Авторы

  • Садокат Мирзакамоловa
    преподаватель, кафедры практического курса английского языка, Навоийский государственный педагогический институт, Навои, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp17-21

Ключевые слова:

общение межличностное отношение этапы общения элементарная функция общения

Аннотация

Самая элементарная функция любого общения – обеспечение взаимного понимания собеседниками друг друга. Он начинается у узбекского народа с искреннего благородным видом приветствия с. Одной из самых уникальных и особенных черт узбекского народа заключается в том, что когда кто-то входит в дом, то обязательно его встречает с открытым лицом, здороваются, спрашивают как у него дела, самочувствие. Характерно, что такое же прием мы ощущаем, когда идем на соболезнование. В статье рассматривается о концепция искренности в межличностном общении.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The concept of sincerity in interpersonal communication

Sadokat MIRZAKAMOLOVA

1

Navoi state pedagogical institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form

28 April 2022

Accepted 20 May 2022

Available online

10 June 2022

The most elementary function of any communication is to

ensure mutual understanding by the interlocutors of each other.
It begins with a welcome greeting from the Uzbeks, a greeting

with an open face. One of the rarest and greatest features of the

Uzbek people is that when someone enters his house, he

necessarily meets him with an open face, sees, asks, asks about
the situation. It is characteristic that even when we go to

condolences, we feel such a sincere welcome. The article

discusses the concept of sincerity in interpersonal

communication.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp17-21

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

communication,
interpersonal relationships,
stages of communication,

elementary function of
communication.

Shaxslararo muloqotda samimiylik konsepsiyasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

muloqot,

shaxslararo munosabat,
muloqot bosqichlari,
muloqotning elementar

funksiyasi.

Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi

suhbatdoshlarning o‘zaro bir

-

birini tushunishlarini ta’min

-

lashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom

-alik, ochiq yuz bilan

kutib olishdan boshlanadi. O‘zb

ek xalqining eng nodir va buyuk

xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta, uni

ochiq chehra

bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, hol

-ahvol

so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana

shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Maqolada shaxslararo

muloqotda samimiylik konsepsiyasi borasida fikr yuritilgan.

1

Teacher, Department of practical English course, Navoi state pedagogical institute. Navoi, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

18

Понятие искренности в межличностном общении

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

общение,

межличностное
отношение,

этапы общения,
элементарная функция
общения.

Самая элементарная функция любого общения –

обеспечение взаимного понимания собеседниками друг

друга. Он начинается у узбекского народа с искреннего
благородным видом приветствия с. Одной из самых

уникальных и особенных черт узбекского народа

заключается в том, что когда кто

-

то входит в дом, то

обязательно

его

встречает

с

открытым

лицом,

здороваются, спрашивают как у него дела, самочувствие.

Характерно, что такое же прием мы ощущаем, когда идем

на соболезнование. В статье рассматривается о концепция
искренности в межличностном общении.


Muloqot va shaxslararo munosabatlar

ijtimoiy psixologiyaning mavzusidir.

Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u

insondagi eng muhim ehtiyojni

jamiyatda yashash va

o‘zini shaxs deb hisoblash bilan

bog‘liq ehtiyojini qondiradi.

Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati

kattadir.

Muloqot

odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan

turli faolliklari mobaynida bir-

birlari bilan o‘z

aro munosabatlarga kirishish jarayonidir.

Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod
qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har

qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-

birlariga turli xil ma’lumotlar

uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun

ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning

muloqotga kirisha olish qob

iliyati bilan bevosita bog‘liqdir.

Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot, aslida, juda murakkab

jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik
jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko‘p
qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:

a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;

b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;

d) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
e) bir

kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;

f) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
g) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni

.

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.

Aslida, har bir insonning

ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot
jarayonlarining mahsulidir.

Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan

mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs
bo‘lolmaydi. Shuning uchun

muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur

qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.

Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi

suhbatdoshlarning o‘zaro bir

-

birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom

-alik, ochiq yuz bilan

kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

19

shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta, ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi,

hol-

ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday

samimiyatli qabulni his qilamiz.

Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi

faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakl

-

lantiradi. Odam bolasining yirtqich h

ayvonlar tomonidan o‘g‘rilab ketilishi, so‘ng ma’lum

muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki,

“mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib

ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi

ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.

Muloqotning yana bir muhim vazifasi u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi,

ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan

qolgan odamning qo‘li

ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat

keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni

odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.

Masalan, uzoq vaqt

termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy holatlarning buzilishi qayd

etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan

odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qa

dar katta salbiy

o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday

yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluv

-

chanlik, hadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashv

ish hislarini keltirib

chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach, ovoz

chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi

xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar

ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun

g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan

yerda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog bosh

lanadi.

Biz, deb yozadi u shu

hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha

boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim...”.

Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga

ham t

a’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish

imkoniyatining mavjudligi fakti, ko‘pincha, insonning ishlash qobiliyatini ham

oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma

-yon turib

bajariladigan op

eratsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq,

tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi

odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda odam ishga

“bayramga kelganday” keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog

hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita

ta’sirini o‘rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma asosida bir

-birini

yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos

solgan edi.

Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat

-

larining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik

munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki

kollegial

birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olsak, odamlarning

muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi hamda samaradorlikning

muhim omillaridandir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

20

Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich

mavjud:

Dastlabki bosqich

odamning o‘z

-

o‘zi bilan muloqotidir. T.

Shibutani “Ijtimoiy

psixologiya

darsligida:

“Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z

-

o‘

ziga

ko‘rsatmalar bera oladi”

,

deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z

-

o‘zi bilan muloqoti,

aslida, uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam

o‘z

-

o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chet

ga tortib,

tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyin-
chiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Boshqalar bilan muloqot

muloqotning

ikkinchi bosqichidir.

A.N.

Leontev o‘zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqotning

uchinchi shakli

–avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb

yozadi: “Agar barcha katta avlod o‘lib ketganida, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin

jamiyatning taraqqiyoti ancha orq

aga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi

mumkin edi”. Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning
o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini
tushungan insoniyatning eng ilg‘o

r vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab

keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga

uzatadilar.

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning

hayotiy vaziyatlarga mos

keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va

turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki

norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy

vazifalari va xulq-at

vor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida

ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,
norasmiy muloqot

bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni

o‘sha suhbatdoshlarnnng

fikr-

o‘ylari, niyat

-maqsadlari va emotsional munosabatlari

bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan
yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar

borasidagi munozaralari. Odaml

arning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy

muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charcha

-

maydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham
qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish
yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari
kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam
ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki

buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab
qilinadi.

G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi:

1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi

ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).

2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq

-

atvorlariga ta’sir jarayoni).

3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning b

ir-

birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik

jarayon).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

21

Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Ko‘pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekanlar,

uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov
uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:

a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi;

b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi;
d) hissiyotlar almashinuvi.
Bu funksiyalar aslida G.M. Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi,

ya’ni har bir muloqot jarayonida B.F.

Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

G‘oziev

E.G. Muomala psixologiyasi. T., 2001.

2.

“Psixologiya” Uch. T

-

2. “Prospekt”. Moskva –

2004.

3.

Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoe posobie dlya vuzov.

M.:

IKS “MarT”, 2004

.

512 s.

4.

Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:

Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd. Sentr VLADOS, 2003.

320 s.

5.

www.psycho.all.ru

6.

www.psychology.net.ru

7.

Yusupov O. (2022). Functions of the actor in the performance ART. International

Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 43-46.

8.

Yusupov O.Y. (2021). The russification legacy of historical monuments of

Uzbekistan. Linguistics and Culture Review, 5(S1), 1535

1539.

9.

Yusupov O. (2020). Lexical doublets in English and Uzbek linguistics. Journal of

Critical Reviews, 7(5), 466

468.

10.

Tukhtasinov I., & Otabek Y. (2022). Teaching a Foreign Language According to

Age Groups. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(2), 238

246.

Библиографические ссылки

G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T., 2001.

“Psixologiya” Uch. T-2. “Prospekt”. Moskva – 2004.

Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.: IKS “MarT”, 2004. – 512 s.

Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey: Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd. Sentr VLADOS, 2003. – 320 s.

www.psycho.all.ru

www.psychology.net.ru

Yusupov O. (2022). Functions of the actor in the performance ART. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 43-46.

Yusupov O.Y. (2021). The russification legacy of historical monuments of Uzbekistan. Linguistics and Culture Review, 5(S1), 1535–1539.

Yusupov O. (2020). Lexical doublets in English and Uzbek linguistics. Journal of Critical Reviews, 7(5), 466–468.

Tukhtasinov I., & Otabek Y. (2022). Teaching a Foreign Language According to Age Groups. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(2), 238–246.