Авторы

  • Эльёр Раджабов
    Магистрант 2 курса Узбекского государственного университета физической культуры и спорта г. Чирчик, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp504-511

Ключевые слова:

туризм физическая подготовка соревнование

Аннотация

В этой статье описываются анализ и результаты опроса по проведению и организации практических занятий
по туризму среди студентов 3 курса Узбекского государственного университета физической культуры и спорта.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Survey of tourism organization and conduct in UzDJTSU
results analysis

Elyor RADJABOV

1

Uzbek State University of Physical Culture and Sports

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form

28 March 2022

Accepted 20 April 2022

Available online

15 May 2022

This article describes the analysis of the results of a

questionnaire survey conducted with students of the 3rd stage

of the practical classes on tourism on the specifics of the
organization and conduct of tourism at the Uzbek State

University of Physical Culture and Sports.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp504-5

11

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tourism,

physical training,

competition.

OʻzDJTSUda turizmni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
oʻtkazilgan anketa soʻrovnomasi natijalari tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

turizm,

jismoniy tayyorgarlik,
musobaqa.

Mazkur maqolada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va

sport universitetida turizmni tashkil etish va oʻtkazishning

oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha turizm amaliy dars mashgʻu

-

lotlariga chiquvchi 3-

bosqich talabalari bilan oʻtkazilgan anketa

-

so

ʻ

rovnomasi natijalari tahlili bayon etilgan.

Анализ результатов анкетирования об организации и
проведении туристических походов в УзГУФКС

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

туризм,

физическая подготовка,
соревнование.

В этой статье описываются анализ и результаты опроса

по проведению и организации практических занятий

по туризму среди студентов 3 курса Узбекского

государственного университета физической культуры и

спорта.

1

Phase II Master Uzbek State University of Physical Culture and Sports, Chirchik city, Uzbekistan.

E-mail: Elyor@radjabov.com.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

505

KIRISH

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Pedogogik kuzatuv, nazariy tahlil va umumlashtirish, anketa-so

ʻ

rovnomasi va

matematik-statistik usullar qo

ʻ

llanildi.

NATIJALAR VA ULARNING MUXOKAMASI

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab sport davlat

siyosatining ustuvor yo

ʻ

nalishlaridan biriga aylandi. Sport sohasida erishgan yutuq-

larimizga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan sohaga doir qabul qilingan qonun va

qarorlar, yaratilgan shart-sharoitlar asos bo

ʻ

lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O

ʻ

zbekiston

Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan

Jismoniy tarbiya va sport

to

ʻ

g

ʻ

risida

gi Qonuni, O

ʻ

zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yil

18-

fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini

takomillashtirishga doir tashkiliy chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–

75-son Farmoni,

2022-yil 18-

fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida”gi PQ–

135-son Qarorida mamlakatimizda turizm va sportni rivojlantirishdagi

davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish va yanada rivojlantirishning ustuvor

vazifalari aniq va ravon yoritib berilgan [1, 2, 3, 4].

Mustaqil Oʻzbekistonda turizm xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy

-madaniy,

siyosiy, iqtisodiy va tarbiyaviy jarayon sifatida mavjuddir. Mamlakatning geografik

sharoiti va ijtimoiy-

madaniy, iqtisodiy tuzilmalari asosida turizm ikki yoʻnalishga (ichki

va xalqaro turizm) ajratilgan. Ular, asosan, sayr (ekskursiya) va sayohatlar (piyoda va

turli ulovlarda yurish) shaklida olib boriladi.

Turizm mustaqil fan sifatida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti, Respublika Oliy oʻquv yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya va jismoniy

madaniyat fakultetlari, pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya boʻlimlarida

oʻqitilib

kelinmoqda. Shuningdek, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, boshlangʻich ta’lim

pedagogikasi va oʻqituvchilar tayyorlovchi fakultetlar, kollejlarda turizmning nazariy

bilimlar hamda amaliy mashgʻulotlari haqida tushunchalar beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat ta’lim

standartlari asosida turizm yoʻnalishida oʻqitilib kelinmoqda, ya’ni:

1.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, viloyatlardagi

pedagogika oliygohlari tarkibidagi jismoniy madaniyat fakultetlari, pedagogika

kollejlarining jismoniy tarbiya boʻlimlari va tarbiyachi

-

oʻqituvchi tayyorlaydigan Oliy va

oʻrta maxsus (kasb

-

hunar kollejlari) oʻquv yurtlarida turizmni oʻqitishda, asosan, piyoda

yurish sayohatlariga koʻproq e’tibor berilmoqda. Chunki aholi oʻrtasida, ayniqsa, oʻquvchi

yoshlar va talabalarning jismoniy va ma’naviy barkamolligini tarbiyalash, tabiat manza

-

ralari bilan tanishish, dam olish, oʻlkani oʻrganish boʻyicha ilmiy

-tadqiqotlar olib borish,

ekologik muvozanatlarni

saqlash va ular bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy

-tarbiyaviy hamda

madaniy tadbirlar hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir.

Hozirgi zamon turizmi boʻyicha kadrlar tayyorlovchi turizm fakulteti va turizm

kollejlarining oʻquv rejalarida piyoda yurish

turizmi e’tiborga olinmagan [5, 6]. Ularda,

asosan, xorijiy sayyohlar va mahalliy sayyohlarning tarixiy-madaniy joylarga sayr

(ekskursiya) qilishi, ularning tashkiliy faoliyatlari, madaniy xizmat (sayrni boshlash,

oʻtkazish, dam olish va h.k.), xoʻjalik i

shlari, moddiy-

texnik ta’minot kabi murakkab

faoliyatlar bilan bogʻliq boʻlgan nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalar bilan

qurollantirishga asosiy e’tibor berilmoqda. Bu jarayonlar, albatta, tabiiy hol hisoblanadi.

Chunki xalqaro turizmning mazmuni, shak

llari va tashkiliy yoʻllari shuni taqozo etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

506

Mavzuga oid mavjud ma’lumotlar va mulohazalarga tayanilgan holda mazkur

tadqiqot ishida sayr (ekskursiya) va sayohatlarning (piyoda yurish) shakllari,

mazmunlari hamda tashkiliy uslubiyatlarga e’tibor qaratil

di. Bunda nazariy bilimlar

(ma’ruza va seminarlar) va amaliy koʻnikmalar (piyoda yurish, turizm jihozlaridan
foydalanish, turizm texnikasi va h.k.) bilan bogʻliq boʻlgan xilma

-xil jismoniy mashqlarga

koʻproq e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirishda

turizm sohasi alohida oʻrin tutadi. Xususan, turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya
qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari

va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni

ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora

-

tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda [7, 8, 9].

Oʻzbekiston Respublikasining 2019

-yil 18-

iyuldagi “Turizm toʻgʻrisida”gi

OʻRQ–

549-

son Qonunida: “Turizm –

jismoniy shaxsning vaqtincha boʻlish mamlakatidagi

(joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻul

-

lanmagan holda d

oimiy yashash joyidan joʻnab ketishi (sayohat qilishi)”, –

deb ta’rif

berilgan [1]. Shuningdek, ushbu atama turli zamon va makonlarda olimlar tomonidan
turlicha talqin qilingan.

Oʻzbekistonlik iqtisodchi olim I.S.Toʻxliyevning ta`rifiga koʻra, turizm bu –

turistlar

tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy
sayohatlar turidir deyilgan.

Ayrim tadqiqotchilar tomonidan turizm bu

dam olishni tashkillashtirishning

murakkab va ommaviy hodisasi va shakli, tashqi dunyoni bilish uchun imkon, xizmatlar
va biznes sohasida mintaqalararo va xalqaro hamkorlik maydoni, mintaqa va davlat
siyosatining bir qismi hisoblanishi deya e`tirof etilgan [10, 11].

Turizm tashkil etilayotgan turning oʻziga xosligi, mavzusi, davomiylig

i,

harakatlanish usullari va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy,
ziyorat, ekologik, mahrifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy,

yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga boʻlinish

i mumkinligi

qayd etilgan [12, 13, 14].

Hozirgi kunda mamlakatimiz aholining aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi.

Yoshlarning koʻpchiligini oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalari qamrab olgan. Shu
boisdan ham ta’lim muassasalarida, xususan, Oliy ta’

lim muassasalarida ichki turizmni

tashkil etish va oʻtkazish koʻproq samara koʻrsatadi. Bu sa’y

-harakatlar orqali

mamlakatimizdagi yosh turistlar oqimini oshirish, xalqimizning an’analari va urf

-odatlari

bilan tanishtirish, yoshlar orasida turizmni ommalashtirish, ularni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, yoshlarni jalb etuvchi turizm maskanlarini sonini oshirish, turistik
xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirishga erishiladi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm ama

liy dars

mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va
oʻtkazish oʻquv

-

mashgʻulotlari asosida pedagogik tadqiqot tashkil etildi. Birinchi

bosqichda 2020-yil dekabr oyida mavzuga doir ilmiy-

uslubiy adabiyotlar, me’yoriy

hujjatlar yillik mashgʻulot tuzilmalari oʻrganilib, qiyosiy tahlil etildi.

Olingan ma’lumotlarga asoslanib tadqiqot maqsadi, vazifalari usullari belgilanib,

dastlabki joriy tadqiqotlar oʻtkazish moʻljallandi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm amaliy dars mashgʻu

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

507

lotlarini jarayoni kuzatuvga olindi. Ular bilan turizm amaliy dars mashgʻulotlarining
oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va oʻtkazishda umumiy

yuklamalari hajmi, mazmuni-

mohiyati, bajarilishining alohida xususiyatlari oʻrganildi va

qiyosiy tahlil qilindi.

Ushbu olib borilgan tadqiqot jarayoni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti turizm amaliy dars mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlari

ni hisobga

olgan holda tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talabalar bilan olib borilgan anketa

-

soʻrovnomasi quyidagi mazmun

-

mohiyatni ifoda etuvchi 15 ta savol orqali oʻtkazildi:

1. Guruh sardorlari bilan belgilangan auditoriyalarda televezor orqali, turizm

amaliy dars mashgʻulotlari boʻyicha yigʻilishda tushuntirish xavfsizlik qoidalari boʻyicha
qanday ma’lumotga egasiz ?

2.

Talabalarga turizm amaliy dars mashgʻulotlari boʻyicha kun tartibi tarqatish

ertalab joʻnashdan boshlab kechga uyga kelgunchalik vaqt taqsimoti boʻyicha qanday
ma’lumotlarga egasiz?

3.

Talabalarga turizmga chiqishda safarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qanday

ma’lumotlarga egasiz?

4.

Talabalarga turizmda jarohatlanishda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha

qanday ma’lumotlarga

egasiz?

5.

Marshrut boʻyicha 2 marta chiqishda yoʻnalish xaritasini chizish mumkinmi va

bunda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

6. Guruhlar sardorlari bilan birgalikda harakat qilishda nimlarga amal qilinishi kerak?
7. Razryad mezonlarini bajarish

haqida qanday me’yorlar bararilishini bilasizmi va

siz ushbu talablarni bajara olasizmi?

8.

Belgilangan marshrut boʻyicha me’yorlarni bajarish, palatkalar tiklash, toʻsiq

-

lardan oʻtish kabi razryad bajarganlarga razryad beriladimi va siz ushbu talablarni b

ajara

olasizmi?

9.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini bajarishingizda jismoniy tayyor

-

garligingiz javob bera oladi deb hisoblaysizmi?

10.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini bajarishingizga qanday holatlar

salbiy ta

sir etishi mumkin?

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm amaliy dars

mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va oʻtkazish
boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan anketa

-

soʻrovnomasida berilgan savollarga nis

batan

beriladigan javoblar quyidagicha:

a)

toʻliq ma’lumotga egaman;

b)

umumiy ma’lumotga egaman;

d)

ma’lumotga ega emasman degan javob variantlari taqdim etilgan boʻlib, har bir

respondent oʻziga mos boʻlgan javobni belgilashi tushuntirildi (1

-jadval).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

508

1-jadval

OʻzDJTSU turizmni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talabalar

bilan oʻtkazilgan anketa soʻrovnomasi natijalari tahlili

T/R

Savollar

Javoblar mazmuni

1.

Guruh sardorlari bilan belgilangan auditoriya-

larda televezor orqali, turizm amaliy dars

mashgʻulotlari boʻyicha yigʻilishda tushuntirish
xavfsizlik qoidalari boʻyicha qanday ma’lumotga

egasiz?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

37 %

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

28 %

c) Ma’lumotga ega emasman.

35 %

2.

Talabalarga turizm

amaliy dars mashgʻulotlari

boʻyicha kun tartibi tarqatish ertalab joʻnashdan

boshlab kechga uyga kelgunchalik vaqt taqsimoti

boʻyicha qanday ma’lumotlarga egasiz?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

39%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

32%

d)

Ma’lumotga ega emasman.

29%

3.

Talabalarga turizmga chiqishda safarga tayyor-

garlik koʻrish boʻyicha qanday ma’lumotlarga

egasiz?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

52%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

36%

d) Ma’lumotga ega emasman.

12%

4.

Talabalarga turizmda jarohatlanishda birinchi

tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha qanday

ma’lumotlarga egasiz?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

56%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

27%

d) Ma’lumotga ega emasman.

17%

5.

Marshrut boʻyicha 2 marta chiqishda yoʻnalish

xaritasini chizish mumkinmi va bunda nimalarga

e’tibor qaratish kerak?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

28%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

39%

d) Ma’lumotga ega emasman.

33%

6.

Guruhlar sardorlari bilan birgalikda harakat

qilishda nimlarga amal qilinishi kerak?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

68%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

23%

d) Ma’lumotga ega emasman.

9%

7.

Razryad mezonlarini bajarish haqida qanday

me’yorlar bararilishini bilasizmi va siz ushbu

talablarni bajara olasizmi?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

29%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

43%

d) Ma’lumotga ega emasman.

28%

8.

Belgilangan marshrut boʻyicha me’yorlarni

bajarish, palatkalar tiklash, toʻsiqlardan oʻtish kabi

razryad bajarganlarga razryad beriladimi va siz

ushbu talablarni bajara olasizmi?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

47%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

34%

d) Ma’lumotga ega emasman.

19%

9.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini

bajarishingizda jismoniy tayyorgarligingiz javob

bera oladi deb hisoblaysizmi?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

76%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

18%

d) Ma’lumotga ega emasman.

6%

10.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini

bajarishingizga qanday holatlar salbiy ta`sir etishi
mumkin?

a) Toʻliq ma’lumotga egaman.

59%

b) Umumiy ma’lumotga egaman.

36%

d) Ma’lumotga ega emasman.

5%


1. Guruh sardorlari bilan belgilangan auditoriyalarda televezor orqali turizm

amaliy dars mashgʻulotlari boʻyicha yigʻilishda tushuntirish xavfsizlik qoidalari boʻyicha
qanday ma’lumotga egasiz, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman
37 %, umumiy ma’lumotga egaman 28 %, ma’lumotga ega emasman deb 35

% tarzda

javob berdilar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

509

2. Talabalarga turizm amal

iy dars mashgʻulotlari boʻyicha kun tartibi tarqatish

ertalab joʻnashdan boshlab kechga uyga kelgunchalik vaqt taqsimoti boʻyicha qanday

ma’lumotlarga egasiz, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman 39 %,

umumiy ma’lumotga egaman 32 %, ma’

lumotga ega emasman deb 29 % tarzda javob

berdilar.

3.

Talabalarga turizmga chiqishda safarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qanday

ma’lumotlarga egasiz, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman 52 %,

umumiy ma’lumotga egaman 36 %, ma’lumotga ega emasman deb 12 % tarzda javob

berdilar.

4.

Talabalarga turizmda jarohatlanishda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha

qanday ma’lumotlarga egasiz, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga

egaman 56 %, umumiy

ma’lumotga egaman 27 %, ma’lumotga ega emasman deb 17 %

tarzda javob berdilar.

5.

Marshrut boʻyicha 2 marta chiqishda yoʻnalish xaritasini chizish mumkinmi va

bunda nimalarga e’tibor qaratish lozim, degan savolga, respondentlardan toʻliq

ma’lumotga egaman 28 %, umumiy ma’lumotga egaman 39 %, ma’lumotga ega emasman

deb 33 % tarzda javob berdilar.

6. Guruhlar sardorlari bilan birgalikda harakat qilishda nimlarga amal qilinishi

kerak, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman 68 %, umumiy

ma’lumotga egaman 23 %, ma’lumotga ega emasman deb 9 % tarzda javob berdilar.

7.

Razryad mezonlarini bajarish haqida qanday me’yorlar bararilishini bilasizmi va

siz ushbu talablarni bajara olasizmi, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga

egaman 29 %,

umumiy ma’lumotga egaman 43 %, ma’lumotga ega emasman deb 28 %

tarzda javob berdilar.

8.

Belgilangan marshrut boʻyicha me’yorlarni bajarish, palatkalartiklash,

toʻsiqlardan oʻtish kabi razryad bajarganlarga razryad beriladimi va siz ushbu talablarni

bajara

olasizmi, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman 47 %,

umumiy ma’lumotga egaman 34 %, ma’lumotga ega emasman deb 19 % tarzda javob

berdilar.

9.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini bajarishingizda jismoniy

tayyorgarligingiz javob bera oladi deb hisoblaysizmi, degan savolga, respondentlardan

toʻliq ma’lumotga egaman 76 %, umumiy ma’lumotga egaman 18 %, ma’lumotga ega

emasman deb 6 % tarzda javob berdilar.

10.

Turizm amaliy dars mashgʻulotlari talablarini bajarishingizga qanday hol

atlar

salbiy tasir etishi mumkin, degan savolga, respondentlardan toʻliq ma’lumotga egaman

59 %, umumiy ma’lumotga egaman 36 %, ma’lumotga ega emasman deb 5 % tarzda

javob berdilar.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm amaliy d

ars

mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va

oʻtkazish boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan anketa

-

soʻrovnoma natijalari oʻzining

yuqoridagi natijalarini berdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univ

ersiteti turizm amaliy dars

mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va

oʻtkazishi boʻyicha bajariladigan ishlar samaradorligini oshirishda, oʻtkazilgan anketa

-

soʻrovnomasi orqali olingan ma’lumotlarga tayangan holda oʻtkazildi. Oʻzbekiston davlat

jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm amaliy dars mashgʻulotlarida qoʻyilgan

talablar yuqori saviyada bajarilganligi bilan ushbu anketa-

soʻrovnomasi natijlari oʻzining

ilmiy-uslubiy va amaliy samaradorligining tasdiqlanishiga xizmat qildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

510

XULOSALAR

Mavzu boʻyicha oʻtkazilgan pedagogik tadqiqot ilmiy

-uslubiy adabiyotlarni

oʻrganish va tahlil natijalari quyidagi xulosalarni qayd etish imkonini berdi:

1.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm am

aliy dars

mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va

oʻtkazishi boʻyicha adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish natijasida aniqlandiki, oʻquv

-

uslubiy hamda ilmiy-uslubiy adabiyotlar ushbu mavzuning mazmun-mohiyatin

i toʻliq

yoritib bera olmaydi.

2.

Ta’limning amaliyotga yoʻnaltirilgan va modernizatsiyalashgan ta’lim standart

-

lari, oʻquv

-

uslubiy dasturlar hamda ilgʻor axborot

-kommunikatsiya texnologiyalarini

joriy etish lozim.

3.

Boshlangʻich tashkiliy mashgʻulotlarni

tashkil etish boʻyicha namunaviy dastur

ishlab chiqish hamda turizm amaliy dars mashgʻulotlariga chiqishdan oldin belgilan

joylarda tushuntirish ishlarini olib borishni tavsiya etamiz.

Yuqoridagi masalalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm

va madaniy

meros vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta

maxsus ta’lim vazirligi hamda mahalliy hokimliklar tizimida oliy ta’lim muassasalari

boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassas

alarida ichki

turizmni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilinishini maqsadga

muvofiq deb hisoblaymiz. Bu mamlakatimizda yoshlar turizmini rivojlantirish, talabalar

orasida turizmni ommalashtirish, ichki turizmni rivojlantirish orqali yoshlarni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlar

turizmini jadal rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, yurtimizga

yosh turistlar oqimini oshirish, yoshlar uchun turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish

va sifatini yaxshilash hamda yosh turistlarga moʻljallangan turizm infratuzilmasini

takomillashtirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti turizm amaliy dars

mashgʻulotlarining oʻziga xos x

ususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va

oʻtkazish orqali talabalarimiz nafaqat jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarigina

emas, balki turizm sohasidagi yuqori malakali kadr boʻlib yetishishlari mumkin, chunki

talabalarimizning jismoniy

tayyorgarligi yuqori boʻlganligi sababli ushbu soha talablarini

belgilangan me’yorlar darajasida bajara oladilar, bu esa faoliyat sohalari koʻlamining

yanada kengayishi, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi uchun hamda jahon

hamjamiyatidagi nufuzining yanada ortishiga xizmat qiluvchi raqobatbardosh kadrlar

tayyorlashning ilmiy pedagogik asosi sifatida xizmat qiladi.

MINNATDORCHILIKLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.

Mirziyoyevga va Qosimova R.A,

Abdumalikov R.,

Xoldorov T.X.,

Daurenov E.Yu,

Abdumalikov R.,

Xoldorov T,

Xusanboev B.M., Tulaganov L.A., Razina V.G, Shalkov Yu.L, Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh,

Abdumalikov R, Daurenov E.Yu., Qudratov R.Q, Yarashev K.D, M.S. Axmatovlarga hamda

tadqiqotni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etgan barchaga oʻzimizning samimiy

minnatdorchiligimizni bildiramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019

-yil 18-

iyuldagi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni

OʻRQ–

549-son.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni.

OʻRQ–

394 son. 04.09.2015.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

511

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh

.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-

fevraldagi “Turizm, madaniy meros va

sport

sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF–

75-son.

4.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidenti

S

h.M. Mirziyoyevning

2022-yil

18-

fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida”gi

PQ

135-son.

5.

Qosimova

R.A. “Turizm va uni oʻqitish metodikasi”. Oʻquv qoʻllanma. T.,

“Aloqachi” nashriyoti.

2008.

6.

Abdumalikov R., Xoldorov T.X., Daurenov

E.Yu. “Turistik poxodlarni tashkil

qilish”. Uslubiy qoʻllanma. Jizzax. 1986.

7.

Abdumalikov R., Xoldorov

T. “Turizm”. Oʻquv qoʻllanma. T., “Oʻqituvchi”. 1988.

8.

Хусанбоев

Б.М., Тулаганов

Л.А., Разина

В.Г. Дорогами «Великого шелкового

пути». Част I и II. Т., 1995.

9.

Шалков

Ю.Л. «Здорове туриста». Науч.oщулярн.мет.oос. «Физкултура и

спорт».

1987.

10.

Abdumalikov

R. “Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni

boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari”. Monografiya.
T., OʻzDJTI nashriyoti. 1994.

11.

Daurenov E.Yu., Qudratov

R.Q. “Turistik sayrlarni tashkil qilish”.

Uslubiy

qoʻllanma. T., OʻzDJTI nashriyoti. 1995.

12.

Axmatov

M.S. “Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport

-

sogʻlomlashtirish

ishlarini samarali boshqarish”. Monografiya. T., OʻzDJTI nashriyoti. 2005.

13.

Qurbonov

X.X. “Sport formasini ushlab turish davomiyli

gini oshirish

texnologiyasi”.

Magistrlik dissertatsiyasi. Chirchiq.

2018-yil. 6-7 bet.

14.

Qurbonov

X.X. “Yillik tayyorgarlik siklida uzoq masofalarga yuguruvchilarning

sport formasini takomillashtirish”. Ilmiy maqola. “Fan sportga” ilmiy nazariy jurnal.

2020-yil 3-son. 28

31-bet.

15.

Эгамов

Д. Совершенствование методов популяризации массового спорта

среди молодёжи //

Общество и инновации. –

2021.

Т. 2. –

№. 9/S. –

С. 28–

32.

16.

Utashev K.N. Theoretical analysis of motor activity in assessing the mass

sports movement of schoolchildren // Eurasian Journal of Sport Science.

2022.

Т

. 2.

№.

1.

С. 1–

4.

17.

Khasanov D. Efficiency of using national movement and action games at

primary school // Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal.

2022.

Т

., 2022.

№.

1.

С. 185–

193.

18.

www.gov.uz. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat tarmogʻi.

19.

www.lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmogʻi.

20.

www.edu.uz. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tarmogʻi.

21.

www.ziyonet.uz. Axborot ta’lim tarmogʻi.

22.

http://www.translit.net. Tarjima qilish sayti.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni OʻRQ–549-son.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni. OʻRQ–394 son. 04.09.2015.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–75-son.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil

-fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–135-son.

Qosimova R.A. “Turizm va uni oʻqitish metodikasi”. Oʻquv qoʻllanma. T., “Aloqachi” nashriyoti. 2008.

Abdumalikov R., Xoldorov T.X., Daurenov E.Yu. “Turistik poxodlarni tashkil qilish”. Uslubiy qoʻllanma. Jizzax. 1986.

Abdumalikov R., Xoldorov T. “Turizm”. Oʻquv qoʻllanma. T., “Oʻqituvchi”. 1988.

Хусанбоев Б.М., Тулаганов Л.А., Разина В.Г. Дорогами «Великого шелкового пути». Част I и II. Т., 1995.

Шалков Ю.Л. «Здорове туриста». Науч.oщулярн.мет.oос. «Физкултура и спорт». 1987.

Abdumalikov R. “Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari”. Monografiya. T., OʻzDJTI nashriyoti. 1994.

Daurenov E.Yu., Qudratov R.Q. “Turistik sayrlarni tashkil qilish”. Uslubiy qoʻllanma. T., OʻzDJTI nashriyoti. 1995.

Axmatov M.S. “Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sogʻlomlashtirish ishlarini samarali boshqarish”. Monografiya. T., OʻzDJTI nashriyoti. 2005.

Qurbonov X.X. “Sport formasini ushlab turish davomiyligini oshirish texnologiyasi”. Magistrlik dissertatsiyasi. Chirchiq. – 2018-yil. 6-7 bet.

Qurbonov X.X. “Yillik tayyorgarlik siklida uzoq masofalarga yuguruvchilarning sport formasini takomillashtirish”. Ilmiy maqola. “Fan sportga” ilmiy nazariy jurnal.

-yil 3-son. 28–31-bet.

Эгамов Д. Совершенствование методов популяризации массового спорта среди молодёжи // Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 9/S. – С. 28–32.

Utashev K.N. Theoretical analysis of motor activity in assessing the mass

sports movement of schoolchildren // Eurasian Journal of Sport Science. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 1–4.

Khasanov D. Efficiency of using national movement and action games at primary school // Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. – 2022. –

Т., 2022. – №. 1. – С. 185–193.

www.gov.uz. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat tarmogʻi.

www.lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmogʻi.

www.edu.uz. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tarmogʻi.

www.ziyonet.uz. Axborot ta’lim tarmogʻi.

http://www.translit.net. Tarjima qilish sayti.