Авторы

  • Барчиной Жураева
    Старший преподаватель, кафедра общетехнических наук, Каршинский институт ирригации и агротехнологий Национального исследовательского университета “ТИИИМСХ, Карши, Узбекистан
  • Темурмалик Эргашев
    Ассистент, кафедра общетехнических наук, Каршинский институт ирригации и агротехнологий Национального исследовательского университета “ТИИИМСХ, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp1-5

Ключевые слова:

графические изображения графическая грамотность мультимедиа мультимедийные средства мультимедийные системы в образовании

Аннотация

В данной статье рассматривается применение мультимедиа и мультимедийных средств, широкий спектр их возможностей в инженерной и компьютерной графике как эффективные средства, обогащающие учебный процесс, активное вовлечение обучающихся в учебный процесс и развитие стимулирующее-мотивационных компонентов в усвоении учебной информации.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The importance of teaching drawing using multimedia tools

Barchinoy JURAEVA

1

, Temurmalik ERGASHEV

2

Karshi Institute of irrigation and agrotechnology

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021

Received in revised form

28 April 2022
Accepted 20 May 2022

Available online

10 June 2022

Multimedia technologies enrich the learning process, make

learning more effective, involve the cognitive process, develop
the emotional components of the student in the acquisition of

educational information. This article discusses information

about multimedia and multimedia tools, the use of multimedia

tools in engineering and computer graphics, and their wide range
of possibilities.

2181-1415/© 2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp1-5

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

graphics diagram,

graphic literacy,

multimedia,

multimedia tools,

multimedia systems in
education.

Chizmachilik fanini multimedia vositalari yordamida
o‘qitishning ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

grafik tasvirlar,

grafik savodxonlik,
multimedia,

multimedia vositalari,
tа’limida multimediya
tizimlari.

Multimedia texnologiyalari o‘quv jarayonini boyitadi,

o‘rganishni yanada samarali qiladi, idrok etish jarayoniga jalb

qiladi, ta’lim ma’lumotlarini o‘zlashtirishda o‘quvchining hissiy
komponentlarini rivojlantiradi. Ushbu maqolada multimedia

va multimedia vositalari haqida ma’lumot, muhandislik va
komputer grafikasi fanida multimedia vositalaridan foydalanish

va ularning keng ko‘lamli imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan.

1

Senior lecturer, department of general engineering, Karshi Institute of irrigation and agrotechnology, national

research university “TIQXMMI”. Karshi, Uzbekistan.

2

Assistant, department of general engineering, Karshi institute of irrigation and agrotechnology, national research

university “TIQXMMI”. Karshi, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

2

Значимость

обучения

черчению

посредством

мультимедийных средств

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

графические изображения,

графическая грамотность,
мультимедиа,
мультимедийные

средства,
мультимедийные системы
в образовании.

В

данной

статье

рассматривается

применение

мультимедиа и мультимедийных средств, широкий спектр

их возможностей в инженерной и компьютерной графике
как эффективные средства, обогащающие учебный процесс,

активное вовлечение обучающихся в учебный процесс и

развитие стимулирующее-мотивационных компонентов в

усвоении учебной информации.


Axborotlarni grafik vositalar bilan ifoda etish jamiyat hayotining barcha sohalarida

keng qo‘llanilmoqda. Chunki grafik tasvirlar o‘zining obrazliligi, belgilanishi, ixchamligi va
o‘qilishining qulayligi bilan boshqa axborot vositalaridan ajralib turadi. Grafik
tasvirlarning aynan shu sifatlari ulardan foydalanish ko‘lamini kengaytirishni taqozo
qilmoqda.

Multimedia zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv

dasturiy ta’minot nazorati ostida vizual va audioeffektlarning o‘zaro ta’siri, ular matn,
ovoz, grafik, fotosuratlar, videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi.

Shu jumladan, ta’lim jarayonlarini ham multimedia vositalari asosida olib borish

hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida
hayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima, degan savol tug‘iladi? Ko‘pgina mutaxasisslar bu
atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia – bu informatikaning
dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya
(obyektlarning fazodagi harakati)effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga
yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda
o‘qitishning bu usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda.
Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Hozirgi
kunda esa sotilayotgan har bir komputerni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Komputerlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lidagi urinishlar
zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki
barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalar asosida bilim olishda
30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat
saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarini ko‘rish (video) asosida qabul
qilsa, axborotning xotirada saqlanib qolishi 25-30% oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida
o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa,
materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.

Chizmalar axborotlarning shunday maxsus vositalaridan biriki, ularsiz fanda, ishlab

chiqarishda va turmushda insonni qamrab olgan mashinalar, asboblar, inshootlar, ko‘p
sonli texnikani bilib olish va ularning tuzilishini modellashtirishning iloji yo‘q.

Texnika va texnologiyaning taraqqiyoti tufayli o‘quvchilarning grafik tayyorgarlik

saviyasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan maktabda chizmachilik o‘qitish
amaliyoti, kursning didaktik ta’limoti mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘rtasidagi
nomuvofiqlik orqali izohlanadi. O‘quvchilarning grafik savodxonligini oshirish shuning


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

3

uchun ham zarurki, ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida insonning predmet va
ob’yektlarning real xususiyatlariga ko‘ra abstraksiyalashning har xil darajadagi grafik
modellari bilan ish ko‘rish qobiliyatiga bo‘lgan talablar kun sayin o‘sib bormoqda. Shuning
uchun ham keyingi yillarda “inson va texnika” tizimida psixologlarning vizual tafakkur
jarayoniga pedagog va metodistlarning ta’lim jarayonida axborotlarning grafik
vositalaridan foydalanishning usul va uslublarini shakllantirish muammosiga qiziqishi
ortmoqda.Ma’lumki, ma’ruzani о‘quvchilarning 25%ga yaqini о‘zlashtiradi. Tajribalar
shuni kо‘rsatadiki, bir vaqtning о‘zida ham ma’ruzani eshitish, ham matеrialni komputеr
ekranida kо‘rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish о‘zlashtirish sifatini oshiradi.

Bundan tashqari, ko‘pchilik o‘quv predmetlari qatori chizmachilik ta’limini

komputerlashtirish, o‘quvchilarning grafik bilimlarini jadal sur’atlar bilan egallay
olishlariga shart-sharoit yaratish yo‘llari aniqlanmoqda. Bunday sharoitda maktab
o‘quvchilariga grafik tayyorgarligidankatta talablar qo‘yilishi tabiiydir.

Keyingi yillarda chizmachilik metodikasi takomillashib bormoqda. Shunga ko‘ra,

o‘qitish jarayonida nazariy asoslangan va ta’limning ko‘'p yillik amaliyotida sinalgan
metodik yo‘l-yo‘riqlarga amal qilmoq lozim. Bularning eng asosiysi to‘g‘ri burchakli
proyeksiyalash bilan aksonometrik proyeksiyalashni parallel ravishda o‘rganish,
geometrik, proyeksion va texnik chizmachilikning bir butunligini to‘g‘ri anglashdan
iboratdir.

O‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish sohasida hozirgi

vaqtgacha qilinayotgan ishlarni yanada takomillashtirish lozim. Bu bolalarni faqat bilimlar
tizimi bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularda fikrlash, faoliyatning turli grafik
masalalarini yechish bilan bog‘liq bo‘lgan ratsional usullarni shakllantirish ham kerakligini
anglatadi.

Metodika va pedagogik psixologiyada o‘quv ishlarining eng yaxshi usullarini

tanlashga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayoniga o‘quvchilarning bilish
qobiliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritish metodistlarning diqqat markazidagi
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘qitish amaliyotining ko‘rsatishicha, mashqlarni bajarishda o‘quvchilar talay

xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xatolar detallarning geometrik shaklini to‘liq tahlil qila
bilmaslikdan, predmetning turli ko‘rinishlaridagi elementlari (uchlari, yoqlari, qirralari va
boshqalar)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqishda grafik tahlilning turg‘un
emasligidan kelib chiqadi. Buning sabablaridan biri esa chizmachilik fani
o‘qituvchilarining darsni o‘tishda faqat darslik bilan kifoyalanib qolishlarida deb
o‘ylaymiz. Masalan, darslikning “Ko‘rinishlar” mavzusida quyidagi chizma berilgan xolos.
Faqat darslik asosida mashg‘ulotni olib borish esa kerakli natijani bera olmaydi.
Chizmachilik fani xususiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, aksariyat o‘quvchilar uchun
birgina chizma va matnlar ketma-ketligidan turli-tuman shakl hamda konstruksiyaga ega
bo‘lgan detallar, buyumlarni ko‘rinishlarini anglash, tasavvur qilish, analiz-sintez qilish,
ularni qog‘ozga tushirish jarayonlarini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmay qoladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

4


Bunday holatlarda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, darsni multimedia vositalari orqali

tashkil etish samaraliroq bo‘ladi. Quyida uning afzalliklarini ta’kidlab o‘tamiz:

1. Detal shaklini tahlil qilish, uni tasavvurda tiklashda detalning asliga qarash yoki

komputer texnologiyalari orqali o‘rganish foydali hisoblanadi. Turli grafik dasturlar
asosida yaratilgan detal modellari esa bu borada juda qulay sanaladi. Bunda monitor
ekranida o‘quvchilar detalni alohida geometrik qismlarga ajratishlari yoki uni turli
burchaklardan kuzatishi va axborot texnologiyalarining boshqa bir qancha
imkoniyatlaridan foydalanishlari va bu detal to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishini
ta’minlaydi.







background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

5








background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

6

2. Chizmani chizish jarayonidagi ba’zi uchrab turadigan tipik xatolarni tuzatishda

ham multimedia vositalarining o‘rni katta. Sababi, chiziq turlari, o‘lcham qo‘yish qoidalari,

mas’shtablar, shriftlar kabi vazifalarni komputer avtomatik tarzda bajaradi hamda buni

har dars kuzatib borayotgan o‘quvchi chizayotgan chizmalarini ham ekranda ko‘rganidek

bajarishga beixtiyor harakat qila boshlaydi. Bu esa chizmachilik darslarida tipik

xatolarning oldini olish borasidagi yechimlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

3. Shuningdek, grafik topshiriqlarni bajarishda fazoviy tasavvurlari yetarli

bo‘lmagan, detalning shaklini tasavvur qilishga qiynaladigan o‘quvchilarga ushbu mavzuni

o‘rganishlarida komputerdan foydalanish katta yordam beradi. Masalan, “berilgan ikkita

ko‘rinishi bo‘'yicha uchinchisini bajarish” mavzusidan grafik ish bajarishda o‘quvchilarda

qiyinchilik tug‘ilgan hollarda komputerda detalning yaqqol tasvirini namoyish qilish,

asosiy ko‘rinishlarini alohida-alohida tarzda ko‘rib chiqishi orqali ularga topshiriqni

mustaqil bajarishlariga yordam berish mumkin.

4.Yana bir sabablardan biri – multimedia vositalarining o‘quvchi uchun

qiziqarliligidir. Multimedia og‘zaki va vizual-sensorli ma’lumotlarni birlashtirishga imkon

beradi, bu o‘'quvchilarning motivatsiyasiga, o‘rganish uchun haqiqiy muhitni yaratishga

yordam beradi. An’anaviy tarzda o‘tilayotgan darslar o‘quvchining fanga bo‘lgan

qiziqishini uyg‘otish uchun yetarli bo‘lmay qoladi, bunga komputer texnologiyalarining

misli ko‘rilmagan taraqqiyoti sabab bo‘lmoqda. Chizmachilik darslari amaliy ahamiyatga

ega fan ekanligi sababli unda multimedia vositalaridan foydalanish, grafik dasturlar

yutuqlaridan foydalanish o‘quvchining o‘zlashtirishi uchun qulaylik yaratadi.

5. Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda auditoriyada darslarni tashkil

etish har qanday talaba uchun mavjud bo‘lgan juda oddiy vositalarni qo‘llash orqali vaqtni

tejash, shu bilan birga, katta hajmdagi o‘quv materialini taqdim etishni faollashtirish

imkonini beradi. Dars davomida talabalar o‘rtasida vizuallashtirilgan rang-barang o‘quv va

o‘yin muhitini yaratishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Н.Н. Абдуллажонова. “Таълимда мультимедиа тизимлари”, ma’ruza matnlari.

TATU Farg‘ona filiali. Farg‘ona, 2015.

2.

N.N. Achilov, I.S. Baxriyev, M.J. Mahmudov. Muhandislik grafikasida multimediyaning

tutgan o‘rni. Academic research in educational sciences. 2020. – B. 644–645

3.

Krasilnikova V.A. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanish: o‘quv qo‘llanma / V.A. Krasilnikov; Orenburg davlati. un-t. – 2-nashr. qayta

ko‘rib chiqilgan va qo‘shimcha – Orenburg: OGU, 2012. – 291 p.

4.

Starikov D.A. Multimedia texnologiyasi kontseptsiyasi va ularni o‘quv jarayonida

qo‘llash haqida / D.A. Starikov // Ta’limdagi ilmiy tadqiqotlar: pedagogika, psixologiya,

iqtisod. – 2011. – No 2. – B. 53–55.

Библиографические ссылки

Н.Н. Абдуллажонова. “Таълимда мультимедиа тизимлари”, ma’ruza matnlari. TATU Farg‘ona filiali. Farg‘ona, 2015.

N.N. Achilov, I.S. Baxriyev, M.J. Mahmudov. Muhandislik grafikasida multimediyaning tutgan o‘rni. Academic research in educational sciences. 2020. – B. 644–645

Krasilnikova V.A. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish: o‘quv qo‘llanma / V.A. Krasilnikov; Orenburg davlati. un-t. – 2-nashr. qayta ko‘rib chiqilgan va qo‘shimcha – Orenburg: OGU, 2012. – 291 p.

Starikov D.A. Multimedia texnologiyasi kontseptsiyasi va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash haqida / D.A. Starikov // Ta’limdagi ilmiy tadqiqotlar: pedagogika, psixologiya, iqtisod. – 2011. – No 2. – B. 53–55.