Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical conditions for improving the school
preparation group children
’
s preparation mechanisms for
school preparation
Gulnora KHOLBOEVA
1
Pedagogical Institute of Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
In this article, the preparation of the pre-school group for
school education, one of the main tasks of pre-school education,
which is the main link of continuing education, is to prepare a
child for school education. They need to take into account the
need to ensure a smooth transition to education.
Any innovation in the education system implies the
availability of information and methodological support.
Therefore, preschool education organizations through the
study, analysis and generalization of best pedagogical practices
in the introduction of innovations in the educational process
and the implementation of the achievements of pedagogical and
psychological sciences, the use of modern pedagogical and
information and communication technologies Improving the
content and methods are important areas.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp4
55-459
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
preschool education,
assessment mechanisms,
preparation for school
education,
pre-school education,
complex,
psychological environment.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining maktab ta’limiga
tayyorgarligini baholash mexanizmlarini takomillashtirishning
pedagogik shart-sharoitlari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
maktabgacha ta’lim,
baholash mexanizmlari,
maktab ta’limiga tayyorlash,
maktabgacha ta’lim
muassasidagi ta’lim
-tarbiya,
kompleks,
psixologik muhit.
Mazkur maqolada maktabga tayyorlov guruhini maktab
ta’limiga tayyorlash, uzluksiz ta’limning bosh bo‘g‘
ini hisob-
langan maktabgacha ta’limning asosiy vazifalaridan biri bolani
maktab ta’limiga tayyorlash ekanligi, maktabgacha ta’lim muas
-
sasidagi ta’lim
-
tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz
o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari l
ozimligi
haqida s
o‘
z boradi.
1
Teacher, Pedagogical Institute of Termez State University. Termez, Uzbekistan. E-mail: gulnora@terdupi.uz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
456
Ta’lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innovatsiya
axborot va metodik ta’minotning mavjudligini ko‘
zda tutadi. Shu
sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘
quv jarayoniga
innovatsiya kiritishda il
g‘
or pedagogik tajribalarni
o‘
rganish,
tahlili qilish va umumlashtirish hamda pedagogik-psixologik
fanlarning yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy
pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imko-
niyatlaridan foydalanish orqali
o‘
quv jarayonlari mazmuni va
metodlarini takomillashtirish muhim y
o‘
nalishlardan sanaladi.
Педагогические
условия
совершенствования
механизмов оценки групповой подготовки детей к
школьному обучению
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
дошкольное образование,
механизмы оценивания,
подготовка к школьному
обучению,
дошкольное образование,
комплекс,
психологическая среда.
В данной статье обсуждается вопрос о подготовке
дошкольной группы к школьному обучению, который
является одной из основных задач дошкольного
образования. Любое нововведение в системе образования
предполагает наличие информационно
-
методического
обеспечения.
Поэтому
организации
дошкольного
образования путем изучения, анализа и обобщения
передового педагогического опыта по внедрению
инноваций в образовательный процесс и применению
достижений педагогических и психологических наук,
использованию
современных
педагогических
и
информационно
-
коммуникационных технологий. и методы
являются важными областями.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘
naltirilgan dasturlar va
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos b
o‘
ladi. Hujjat tizimni malakali
peda
gog kadrlar ta’minlash, davlat MTTlar quvvatini oshirish, moddiy
-texnik holatini
yaxshilash hamda davlat MTTlarining
o‘
quv-
metodik materiallar bilan ta’minlash kabi
vazifalarning hal etilishini nazarda tutadi.
O‘
zbekiston Respublikasida maktabgacha
ta’lim
t
o‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota
-onalarning
mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim
muassasalarida, shuningdek, MTTlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTTlarda,
maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu
yerda ular haftada 2-
3 marta shug‘ullanishadi
[8]. Ota-
onalarga maktabgacha ta’lim
shaklini tanlash huquqini beriladi. 6-
7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini
aniqlashda maktabg
acha yoshdagi bolalar ta’lim
-
tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy
shart hisoblanmish
–
bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi
hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki MTTdagi ta’lim
-
tarbiya sharoi
tlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga
olishlari lozim [4].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
457
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Xususan, Abu Nasr Forobiy bolaning psixik rivojlanishida ota-onaning ruhan va
jismonan sog‘lomligi ta’siriga bevosita biologik omil nuq
tayi nazaridan qarab, ularning
oiladagi bolaga bo‘lgan munosabati, xarakteri hamda atrofdagilar bilan o‘zaro muno
-
sabatini bolaning ijtimoiylashuviga, hamkorlik aloqalari tendensiyasining rivojlanishiga,
maqsadli faoliyatga kirishishga ta’sir etuvchi ijtim
oiy omil sifatida baholagan. Uning
mazkur qarashlarida ota-
onaning funksiyalariga e’tibor qaratish lozimligi masalasi ochib
berilgan. Forobiyning pedagogik va psixologik ilmiy qarashlari oilada bola shaxsining
shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Sharqda “
Shayx ur-
rays” nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk olim Abu Ali Ibn
Sinoning “Tib qonunlari” va “Amaliy hikmat” asarlarida oila, ota
-ona hamda bola muno-
sabatlariga oid qarashlarida o‘ziga xoslik shundaki, u o‘z asarlarida ota
-ona bolaning
jismoniy salomatlig
iga alohida e’tibor berishi lozimligini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino
bolani havosi o‘rta darajada, issiq va sovuq bo‘lmagan uyda uxlatishni, bola uxlatiladigan
uy soya va qorong‘u bo‘lmog‘i kerakki, bu uyga quyoshning nuri tushmasligi, bola o‘rinda
yotga
nda uning boshi tanasining boshqa bo‘laklaridan yuqorida turishi, bolaning yotar
o‘rni bo‘yni, qo‘l, oyoqlarini va umurtqa ustunini qiyshaytirib qo‘yishdan saqlash
lozimligini ta’kidlaydi [2]. U har bir bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tiborli
bo‘lishi lozimligini ta’kidlarkan, ota
-
onaning bolaga bo‘lgan munosabatidagi ma’suliyat
-
lilik, javobgarlik hissiga alohida urg‘u beradi. Ota
-onaning bola shaxsini hurmat qilishi,
nihol misol bolani qo‘pol so‘zlarsiz parvarishlash lozimligini, haddan ziyod hay
ajon-
lantirish ruhiy nosog‘lomlikka olib kelishi, ota
-onaning vazifasi va xarakter xususiyatlari,
ayniqsa, onaning munosabatlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi zarurligi oiladagi psixo
-
logik muhit ta’siriga e’tiborni qaratadi.
Tahlil va natija. Abu Ali ib
n Sino “Tib qonunlari” asarida yozishicha: “Tarbiyachi
-
ning diqqati bola xarakterini yaxshilashga, bolaga qattiq g‘azab, qo‘rquv, munosabatdagi
og‘ir tabiatlilik begona bo‘lishiga, bola nimani xohlashi va nimaga intilishi ko‘rinib
turishiga hamda uning oldida unga yoqmaydigan narsani qilmaslikka qaratilishi zarur.
Buning yordamida ikki yoqlama foydaga erishiladi: birinchidan, bolada uning ilk bolalik
davridan boshlab, kuchli ijobiy xarakter shakllanadi; ikkinchidan, bunday rivojlanish
bolaning jismoniy rivo
jlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [1]. Axir, g‘azab kuchli qo‘zg‘a
-
tuvchi bo‘lib, og‘ir tabiatlilik holdan toydiradi, dangasalik esa hayotiy kuchlarni
qisqartiradi”.
Ilmiy-
pedagogik tahlillardan ko‘rinib turibdiki, Sharq mutaffakirlari bola tarbiyasi
xhqidagi qarashlarida pedagogik va psixologik jihatdan juda ham muhim fikrlarini aytib
o‘tishgan, ayniqsa, ota
-
ona va bola o‘rtasidagi munosabatga alohida e’tibor qaratishgan.
Mazkur qarashlarda ota-
ona mas’uliyati, ularning muomala usuli, bola shaxsi shakl
-
lanishida ota-
onaning ta’siri va unga munosabati muhim o‘rin egallashini aytib o‘tishgan
[6]. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayoni
murakkab va tizimli jarayon sanalib, uning samaradorligi maktabgacha ta’lim tashkilo
t-
laridagi pedagogik jarayon samaradorligi bilan uzviy bog‘liq holda baholanadi. Bolalarni
maktabga tayyorlash jarayonini hamkorlikka asoslangan pedagogik tafakkur doirasida
tashkil etish natijasida ularda quyidagi ko‘nikmalar shakllantiriladi: a) didaktik
materiallar ustida hamkorlikda ishlash; b) topshiriqlarni birgalikda mustaqil bajarish;
v) o‘zlashtirilgan axborotlarni tahlil qilish; g) ijodiy layoqatlarini rivojlantirish kabilar.
Buning natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o‘zlarini
qulay his qiladi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
458
o‘zlariga tashqaridan nazar tashlashga odatlanadi, o‘z xatti
-harakatlarini tanqidiy
baholay boshlaydi. Natijada, o‘z kamchiliklarini aniqlashga erishadi, bir
-birlarining
fikrlarini tinglay boshlaydi, tengdoshlarining fikrlariga e’tibor qa
ratadi, ularning fikrlari
bilan hisoblashish ko‘nikmasini egallaydi.
XULOSA
Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligini kompleks baholash muam
-mosining
ijtimoiy-
pedagogik zarurati haqida so‘z borar ekan, tadqiqotchi M.
Hamdamova ushbu
masalani bu
borada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va pedagog
-tarbiyachilarining
kasbiy kompetentligi muammosi bilan bog‘laydi [7]. Tadqiqotchinig fikricha, maktab
-
gacha ta’lim tashkiloti rahbari amaliy faoliyatida asosiy funksiyalarni bajarish uchun
nafaqat umumiy professional kompetentliklarga, balki menejment sohasidagi maxsus
bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan ta’lim tizimining
dolzarb vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotida istiqbolli rahbar, pedagogik xodim,
boshqaruv kompete
nsiyalariga ega bo‘lgan menejerni shakllantirishdan iborat. Mazkur
jarayonlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetentligini
umumiy tahlil qilish uni umumiy kognitivda ajralmas shaxsiy va kasbiy xususiyat sifatida
aniqlashga imkon beradi [9]. Shu bilan birga, umumiy va, ayniqsa, pedagogik boshqa-
ruvda boshqaruv faoliyati qonunlari va prinsiplarini bilish; boshqaruv faoliyatida yuzaga
keladigan vaziyatlarni tushunish, tahlil qilish va baholash qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat qiluv
chi qadriyati (gumanistik, demokratik, shaxsga yo‘naltirilgan qiymat yo‘na
-
lishlari); rahbarning maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruv funksiyalarini profes
-
sional darajada bajarishga tayyorgarligi va qobiliyatini belgilaydigan kommuni-kativ
(konstrukt
iv o‘zaro ta’sirga, kommunikativ qobiliyatlarga) va tashkilotchilik (bashorat
qilish, rejalashtirish, boshqarish faoliyatini tashkil etish, mashqlarni boshqarish va
boshqalar) kompetentligini takomillashtirishni taqazo etadi. Mazkur rivoj-lanish sohalari
v
a ularda belgilangan mazmun, kompetensiyalar bolalarni maktab ta’limiga tayyor
-
garligini shakllantirish va baholashdagi muhim mezonlar sifatida xizmat qiladi. Jumladan,
bolaning bilish-kognitiv jarayonlarining rivojlanishi undagi aqlik-intelektual, ijodiy-
kreativ hamda hissiy-
emmotsional sohadagi o‘sish darajalarini belgilab beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Hamida Ahmedova. Bolangiz maktabga tayyormi? Marifat-madadkor nashriyoti.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz.
–
T.:
“O‘zbekiston”, 2017.
3.
Mirziyoyev Sh
.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib
-intizom va shahsiy javobgarlik-har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –
T.: “O‘zbekiston”. –
2017.
4.
O‘zbekiston respublikasi va
zirlar mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi
“
Oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash
haqida
”
gi 595-qarori
5.
O‘zbek
iston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi
“Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802
-sonli
qarori
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016
-yil 29-
dekabrdagi “2017–
2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori
7.
P. Yusupova.
“
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi
”
“O‘qituvchi”
T.: 1993-yil.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
459
8.
Qodirova F., Sh.
Toshpo‘latova, N.
Qayumova, M.
A’zamova Maktabgacha
pedagogika.
–
T.: Tafakkur. 2019.
9.
Xalilova
N.I. Norqo‘ziev
D.B. Bolani
maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligi.
Toshkent. 2009-yil.
