Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Semantic characteristics of the word
“
FATHER
”
among the
words dedicating relationship in uzbek folk-tales
Hamid BOZOROV
1
Termiz State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
28 April 2022
Accepted 20 May 2022
Available online
10 June 2022
In the article it was revealed that among the words denoting
kinship in Uzbek folk tales, there are other peculiarities, except
for some semantic aspects related to the use of the word
“
FATHER
”
. In the article, the scope of use of the lexeme FATHER
among lexemes representing kinship in fairy tales was studied.
In determining the meaning of the word father used in the text,
it was found that the previous or next sentence has a great role.
In this sense, this article describes the semantic features of the
lexeme father in Uzbek folk tales. It was considered that the role
of folk oral creativity in enriching human spirituality, moral and
moral education, and the role of folk tales in this is important.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp217-221
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
human spirituality,
communication behavior,
kinship,
kinship,
blood kinship,
community kinship,
father,
folk oral creativity,
cultural value,
father
’
s profession,
father
’
s country.
O‘zbek xalq ertaklarida qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar
orasida “OTA” so‘zining semantik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
inson ma’naviyati,
muloqot xulqi,
qarindosh-
urug‘chilik,
qon-qardoshlik,
qavm-qardoshlik,
ota,
xalq og‘zaki ijodi,
madaniy qadriyat,
ota kasb,
ota yurt.
Maqolada o‘zbek xalq ertaklarida qarindosh
-
urug‘chilikni
bildiruvchi so‘zlar orasida “OTA” so‘zining qo‘llanishi bilan
bog‘liq ba’zi semantik jihatlardan tashqari boshqa o‘ziga
xosliklar bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Maqolada har bir xalqning
madaniyligini k
o‘rsatishda qarindosh
-
urug‘chilikni ifodalovchi
leksemalar orasida OTA leksemasining ertaklarda qo‘llanish
doirasi o‘rganildi. Matnda ishlatilayotgan ota so‘zining
ma’nosini aniqlashda oldingi yoki keyingi jumlaning o‘rni katta
ekanligi aniqlandi. Shu ma’noda ushbu maqolada o‘zbek xalq
ertaklarida ota leksemasining semantik xususiyatlari tavsif-
1
Teacher, Termiz State University. Termiz, Uzbekistan. Ehamidbozorov65@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
218
langan. Inson ma’naviyatini boyitishda, ma’
naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni katta ekanligi,
bunda xalq ertaklari
ahamiyatli ekanligi ko‘rib chiqilgan.
Семантическая характеристика слова «ОТЕЦ»
среди
слов, обозначающих отношение в узбекских народных
сказках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
духовность человека,
коммуникативное
поведение,
родство,
кровное родство,
общинное родство,
отец,
устное народное
творчество,
культурная ценность,
профессия отца,
страна отца.
В статье анализируются особенности некоторых
семантических критериев слов, которые обозначают
родство в узбекских народных сказках, связанных с
употреблением слова «ОТЕЦ». В статье изучена сфера
применения лексемы ОТЕЦ среди слов, обозначающих
родство в сказках. Рассматривался значение народных
сказок в духовном обогащении и воспитании человека.
Globallashuv jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy
o‘
zgarishlar inson omilining
muhim
o‘
ringa chiqishini ta
’
minladi. Insonning ongli mavjudot sifatidagi jihatlarini oliy
maqom darajaga olib chiqish barcha fanlarning asosiy mezoniga aylandi. Shunga
e’tiboran tilshunoslikning bugungi kundagi rivoji ham ko‘p jihatdan strukturaviy emas,
balki antroposentrik tamoyilga asoslanayotganligi bejiz emas. Sababi, bugungi kunda
inson qalbi va jismini egallab olishga b
o‘
lgan harakatlar, i
nson tafakkuriga bo‘lgan
hujumlar soni kundan kunga ortib boryapti. Shuni nazarda tutgan holda bugungi kun ilm-
fanida inson omili san
’atning ko‘plab turlari bilan bir qatorda adabiyot, xalq og‘
zaki
ijodida bevosita inson madaniyati va ma
’
naviy dunyoqarashida tobora muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Insonning insoniyligini, o‘zligini anglashiga ko‘mak beruvchi, jamiyatda
o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, shuningdek, hissiy
-estetik ta
’sir etuvchi manbalarga bo‘lgan
ehtiyoj oshib bormoqda.
Inson ma’naviyatini ijobiy qaras
hlar bilan boyitish va egallangan boy xazinani
namoyon etish shaxsning muloqot xulqida o‘z aksini topadi. “Muloqot xulqi muammosini
milliy xarakter, millat aholisining o‘ziga xos urf
-
odatlari, qadriyat va an’analarini hisobga
olmasdan turib mutlaqo o‘rgani
sh mumkin emas. Chunki MX millat xarakterining uzviy
bir qismi bo‘lib, ular bir
-
biri bilan chambarchas bog‘liqdir”
[1; 36].
Inson ma’naviyatini boyitishda,
ma
’
naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalq
og‘zaki ijodining o‘rni kattadir. X
alq o
g‘
zaki ijodi, ayniqsa, ertaklar inson
omilini ro‘yobga
chiqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ertaklar inson ongida xalq
hayoti haqidagi
tushuncha va bilimlarini boyitadi, ruhiyatiga ta
’
sir etadi, qalbida turli his-tuy
g‘
ular
uy
g‘
otadi.
O‘
zbek xalq ertaklari qahramonlarining antroposentrik tadqiqida inson tasviri,
uning ma’naviy
-ma
’rifiy qarashlari, ta’limiy
-tarbiyaviy ahamiyatini k
o‘
rsatish, xalq
ertaklarimiz qahramonlaridagi xislatlari, odamiylik fazilatlari, boy etikasi va estetikasi
manbai ekanini matnda
gi so‘zlarning semantikasi orqali ko‘
rsatish bugungi kun
tilshunosligi oldida turgan dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
219
Xalq ertaklarini har bir xalqning o‘ziga xos milliy mentalitetining, madaniyatining
ifodachisi,
desak bo‘ladi. “
Madaniyatning milliy xarakteri tillarning va turli xalqlarning
madaniyatini birgalikdagi harakatini, ularning jahon madaniyati fundamenti hamda
butun bashariyatning muvaffaqiyatlari asosida ilgari qaror topgan o‘zaro boyishini
nazarda tutadi. Har qanday o‘ziga xoslikdan va bir tomonlamalikdan xoli bo‘lgan
maqsadli mustaqil hayot butun insoniyatga tarqaladi, bir-
biridan ma’naviy oziqlanadigan
turli madaniyatlar bilan aloqaga kirishadi. Madaniy qadriyatlarning har tomonlama
hisobga olinishi va saqlanishi hamda yangilarining shakllanishi millatga hayotni va uning
tilda qanday aks etishini bir xilda tushunishga imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy hayotning
jadal sur’atlar bilan rivojlanishi umumbashariy qadriyatlarning almashinuviga bir necha
bor olib kelgan. Bu jarayon hech qachon tugamaydi, u til vositalarini
–
chuqur ijtimoiy
mazmunni tarqatuvchi so‘z va iboralarning ishlatilishida o‘z ifodasini topadi” [2; 26].
Bu
ifodalar o‘
zbek xalq ertaklaridagi leksemalar tarkibida azal-azaldan xalqimizga xos
bo‘lgan qon
-qarindoshlikni ifodalovchi te
rminlarda ham o‘z aksini topgan. Bu so‘zlarning
qo‘llanish jarayoni,
verbal va noverbal jihatini ham har tomonlama tadqiq etish zarur.
Ma’lumki, har qanday terminlar, shu jumladan, qavm
-qarindoshlik terminlari ham
qanchalik turg‘un bo‘lmasin, zamon o‘tishi, jamiyatning o‘zgarishi, oila, nikoh
formalarining yangi shakllari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi bilan
ishlatilib kelinayotgan qavm-
qarindoshlik terminlarining ma’no doirasi ham kengayadi,
yangi turlari paydo bo‘ladi [3; 9]. Bunday holat
ni I.A.
Ismoilov “Turkiy tillarda qavm
-
qarindoshlik terminlari. (O‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tillari
materiallari asosida” lug‘atida quyidagi turlarga bo‘ladi: Hozirgi zamon o‘zbek va uyg‘ur
tilidagi qavm-
qarindoshlik terminlari o‘zlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko‘ra,
asosan, uchta katta gruppaga bo‘linadi:
I. Qon-qarindoshlik terminlari.
II.
Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari.
III. Yaqinlik nomlari.
Izoh sifatida: I. Qon-qari
ndoshlik terminlariga o‘zbek va uyg‘ur tilida, shuningdek,
boshqa turkiy tillarda
ona, ota, aka, tog‘a, xola, buva (bobo), buvi, amma, nabira
kabi
ma’nolarni ifodalovchi terminlar kiradi.
II.
Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlarini
er, xotin; kuyov, kelin,
pochcha, boja, ovsin, qayin ona, qayin ota, quda, quda xola, quda buva; o‘gay ota, o‘gay ona,
o‘gay bola
singari terminlar tashkil etadi.
III.
Yaqinlik nomlari deb atalgan bu guruh,asosan, o‘zbek, uyg‘ur tiliga xos bo‘lib, bu
termin yuqorid
agi ikki guruh terminlardan butunlay farq qiladi, ya’ni bunga
tutingan
so‘zi bilan –
tutingan ota; tutingan ona; tutingan o‘g‘il
singari ifodalangan terminlar kiradi
[3; 11].
Qarindoshlikni ifodalovchi birliklarning ichida “Ota” leksemasi leksik
-semantik
jihatdan ertaklarimizda asosiy o‘rinni egallaydi. O‘zbek xalq ertaklarida “ota”
leksemasining ma’noviy guruhlarini misollar orqali izohlashga harakat qilamiz.
–
Otajon, siz podshoning oldiga borib savolini yeching va yurtni zulmdan
qutqaring. Birinchi savolga:
–
Shirindan shirin
–
bola shirin. Ikkinchi savolga: Achchiqdan
achchiq
–
o‘lim achchiq, deng, –
debdi [4; 6].
Yuqoridagi misol orqali farzandli, bola-
chaqali er kishi (o‘
z bolalariga nisbatan)
(O‘TIL, 151 B) ishlatilgan ma’nodagi bosh so‘zni ifodalayotganligini yoki hurmatlash
ma’nosida ishlatilayotganligini aniqlash mushkulroq. Shuning uchun konteks bilan
yaqindan tanishilmasa, asl ma’nosini ilg‘ash qiyin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
220
Quyidagi misol
ga e’tibor qaratsak:
–
Podshohning qizini deysanmi, bolam, bizlar bir kambag‘al bo‘lsak, podshohga
qanday qilib quda bo‘lamiz, u qizining qaliniga qancha dunyo so‘rar, unga bizning
qudratimiz yetmaydi-ku, Xudoga shukr, sening aqling, idroking joyida, hamma narsaga
aqling yetadi-ku!
–
debdi chol.
–
Ota, siz podshohning qiziga sovchilikka boring, u sizga nima javob qaytarar ekan,
so‘ngra shunga qarab ish tutamiz, –
debdi.
–
Bolam, podshoh qizini podshohzodaga beradi, bizga o‘xshagan kambag‘alning
sovchi bo‘lib kelganini eshitishi bilan jallodga buyuradi
[5; 85]
.
Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, uylanish yoshiga yetgan farzandni uylantirish
uchun sovchilikka borishdagi ota va bolaning suhbati berilyapti. Ertakdagi bolaning yoshi
yigirmada, farzandini uylantirmoqchi bo‘layotgan ota matnda “chol” leksemasi bilan ifoda
etilgan. Bu holatning asl ma’nosini bilish
ertakning boshiga, ya’ni bolaning tug‘ilish
jarayonini tahlil qilishga undaydi.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ilgari zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular uzoq
vaqt farzandsiz umr kechirib, eri ellikka, xotini esa qirqqa kirganda bir o‘g‘il ko‘rishibdi
[5; 85]
.
Ertakda yoshi ellikka borgan kishining chol sifatida
berilishi qay darajada to‘g‘ri,
degan savol tug‘iladi. Bu so‘zning izohi O‘TILda quyidagicha beriladi:
Chol
–
qari er kishi; qariya; keksa, mo‘ysafid.
Nuroniy chol. Donishmand chol
[6; 505]
.
Ko‘rinib turganidek, “chol” leksemasi
–
semantik jihatdan yoshi ellik yoshdan
ancha katta bo‘lgan kishiga nisbatan qo‘llanuvchi so‘z. Ammo ertak matnidan shuni
anglashimiz mumkinki, chol so‘zining ifodasi yoshga emas, balki tashqi ko‘rinishga
nisbatan ko‘proq bog‘liq. Ertakdagi ellik yoshli otan
ing ancha yillardan beri farzandsiz
ekanligi, bu g‘am orqasidan uning tashqi (biologik) ko‘rinishi chol, ya’ni soch
-soqoli
oqargan, qaddi bukik
mo‘ysafid ko‘rinishiga kelganini anglashimiz mumkin.
–
Nima uchun, ota?
–
debdi xaridor.
–
Bir joyida chalasi bor ekan, tuzatish kerak,
–
debdi usta.
–
Mayli, pul sizda tursin,
–
desa,
–
yo‘q, olib turing,
–
deb pulni egasiga topshiribdi-yu,
egami do‘koniga olib kirib, tesha bilan mayda
-mayda qilib tashlabdi.
Ushbu misolda esa ota so‘zi hurmatlash ma’nosida qo‘llanganligi sezilib turibdi.
–
Ota, sizning ishlaringizni eshitib ishonmagan edim,
kelganimga bir hafta bo‘ldi,
ishingizni kuzatib yurdim. Eshitganlarimning hammasi to‘g‘ri ekan,
–
debdi.
–
Bolam, mening to‘g‘rimda nima eshitdingiz?
–
debdi.
–
Falon shahardagi novvoydan eshitgan edim. Ota, bir oy emas, bir yil deganda bir
egar yasar ekansiz, sotgandan keyin qaytib olib sindirdingiz, yana shunday egarni yasaysiz,
bir kun buni ham sindirasiz-
ku, hech bo‘lmasa bir yillik mehnatingizga achinmaysizmi?
–
debdi yigit.
–
Qo‘y, bolam, meni ishdan qoldirma!
–
Yo‘q, ota, men qo‘ymayman, aytasiz.
–
Uni aytishga vaqtim yo‘q,
–
debdi usta.
–
Keling, otajon, ayta qoling!
–
debdi yigit
[7; 96]
.
Yuqoridagi misolda hurmatlash ma’nosi bilan birga yana bir necha
semantik
ma’nolar ifodalarini ham tahlil qilishimiz mumkin. Jumladan, iltimos, achinish ma’nolari
ifodalangan bo‘lsa;
–
Yo‘q, ota, men qo‘ymayman, aytasiz…
gapida biroz asabiylashish, qat’iylik kabi
ma’nolar ifodalanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
221
–
Keling, otajon, ayta qoling!
–
d
ebdi yigit…
misolida esa yigitning sabri tugagani,
ammo qat’iy holatda emas, yalinish ma’nosida qo‘llanganligi ifodalangan.
Ota so‘zi bilan bog‘liq ota kasb birligi ham ertaklarda ko‘p qo‘llanadi. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da ota kasb –
ota shug‘ullangan kasb, farzandga nisbatan qo‘llanadi.
–
Xo‘p, o‘g‘lim, endi aytmasdan ilojim yo‘q, aytaman, siz bugun menga mehmon
bo‘ling, hasratlashib yotamiz, –
debdi.
–
Mening asli
ota kasbim
egarchilik, bu ishni
otamdan o‘rganganman. Ota
-onamdan bir singlim bilan qoldim, singlim uy ishini qilar, men
egarch
ilik qilib, ro‘zg‘orimizni o‘tkazar edik. Ota
-onamizdan keyin uch yil shu ahvolda kun
kechirdik
[5; 102]
.
Yuqoridagi misolda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsning farzandi
ham aynan shu kasb
bilan mashg‘ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham, xalqimiz orasida ham ota so‘zi bilan bog‘liq
“Ota yurt(ota makon)“ iborasi keng qo‘llanadi. Ushbu ibora xalq ertaklarida ham keng
qo‘llanadi.
–
Lashkarimizning hisobini ol-chi, qancha ekan! Vazir lashkar hisobini olib chiqibdi.
Otliq, piyoda yetti lak lashkar yig‘ilibdi, qirq kun yo‘l jabdug‘ini tayyorlab, eri va lashkari
bilan
ota shahriga
jo‘nabdi.
Dasht-
u biyobonlarni, cho‘l
-u sahrolarni keza-
keza, axiyri, malika o‘z
ota yurtiga
yaqinlashibdi
[5; 80]
…
Ota yurt ifodasi xalqimiz nutqida azal-
azaldan qo‘llanib kelinganligi barchamizga
ma’lum. Bu ifodaning tag zamirida ota(bobo)si yashab o‘tgan, turmush
kechirgan joyi nazarda
tutiladi. O‘zbek xalq ertaklari ham xalqimiz hayotidagi voqea
-
hodisalar bilan uzviy bog‘liqligini
inobatga olib, ota yurt(makon) ifodasi yuqoridagi misolda o‘z ifodasini topgan.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, o‘
zbek xalq ertaklarida qavm-
qarindoshlikni ifodalovchi so‘zlar orasida ota so‘zi bilan ifodalanuvchi birliklar keng
o‘rinni egallaydi. Ertaklarda ifodalanuvchi ushbu birliklarni tadqiq qilish bugungi kun
tilshunosligi oldida turgan muhim jihatlardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Мўминов
С.М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий
-
лисоний хусусиятлари:
Филол. фан. д
-
ри ... дис. автореф. –
Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2000. –
Б.
36.
2.
Mumatov
А.Б. Zumonaviy lingvistika: o‘quv qo‘llanma. –
Tashkent: “Noshir”,
2019,
–
B. 171.
3.
Исмоилов
И.А. Туркий тилларда қавм
-
қариндошлик терминлари. (Ўзбек,
уйғур, қозоқ, қирғиз, қорақалпоқ, туркман тиллари материаллари асосида).
–
Т.,
«Фан», 1966,
–
156 бет.
4.
Ўзбек халқ ижоди. Кўп томлик. Ойжамол. Ҳаётий эртаклар. Иккинчи китоб.
Доно қиз. Тошкент. –
Ғ.
Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти. 1966 й. –
173
бет.
5.
Uchar gilam.
O‘zbek xalq ertaklari. –
Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018.
–
152 bet.
6.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати: –
Т.:
Ўзбекистон миллий энциклопедиясию
Давлат илмий нашриёти, 4 том. 606
бет.
7.
Ertaklar, maqollar, topishmoqlar J-2:
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017.
–
(Adabiyot xrestomatiyasi) 298 bet.
