Umuman olganda, turkiy qavmlar tarkibida “besh” soʻzi qatnashgan beshbola,
beshkal, beshkaltak, beshkapa, beshkubi, beshogʻoch, beshsari, beshtentak beshqozon
kabi urug‘ nomlari keng tarqalgan.
VAHMKOR
–
tumandagi aholi punkti nomi.
Vahm “vaqf” soʻzining oʻzgargan shakli.
S.
Qoraevning ma’lumotiga koʻra, “vaqf” soʻzi arabcha boʻlib, “vasiyat qilingan”, “inoyat
qilingan”, “bagʻishlangan” kabi ma’nolarni anglatadi. Oʻrta asrlarda va undan keyin ham
katta-
katta yerlar, doʻkonlar, huna
rmandchilik rastalari, tegirmonlar, hammomlar,
objuvozlar va boshqa mulklar masjid-madrasalarga, musofirxona-shifoxonalarga
(xonaqohlarga) vasiyat qilib berilgan, ya’ni vaqf qilingan, ulardan olingan daromadlar shu
muassasalarning ehtiyojlariga sarflangan.
Respublikamiz toponimiyasini oʻrganishda vaqf hujjatlarining ahamiyati katta.
Bunday hujjatlarda vaqf qilingan yerlarning chegaralari aniq koʻrsatilgan va qoʻshni
qishloqlar, ariq-
kanallar sanab oʻtilgan.
Oʻzbekiston, xususan, Zarafshon vodiysida Burqut
Vaqf, Vaqf, Vaqbi Gijbak, Vaqfi
Qoʻrgʻon, Eski Vaqf, Vaxim, Voxim, Voqim kabi toponimlar bor; Qoʻqon shahridagi
Vaqmchorsi mahallasi nomi ham “vaqf” soʻzidan kelib chiqqan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
132
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Найимов
С. Бухоро вилояти жой номларининг қисқача изоҳли луғати. –
Б.,
1997,
–
Б.
63.
2.
Нафасов
Т. Қашқадарё қишлоқномаси. –
Т.: “Муҳаррир”, 2009
.
3.
Amonov U.S., Saparova S.R. The mother tongue textbook of the primary school in
elbek's interpretation // Academicia: An International Multidisciplinary Research
Journal.
–
2021.
–
Т
. 11.
–
№. 6. –
PP. 403
–
407.
4.
O.R. Avezov. Ekstrennaya psixologicheskaya pomosh v ekstremalnix situatsiyax.
Vestnik integrativnoy psixologii 4 (No. 21), 34-37.
5.
Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari.
Conferences.
6.
Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-
sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch
kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 |
2022.
7.
Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan
Images in Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss).
www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022
8.
Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.
“
Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District
”
. Middle European
Scientific Bulletin 10 (2021).
9.
Bakhtiyorovna, Nodira Adizova.
“
Place Names and Related Concepts Study
”
.
European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153
–
157.
10.
Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Nodira Adizova Bakhtiyorovna.
“
Linguistic classification of toponyms of Bukhara district
”
. Emergent: Journal of
Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 2.09 (2021): 1.
11.
Safarov F. S. et al. The effect of a tissue biostimulator on embryonic and
post-embryonic development of lambs // Uchen. Zap-azerb. sel'.-khoz-Inst. Ser. zhivot.
–
1970.
–
№. 2. –
PP. 38
–
41.
12.
Hayitov H.A. Literary influence and artistic image //
Экономика
и
социум
.
–
2019.
–
№. 8. –
PP. 11
–
14.
13.
Saidova M. Educate students by solving textual problems // European Journal
of Research and Reflection in Educational Sciences Vol.
–
2019.
–
Т
. 7.
–
№ 12.
14.
Saidova G.E, Roziyeva Z.S. Methods for improving the system of assessing
pupils 'knowledge based on the qualitological approach. Academicia: An International
Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com. 2020.
–
PP. 321
–
326.
15.
Saidova G.E. The situation of free choice in mathematics lessons in primary
school // Bulletin of science and education.
–
2019.
–
No. 7-3 (61).
16.
Sayfullaeva N.B., Saidova G.E. Improving the effectiveness of classes using
interactive methods in primary education // Scientific journal.
–
2019.
