Авторы

  • Камолиддин Мавланов
    Старшый преподователь, Ташкентский государственный юридический университет, Ташкент, Узбекистон

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp121-126

Ключевые слова:

доказательство судебное расследование исследование доказательств теория доказательств доказывание фактические сведения

Аннотация

Данная статья посвящена изучению принципа непосредственного и устного исследования доказательств в уголовном процессе. В статье рассматриваются понятие и правовая основа доказывания, значение данной
процедуры в уголовном судопроизводстве, порядок непосредственного исследования доказательств, последствия несоблюдения, понятие тщательного, всестороннего, полного и беспристрастного исследования доказательств. Данная статья анализируется на основе действующего законодательства, научных исследований, учебников, статей, брошюр и зарубежного опыта в данной области и разработаны научно обоснованные и практически значимые предложения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the procedure for direct verification of
evidence

Kamoliddin MAVLANOV

1

Tashkent state university of law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form

28 April 2022

Accepted 20 May 2022

Available online

10 June 2022

This article is devoted to the study of the principle of direct

and oral examination of evidence in criminal proceedings. The

article discusses the concept and legal basis of proof, the
significance of proof in criminal proceedings, the procedure for

direct examination of evidence, the consequences of non-

compliance, the importance of a thorough, thorough, complete

and impartial examination of evidence. The article is analyzed on
the basis of current legislation, scientific research in this field,

textbooks, articles, brochures and foreign experience and offers

evidence-based and important practical recommendations.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp121-126

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

evidence,

judicial investigation,

research of evidence,

theory of evidence,

proof, factual information.

Dalillarni bevosita tekshirish tartibini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit s

o‘

zlar:

dalil,

sud tergovi,

dalillarni tekshirish,

dalillar nazariyasi,

isbotlash,

faktik ma

lumotlar.

Mazkur maqola jinoyat ishlari yurituvida dalillarni bevosita

va o

g‘

zaki usulda tekshirish prinsipini tadqiq etishga

bagʻishlangan. Maqolada dalil tushunchasi va uning huquqiy

asoslari, jinoyat protsessida isbotlashning ahamiyati, dalillarni

bevosita tekshirish tartibi, unga rioya qilmaslik oqibatlari,
dalillarni har tomonlama, sinchkovlik bilan, t

o‘

la va xolisona

tekshirishning ahamiyati doirasida tadqiqot olib borilgan.

Maqola amaldagi qonunchilik, soha boʻyicha ilmiy izlanishlar,

mavzuga oid darslik, maqola, risolalar hamda xorij tajribasi

asosida tahlil etilib, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat

kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

1

Senior lecturer, Tashkent state university of law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: kamoliddin.mavlanov@gmail.com.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

122

Совершенствование процедуры непосредственной

проверки доказательств

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

доказательство,

судебное расследование,
исследование

доказательств,

теория доказательств,
доказывание,

фактические сведения.

Данная

статья

посвящена

изучению

принципа

непосредственного и устного исследования доказательств

в уголовном процессе. В статье рассматриваются понятие и
правовая

основа

доказывания,

значение

данной

процедуры в уголовном судопроизводстве, порядок

непосредственного

исследования

доказательств,

последствия

несоблюдения,

понятие

тщательного,

всестороннего, полного и беспристрастного исследования
доказательств. Данная статья анализируется на основе

действующего законодательства, научных исследований,

учебников,

статей, брошюр и зарубежного опыта в данной

области и разработаны научно обоснованные и
практически значимые предложения.


JPKda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari

kerakligi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudla

nuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq

qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishlari,
bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shartligi belgilangan. Bundan
koʻrinadiki, ekspertiza xulosasi gumon q

ilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi

va guvohlarning koʻrsatuvlari kabi eshitilishi kerak, tergov harakatlari bayonnomalari
kabi oʻqib eshittirilishi kerak emas. Shu normada bir

-biriga mazmunan va shaklan juda

oʻxshash soʻzlar qoʻllanilgan boʻlib, bir oʻqishda eʼtiborni tortmaydi. Eshittirish –

bu

maʼlumotni barchaning eʼtiboriga yetkazish demakdir. Bundan xulosa shu boʻladiki,
ekspertiza xulosasi eksperti tomonidan oʻqib eshittiriladi. Sud amaliyotida ekspertiza
xulosalarini sudyalarning oʻzlari oʻqib beradi, koʻpincha, ekspertlar ham soʻroq

qilinmaydi.

Bu holat esa dalillarni bevosita usulda tekshirish prinsipini chetlab oʻtadi va

tortishuv prinsipiga zid hisoblanadi. Chunki ekspertiza xulosasi ayblovchi yoki oqlovchi

dalillar boʻlib, sud xoli

s taraf sifatida ishda faqat hal qilish vazifasini bajarishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014

-yil 23-

maydagi “Sud hukmi

toʻgʻrisida”gi [1] Qarorining 2

-

bandidagi ham odil sudlovni taraflarning oʻzaro tortishuvi,

dalillarning bevos

ita va ogʻzaki usulda tekshirilishi asosida olib borilishi va ish boʻyicha

ha

qiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal

qilishlari lozimligi, ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga koʻra cheklanish hukmni

qonuni

y emas, deb topishga asos boʻlishi koʻrsatilgan. Mazkur hujjat ham yuqorida tahlil

qilingan masalaning jiddiy ekanligini koʻrsatadi.

Bugungi kunda jinoyatlarni ochish amaliyotida bir qator kamchiliklarga yoʻl

qoʻyilmoqda. Jumladan, jinoyat sodir etilgan h

udud atrofida fuqarolar bilan yetarlicha

soʻrov suhbatlari tashkil etilmaydi, ochish chora

-tadbirlarini tashkil qilishda muayyan

kamchiliklarga yoʻl qoʻyiladi, xususan, tadbirlar pala

-partish, tartibsiz olib boriladi. Bu

holat jinoyatni issiq izidan fosh e

tish imkoniyatlarini yoʻqqa chiqaradi. Qolaversa,

jinoyatni fosh etishda ilmiy yutuqlar, ekspertlarning imkoniyatlari va texnologiyalardan

yetarli foydalanilmaydi. Masalan, fonoskopik ekspertizalar ovoz va tovushlar boʻyicha
oʻtkaziladi. Ammo talonchilik j

inoyatlarini ochishda bunday ekspertiza bir marta ham


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

123

tayinlanmagan, masʼullar tomonidan bu borada tegishli choralar koʻrilmagan [2]. Yoki
portret ekspertizasi oʻtkazilishini ham koʻpchilik xodimlar bilmaydi, binobarin, amalda

undan foydalanilmaydi. Shunin

gdek, talonchi voqea joyida oʻzining yozuvlari aks etgan

qogʻozni tushirib qoldirgan boʻlsa, matnning yozilishiga eʼtibor berish kerak. Zero,
matnning tuzilishi va mazmuniga qarab uni yozgan shaxsning ruhiy holati va maʼlumot

darajasini aniqlash mumkin. Yoxud jinoyatchining kiyim-kechagi, buyumlari va boshqa

joylarda tushirib qoldirishi mumkin boʻlgan mikrozarralarni olib, uni topishda, qolaversa,

jinoyatni isbotlashda dalil sifatida ishlatish mumkin. Biroq amalda ushbulardan
foydalanilmaydi.

Amaliyot tahli

li shuni koʻrsatdiki, baʼzan tergovchilar voqea joyini koʻzdan

kechirish tergov harakatining muhimligini yetarli baholamaydilar. Voqea joyini koʻzdan
kechirishda yoʻl qoʻyilgan shoshqaloqlik amalga oshirilgan hujumning yuzaki
baholanishiga, izlar notoʻliq

aniqlanishi va olinishiga, tergov harakatining samaradorligi

keskin tushib ketishiga olib keladi. Ochiq joylarda talonchilik jinoyatlari sodir etilganida

voqea joyini koʻzdan kechirish tergov harakati, jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangan

-

aniqlanmaganidan

qatʼi nazar, har qanday hollarda oʻtkazilishi zarur [3]. Chunki aynan

ushbu tergov harakati jinoyatni isbotlovchi dalillarni toʻplashda, jinoyatning koʻzga

tashlanmagan holatlarini aniqlashda, voqea guvohlarini topishda alohida ahamiyatga ega.

Xuddi shund

ay dalillarni tekshirish bilan bogʻliq muammolar sud amaliyotida ham

kuzatiladi. Bu amaliy misol bilan koʻrishimiz ham mumkin. Jumladan, jinoyat ishlari
boʻyicha Payariq tuman sudining 2017

-yil 10-

oktabrdagi hukmiga koʻra, Sh.M.ga JK

97-moddasining birinchi qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudning hukmiga koʻra, Sh.M. spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda, 2017

-yil 15-iyun kuni

kechasi soat 03:00 da A.A. bilan oʻrtalaridagi oʻzaro kelishmovchiliklar uchun undan qasd

olish ma

qsadida Payariq tumani, “Tomoyrot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi A.A.ning uyiga

kelgan. Shundan soʻng hovlidagi karavotda yotgan A.A. bilan gaplashib turib, oʻzi bilan
olib kelgan oshxona pichogʻini uning boʻyin sohasi pastki qismiga urib, voqea joyidan

qo

chib ketgan. A.A. Sh.M.ning ortidan quvib chiqib, uyi yonidan oʻtgan “Tomoyrot

-

Qoʻtirbuloq” avtomobil yoʻli ustida yiqilib, vafot etgan. Soʻng jinoyat ishlari boʻyicha

Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2020-yil 2-oktyabrdagi ajrimi bilan

sud hukmi oʻzgartirilib, Sh.M.ga nisbatan tayinlangan jazo 14 yil ozodlikdan mahrum

qilish jazosiga keltirilgan [4].

JPKning 455-

moddasida hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shartligi, sud

hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslashi, sudning hukmida

ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozimligi nazarda tutilgan. Biroq

apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qayd etilgan qonun talablari va Oliy sud
Plenumi qarori tushuntirishlariga rioya qilinmasdan, birinchi instansiya sudi tomonidan

tekshirilmagan ish holatlari, shikoyatda keltirilgan vajlarni tekshirish, yoʻl qoʻyilgan
protsessual xatoliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmagan. Mazkur holatda apellyatsiya

instansiya sudi marhumning qonuniy vakili F.Y.ni

ng oʻgʻlini Sh.M. jinoiy sheriklari bilan

birga oʻldirganligi haqidagi va boshqa vajlarini toʻliq tekshirish yuzasidan zarur sud
ekspertizasini tayinlamasdan, qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni
soʻroq qilmasdan, ashyoviy va boshqa dalillarni toʻliq yigʻmasdan, jinoyatishini toʻla, har
tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa

harakatlarni belgilamasdan, barvaqt xulosaga kelgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

124

Bunday holatda sud tergovi toʻliq oʻtkazilmaganligi bois apellyatsiya i

nstansiyasi

ajrimini qonuniy va asosli deb topib boʻlmaydi. Shu sababli kassatsiya instansiyasi

sudining 2021-yil 8-apreldagi ajrimi bilan Sh.M.ga nisbatan chiqarilgan apellyatsiya

instansiyasi sudining ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi yangidan koʻrish u

chun yuborilgan.

Ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini

o‘

rganadigan b

o‘

lsak, jumladan,

Qozogʻiston Respublikasi

jinoyat-

protsessual qonunchiligi dalillarni bevosita va ogʻzaki

usulda tekshirishni alohida prinsip sifatida nazarda

tutmagan boʻlsa

-da, dalillarni har

tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganish sharti alohida prinsip sifatida qonun doirasida
belgilab qoʻygan [5]. Unga koʻra, sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat ishini
toʻgʻri hal etish uchun zarur va yetarli boʻlgan boʻlgan ish holatlarini har tomonlama, toʻla
va xolisona oʻrganish uchun barcha qonuniy choralarni koʻrishga majbur. Bunda sud ish
boʻyicha mavjud va taqdim etilgan dalillarni qonunchilikda nazarda tutilgan usullardan
foydalangan holda oʻrganadi. Qozogʻiston Respublikasi jinoyat

-protsessual qonunchiligi-

ning oʻziga xos jihatlaridan biri bu sudning dastlabki tergov yoki surishtiruvning
kamchiliklarini bartaraf etish boʻyicha oʻz tashabbusiga koʻra qoʻshimcha dalillarni
toʻplay olmasligidir. Milliy qonunchiligimizda esa surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq

emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini

koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etilishi belgilab qoʻyilgan (JPK

415-modda). Bunda sudlanu

vchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy

ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun

yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun
asoslar aniqlangan taqdirda,

sud surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki

jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini JPKning 416 va 417-
moddalariga muvofiq bartaraf etadi.

Bundan tashqari, Qozogʻiston Respublikasi JPK 24

-

moddasiga koʻra, jinoiy taʼq

ibni

amalga oshiruvchi organlar jinoyat ishi uchun ahmiyatli boʻlgan holatlarni kodeksda
oʻrnatilgan tartibda aniqlashlari talab etiladi. Sud esa xolislikni saqlagan holda jinoyat
ishini har tomonlama va toʻla tekshirish uchun ayblov va himoya tomonlarga oʻ

zlarining

huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi kerak.
Dalillarni tekshirish jarayonida ham ayblovchi, ham oqlovchi, gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi, sudlanuvchining javobgarligi va jazosini ham ogʻirlashtiruvchi va

yengi

llashtiruvchi holatlarni oʻrganishi zarur. Jinoiy taʼqibga masʼul oʻrganlar tergovda

ruxsat etilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi har qanday ariza, xabarlarni
oʻrganishi talab etiladi.

Deyarli xuddi shunday mazmundagi qoidani

Belarus Respublikasi

JPKsining

18-moddasida nazarda tutilgan.

GFR

qonunchiligi b

o‘

yicha sud jarayonida

qat

iy

isbot q

o‘

llaniladi. Bunda

sudlanuvchining aybini aniqlash uchun muhim b

o‘

lgan barcha faktlar va xatti-

harakatining huquqiy oqibatlarini aniqlash faqat qonun hujjatlarida aniq nazarda tutilgan
isbotlash vositalaridan foydalaniladi. Sudda isbotlash vositalarining qat

iy cheklangan

r

o‘

yxati mavjud, unga quyidagilar kiradi: sudlanuvchining, guvohlarning, ekspertning

k

o‘

rsatmalari, ashyoviy va yozma dalil: hujjatlarni tekshirish. Ushbu protsedura rasmiy

isbot qilish deb ataladi. Boshqa barcha faqat protsessual ahamiyatga ega bo

lganlar

holatlar sud muhokamasida dalillardan foydalangan holda belgilanadi. Bu sudning
ixtiyoriga ko

ra har qanday dalil manbalariga asoslanib hujjatlarni kengroq oshkor qilish

imkoniyatini anglatadi. GFR qonunchiligining e

tiborli jihati unda bevosita

o‘

rganiladigan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

125

dalillar orasida ekspert xulosasi ham nazarda tutilgan. Milliy qonunchiligimizni tahlil
qiladigan b

o‘

lsak, ayni masala

O‘

zbekiston Respublikasi JPKning 26-moddasida ham

nazarda tutilmaganligining guvohi b

o‘

lamiz. Chunki milliy qonunchiligimizda ekspert

o‘

zi

bergan xulosa yuzasidan guvoh sifatida s

o‘

roq qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, JPKni quyidagi mazmundagi norma bilan

t

o‘

ldirishni taklif etamiz:

Jabrlanuvchi va guvohning dastlabki tergov, surishtiruvni yuritish cho

g‘

ida sudda

oldindan tasdiqlangan k

o‘

rsatuvlarini

o‘

qib eshittirishga, jabrlanuvchi yoki guvohni sudga

keltirish imkoni b

o‘

lmagan taqdirda y

o‘

l q

o‘

yiladi.

Sud tarafning iltimosnomasiga k

o‘

ra yoki

o‘

z tashabbusi bilan jabrlanuvchining yoki

guvohning dastlabki tergovda bergan k

o‘

rsatuvlarini

o‘

qib eshittirishga quyidagi hollarda

haqli:

1) hozirgi va ilgarigi s

o‘

roqlarda berilgan k

o‘

rsatuvlar

o‘

rtasida jiddiy qarama-

qarshiliklar b

o‘

lganda;

2) jabrlanuvchi yoki guvoh vafot etganda;
3) jabrlanuvchi yoki guvoh sudga kelishiga monelik qiluvchi o

g‘

ir kasallikka

chalinganda;

4) k

o‘

rsatuvi oldindan mustahkamlab q

o‘

yilganda;

5) agar k

o‘

rilgan choralar natijasida jabrlanuvchi yoki guvohning qayerdaligini

aniqlash va sudga olib kelish imkoni b

o‘

lmaganda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘

YXATI:

1.

https://lex.uz/docs/2413562.

2.

Mirzaev J.U. Some deficiencies in the detection of robbing crimes. Journal of Law

Research. 2021, 6 vol., Issue 11.

PP. 94

102.

3.

Racheva N.V. Inspection of the scene of the incident in cases of robbery and

robbery committed in an open area // Russian law: education, practice, science.

2016.

No. 3.

P. 40.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati

tomonidan 2021-

yilning ikkinchi choragida kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha

sud amaliyoti. https://sud.uz.

5.

https://online.zakon.kz/document/doc_

6.

https://www.matsne.gov.ge/ru/document/download/90034/37/ru/pdf

7.

https://kodeksy.com.ua/ka/ugolovno_protsesualnij_kodeks_ukraini/statja-

23.htm.

8.

http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/111530.

9.

Blinkov A.P. Prinsip

ы

sostyazatelnogo i obyektivno-istinnogo ugolovnogo

protsessa v deyatelnosti sledovatelya: sravniteln

ыy analiz: dis. … kand. yurid. nauk.

Volgograd. 2018. S. 84 85. B

ы

kov V.M. Pravovoye polojeniye sledovatelya v ugolovnom

protsesse Rossii (chast 1) // Pravo i politika. № 5 (149). 2012. S. 880

10.

Sheyfer, S. A. Rossiyskiy sledovatel

issledovatel ili presledovatel? / S. A.

Sheyfer // Rossiyskaya yustitsiya.

2010.

№ 11. –

S. 34-36.

https://elibrary.ru/item.asp?id=15594436&.

11.

Мавланов

К

.

Жиноят

ишлари

юритувида

гумон

қилинувчига

нисбатан

қамоққа

олиш

тарзидаги

эҳтиёт

чорасини

қўллаш

//

Общество

и

инновации

.

2021.

Т

. 2.

№. 12/S. –

С

. 265

269.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

126

12.

Kamoliddin M. Procedural status of the suspect in criminal proceedings:

procedural status of the suspect in criminal proceedings // TSUL Legal Report
International electronic scientific journal.

2021.

Т

. 2.

№. 1. –

С

. 151

162.

13.

Мавлонов

К. Состояние обеспеченности право на защиту лица,

подозреваемого в совершении преступления в законодательстве некоторых
развитых зарубежных стран //Общество и инновации. –

2021.

Т. 2. –

№. 1/S. –

С. 96–

103.

Библиографические ссылки

Mirzaev J.U. Some deficiencies in the detection of robbing crimes. Journal of Law Research. 2021, 6 vol., Issue 11. – PP. 94–102.

Racheva N.V. Inspection of the scene of the incident in cases of robbery and robbery committed in an open area // Russian law: education, practice, science. – 2016. –No. 3. – P. 40.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2021-yilning ikkinchi choragida kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti. https://sud.uz.

Blinkov A.P. Prinsipы sostyazatelnogo i obyektivno-istinnogo ugolovnogo protsessa v deyatelnosti sledovatelya: sravnitelnыy analiz: dis. … kand. yurid. nauk. Volgograd. 2018. S. 8485. Bыkov V.M. Pravovoye polojeniye sledovatelya v ugolovnom protsesse Rossii (chast 1) // Pravo i politika. № 5 (149). 2012. S. 880

Sheyfer, S. A. Rossiyskiy sledovatel – issledovatel ili presledovatel? / S. A. Sheyfer // Rossiyskaya yustitsiya. – 2010. – № 11. – S. 34-36. https://elibrary.ru/item.asp?id=15594436&.

Мавланов К. Жиноят ишлари юритувида гумон қилинувчига нисбатан қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чорасини қўллаш // Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 12/S. – С. 265–269.

Kamoliddin M. Procedural status of the suspect in criminal proceedings: procedural status of the suspect in criminal proceedings // TSUL Legal Report International electronic scientific journal. – 2021. – Т. 2. – №. 1. – С. 151–162.

Мавлонов К. Состояние обеспеченности право на защиту лица, подозреваемого в совершении преступления в законодательстве некоторых развитых зарубежных стран //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 1/S. –

С. 96–103.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Билолиддин Элмурзаев, Камолиддин Мавланов, Вопросы обеспечения процессуальной независимости следователя в уголовном процессе , Общество и инновации: Том 3 № 1 (2022)

Камолиддин Мавланов , Повышение прозрачности в судебно-следственной деятельности , Общество и инновации: Том 3 № 8/S (2022)

Камолиддин Мавланов , Анализ эффективности участия народных заседателей в судебном разбирательстве , Общество и инновации: Том 4 № 10/S (2023)

Камолиддин Мавланов, Применение меры пресечения в виде заключения под стражу, в отношении подозреваемого в уголовном в судопроизводстве , Общество и инновации: Том 2 № 12/S (2021)

Камолиддин Мавланов, Состояние обеспеченности право на защиту лица, подозреваемого в совершении преступления в законодательстве некоторых развитых зарубежных стран , Общество и инновации: Том 2 № 1/S (2021)

Камолиддин Мавланов , Презумпция невиновности в уголовном процессе: отечественный и зарубежный опыт , Общество и инновации: Том 2 № 2/S (2021)