Авторы

  • Каландаров Аминжон
    Преподаватель кафедры «Предпринимательское право», Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp229-234

Ключевые слова:

общественное финансирование краудфандинг на основе пожертвований краудфандинг на основе вознаграждений краудфандинг на основе кредитования краудфандинг на основе акций стартапы Кикстартер

Аннотация

В данной статье рассматривается сущность краудфандинга, его происхождение, популярные краудфандинговые площадки и их правовые нормы в зарубежных странах, важность и необходимость правового регулирования краудфандинга в Республике Узбекистан.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The concept of crowdfunding and the relevance of its legal
regulation

Aminjon KALANDAROV

1

Tashkent State Law University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form

28 April 2022

Accepted 20 May 2022

Available online

10 June 2022

This article discusses the essence of crowdfunding, its origin,

popular crowdfunding platforms and their legal norms in

foreign countries, the importance and necessity of legal
regulation of crowdfunding in the Republic of Uzbekistan.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp229-234

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

public finance,

donation-based

crowdfunding,

reward-based
crowdfunding,

lending-based

crowdfunding,

equity-based crowdfunding,
startups,

Kikstarter.

Kraudfanding tushunchasi va uni huquqiy tartibga
solishning dolzarbligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ommaviy moliyalashtirish,

xayriyaga asoslangan
kraudfanding,

mukofotga asoslangan

kraudfanding,

kreditga asoslangan
kraudfanding,

aksiyalarga asoslangan
kraudfanding,

startaplar,

Kikstarter.

Ushbu maqolada kraudfanding moliyalashtirish usulining

mohiyati, uning kelib chiqishi, xorijiy mamalakatlarda
ommalashgan kraudfanding platformalari va ularni huquqiy

tartibga soluvchi normalar,

O‘

zbekiston Respublikasida

Kraudfandingni huquqiy jihatdan tartibga solishning ahamiyati

va zarurati haqida s

o‘

z boradi.

1

Teacher of the “Business Law” department, Tashkent State Law University. E

-mail: aminjonqalandarov9@gmail.com.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

230

Понятие краудфандинга и актуальность его правового

регулирования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

общественное
финансирование,
краудфандинг на основе

пожертвований,
краудфандинг на основе
вознаграждений,

краудфандинг на основе
кредитования,
краудфандинг на основе
акций,

стартапы,

Кикстартер.

В

данной

статье

рассматривается

сущность

краудфандинга,

его

происхождение,

популярные

краудфандинговые площадки и их правовые нормы в
зарубежных странах, важность и необходимость правового

регулирования краудфандинга в Республике Узбекистан.


Bugungi kunda innovatsiyalar jamiyat hayotining muhim tarkibiy qismiga aylandi.

Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning

dvigatelidir. Ma’lumki, innovatsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari budjet va
budjetdan tashqari jamg‘armalardir. Byudjet mablag‘lari his

obidan moliyalashtirish

davlatning innovatsion siyosatiga, uning maqsadlari va ehtiyojlariga muvofiq amalga
oshiriladi. Byudjetdan tashqari mabla

g‘

lar innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan

mustaqil ravishda jalb qilinadi. Dunyoning k

o‘

pgina mamlakatlarida moliyalashtirish ham

davlat, ham xususiy investorlar tomonidan parallel ravishda amalga oshiriladi. Hozirda
moliyalashtirishning kraudfanding shakli keng ommalashib borayotgan usullardan biri
hisoblanadi.

Kichik va o‘rta tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlashga taʼsir

qiladigan asosiy faktorlaridan biri bu moliyaviy yoxud daromad manbasiga yo‘l topish
sanaladi. Mazkur holatlarda ko‘pchilik kichik va o‘rta biznes vakillari investitsiya jalb
etish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ortda qoldirish uchun o‘zlarining iqtisodiy o‘sishlarini
taʼminlash maqsadida moliyalashtirishning muqobil manbalari (ASF –

Alternative

sour

с

es of finance)ga murojaat qiladilar [1]. Mana shu muqobil manbalarning bir turi

sifatida kraudfanding s

o‘

nggi yillarda keng q

o‘

llanilib kelinmoqda.

Iqtisodiy faoliyatning turli sohalaridagi loyihalarni jamoaviy moliyalashtirishning

yangi modeli sifatida kraudfandingning paydo b

o‘

lishi va tez

o‘

sishiga axborot

texnologiyalari, internetning keng rivojlanishi, ma

lumotlarni yi

g‘

ish, qayta ishlash va

tahlil qilish texnologiyalarining paydo b

o‘

lishi va jadal rivojlanishi sabab b

o‘

ldi.

Kraudfanding atamasi ingliz tilidan olingan b

o‘lib, “crowd –

xalq, omma”, “funding

moliyalashtirish” degan maʼnoni anglatadi. Kraudf

anding (crowdfunding) odamlarning

boshqa odamlar va tashkilotlar tomonidan boshlangan loyihalarni q

o‘

llab-quvvatlash

uchun

o‘

z resurslaridan foydalanadigan jamoaviy hissasi sifatida ta

riflanishi mumkin.

Iqtisodchi N.Rasulov fikricha, kraudfanding bu innovatsion loyihalar va

g‘

oyalarni

jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mabla

g‘

lar orqali moliyalashtirish b

o‘

lib, daromad

olish ehtimoli mavjud b

o‘

lishi yoki mutlaqo b

o‘

lmasligi ham mumkin. Bunda y

o‘

nal-

tirilgan mabla

g‘

evaziga kraudfander tomonidan mahsulot yoki xizmat mukofot

tariqasida taqdim etiladi [2].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

231

Zamonaviy dunyoda bu jarayon internet yordamida amalga oshiriladi. Internetda

juda ko‘p sonli saytlar mavjud bo‘lib, ularda har qanday internet foydalanuvchisi o‘z
loyihasini muhokama qilish uchun qo‘yishi mumkin, so‘ngra loyihani va uning maqsadini
tavsiflaydi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorni va uni to‘plash
muddatini ko‘rsatadi.

Shuningdek, hamma uchun ochiq b

o‘

lishi kerak b

o‘

lgan mabla

g‘

yi

g‘ish haqida ma’lumot beradi. Sayt uchinc

hi shaxs sifatida ishlaydi, u hech kim oldida

javobgar emas, faqat loyihani ommaga taqdim etishga yordam beradi va yi

g‘

ilgan

mabla

g‘

larni boshqaradi.

Kraudfanding platformasi innovatsion jarayonlarni xalq tomonidan moliyalash-

tirishdagi zamonaviy

mexanizm sifatida namoyon boʻladi.

U nega aynan innovatsion

jarayonlarni moliyalashtirishda qoʻl kelishi mumkin? Sababi, u jismoniy shaxs tomonidan
mavjud boʻlmagan mahsulot yoki xizmatni moliyalashtirishda yuqori tavakkalchilikka
qoʻl uradi. Natijada, yaratilishi mumkin boʻlgan mahsulotni ishlab chiqarish va amaliyotga
tatbiq etish ehtimolligi koʻp hollarda isteʼmolchi (xalq)ga bogʻliq boʻlib qoladi.
Shuningdek, yuqori tavakkalchilikka yo‘l qo‘yilgan loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchray

-

digan bo‘lsa, loyihaga pul kiritgan omma zarar ko‘radi. Ammo boshqa moliyalashtirish

instrumentlaridan (usullaridan) farqli jihati shundaki, kraudfanding moliyalashtirishda

tomonlar ko‘rgan zarar katta bo‘lmaydi, chunki yig‘ilgan mablag‘ kichik summalardan

tashkil topadi va bu

kraudfanding loyihasini kichik mablag‘lar bilan moliyalashtirgan

investorlarga katta zarar yetkazmaydi.

Demak, yuqoridagi fikrlardan kraudfanding tushunchasiga quyidagicha ta’rif

berish mumkin:

Kraudfanding

bu yangi biznes tashabbusini moliyalashtirish uchun k

o‘

p sonli

jismoniy shaxslarning kichik miqdordagi kapitalidan foydalanish. Kraudfanding
investorlar va tadbirkorlarni birlashtirish uchun ijtimoiy media va kraudfanding veb-
saytlari orqali odamlarning keng tarmoqlariga oson kirish imkoniyatidan foydalanadi va

investorlar pulini an’anaviy mulkdorlar, qarindoshlar va venchur kapitalistlar doirasidan

tashqariga kengaytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.

2006-

yilda tashkil etilganidan buyon sarmoyadorlarga mukofot toʻlash us

uliga

qarab kraudfandingning turli modellari yaratilgan. Xususan, kraudfanding modellarining

to‘rtta asosiy turini ajratib ko‘rsatish mumkin [3]:

Xayriyaga asoslangan kraudfanding (donation-based crowdfunding) oddiy model

bo‘lib, odatda, ijtimoiy yoki xayriya maqsadlarida qo‘llaniladi.

Investorlar, asosan,

altruistik motivatsiya bilan harakat qilishadi va ular evaziga biror narsa kutmasdan pul
xayriya qilishadi. Xayriyaga asoslangan kraudfanding platformalariga GoFundMe
(http://www.gofundme.com/), YouCaring (https://www.youcaring.com/) va Crowdrise
(https://www.crowdrise.com/) kabilarni misol qilish mumkin.

Mukofotga asoslangan kraudfanding (reward-based crowdfunding) eng mashhur

modeldir. Nomidan k

o‘

rinib turibdiki, investorlar loyihaga olib kelgan pul miqdoriga

qarab mukofot oladilar. Mukofotlar oddiy narsadan, masalan, rahmat otkritkasidan
mahsulot prototipigacha b

o‘

lishi mumkin. Pul mukofotlari hech qachon ruxsat etilmaydi.

Ushbu model, asosan, san’at, musiqa, o‘yinlardan tortib dizayn va texnologiyagacha

bo‘lgan ijodiy loyihalar uchun ishlatiladi.

Bundan tashqari, mukofot modeli, k

o‘

pincha,

bozorga kirishdan oldin oldindan sotish shakli sifatida ishlatiladi. Eng birinchi va eng
katta mukofotga asoslangan kraudfanding platformalaridan ikkitasi Kickstarter
(http://www.kickstarter.com) va Indiegogo (https://www.indiegogo.com/).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

232

Kreditga asoslangan kraudfanding (lending-

based crowdfunding). Iste’molchi (P2P

peer-to-peer) va biznes kreditlash (P2B peer-to-

business) ko‘rinishidagi kreditlashga

asoslangan kraudfanding Yevropadagi eng yirik muqobil moliya bozori segmentini

tashkil etadi [4]. Ushbu turdagi kraudfandingda investorlar iste’molchilarga yoki
korxonalarga kichik kreditlar orqali mablag‘larni taqdim etadilar va to‘lov evaziga foiz

oladilar. Bu banklar tak

lif qilishi mumkin bo‘lgan kreditlarga qaraganda arzonroq narxda

qarz olishning bir usuli. Ushbu modelga Prosper (https://www.prosper.com/), Twino
(https://www.twino.eu/) va Bondora (https://www.bondora.com/) larni misol qilish
mumkin.

Aksiyalarga asoslangan kraudfanding (equity-based crowdfunding) investorlarga

kichik aksiyalarni sotib olish orqali moliyalashtiriladigan kompaniyaning aksiyadorlari

bo‘lish imkoniyatini taklif qiladi. O‘zlarining moliyaviy hissalari evaziga investorlar

biznesning potensial f

oydasini bo‘lishadilar.

Dunyodagi birinchi kapitalga asoslangan

kraudfanding platformalaridan biri 2010 yilda ishga tushirilgan inglizcha Crowdcube
(https://www.crowdcube.com/) hisoblanadi.

Ko‘pgina yurisdiksiyalarda cheklovlar (qoidalar) kimlar yangi bizn

esni moliyalash-

tirishi mumkinligi va ularga qancha hissa qo‘shishi mumkinligiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu qoidalar murakkab bo‘lmagan yoki boy bo‘lmagan investorlarni o‘z jamg‘arma

-

larini haddan tashqari xavf ostiga qo‘yishdan himoya qilishi kerak. Ko‘

pgina yangi

korxonalar muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi sababli ularning investorlari o‘zlarining
kiritgan sarmoyalarini yo‘qotish xavfi yuqori.

Kraudfanding tadbirkorlarga sarmoya

kiritish uchun puli bor har qanday kishidan yuz minglab yoki millionlab dollar yi

g‘

ish

imkoniyatini yaratdi.

Potensial investorlarning huquq-manfaatlari, mabla

g‘

larining himoyasini

ta’minlash uchun, albatta, kraudfandingni huquqiy jihatdan tartibga solish zaruriyati

yuzaga keladi.

Kraudfandingni huquqiy jihatdan tartibga solish tegishli kompaniyalarga yoki

investorlarga kraudfanding orqali qimmatli qog‘ozlarni taklif qilish va sotish imkonini
qonuniylashtiradi va kraudfanding investorlarida sohaga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi.

Kraudfandingni huquqiy tartibga so

lish va bu orqali uni ommalashtirish bo‘yicha

qilingan ishlarga AQSh qonunchiligidagi yangiliklarni misol qilish mumkin.

2012-

yilga kelib, AQSHda Barak Obama prezidentligi davrida “Our Business

Startups Act yoki JOBS Act” (“Bizning startap biznes”) yangi q

onuni qabul qilindi. Bu esa

turli darajadagi kompaniyalarga kraudfanding asosida moliyalashtirishni bir million
dollarga oshirish imkoniyatini ochib berdi [5]. Natijada AQSHda faoliyat yurituvchi
kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan turli loyihalarni kraudfanding platformasi
asosida moliyalashtirish, uning kraudfanderlari tomonidan aksiyalarni kichik miqdorda
yoki arzon narxlarda sotib olish orqali amalga oshirilishi jadallashdi.

Shu oʻrinda jahon miqyosidagi eng yirik kraudfanding maydonchasi sifatida

tanilgan “Kikstarter”ni keltirib oʻtsak. Ushbu sayt (kraudfanding maydonchasi)ning
asosiy maqsadli shiori “Hammasi yoki hech narsa”dir. Ular, asosan, kino, texnologik
buyumlar, oʻyinlar, oziq

-ovqat mahsulotlari, musiqa, dasturiy vositalar va boshqa turda gi

loyihalarni saytda eʼlon qilish hamda xalq tomonidan moliyalashtirish bilan shugʻul

-

lanadi.

“Kikstarter” kraudfanding maydonchasida mualliflar tomonidan taqdim etilayot

-

gan loyihalarni saytga joylashtirishda ayrim cheklovlarning mavjudligi bilan boshqa bir

platformalardan ajralib turadi. Masalan, saytda eʼlon qilingan loyiha 60 kun (dam olish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

233

kunlarisiz) ichida yetarli miqdordagi mablagʻni toʻplay olmasa, muallif toʻplangan
mablagʻlarni (agar toʻplangan boʻlsa) toʻliq qaytarishga majbur. Kraudfand

ing platfor-

masining yana bir farqli jihati shundaki, sayt har bir loyiha uchun yigʻilgan mablagʻ

-

larning 5 foizini oʻziga xizmat haqqi koʻrinishida olib qoladi.

Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlaridagi kraudfanding maydonchalari ham

anchagina rivojlangan. Xususan, Buyuk Britaniyada 2017-yilda Crowdcube, Seedrs va
SyndicateRoom kabi kraudfanding platformalari orqali kompaniyalarga 217,7 mln funt

sterling investitsiya yoʻnaltirilgan [6].

Keltirib oʻtilgan kraudfanding platformalari oddiy mexanizm asosida ishlaydi. Yaʼni

muallif gʻoya yoki loyihasini platformaga joylaydi. Bir vaqtning oʻzida istalgan shaxs ixtiyoriy
ravishda internet orqali roʻyxatdan oʻtib, ushbu loyihani shaxsiy mablagʻlari bilan

moliyalashtirishi mumkin. Agarda shaxsda yirik miqdoriy summadagi loyiha uchun homiylik

istagi uygʻonsa, unda ushbu kraudfanding platformasi bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini
amalga oshiruvchi internet pul oʻtkazmalari orqali moliyalashtirishi mumkin [7].

O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini huquqiy

tartibga solish

manbalari haqida gapirganda shuni ta’kidlash joizki, investisiya qonunchiligi ham
ommaviy huquq, ham xususiy huquq normalarini o‘z ichiga oladi, ular investitsiya

faoliyatini huquqiy tartibga solishning murakkab xususiyatini aks ettiradi [8].

O‘zbekiston qonunchiligida investitsiya faoliyatining turli turlarini amalga oshirishni

tartibga soluvchi umumiy huquqiy normalarni belgilovchi zamonaviy normativ hujjat
mavjud emas.

Respublikamizda 2016-yilga kelib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonini

yangicha zamonaviy, xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, raqobatbardoshlik
darajasini oshirish, valyuta ayriboshlashni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikka
erishish, innovatsion loyihalarni tez va samarali ishlab chiqarish hamda uni moliya-
lashtirishda muqobil mexanizmlardan foydalanish asosiy maqsadlardan biriga aylandi.

Hozirgi kunga kelib, O‘zbekistonda ham kraudfanding platformasidan foyda

-lanish

imkoniyatlari kengayib, normativ-

huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topmoqda.

Xususan,

2018 yil avgust oyida xorijiy mamlakatlar tajribasidan o‘rnak olgan holda O‘zbekistonda

ham kraudfanding platforma maydonchasi ishga tushirildi. Ammo ushbu MFond.uz deb
ataluvchi platforma ommalashmaganligi bois uning ham faoliyati t

o‘

xtadi. 2013-yilda

ham OAV turli loyihalarni amalga oshirish uchun mabla

g‘

lar jalb etish bilan shu

g‘

ul-

lanadigan Factor.uz onlayn-maydonchasi ishga tushirilgani, uning doirasida bir nechta
loyiha taklif etilgani haqida xabar bergandi. Ammo oradan bir yil

o‘

tgach, bu platforma

ish faoliyatini t

o‘

xtatgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron

hukumatni keng joriy etish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” 2020

-yil 28-apreldagi

PQ

4699-son qaroriga muvofiq [9], shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining startaplari

va loyihalarini moliyalashtirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadida
2020-yil 30-

sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Kraudfanding platformasi orqali axborot

texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ommaviy moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish
t

o‘g‘risida”gi Qarori loyihasi e’lon qilindi. Ushbu qaror loyihasiga “Axborot texno

-

logiyalari sohasidagi loyihalarni ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) tartibi

toʻgʻrisidagi vaqtinchalik Nizom” ilova sifatida berilgan.

Ushbu nizomda kraudfanding

platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi, loyihalarni kraudfanding platformasiga
joylashtirish tartibi va ularni moliyalashtirish tartibi kabi masalalar aks etgan [10].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2022) / ISSN 2181-1415

234

Ushbu zamonaviy moliyalashtirish maydonchasidan (kraudfanding platforma-

laridan) foydalanish ehtimoli mamlakatimizda past darajada bo‘lsa

-da, bu jarayonda

kraudfanding platformasi faol harakatlarni amalga oshirmayapti, deb aytish ham noo‘rin,

albatta. Xalq tomonidan moliyalashtirish imkoniyatini takomillashtirish ma

ʼ

lum bir

vaqtni talab etadi. Bunda aholini kraudfanding maydonchasidan foydalanish va unda

taqdim etilayotgan loyihalarni moliyalashtirishda maʼlum darajadagi bilim hamda malaka

talab etiladi. Shu bois, mamalakatimizda kraudfanding platformalarini rivojlantirish,

ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun avvalo ommaning ham bu boradagi
bilimlarini, qiziqishlarini orttirish yo‘lida targ‘ibot va tushuntirish ishlari keng miqyosda
olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘

YXATI:

1.

Eniola A.A., Entebang H. SME Firm Performance-Financial Innovation and

Challenges. Procedia

Social and Behavioral Sciences, 2015, no. 195,

PP. 334

342.

URL: https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2015.06.361

2.

Rasulov N.

Инновацияларни

молиялаштиришда

краудфандинг

платформаси

механизмидан

фойдаланиш

.

Илм

-

фан ва инновацион ривожланиш / 2019 –

No3.

3.

Mollick

E. 2014. “The Dynamics of Crowdfunding: An Exploratory Study.”

Journal of Business Venturing 29 (1): 1

16

4.

Ziegler T., R. Shneor, K. Garvey, K. Wenzlaff, N. Yerolemou, R. Hao, and B. Zhang.

2018. “Expanding Horizons: The 3rd European Alternative Finance Industry Report.”
Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract¼3106911 or doi:10.2139/ssrn.3106911.

5.

Карелов

С. Перспективы краудфандинга: в США –

закон, в России –

мошенничество. URL. https:// republic.ru/ posts/I/875352

6.

Сомервелл. М. Топ

-

10 краудфондинговых платформ для бизнеса в

2018 году. URL. https://www. growthbusiness.co.uk

7.

Спиридонова

Е.В., Сошников

Д.С. Успешный краудфандинг в России и за

рубежом // Российское предпринимательство. / т. 17., № 22. –

2016.

С. 3186

8.

Kalandarov A. Legal regulation of venture investments in the Republic of

Uzbekistan // Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka.

2022.

Т

. 2.

№. 1.

9.

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020-yildagi PQ

4699-son.

https://lex.uz/docs/-4800657.

10.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali. https://regulation.

gov.uz/uz/document/22796.

Библиографические ссылки

Eniola A.A., Entebang H. SME Firm Performance-Financial Innovation and Challenges. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 2015, no. 195, – PP. 334–342.

Rasulov N. Инновацияларни молиялаштиришда краудфандинг платформаси механизмидан фойдаланиш. Илм-фан ва инновацион ривожланиш / 2019 – No3.

Mollick E. 2014. “The Dynamics of Crowdfunding: An Exploratory Study.” Journal of Business Venturing 29 (1): 1–16

Ziegler T., R. Shneor, K. Garvey, K. Wenzlaff, N. Yerolemou, R. Hao, and B. Zhang. 2018. “Expanding Horizons: The 3rd European Alternative Finance Industry Report.” Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract¼3106911 or doi:10.2139/ssrn.3106911.

Карелов С. Перспективы краудфандинга: в США – закон, в России – мошенничество. URL. https:// republic.ru/ posts/I/875352

Сомервелл. М. Топ-10 краудфондинговых платформ для бизнеса в

году. URL. https://www. growthbusiness.co.uk

Спиридонова Е.В., Сошников Д.С. Успешный краудфандинг в России и за рубежом // Российское предпринимательство. / т. 17., № 22. – 2016. – С. 3186

Kalandarov A. Legal regulation of venture investments in the Republic of Uzbekistan // Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2022. – Т. 2. – №. 1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020-yildagi PQ–4699-son. https://lex.uz/docs/-4800657.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali. https://regulation. gov.uz/uz/document/22796.