Авторы

  • Сохиба Раимкулова
    Магистрант 2 курса, Литературоведение: узбекская литература, Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp385-390

Ключевые слова:

рассказ рассказчик персонаж сюжет идея эпиграф публицистика образ символ

Аннотация

Сказочное мастерство Эркина Азама, «Год рождения отца», «Ответ», «Дни кроме праздников», «Страна аплодисментов или аплодисментов», «Свадьба поэта», «Возлюбленный Пакана», «Гули-гули» рассказы , идейно-художественные особенности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Erkin Azam's story review

Raimqulova SOHIBA

1


Termez state university

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022

The article covers Erkin Azam's storytelling skills, "Year of

his father's birth", "Answer", "Days other than holidays",
"Chapaklar or chalpaklar country", "Poet's wedding", "Pakana's
lover", "Guli- The theme of the story "Flower", the ideological
and artistic features.

2181-1415

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp385-390

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

story,
narrator,
character,
subject,
idea,
epigraph,
journalism,
image,
symbol

Erkin

A’zam qissalari sharhi

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

qissa,
qissanavis,
personaj,
xarakter,
mavzu,

gʻoya,

epigraf,
publisistika,
tasvir,
ramz

Maqolada Erkin A’zamning qissa yaratishdagi mahorati,

“Otoyining tugʻilgan yili”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”,
“Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”, “Shoirning to‘yi”,
“Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Guli

-

guli” qissalarining mavzusi,

gʻoyaviy

-badiiy x

ususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.

1

2 year master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

386

Обзор рассказа Эркина Азама

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

рассказ,

рассказчик,

персонаж,

сюжет,

идея,

эпиграф,

публицистика,

образ,

символ

Сказочное мастерство Эркина Азама, «Год рождения

отца», «Ответ», «Дни кроме праздников», «Страна
аплодисментов или аплодисментов», «Свадьба поэта»,
«Возлюбленный Пакана», «Гули

-

гули» рассказы , идейно

-

художественные особенности.

Bugungi o

zbek adabiyotining ko

zga ko

ringan adiblaridan biri O

zbekiston xalq

yozuvchisi Erkin A

zamdir. Adabiyot maydoniga jamiyatning ijtimoiy-siyosatiy, madaniy

hayotida muhim o

zgarishlar pallasi bo

lgan 70-yillarda kirib kelgan ijodkor dastlab

hikoyalari, so

ngra qissalari bilan xalq nazariga tushdi, adabiyotshunoslar, kitobxonlar

uchun tanish ijodkorga aylandi. Bir qator asarlari bilan o

z muxlislariga ega bo

lgan

yozuvchi sifatida adabiyot olamida o

z o

rniga ega bo

lib oldi.

Erkin A’zam ijodi haqida so‘z borganda uni nafaqat

mahoratli nosir, balki yetuk

dramaturg, qalami o‘tkir publisist ham deyish mumkin. Qaysi adabiy turga, qaysi janrga
qo‘l urmasin, adib barida o‘z iste’dodini ko‘rsata olgan. Hatto, kino san’atida ham taniqli

kinodramaturgga aylanib ulgurgan. Uning asarlari

asosidagi filmlar butun dunyo bo‘ylab

namoyish etilgan va nufuzli tanlovlarda yuqori o‘rinlarga ega bo‘lgani barchaga ayon.
Adibning bu boradagi ishlari haqida gapirilsa, har biri alohida tadqiqot mavzusi bo‘la
oladi. Biz hozir so‘z yuritadigan mavzu adib

qissalari haqida bo‘ladi.

Surxondaryo farzandi Erkin A’zam shu kungacha o‘nga yaqin qissalarini

kitobxonlarga taqdim etgan. Uning ilk qissasi 1981-

yilda chop etilgan “Otoyining tugʻilgan

yili” nomli asaridir. Qissa nashr qilinishi bilanoq kitobxon yoshlar

orasida mashhurlikka

erishadi. Buning sababi asar talaba yigitning hayoti haqida ekanligida, va haqiqat bo‘yab

-

bejalmay, boricha, oddiy tilda, biroz kinoya bilan aytilganligida bo‘lsa kerak. Asar

qahramoni Asqar Shodibekov ismli yigit ikkiyuzlamachilikni

yoqtirmaydi, ko‘nglidagi

gapni yashirmaydi, laganbardorlik, maddohlikdan nafratlanadi. Uning uchun yaqinlarimi,

do‘stimi, sevganimi yoki umuman begona insonmi buning ahamiyati yo‘q, muhimi, u

dilidagini tiliga chiqarishi kerak. Agar aytolmay qolsa, vijdoni qiynaladi, hatto,

uxlolmaydi. U yoshligidan shunga o‘rgangan. Afsuski, bu xarakterni hamma ham to‘gʻri

qabul qilolmaydi. Asqar esa uni tushunishlarini xohlaydi. Kursdoshlari, ayrim ustozlari,
ularning ikkiyuzlamachiligi, manqtiqsiz gaplari uni junbushga keltiradi. Adabiyot tarixi

o‘qituvchisining bema’ni savollari, kursdoshlarining undan ham be’mani javoblari uni

hayron qoldiradi.

O‘zining xuddi shu achchiq bo‘lsa

-da, haqiqatni aytadigan tili ortidan imihondan

yiqiladi. Asar uning mana shu orada boshidan

kechirganlari haqida. Asarni o‘qib boshlar

ekansiz, kitobni ochishingiz bilan “Aytsam –

o‘ldururlar, aytmasam –

o‘lam…” deb

nomlangan epigrafga ko‘zingiz tushadi. Aynan mana shu epigraf Asqarning xarakterini

ochib berish uchun xizmat qilgan.

1986-yilda es

a yozuvchining “Javob” qissasi kitobxonlar hukmiga havola etildi.

Qissa taqdir hukmiga bo‘ysunib, yashashga o‘rganib qolgan, boriga qanoat qiladigan,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

387

kamtar inson Nuriddin Elchiyev haqida. “Yozuvchining “Javob” qissasi о‘z vaqtida kо‘plab

bahs-munozaralarg

a sabab bо‘lgan edi. Bunga sabab, bizning nazarimizda, qissa

qahramoni sifatida ojiz, kamtar, kamsuqum va mute odam obrazining tanlanganida.

Chunki о‘sha davr adabiy an’analariga muvofiq asar qahramoni kurashuvchan,
jamiyatning faol kishisi bо‘lishi kerak edi. E.A’zam esa Elchiyev timsoli orqali inson

ruhiyatining keng va chuqur qirralarini badiiy inkishof etadi. Adabiyotning bosh vazifasi

insonni, uning ichki iztiroblari, о‘y

-xayollari, orzu-armonlarini tadqiq etish ekanligini

isbot qiladi”.

Qissa qah

ramoni Elchiyev o‘z xarakteri tufayli hamkasblari, yaqin do‘stlari, bu ham

yetmagandek, farzandlari tomonidan malomatga uchraydi. Natijada, o‘z joniga qasd
qiladi. Ajali yetmay qolib, shifoxonaga tushadi va o‘sha yerda unda o‘tkazgan hayoti
haqida o‘ylashga vaqt bo‘ladi. Boshiga tushgan g‘avgʻolar sababini qidiradi, mana shu

jarayonda u yetishgan fojialari uning amallariga, harakatlariga qilingan javob ekanligini

anglab qoladi. Asar boshidan oxiriga qadar o‘sib boruvchi fojia ostida ketsa ham, asar

oxirida

Elchiyev o‘zini, o‘z hayotini tushunib yetadi, ijobiy xotima topadi.

Erkin A’zam asarlari orasida millat muammolari, jamiyat illatlari, oqsayotgan

ma’naviyatni fosh etmagani kam topiladi. Adibning “Bayramdan boshqa kunlar” qissasi

ham xuddi shunday muammolarni aks ettiradi. Asar qahramoni Bakir ismli haydovchi

yigit sanʼatshunos Bargida ismli qizni sevib qoladi va unga uylanadi. Qizning oilasida har

kuni bayram, aysh-

u ishrat. Bakir bu oilada oʻzini noqulay his qiladi. Bakir va Bargida

yashayotgan uy ham to

rtiq qilingan, qolaversa, Bakir bojasidan qarzdor bo‘lib qoladi. Shu

sababli o‘zini qafasdagi qushdek noqulay his etadi bu muhitda.

“Yozuvchi Bargida va uning oilasi timsolida shahar hayoti, odamlari ichki va tashqi

dunyosini ochib beradi. Gʻarbona madani

yat, ona tilining boshqa tillar bilan qorishuvi,

urf-odat va qadriyatlar, mehr-

oqibat tobora yoʻqolib borayotganligini adib bu “jamiyat”

aʼzolari timsolida koʻrsatadi. Asardan shoʻrolar tuzumi, siyosati xalqni qanday “fojia”larga

duchor qilganligini anglab

olish qiyin emas. Butun millat esa goʻyo Bakirga oʻxshab butun

umri aldovlarda oʻtayotganini Erkin Aʼzam mazkur qissada tasvirlagan”.

Filologiya fanlari doktor Shavkat Hasanov Erkin A’zam ijodi haqida so‘z yuritar

ekan, biz yuqorida tahlilga tortgan qissalar qahramonlari haqida quyidagicha fikr

bildiradi: “Umuman olganda, Erkin A’zam nasrida keyingi asrda jahon adabiyotida
kechgan o‘zgarishlar va yangilanishlar o‘z izini qoldirganiga guvoh bo‘lish mumkin.
“Javob” qissasidagi Nuriddin Elchiyevning hayotiy p

ozitsiyalari atrofdagilarga tomosha,

ermak bo‘lishi bilan Frans Kafkaning “Jarayon” asaridagi Yozef K.ni esga solsa,
“Bayramdan boshqa kunlar”dagi Bakir o‘zining jamiyat uchun begonaligini

anglab

borayotgan xarakter sifatida ko‘rinadi”.

Adibning asarlari

ichida “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasi alohida

e’tiborga molik va o‘zgacha mavzuda yozilganligi bilan ajralib turadi. Qissa voqealari
sobiq sho‘ro tuzumi davrida kechadi. Asarda bir qator ijodkorlar delegatsiya tarkibida bir

mamlakatga borishadi, mamlakat nomi aytilmaydi. Lekin asar matni va voqealar

rivojidan anglashilishicha, mamlakat kommunistik tuzumdagi bir davlat bo‘lib chiqadi.

Adib boshqa mamlakat misolida sobiq totalitar davlat, uning boshqaruv tizimi, puch

gʻoyalari ustidan ayovsiz ravishda kuladi. “Adibning, chin maʼnoda, qissanavis sifatidagi

mahorati-

yu qamrovini “Shoirning toʻyi”, “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” koʻrsatdi”.

“Shoirning to‘yi” qissasi adib ijodida o‘ziga xos o‘rin tutgan asar hisoblanadi. Asar

yaqin o‘tmishda yashab ijod etgan va qatagʻon qilingan taniqli shoir taqdiriga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

388

bagʻishlangan. Asar syujetining asosiy voqealari mustaqillik ostonasidagi “Oshkoralik
yillari”da bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtlar xalq dushmani sifatida qatagʻon qilingan otashqalb

shoir zamona zayli bilan oqlanadi va uni tuhmat bilan qamatgan safdoshlari uning nomini

ko‘klarga ko‘tarib maqtaydilar, tavalludining nechadir yillik yubileyini tantana bilan
nishonlaydilar. Xalq ko‘zida go‘yoki uni kechagina yomonlab turib, bugun millat

qahramoni sifatida ulu

gʻlaydilar. Ana shu vaziyatda xotira tadbiriga Otashqalb shoir qo‘l

oyoqsiz, tilsiz, nogironlar aravachasida tashrif buyuradi, biroq uni hech kim tanimaydi.

Otashqalb shoir “do‘st”larining kechagi va bugungi gaplari, ikkiyuzlamachiligidan qattiq
o‘kinadi, jahli chiqadi. Asar syujeti retrospektiv bo‘lib, ikki davr –

qatagʻon davri va

erkinlik shabadasi esa boshlagan yillardagi voqealarni parallel ravishda hikoya qilib

boradi. Har ikkala davrning asl voqealariga xolis guvoh esa o‘sha qatagʻon qurboni
bo‘lgan Otashqalb edi. “Asar yechimida kutilmagan tarzda fojiaga nuqta qo’yiladi: “O‘sha
kecha shaharda ikki sirli o‘lim hodisasi yuz berdi. Biri, Oqsoqol shoirning o‘z dachasida
yurak xuruji va “qo‘l

-

oyoqsiz tasqara bir vujuddan” bo‘gʻziga tushgan zarba natijasid

a

vafot etishi. Ikkinchisi, muallif Otashqalbga nisbatan “o‘lim” so’zini qo‘llamaydi. Bu ma’no
o‘sha olagʻovur vaziyatdan, nogironga tegishli hujjat va gʻalati ashyolardan anglashilardi.

Umuman, ushbu qissa qatagʻon mavzusida o‘zbek adabiyotida yaratilgan

sara

asarlardan biri, Otashqalb shoir esa achchiq qismatli shaxs fojiasining realistik

ifodasidir”.

Istiqlolning dastlabki yillari

da kо‘proq publitsistik janr faol bо‘ldi. Erkin A’zam

ham bu janrda qalam tebratib, jamiyatdagi evrilishlarga о‘z munosabatin

i bildirdi, davlat

va jamoat arbobi sifatida faoliyat kо‘rsatdi. Bir muddatlik publitsistikaga sho‘ngʻishdan
so‘ng 2001

-

yilda “Pakananing oshiq kо‘ngli” kitobi nashrdan chiqdi. Unda Erkin

A’zamning istiqlolning dastlabki yillarida bitilgan asarlari jamlang

an edi. Kitobdan joy

olgan “Pakananing oshiq kо‘ngli” qissasi haqida taniqli yozuvchimiz Shukur Xolmirzayev
muallifga maktub shaklida bitgan “О‘ttiz besh yoshda ham”

essesida munosabat bildirib

о‘tgan.

“Pakananing oshiq kо‘ngli” qissasi bo‘yi past va s

huning ortidan ishq bobida omadi

yurishmagan romantik kayfiyatdagi yigit haqida. Bu

o‘ziga xos, yumorga, ichki ziddiyat,

murakkablik, qiziqarli tafsilotlarga boy asar. Qissa qahramoni Pakana sevgi bobida doimo

bo‘yi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Bo‘yini o‘stirish uchun turfa xil usullarni

qo‘llaydi, ko‘p urinadi, ammo bari besamar. F

alakning gardishi bilan oddiygina, unchalik

ham chiroyli bo‘lmagan bir qizga uylanadi. Uning uylanishi, farzandli bo‘lishining o‘zi
qiziqarli tarzda ro‘y beradi. Asar

oxirida pakana puch xayollar ketidan yugurib umr

o‘tkazgani, yonidagi baxtining vaqtida qadriga yetmaganidan afsuslanadi.

Qissasidagi

voqealar sotsializmning so‘nggi yillarida ro‘y beradi. Qissadagi qiziqarli voqealar fonida

achchiq gaplar, kuchli ramziy

ma’nolar yotibdi.

Nazdimizda, bu qissa ko‘p jihatdan sobiq Ittifoq muhitining, mafkurasi va

amalining, aslida, qanday ekanini ko‘rsatishga qaratilgan. Asarning qator o‘rinlarida
totalitar tuzumga bog‘liq ishoralar uchraydi. Ayniqsa, asar qahramonining daroz do‘sti

yetovida

pakanalik dardidan forig‘ bo‘lish uchun borgan ulug‘vor qo‘rg‘on va unga bog‘liq

o‘rinlarda bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, qo‘rg‘onning “ovloq bir joyida
“Stalin ko‘chasi” deb yozilgan tunuka lavha”ning osiq ekanligi, tabib cholning bir qancha


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

389

kommunistik tuzum rahbarlariga aloqadorligi kabilar shular jumlasidandir. Bu haqida

avvalgi tadqiqotlarimizda alohida to‘xtalib o‘tganmiz.

2

Erkin A’zam

- millatini, vatanini sevadigan inson. Uning mana shu xislati xoh

publitsistikada, xoh badiiy

adabiyotda bo‘lsin, har qanday yozgan asarida ko‘rinadi.

Adibning “Guli

-

guli” qissasi aynan millat ma’naviyati, millat bo‘linsa, inson

deb atalmish

maxluqot insoniylikdan uzoqlashib ketsa, jirkanch mavjudotga aylanib qolishi kabi
fojialar yuz berishi haqida. Bu bilan yozuvchi odamlarni INSON degan nomga loyiq

bo‘lishga da’vat etadi.

Insoniyat bilan

hayvonot o‘rtasidagi masofa bir vaqtning o‘zida bir

qadam va ming qadam ekanligini ta’kidlaydi.

Bu asar haqida professor Abdug‘afur Rasulov: “Guli

-

guli” qissasid

a maymunning

maymunliklari, Olma kelin, Musallam kokildorning xiyonati haqida yozilgan. Sharm-hayo,
insof-

iymon ko‘tarilgan joyda fayz

-futur, qut-

baraka bo‘lmaydi. Insonlarning qornini

to‘ydirish, bilimli qilish yaxshi, lekin ma’naviyatli, din

-diyonatli, haromdan jirkanadigan

etib tarbiyalash

eng asosiy masala”,

3

-

deb ta’kidlaydi.

Asarni o‘qir ekan, bir qishloqdagi voqealar asosida butun mamlakatda bo‘layotgan

ijtimoiy-

siyosiy, gʻoyaviy

-mafkuraviy, madaniy ahvolga ishora qilinganligini sezadi kishi.

Erki

n A’zam

-

serqirra ijodkor. U yillar davomida asardanasarga о‘sib, ko‘p qirrali

mohir san’atkorga aylandi. Uning qissachilikdagi yutuqlari haqida fikrimizni ushbu kichik
tadqiqotda muxtasar tarzda bayon etdik. Qissachilik Erkin A’zam ijodining bir qirrasi

xolos. Keyingi yillarda adib ijodining adabiyotshunoslik, tilshunoslik, kinoshunoslik

hamda teatrshunoslik sohalarida keng miqyosda о‘rganilishiga e’tibor beriliayotgani,
ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan adib ijodi obyekt sifatida olinayotgani bekorga emas,

albatta. Chunki adib ijodi ilmiy tadqiqot uchun material bera oladi, asarlari qatida
umumbashariy, umuminsoniy va umummilliy dardlar aks etib turadi. Umuman, Erkin

A’zam ijodini, uning badiiy mahoratini о‘rganish adabiyotshunosligimiz oldida turgan

muhim vazifa

lardan biri bо‘lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘

YXATI:

1.

A’zam E. Bayramdan boshqa kunlar: qissa va hikoyalar. –T.: G‘afur G‘ulom

nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. –

270 b.

2.

A’zam E. Ertak bilan xayrlashuv: qissalar va hikoyalar. –

T.:

O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2007.

200 b

3.

A’zam E. Guli

-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar.

T.:

G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot

matbaa ijodiy uyi, 2009.

230 b.

4.

A’zam E. Jannat о’

zi qaydadir: hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va

publitsistik miniatyuralar.

T.: Sharq, 2007.

270 b.

5.

A’zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. –

T.: Sharq, 2002.

446 b.

6.

Erkin A

zam badiiy olami

: Ilmiy maqolalar va suhbatlar to‘plami.

T.: Turon zamin

ziyo, 2014.

304 b.

7.

Hasanov Sh. Erkin A’zamning “Parizod”i.

https://zarnews.uz/uz/post/erkin-

azamning-parizodi

2

Raimkulova S. Symbolic Images of Ekrin Azam (Based on the story of Pakana's lover)/ Eurasian Journal of Learning and

Academic Teaching, Volume 5| February 2022. Page 63-65.

3

Rasulov A. Jasur qalam sohibi // Sharq yulduzi 2010-5. 73 - b.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

390

8.

Quronov D., Mamajonov Z.,

Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –

T.:

Akademnashr, 2013.

406 b.

9.

Raimkulova S. Symbolic Images of Ekrin Azam (Based on the story of Pakana's

lover)/ Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, Volume 5| February 2022.
Page 63-65.

10.

Rajapova

Feruza.

Achchiq

qismatli

shaxs

fojiasi.

https://kh-

davron.uz/kutubxona/uzbek/erkin-azam-shoirning-toyi.html

11.

Rasulov A. Jasur qalam sohibi // Sharq yulduzi 2010-5. 68-75 b.

12.

Toshboyev O. Botindagi bo‘ron//“Hurriyat”

gazetasi, 2020-yil 25-son.

13.

Xolmirzayev Sh. О‘ttiz beshda ham (esse) // О‘zAS. –

2002 yil 2 iyul.

14.

Шофиев O. Эркин Аъзам насри бадиияти (киноя ва образ). Монография. –

Т.:2019. –176 б.

15.

Shofiyev O. Kechikayotgan odam obrazi // “Sharq yulduzi” jurnali 201

6-8. 143-

149 b.

Библиографические ссылки

A’zam E. Bayramdan boshqa kunlar: qissa va hikoyalar. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. –270 b.

A’zam E. Ertak bilan xayrlashuv: qissalar va hikoyalar. –T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. –200 b

A’zam E. Guli-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2009. –230 b.

A’zam E. Jannat о’zi qaydadir: hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va publitsistik miniatyuralar. –T.: Sharq, 2007. –270 b.

A’zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. – T.: Sharq, 2002. –446 b.

Erkin A’zam badiiy olami: Ilmiy maqolalar va suhbatlar to‘plami. –T.: Turon zamin ziyo, 2014. –304 b.

Hasanov Sh. Erkin A’zamning “Parizod”i. https://zarnews.uz/uz/post/erkin-azamning-parizodi

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –T.: Akademnashr, 2013. –406 b.

Raimkulova S. Symbolic Images of Ekrin Azam (Based on the story of Pakana's lover)/ Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, Volume 5| February 2022. Page 63-65.

Rajapova Feruza. Achchiq qismatli shaxs fojiasi. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/erkin-azam-shoirning-toyi.html

Rasulov A. Jasur qalam sohibi // Sharq yulduzi 2010-5. 68-75 b.

Toshboyev O. Botindagi bo‘ron//“Hurriyat” gazetasi, 2020-yil 25-son.

Xolmirzayev Sh. О‘ttiz beshda ham (esse) // О‘zAS. – 2002 yil 2 iyul.

Шофиев O. Эркин Аъзам насри бадиияти (киноя ва образ). Монография. – Т.:2019. –176 б.

Shofiyev O. Kechikayotgan odam obrazi // “Sharq yulduzi” jurnali 2016-8. 143-149 b.