Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The charm of the image of nature in the stories of
Khayriddin Sultan
Ugiloy MUSIDINOVA
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 February 2022
Accepted 20 March 2022
Available online
15 April 2022
The article describes the prose skill of Khayriddin Sultan in
the landscape genre. In the author's stories, the landscape
depicts feelings of love and devotion to the Motherland.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
landscape,
kindness,
loyalty
Xayriddin sulton hikoyalarida tabiat tasviri jozibasi
ANNOTATSIYA
Калит сўзлар:
peyzaj,
mehr-oqibat,
sadoqat
Maqolada Xayriddin Sultonning peyzaj uslubidagi prozaik
mahorati yoritilgan. Yozuvchi hikoyalarida peyzaj tasviri orqali
ona yurtga bo
‘
lgan muhabbat va sadoqat kabi tuyg
‘
ular
tarannum etilgan.
Очарование образа природы в рассказах Хайриддина
Султана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
пейзаж,
доброта,
верность
В
статье описывается прозаическое мастерство
Хайриддина Султана в жанре пейзажа. В рассказах автора
пейзаж изображает чувства любви и преданности Родине.
1
2nd year master student, Fergana State University, Fergana, Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
583
“Inson o‘zini o‘rab turgan muhitdan ajralgan holda yashamaydi.
U muhit bilan
munosabatga kirishadi, undan ta’sirlanadi, unga moslashadi va ta’sir ham qiladi. Muhit
ma’nosi keng tushuncha bo‘lib,
uning tarkibiy qismiga tabiat manzaralari
–
peyzaj ham
kiradi
” [1, 48].
Adabiyotshunoslikda tabiat tasvirini o‘rganish har doim muhim masala bo‘lib
kelgan. Zero, ijodkor o‘z asari orqali nima demoqchi ekanligini badiiy g‘oyasini faqat
personajlarning xatti-harakatlari bilan emas, balki ularning atrofidagi tabiat tasvirlari
orqali ham amalga oshiradi. Peyzaj orqali kitobxonga tabiat go‘zalliklarini anglatish va
uni asrash kerakligi ham singdirib boriladi.
Adabiyotshunoslik lug‘atida peyzaj ta’rifi bunday deyiladi: Peyzaj –
(fr. Paysage
–
joy, yurt) adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar
kechuvchi ochiq makon (yopiq makon
–
interer) tasviri [2, 220].
Adabiyotshunos olimlarimizning peyzaj haqida qarashlari turlichadir. Masalan,
I.
Sulton o‘zining “Adabiyot nazariyasi” darsligida peyzaj
va badiiy portretni asar
syujetining unsuri sifatida tahlil qilgan.
“Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib asarning g‘oyaviy
-estetik
quvvatini oshiradi. Badiiy asarda tabiat hodisalari va ko‘rinishlari syujetning rivojini
tezlatuvchi yoki sekinlatuvchi omil sifatida ham tasvirlanishi mumkin. (Masalan,
qahramon yomon ob-
u havodan xastalanib,qo‘qqisdan halok bo‘ladi yoki biror tabiiy ofat
uning yo‘lida to‘siq bo‘lib, jismoniy va ruhiy qobiliyatlari
uchun sinov vazifasini o‘taydi)
.
Ammo tabiat manzaralaridan qahramonning ruhiy holatini ochib berish uchun
foydalanish adabiy asarlarda eng ko‘p uchraydigan hodisadir [3, 116]
. T. Boboevning
“Adabiyotshunoslik asoslari kitobida asar kompozitsiyasi unsurlari qatorida o‘rganilgan.
“Ko‘pgina asarlarda peyzaj g‘oyatda muhim g’oyaviy
-kompozitsion
rol o‘ynaydi. Yozuvchi
tabiat lavhalarini chizish bilan o‘zining tabiatga munosabatini ifodalaydi: tabiat go‘zalligi,
boyligi va qudratini ta’rif tavsif etadi, qalamga olingan joylar tabiatining
o‘ziga xos
xususiyatlarini ochadi”. [4, 149]
H. Umurov, Y. Solijonov, D. Quronov kabilar
ta’kidlaganidek, peyzaj
- dastavval badiiy asarda tasvirlanganda tabiat tasviri.
Tabiat manzarasi orqali adib, o‘zining yurtiga,vataniga ,ona tabiatiga bo‘lgan
mehrini, munosabatini ifodalaydi. X.Sultonning
“
Onamning yurti
”
nomli hikoyasi o‘zgacha
bir usulda yozilgan.
Asarda ona yurtga bo‘lgan muhabbat insonning kindik qoni to‘kilgan
vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ulari jozibali ohangda aks ettirilgan bo‘lib, bu bayon usuli
asarga o‘zgacha bir ruh baxsh etgan. Hikoya nihoyat onamning yurtiga jo‘nar bo‘ldik,
onamning yurti kabi jumlalar bilan boshlanadi. Shundan so‘ng, hikoyachi qahramonning
onasi va u tug‘ilgan yurt yetti
-sakkiz yasharlik paytlarida yurtidan ayrilganligi voqealari
bayon etiladi. Peyzaj qahramonlar harakatlariga sharoit yaratish, paytni belgilash,
muayyan sharoitdagi holatini, kayfiyatini ta’kidlash, voqealar rivojiga ta’sir etish kabi
xususiyatlari bilan asarning g‘oyaviy yo‘nalishida juda muhim o‘rin tutadi…” [5, 49].
“Adog‘i yo‘q tuproq yo‘ldan aravaga tushib kelganim yodimda derdi onam va shu
zahoti ko‘zlaridan duvillab yosh oqib ketardi. Otam bilan onamni elas
-elas eslayman.
Otam soqollari uzun-
uzun, qizil yuzli odam edi, onam judayam novcha edi, o‘rnidan
turganda b
oshini kunga urib olmasaydi, deb qo‘rqardim” [5, 286].
Insonni vataniga bo‘lgan muhabbati shu qadar cheksiz bo‘ladiki, yurtidan ayrilgan
ona ham oradan qancha vaqt o‘tganiga qaramay haligacha yurt sog‘inchi bilan yonadi.
Hikoyachi qahramon tilidan aytilgan
quyidagi jumlalar onaning farzandlariga o‘z yurti
haqidagi domio to‘lib
-
toshib gapiradigan so‘zlaridan chiqaradigan xulosalaridir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
584
“Onamning yurti kun chiqardami, kun botardami, daryo ortidami, tog‘lar
bag‘ridami, dasht
-
u biyobonlar qo‘ynidami birortamiz
bilmas edik. Faqat uning tengsiz
go‘zal bir maskan ekanini anglardik. U yurtda osmon
-
osmon emas, mushfiq ona, tog‘lar
-
tog‘ emas, mehribon padar, gullar
-gul emas, munis hamshira.
U yerda odamlarni xo‘roz
qichqirig‘i emas, bulbul navosi uyg‘otadi”
[5, 286].
Yozuvchi asaridagi lirik chekinish ba’zan personaj ruhiyati va qalb tuyg‘ularini
ifodalash bilan bir qatorda muallif qarashlarini ham ravshanlashtiradi. Bunga misol qilib,
onaning yurti daragi topilgandagi holatni olish mumkin.
“Onamning quvonchini sizga qanday tasvirlab beray, yo‘q, chamalab ko‘rdim,
qo‘limdan kelmas ekan. Buni tasavvur qilmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi, onangiz quvongan
kezlarida, aniqrog‘I, o‘zingiz bir og‘iz shirin so‘z bilanmi, bir savob ish bilanmi
suyuntirgan damlaring
izda asta kuzating…” [5,
287] deganida muallif qarashlari ham
qo‘shilib ketadi. Bu lirik chekinish esa kitobxonni beixtiyor qadr
- qimmat, mehr-oqibat
kabi insoniy fazilatlar to‘g‘risida mulohaza qilishga chorlaydi.
Hikoyada peyzaj onaning yetti-sakkiz yasharlik bolalik xotiaralari asosida bunday
tasvirlanadi: “…bir jiydazor bog‘ki, boshi adog‘i yo‘q, jiyda gullaganda ichiga kirsang
adashib qolasan. Gullari sap-
sariq gurkirab yotadi, boshlaring aylanib ketadi” [5, 292].
Lekin ona uchun jannatdek tuyulgan bu joylar farzand uchun begona, nahot ona yaydoq
yalangliklarga shu zebsiz maskanlarga umr bo‘yi ta’rif topolmay o‘tgan bo‘lsa.
Har bir insonni kindik qoni to‘kilib o‘sgan joyi u uchun aziz va qadrli, ona yurt
degani faqatgina onaning yurti e
masligi bu har bir insonning o‘z yurti ekanligi hikoyachi
qahramonning ushbu xulosalarida o‘z aksini topadi. “Poyezd dasht
-u biyobonlarni,
shahar-
u qishloqlarni, poyonsiz paxtazorlar, yashil tutzorlar, bog‘
-
u bog‘chalar, qadimiy
sardobalar, past-baland qirlarni ortda qoldirib, onamning yurtidan ona yurtim sari yelib
bormoqda.
Nega yuragim orziqib ketyapti, voajab, ona yurt degani onaning yurtigina emas
ekanda
”
[5, 293].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muhim badiiy vositalardan biri bo‘lgan tabiat
tasvir
i betakror so‘z san’atkori Xayriddin Sultonning badiiy uslubini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega.
Peyzaj yozuvchi mahoratining muhim tarkibiy qismiga aylanib, g‘oyani
chuqurlashtirishda faol xizmat qilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sultonova M. Yozuvchi uslubiga doir (Oybek, A. Qodiriy, A. Qahhor, va S. Ahmad
prozasi asosida) O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti. –
Toshkent: 1973.
2.
Quronov D, Mamajonov Z., Sheralieva
M., Adabiyotshunoslik lug‘ati.
–
Toshkent:
Akademnashr, 2013.
3.
Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi
–
Toshkent
–
“O‘qituvchi”
, 2005.
4.
Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari.
–
Toshkent:
“O‘zbekiston”
,2002.
5.
Xayriddin Sulton. Uch yuz oltmish to‘rt kun. –
Toshkent:
“O‘zbekiston”
2019.
