Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Interpretation of the image of the mother in the prose of
independence
Sevara PARDAYEVA
1
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
The article is devoted to the analysis of events in the work of
Isadzhon Sultanninfa "Onayzorim". Also, the article attempts to
reveal the features of the story "Onayzorim", its art, the essence
of the work. The realities of the story were chosen as the basis
for textual analysis.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp357-360
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
image, history, art, mother,
Uzbek people, tradition.
Mustaqillik nasrida ona obrazi talqini
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
obraz,qissa,badiiy
vositalar,ona,o‘zbek
xalqi,an’ana.
Ushbu maqola Isajon Sultonninf
“Onaizorim” asaridagi
voqealar tahlili haqidadir. Bundan tashqari, maqolada
“Onaizorim” qissasining o`ziga xos xususiyatlari, badiiyati,
asardagi mohiyat ochib berishga harakat qilingan. Qissadan
o`rin olgan voqeliklar matniy tahlil uchun asos sifatida tanlab
olingan.
Трактовка образа матери в прозе независимости
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образ, история, искусство,
мать, узбекский народ,
традиция.
Статья посвящена анализу событий в произведении
Исаджона Султаннинфа «Онайзорим». Также, в статье делается
попытка раскрыть особенности рассказа «Онайзорим», его
искусство, суть произведения. Реалии рассказа были выбраны в
качестве основы для текстового анализа.
1
1st year master's student, Termez State University, Termez, Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
358
“Obraz”termini rus tilidan olingan bo’lib , o’zbek tilida “aks” degan ma’noni
anglatadi. Obraz tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo’llanadi.Keng ma’noda “badiiy
obraz” deganda, borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ijodiy qayta ishlangan har
qanday aksi nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi tushu
niladi. Badiiy
adabiyotda inson obrazini yaratishda, uning to’laqonli aksini o’quvchi ko’z o’ngida
jonlantirish uchun xizmat qiladigan bir qator vositalar mavjud.Bunga misol tariqasida
muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy vositalar
kiradi”[1.73]. Adiblar tomonidan yaratilayotgan har bir obraz asar davomida o’z o’rniga
ega hisoblanadi.Kichik detal ham o’sha asarning mukammal yaratilishiga o’z hissasini
qo’shadi.Isajon Sultonning “Onaizorim” qissasida ham ona obra
zining ochib berilishida
mana shunday badiiy unsurlardan keng foydalanilgan. O’zbek ayollariga, onalariga xos
bo’lgan samimiylik , bag’rikenglik, soddalik oddiy, lekin chuqur ma’noli so’zlar bilan
tasvirlanadi. Qissa boshlanishida peyzaj unsurlaridan keng foydalangan adib tabiat
jonlanishiga, yaralishiga shamol va suvning o’rni naqadar muhim ekanligini ko’rsatib
berish orqali bu hayotda insoniyat yaratuvchilar bo’lgan onalarning ham o’rni beqiyos
ekanligini ta`kidlab o’tmoqchidek go’yo.
Qarang, “Bahor tog’larning ustlaridan to nigoh yetmas olislardagi yaylovlargacha
yastanib ketgan bepayon kengliklarni sanoqsiz rang-u tus,shakl qiyofadagi anvoyi gul-
chechaklar bilan bezaydi, shamollar qatida islarini, gulchanglarini va urug’larini ko’tarib
uchib, boshqa yerlarga sochadi,turli-
tuman qushlar u rizqlardan cho’qib,sayrab
uchishadi”[2.]. Shu kabi so‘zlar bilan boshlanuvchi qissa Isajon Sultonning ,,Onaizorim”
qissasidandir. Qissa qahramoni Ra’no asar boshidan toki oxiriga qadar faol qatnashadi.
Umrning o’tishi esa hovli adog’idagi ariq suvi misol tez va o’tkinchi ekanligini, uning har
bir lahzasidan unumli foydalanish kerakligini o’quvchiga tushuntirmoqchi bo’ladi.
Ona adabiyotimizning o’lmas mavzularidandir. O’zbek adabiyotida ham, jahon
adabiyotida ham ona obrazi alohida o’rin tutadi. Har bir ijodkor borki, xoh u nasrda, xoh
nazmda bir bor bo’lsa
-da, bu mavzuda qalam tebratgan. Yozuvchilar tomonidan bu
obrazga bot-
bot murojaat qilinishining sababi bu dunyoning ustunlari bo’lgan onalarn
ing
naqadar buyuk xilqat ekanligining dalilidir. Ularning mehri va qahrining mushtarakligi,
uning ochib bo’lmas xarakteri ifodasidir. O’zbek nasrida ona obrazini tasvirlashda juda
ham maromiga yetkazib yozilgan asarlar mavjud. Bularga O’tkir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari”, Guljahon Mardonovaning “Quyoshim
-
enam” va Isajon Sultonning
“Onaizorim” kabilarni kiritishimiz mumkin. O’quvchilari tomonidan takror
-takror
o’qilaverib yod bo’lib ketgan, O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida ham
beg’ubor ona timsoli o’z badiiy qimmatini aks ettirgan. Ushbu qissada ona obrazi olmos
so’zlar, zarhal harflar bilan terilib, keng ma’noni o’zida mujassam etgan. Ustoz Said
Ahmad aytganidek: “….U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib,o’z onalarimizni o’ylab
ketamiz.
Shu mushfiq , shu jafokash onalarimiz oldida bir umr uzib bo’lmas
qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda
ko’ndalang turib oladi…’’.[3]
Xuddi shunday Isajon Sultonning ,,Onaizorim’’ qissasini ham mutolaa qi
lar ekanmiz
asar boshlanishidanoq toki so’ngiga qadar sodda o’zbek qizi, samimiy ayol va xokisor
onani ko’rishimiz mumkin. ,,Onaizorim’’ qissasi tarbiyaga asoslangan hamda sharqona
urf-
odatlarni o’zida jo etgan. Asarda turkiy xalqlar oilasida, qiz farzand
tug’ilsa, uning
tarbiyasi bilan ona shug’ullanishi ko’rsatib berilgan.
Qissaning
bosh
qahramoni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
359
Ra’no hali bolalik chog’idanoq onasi tomondan unga o’zbekona an’analar asosida tarbiya
bera boshladi.
…Qizalog’im har muomalaning o’z odobi bor…
-Erkak kishiga tik qaramagin,-deydi ona.
-Nega?
-Odobsiz qizcha ekan deyishmasin-
da.Erkak kishi kelayotganida yo’l bo’shat,
qaqqayib turma. Yoningga kepqolsa-
yu tanish bo’lsa, yerga qarab salom ber, notanish
bo’lsa gapirmayam, qaramayam. Jamalak sochgina, shaddodgina Ra’no mana shularni
ko’ra
-
ko’ra o’sadi…[2.]
O’zbek xalqi azal
-
azaldan tarbiyaga katta ahamiyat qaratgan. Ayniqsa, o’zbek
qizlari o’zlarining boshqa xalqlardan hayosi va ibosi bilan ajralib turadi. Ular ,,Kattalarga
hurmat
–kichiklarga izzat’’ruhida ulg’aytiriladi. O’zbek xalqi ongiga azal
-azaldan ona
siymosiga chuqur hurmat, ehtirom singari tuyg’ular singdirilgan. Buning isboti sifatida
Al-Buxoriyning sahih hadisida ham shunday deyiladi:
“Mening go ‘zal suhbatimga eng haqli inson kim”,
-
deb so’radi. Payg’am
barimiz :
“Onang”,
-
dedilar. U : “So’ng kim?” ,
-
dedi. Payg’ambarimiz : “So’ng onang dedilar”. U:
“So’ng kim?” dedi. Payg’ambarimiz : “So’ng onang”,
-
dedilar. U: “So’ng kim ?”,
-dedi.
Payg’ambarimiz : “So’ng otang”,
- dedilar.[4]
Yuqoridagi hadisda purma’no
so’zlar ipga tizilgan marjondek hayot haqiqatini
o’zida mujassam etgan. Ota
-onaga yaxshilik qilish farz, har bir farzand zimmasidagi
burchdir.
“
Onangdan bosh tovlama oshmasin dardi,
Hayot toji erur oyog’in gardi”,
-
Rudakiy qalamiga mansub bu misralarda
ham yuqoridagi so’zlar o’z aksini topgan.
Qissada o’zbek mentalitetiga xos an’analarni juda ko’plab uchratish mumkin.
Bunga yorqin misol sifatida onalarning bo’yi yetgan qiziga turmushga chiqish vaqti
kelganini anglatish, tushuntirish uchun
quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi:
“Boqqa kirsam , olma rosa qizarib pishibdi ,
-dedi ona kulib.
-Bozorga olib chiqib sotib yuborsammikan?
Haqiqatan ham, bog’ning olmasi taram
-
taram qizg’ish, boshqa tarafi och yashil
bo’lib yetilgan , yaqiniga borsa , bosh
ni aylantirar shirin isiyam gurkirab turardi.
Ra’no endi aytilgan gapning tagida boshqa gap bo’lishini bilib olgan edi.
-Sotib nima qilasiz ,-
dedi g’ashi kelib.
-Zarari tegyaptimi, bechoraning?
…
-Meva yetilsa , uzib egasiga berasan-
da!Yerga to’p etib tushsinmi bo’lmasa?
-Tushsa tushaversin ,-
dedi Ra’no zarda qilib.
-
Qo’yarmidim?
-deb kuldi ona.
-
Xalqning ko’ziga katta to’y qilamiz hali… ”.[2.]
Har bir gapini yetti o’lchab bir kesadigan dono xalqimiz mana shunday nozik
vaziyatlarga ham chiroyli o’xshatishlar
topa bilgani naqadar hayratlanarli holdir. Qissada
qishloqlardagi to’y marosimlari, ulardagi qadim tarix va o’z ma’nosiga ega bo’lgan odatlar
ham o’z aksini topgan.
Umuman olganda, “Onaizorim”qissasi shunchaki oddiy qishloq qizi, ayoli, onasini
tasvirlash
yoki aytib o’tishdan iborat emas. Balki Ona timsolida zahmatkash xalq
qiyinchiliklari, boriga shukur qilish, farzand tarbiyasida xalq amaliy san’atlarining o’rni,
insoniylik qadr-
qimmatining nechog’lik ustun tushunchalar ekanligini ko’rishimiz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
360
mumkin. Bu a
sarni o’qir ekansiz, o’z onalarimiz ko’z oldimizda gavdalanadi. Ularni
nechog’lik yaxshi ko’rishimizni aytgimiz kelib ketadi. Shunday ekan, ularni borida
qadrlaylik…
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish.-T.:Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi
nashriyoti.2004
2.Isajon S.Asarlar. Romanlar va qissalar.2-
jild.Toshkent,G’.G’ulom N.I.M.U.2017
3.Said Ahmad. Ijod va jasorat-T.:Mustaqillik matbuoti,2000
4.Imom al-Buxoriy. Al-
Jomi’ as
-Sahih.-T.:1991
