Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Organizing music literacy and music listening activities in
music culture classes
Bakhodir AKHMEDOV
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
In this article, the music teacher provides guidance to music
teachers in engaging students in the lessons through the use of
methods in music culture lessons, increasing their musical
knowledge, teaching them mature, well-rounded, their national
traditions and values through music. detailed information
about.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
music,
culture,
tradition,
problem,
national,
student,
lesson,
education,
school,
cultural heritage,
upbringing,
purpose,
education,
note.
Musiqa madaniyati darslarida musiqa savodi va musiqa
tinglash faoliyatini tashkil etish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
musiqa,
madaniyat,
an’ana,
muammo,
milliy,
o‘
quvchi,
dars,
Ushbu maqolada musiqa
o‘
qituvchisi tomonidan musiqa
madaniyati darslarida metodlardan foydalanish orqali
o‘
quvchi-
larni darsga qiziqtirish, musiqiy bilimini oshirish, musiqa orqali
yetuk, barkamol,
o‘z milliy an’ana va qadriyatlarni o‘
rgatishda
musiqa
o‘
qituvchilariga k
o‘rsatmalar haqida batafsil ma’lumot
berilgan.
1
Teacher of Namangan State University. E-mail: bahodirahmedov@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
115
ta’lim,
maktab,
madaniy meros,
tarbiya,
maqsad,
ta’lim,
nota.
Организация
музыкальной
грамотности
и
музыкального слушания на занятиях музыкальной
культуры
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
музыка,
культура,
традиция,
проблема,
национальный,
ученик,
урок,
образование,
школа,
культурное наследие,
воспитание,
цель,
образование,
примечание.
В данной статье учитель музыки дает рекомендации
учителям музыки по привлечению учащихся к занятиям
посредством
использования
методов
на
уроках
музыкальной культуры, повышению их музыкальных
знаний, обучению их зрелости, всесторонне развитости,
своим национальным традициям и ценностям. через
музыку подробная информация.
O‘
sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash
hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Musiqa ta’limining oliy maqsadi
yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini
idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat
o‘
z milliy a
n’ana
-madaniyat-
larini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini
hurmat qiladigan inson qilib voyaga yetkazishdan iborat.
Bu borada talaygina ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi
“Madaniyat va san’at
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ–
112-sonli
Qarori [1] ham yosh avlodni milliy cholg‘u
-
kuylarimiz, qo‘shiqlarimiz,
madaniyatimizga
bo‘lgan e’tibornini oshirib, musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga qaratil
-
gan.
Musiqa fani o‘qituvchisi
har bir mavzu ustida yanada ko‘proq
izlanishi, pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanishi kerak. To‘garaklar tashkil
etib, o‘quvchilarga
cholg‘u sozlarini o‘rganishda amaliy yordam berishi kerak. Cholg‘ular nota bilan
chalishga o‘rgatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Musiqa savodini o‘rgatishda quyidagi metoddan foydalanishni tavsiya qilardim.
Tovushlar nota
yo‘lining ust
ida va orasida ketma-
ket joylashgan. Avval nota yo‘lida
joylashgan tovushlarni o‘rgansak.
1
–
chiziqda “mi” tovushi joylashganligini.
2
–
chiziqda “sol” tovushi joylashganligini.
3
–
chiziqda “si” tovushi joylashganligini.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
116
4
–
chiziqda “re” tovushi joyla
shganligini.
5
–
chiziqda “fa” tovushi joylashganligini bilib olamiz.
Ushbu tovushlarni chap
qo‘limizni biroz ko‘tarib, eng pastdan bukib o‘rganamiz
[2].
Bu tovushlar yod bo‘lgandan keyin chiziqlar orasida joylashgan tovushlarni
o‘rganamiz. Buning uchun t
ovushlar ketma-
ketligini bilish afzal. Shu o‘rinda Do
tovushdan bir oktava tovushlarni ketma-ket aytamiz. Do, Re, Mi, Fa, Sol, Lya, Si, Do gacha
va orqaga qaytib, Do, Si, Lya, Sol, Fa, Mi, Re, Do deb aytamiz. Bu ketma-ketlikni iloji
boricha tez aytamiz. Keyingi holatda Re dan Re gacha, Mi dan Mi gacha, va har bir
tovushdan boshlab aytib ko‘ramiz. Tez aytish o‘yinidek bir nafasda ko‘proq aytishni
o‘rgatamiz. Keyingi darslarda sinf o‘quvchilarini guruhlarga bo‘lib, qaysi jamoa
o‘quvchilari ko‘proq ball yig‘is
higa qarab baholab boramiz.
Tovushlar joylanishini yanada tez va mukammal o‘rganish uchun “Rebus” tuzishni
tavsia qilaman. Bunda so‘z o‘yini, ya’ni qaysi so‘zimizda tovushlar uchraydigan bo‘g‘inlar
mavjud. Nota yo‘liga “Do” tovushni yozib , pastiga chiziq yordamida so‘zni davomini
yozamiz. Masalan, “Do” –
ira , “Do” –
no, “Do” –
imo, “Re” –
ja, “Re” –
kord, “Re” –
spublika,
“Re” –
bus, “Mi” –
sol, “Mi” –
x, “Mi” –
rjalol, “Fa”
–
zliddin, “Fa” –
brika, “Fa” –
rrux, “Fa” –
roasat, “Fa” –
rog‘at, “Sol” –
li,
“Sol” –
ih, “Sol” –
liq, “Si” –
ddiq, “Si” –
tora va shunga
o‘xshash so‘zlarni tovushlar nomi bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchilarda tovushlarni nota
yo‘lida joylanishini tez o‘rganishda katta yordam beradi.
Notalarni ko‘rinishiga qarab farqlab o‘rganishd
a bir
–
biriga taqqoslab o‘rganamiz.
Har darsda ikkitadan nota bilan tanishib boramiz. Ularning ko‘rinishi, nomi, cho‘zimi
bilan tanishtirib boramiz. Notalar cho‘zimiga alohida e’tibor bilan o‘rganish juda muhim.
Notalar rasmini kichik qog‘ozga(15x10)
chiz
ib ko‘rsatamiz.
Notalarni cho‘zimlarini o‘rganishda, nimchorak notalarni “tam”, o‘n oltitalik
notalarga “ta –
ta” deb o‘rgatamiz. Bitta nimchorak va ikkita o‘n oltitalik notani misolida
“tam –
ta,ta” deb qalamni orqasi bilan partaga chertib mashq qilamiz.
Barcha o‘quvchilar
bilib olishgandan so‘ng oldin ikkita o‘n oltitalik notani , keyin bitta nimchorak
notani
qo‘yamiz. Endi qanday ijro etamiz, “–
ta,ta
–
tam” deb ijro etamiz. Siz ko‘rsatib bermasdan
oldin mustaqil to‘g‘ri bajara olgan o‘quvchilarni munosib baholab boramiz. Ya’ni rag‘bat
kartochkalarni berib boramiz. Dars davomigacha har bir faoliyatda
ko‘p rag‘bat olgan
o‘quvchilarni musiqa tinglash jarayonida baholarini qo‘yib olamiz. Bu holat
darsda
ko‘proq o‘quvchilarni baholanishiga qulaylik yaratadi.
Demak, sizning har bir
savolingizga to‘g‘ri javob berganga yoki to‘g‘ri bajargan ishiga munosib baho olsa,
darsingizning samaradorligi oshadi, o‘quvchilarda ko‘tarinki kayfiyatni vujudga keltirib
chiqaradi. Kelgusi darsda yana bir notani,
ya’ni, chorak notani o‘rganamiz. Bunda ham
oldin o‘rgangan nimchorak va o‘n oltitalik notalarni cho‘zimini bir –
biriga taqqoslash
metodi bilan o‘rgatib boramiz. O‘quvchilar barcha notalarni o‘rganib bo‘lgach,
“tam –
ta,ta” bo‘g‘inlar o‘rnini tovushlar bilan almashtiramiz. Masalan: “tam –
ta,ta” o‘
rniga
–
“si –
si,do” “re –
re” , “do –
do
–
si” tovushlari bilan “Yallama yorim” qo‘
shi
g‘
ini shunday
ijro etilishini bilib olishadi [3].
Albatta, dastlabki darslarda nota o‘qishga o‘rgatish jarayonida
birmuncha
qiyinchilik
paydo bo‘ladi. Lekin shu holatda o‘rgatib borilsa, o‘quvchilarning nota
o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, deb o‘ylayman.
O‘quvchilarni notaga qarab o‘qishga
yanada qiziqtirish uchun o‘zlariga yoqqan kuylarning notasini taxminan yozib kelishni
uyga vazifa sifatida berish lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
117
Musiqa tinglash jarayoni. Musiqa tinglash faoliyati o‘quvchilarning to‘g‘ri
shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar murakkab ichki dunyo,
his
–
tug‘ular,
ichki kechinmalarga boy, muhabbat mavzularidagi, qahramonlik ruhidagi, tragediya va
satira kabi janrlardagi musiqiy asarlarni bajonidil kuylaydilar va tinglaydilar.
O‘smirlar
hissiyotga beriluvchan, ta’sirchan bo‘lganligi sababli chuqur falsafiy g‘oyalar bilan
sug‘orilgan, baxt –
saodat uchun kurash, ilk muhabbat kechinma
lari, sog‘inch kabi insoniy
his
–
tuyg‘ular ifodalangan musiqa ularga kuchli hissiy ta’sir o‘tkazadi va jiddiy
mushohada qilishga undaydi. “Musiqa madaniyati” dasturiga kirgan buyuk g‘oyalarni aks
ettiruvchi T.Qurbonovning “Shiroq” baleti, U.Musayevning “To‘maris” baleti, T.
Jalilovning
“Tohir va Zuhra” operasi, S.
Yudakovning
“Mirzacho‘l” vokal –
simfonik syuitasi,
L. Betxovenning
“Qahramonlik”, Aa.
Motsartning “40 –
simfoniya”sini tinglab idrok etish
jarayonida o‘quvchilar bu asarlardagi aniq ifodalangan
musiqiy obrazlar va ularning
to‘qnashuvlari, ziddiyatlari, motivlar kurashi, dramatik rivojlanishlar haqida tushun
-
chalarga ega bo‘ladilar.
6
–
sinfda
o‘quvchilar bevosita mumtoz musiqa haqida tushunchalarga ega
bo‘ladilar. Mumtoz
musiqa namunalaridan tinglaydilar. Shuningdek, Sharq xalqlari
mumtoz musiqalaridan namunalar
tinglab, o‘z bilimlarini oshiradilar.
Shunday murakkab
vazifa o‘qituvchi oldiga qo‘yilmoqda. Yuqoridagi mavzularni o‘quvchilarga
to‘g‘ri
tushuntirish kerak. Operani, simfoniyani, baletni bir
–
biriga taqqoslab o‘rgatish kerakki
,bir umrga bu janrlarni bir
–
biridan ajrata olsin. Afsuski, ayrim joylarda o‘quvchilar
opera bilan ariyani farqiga bormay kelishmoqda. Kamchiliklarni aytmoqchi emasman.
Lekin o‘quvchilarga to‘g‘ri bilim berishga ma
jburmiz. Aks holda, kelajak avlod bizni
kechirmaydi.
Har bir tinglanadigan asar haqida qisqacha hikoya qilib bo‘lib,
asarni qisman
tinglaymiz. Asarni tinglashdan oldin o‘quvchilarga vazifa beramiz. Ya’ni asarda qaysi
musiqa asboblari ijro etmoqda. Qisman
–
qisman eshitib, endi asarning asosiy ohangini
kim kuylay oladi? Har
bir asarni tinglashdan oldin ma’lum vazifalar bilan tinglash kerak.
Bunda asarni xirgoyi qilib kuylashga, musiqa asarlari haqida tushunchaga, uni tahlil qila
olishga,
dinamik belgilar, alteratsiya belgilarini eshitib farqlashga o‘rganadilar. Musiqa
asboblarining tembridan, ya’ni eshitib
ajrata oladilar. Asarlar haqidagi suhbatdan keyin
asar haqida boy taassurotga ega bo‘ladilar va u asar bilan qiziqib qoladilar.
Asar muallifi,
janri, tempi, xarakteri, asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida bir
olam ma’lumotga ega
bo‘ladilar.
Tinglash uchun milliy kuy
–
qo‘shiqlar, maqomlardan namunalarni tanlasak,
maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Agar ijro o‘qituvchi tomonidan jonli tarzda amalg
a oshirilsa,
o‘quvchilar uni boshqacha samimiylik bilan qabul qiladilar.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini barcha jabhalarida zamonaviy elektron axborot
texnologiyalarining kommunikatsion resurslari dasturiy jihozlash vositalarining keng
imkoniyatlaridan foyd
alanish zamon talabidir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
belgilangan“o‘quv
-
uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish” natijasida “ta’lim oluvchilarning ma’naviy
-
axloqiy tarbiyalashning
va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab
chiqish”ga erishish hamda “Davlat ta’lim standarti”da belgilangan “musiqa madaniyati
ta’limining yangi mazmun
-mohiyatini yosh avlod tarbiyasida milliy musiqiy merosimizga
vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli
inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi”. Bunda o‘quvchilar musiqa san’atini
butun nafosati bilan o‘rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
118
etish, yakka
va jamoa bo‘lib kuylash, musiqiy iqtidorni shakllantirish orqali ijodkorlik
malakalarini rivojlantirish, jahon xalqlari musiqa durdonalarini tanishtirish bilan birga
millatlararo totuvlik va hamjihatlik tuyg‘ularini tarkib toptirishda innovatsion yondashuv
orqali ta’lim
-tarbiya berish asosiy maqsadi hisoblanadi. 2-
sinf “Musiqa”darsligida
o‘quvchilar tinglash va kuylashi uchun jami 38 ta asar berilgan bo‘lib, shundan 10 tasi
millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, do‘stlik, vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni o‘z
ichiga
qamrab olgan, 3-
sinf “Musiqa” darsligida jami 67 ta asar berilgan bo‘lib, shundan 20 tasi,
shuningdek, 4-5-6-sinflarda qariyb 25-35 %ni tashkil etdi. Bundan tashqari, barcha sinf
darsliklarida berilgan asar namunalaridan tashqari sinf fonotekasidan musiqa tinglash
faoliyati 5 sinfda 36 ta asardan 8 tani, 6-sinf darsligida 32 ta asardan 16 tasini, 7-sinf
darsligida 31 asardan 6 ta asar turli millat musiqa namunalari tinglash uchun tavsiya
etilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlar tahlil etib ko‘rilganda, musiqa
madaniyatining Davlat
ta’lim standartida ko‘rsatilgan jahon xalqlari musiqalarini tinglash va o‘rgatish
darsliklarda berilayotgan jami asarlarning 30-35%ini tashkil etmoqda va bu belgilangan
darajaga muvofiq kelmoqda [4].
DTSda belgilangan ana shu maqsad
ning to‘laqonli amalga oshirilishida ta’limning
barcha yutuqlarini keng ko‘lamda qo‘llab, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan
foydalangan holda amalga oshirish ijobiy natijalarga erishish uchun muhim omil bo‘lib
hioblanadi.
Aytaylik, barcha sinf darsl
iklarida berilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat
Madhiyasini tinglash va kuylanishi o‘quvchilarga o‘rgatish misolida ko‘rib chiqsak:
1-
boshang‘ich sinfda bu jarayon tinglash orqali amalga oshirila boshlanadi. Bunda
audio, DVD, kompyuter vositalaridan foydalaniladi.
2-
boshlang‘ich sinfda qo‘shiq matni va ohangi yodlanib ijro etila boshlanadi. Bunda
fortepiano, qosh
g‘
ar rubobi, bayan, akkordion kabi musiqa chol
g‘
u asboblaridan
foydalaniladi.
4-
sinflarda o‘quvchilar avvalgi sinflarga nisbatan o‘z fikriga ega bo‘layotgan,
jismonan va ma’nan o‘sayotgan davr hisoblanadi. Bu davrda bola o‘z “men”iga ega bo‘la
boshlaydi. Shu bois aynan madhiya ijrosi paytida ulardagi faxr-
iftixor, g‘urur tuyg‘ulari
yanada tarkib toptiriladi. O‘quvchiga asarning tub mohiyatini his etib kuylash o‘rgatiladi.
5, 6, 7-
sinflarda o‘quvchilarda har bir sohada mustaqil bo‘la boshlayotganliklari
seziladi. Aynan musiqa yo‘nalishida ularda o‘sish, intilish, rivojlanish, ijro malakalarining
oshishi kuzatiladi. Har bir o‘quvchi madhiyani
mustaqil ravishda kuylay oladi. Uning
mohiyatini chuqur his qilib, qo‘shiq matni va ohangini ongli ravishda tahlil qilish
darajasiga erishadi.
Olib borilayotgan darslar davomida o‘quvchilarni juft
-juft yoki qatorma-qator
holda o‘tkazilib, asarni kuylash avvalida barcha o‘quvchilar baravariga o‘qituvchi
tomonidan ijro etilayotgan musiqiy mashqlarni (notalar ketma-ketligi, uch tovushliklar
va ixtiyoriy tovushlar to‘plamini) Microsoft Office Power Point, Sibelius 4, Final 2005,
axborot ta’lim resursi yoki shunga o‘xshash dasturlar orqali ekranda yozib, so‘ng turli
tonalliklar asosida o‘quvchilar ovozini sozlovchi, baquvvat nafasga erishtiruvchi,
pog‘onalararo nafis kuylovchi, talaffuz a’zolarini tezkor, tillarni burro etuvchi mashqlar
bajarilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Barchaning nigohi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi nota varianti aks
ettirilgan proyektor doskasiga qaratiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
119
Berilgan asar davomidagi “sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon”, “Bag‘ri keng
o‘zbekning o‘chmas iymoni”, “Olamni
mahliyo aylagan diyor!” misralarining juft
ovozlikda berilishi tub mohiyatida so‘z matniga muvofiq tarzda O‘zbekiston qo‘shni
davlatlar bilan millatlararo totuvlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik ruhida faoliyat olib
borayotgani kabi asar ijrosida ham juft
sadolanish o‘zaro do‘stik ohanglari bilan yanada
o‘ziga xoslik va go‘zal ohangdoshlik aks etayotganligi tushuntirilib kuylanadi
[5].
O‘qituvchi har bir qator o‘quvchini madhiyaning o‘zlariga tegishli qismini tartib
bilan kuylashlarini nazorat qiladi.
Bundan tashqari, 6-sinf darsligida berilgan taniqli bastakor Habibulla Raximov
“Bolalar” nomli Jumaniyoz Jabborov she’riga musiqani yakka hamda jo‘r ovoz ijro yo‘lida
bastalaganki, uning ijrosi mobaynida o‘quvchilar bolalik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ularini
kuy
lashda belgilangan qismda jo‘r ovozlik yoki polifonik ijro orqali bir
-birlariga hurmat,
do‘stlik, ahillik fazilatlari bilan do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanganday tuyuladi.
Shuningdek, 6-
sinfda Dilbar A’zamova she’ri Gulnora Qo‘chqorava musiqasi bil
an
“O‘zbegimdan aylanay”, Dilshod Rajab she’ri Xurshida Hasanova musiqasi bilan
“O‘zbekiston
–
jannat”, 7
-
sinf darsligidan Qambar ota she’ri Muhammad Otajonov
musiqasi bilan “O‘zbekiston
–
onajon” asarlarida do‘stlik, vataparvarlik qardoshlik
tuyg‘ularini o‘quvchilar ongi va qalbiga singdirishda polifonik ijroning o‘ziga xos afzallik
tomonlarini ochib berishda innovatsion ta’lim yutuqlaridan keng foydalanish orqali
erishish samarali natijalarni yuzaga chiqishida muvafaqqiyat omili bo‘lib hisoblanadi
[6].
Davlat rahbarimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona davlat boshqaruvida
belgilangan “Harakatlar strategiyasi” Davlat dasturining “Millatlararo totuvlik va o‘zaro
manfatli hamkorlik” 5
-tamoyiliga barcha qatori har bir musiqa madaniyati fani
o‘qituvchisi o‘
zining fuqarolik burchi hamda pedagogik vazifalaridan kelib chiqqan holda
yondashsa, o‘ylaymizki, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan
mustaqil yurt taraqqiyoti rivojiga daxldorlik majburiyatini bajargan bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ishlar talablar darajasida bajarilsa, o‘ylaymanki, yosh
avlodni musiqani sevadigan, ardoqlaydigan,
har tomonlama yetuk inson bo‘lib voyaga
yetishida o‘zimizni munosib hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Bunday mashaqqatli va
sharafli kasb egalari bo‘lmish
o‘qituvchilarimizga
ijodiy barkamollik tilayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
htpp//www.lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning
qarori, 2022-yil 2-
fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir
qo‘shim
cha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–
112-sonli qarori.
2.
Soipova
D. “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi” (o‘quv qo‘llanmasi)
–
T.:
2019.
–
B. 25.
3.
Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. 6
- s
о
n.
–
T.: 1999.
–
B. 12.
4.
Hasan
о
v A. Maktabda ashula.
–
T: 1991.
–
B. 52.
5.
Gudk
о
va E., Vasilyeva
A. Ashula o‘qitish metо
dikasi.
–
T.: 1993. B. 17.
6.
Yo‘ldо
sheva S.
O‘zbekistоnda musiqa ta’limi va tarbiyasining rivо
jlanishi.
–
T.: 1958.
–
B. 71.
