Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Socio-psychological factors in the formation of criminal
motives in adolescents
Feruza RAJABOVA
1
,
Durdona ELIYEVA
2
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 February 2022
Accepted 20 March 2022
Available online
15 April 2022
The article describes the socio-psychological factors in the
formation of criminal motives in adolescents, the characteristics
of adolescence, the factors of crime and the mechanisms for
their elimination, as well as the tasks of educational work.
Substantiates the education of school, family and social
cooperation as a key decisive factor in the education of difficult
teenagers. The existing shortcomings in the system of educating
minors, the features of the psychology of
“
difficult
”
adolescents,
the content and nature of the activities carried out with them
are also highlighted.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
minor,
teenager,
difficult to educate,
offense,
crime,
criminal,
motive,
popular culture,
Internet,
threat,
conflict situations,
educational cooperation,
individual approach.
O‘smirlarda jinoyat
motivlari shakllanishining ijtimoiy-
psixologik omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
voyaga yetmagan,
o‘smir,
tarbiyasi qiyin,
huquqbuzarlik,
jiniyat,
jinoyatchi,
motiv,
Maqolada o‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishining
ijtimoiy-
psixologik omillari, o‘smirlik davriga xos xususiyatlar,
jinoyat omillari va ularni bartaraf etish mexanizmlari hamda
tarbiyaviy ishga oid vazifalar keltirilgan. Unda maktab, oila va
jamoatch
ilik hamkorligi tarbiyasi qiyin o‘smirlar tarbiyasida
asosiy hal etuvchi omil sifatida asoslab berilgan. Shuningdek,
voyaga yetmaganlar tarbiyasi tizimidagi mavjud kamchiliklar,
1
Lecturer at the Department of Psychology, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
2
Student of Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
309
ommaviy madaniyat,
internet,
tahdid,
nizoli holatlar,
tarbiyaviy hamkorlik,
individual yondashuv.
“tarbiyasi qiyin” o‘smirlar psixologiyasidagi o‘ziga xos
xususiyatlar, ular bilan olib boriladigan tadbirlar mazmun-
mohiyati yoritib berilgan.
Социально
-
психологические факторы формирования
преступных мотивов у подростков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
несовершеннолетний,
подросток,
трудновоспитуемый,
правонарушение,
преступление,
преступник,
мотив,
массовая культура,
интернет,
угроза,
конфликтные ситуации,
воспитательное
сотрудничество,
индивидуальный подход.
В статье описаны социально
-
психологические факторы
формирования преступных мотивов у подростков,
особенности
подросткового
возраста,
факторы
преступности и механизмы их устранения, а также задачи
воспитательной работы. Обосновывается воспитание
школьного, семейного и общественного сотрудничества
как ключевой решающий фактор в воспитании трудных
подростков. Также выделяются имеющиеся недостатки в
системе воспитания несовершеннолетних, особенности
психологии «трудных»
подростков, содержание и характер
проводимой с ними деятельности.
Hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir davrda mamlakatlar va
xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli tahdid va xavflar paydo
bo‘layotganligi hech kim
ga sir emas. Bu kabi tahdid va xavflar bizning jonajon vatanimiz
O‘zbekistonni va uning ko‘p millatli xalqlarining ham tinchini buzayotganligi ayni
haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ma’naviyat va
ma’rifatga, axloqiy tarbiyag
a, yoshlarni bilim bilan qurollantirishga, intellektual salohiyat
egalarini kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu ishlar davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz ongini qamrab olishga urinayotgan
“ommaviy madaniyat” o‘z
ta’siri bilan odob
-
axloq, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik,
boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqaruvchi, millatning qudratiga zarar yetkazuvchi
xavfli tahdid ekanligini anglash va bunday tahdidlardan farzandlarimizni, xalqimizni,
millatimizni himoya qilish masalasi har bir ziyolining oldida turgan eng dolzarb va
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa ekanligini, tarixiy merosga e’tibor –
millat taqdiriga
e’tibor ekanligini Davlatimiz rahbari doimiy uqtirib kelmoqdalar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston
yoshlari forumida so‘zlagan nutqida: “Aziz farzandlarim!
Yoshlar tarbiyasi haqida gap
ketganda, yana bir muhim masalaga e’tibor qaratishingizni istardim. Men bu o‘rinda
yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq ayrim muammolarni nazarda tutyapman. O‘zingiz
guvohsiz, jahonning ko‘plab mintaqalarida hamon keskin vaziyat saqlanib qolmoqda.
Turli nizo va ziddiyatlar avj olmoqda. Hozir butun dunyoda terrorizm, ekstremizm va
boshqa tahdidlar internet makoniga kirib, moslashib olgan. Shuning uchun ularga qarshi
kurashish oson kechmayapti. Afsuski, ba’zi yoshlarimizda internetdan to‘g‘ri foydalanish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
310
ko‘nikma va madaniyati yetarli emas. Ayrim yigit
-qizlar internetni axborot, bilim va
ma’rifat manbai deb emas, balki shunchaki ko‘ngilochar
vosita deb bilishadi. Mana
shunday mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir
masalada, avvalo, Vatan manfaatini o‘ylab ish tutishi zarur”, degan edi
[1].
O‘zbekiston –
yoshlar mamlakati. Shuning uchun ham azm-u shijoati bala
nd, g‘oya
va tashabbuslari ko‘p yigit
-qizlar bilan ishlash siyosati bugungi kunning dolzarb
vazifasiga aylandi. Ayniqsa, yoshlar siyosati sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biri
sifatida muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-
mart kuni yoshlarga e’tibo
rni
kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda
axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida
kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin
-qizlar bandligini oshirish masalalariga yangi tizim
asosida yondashish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus ilgari surilganligi tahsinga loyiqdir. Bu
orqali Davlatimiz rahbari kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yoshlarimizni ma’naviy
barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli zararli va yot g‘oyalar ta’si
ridan asrashga alohida
e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Ularni eshitish, muammolarini hal qilish, orzu
-
umidlari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, san’at, musiqa va sportga jalb qilish
borasida muhim topshiriqlarni berdilar.
Ta’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi yoshlarimiz orasida ham
tarbiyasi og‘ir va noqobil farzandlar uchrab turadi.
Jamiyatimizda ularning tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratish, ular bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri
hisoblangan
. Insondagi tarbiyasi og‘irlik haqida gapirilganda, o‘smirlik davri haqida
to‘xtalib o‘tish muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘smirlik davri shaxs shakllanishi va
rivojlanishi uchun muhim davr bo‘lib, bolalikdan katta hayotga o‘tish hisoblanadi. Bu
davrda jism
oniy va psixologik o‘zgarishlar bir
-
biriga muvofiq tarzda o‘zgarmaydi. Buning
natijasida turli muammolar vujudga kelib, o‘smirning boshqa shaxslar bilan o‘zaro
munosabatiga ta’sir qiladi. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy,
axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-
mohiyati ham o‘zgaradi. Mazkur davrda
o‘smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy
holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir
-biriga qarama-
qarsh
i bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi “bola” emas va , shu
bilan birga , hali “katta” ham emas. Uning o‘z
-
o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan
munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kasb etib boradi. Buning natijasida
jamiyatimizda tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmoqda.
Afsuski, keyingi paytlarda internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar va, umuman,
ommaviy axborot vositalarida o‘smirlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatlar, huquq
-
buzarliklar haqidagi noxush xabarlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Ayniqsa, maktab va
kasb-
hunar kollejlari o‘quvchilari ishtirokidagi dahanaki janjallar, muammoni urush
-
janjal orqali hal etish kabi salbiy holatlar barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.
Shuning uchun
ham jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘smirlar xulq
-atvorida
uchraydigan jinoyat motivlari va boshqa salbiy o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi shart
-
sharoitlarni aniqlash, ota-onalar, murabbiy-
o‘qituvchilar, profilaktika inspektorlari, diniy
ma’rifat va ma’naviy
-
axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchilari bilan
barkamol yoshlarni tarbiyalash uchun yaqindan hamkorlik o‘rnatish masalalari yanada
dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘smirni “tarbiyasi qiyin” holatga olib keluvchi juda ko‘p sababla
r mavjud. Ular
orasida shaxsning biologik o‘sishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining kamchiliklari,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
311
irodaning bo‘shligi, o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy asab faoliyati va temperamentdagi
qusurlar tarbiyasi qiyinlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, maktabdan tashqari
muhitning ta’siridagi nuqsonlar, chunonchi, oilada pedagogik
-psixologik bilimlarning
yetishmasligi, oilaviy nizolar, ajralish, ota-onaning ichkilikka va shahvoniy hayotga
berilishi, balog‘atga yetmagan tengqurlarining ta’siri hamda jam
oatchilik qurshovidagi
kamchiliklar tarbiyasi qiyin o‘smirlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunday yoshlar sinflar
kesimida olib qaraganda ko‘p uchramasa ham (bir sinfda bir yoki ikkitadan, ayrimlarida
umuman yo‘q), ularni nazoratsiz qoldirish o‘smirda injiqlik, qaysarlik, o‘jarlik, intizom
-
sizlik, bir so‘z bilan aytganda, uning axloqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin [3].
E.G‘oziyev o‘zining “Ontogenez psixologiyasi” kitobida tarbiyasi qiyin o‘smirlarni
to‘rt toifaga bo‘lib o‘rgangan. Muallif tarbiyasi qiyin o‘smirlarning birinchi guruhini
orsizlar yoki subutsizlar deb atagan. Ular o‘z xatolarini bilib turib qonun va qoidalarni
buzadilar, noma’qul ishlarni qiladilar. Ko‘pincha, ular o‘zlarining gunohkor ekanliklarini
tan olmaydilar, maktabdagi ayrim
kamchiliklarni tanqid qiladilar. Lekin yutuqlarni e’tirof
qilishni xohlamaydilar. Shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga ma’qullashni va o‘z talablarini
o‘zgalar so‘zsiz bajarishini juda yoqtiradilar. Bunday bolalar betgachopar, o‘jar tabiatli,
rahm-shafqats
iz, “zo‘ravon” bo‘ladilar. Mustaqil fikrga ega bo‘lmagan tengdoshlarini o‘z
atroflariga to‘playdilar va birgalikda tartib buzishga undaydilar.
Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar yaxshi va yomonni tushunadilar,
biroq mustaqil e’tiqodga, barq
aror yuksak his-
tuyg‘uga ega emasliklari sababli “orqa
qanoat”da turib qoidani buzadilar. Ularning xatti
-
harakatlari tasodifiy voqelikka, ta’sir
kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog‘liqdir. Ular tashviqotga tez beriladilar, barcha
narsalarga ishonadilar, qa
ysi yo‘lga kirib qolganliklarini anglab yetadilar, biroq
“kompaniya” fikriga qarshi borishga botina olmay ko‘ngilsiz ishlarga qo‘l uradilar.
Ko‘pincha tartibbuzarlar qilmishlariga tavba qilib, sinf jamoasi a’zolarini ishontiradilar,
lekin ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng bergan va’dalarini butunlay unutadilar.
Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar shaxsiyatparastlik tufayli
qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar. Ular shaxsiy talablari va ehtiyojlarini
qondirish uchun hap qanday noj
o‘ya xatti
-harakatdan qaytmaydilar, hamisha odamlarga
yaxshilik qilishni orzulaydilar, biroq o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaat
-
dan yuqori qo‘yadilar. O‘zlarining xohishlarini taqiqlangan usullar bilan amalga oshira
-
dilar, so‘ng qilmishlari
ga afsus-nadomat chekadilar, ruhan eziladilar. Lekin mazkur
kechinmalarni tez unutadilar, ularning shaxsiy ehtiyojlari har qanday yuksak hislardan,
xohishlardan ustun turadi. Axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon
bo‘ladi, xolos.
In
jiq tabiatli o‘smirlar to‘rtinchi guruhga mansub bo‘lib, ular sinf jamoasida o‘z
o‘rinlarini topa olmaganidan qayg‘uradilar. Bunday o‘quvchilar ginaxon, arazchi
bo‘ladilar, shuning uchun sinf jamoasida kamsitilayotgandek kechinmalar bilan yashay
-
dilar. Bun
day holatning vujudga kelishiga asosiy sabab shaxsiy imkoniyatlardan ko‘ra
intilish, mayl va obro‘ ketidan quvishning ustunligidir. Ular jamoa a’zolarining hurmatiga
sazovor bo‘lishni xohlaydilar. Ko‘pincha, tundlik bilan ish tutadilar, biror narsaga
xayri
xohliklari yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, o‘z
imkoniyati, aqliy, quvvatiga ishonchsizlik ularga xos xususiyatlardir. Ular qonun va
qoidalarni buzishga astoydil harakat qilmasalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida
qiyinchilik tu
g‘diradilar[4].
O‘smirlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar ma’lum bir motivlar asosida
amalga oshirilishi ajralib turadi. Mutaxassislarning fikricha, voyaga yetmaganlar o‘rtasida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
312
jinoyat harakatlarini sodir etishda bir qator motivlani ajratib ko‘
rsatib, ular ichida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatadilar. Jumladan, yashash, o‘qish yoki ish joyidagi muhitning
salbiy ta’siri; o‘qishni tashlab ketgan o‘smirlar uzoq vaqt muayyan ish bilan
shug‘ullanmasligi; o‘smirning noto‘g‘ri tarbiyalanishini belgilovch
i shart-sharoit omillari;
yoshi katta jinoyatchilarning dalolatchiligi; zo‘ravonlik va qonunsizlikni ifodalovchi
kitoblar va filmlar ta’siri. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining omillari sifatida
quyidagilar qayd etiladi: nazoratsizlik; umumiy ta’lim maktablari va kollejlarda ta’lim
-
tarbiya ishlarida mavjud kamchiliklar; ishga joylashtirishda hamda ishlab chiqarishda
tarbiya ishlarini tashkil etishda mavjud kamchiliklar; madaniy hordiq chiqarishni tashkil
etishdagi kamchiliklar; voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish hamda unga
qarshi bevosita kurash olib borish vazifalari zimmasiga yuklangan idoralar faoliyatidagi
kamchiliklar va hokazo [2].
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish nafaqat huquq-tartibot
idoralarining ishi, balki barchamizning vazifamiz hisoblanadi. Avvalo, kasalni davola-
gandan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul. Xalqimizda: “Kasalni davolagandan ko‘ra, uning
oldini olgan afzal”, degan hikmat bor. Binobarin, sodir etilgan jinoyatni muhokama
etishdan ko‘ra uning oldini olish choralarini ko‘rish muhimligi tobora ayon bo‘lmoqda.
Profilaktika nafaqat huquqbuzarlikning oldini oladi, balki. o‘z navbatida, shaxsni jamiyat
uchun foydali kishi etib shakllantirishda, ayniqsa, yoshlarni yuksak ma’naviyatli, mustaqil
va erkin fikrla
ydigan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlod sifatida voyaga
yetkazishda ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda yoshlarning, ayniqsa,
uyushmagan, ish bilan band bo‘lmagan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarning
kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini
ta’minlash, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga
keng jalb etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
oldini olish bo‘yicha
samarali mexanizmlarni joriy etish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, o‘smirlarga xos jinoyat motivlarining shakllanishi aynan shu
yoshdagilarning turmush tarzi bilan bog‘liq bio
-fiziologik, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy
va
tarbiyaviy-
psixologik omillar hamda ularni ta’minlovchi zarur shart
-sharoitlarga
bog‘liqdir. Shu bois voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan bog‘liq turli omillar ta’sirini
uyg‘un va me`yorli kechishini ota
-onalar, tarbiyachi-
o‘qituvchilar, mahalla
-guzar faollari
va boshqa tarbiya uchun mas’ullar o‘zaro kengashib, maslahatli hal qilishlari maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun oila-maktab-
mahalla hamkorligida yoshlarni sog‘lom va komil
inson qilib o‘stirish va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ul
-
lanishlari uchun barcha sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi
uchun kutubxonalar tashkil etib, ularga yoshlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yoshlar
–
bebaho xazinamiz, kuch-qudratimiz va buyuk
kelajagimiz timsoli. “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 2020
-yil 26-dekabr, 252-son.
2.
Umirzakov B.A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini
olish: O‘quv qo‘llanma. –
T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019.
–
B. 110.
3.
Shonazarov
J.U. “O‘smirlik davriga xos tarbiyasi “qiyin” bolalar va ular bilan
individual munosabatda bo‘lish psixologiyasi”. “Zamonaviy ta’lim” jurnali, 2020
. 2 (87).
4.
G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. –
T.: Noshir, 2010.
–
B. 360.
