Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The image of the problems of the period in Surkhan's prose
Sohiba ESHNAZAROVA
1
Termez state university
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
The article describes the artistic reflection of the problems of
the time in the comics "Consilium" and "In one meeting" by
Safar Kokilov, one of the great representatives of Surkhandarya
literature.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp374-378
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
fiction,
comedy,
story,
Surkhan prose,
satire,
humor
Surxon nasrida davr muammolari tasviri
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
badiiy adabiyot,
badiiy asar,
hajviya,
hikoya,
Surxon nasri,
satira,
yumor
Maqolada Surxon adabiyotining zabardast vakillaridan biri
Safar Kokilovning “Konsilium” hamda “Bir majlisda” deb
nomlangan hajviyalarida davr muammolarining badiiy aks
etishi yoritib berilgan.
Изображение проблем периода в прозе Сурхана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
художественная
литература,
комедия,
В статье рассматривается художественное отражение
проблем времени в комиксах «Консилиум» и «В одной
встрече»
Сафара
Кокилова,
одного
из
крупных
представителей сурхандарьинской литературы.
1
2 stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
375
повесть,
сурханская проза,
сатира,
юмор
Istiqlol davri adabiyotshunosligining xalqaro maydondagi оʻrni va
milliy madaniy
merosini tadqiq etish, qadriyatlarni anglash zarurati bugungi globallashuv jarayonida
badiiy adabiyotning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish, badiiy asarlarning jahon
adabiyoti rivojidagi munosib оʻrnini asoslash, keyingi davr adabiyotiga
kuchli ta’sir
оʻtkazgan ijodkorlar merosini оʻrganishni taq
ozo etmoqda. Bugungi madaniy-
ma’rifiy
sohalardagi amalga oshirilayotgan islohotlar va kechayotgan jarayonlar оʻzbek
adabiyotshunosligi oldiga ham qator yangi vazifalar qоʻymoqda
. “Bugun biz davlat
va
jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion
rivojlanish yоʻliga оʻtmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan
rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyag
a
tayangan davlat yutadi”
. Bu jarayonda muayyan xalq badiiy tafakkuri mahsulining
insoniyat ma’naviy olamini yuksaltirishdagi оʻrni va ahamiyati, uning оʻziga xos
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Har qanday badiiy asar ham oʻz davrining xoh maishiy, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy
boʻlsin qandaydir muammolarini aks ettiradi. Chunki ijodkor borliqni oʻz koʻzi bilan
koʻrib, oʻz dunyoqarashi, tafakkuri, bilim darajasi, tuygʻulari, kayfiyatidan kelib chiqib
,
asarini yozadi.
“Albatta, adabiyot oʻz davrining dolzarb muammolarini yoritib koʻrsatishi
kerak. U bu bilan kishilarning diqqat-
e’tiborini ma’lum masalaga jalb etadi.”,
-
deydi
professor Abdulla Ulugʻov.
Dunyo adabiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, qaysi mavzuda yozilgan boʻlmasin,
shuhrat topgan badiiy asarlar davr muammolarini yoritib berganligining guvohi
boʻlishimiz mumkin. Oʻzimizning adabiyotimizda ham shu holatga koʻzimiz tushadi.
Masalan, “Oʻtkan kunlar” yoki boʻlmasa “Kecha va kunduz” romanl
ari misolida
qaraydigan boʻlsak, har ikki asar ham oʻz davrining dolzarb masalasini aks ettirishga
xizmat qilgan.
Surxon nasri namoyandalarining ham davrning turli muammolarini aks ettirgan
asarlari mavjud. Shular sirasiga Safar Kokilovning qator asarlarini misol qilib
keltirishimiz mumkin. Adib juda koʻp holatlarda jamiyatdagi muammolarni hajviy
hikoyalar orqali olib chiqishga harakat qiladi. Adabiyot tarixiga nazar tashlanadigan
boʻlsa, koʻplab ijodkorlar hajviyalar orqali muammolarni aks ettirishni ma’qul koʻrishgani
kuzatiladi. Muqimiy, Zavqiy, Qodiriy, Qahhor, Gʻаfur Gʻulom, Said Ahmad, Anvar Obidjon
kabi bir qancha ustoz ijodkorlar shular jumlasidandir.
“Ustoz yozuvchi Sa’dulla Siyoyev ta’biri bilan aytganda, hajviyotimizni tebratib
kelayotgan chinorl
ar supra оʻqlog‘ini yig‘ishtirib “iste’foga” chiqqan bugungi zamonda
yangi bir hajvchi
–
yozuvchining yuz kоʻrsatgani quvonchli hol, albatta… Uning kоʻngli,
dardi, nomayi a`mo
li barcha yozganlarida aks etib turibdi. Safar Kokilov tоʻg‘ri sоʻzlikni,
adol
atni qadrlaydi. Yolg‘onchilik, loqaydlik va kоʻzbоʻyamachilikni оʻlguday yomon
kоʻradi”
.
Adib ijodiga e’tibor qiladigan boʻlsak, aksariyat asarlarida shifokorlar yoxud
shifoxona bilan bogʻliq voqealar qalamga olinganligining guvohi boʻlamiz. Bu narsa uning
shu sohada ishlagani va bu muhitni ichidan bilganligi uchun boʻlsa kerak. Uning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
376
“Konsilium” nomli hajviyasini оʻqigan kishi bugunning ogʻriqli muammolariga duch
keladi. Hajviya mana bunday boshlanadi:
“Sigaret tutunga tоʻla katta xonada oq xalat kiygan bir necha оʻta jiddiy qiyofadagi
kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi.
–
Yоʻq, yоʻq. Men ololmayman. Bemorning dardi jarrohlik emas. Uni terapevt olsin,
–
dedi sakkizinchi marta sоʻz olgan jarroh Jovliyev.
–
Ye, nega endi? Bemor chisto infeksionniy-k
u?! Tag‘in izidan hech kimi yоʻq ekan.
Uni yuqumli kasalliklar bоʻlimiga yotqizish kerak. Tamom
-vassalom,
–
e’tiroz bildirdi
terapiya bоʻlimi boshlig‘i hоʻppasemiz Qorbosdiyev”.
Bir shifoxonaning shifokorlari kecha kelgan bemorni qaysi soha vrachi olishi
kerakligini muhokama qilib,
ertalabdan beri bir qarorga kela olishmaydi, aniqrogʻi
,
“sen
ol, sen ol” qilib birbiriga solishadi. Oxir
-
oqibatda, vaqt peshindan o‘tib ketadi. Hamshira
kirib bemorning vafot etganligi va uni qayerga joylashtirish kerakligini so‘
raydi. Barcha
shifokorlarga jon kirgandek xursand bo‘lishadi va baravariga “Morgga” deb yuborishadi.
“Konsilium” hajviyasi oʻz vazifasiga panja orasidan qaraydigan, inson hayotini
qadrlash oʻrniga, oʻzining qulogʻi tinch boʻlishini istaydigan shifokorlar
haqida. Dastlab
hajviya sarlavhasining ma’nosini bilib olish zarur. Izohli lugʻatda konsilium soʻziga
quyidagicha ta’rif berilgan: “
Konsilium [lot. Consilium
–
maslahat; kengash, muhokama]-
ayrim hollarda kasallik xususiyatini, bemorning ahvolini aniqlash hamda davolash
yoʻllarini belgilash uchun chaqiriladigan vrachlar kengashi
”.
Hajviyada muallifning
aralashuvi deyarli sezilmaydi, asar deyarli toʻliq dialog ustiga qurilgan. Muallifning
aralashmaganligi, faqatgina dialoglarni kitobxonga havola etgani uchun ham asar tabiiy
chiqqan. Asarning shunday nuqtalari borki, bular hajviyaning butun yukini, muallifning
mahoratini koʻrsatib turibdi. Bular quyidagilar:
“Sigaret tutunga tоʻla katta xonada oq xalat kiygan bir necha оʻta jiddiy qiyofadagi
kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi
”, “Kun peshindan og‘di. Ular esa…”, “Xonada
оʻtirganlar ham sekin qоʻzg‘olishdi.
Uy-
uyiga…” hajviyaning boshi, oʻrtasi va oxirida
kelgan xuddi shu uchta gapi shifokor xodimlarning oddiy ish kunini qanday qilib
oʻtkazishi haqida tasavvur uygʻotadi. Ertalab kelishadi, majlisni tushgacha oʻtkazishadi va
uyiga ketishadi… Hamshiraning gapidan anglashiladigan bemorning kecha keltirilganligi
va shifokorlar bir qarorga kela olishmasdan bemor koridorda tong ottirganligi-yu, shu
yerda shifokorlardan behuda umid qilib, jon bergani bu holatni yanada boʻrttirib
koʻrsatishga xizmat qiladi..
Demak, shifokorlar ertalabdan buyon bemorga tashxis qoʻyish uchun yigʻilish
oʻtkazishmoqda, kun peshindan ogʻdi hamki, ular bir qarorga k
elisholmadi, buning ikkita
sababi bor, bizningcha. Birinchisi, shifokorlar mutlaqo tib ilmidan bexabar, chunki agar
ular orasida malakali va bilimlisi boʻlganida bemorni oʻzi davolashdan qochmagan boʻlar
edi. Ikkinchi sabab ular bemor bilan bogʻliq qogʻoz
bozlik ishlaridan qochmoqdalar. Ayni
shu farazning haqiqatga anchayin yaqin ekanligi asarda koʻrinadi. Barcha shifokorlar bir
ovozdan uni reanimatsiyaga yotqizmoqchi boʻlishganda reanimatologning “Hisobot
-
chi?!”
deb yuborganidan bu anglashiladi. Ushbu o‘rindan ma’lum bo‘ladiki, adib bu hajviyasida
yuqorida aytilgan muammolardan tashqari yaqin o‘tmishimiz va davrimizning dolzarb
muammolaridan biri bo‘lgan hujjatbozlik masalasiga ham mohirona tarzda “zarba berib”
o‘tgan ekan.
Asar satirik hajviya sirasiga kiradi, deb bemalol aytish mumkin, chunki bu yerda
yuz bergan hodisaga samimiy kulgu emas, achchiq kulgu, zaharxanda bilan munosabat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
377
bildirilmoqda. Kulguga olingan nuqsonni tuzatish emas, batamom bu yoʻqotish
koʻzlangan bu hajviyada jamiyatdagi illatlarni yor
itish maqsad qilingan.
“Satiraning
yumordan farqi shundaki, u oʻz obyektida ayrim nuqsonlar, tuzatsa boʻladigan
kamchiliklarni emas, balki butunlay tanqid va inkor etiladigan mohiyatni
–
jamiyat va
uning taraqqiyoti uchun jiddiy zarar keltiradigan, ijtimoi
y xavfli illatlarni koʻradi. Shu
bois satira tuzatishni emas, butunlay yoʻqotish maqsadini qoʻyadi”
.
Hajviyaning satirik ruhda yozilganligini muallifning asar qahramonlariga tanlagan
ismlaridan ham bilish mumkin. Jovliyev, Qorbosdiyev, Tоʻng‘izboyev, Kurrayev, Gʻassolov
kabi nomlarning oʻzi ochiq kinoyani ifodalayotganligi koʻrinib turibdi. Bemorni
shifokorlar emas, xuddi Toʻngʻiz, Kurra va yana shunga oʻxshash maxluqlar davolayotgan
-
u, u yerda gʻassol ham tayyordek tasavvur uygʻonadi. Yozuvchi bu yerda ism
lar oldidan
berilgan so‘zlar bilan ajoyib ohangdorlik, alliteratsiyani vujudga keltirgan “Jarroh
Jovliyev”, “tоʻng‘illab Tоʻng‘izboyev”, “kardiolog Kurrayev”
kabilar shular jumlasidandir.
Safar Kokilovning davr muammolarini aks ettirgan yumoristik ruhda yozilgan
hikoyalari ham bor. Ulardan biri “Bir majlisda” deb nomlangan hajviyasidir. Hajviya
shifoxona bo‘lim boshligʻi Qodirovning hikoya qahramoni ham so‘zlovchisi bo‘lmish
shifokordan o‘zining o‘rnidan majlisga borib kelishini iltimos qilishi bilan boshla
nadi.
Tuman miqyosida o‘tkazilayotgan majlisda tumandagi barcha sohalaridagi insonlar,
asosan, boshliqlar yigʻilgan bo‘ladi. Bosh qahramon majlisda ko‘plab ziyolilar
qatnashayotganini ko‘rib, majlis madaniy
-
ma’rifiy mavzuda bo‘lsa kerak deb uzoq kutadi,
gap esa faqat suv va dehqonchilik xususida boradi. Majlis raisi barchani bir-
bir turgʻizib
hisob so‘raydi, navbat qahramonimizga yetganida: “Ishimiz yaxshi. Tez yordam
mashinalarimiz barisi soz. Yaqinda g‘ildiraklarini almashtirdik. Chaqiriqlarga o‘z vaqti
da
borib turibmiz. Shikoyatlar tushmayapti. Hozir gripp ko‘paygan. Kuniga yetmish
-
saksonta chaqiriqqa borib, bemorlarga baholi qudrat yordam beryapmiz”,
- deb javob
beradi. Uning javobidan majlis raisining figʻoni falakka chiqadi va : “Hoy do‘xtur,
kasalin
gni ishxonangga borib davolaysan. Bu yerda sen bizga, o‘zingga berkitilgan fermer
xo‘jaliklardagi ahvol to‘g‘risida axborot ber. G‘allaning o‘sishi qanday? Gul davrida dori
berildimi? Paxtani navbatdagi suvdan chiqardilaringmi? Suvni sharbat usulida
beryap
silarmi? Menga ana shulardan gapir, o‘rtoq do‘xtur”,
-
deya shifokorni “tuzlaydi”.
Shu paytgacha davlat yigʻilishlarida qatnashmagan qahramonimiz endi majlisning
mavzusi nima ekanini anglab yetadi. Shu holatda asar qahramoni shunday vaziyatga
tushadi: “Boshimga tayoq tekkanday karaxt bo‘lib joyimga cho‘kdim. Bir kulgim keladi,
bir jahlim chiqadi”. To‘gʻri, mantiqan olib qaraganda, uning kulgisi kelishiga ham, jahli
chiqishiga ham haqqi bor. Axir, shifokorlar, o‘qituvchilar dehqonchilik bilan shugʻullanib,
s
oatlab majlislarda o‘tirsa, bemorlarga kim qaraydi, tibbiyot qachon rivojlanadi?!
Hikoya shunday tugaydi: “Yuz yil yasha –yuz yil o‘rgan”, deganlari bejiz emas
-da.
Shunday qilib, majlis yana ikki soatlar cho‘zildi. Paxtasini suvga bostirib zaxlatgan bir
-
ik
ki maktab direktori va terapiya bo‘limining boshlig‘iga “Hayfsan” e’lon qilindi. Bir artist
ishdan haydaldi. Bir maktab direktori paxta ko‘chatlari tekis o‘sib chiqmaganligi uchun
chigitni ekmay sotgan degan gumonda ishi prokuraturaga oshirildi.
Majlis oxi
rida viloyatdan kelgan vakil paxta va g‘allaning ahamiyati haqida yana bir
soat va’z aytib;
-Ishga mas`uliyat bilan yondashmagan kishilarni jinoiy javobgarlikkacha
tortishimiz mumkin. Hamma ishini yig‘ishtirib dalaga chiqsin. Kerak bo‘lsa, o‘sha yerga
ko‘chib borib yashaysizlar ham…
-
deb dag‘dag‘a qildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
378
Shu bilan majlis tugab tashqariga chiqqanimizda soat tunggi uchni ko‘rsatayotgan
edi. Yo‘limiz bir bo‘lsa ham, bosh hakim meni kutmay jo‘nab qopdi. Zarda qilgan
-da.
Esnay-
esnay uyga piyoda yetib keldim. Xo‘rozlar qichqirayotgan edi”.
Ushbu hajviyada hikoya qilingan voqealar yaqin-yaqingacha bor edi. Maktab
o‘quvchilaridan tortib, shifokorlargacha barcha soha vakillari terimga jalb qilgan kunlarni
ko‘pchilik yodidan chiqarganicha yo‘q. Adib o‘z davrida urchiga
n mana shu illatni
mahorat bilan qalamga olgan, fosh qilgan. Hajviya oxirida majlisning tungi soat uchda
tugaganligi ham “nishonga aniq urilgan o‘q” desak, mubolagʻa bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda
shaxsan Davlat rahbarimiz tomonidan majlisbozlikka qarshi kurash boshlangan va
jamiyatimiz bu illatdan qutulib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “
Keraksiz
majlislarni o‘tkazishni tugatish kerak. Otbozorga aylanib ketyapti. Ba’zi rahbarlar
majlisbozlik bilan kasal. Keraksiz majlislar o‘tkazadigan… 40 daqiqadan ko‘proq (majlis)
o‘tkazadiganlar ishdan ketadi
”,
-
deya ta’kidlab o‘tgandilar.
Iste’dodli adib Safar Kokilovning har bir hajviyasiga nazar tashlasangiz,
jamiyatimiz, insonlar hayotidagi qaysidir muammoni qo‘rqmasdan olib chiqqanligining
guvohi bo‘lasiz. Shu jihatdan adib ijodi chuqur o‘rganilishga, tadqiq qilinishga muhtoj.
Adib hajviyalarida o‘zi eshitgan va ko’rgan voqealarni, insonlarda uchraydigan qusur va
illatlarni shunday borligicha, chetdan turib, hikoya qilib beradiki, qahramonning holati,
so’zi, qiliqlari sizda beixtiyor kulgu uyg’otadi, shu bilan birgalikda, tafakkur qilishga
chorlaydi. Aynan shuning uchun ham Safar Kokilov ijodi adabiyotimiz uchun muhim
Библиографические ссылки
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга Мурожаатномаси//Халқ сўзи. –Тошкент: 2017. 23
-
декабрь
2.
Namozova S. Safar Kokilov ijodida inson taqdiri muammosi. Bitiruv malakaviy
ishi.
–
Termiz, 2021.
–
52 b.
3.
Quronov D., Mamajonov Z.,
Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
T.:
Akademnashr, 2013.
–
408 b.
4.
Ulugʻov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. –T.: Gʻ.Gʻulom nomidagi NMIU. 2018. –
308 b.
5.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II жилд. –Т.: “Ўзбекистон миллий
энсиклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2006. –
672 б.
6.
https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/27/meetings/
7.
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/safar-kokilov/safar-kokilov-konsilium-azhviya/
