Авторы

  • Мухаббат Миразимова
    преподаватель, кафедра “методика дошкольного образования”, Джизакский государственный педагогический институт, Джизак, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp188-193

Ключевые слова:

толерантность семья воспитание детство педагогика духовная среда

Аннотация

В статье раскрывается формирование толерантности в процессе воспитания детей в семье и ее значение в дальнейшем формировании ребенка как личности. В качестве теоретического источника при освещении темы статьи использованы исследовательские работы зарубежных и отечественных ученых. С целью более подробного описания основных понятий в статье была представлена научная и сравнительная литература по теме. Выводы из статьи могут быть использованы в процессе обучения студентов в педагогических институтах.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The formation of tolerance in children in the family and its
significance

Mukhabbat MIRAZIMOVA

1

Jizzakh State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form

28 February 2022

Accepted 20 March 2022

Available online

15 April 2022

The article reveals the formation of tolerance in the process

of raising children in the family and its importance in the

further formation of the child as a person. The research works
of foreign and domestic scientists were used as a theoretical

source when covering the topic of the article. In order to

describe the basic concepts in more detail, the scientific and

comparative literature on the topic was presented in the article.
The conclusions from the article can be used in the process of

teaching students at pedagogical institutes.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp

188-193

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tolerance,

family,

upbringing,

childhood,

pedagogy,

spiritual environment.

Oilada bolalarda tolerantlikni shakllantirish va uning
ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlat

:

tolerantlik,

oila,

tarbiya,

farzand,

pedagogika,

ma’naviy muhit.

Maqolada oilada bolalarni tarbiyalash jarayonida toleran-

tlikni shakllantirish va buni bolani kelgusida shaxs sifatida

shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqola mavzusini

yoritishda xorijlik va mahalliy olimlarning ilmiy-tadqiqot
ishlaridan nazariy manba sifatida foydalanildi. Maqoladagi

asosiy tushunchalarni batafsil ta’riflash maqsadida mavzu

doirasidagi adabiyotlar ilmiy va qiyosiy tahli qilindi. Maqoladan

olingan xulosalarni pedagogika institutlarida talabalarni o‘qitish

jarayonida foydalanish mumkin.

1

Teacher of the department “Methods of preschool education” Jizzakh State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

189

Формирование толерантности у детей в семье и ее

значение

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

толерантность,

семья,

воспитание,

детство,

педагогика,

духовная среда.

В статье раскрывается формирование толерантности в

процессе воспитания детей в семье и ее значение в

дальнейшем формировании ребенка как личности. В
качестве теоретического источника при освещении темы

статьи

использованы

исследовательские

работы

зарубежных и отечественных ученых. С целью более

подробного описания основных понятий в статье была
представлена научная и сравнительная литература по
теме. Выводы из статьи могут быть использованы в

процессе обучения студентов в педагогических институтах.

KIRISH

Oila jamiyat tayanchidir. Oila bolalarga tarbiya berish va ularni jamiyatga yetuk

shaxs sifatida tarbiyalab yetkazib berish uchun jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida

qaraladi. Tarbiyaning har bir elementi bolaning yetuk shaxs sifatida shakllanishida
muhimdir. Bolalarda tolerantlikni shakllantirish esa u

ning ma’naviy qiyofasini ochib

berish tarbiyaning muhim elementlaridan biridir. Jamiyatni taraqqiyotga yetaklash ilmli

va ma’rifatli, umuminsoniy qadriyatlarni to‘g‘ri anglagan, tolerant madaniyatli insonlarga
bog‘liq. Ayniqsa, yoshlarni ilm

-

ma’rifatli qil

ish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar

ruhida tarbiyalash, ularda tolerantlilik xulqini shakllantirish uchun zamonaviy va

noan’anaviy usullarini hayotga tatbiq qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri

hisoblanadi.

Tolerantlik muammosi XX asrning 50-yillarida ikkinchi jahon urushi tugagach,

butun insoniyat fanatizm, nafratning oqibatlarini va fojialarini boshdan kechirgach

dolzarb bo‘lib qoldi. Bu davr uchun eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri diniy
tolerantlik bo‘lib, u turli xil dinlar o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalariga qaratilgan edi.
Tolerantlik so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “bag‘rikenglik va tantilik” kabi ma’nolarni

bildiradi. Tolerantlik va uni bolalarimizga singdirish bu hozirgi zamonning dolzarb
muammosidir. Chunki xozirgi kunda dunyoda doimiy siyosiy va diniy nizolar,

insonlarning bir birlariga munosabatlariga ham ta’sir qilmoqda. Dunyoning turli
nuqtalarida bo‘layotgan voqealardan bizga ma’lumki, din, millat, xalq va boshqa ijtimoiy
guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarda ni

zolarning kelib chiqishi bazi hollarda yirik

urushlarga va diniy mojarolarga aylanaib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Tolerantlik bilan to‘yingan jamiyatda yosh avlodni tolerantlik ruhida tarbiyalash

zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan shaxsning ijtimoiylashuvi sodir

b

o‘lgan oilaga alohida e’tibor berish kerak. Aynan oilada o‘ziga ishonch, o‘z qadr

-

qimmatini anglash, boshqa odamga hurmat qo‘yiladi, undan bag‘rikenglik ruhini aks

ettiruvchi altruizm, mansublik va birdamlik rivojlanadi. Tolerantlikni hissini bolada

yaratish oilaning pedagogik ahamiyatini yana bir karra ko‘taradi. Boshqa insonlarga

muomalada bo‘lish va muloqot qilishni ilk bor go‘dak aynan oilada o‘rgana boshlaydi,

ularga ilk bor oila muhitida duch keladi. Bola ilk bor oila sharoitida boshqa insonlar bilan

muloqot va muomala jarayoniga kirishadi. Ana shunda bolada to‘g‘ri, ijtimoiy sharoitga

mutanosib hamda davr talablariga javob bergan tolerantlik tafakkuri shakllantirilsa,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

190

tolerantlik tafakkuri bolaning ijtimoiy hayotdagi yetuk shaxs sifatida yashashi, jamiyat

hayotida uning o‘z o‘rnini to‘g‘ri va mukammal darajada egallashi uchun mustahkam

poydevor bo‘la oladi. Tolerantlik bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida eng

muhim va dolzarb b

o‘

lgan pedagogik muammolaridan biriga aylanar ekan, tolerantlik

o‘

zining juda ham katta va murakkab tushuncha ekanligini ham namoyon etib borayotir.

Bugungi kunda tolerantlik va uni shakllantirish jarayonlari

o‘

z mazmuniga tolerant-

likning mohiyati, uning tarixiy shakllanish omillari, uning mazmunidan tashqari bir necha

o‘

n y

o‘

nalishlarga ega b

o‘

lgan mazmunini ham qamrab oladi. Agar tolerantlikning

bugungi kundagi dolzarb b

o‘

lgan mavzularini tahlil qilsak, tolerantlikning umumiy

tushunchalaridan tashqari tolerantlik tarkibidagi agressiya, altruizm, antisemi-tizm,

ksenofobiya, radikalizm, diskriminasiya, empatiya, z

o‘

ravonlik kabi salbiy axloqiy

tushunchalarini ham oiladan boshlab tushuntirish, ularning bugungi jamiyatlar taraq-

qiyotiga b

o‘lgan salbiy ta’siri masalalarini muhokama etish lozim bo‘ladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Tolerantlik va bolalarni tolerantlik hissi bilan tarbiyalash mavzusi doirasida ilmiy-

tadqiqot ishlarini olib borgan qator mualliflarni misol sifatida to‘xtalib o‘tish mumkin.

N.L. Okoneshnikova, J. Dyumezil, Ch.S. Pirs, G. Olport, F. de Sossyur, Ts. Todorov, U. Eko,

K. Levi-Stross, P. Riker va boshqa shu kabi jahon ilm-fanining mashhur olimlarini misol

sifatida keltirish mumkin.

1958-yil ispan mafkurachisi G.Olport bu mavzuga quyidagicha fikr bildiradi:

“Tolerantli

k ijtimoiy munosabat sifatida, shubhasiz, bolalik davrida, ota-onalarning

tarbiya munosabatlarida, mukofotlar va jazolar siyosatida, oila muhitida ildiz otadi”

.

Bundan tashqari, oilaviy hayot bolaga shaxslararo munosabatlar sohasida katta

tajriba beradi va kelajakda bolaning boshqa odamlar bilan munosabatlarida prognoz

qilinadigan qadriyatlarni shakllantiradi. Tolerantlik muammosini o‘rganadigan mahalliy

pedagoglar A.G. Asmolov va G.V.

Soldatovalarning ta’kidlashicha, dunyoning xilma

-

xilligiga, ijtimoiy, madaniy, etnik va mafkuraviy farqlarga ijobiy munosabat darajasini aks

ettiruvchi shaxsning munosabatlari, qadriyatlari va yo‘nalishlari tizimi orqali

quyidagilarni aniqlash mumkin tolerantlik darajasi, pedagogik-psixologik barqaror va

axloqiy jihatdan yetuk shaxs qarama-

qarshilik va zo‘ravonlikni istisno qiladigan ijobiy

-

ijtimoiy, madaniyatlararo va shaxslararo munosabatlarni rivojlantirishga qaror qiladi

[4. B. 15].

Tolerantlik tushunchasi mahalliy olimlarimiz tomonidan ham keng o‘rganilgan.

Bir guruh o‘zbek olimlari tomonidan nashr etilgan “Tinchlik va bag‘rikenglik

atamalari izohli lug‘ati” kitobida esa –

tolerantlik

(lotincha “tolerantia” –

“sabrtoqat”)

jamiyatdagi turfa madaniyatlilik, plyuralizm, turli-tumanlik va xilma-xilliklarning

mavjudligini tan

olish, qabul qilish, to‘g‘ri tushunish va hurmat qilishga qaratilgan ijobiy

munosabat, deya ta’riflanadi hamda ushbu tushunchaning o‘zbek tilida bag‘rikenglik,

sabrlilik, qanoatlilik, toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik kabi bir qator sinonimlarga

egalig

i alohida e’tirof etiladi [5.

B. 13]. Ijtimoiy va madaniy xilma-xillikka nisbatan

individual hamda ijtimoiy munosabat, shuningdek, o‘zga fikr, e’tiqod va yurish

-turish

uslubiga nisbatan sabr-toqatlilik shakli sifatida tolerantlikka madaniyatlilik, siyosiy

etuklikning asosiy alomati deb qarashimiz mumkin [6. B. 7].

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18

-

moddasida: “O‘zbekiston

Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,

millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar,

qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

191

adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart” [1

. B. 8

9]

deb e’tirof e

tilishi tolerantlikni

tarannum etuvchi g‘oyalar asosida yurtimizda ham bunday tadbirlar ko‘lamini oshirish

hamda hayotga tatbiq qilish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda huquqiy asos

bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi. Oiladagi yuqorida darajadagi ijobiy tolerant munosa-

batlar o‘z

-

o‘zidan shakllanib qolmaydi, uni sog‘lom, adekvat, pedagogik bilimlar asosida

shakllantirish oilaviy tolerantlik va bola tolerantligini tarbiyalashning birdan bir to‘g‘ri
yo‘li hisoblanadi. Shu bois oiladagi o‘smir yoshli bolalar tolerantligini shakllantirishda

bola tolerantligining pedagogik mazmuni, uning samarali va shakl va metodlari

masalasini ilmiy o‘rganish muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oilada ota

-ona

tomonidan farzandlarga tolerantlikni shakllantirishning pedagogik mazmuni. Biz
yuqorida tolerantlik

inson individualligiga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr va muruv

-

vat, o‘zgalarni hurmatlash va e’zozlash, kechirimli bo‘lish, birovlarga zarar yetkazmaslik,
ya’ni umumiy jihatdan olib qaraganda, tinchli

k va totuvlik tamoyiliga asoslangan qadriyat

va fazilatlarning ochiq namoyon qila olish qobiliyati ekanligini ko‘rib chiqdik.
Tolerantlikka amal qilish va uni ko‘rsata olish –

odamlarning qarashlari, fikrlari, tashqi

ko‘rinishlari, kiyinishi, manfaatlari,

madaniyati, irqi, millati, tili, urf va odatlari, axloqi,

o‘zini tutishi, qadriyatlari turlicha ekanligini tan olishdir. Shu bois ham tolerantlik faqat
bir odam shaxsiyatiga bog‘liq xususiyat bo‘lmay, balki ijtimoiy fazilat, barcha
odamlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi, ularni o‘zaro tinchlik va totuvlikda
yashashga o‘rgatuvchi, odamlar orasidagi ziddiyatlarni yumshatib, ularni murosa qilishga

undovchi fazilatlar majmuidan iboratdir.

Tolerantlikka o‘smir yoshdagi bolalarni o‘rgatish ularni mu

staqil fikrlashga,

boshqalar fikrini diqqat bilan tinglashga, o‘zgalar manfaatlarini ko‘ra bilishga, jamiyat va
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tanqidiy nazar bilan baholashga, axloqiy va ma’naviy
talablarga qat’iy rioya qilishga o‘rgatadi. Chunki zamon

aviy madaniyatli inson na faqat

madaniylik borasidagi bilimlarni egallagan inson, balki o‘z hayotida ana shu bilimlarni
amaliy qo‘llay olgan inson, na faqat o‘zini hurmat qilgan inson, balki o‘zgalarga ham
hurmat bilan munosabat ko‘rsata oluvchi inson hisoblanadi. Tolerantlik o‘zgalarni ularni
qanday bo‘lsa, o‘shandayligicha, o‘zgarishlarsiz qabul qila olish, ular bilan muloqot qila
olish qobiliyati hamdir. Shu bois ham oilada o‘smir yoshdagi bolalarda tolerantlik

tafakkurini shakllantirish pedagogik jihatdan quyidagi tamoyillarning bajarilishini talab
etadi:

boshqa insonlarning fikrlari, qarashlari hamda madaniyatiga ochiqlik va anglash

bilan munosabat bildirish, dunyo va madaniyatlar rang-barangligini qabul qilish;

o‘zgalarga nisbatan zo‘ravonlik, tazyiq, bosim o‘tkazishlardan voz kechib

yashash, ziddiyat va konfliktlarda ularni tinch yo‘l bilan hal etishga o‘rganish;

o‘zgalarga hurmat va e’tibor bilan qarash, oila va jamiyatda hamkorlik,

hamjihatlik, totuvlik tamoyillari asosida hayot kechirishga o‘rganish

.

Tahlil va natijalar. Demak, tolerantlik na faqat ijtimoiy hodisa, balki pedagogik

hodisa hamdir. Odamlar o‘rtasidagi muomala masalasi o‘zbek oilalarining azaliy

qadriyatlaridan, milliy tarbiyaning asoslaridan hisoblanadi. Ammo muomalada har doim
ham inson

o‘zini tolerant tuta olmaydi. Insonga jahl, agressiya, yomon kayfiyat, yolg‘on,

hissiyotlarga berilib ketish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazishga moyillik kabi holatlar xalaqit
beradi. Demak, tolerantlikka o‘rganish bir tomondan o‘zini ochiq ko‘ngil, samimiy, do‘st
tuta bilish bo‘lsa, ikkinchi tomonda, o‘zini o‘z qalbidagi yomon kayfiyat, yomon hissiyot,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

192

agressiya va zo‘ravonlikdan asray bilish hamdir. Agar barcha insonlar o‘

zlarini tolerant

munosabatlarga o‘rgata olsalar, barcha jamiyatlarda insonlararo garm

oniya qurilgan

bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ota-onalarga tolerantlik bilan tarbiyalash

kabi pedagogik jarayonda o‘z manfaatlari va o‘zgalar manfaatlariga nisbatan yangi,
zamonaviy, ya’ni tolerant munosabatni o‘z farza

ndalarida shakllantiradi. Bunda unga bir

tomondan, din va madaniyatimizga doirasidagi axloqiy normalarga oid milliy an’ana

yordam bersa, ikkinchi tomondan, rivojlangan ilm-fan dunyosining zamonaviy bilimlar
yordamga keladi. Tolerantlikni shakllantirish jarayonida oilaviy muhit, oilaviy muno-

sabatlar, oila a’zolarining xarakterlari, ularning o‘zaro bir

-birini anglash darajalari kabi

omillarning barchasi muhimlik kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘TXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi. 2014.

bet 8-9. (Constitution of

the Republic of Uzbekistan. 2014.

pages 8-9).

2.

Бетти Э. Риэрдон. Толерантность дорога к миру.

М.: Изд

-

во «Бонфи»,

2001.

С.

304.

3.

Гинот Хаим Г. Воспитай счастливого ребенка. Развитие личности от 3 до

12

лет

/ Пер. с англ. А.Н.

Анваера. –

М.: ЗАО «Центрполиграф», 2004.

С.

185.

4.

Вульфов

В.З. Воспитание толерантности: сущность и средства //

Внешкольник. –

2002.

№6. –

С. 12–

16.

5.

Abdurazakova M. va boshq. Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati //

Mas’ul muharrir Q.A.

Jo‘raev. –

T.: JIDU, 2005.

bet 13. (Abdurazakova M. et al. Glossary

of Terms of Peace and Tolerance // Responsible Editor Q.A. Jo

raev.

T.: JIDU, 2005.

page 13.)

6.

Karimova

E. O‘zbek tolerantligi. –

T.: Aloqachi, 2005.

bet 7. (Karimova E. Uzbek

tolerance.

T.: Aloqachi, 2005.

page 7.)

7.

Mirazimova M.N. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gimnastika

mashg

ulotlarini tashkil etish usullari. Academic research in educational sciences, 2(10),

786

790.

8.

Mirazimova M. (2021). Jismoniy tarbiya mashg

ulotlarida badiiy gimnastika

elementlarini o

rgatish metodikasi: Jismoniy tarbiya mashg

ulotlarida badiiy gimnastika

elementlarini o

rgatish metodikasi.

Мактабгача таълим журнали,

2(2). Retrieved from

https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/856.

9.

Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning ilmiy-nazariy asoslari. M. Mirazimova /

Academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723.

10.

Mirazimova Muxabbat Normatovna. (2022). Increasing The Coverage of

Preschool Education for Children with Developmental Disabilities or Mental Disorders.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 4, 85

87. Retrieved from

http://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/660.

11.

Muxabat. (2022).

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlar jarayonida

rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati. https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/
authorDashboard/submission/4727


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

193

12.

Muxabat. (2021).

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim

tashkilotlariga qamrab olishning ahamiyati. https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/
authorDashboard/submission/4653

13.

Muxabat. (2021).

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘

ulotlarni tashkil

etishda faollik markazlarinining mazmuni. https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/
authorDashboard/submission/3523.

14.

Muxabat. (2022). Bol

а

l

а

rd

а

sogʼlom turmush tа

rzini sh

а

kll

а

ntirish.

https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/5093.

15.

Muxabat. (2022).

maktabgacha taʼlimiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy

buzilishlari bo‘lgan bolalarni qamrab olish. https://art.jspi.uz/index.php/presedu/

article/view/5091.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2014. – bet 8-9.(Constitution of the Republic of Uzbekistan. 2014. - pages 8-9)

Бетти Э. Риэрдон. Толерантность дорога к миру. - М.: Изд-во «Бонфи», 2001.-304 с.

Гинот Хаим Г. Воспитай счастливого ребенка. Развитие личности от 3 до12 лет/ Пер. с англ. А.Н.Анваера. — М.: ЗАО «Центрполиграф», 2004.— 185 с.

Вульфов В.З. Воспитание толерантности: сущность и средства // Внешкольник. – 2002. - №6. – С. 12-16.

Abdurazakova M. va boshq. Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati // Mas’ul muharrir Q.A. Jo‘raev. – T.: JIDU, 2005. – bet 13. (Abdurazakova M. et al. Glossary of Terms of Peace and Tolerance // Responsible Editor Q.A. Jo'raev. - T .: JIDU, 2005. - page 13.)

Karimova E. O‘zbek tolerantligi. – T.: Aloqachi, 2005. – bet 7. (Karimova E. Uzbek tolerance. - T .: Aloqachi, 2005. - page 7.)

Mirazimova, M. N. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI. Academic research in educational sciences, 2(10), 786-790.

Mirazimova, M. (2021). JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA BADIIY GIMNASTIKA ELEMENTLARINI O’RGATISH METODIKASI: JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA BADIIY GIMNASTIKA ELEMENTLARINI O’RGATISH METODIKASI. Мактабгача таълим журнали, 2(2). Retrieved from https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/856

UMUMRIVOJLANTIRUVCHI GIMNASTIKANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI*M Mirazimova/ ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

Mirazimova Muxabbat Normatovna. (2022). Increasing The Coverage of Preschool Education for Children with Developmental Disabilities or Mental Disorders. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 4, 85–87. Retrieved from http://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/660

Muxabat. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATLAR JARAYONIDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING AHAMIYATI.

Muxabat. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QAMRAB OLISHNING AHAMIYATI.

Muxabat. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA FAOLLIK MARKAZLARININING MAZMUNI.

Muxabat. (2022). BOLАLАRDА SOGʼLOM TURMUSh TАRZINI ShАKLLАNTIRISh.

Muxabat. (2022). MAKTABGACHA TAʼLIMIGA RIVOJLANISHIDA JISMONIY YOKI RUHIY BUZILISHLARI BOʼLGAN BOLALARNI QAMRAB OLISH. https://art.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/5091