Авторы

  • Шухрат Хамроев
    старший преподаватель, Каршинского Государственный университет
  • Гулрух Доланова
    магистрант, Каршинский Государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp78-83

Ключевые слова:

Адиби сони Хаджаж и дервиш истории призывающие к знаниям сад бахила не вырастет

Аннотация

В статье освещен вопрос использования педагогического наследия Абдуллы Авлони в нравственном воспитании учащихся. Во многих работах Абдуллы Авлони по воспитанию изучались его взгляды и возможности их влияния на воспитание молодежи сегодня.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The use of the pedagogical heritage of Abdulla Avloni in

the moral education of students

Shuhrat HAMROYEV

1

,

Gulrux DO‘LANOVA

2

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021

Received in revised form

28 March 2022

Accepted 20 April 2022

Available online

15 May 2022

The article discusses the possibilities of the pedagogical

heritage of Abdulla Avloni in the moral education of students.

Abdulla Avloni

s views on education have been studied in many

of his works, their influence on the education of today

s youth

has been studied.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp7

8-83

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

“Adibisony”,

“Stories calling for

knowledge”,

“Hadjaj and dervesh”,

“A stingy’

s garden will not

grow”.

Talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniy

pedagogik merosining imkoniyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

“Adibi soniy”,

ilm-

u ma’rifatga da’vat

qiluvchi hikoyalar,

“Hajjoj ila darvesh”,

“Baxilning bog‘i ko‘karmas”.

Maqolada talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniy

pedagogik merosining imkoniyatlari masalasi yoritib berilgan.

Abdulla Avloniyning ko‘plab tarbiyaga oid asarlaridagi uning

qarashlari va ulardan bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga ta’sir

imkoniyatlari o‘rganildi.

Использование педагогического наследия Абдуллы

Авлони в нравственном воспитании учащихся

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

«Адиби сони»

,

«Истории призывающие к

знаниям»

,

«Хаджаж и дервиш»

,

«Сад бахила не вырастет»

.

В статье освещен вопрос использования педагогического

наследия Абдуллы Авлони в нравственном воспитании

учащихся. Во многих работах Абдуллы Авлони по воспитанию

изучались его взгляды и возможности их влияния на

воспитание молодежи сегодня.

1

Senior Lecturer at Karshi State University. E-mail: sh.hamroev@mail.ru.

2

Master, Karshi State University. E-mail: g.dulanova@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

79

KIRISH

O‘zbek pedagogikasi tarixida yangi usul maktabi tarafdorlari harakati, ularning boy

pedagogik merosi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda

, shubhasiz, Abdulla Avloniyning

pedagogik asarlari o‘ziga xos o‘ringa ega.

Uning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Adabiyot”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi

muallim”, “Uchinchi muallim”, “Hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Maktab jug‘rofiyasi” kabi darslik

-

lari; “Pinak”, “Advokatlik osonmi?”, “Biz va siz” kabi dramalari Turkiston o‘lkasi xalqlari

o‘rtasida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Avloniyning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan

darsliklarining ba’zilari bir necha marta nashr qilingan bo‘lsa, ba’zilari qo‘lyozma holicha

qolib ketgan.

Abdulla Avloniy darsliklaridagi badiiy matnlar talabalarga ta’lim berish bilan birga

tarbiya, asosan, axloqiy tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Axloqqa Avloniy

quyidagicha ta’rif beradi: “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan

qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini

dalil va misollar ila bayon qiladur

gan kitobni axloq deyilur».

ASOSIY QISIM

Abdulla Avloniyning fikricha, insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja

berguvchi narsa axloq tarbiyasidur. Abdulla Avloniy inson xulqini ikkiga: yaxshi va

yomon xulqlarga bo‘ladi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar: agar

nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lub, “yaxshi xulq”; agar

tarbiyasiz o‘sub

,

yomon ishlarni ishlaydurgon bo‘lub ketsa

,

yomonlikka tavsif bo‘lub,

“yomon xulq” deb atalur”.

Abdulla Avloniydan axloqiy tarbiyaga oid boy pedagogik meros qolgan. Biz ilmiy-

tadqiqot ishimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning she’r va hikoya

-

laridan talabalarni axloqiy tarbiyalash imkoniyatlariga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarga

ajratdik:

vatan, vatanparvarlik;

do‘stlik, o‘rtoqlik;

rostgo‘ylik;

ustoz, ota-ona va qavm-u qarindoshlarga hurmat;

ilm-

u ma’rifatga da’vat;

sabr, qanoat;

saxovat.

Vatan, vatanparvarlik haqidagi she’r va hikoyalar

.

XX asr boshlarida vatan,

vatanparvarlik haqida ko‘plab badiiy hamda pedagogik asarlar yozildi. Bular ichida

Abdulla Avloniyning vatan, vatanparvarlik haqidagi merosi o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, u

hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Abdul

la Avloniyning 1912 yilda nashr

qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida vatan, vatanparvarlik, o‘z yurtiga sadoqat

va sodiqlik haqidagi “Vatanni suymak” bobida shunday yozadi: “Har bir kishining

tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan,

o‘sgan

y

erini jonidan ortiq suyar…

Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi arablar

Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar

-shimol taraflarini, eng sovuq qor va

muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi,

tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab, hijrat qilurlar edi”.

Talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniyning “Bahor”, “Yoz”, “Kuz”, “Qish”

she’rlari; o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda esa “Vatan” hamda “Hijron

so‘zi” she’rlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

80

Bizningcha, bunga asosiy sabablar:

“Vatan” hamda “Hijron so‘zi” she’rlari bevosita ilm oluvchilarga atab yozilgan;

bu she’rlar ilm oluvchilarning bilim d

arajasiga, dunyoqarashiga, yoshi, ruhiy

holatlariga mos keladi;

she’rlardagi ma’no va mazmun sodda, ravon tilda bayon qilingan;

bu she’rlarning yozilganiga yuz yilga yaqin vaqt bo‘lsa

-da, ular hozirgi adabiy

tilimizga mosligi bilan alohida ajralib turadi.

Abdulla Avloniyning vatan, vatanparvarlik ruhida yozilgan hikoya va she’rlari

XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib,

ulardan talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlari beqiyosdir.

Talabalarda do‘stlik, o‘rtoqlikni tarbiyalash.

“Turkiy guliston yoxud axloq”

asarining bir bobi “Munislik” deb nomlangan. Unda “Munislik deb har kim o‘z tengi,

maslakdoshini topub, ulfat bo‘lmakni aytilur. Dunyoning lazzati sodiq do‘stlar ila suhbat

qilmoq

dan iboratdur”

,

deb ta’kidlangan. Bu bobda do‘st ikki xil –

sodiq, chin va nodon,

yolg‘on bo‘lishi, ularning bir

-

biridan farqi, tafovutlarini ko‘rsatib, yolg‘on, nodon do‘stdan

uzoqroq yurish, ehtiyot bo‘lish, chin va sodiq do‘stlar qanday bo‘lishi lozimligi ta’kidlab

o‘tilgan. Abdulla Avloniy “qissadan

-

hissa” usulidan unumli foydalangan. Bunda Sharq,

xususan,

o‘zbek xalq folkloridan, Sharq klassiklarining she’rlaridan va

, albatta, Hadisi

Sharif namunalaridan ijodiy ravishda foydalangan. Ba’zi hollarda o‘zi ham she’r bitgan.

“Munislik” bobida quyidagi she’r qissadan

-

hissa tarzida keltirib o‘tilgan:

Yaxshi do‘st aybi yor

-

u do‘stini,

Ko‘zgudek ro‘baro‘sida so‘zlar.

Yomon o‘rtog‘ tarog‘cha ming til ila,

Orqadan birmalab terib so‘zlar.

Abdulla Avloniy deyarli

barcha darsliklarida ilm oluvchilarning do‘stlik, o‘rtoqlik

fazilatlarini o‘stirishga katta e’tibor bergan. Chunonchi, “

Birinchi muallim

darsligidagi

“Ittifoq”, “

Ikkinchi muallim

darsligidagi “Yolg‘on do‘st”, “Ayiqning do‘stligi” hikoyatlari

bunga yaqqol

misol bo‘la oladi. “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi “Nifoq” bobida;

“Birinchi muallim” darsligidagi “Yaxshilik erda qolmas”, “Arslon ila Ayiq”, “Xo‘roz ila

Bo‘ri”, “Ahmad ila otasi”, “Ko‘r ila cho‘loq” hikoyalarida ham do‘stlik, o‘rtoqlik haqidagi

fikrlar mavjud.

Rostgo‘ylikni tarbiyalash.

O‘zbek xalqi yoshlarda rostgo‘ylikni tarbiyalashga juda

katta e’tibor bilan qaragan. Abdulla Avloniyning pedagogik merosida to‘g‘ri so‘zlash, rost

gapirish haqidagi she’r va hikoyalar anchagina bo‘lib, “Turkiy guliston yoxud axloq”

asaridagi “Haqqoniyat”, “Kizb” boblari, bolalarga atab yozilgan “Yolg‘onchi cho‘pon”

she’ri bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Abdulla Avloniy haqqoniyatga, to‘g‘ri so‘zlashga

quyidagicha ta’rif beradi: “Haqqoniyat deb ishda to‘g‘rilik, so‘

zda rostlikni aytilur. Inson

bo‘stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo‘li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o‘lan

rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning onasi haqqoniyatdur”.

Avloniyning fikricha,

haqqoniyat ikki turga bo‘l

inadi: ishda haqqoniyat, ishda

to‘g‘rilik hamda so‘zda to‘g‘rilik. Aql egalari, vijdon sohiblari har doim ko‘rgan va

bilganlarini, haqiqatni va to‘g‘risini so‘zlaydilar. Ishda to‘g‘rilik birovning nafsiga, moliga

xiyonat qilmaslikdir. So‘zda to‘g‘rilik har

doim rost so‘zlamoqlikdir. Aqlli, vijdonli inson

yuqoridagilarga amal qiladi.

Rostgo‘ylikning teskarisi bu yolg‘onchilikdir. Yolg‘on so‘zni Avloniy kizb deb

ataydi. Yolg‘onchi kishilarni esa kazzob deb nomlaydi. Oqil va diyonatli kishilarga yolg‘on

so‘zlardan tillarini saqlamoq bilan birga avlodlarini yolg‘onga odat qildirmasdan tarbiya

qilmoqlari eng muqaddas insoniy vazifalardan hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

81

Xalq og‘zaki ijodi badiiy

-

pedagogik asarlarga muhim ta’sir ko‘rsata olishini biz bir

qator pedagoglarning ta’limiy

-

axloqiy asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, Abdulla

Avloniyning pedagogik merosi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xalq og‘zaki ijodi ta’sirida
Abdulla Avloniy bir qator she’rlar yozgan. Ulardan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
rostgo‘ylik ruhida tarbiyalashda foydalanish mumkin. “Yolg‘onchi cho‘pon” she’ri shular

jumlasidandir.

Sabr, qanoatlilikni tarbiyalash.

Abdulla Avloniyning pedagogik merosida sabr,

qanoat haqidagi hikoya va she’rlar ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, “Turkiy guliston yoxud
axloq” asaridagi “Sabr” bobi; “Birinchi muallim” darsligidagi “Taqsim”, “Ochko‘zlik”,
“Arslon ila Ayiq” kabi hikoyalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Avloniy sabrga ta’rif
berib, shunday yozadi: “Sabr deb boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli
bo‘lmakni aytilur.

Har bir ishda sabr va sovuqqonlik ila harakat qilmak lozimdur”. Har bir

kishi har bir ishda sabr va sovuqqonlik bilan harakat qilishi lozim. Har ishda sabr va

matonat, qanoat bilan faoliyat ko‘rsatilsa, o‘sha odam o‘z maqsadiga tinch va rohatda

borib etar

, uning farog‘atini ko‘rar. Kishi shoshqaloqlik bilan ish yuritsa, o‘z maqsadiga

etishi g‘oyat mushkuldir. Abdulla Avloniy “Sabr” bobida nafsni tiyish, oziga qanoat qilish

fikrini ilgari suradi.

Abdulla Avloniyning xalqni

ilm-

u ma’rifatga da’vat

qiluvchi ilmli, bilimli

bo‘lishga

chaqiruvchi she’r va hikoyalari axloqiy tarbiyaning muhim vositasidir. “Turkiy guliston
yoxud axloq” darsligidagi “Ilm”, “Aqsomi ilm”, “Fatonat”, “Hifzi lison”, “Jaholat”,
“Haqqoniyat” boblarida bu masalaga batafsil to‘xtalib o‘tadi. Avloniyning fikricha

, ilm deb

o‘qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o‘rganmakni aytilur. Millat
kelajagi, taraqqiysi yoshlarning ilm va ma’rifatga, hunar va san’atiga bog‘liqdir. Avloniy

pedagogik ijodida ilm-

u ma’rifatga da’vat qiluvchi she’rlar muhim o‘rin egallaydi. Shuni

alohida ta’kidlab o‘tish joizki, shoirning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar» to‘plamiga
kirgan aksariyat she’rlardan o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash maqsadida foydalanish

mumkin. Shu sababli biz Abdull

a Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plamiga

kirgan ilm-

u ma’rifatga da’vat qiluvchi she’rlarini:

talabalarni axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari keng bo‘lgan

jihatlar;

yuqori sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari mavjud bo‘lgan

she’rlar;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari mavjud bo‘lgan

she’rlarga bo‘ldik.

Talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniyning ilm-

u ma’rifatga doir bir

qator she’rlari va hikoyalari mavjud. Ayniqsa, “Maktab”, “Maishatimizdan bir manzara”,
“Istiqboldan orzularim”, “Maktaba targ‘ib”, “Saodat shundadur”, “Jaholat”; “Ikkinchi
muallim” darsligidagi “Maktab”, “Bog‘cha”, “Bolalar bog‘chasi”, “Maktabga da’vat”,
“Ilmsizlik balosi”, “Maktab bolasi”, “Yalqov shogird tilidan”, “Yalqov” kabi she’rlari
diqqatga sazovordir. Bu she’rlarda talabalarini axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari mavjud
bo‘lib, bizningcha

, bunga asosiy sabab quyidagilar:

ular ilm oluvchilarining yoshi, bilim darajasiga mos ravishda sodda, oddiy tilda

yozilgan;

yoshlarni savodli, bilimli, ilmli qilishga katta ahamiyat berganligi muhim

ahamiyat kasb etganligi bilan alohida diqqatga sazovor;

ilm-

u ma’rifat haqidagi she’r va hikoyalarida xalqimizning urf

-

odatlari, an’analari

va qad

riyatlari alohida e’tiborga olinganligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

82

ilm-

u ma’rifatga da’vat qiluvchi islom ahkomlaridan keng foydalanilganligi;

o‘zbek xalq pedagogikasiga asoslanilganligi;

sharq donishmandligining boy pedagogik merosi ta’sirida yozilganligidadir.

Abdulla Avloniy

ota-

onani e’zoz qilishga

undovchi bir qator hikoya va she’rlar yozib

qoldirgan. Ayniqsa, “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi “Tarbiyaning zamoni”,
“Itoat”; “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” asaridagi “Oila munozarasi”, “Mardikorlar
ashulasi”, “Onasining o‘g‘liga aytgan so‘zlari”, “O‘g‘lining onasiga aytgan so‘zi”, “Xotuniga
aytgan so‘zi”; “Ikkinchi muallim” darsligidagi “Aqlli bog‘bon”, “Ahmad ila otasi”, “Soqi ila
onasi” kabi she’r va hikoyalari shular jumlasidandir. Ota

-onani hurmat qilmoq lozimligi,

ularga itoat qilish insonlarga xos eng yaxshi fazilatlardan hisoblanishi haqida Avloniy

“Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi “Itoat” bobida shunday yozadi: “Itoat” deb
bo‘ysunmakni aytilur... Ota

-

ona, ustod, muallim kabi o‘zidan ulug‘ kishilarga bo‘ys

unib

itoat qilmak eng yaxshi sifatlardandur”.

“Oila munozarasi” she’ri o‘g‘lini ilm

-

u ma’rifatli, bilimli bo‘lishini xohlovchi

ota

hamda o‘g‘lining bilimsiz qolishini xohlovchi johil

ona o‘rtasidagi bahs haqida boradi.

Bundan tashqari, “Mardikorlar ashuvlasi” asarida ota

-onani hurmat qilish,

e’zozlash haqida muhim fikrlar bor. Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim” darsligida

ham bu mavzudagi hikoyalar anchagina bor, ulardan biri ota nasihatiga amal qilib, boyib

ketgan o‘g‘il haqidagi “Aqlli bog‘bon” hikoy

asidir.

Saxiylik, saxovatpeshalik

xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilatlardan

biridir. Abdulla Avloniy ham ko‘plab pedagoglar kabi saxiylik haqida hikoya va she’rlar
yozib qoldirgan. Shulardan biri “Ikkinchi muallim” darsligidagi “Saxiylik” hikoyas

idir.

Oliy

himmatlik haqida Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida

shunday yozadi: “Olihimmat deb din va millatga foydali ishlarni mol va jon ila ishlamakni

aytilur.

XULOSA

Himmat shunday bir olijanob fazilatdurki, insoniyatning koni, yaxshi xulq

sohiblari karim sifatlik, rahm tabiatlik bo‘lur. O‘z jinsining avlodidan har vaqt yordamini

ayamas. Xayr-u sax

ovatlik ishlardan o‘zini tortmas. Pul va molini millat yo‘lida sarf

etmakdan qizg‘anmas, olihimmat kishi soyasi latif, mevasi laziz da

raxt kabidurki, bu

soyaga yaqin bo‘lgan kishilar har vaqt foydalanurlar”

,

Avloniy fikrini davom qildirib,

olihimmat insonlarda vijdon mavjuddir degan g‘oyani ilgari suradi.

Saxiylikning qarama-

qarshisi baxillikdir. Abdulla Avloniy “Ikkinchi muallim”

asar

ida “Baxillik” hikoyasini keltirgan. Unda baxil kishining hech qachon bog‘i ko‘karmas

-

ligini ta’kidlaydi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Abdulla Avloniyning pedagogik asarlari

vositasida talabalarni axloqiy tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Qosimov B. (2002). Milliy uyg‘onish.

T.:

“Ma’naviyat”

,

B. 400.

2.

Qosimov B., Yusupov Sh., Dolimov U. va boshqalar. (2004). Milliy uyg‘onish davri

o‘zbek adabiyoti.

T.:

“Ma’naviyat”

,

B. 464.

3.

Hamroyev Sh.E

. (2021). Boshlang‘ich sinflarda jadidlar merosidan foydalanish.

Monografiya. Qarshi:

“Fan va ta’lim”, –

B. 216.

4.

Орипова

Н.Х., & Туропова

М.С. (2021). Основные виды занятий для детей

дошкольного возраста.

Экономика и социум, (1

-2), 291

294.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

83

5.

Munavvarqori Ab

durashidxon o‘g‘li. (1912). Adibi soniy. Toshkent: Gʻulom

Hasan Orifjonov litografiyasi,

B. 48.

6.

Орипова

Н.Х., & Ражабова

Х.Х. (2015). Исторические источники воспитания

преданности Родине.

Молодой ученый, (6), 666–

668.

7.

Shuhrat H. (2022). Boshlang

ich sinf o'quvchilarida tabiatga oid g

oyalarni

shakllantirishda

Boburnoma

asaridan foydalanish.

Барқарорлик Ва Етакчи

Тадқиқотлар Онлайн Илмий Журнали, 528–

530.

8.

Орипова

Н.Х., & Мухаммадиева

А. (2013). Способы обучения креативности

детей дошкольного возраста

. Science and world, 50.

9.

Hamroyev Sh.E., Karimov B.P., Muhammadiyev Sh.M. (2021). Jadidlarning

darsliklaridagi badiiy matnlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy

tarbiyalash. Monografiya. Qarshi:

“Fan va ta’lim”

.

B. 186.

10.

Орипова

Н., & Нарзиева

Л. (2020). Социально

-

исторические и педагогические

проблемы овладения профессией.

Экономика и социум, (12

-1), 868

871.

11.

Орипова

Н.Х., & Собирова

Н.З. (2013). Смысл и сущность понятия

убеждения.

Science and world, 45.

12.

Орипова

Н., & Неъматова

С. (2021). 7 yoshli bolalar xulq atvoridagi salbiy

o‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari.

Общество и инновации,

2(4/S),

182

186.

Библиографические ссылки

Qosimov B. (2002). Milliy uyg‘onish. T.: «Ma’naviyat», 400 b.

Qosimov B., Yusupov Sh., Dolimov U. va boshqalar. (2004). Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. T.: «Ma’naviyat», 464 b.

Hamroyev Sh.E. (2021). Boshlang‘ich sinflarda jadidlar merosidan foydalanish. Monografiya. Qarshi:”Fan va ta’lim”, 216 b.

Орипова, Н. Х., & Туропова, М. С. (2021). Основные виды занятий для детей дошкольного возраста. Экономика и социум, (1-2), 291-294.

Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li. (1912). Adibi soniy. Toshkent: Gʻulom Hasan Orifjonov litografiyasi, 48 b.

Орипова, Н. Х., & Ражабова, Х. Х. (2015). Исторические источники воспитания преданности Родине. Молодой ученый, (6), 666-668.

Shuhrat, H. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tabiatga oid g'oyalarni shakllantirishda" boburnoma" asaridan foydalanish. Барқарорлик Ва Етакчи Тадқиқотлар Онлайн Илмий Журнали, 528-530.

Орипова, Н. Х., & Мухаммадиева, А. (2013). Способы обучения креативности детей дошкольного возраста. Science and world, 50.

Hamroyev Sh.E.,. Karimov B. P., Muhammadiyev Sh. M. (2021). Jadidlarning darsliklaridagi badiiy matnlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash. Monografiya. Qarshi:”Fan va ta’lim. 186 b.

Орипова, Н., & Нарзиева, Л. (2020). Социально-исторические и педагогические проблемы овладения профессией. Экономика и социум, (12-1), 868-871.

Орипова, Н. Х., & Собирова, Н. З. (2013). Смысл и сущность понятия убеждения. Science and world, 45.

Орипова, Н., & Неъматова, С. (2021). 7 yoshli bolalar xulq atvoridagi salbiy o‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari. Общество и инновации, 2(4/S), 182-186.