Авторы

  • Мухайё Ражабова
    Преподаватель кафедры Дошкольного образования Каршинского государственного университета

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss7/S-pp171-179

Ключевые слова:

психологическая служба в дошкольном образовании дошкольное образование методы психодиагностики принципы психодиагностики психодиагностика психологическая коррекция (психокоррекция) психологическое консультирование (психоконсультация) психопрофилактика психологическое просвещение

Аннотация

В данной статье рассматривается организация и специфика психологической услугив дошкольном образовании, личность работника, который ее осуществляет, профессиональные аспекты психологической услуги.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of organization of psychological service in
preschool education system

Mukhayyo RAJABOVA

1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2022
Received in revised form

20 June 2022

Accepted 25 July 2022

Available online

15 August 2022

This article discusses the organization of a psychological

service in preschool education, the specifics of a psychological

service, the personality of the employee who performs it and its
professional aspects.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss7/S-pp171-179

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

psychological service in
preschool education,

preschool education,
methods of
psychodiagnostics,
principles of

psychodiagnostics,
psychodiagnostics,
psychological correction

(psychocorrection),
psychological counseling
(psychoconsultation),

psychoprophylaxis,
psychological education.

Maktabgacha ta

lim tizimida psixologik xizmatni tashkil

qilish masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

maktabgacha ta’lim

muassasalarida psixologik

xizmat, maktabgacha ta’lim,

psixodiagnostik metodika,
psixodiagnostika tamoyillari,
psixodiagnostika,

psixologik tuzatish

Mazkur maqolada maktabgacha talim muassasalarida

psixologik xizmatni tashkil qilish, psixologik xizmatning

o‘

ziga

xos xususiyatlari, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va uning
professional jihatlari

o‘

rganilgan hamda tadqiq etilgan.

1

Teacher of the Department of Preschool Education, Karshi State University. E-mail: m.rajabova@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

172

(psixokorreksiya),
psixologik maslahat berish

(psixokonsultatsiya),
psixoprofilaktika, psixologik
oqartuv ishlarini olib borish.

Вопросы организации психологической услуги в

системе дошкольного образования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

психологическая услуга в
дошкольном образовании,
дошкольное образование,

методы
психодиагностики,
принципы

психодиагностики,
психодиагностика,
психологическая
коррекция

(психокоррекция),
психологическое
консультирование

(психоконсультация),
психопрофилактика,
психологическое

просвещение.

В данной статье рассматривается организация и

специфика

психологической

услугив

дошкольном

образовании, личность работника, который ее осуществляет,
профессиональные аспекты психологической услуги.

KIRISH

Maktabgacha ta

limning alohida vazirlik sifatida tashkil qilinganligi yosh avlod

tarbiyasining eng quyi po

g‘

onasiga naqadar katta e

tibor berilayotganligiga yaqqol misol

b

o‘

la oladi. Jumladan,

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi

“2017–

2021-

yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora

-

tadbirlari t

o‘g‘risida”gi, O‘

zbekisto

n Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash t

o‘g‘risida”gi 2019

-yil 10-maydagi

PQ

4312/3106-sonli Qarori,

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil

30-

sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi bos

hqaruvini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari t

o‘g‘risida” PF–

5198-sonli Farmoni ushbu tizimni yanada rivojlantirish

b

o‘

yicha umumiy kompleks chora-tadbirlarni

o‘

zida qamrab oladi. Bu kabi qonun

hujjatlarida maktabgacha ta’lim tuzilmasini tubdan islo

h qilish, ularni zamonaviy

texnologiyalar bilan jihozlash, malakali pedagoglar bilan ta’minlash, innovatsiyalarni
joriy etish vazifalari belgilab berilgan. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

har tomonlama mos psixologik muhitni tashkil qilish, psixologik xizmatlar sohasini t

o‘g‘

ri

y

o‘

lga q

o‘

yish va takomillashtirish juda ham muhim jihat hisoblanadi.

MATERIALLAR VA METODLAR

Ta’lim

-tarbiya muassasalarida psixologik xizmatni tashkil qilish, psixologik

xizmatning ayrim jihatlari ustida t

o‘

xtalib

o‘

tishni lozim topdik. Psixologik xizmatni

tashkil qilish, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va uning professional etik jihatlari
nimalardan iborat?


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

173

Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil qilish,

tarbiyalanuvchi-

tarbiyachilar

o‘rtasid

a

psixologik

xizmatni

amalga

oshirish,

muassasalarning tegishli lavozimlariga nomzodlarni qidirib topish, ulardan

munosiblarini tanlab olish va bu borada amaliy psixodiagnostikadan o‘rinli foydalanish

o‘ta muhim, mas’uliyatli hisoblanadi. Bu ish o‘ziga xos

maxsus ma’lumot, kasbiy

mahoratni talab qiladi. Chunki bu o‘rinda gap inson taqdiri, xalq manfaatlari, yurt kelajagi

ustida boradi.

Shuning uchun ham psixodiagnostika va psixodiagnost shaxsiga qator ijtimoiy etik

talablar qo‘yiladiki, ularga amal qilish s

hart. Bularga: psixodiagnostika natijalarini sir

saqlash, psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligini, o‘rganilayotgan odamga

ziyon yetkazmaslik, ular uchun tadqiqot natijalarining oshkoraligi, xulosalarning
obyektivligi va taklif etilayotgan amaliy tavsiyalarning samaradorligi kabilar kiradi. Bu

talablarni psixodiagnostika tamoyillari ko‘rinishida ko‘rib chiqamiz.

Psixodiagnostika natijalarini sir saqlash tamoyili

bu o‘rganilayotgan odam

shaxsan ruxsat bermaguncha uning natijalarini oshkor qilmaslikni taqozo etadi.
Psixodiagnostika ilmiy maqsadlarda, eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida

o‘tkazilayotgan holatlar bundan mustasno.

Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi tamoyili

ularning eng

kamida va

lidlik va ishonchlilik talablariga javob berishini taqozo etadi, ya’ni ular ishonish

mumkin bo‘lgan natijalarni berishi kerak.

Ziyon yetkazmaslik tamoyili

psixodiagnostika natijalarini har qanday holatlarda

tadqiq etilgan odamga ziyon yetkazmasligi kerakligini nazarda tutadi. Agar
psixodiagnostika tanlov asosida tanlab olish maqsadida yoki odamni ishga qabul qilishda

o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda mazkur tamoyil psixodiagnostika natijalari sinaluvchi uchun
oshkora bo‘lishi tamoyili bilan birgalikda qo‘llani

ladi. Bunda sinaluvchi undan nimani va

qanday o‘rganilishini, testdan o‘tkazish, uni tadqiq etishning natijasi qandayligi,
shuningdek, bu ma’lumotlar, uning muammosini hal qilishda kim tomonidan va qanday
foydalanishi haqida ma’lumotni talab qilishi mumkin

.

Xulosalarning obyektivligi tamoyili

testlashtirish natijalari ularning ilmiy

asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Ya’ni psixodiagnostika xulosalari test o‘tkazayotgan yoki

uning natijalaridan foydalanadigan shaxsning subyektiv ustanovkalariga mutlaqo b

og‘liq

bo‘lmasligi va u tomonidan belgilangan bo‘lmay, balki validli va ishonchli metodikalarni
qo‘llagan holda o‘tkazilgan testlashtirish natijalariga asoslangan bo‘lishi shart.

Taklif etiladigan tavsiyalarning samaradorligi tamoyili

bunday tavsiyalar

k

imga berilayotgan bo‘lsa, shu odamlar uchun, albatta, foydali bo‘lishi kerak.

Testlashtirish natijalaridan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan odam uchun foydasi
tegmaydigan yoki qanday oqibatlarga olib kelishi noma’lum bo‘lgan amaliy tavsiyalarni

berishga ruxsat etilmaydi.

Psixodiagnostika ishlarini amalga oshirishda psixodiagnostikaga qo‘yiladigan

yuqoridagi talablar bilan bir qatorda, psixodiagnost shaxsiga ham alohida kvalifikatsion

talablar qo‘yiladi. Ularning asosiylari: yaxshi nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lish,
psixodiagnostik metodikalar va ularni qo‘llash qoidalarini mukammal bilish, tegishli
metodikalardan amalda foydalanish borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lish kabilardir.

Har qanday psixodiagnostik metodika o‘zi o‘rganayotgan obyektga oid qa

ndaydir

bir nazariya zaminida yuzaga keladi va rivojlanadi. Masalan, intellekt testlari, intellekt

tabiati, tuzilishi, ahamiyati va hayotiy namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy tasavvurlarga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

174

asoslanadi. Shaxs testlari esa shaxsning ilmiy ta’rifi, shaxs tuzilish

ini tushunish, muayyan

shaxs haqida obyektiv mulohaza yuritish mumkin bo‘lgan ma’lum bir shaxs

nazariyalariga asoslanadi. Har bir psixodiagnostik metodika ayni vaqtda o‘zi bog‘liq

bo‘lgan u yoki bu nazariya bilan boyitilgan va chegaralangan bo‘ladi. Tegish

li nazariyani

bilgan holda shu nazariya doirasida o‘rganilayotgan odam haqida, ko‘pincha, bevosita

psixodiagnostika natijalari doirasidan (chegarasidan) kengroq, uzoqni ko‘zlagan

xulosalar qilishga erishish mumkin. Masalan, ayrim shaxs nazariyalariga ko‘ra

, shaxsning

bir xislati boshqa bir xislati bilan yaqindan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun shaxs

xislatlaridan birini psixodiagnostika yordamida aniqlash bilan uning boshqa bir

xislatining qay darajada rivojlanganligi haqida ishonchli mulohazalarga kelish mumkin.

Lekin psixodiagnostika metodikasi zaminida yotadigan nazariya, ko‘pincha, uning

natijalarini izohlashni (interpretatsiya qilishni) cheklashi mumkin. Shunday

metodikalardan biri shaxsni o‘rganishga mo‘ljallangan, psixoanaliz ta’limotiga asoslangan

Tem

atik appersepsiyalashgan test (TAT) natijalarini faqat shu ta’limot doirasidagina

izohlashni va shularga asosan tegishli xulosalarga kelishni talab qiladi. Bunda shaxs

xislatlarining gumanistik yoki faktorli nazariyalariga ko‘ra asoslanishi noo‘rin bo‘ladi

.

Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, har qanday psixodiagnostik

metodikalardan psixologik amaliyotda foydalanishda psixodiagnost mazkur metodika

asoslanadigan nazariyani bilish shart. Bularsiz u odamlarni tadqiq etish natijalarini tahlil

qilish, izohlash va xulosalar chiqarishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Metodikani mukammal o‘zlashtirganlik, uni sinaluvchi e’tiboriga havola etish,

natijalarni tahlil qilish va izohlash zarur tartib-qoidalarga (protseduralarga) oid bilim va

mala

kalarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Tadqiqotchi toki psixodiagnostik testni yaxshi

o‘zlashtirib olmagunicha (modul, me’yoriy ko‘rsatkichlari, muvofiqlashtirilganlik

darajalarini aniqlamagunicha) yoki hech bo‘l

-

masa, o‘zi qo‘llamoqchi bo‘lgan testni o‘zida

yoki o‘zi yaxshi bilgan odamlarda o‘tkazib ko‘rmaguncha, undan boshqalarni o‘rganishda

foydalanmasligi kerak. Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llash tartibi, talablari,

qoidalarini bilish ham juda muhim. Bu tartiblarga amal qilish ishonchli natijalarni olish

imkoniyatini bersa, ularni buzish jiddiy xatolarga olib keladi. Testning o‘zi o‘z holicha

qanchalik yaxshi bo‘lishiga qaramay, undan foydalanish vaqtida, albatta,

sinaluvchilarning individual xususiyatlari, ularning mazkur vaziyatdagi holati va ko‘plab

psixodiagnostikaga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olish lozim. Bunda psixologik

tadqiqotlar olib borishning asosiy tamoyillari bo‘lmish determinizm va sistemalilik

tamoyillariga amal qilish kerak.

Tadqiqotchining tegishli psixodiagnostika metodikasini a

malda qo‘llay bilish

tajribasiga ega bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. Bunday metodikalardan foydalanish

tajribasi ham uzluksiz bo‘lishi lozim. Chunki ulardan foydalanishdagi tanaffusning uzoq

vaqt cho‘zilishi ham, odatda, tegishli bilim, malaka, ko‘nikmalarning yo‘qolishiga va ular

bilan ishlash sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida tadqiqotchi quyidagi axloqiy

-

etik me’yorlarga amal qilishi shart:

1. Odamni uning ixtiyoriy roziligisiz psixologik tadqiqotga jalb qilmaslik kerak

(qonunda belgilangan alohida sud, sud-psixologik ekspertiza yoki meditsina amaliyoti

holatlari bundan mustasno).

2.

Psixodiagnostik testlashtirish o‘tkazishdan oldin sinaluvchini u tadqiqot

jarayonida o‘zi anglamagan (sezmagan, bilmagan) holda o‘zi haqida, o‘z o‘y

-fikrlari,

hissiyoti haqida ayrim ma’lumotlarni berib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirib

qo‘yish lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

175

3.

Agar bu qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, har qanday odam (sinaluvchi)

testlashtirish natijala

rini va undan olingan ma’lumotlarni hamda

ulardan kim, qayerda va

nima maqsadda foydalanishi mumkinligini bilishga haqli.

4.

Psixologik testlashtirish natijalari testni o‘tkazgan odam tomonidan sinaluvchiga

to‘g‘ri tushuniladigan shaklda berilishi kerak.

5. Voyaga yetmagan sinaluvchilarni testlashtirishda ularning ota-onasi yoki

ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaning testlashtirish natijalarini bilishga haqli.

6. Agar testlashtirish odamning psixik rivojlanganlik darajasini aniqlash, tanlov

asosida tan

lab olish yoki ishga qabul qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunda ham

sinaluvchi nafaqat testlashtirish maqsadi, balki u haqida test natijalariga ko‘ra qanday

asosda xulosa qilinishini bilishga haqli.

7. Psixodiagnostik testlardan amalda foydalanish uchun asosiy javobgarlik ularni

qo‘llayotgan shaxslarga va tashkilotlarga yuklatiladi.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy

-

iqtisodiy tizimi mo‘tadil bo‘lgan qator rivojlangan

mamlakatlarda psixodiagnostik testlardan foydalanish, ularning natijalarini e’lon qilis

hga

nisbatan qonuniy qayd etilgan cheklanishlar mavjud.

Ular quyidagi majburiy me’yorlarni o‘zida mujassam etadi:

1.

Kasb tanlovi (profotbor) va ekspertiza uchun foydalaniladigan ko‘pchilik

psixodiagnostik testlarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiq chop ettirish

taqiqlanadi. Chunki tegishli malaka va tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar

foydalanishi oqibatida ularning natijalari buzilishi, salbiy oqibatlarga olib kelishi

mumkin.

2.

Psixodiagnostik testlardan foydalanuvchilar oliy psixologik ma’lumot

ga egaligi

haqidagi diplomga yoki kamida psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lishi

kerak. Bu amaliyotga aloqador boshqa kishilar esa bunday faoliyat bilan shug‘ullanish

uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lishi lozim.

Amaliyotchi psixologning etik kodeksidan namunalar

Etik kodeks

deb, odamlarning ular muloqotga kirishadigan u yoki bu jihatlardagi

o‘zaro munosabatlari va faoliyatida amalga oshadigan xulqining axloqiy qoidalari

majmuiga aytiladi. Etik kodeks asosida adolat, mehribonlik mezonlarini namoyon

etadigan axloqiy me’yorlar yotadi.

Quyida psixologik amaliyotning turli vaziyatlarida amaliyotchi psixolog xatti-

harakati axloqiy jihatlarini muvofiqlashtiruvchi

namunaviy

(taxminiy)

etik kodeksini

keltirib o‘tamiz:

1. Psixologning psixodiagnostik amaliyotdagi kasbiy faoliyati uning sinaluvchilar

oldida alohida javobgarlikka ega ekanligi bilan xarakterlanadi.

2. Sinaluvchining shaxsiy manfaatlari tegishli muassasa, uning rahbarlari va

boshqa odamlar manfaatlariga zid bo‘lgan holatlarda psixolog o‘z vazifasini maksimal

xolislik bilan bajarishga majbur.

3. Psixologning ishi kasbiy mustaqillik va avtonomiya tamoyillari asosida tashkil

qilinadi. Uning kasbiy-psixologik tavsif masalalari yuzasidan beradigan qarori yakuniy

hisoblanadi va u yuqori boshq

aruv idoralari, tegishli muassasalar ma’muriyati tomonidan

bekor qilinishi mumkin emas.

4.

Psixolog qarorini tegishli hukm chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan va yuqori

malakali psixologlardan tashkil topgan maxsus komissiya bekor qilishi mumkin.

5. Sinaluvchilar bilan ishlashda psixolog adolatlilik va samimiylik tamoyillariga

asoslanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

176

6. Sinaluvchilarga psixologik yordam bera olishi uchun psixolog kafolat va tegishli

huquqqa ega bo‘lishi lozim. U, o‘z navbatida, unga berilgan huquqlardan o‘rinli, to‘g‘ri

foydalanish uchun shaxsan javobgardir.

7.

Davlat xizmati idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan psixologning ishi har bir

sinaluvchining intellektual va shaxsiy rivojlanishi yo‘lidagi cheklanishlarni bartaraf

etishni nazarda tutadigan mutlaq gumanistik (insoniy) maqsadlarga erishishga

qaratilgan bo‘lishi kerak.

8.

Psixolog o‘z ishini sinaluvchi sha’nini mutlaq hurmat qilish va sinaluvchining

shaxsi daxlsizligini ta’minlash asosida tashkil qiladi, uning asosiy insoniy huquqlarini fa

ol

himoya qiladi .

9. Psixolog sinaluvchi manfaatlarini jamiyat va barcha odamlar oldida himoya

qiladigan asosiy himoyachilardan biri hisoblanadi.

10. Psixolog psixodiagnostik va psixokorreksion metodikalarni tanlab olishda,

shuningdek, o‘zining xulosa va tavsiyalarini berishda ehtiyotkor, hushyor bo‘lishi kerak.

11. Psixolog sinaluvchining shaxsiy rivojlanishini, uning insoniy erkini, jismoniy va

psixologik daxlsizligini cheklaydigan ishlarda ishtirok etmasligi kerak. Psixolog kasbiy

etikasining eng og‘ir

buzilishi uning sinaluvchiga ziyon yetkazuvchi ishlarda bevosita

yoki shaxsan ishtirokida namoyon bo‘ladi. Bunday holatga bir bor yo‘l qo‘ygan shaxs
psixodiagnostik ishlar bilan shug‘ullanish, professional psixologlik mutaxassisligini
ta’kidlaydigan hujjat

lardan foydalanish huquqidan butunlay (bir umrga) mahrum etiladi,

qonun bilan belgilanadigan holatlarda esa sudga beriladi.

12. Psixolog sinaluvchining haq-huquqlari boshqa odamlar tomonidan poymol

qilingan, sinaluvchilar bilan nogumanistik muloqotda bo‘li

ngan holatlarni sezgan vaqtda

bu haqida o‘zining bevosita rahbariga xabar berishi shart.

13. Psixolog sinaluvchi huquqlarining buzilishiga olib keladigan har qanday

siyosiy, g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatishi kerak.

14.

Psixolog faqat o‘zi zarur ma’lumot va malakaga ega bo‘lgan sohalar

bo‘yichagina xizmat ko‘rsatish huquqiga ega.

15.

Yetarlicha aprobatsiyadan o‘tmagan yoki barcha ilmiy standartlarga to‘la javob

bera olmaydigan psixodiagnostik (psixokorreksion) usullardan noilojlik tufayli

foydalanishga to‘g‘ri kelib qolgudek bo‘linsa, unda psixolog bu haqida manfaatdor shaxslarni
ogohlantirib qo‘yishi va o‘zining xulosa va tavsiyalarida ehtiyotkor bo‘lishi kerak.

16. Psixologning

psixodiagnostik,

psixokorreksion

yoki

psixoterapevtik

materiallarni ulardan foydalanish uchun tegishli tayyorgarlikdan o‘tmagan, nomutaxassis
shaxslarga berishga haqqi yo‘q.

17.

Psixolog psixodiagnostika va psixologik ta’sir etish metodikalaridan maxsus

professional tayyorgarlikka ega bo‘lmagan

shaxslar tomonidan foydalanilishiga to‘sqinlik

qilishi kerak, bu haqida bundan bexabar holda unday shaxslar xizmatidan

foydalanayotgan kishilarni ogohlantirib qo‘yishi shart.

18. Sinaluvchilarning individual psixologik tekshirish natijasida olingan

ma’lumotlarini psixolog faqat ularning o‘zlarining roziligi bilangina uchinchi odamlarga
aytishi yoki berishi mumkin. Bunda sinaluvchi u haqida kimga va qanday ma’lumotlar

berilayotganligini bilishga haqli.

19.

Tegishli muassasalar ma’muriyatiga sinaluvchi haqid

a faqat bu odamlar

ulardan sinaluvchiga ziyon yetkazish maqsadida foydalana olmaydigan ma’lumotlar

beriladi, xolos.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

177

20.

Psixolog ommaviy axborot vositalari va boshqa psixologik yordam ko‘rsatish

vositalaridan foydalanishda, bunday ma’lumotlarni olish yoki

tarqatishda odamlarni

psixologik xarakterdagi yordam uchun bunga haqqi yo‘q yoki yaroqsiz, nomutaxassis

shaxslarga murojaat qilishlari kabilar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida

ogohlantirishi, bunday yordamni qaerdan va kimdan olish mumkinl

igini aytib o‘tishi lozim.

21. Psixolog uning roli va funksiyasi sinaluvchilarga ziyon yetkazishi mumkin

bo‘lgan, turlicha (ikki) ma’noda tushunilishi mumkin bo‘lgan ishlar yoki faoliyat bilan

shug‘ullanmasligi kerak.

22.

Psixolog mijozlarga o‘zi bajara olmaydigan va’dalarni bermasligi kerak.

23. Agar sinaluvchini tadqiq qilish yoki unga psixologik aralashish boshqa

shaxsning: tegishli idoralar vakillari, vrach, sudya va h.k. talabiga ko‘ra bo‘layotgan bo‘lsa,

psixolog bu haqida sinaluvchini xabard

or qilib qo‘yishi kerak.

24.

Psixolog o‘zi o‘rgangan sinaluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi

uchun shaxsan javobgar.

25. Biron-

bir idoraga (muassasaga) ishga qabul qilish jarayonida psixolog o‘zining

professional vakolati (kompetensiyasi) doi

rasida mustaqil faoliyat qilishini aytib o‘tishi,

shuningdek, o‘zi ishlaydigan (ishlashi lozim bo‘lgan) idora ma’muriyatini va boshqa

manfaatdor shaxslarni mazkur etik kodeks mazmuni haqida ogohlantirib qo‘yishi lozim.

U o‘zining kasbiy ishiga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar ma’lumotini

sir saqlashi va

kasbiy etika talablariga amal qilish lozimligiga e’tiborini qaratishi kerak. Shu bilan birga,

psixolog ularni uning ishiga faqat psixologik xizmatning tegishli vakolatga ega bo‘lgan

yuqori tashkilotlarigina professional aralashishi mumkin ekanligi haqida ogohlantirib

qo‘yishi kerak. Shuningdek, u boshqa shaxslar tomonidan bildirilgan noetik talablarni

bajara olmasligi haqida ham ta’kidlab o‘tishi joiz.

26. Professional amaliyotchi psixolog tomonidan etik kodeks nizomlarini buzish

Amaliyotchi psixologlar assotsiatsiyasi “psixolog obro‘si” (sudom chesti)da muhokama

qilinishi, zarur bo‘lib qolgan sharoitlarda psixologik xizmat tarkibiga kiruvchi yanada

yuqoriroq professional tashkilotlarda muhokama qilinishi kerak.

Psixologik xizmatning quyidagi umumiy yo‘nalishlari farqlanadi:

1. Psixodiagnostika.

2. Psixologik tuzatish (psixokorreksiya).

3. Psixologik maslahat berish (psixokonsultatsiya).

4. Psixoprofilaktika.

5. Psixologik oqartuv ishlarini olib borish.

Ma’lumki, har bir odam o‘zini o‘zi va voqelikni (atrofida ro‘y berayotgan voqea

-

hodisalarni, narsalarni) o‘zicha, o‘ziga xos, subyektiv aks ettiradi. Bir odamning voqelikni

qanday idrok etishi, qabul qilishi boshqa odamning aynan shu voqelikni idrok etishi,

qabul qilishiga mos kelmaydi. Shunisi bilan ham odam eng murakkab bilish subyekti

ekanligicha qolaveradi. Bu esa odamni o‘rganishni, tushunishni, u yoki bu vaziyatda u

o‘zini qanday tutishi, qanday xulq, faollikni namoyon qilishini oldindan aytib berishn

i

murakkablashtirib yuboradi. Bir odamga ma’qul bo‘lgan xulq

-

atvor me’yori boshqa bir

odamga ma’qul tushmasligi, bir odam uchun samarali bo‘lgan usul boshqasiga mutlaqo

to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun shaxsga psixologik xizmat ko‘rsatishda, unga

p

sixologik ta’sir qilishda, avvalo, shu odamning o‘zi kim ekanligini, uning shaxsiy

xususiyatlari qanday ekanligini bilish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlardan

hisoblanadi. Psixologik xizmatning (psixologik ta’sir etishning) samaradorligi ham aynan

s

hunga kuchli bog‘liq bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

178

NATIJALAR VA TAHLILLAR

Psixodiagnostikada turli psixodiagnostik vositalar (metodlar, testlar, so‘rovnomalar)

yordamida o‘rganilayotgan odamning psixologik xususiyatlari, shaxsi, o‘rganilayotgan

jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari, undagi o‘zaro munosabatlar tizimi

aniqlanadi. Bunda obyektning kim va qanday ekanligi bilinadi. Psixodiagnostika yordamida

aniqlangan xususiyatlar aksariyat hollarda ularning, asosan, salbiy xarakterga ega bo‘lgan

jihatlari psixologik tuzatish ishlari orqali bartaraf etilishi lozim.

Unda o

‘rganilayotgan shaxsning ma’lum bir faoliyatlarni maqsadga muvofiq

amalga oshirishiga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan ayrim sifatlari ko‘rsatiladi, ularni

bartaraf etish yuzasidan psixologik maslahatlar beriladi. Psixologik maslahatlar berishda

boshqa bir q

ancha ilmiy manbalardan olingan ma’lumotlardan, psixologning, mutasaddi

xodimning hayotiy tajribasi, kasbiy mahorati va boshqa shu kabi manbalardan

foydalanish ham mumkin, lekin bu o‘rinda hal qiluvchi manba bo‘lib, shu maslahat

berilayotgan odam, o‘quvchi, o‘qituvchi, yosh xodim va boshqalarning o‘zidan

psixodiagnostika yordamida olingan ma’lumotlar asos bo‘lishi (xizmat qilishi) kerak.

Ya’ni shu odamning o‘zidan olib

o‘ziga qaytarish maqsadga muvofiq.

Har bir testda sinaluvchida o‘rganilayotgan sifatlar qay darajada namoyon bo‘lishi,

ifodalanishi aniqlanadi. Test natijalari izohida shaxs haqida ma’lum bir tavsif beriladi.

Bularning hammasi ham bir yoqlama ijobiy bo‘lavermaydi. Shu aniqlangan sifatlarning

maqsadga erishishga, ishning muvaffaqiyatiga xalaqi

t qilishi mumkin bo‘lgan jihatlari

bartaraf etilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun testning stimul varianti (test savoli,

topshiriqlari), shu savolga berilgan javob, bu javob uchun kalitga muvofiq qo‘yilgan baho va

yig‘ilgan ballarning izohi birgalikda ko‘ri

b chiqiladi. Shu uch asos mazmunidan kelib chiqib,

sinaluvchiga tegishli maslahat beriladi, salbiy sifatlari o‘zining salbiy asoratlarini namoyon

qilmasligi uchun maslahat, tuzatish, profilaktika tadbirlari (dasturlari) ishlab chiqiladi.

Psixoprofilaktika

da psixodiagnostika orqali aniqlangan ma’lumotlarga asoslangan

holda shaxsda mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy xislatlar qanday natijalarga, oqibatlarga

olib borishi mumkinligi haqida mulohaza yuritiladi. Ro‘y berish ehtimol bo‘lgan salbiy

holatlar, vaziyatl

arning oldini olish bo‘yicha tegishli chora

-tadbirlar ishlab chiqilib,

ogohlantirishlar beriladi, yo‘nalishlar belgilab olinadi.

Nihoyat, psixologik xizmatning so‘nggi yo‘nalishi bu psixologik oqartuv (ma’rifat)

ishlarini olib borishdir. Ma’lumki, hamma o

damlar ham psixologiyaga qiziqavermasligi

yoki o‘zining kasb faoliyati xarakteridan kelib chiqqan holda psixologiya fani yutuqlari,

psixologik ta’limotlar, amaliy psixologiya imkoniyatlaridan bexabar, bular haqidagi

ma’lumotlarga duch kelmagan bo‘lishi

yoki ularning bu haqidagi tasavvurlari noadekvat

bo‘lishi mumkin. Psixologik oqartuv ishlarini olib borish esa odamlarni shu

ma’lumotlardan xabardor qilish, aholi o‘rtasida psixologik bilimlarni targ‘ib qilish,

ularning psixologik savodxonligini oshirish, psi

xologik ma’rifiy ishlarning yo‘lga

qo‘yilishini taqozo qiladi. Uning samaradorligi, shubhasiz, psixologik xizmatning

yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlari natijalariga qanchalik asoslanishga bog‘liq.

Albatta, bu ishlar (psixologik xizmat) maxsus psixologik

ma’lumotga ega bo‘lgan,

malakali mutaxassislar tomonidan olib borilsa, ayni muddao bo‘ldi. Lekin, afsuski,

bunday mutaxassislarga bo‘lgan taqchillik respublikamizda o‘ta kuchlidir. Shunday ekan,

bu muammoni hal qilish uchun nima qilish kerak? Bizningcha,

bu o‘rinda

K.D.

Ushinskiyning “Har bir ilmiy ma’lumotli pedagog

psixologdir”,

deb ta’kidlagan

iborasiga tuzatish kiritib, “Har bir oliy, ilmiy ma’lumotli, mulohazali, o‘z ishini sevadigan

xodim, shubhasiz, psixologdir”,

deb yuritishimiz va har bir xodimning, haqiqatan ham,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2022) / ISSN 2181-1415

179

psixodiagnostika, amaliy psixologiya bilimlarini yetarli darajada egallagan, o‘z faoliyatida

hozirgi zamon psixologiyasi yutuqlaridan samarali foydalana oladigan xodimlar bo‘lib

yetishishlariga va ular, haqiqatan ham ,odamni bilish

borasida, shubhasiz, psixolog bo‘la

olishlariga erishish lozim.

Bunga, asosan, o‘zini o‘zi o‘qitish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘z ustida, o‘z bilim,

malaka, ko‘nikmalarini oshirish borasida uzluksiz, mustaqil ishlash orqaligina erishish

mumkin. Tegishli soha mutaxassislari malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kurslari

o‘quv dasturi doirasida, psixologiyadan belgilangan mashg‘ulotlarda ishtirok etar

ekanlar, ayniqsa, bu fan bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy va mustaqil mashg‘ulotlarda faol

qatnashib, tavsiya etilgan, berilgan psixodiagnostik vositalar bilan yaqindan tanishib

chiqib, ular yordamida, avvalo, o‘zini o‘rganib borar ekanlar, o‘zlarining psixologik

savodxonlik darajasini oshirishga erishadilar. Biz ularning bu borada tegishli bilim,

malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar, deb umid qilamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Nishonova Z.T. Alimbayeva Sh.T., Sulaymonov M. (2014). Psixologik xizmat.

Toshkent. Fan va texnologiya markazining bosmoxonasi.

2.

Barotov Sh.R. (2007). Ta

limda psixologik xizmat. Buxoro.

3.

Mirashirova N. (2003). Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat.

Toshkent. TDPU.

4.

Тетушкиной

M.К. (2001). Психологическая помощь и консультирование в

практической психологии. Под ред. СПб. “Речь”.

5.

Потапова

А.В., Нартова –

Бочавер

С.К. (2001). Детская психологическая

служба. M.: “Питер”.

6.

Крицкий

А.Г. (2004) Работа с изменениями в системе поддержки качества

образовательного процесса. Новые инициативы в образовании и практике социальной

работы: Диалог российских и европейских университетов. Материалы международной

научно

-

практической конференции / Под общ. ред. А.В.

Старшиновой. Екатеринбург.

7.

Якунин

В.А. (2000). Информационная основа обучения. Педагогическая

психология: учеб. Пособие / В.А.

Якунин. –

2-

е изд.–СПб.: Из

-

во В.А.

Михайлова, 41–

51.

8.

Орипова

Н.Х., & Хаитова

Ю.С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи

в духе общенациональных ценностей.

Журнал научных публикаций аспирантов и

докторантов, (1), 47

-49.

9.

Орипова

Н.Х., & Мухаммадиева

А. (2013). Способы обучения креативности

детей дошкольного возраста.

Science and world, 50.

10.

Орипова

Н., & Нарзиева

Л. (2020). Социально

-

исторические и педагогические

проблемы овладения профессией.

Экономика

и

социум

, (12-1), 868

871.

11.

Dildora K., & Malikaxon S. (2022, May). Developing communication skills in the

process of training future teachers. In International Conference on Problems of

Improving Education and Science (Vol. 1, No. 02).

12.

Dildora K., & Nafosat F. (2022, May). Pedagogical basis of teaching children to rules.

In International Conference on Problems of Improving Education and Science (Vol. 1, No. 02).

13.

Oltmisheva N.G. (2021). Formation of labor culture in youth facilities.

Экономика

и

социум

, (1-2), 289

290.

14.

Олтмишева

Н

.

Ғ

. (2021).

Ёшлар

ижтимоий

фаоллигини

ривожлантириш–

жамият

тараққиётининг

муҳим

омили

. Scientific progress, 2(1), 1748

1751.

Библиографические ссылки

Nishonova Z.T. Alimbayeva Sh. T. , Sulaymonov M. (2014). Psixologik xizmat. Toshkent. Fan va texnologiya markazining bosmoxonasi.

Barotov Sh.R. (2007). Ta'limda psixologik xizmat. Buxoro.

Mirashirova N. (2003). Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. Toshkent. TDPU.

Тетушкиной M.К. (2001). Психологическая помощь и консультирование в практической психологии. Под ред. СПб. “Речь”.

Потапова А.В., Нартова – Бочавер.С.К. (2001). Детская психологическая служба. M.: “Питер”.

Крицкий А.Г. (2004) Работа с изменениями в системе поддержки качества образовательного процесса. Новые инициативы в образовании и практике социальной работы: Диалог российских и европейских университетов. Материалы международной научно-практической конференции /Под общ. ред. А.В.Старшиновой. Екатеринбург.

Якунин, В. А. (2000). Информационная основа обучения. Педагогическая психология: учеб. пособие/ВА Якунин.–2-е изд.–СПб.: Из-во ВА Михайлова, 41-51.

Орипова, Н. Х., & Хаитова, Ю. С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи в духе общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 47-49.

Орипова, Н. Х., & Мухаммадиева, А. (2013). Способы обучения креативности детей дошкольного возраста. Science and world, 50.

Орипова, Н., & Нарзиева, Л. (2020). Социально-исторические и педагогические проблемы овладения профессией. Экономика и социум, (12-1), 868-871.

Dildora, K., & Malikaxon, S. (2022, May). Developing communication skills in the process of training future teachers. In International Conference on Problems of Improving Education and Science (Vol. 1, No. 02).

Dildora, K., & Nafosat, F. (2022, May). Pedagogical basis of teaching children to rules. In International Conference on Problems of Improving Education and Science (Vol. 1, No. 02).

Oltmisheva, N. G. (2021). Formation of labor culture in youth facilities. Экономика и социум, (1-2), 289-290.

Олтмишева, Н. Ғ. (2021). Ёшлар ижтимоий фаоллигини ривожлантириш–жамият тараққиётининг муҳим омили. Scientific progress, 2(1), 1748-1751.