Авторы

  • Ф. Сафаров
    доцент, Педагогический институт Бухарского государственного университета, Бухара, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp127-137

Ключевые слова:

учебные словари технология развития культуры словарный запас орфографический словарь глоссарий алфавитный порядок словарные задания

Аннотация

В статье описаны способы развития умения учащихся начальных классов пользоваться учебными лингвистическими словарями.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methods for the formation of the ability to use linguistic
dictionaries in elementary school

F. SAFAROV

1

Pedagogical Institute of Bukhara state university

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form

28 February 2022

Accepted 15 March 2022

Available online

25 April 2022

This article describes ways to develop students' ability to

copy from linguistic dictionaries.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp

1

27-137

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

study dictionaries,

culture development

technology,

dictionary copying,

spelling dictionary,
annotated dictionary,

alphabetical order,
dictionary assignments.

Boshlang‘ich sinflarda lingvistik o‘quv lug‘atlaridan
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish usullari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

o‘quv lug‘atlari,

madaniyatni o‘stirish

texnologiyasi,

lug‘atdan foydalanish
ko‘nikmalari,

imlo lug‘ati,

izohli lug‘at,

alifbo tartibi,

lug‘at bilan ishlashga doir

topshiriqlar.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik lug‘at

-

lardan foydalanish

ko‘nikmasini shakl¬lantirish usullari bayon

qilingan.

1

Associate Professor Pedagogical Institute of Bukhara state university.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

128

Методы формирования умения пользоваться учебными

лингвистическими словарями в начальных классах

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

учебные словари,
технология развития
культуры,

словарный запас,
орфографический словарь,
глоссарий,

алфавитный порядок,
словарные задания.

В статье описаны способы развития умения учащихся

начальных классов пользоваться учебными лингвистическими

словарями.

Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda umumiy o‘quv

ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘quv ko‘nikmalari orasida
turli lug‘at va ma’lumotnomalardan foydalanish ko‘nikmasi muhim o‘rin tutadi. Ayni
paytda kishida lingvistik qiyinchiliklarini anglash va ularni lug‘at yordamida hal qilishga

intilish ehtiyoji, odatining mavjudligi insonning shaxsiy xususiyati, uning madaniyatlilik
belgilaridan biridir. Shunday qilib,

lug‘atlarni o‘quvchiga ta’lim berishgina emas, balki

tarbiya berish vositasi ham deb hisoblash mumkin.

Hozirgi kunda yurtimizda vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan ko‘plab lug‘atlar nashr

qilingan va nashr qilinmoqda. Masalan, yuqori sinf o‘quvchisi nafaqat

imlo lug‘atidan,

balki izohli, so‘z yasalishi, o‘zlashma so‘zlar, eskirgan so‘zlar, sinonim, antonim, omonim
va hokazo lug‘atlardan [1;

3; 5; 10;

12] foydalanishi mumkin. Biroq o‘quvchi o‘zidan bilib

lug‘atga murojaat qiladimi?!

Bizning kuzatishimizga ko‘ra, ko‘pchilik o‘quvchi hatto unga zarur bo‘lgan lug‘atlar

yonida, kitob javonida turgan bo‘lsa ham, qo‘lida bo‘lgan boylikdan foydalanmaydi.
Bunday hodisaning sabablaridan biri quyidagi hammaga ma’lum jumlada mujas

-

samlashgan: hamma narsa bolalikdan boshl

anadi. Bolada ta’limning dastlabki bosqich

-

larida lug‘atlarga murojaat qilish ehtiyoji uyg‘otilmasa, unda yordamchi vositalarda
mo‘ljal olish va kerakli ma’lumotni tez topib olish ko‘nikmasi shakllantirilmasa, uning
mavjud lug‘atlar boyligidan to‘laqonli f

oydalanuvchi shaxsga aylanishi gumon. Mana

shuning uchun lug‘atlar bilan ishlashni boshlang‘ich sinflardan boshlash lozimligi
allaqachon ayon bo‘lgan.

Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining qo‘lida turli lug‘atlar bor (Biroq

yurtimizda boshlan

g‘ich sinf o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan ma’nodosh, zid ma’noli,

uyadosh so‘zlar, iboralar lug‘ati kabilar hali chiqarilmagan). Yaqin kunlarda ona tili
darsining lug‘at bilan ishlash qismi har bir sinfda doimiy ish bo‘lishi, turli xildagi lug‘atlar

bilan is

hlash esa zaruratga aylanishi lozim. Lug‘at bilan ishlash har bir darsga kiritilishi

lozim: so‘z ma’nosini tushuntirish, so‘zni to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz qilish, uning
tuzilishi (yasalishi)ni izohlash. Barcha so‘zlar oldindan doskaga yozib qo‘yiladi

.

Bolalarning fikri lug‘atdagi to‘g‘ri variant bilan qiyoslanadi. Bu o‘rinda bolalarga uyga
vazifa ham beriladi: lug‘atdan so‘zning ma’nosi (izohli lug‘at), to‘g‘ri yozilishi (imlo
lug‘ati), to‘g‘ri talaffuzi (orfoepik lug‘at), har qanday iboraning ma’nosi

ni (frazeologik

lug‘at) va hokazoni aniqlash. Keyingi darsda topshiriq tekshirilib, yangi topshiriq beriladi.
Shunday qilib, o‘qvchilarda lug‘at bilian ishlash ko‘nikmasi, so‘ng malakasi ham
shakllanadi. Har bir darsda o‘quvchilarga lug‘at bilan ishlash uc

hun individual topshiriq


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

129

bajarish: o‘tilgan mavzu bo‘yicha lug‘at diktanti tuzib kelishni, keyingi darsda esa
o‘qituvchi rolini bajarishni tavsiya qilish mumkin. Bunday ish turi bolalarda, shubhasiz,
qiziqish uyg‘otadi.

Buning hammasi o‘qituvchining kichik

yoshli o‘quvchilarda lingvistik lug‘atlardan

foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga metodik jihatdan tayyorgarlik ko‘rishini

taqozo qiladi. Bu tizim uchun, av

valo, lug‘atdan foydalanish murakkab ko‘nikmasining

tarkibiy ishlari (operatsiyalari) bo‘lmish ko‘nikmalar sirasini belgilab olish lozim.

Lug‘atdan foydalanishga doir elementar ko‘nikmalar quyidagilar:

1.

Darsliklarga yordamchi lug‘atlardan foydalanish.

2.

Kirish maqolasi matnini diqqat bilan o‘qib chiqish.

3.

Lug‘atning nomlanishiga qarab

tavsiflanadigan til birligini aniqlash.

4.

Alifboli so‘z ko‘rsatkichi bilan ishlash.

5.

Lug‘at tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash.

6.

Lug‘at maqolasi tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash.

7.

Shartli belgilar, ramzlar, shartli qisqartmalar bilan ishlash.

8.

Lug‘atlar bilan ishlashda o‘qish

-

qarab chiqish va o‘qish

-izlashdan foydalanish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi quyidagilarni bilishi (aniqlashi) kerak:

1.

Lug‘atning nomini.

2.

Lug‘atning muallifi, muharririni.

3.

Nashriyoti va nashr qilingan yilini.

4.

Lug‘atning

turini.

5.

Lug‘atning vazifasini.

6.

Lug‘atda so‘zlarning joylashish tartibini: alifbo, uyali, mavzuviy tartibda joylash

-

tirilganini.

Ishni yengillashtirish uchun har bir lug‘atga unda qabul qilingan shartli belgi,

qisqartmalar yozilgan xatcho‘p

-eslatma qilib qo

‘yish tavsiya qilinadi.

O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi yetakchi

o‘rin egallamog‘i lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning samaradorligi
o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalarda

n foydalanish bolaning

darsga qiziqishini oshiradi. Lug‘at bilan ishlash esa ona tilini o‘rgatishdagi yangi
texnologiyalardan biri madaniyatni o‘stirish texnologiyasidir. O‘quvchilarda lug‘atning
barcha turidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish lozim

. Bu, shubhasiz, ularning

madaniy va nutqiy saviyasini oshiradi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida imlo lug‘atidan foydalanish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini imloga o‘rgatishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

uchun uchun tuzilgan “Imlo va talaffuz lug‘ati” [8] hamda Sh.

Rahmatullayev va

A.

Hojiyevning “Imlo lug‘ati”[7]dan foydalanish mumkin.

Imlo lug‘ati bilan ishlash natijasida o‘quvchilarda mustaqil ravishda lug‘atdan

foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish kerak. Mustaqil ishlashga o‘rgatish murakka

b,

ziddiyatli jarayon. Shunga qaramay, o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishning

quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:

O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida tayyor namunaga qarab ish ko‘radi (taqlid qilish

bosqichi).

1.

O‘quvchi ishning bir qismini

mustaqil bajaradi (qisman mustaqil ishlash bosqichi).

2.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi muayyan ishni ish takrorlangan vaziyatlarda

mustaqil bajaradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

130

Birinchi sinfda lug‘at bilan ishlashda quyidagi maqsadlar qo‘yiladi:

1.

O‘quv

-biluv motivatsiyasi asoslarini yaratish.

2.

Maxsus kitob ‒ lug‘atga qiziqish uyg‘otish.

Bu maqsadlardan kelib quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

1.

O‘quvchilar lug‘atda so‘zlar birinchi harfiga ko‘ra alifbo tamoyili asosida

joylashishini bilishi kerak.

2.

O‘quvchilar lug‘atdan so‘zni birinchi harfiga qarab topa olishi kerak.

Birinchi sinfda lug‘at bilan ishlash taqlid qilish bosqichida o‘qituvchi yordamida

tayyor namunaga qarab, qisman mustaqil ishlash bosqichida lug‘at sahifasini ko‘rsa

tish

orqali amalga oshiriladi.

Birinchi sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashni qachon boshlash kerak? Rus tili o‘qitish

metodikasi bo‘yicha mutaxassis olima L.N.

Kalininaning fikricha, lug‘at bilan ishlash

ko‘nikmasini o‘quvchining maktabdagi birinchi qadamlaridan, savod o‘rgatish darsl

ari-

dan boshlash lozim.

Kichik yoshli maktab o‘quvchilarida biluv faoliyati shkllari, usullariga qiziqish

kuchliligini hisobga olib lug‘at bilan ishlashda turli qiziqarli usullar, ta’limiy o‘yinlar,

musobaqa elementlaridan foydalanish lozim.

Lug‘atni darsga olib kirish o‘zbek tili alifbosini o‘zlashtirishga doir katta tayyor

-

garlik ishi bilan boshlanadi. Bu vazifani bajarishga qaratilgan o‘yinlarga misol keltiramiz.

“Nima nimadan keyin?”

o‘yini.

Bu o‘yinda bolalar hayvonlar rasmi tushirilgan kartochkalarni

alifbo tartibida

joylashtiradi. Masalan, birinchi o‘ringa ayiq rasmini (a harfiga), ikkinchi o‘ringa bo‘ri
rasmini (b harfiga), uchinchi o‘ringa delfin rasmini (d harfiga) va hokazo tarzda qo‘yib

chiqishadi.

O‘yinning maqsadi: alifboni mustahkamlash, undan

amaliy foydalanishni o‘rgatish.

“Kutubxonachining yordamchilari”

o‘yini.

Jihozlar: kitob dastalari, harflar yozilgan kartochkalar.

O‘yinning borishi: O‘qituvchi shunday deydi: “Bolalar, biz siz bilan yangi kutub

-

xonadamiz. Kutubxonachiga kitoblarni to‘g‘r

i va tez terib chiqishga yordam berishimiz

kerak. Birinchi tokchada familiyasi A dan K gacha, ikkinchi tokchada L dan U gacha,

uchinchi tokchada X dan Ch gacha bo‘lgan harflar bilan boshlanuvchi mualliflarning
kitobi turadi. O‘quvchilar dastalardan kitoblarni ajratib, tokchalarga qo‘yib chiqadi.

Bunday o‘yinlarni har bir darsda o‘tkazish mumkin. Lug‘at bilan tanishtirish uchun

esa maxsus dars ajratish kerak.

Imlo lug‘atidan lug‘at

-

ma’lumotnoma sifatida foydalanishni namoyish qiluvchi

topshiriqlarga misol keltiramiz.

1-sinf. 1-

topshiriq. Lug‘atdagi dastlabgi 10 ta so‘zni o‘qing, ular qaysi harf bilan

boshlanadi? Oxirgi 10 ta so‘z qaysi harf bilan boshlanadi?

2-topshiriq.

Maktab, oftob, ozod, umid

so‘zlarining oxirida qaysi harf yozilish

ini

lug‘atdan aniqlang.

Imlo lug‘atidan lug‘at

-darslik sifatida foydalanish.

3-

topshiriq. Lug‘atdan tutuq belgisi qatnashgan 5 ta so‘z topib yozing.

4-

topshiriq. (“Joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi” mavzusini o‘rganishda)

Lug‘atdagi ilovadan foydalanib, O‘zbekistonning 5 ta asosiy shahri va 5 ta asosiy daryosi

-

ning nomini yozing.

Ikkinchi, uchinchi sinfda lug‘at bilan ishlash maqsadi murakkablashadi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

131

Bolalarda lug‘atga murojaat qilish ehtiyojini tarbiyalsh.

Vazifalar:
1.

O‘quvchilar

so‘zlarning faqat birinchi harfiga qarab emas, keyingi harfiga ham

qarab joylashtirilishi tamoyilini bilishi kerak.

2.

O‘quvchilar lug‘atdan so‘zni birinchi, ikkinchi harfiga qarab topa olishi kerak.

3.

Orfogrammalarni tekshirishda mustaqil ishlash va o‘z

-

o‘zini tekshirish qobili

-

yatini rivojlantirish lozim. Ish qisman mustaqil ishlash va o‘z

-

o‘zini tekshirish bosqichida

olib boriladi.

2-

sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan foydalanish

mumkin:

1-

topshiriq. (“Ona tili” darsligi[6]dagi “Unli tovushlar va harflar” mavzusida beril

-

gan 20-

mashqqa qo‘shimcha. Mashqda “Tushirib qoldirilgan a va o harflarini nuqtalar

o‘rniga qo‘yib, so‘zlarni o‘qing” degan topshiriq berilgan. Mashqda quyidagi so‘zlar

berilgan:

S...bzi, b...dring, kar..

.m, q...vun, k...rt...shka, t...rvuz, sh...lg‘...m, h...nd...lak, l...vl...gi,

q...v...q)

. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring.

2-

topshiriq. Nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yib, so‘zlarni yozing:

bur...n, qur...q,

qo‘r...q, sov...q, qul..pnay, mush..k, kum...sh, qum...rsqa, qorong‘..., kulg...

Yozgan so‘zlari

-

ngizni lug‘atdan tekshiring.

3-topshiriq. Bolalar k(o\a)nsert, k(o\a)mbayn, k(o\a)lbasa, k(o\a)missiya

so‘zlarida a yoki o harfi yozilishini lug‘atdan tekshirdi. Sobir ka

- bilan boshlanadigan

barcha so‘zni o‘qib chiqdi va bu so‘zlar lug‘atda yo‘q dedi. Nodir bir necha sahifani
ag‘darib, to‘rtala so‘zni ham topdi. Nima uchun Sobir bu so‘zlarni topolmadi?

4-

topshiriq. Lug‘at diktanti. (“Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusiga)

Baland,

go‘sht, qand, payvand, g‘isht, tirband, dasht, farzand, taft, band.

Yozgan so‘zlari

-

ngizni lug‘atdan tekshiring.

5-

topshiriq. (“So‘z ichida ketma

-

ket kelgan bir xil undoshlar” mavzusiga) Nuqtalar

o‘rniga zarur o‘rinda harf qo‘yib yozing. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshi

ring:

Laq...a, chaq...a, baq...a, mal...a, tol...a, kos...a, has...a, mar...a, qar...i, pash...a, tesh...a.

6-

topshiriq. Lug‘at diktanti (“Tutuq belgisi” mavzusiga). “Zarur o‘rinda tutuq

belgisini qo‘yib yozing. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring”. O‘qituvchi quyidagi
so‘zlarni aytib turib yozdiradi:

A’lo, a’zo, ta’m, sa’va, qal’a, ta’na, ta’rif, ta’sir, ta’til, mash’al,

ma’no, ma’qul, me’yor, jur’at, in’om, ba’zi.

7-

topshiriq. (“Tutuq belgisi” mavzusiga). Imlo lug‘

atidan m harfi bilan bosh-

lanuvchi tutuq belgisi qatnashgan 5 ta so‘z topib ko‘chiring.

3-

sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan foydalanish

mumkin:

1-

topshiriq. Lug‘atdan

yalpiz

so‘zini toping. Undan oldin qaysi so‘z kelgan? Und

an

keyin-chi? Nima uchun?

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, nostandart, muammoli topshiriqlar hatto passiv o‘quv

-

chilarda ham darsga qiziqish uyg‘otadi.

2-

topshiriq. “Qiyin so‘zlar do‘koni” o‘yini (“Ot” mavzusiga [2]). O‘quvchilar “sotuv

-

chilar” va “xaridorlar”ga bo‘linadi. Birinchi guruh lug‘atdan muayyan mav

-

zu (“Sabzavot”,

“Meva” va hokazo)ga oid so‘zlarni tanlaydi va ulardagi ayrim harflarni tushirib yozadi.
Ikkinchi guruhdagi bolalar so‘zlarni oladi va lug‘atdan foydalanib tushirib qoldirilgan

ha

rflarni qo‘yib yozadi. Masalan, sabzavotlar:

k...rt...shka, p...midor, tur..., sa...zi, q...voq.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

132

3-

topshiriq (“Ot” mavzusiga). Imlo lug‘atdidagi t harfi bo‘limidan nima so‘ro

-

g‘iga

javob bo‘luvchi 10 ta so‘z topib yozing. O‘quvchilar misol uchun quyidagi so‘zlarni yozib

oladi:

tabiat, tanbur, tandir, tariq, taroq, tarozi, taxta, tanga, ta’til, televizor.

Bu topshiriqni

bajarish orqali o‘quvchilar lug‘atdan kerakli so‘zni topish

-

ni va so‘zlarga so‘roq berishni

o‘rganadi hamda shu so‘zlarning qanday yozilishi

ni bilib oladi.

4-

topshiriq. (“Sifat yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga).

Sovi, quri

so‘zlariga

-q

qo‘shimchasini qo‘shib sifat yasang va yozing. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring.
So‘zlarning o‘za

gida qanday to

vush o‘zgarishi yuz berdi?

5-topshi

riq. (“Fe’l yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga). Quyidagi so‘zlarga

-illa

yoki

-ulla

qo‘shimchasini qo‘shib fe’l hosil qiling:

taq, g‘uv, shuv, tiq, shiq, shov, lov, biq, qur, lik,

viz.

Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring.

3-

sinfda imlo lug‘atidan te

kshrish diktantini yozishda ham foydalanish mumkin.

O‘qituvchi diktantnni yozdirgach, shunday topshiriq beradi: “Diktantdagi xato yozgan
bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan so‘zlarni imlo lug‘atidan tekshirib, xatongizni tuzating”.
Bunday topshiriq o‘quvchini imloviy sezgirlik va o‘z

-

o‘zini tekshirishga o‘rgatadi.

4-

sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashning maqsadi quyidagilardan iborat:

1.

Lug‘atdan foydalanishni ona tili darslaridagi har kungi ishlar tizimiga, insho,

bayon ustida ishlash tizimiga kiritish.

2.

O‘z

-

o‘z

ini tekshirish malakasini shakllantirish

4-

sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1-

topshiriq. (“Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi” mavzusiga [4]).

Quyidagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shib, tovush o‘zgarishi yuz bergan

-

bermaganligiga qarab ikki guruhga bo‘lib yozing:

bilak, tilak, xulq, ishtirok, buloq, axloq,

erk, tok, farq, xalq, huquq, yutuq.

Bu topshiriqni bajarish uchun Sh. Rahmatullayev va A. Hojiyev tomonidan tuzilgan

imlo lug‘atining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” berilgan qismiga murojaat qilish
kerak bo‘ladi. Bunda “Asos va qo‘shimchalar imlosi” bo‘limidagi 34

-bandda shunday deb

yozilgan: “k, q undoshi bilan tugan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek

,

bek, yo‘q

kabi

ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shil

ganda k undoshi g undoshiga

aylanadi va shunday yoziladi:

tilak

tilaging, bek

begi.

Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma

so‘zlarga bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi

aslicha aytiladi va yoziladi:

erk ‒ erki, huquq –

huquqim

”.

O‘quvchilar qoida asosida so‘zlarni quyidagicha yozadi:

bilagi, tilagi, bulog‘i,

yutug‘i; xulqi, ishtiroki, axloqi, erki, toki, farqi, xalqi, huquqi

.

Bunday holda imlo

lug‘ati o‘quv qo‘llanma vazifasini bajaradi.

2-

topshiriq. (“Sifat yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga). Imlo lug‘atidan ser

-, be-

qo‘shimchalari bilan yasalgan 5 tadan sifat topib yozing, so‘zlarning o‘zagi va
qo‘shimchasini belgilang.

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida izohli lug‘atdan foydalanish.

Boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan asosiy lug‘atlardan biri izohli lug‘atdir.

Izohli lug‘at bilan ishlashning asosiy vazifasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z
boyligini oshrishdir. Ma’lumk

i, 6-

7 yoshli bolaning so‘z boyligi katta emas. Ular, odatda,

ko‘p so‘zlarning faqat bitta, o‘z ma’nosini biladi. Ularning nutqida aniq ma’noli (narsa

-

buyumni bildiruvchi) so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, mavhum ma’noli so‘zlar esa

(masalan,

do‘stlik,

tinchlik, baxt

) ancha kam. Izohli lug‘at bilan ishlashda lug‘at ishining

quyidagi umumiy metodik tamoyillariga rioya qilish kerak:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

133

1.

O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya’ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar lug‘a

tida

bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma’nolarini o‘zlashtirish. Ona tilining lug‘at boyligini bilib

olish uchun o‘quvchi o‘z lug‘atiga har kuni 8 ‒10 ta yangi so‘zni, shu jumladan, ona tili

darslarida 4 ‒ 6 so‘zni qo‘shishi, ya’ni shu so‘zlar ma’nosini o‘zlashtirishi lozim.

2.

O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. Bu o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o‘quv

-

chi puxta o‘zlashtirmagan so‘zlarning ma’nosini to‘liq o‘zlashtirtirish, ya’ni shu so‘zlarni

matnga kiritish, ma’nosi yaqin so‘zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo‘llari bilan

ularning

ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so‘zning kinoyali ma’nosini, ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘zlash

-

tirish; 3) so‘zlarning sinonimlarini, sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini o‘zlashtirish;

4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.

3.

Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o‘z

nutqiy faoliyatida ishlat

maydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.

Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o‘qigan

larni

qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.

4.

Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol lug‘a

tiga

o‘tkazish. Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o‘zlashib qolgan adabiy til

me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so‘zlashuv tilida qo‘llanadigan sodda so‘z va

iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida F. Safarov va S. Safarov tomonidan

tuzilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun

izohli lug‘at”dan [9] foydalanish maqsadga

muvofiq. Bu lug‘atda boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobi darsliklaridagi o‘quvchilar

uchun tushunarsiz bo‘lgan 2000 dan ortiq so‘z o‘quv

chiga mos tarzda izohlab berilgan.

1-

sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘atdan kerakli so‘zni

topish va lug‘at maqolasining tuzilishini tushunish (asosan, bir ma’noli so‘zlarda) ko‘nik

-

masini shakllantirishdan iborat. Lug‘at maqolasini topish va sahifa raqamini aytish

musobaqa, o‘yin shaklida a

malga oshiriladi.

Bolalarning lug‘at maqolasini o‘zlashtirish jarayoni alohida ahamiyatga ega. Masalan,

yalpiz

so‘zini o‘rganishda quyidagi savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1.

Lug‘atda

yalpiz

so‘zi qanday izohlangan?

2. Izohdan keyin

berilgan gaplarni o‘qing. Bu gaplardagi

yalpiz

so‘zining ma’nosi

izohga to‘g‘ri keladimi?

3.

Yalpiz hidi

gupurdi gapining ma’nosini izohlang.

4.

Yalpiz so‘zini

hid, barg, termoq, xushbo‘y

so‘zlari bilan bog‘lang (yalpiz hidi,

yalpiz bargi, yalpiz

termoq, xushbo‘y yalpiz).

2-

sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘at maqolasining

tuzilishi tushunish, ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmalarini shakl

-

lantirishdan iborat.

Shuni qayd qilish kerakki, izohli lug

‘at bilan ishlashni ham so‘z darajasida, ham so‘z

birikmasi, gap va matn darajasida tashkil qilish lozim.

Misol uchun, so‘z darajasida ishlaganda so‘z ma’nosini aniqlashtirishga qara

-tilgan

topshiriqlarni berish mumkin.

1-

topshiriq. Lug‘atdan

randa, ufurmoq, hashamatli

so‘zlarini topib, lug‘at maqola

-

siga qarab har birining ma’nosini izohlang.

Izohlai lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilarni so‘z ma’nosini izohlashning turli usul

-

lariga o‘rgatish mumkin. Izohli lug‘atda so‘z ma’nosi quyidagi usullarda izohlana

di:

1)

jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur belgilarini bildiruvchi so‘zlar orqali;

2)

ma’nodosh so‘z keltirish orqali.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

134

Ko‘pchilik so‘zning ma’nosi jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur belgilarini

bildiruvchi so‘zlar orqali izohlanadi. Masalan, beqasam so‘zi lug‘atda shunday izohlanadi:

Ipakdan to‘qiladigan yo‘l

-

yo‘l gulli pishiq gazlama

[9,

19]. Bu izohdagi gazlama so‘zi

beqasamning qaysi jinsga kirishini,

ipakdan to‘qiladigan

yo‘l

-

yo‘l gulli pishiq

so‘zlari bu

gazlamaning o‘ziga xos belgilarini anglatad

i. Shuning uchun topshiriqlar izohdagi jins

ma’nosini bildiruvchi yoki asosiy, umumlashtiruvchi va tur belgisini bildiruvchi yoki
ikkinchi darajali so‘zlarni aniqlashga qaratilishi lozim. Buning uchun quyidagi topshi

-

riqdan foydalanish mumkin:

2-topshiriq.

So‘zning izohini o‘qing. Izohdagi asosiy va ikkinchi darajali so‘zlarni

topib, tagiga chizing.

Shundan so‘ng mustaqil ravishda so‘z ma’nosini izohlashga o‘rgatishga o‘tish

mumkin. Buning uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin.

3-

topshiriq. (O‘quvchilarga ayrim so‘zlar yozdiriladi.) So‘zlarni izohlang. Izohingiz

-

dagi asosiy so‘z va ikkinchi darajali belgilarni ayting. Izohingizni lug‘atdan tekshiring.

4-

topshiriq. Lug‘atdan so‘zlarning izohini o‘qing. Namunaga qarab berilgan

so‘zlarning izohini y

ozing.

a)

Obod ‒ ko‘rkam binolar, chiroyli ko‘chalar, bog

-

u rog‘lar bilan go‘zallashgan.

(Sarishta ‒ ...)

b)

Sumalak ‒ undirib yanchilgan bug‘doy va undan tayyorlanadigan holvaytar

-

simon ovqat. (Lag‘mon ‒ ...).

d)

Do‘l ‒ yumaloq muz holida yog‘adigan yog‘in. (Jala ‒ …).

5-

topshiriq. So‘zning ma’nosini ma’nodosh so‘z orqali izohlang. Yozganingizni

lug‘atdan tekshiring. Masalan, armug‘on [9, 11], baxil [9, 16], betinim [9, 19]. Bunda
ma’nodoshi bo‘lgan har qanday so‘zni aytish mumkin.

Lug‘at bilan gap darjasida ishlaganda ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirok etgan gaplarni

tanlash kerak.

6-topshiriq. Quyida berilgan gaplarni

mol

so‘zi ma’nolarining lug‘atda berilgan

tartibiga ko‘ra yozing.

Mol (lug‘at)

1. Yirik shoxli uy hayvoni. Qoramol.
2. Bisotdagi buyum, boylik.
3. Sotiladigan narsa, buyum, tovar.
Gaplar:

1. Yigit moli yo‘lida. (Maqol)

2. Bu do‘konda oziq

-ovqat mollari sotiladi.

3. Nodir mollarga o‘t terib keldi.

7-topshiriq.

O‘lja

so‘zi ishtirokida uning lug‘atda berilgan ma’nolari tartibiga ko‘ra

gaplar tuzing.

O‘lja (lug‘at)

1. Dushman ustidan g‘alaba qilish tufayli qo‘lga kiritilgan narsa.

2. Ovda qo‘lga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan narsa.

3‒4

-

sinflarda o‘quvchilarni lug‘at bilan mustaqil ishlashga o‘rgatuvchi topshi

riq-

lardan foydalanish lozim. Shunday topshiriqlarga misollar:

1-topshiriq. (3-

sinf “O‘qish kitobi” darsligi[11]dagi “Mehrjon sayli” matniga)

Matnni o‘qing. O‘zingiz uchun tushunarsiz so‘zlarni yozib oling. Shu so‘zlarning izohini
lug‘atdan topib, daftaringizga ko‘chiring.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

135

Matn quyidagicha:

Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal, eng tarovatli bayram sayillaridan

hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’analardir.

Navro‘z bahor kirishi, qishning ayozli kunlaridan uzil

-kesil qutulib, yangi kun, yangi-

cha hayotning boshlanishini nishonlash bayramidir.

Mehrjon esa hosil ko‘tarib, qishga tayyorgarlik ko‘rishdir, to‘kin

-sochinlikka shukro-

nalik, hayotga muhabbat ramzidir.

Xalq kuzgi bayram sayilining nomini “Mehrjon” deb bilib qo‘ygan. U dehqon yil bo‘yi

qilgan mehnatining lazzatini totib ko‘rayotgan paytda –

25-

sentabrga o‘tar kechasi

nishonlanadi.

Abu Rayhon Beruniy so‘zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki ko‘zi bo‘lgani

-

dek, Navro‘z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko‘zidir.

O‘quvchilar matndagi taxminan quyidagi so‘zlarni yozib olib, izohli lug‘at orqali

ma’nosini bilib oladi:

tarovatli, sayil, xalqchil, hayotiy, an’ana, uzil

-kesil, shukronalik, falak,

zamin

.

Bunday topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchida izohli lug‘at bilan

mustaqil

ishlash ko‘nikmasi shakllanadi.

Izohli lug‘atdan faqat so‘z ma’nosini aniqlash emas, o‘quvchi lug‘atini faollashtirish

maqsadida ham foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarga ma’nosi izohlangan so‘z

ishtirokida so‘z birikmasi va gap tuzdiriladi.

2-topshiriq. (3-

sinf “Ona tili” darsligidagi 40

-mashqqa)

Ma’naviyat, ma’rifat,

da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’minot, e’tiqod, ma’yuslanmoq

so‘zlari

-

ning ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Shu so‘zlardan foydalanib gap tuzing.

Mashqda

berilgan mazkur so‘zlar ma’nosini 3

-

sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu so‘zlar

ustida lug‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga ham kirmay qoladi.

3-topshiriq. 3-

sinf “Ona tili” darsligidagi 42

-

mashqqa. Lug‘atdan foydalanib

Qur’

on,

qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, mas’ul, me’mor, qit’a, so‘gal, sa’va, to‘ng‘iz

so‘zlarining

ma’nosini izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar:

mustah-

kam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir

-budur, mitti, ovlamoq

.

Xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

Kuzatishlarimiz ko‘rsatadiki, hozirgi kunda boshlang‘ich va yuqori sinflardagi ona

tili va adabiyot darslarida lug‘atlardan foydalanish darajasi juda past. Bunday hodisaning

sabablaridan biri o‘quvchilarda bolalikdan lug‘atdan foydalanish ehtiyoji va ko‘nikmasi

shakllantirilmaganligidir. Shuning uchun lug‘atlar bilan ishlashni boshlang‘ich sinfdan

boshlash lozim.

O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi yetakchi

o‘rin egallamog‘i lozim degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning samaradorligi o‘qituv

-

chining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalardan foydala

-nish bolalarning

darsga qiziqishini oshiradi. Lug‘at bilan ishlash esa ona tilini o‘rgatishdagi yangi texnolo

-

giyalardan biri madaniyatni o‘stirish texnologiyasidir. O‘quvchilarda lug‘atning barcha

turidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu shubhasiz ularning madaniy va

nutqiy saviyasini oshiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida u yoki bu lug‘atga (muammoga bog‘liq ravishda)

murojaat qilish odat tusiga kirsa, lingvistik masalalarni o‘z oldiga qo‘yib, ularga ongli

ravishda javob topishga tayyor bo‘lgan va bu ishni qila oladigan madaniyatli odamni

tarbiyalashga asos yaratildi deb hisoblash mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

136

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Bobojonov Sh., Islomov

I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati

(maktab o‘quvchilari uchun).

Toshkent:

Yangi asr avlodi

”, 2007 ‒

B. 51.

2.

Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili 3-sinf uchun darslik.

Toshkent.:

“O‘qituvchi”

, 2012.

B. 144.

3.

Hamrayeva

Y. O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati. ‒ Toshkent:

Yangi asr avlodi

, 2007.

B. 104.

4.

Safarov Firuz Sulaymonovich, Istamova Shohida Maqsudovna. Types of lexical

meanings. Journal of Critical Reviews. Vol 7, Issue 6, 2020.

P

P. 481‒484.

5.

Safarov Firuz Sulaimonovich. The Representation of the Reportedspeech

Through. European journal of life safety and stability (EJLSS). ISSN 2660-9630. Volume
15, 2022.

PP. 21

26.

6.

Firuz Safarov, Nodira Xudoyberdiyeva, Nilufar Xolmurodova. O‘qish darslarida

o‘quvchilar nutqini o‘stirish imkoniyatlari.

Journal Pedagogs Vol. 2 No. 2 (2022). January.

P. 275

277.

7.

Firuz Sulaymonovich Safarov, Ibrohimova Marg‘iyona Isomiddin qizi

. 3-sinfda

“Sifat” so‘z turkumini o‘rgatishda so‘zlarning birikuvchanligi ustida ishlash.

Journal

Pedagogs Vol. 2 No. 2 (2022). January. PP. 266

274.

8.

Amonov U.S.

O‘qish darslarida maqol janridan foydalanish usullari va ahamiyati

:

DOI: 10.53885/edinres. 2021.53. 34.124. U.S.

Amonov, BuxDU filologiya fanlari bo ‘yicha

falsafa doktori (PhD) MQ Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2

-bosqich talabasi //

Научно

-

практическая

конференция

.

2022.

9.

O. R.Avezov. Ekstrennaya psixologicheskaya pomosh v ekstremalnix situatsiyax.

Vestnik integrativnoy psixologii 4 (No. 21), 34

37.

10.

Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari. Conferences.

11.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-

sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch

kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022.

12.

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in

Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss). www.ejlss.indexedresearch.org
Volume 14, 2022.

13.

Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.

Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District

. Middle European

Scientific Bulletin 10 (2021).

14.

Safarov F.S. et al. The effect of a tissue biostimulator on embryonic and post-

embryonic development of lambs // Uchen. Zap-azerb. sel'.-khoz-Inst. Ser. zhivot.

1970.

№. 2. –

С. 38–

41.

15.

Safarov F.S. et al. Effect of a tissue biostimulator on the embryonic and post-

embryonic development of lambs // Ucen. Zap. Azerbajdzan. sel'skohoz. Inst., Ser. vet.

1969.

№. 4. –

С. 69–

72.

16.

Сафаров, Феруз Сулаймонович. «Фонетический строй языка и

взаимообусловленность национальной музыки»

. Science and Education 3.3 (2022):

1072

1081.
17.

Hayitov H.A. Literary influence and artistic image //

Экономика

и

социум

.

2019.

№.

8.

С

. 11

14.

18.

Saidova M. Educate students by solving textual problems // European Journal

of Research and Reflection in Educational Sciences Vol.

2019.

Т

. 7.

№.

12.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

2 (2022) / ISSN 2181-1415

137

19.

Saidova M.J. Methods and Importance of Using Innovative Technologies in

Learning Concenter “Decimal” at Teaching Process of Math in Primary Schools //

www.auris-verlag.de.

2017.

20.

Saidova G.E, Roziyeva Z.S. Methods for improving the system of assessing

pupils 'knowledge based on the qualitological approach. Academicia: An International
Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com.2020. 321-326.

21.

Saidova G.E. The situation of free choice in mathematics lessons in primary

school // Bulletin of science and education.

2019.

No. 7-3 (61).

Библиографические ссылки

Bobojonov Sh., Islomov I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati (maktab o‘quvchilari uchun). Toshkent:«Yangi asr avlodi», 2007 ‒ 51 b.

Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili 3-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2012. – 144 b.

Hamrayeva Y. O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati. ‒ Tosh¬kent:«Yangi asr avlodi», 2007. – 104 b.

Safarov Firuz Sulaymonovich, Istamova Shohida Maqsudovna. Types of lexical meanings. Journal of Critical Reviews. Vol 7, Issue 6, 2020. P. 481‒ 484.

Safarov Firuz Sulaimonovich. The Representation of the Reportedspeech Through. European journal of life safety and stability (EJLSS). ISSN 2660-9630. Volume 15, 2022, P. 21 – 26.

Firuz Safarov, Nodira Xudoyberdiyeva, Nilufar Xolmurodova. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish imkoniyatlari. Journal Pedagogs Vol. 2 No. 2 (2022). January. P. 275 – 277.

Firuz Sulaymonovich Safarov, Ibrohimova Marg‘iyona Isomiddin qizi. 3-sinfda “Sifat” so‘z turkumini o‘rgatishda so‘zlarning birikuvchanligi ustida ishlash. Journal Pedagogs Vol. 2 No. 2 (2022). January. P. 266 – 274.

Amonov U. S. O ‘QISH DARSLARIDA MAQOL JANRIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AHAMIYATI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.53. 34.124 US Amonov, BuxDU filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori (PhD) MQ Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2-bosqich talabasi //Научно-практическая конференция. – 2022.

O.R.Avezov. Ekstrennaya psixologicheskaya pomosh v ekstremalnix situatsiyax. Vestnik integrativnoy psixologii 4 (No. 21), 34-37.

Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari. Conferences.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss). Www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022

Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna. "Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European Scientific Bulletin 10 (2021).

Safarov F. S. et al. The effect of a tissue biostimulator on embryonic and post-embryonic development of lambs //Uchen. Zap-azerb. sel'.-khoz-Inst. Ser. zhivot. – 1970. – №. 2. – С. 38-41.

Safarov F. S. et al. Effect of a tissue biostimulator on the embryonic and post-embryonic development of lambs //Ucen. Zap. Azerbajdzan. sel'skohoz. Inst., Ser. vet. – 1969. – №. 4. – С. 69-72.

Сафаров, Феруз Сулаймонович. "Фонетический строй языка и взаимообусловленность национальной музыки." Science and Education 3.3 (2022): 1072-1081.

Hayitov H. A. Literary influence and artistic image //Экономика и социум. – 2019. – №. 8. – С. 11-14.

Saidova M. Educate students by solving textual problems //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2019. – Т. 7. – №. 12.

Saidova M. J. Methods and Importance of Using Innovative Technologies in Learning Concenter “Decimal” at Teaching Process of Math in Primary Schools //www. auris-verlag. de. – 2017.

Saidova G.E, Roziyeva Z.S. Methods for improving the system of assessing pupils 'knowledge based on the qualitological approach. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal https: //saarj.com.2020. 321-326.

Saidova G. E. The situation of free choice in mathematics lessons in primary school // Bulletin of science and education. - 2019. - No. 7-3 (61).