Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of the newspaper in teaching english and
methods of working with newspaper material
Dildora KAMBAROVA
1
Ferghana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
28 April 2022
Accepted 20 May 2022
Available online
10 June 2022
This article analyzes the role that the newspaper plays in
teaching English. Different aspects of teaching are considered.
Individual techniques and methods of teaching English language
by relevant aspects. Possible assignments aimed at possible
exercises aimed at the development of skills in reading
newspaper material of various kinds.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp212-216
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
tasks,
exercises,
methods,
newspaper language,
grammatical structure,
types of reading,
analysis,
vocabulary.
Ingliz tilini o
‘qitishdа gаzetаning o‘rni vа gаzetа
mаteriаllаri bilаn ishlаsh metodlаri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
topshiriqlar,
mashqlar,
metodlar,
gazeta tili,
grammatik tuzilish,
o
‘
qish turlari,
tahlil qilish,
lug
‘
at.
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rgatishda gazetaning roli tahlil
qilinadi. O‘qitishning turli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilini
o
‘qitishning alohida texnika va usullari tegishli jihatlar bo‘yicha
tahlil qilinadi. Har xil turdagi gazeta materiallarini o
‘
qish
ko
‘
nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mumkin bo
‘
lgan
vazifalar taklif etiladi.
1
A student in Doctoral Studies (PhD) of Ferghana State University. E-mail: naz1224@yandex.ru.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
213
Роль газеты при обучении английскому языку
и
методы работы с газетным материалом
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
задания,
упражнения,
методы,
язык газеты,
грамматическая
структура,
виды чтения,
анализ,
словарный запас.
В данной статье анализируется значение газеты,
которая играет особую роль при обучении английскому
языку. Рассматриваются различные аспекты обучения.
Разбираются отдельные приемы и методы обучения
английскому языку по соответствующим аспектам.
Предлагаются возможные задания, нацеленные на
развитие навыков различных видов чтения газетного
материала.
KIRISH
Gazetalar radio va internet kabi ommaviy axborot vositalaridek ta’lim berish
maqsadlariga xizmat qilishi mumkin, chunki ular o‘qitish
jarayonini yanada qiziqarli
tarzda ko‘rsatib, o‘quvchilarni bilimlarni olishga rag‘batlantiradi. O‘quvchilar
Angliya
yangiliklarini yoki seriallarni tomosha qilib va, shuningdek, gazetalarni o‘qiganlarida
ingliz madaniyatini o‘rganishlari mumkin.
ASOSIY QISM
Talabalarga ingliz tilini
o‘qitish uchun qo‘llaniladigan materiallarga nisbatan
motivatsiyaning va qiziqishning
mavjud emasligi tufayli o‘qituvchilar, ko‘pincha, xafa
bo‘ladilar. Shuningdek, ular jahonda sodir bo‘layotgan hodisalardan o‘rtacha statistik
talaba tomonidan namoyish qilinayotgan hayratomuz bexabarlikni ham ta’kidlaydilar.
Agarda o‘qituvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan inglizcha gazetadan tilning istalgan yo‘siniga
qo‘shimcha vosita sifatida foydalanilsa, bu kamchiliklarni (hech bo‘lmasa) qisman
bartaraf qilish mumkin bo‘ladi. Djeffri Lend o‘zining “
Using Press Cuttings for Teaching
Purposes
”
nomli maqolasida:
“… Men, gazetadan qiyib olingan parchalar o‘qishning
birinchi bosqichi o‘tilganidan keyin til o‘qitishning deyarli butun tizimiga asos bo‘la olishiga
ishonayotgan o‘sha o‘ta sodda, g‘alati odamman”,
–
deb yozadi [1]. U isbotlovchi dalillar
sifatida quyidagi misollarni keltiradi: a) gazeta materiallari amaliy borliq bilan bog‘lanadi
va tilning haqiqiy namunasini (authentic) tashkil qiladi; b) talabalarni qiziqtiradigan
maqolalarni tanlab olish mumkin; d) ular o‘z mavzulari bo‘yicha dolzarbdir. Tajriba
ko‘rsatganidek, haqiqatan ham, talabalar (hattoki boshlang‘ich guruhlarda) gazetaga
o‘tishni qiziqish bilan qabul
qiladilar.
Gazeta bilan ishlash orqali tilni o‘rganishni yengillashtirish va jonlantirishning juda
ko‘p usullari mavjud.
Biroq, shu bilan birga, quyidagilarni inobatga olish lozim:
•
gazeta qanchalik darajada ommabop bo‘lsa, uning tilini tushunish ham
shun
chalik darajada og‘irroq bo‘ladi;
•
maqolaning o‘lchami, u bilan ishlash vaqti bitta darsdan ortmasligi ta’minlanishi kerak;
•
agarda siz yangi tarkibiy tuzilmalarni kiritish maqsadini ko‘zlamasangiz, bu
holda maqolada talabalar uchun bunday tuzilmalar mavjud
bo‘lmasligi lozim. Har holda
ularning soni 2 tadan ortmasligi, bundan yaxshirog‘i bitta grammatik qurilmaga ega
bo‘lish kerak. Maqolada siz tushuntira olmaydigan yoki asoslay olmaydigan yoxud
grammatik jihatdan nomaqbul deb tuyuladigan hech bir narsa bo‘lm
asligi lozim;
•
maqola dolzarb va qiziqarli bo‘lishi kerak [1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
214
Quyida tilni o‘qitishning va gazeta bilan ishlashning turli yo‘sinlari haqida
batafsilroq to‘xtalamiz.
Talabalarning lug‘aviy zaxirasini boyitishda gazeta g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Birorta
darslik ham lug‘aviy zaxiraning mana shunday ko‘payish sur’atini ta’minlay
olmaydi.
Bu yerda ikki asosiy yo‘nalishlarni, ya’ni uyda ishlashni va auditoriyada
ishlashni ajratish mumkin. Salana
“
Use the Newspaper
”
gazetasidagi o‘z maqolasida
ko‘rsatganidek, agarda talabalarda gazetani har kuni o‘qish odati shakllantirilsa, ularning
o‘qish ko‘nikmalari ahamiyatli darajada yaxshilanadi [4]. Talabada o‘ziga tanish bo‘lgan
hodisalar mazmunini bildiruvchi so‘zlarda diqqatini jamlashi borasida uning
lug‘aviy
zaxirasida o‘sish tabiiy tarzda kechadi. [4]. Talabalarga o‘ziga xos yangi so‘zlarni
maqolaning yoniga yoki yondosh betga yozib qo‘yishni taklif qilish mumkin. O‘qituvchi
shunday so‘zlar bo‘yicha javoblarni berish uchun (hech bo‘lmasa, haftada bi
r marotaba)
ma’lum vaqt ajratishi kerak. Boshqacha yo‘l –
talabalardan shunday so‘zlarning
ro‘yxatlarini (har bir ro‘yxatda taxminan 20 so‘z) topshirishlarini so‘rashdir. O‘qituvchi
ro‘yxatlarni tekshiradi, ularda takrorlanayotgan so‘zlarni tanlaydi va haf
tada bir
marotaba butun sinfga/guruhga ularning mazmunini tushuntiradi. Shuningdek,
talabalarning o‘zlariga maqolaning asosiy mazmunini aks ettiruvchi bir jumla gaplarni
yozish yoki yozib olishlarini taklif qilish mumkin.
Dj.Lend gazeta bilan auditoriyada
ishlashni mo‘ljallaydi [2
].
Lugʼaviy zaxirani rivojlantirish uchun u quyidagi mashqlarni taklif qiladi:
1.
So‘zlarni almashtirish. O‘z mazmuni bo‘yicha mazkur kontekstda mos keladigan
bitta yoki bir necha so‘zlarni tanlab olish.
Masalan:
a)
“travel” soʼzi
journey, movement, riding, trips, traffic so
‘
zlari bilan almash-
tirilishi mumkin;
b)
“pleasanter” better, nicer, more enjoyable, happier, more contended almash
-
tirilishi mumkin;
2 yoki 3ta to‘g‘ri variantlar mavjud bo‘lishi mumkinligini va barcha keltiril
gan
iboralar bir-
biriga mazmunan mos ekanligini ta’kidlaylik.
2. Quyidagi fikrlarni bildirish uchun matnda foydalanilgan iboralar ko‘rsatilsin:
a)
e.g. instructions on how to behave in a well- mannered way;
b)
circumstances that are different to handle
–
tricky situations;
c)
the level that we hope to reach
–
the standard we are aiming at.
Agarda shu jumlalar talabaning ona tilida keltiriladigan bo‘lsa va u ularning
inglizcha ekvivalentini
matnda qidirib topishi kerak bo‘lsa, bu ish yanada samaraliroq
kechadi. So‘zlarning va iboralarning gapga kiritib qo‘yilishi
avvalgi ishga o‘xshaydi,
chunki bu yerda mazkur holatga mos keladigan bitta so‘zni tanlab olish uchun bir qator
so‘zlar berilgan. Shuningdek, so‘zlar o‘rtasida muvofiqlikni aniqlash bo‘yicha ish ham
amalga oshirilishi mumkin. Masalan:
a) here are some containers:
box, packet, jar, drum, bottle, tin, tube, bag, barrel,
sack;
b) put each of following items into its appropriate container. E.g.
–
a box of
matches;
3. Muvofiq ravishda otlar va sifatlarni
tanlab qo‘yish yoki gaplarni (jumlalarni)
shunchaki tugatish mumkin: e.g.
a block of priests
–
soldiers
–
sheep
–
fish
–
goats
–
children
–
ships.
Tanlab qo‘yish misoli sifatida quyidagi namuna keltirilishi mumkin: Fill
the spaces in these ten sentences wi
th expressions using “way”. Choose the expressions
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
215
from the list:
by the way, all the way, by the way of, in the way, in a way, his own way, out of
the way, on the way, wayside, under way. “You look very tired” “Yes, I am. I couldn’t get a lift
and I had t
o walk …”
.
Xuddi shu tarzda fe’l + predlog so‘z birkmalari bilan ish bajarilishi mumkin.
4.
Tushunish darajasini tekshirish bo‘yicha (comprehension) mashqlar.
Bu yerda eng ko‘p tarqalgan misollar bu berilgan savollarga shunchaki javoblar,
taklif
etilgan bir necha variantlardan bitta to‘g‘ri javobning tanlanishi, “noto‘g‘ri
iboralarni to‘g‘rilash”
,
“bu ibora to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyish”
toifalaridagi ish hisoblanadi.
Shunday mashqlarning misollari:
1) Multiple choice. Read the new item carefully. Then choose the correct answers
in the following exercise.
Yesterday a scientist said that certain types of armchairs:
a)
were widely used and upholstered;
b)
might easily catch fire, because the materials used were dangerous;
c)
should not be used because they were dangerous.
2) True or False (according to the story)?
a)
only poor people steal things from shops;
b)
store detectives are all big and strong;
c)
these are fewer shoplifters are often well- organized
[2].
Quyidagi
“
insufficient information
”
bandini kiritish orqali va, shuningdek,
talabalarga noto‘g‘ri jumlalarni tuzatishni taklif qilib bu ishni murakkablashtirish
mumkin.
Bundan tashqari, talabalarga to‘g‘riligi tasdiqlanishi talab etiladigan iboralar
ro‘yxatini bermasdan bunday ishni ularning tinglashi orqali ham o‘tkazish mumkin.
Matnda mavjud bo‘lgan yaqqol xatolar yoki stilistik noaniqliklar mazmunning buzilishiga
olib keladigan qisqa xabarnomalar bilan ishlash juda foydalidir (
“
What the Papers Say
”
kitobidagi
“
Daily liar
”
bo‘limini qarang) [2].
Ta
labalardan xatoni ko‘rsatishni va uni
to‘g‘rilashni so‘rash mumkin.
Mana shunday xabarnomaning misollari:
Arthur Kitchener was seriously burned Saturday afternoon when he came into
contact with a high voltage wife; ‘Heavens, I am thirty!’ she said. ‘Please
get me a drink!;
Some members of Bulgarian secret police accepted brides in connection with the shipments;
A man with a black bear was seen walking away from the scene of the crime.
Sarlavhalarni va murakkab gaplarning mazmunini tushunishda talabalar katta
qiyinchiliklarga duchor bo‘ladilar.
Bu yerda mashqlarning quyidagi variantlarini keltirish
mumkin.
•
Maqolalarga sarlavhalarni tanlang va o‘z tanlovingizni asoslang.
•
Sarlavhada mujassamlangan axborotni sodda gaplar orqali ifodalang yoki
sarlavha
asosida taxminan 100 so‘zli abzasni yozing.
•
Murakkab gapning mazmunini birncha sodda gaplar orqali ifodalang.
•
Bir necha sodda gaplar berilgan. Ularda mujassamlangan axborotni bitta
murakkab gap orqali bayon eting: e.g.
Some firemen died. This happened while they were
searching. They were searching for a colleague. The colleague was lost. The firemen who
died were searching for a colleague.
•
Yangilikni qisqa sarlavhaga aylantiring, bunda sarlavhalar uchun o‘ziga xos
leksikani dastlab ishlab chiqing: e.g.
A leading diplomat has been mysteriously murdered.
Envoy death riddle
[5].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2022) / ISSN 2181-1415
216
Gazeta tili xususiyatlarining tahlili o‘quvchilarga o‘ziga xos gazeta leksikasidan
tashqari grammatik hodisalarni va signal bildiruvchi so‘zlarni ham o‘zlashtirishlari
kera
kligi to‘g‘risidagi xulosani qilishga imkon beradi.
Ayrim grammatik hodisalar maqsadga yo‘naltirilgan ishning predmeti bo‘lishi
kerak. Gazeta tili uchun xosdek ta’kidlangan hodisalar, garchi me`yoriy grammatika
kursiga kirgan bo‘lsa ham, talabalar uchun g‘
oyat katta qiyinchiliklarni tashkil qiladi.
Xususan, sarlavhalarning tushurilgan semantik fe’lli passiv qurilmalari va atributiv
zanjirlar katta qiyinchiliklardan iborat bo`ladi.
XULOSA
Gazetaning yuqori afzalligi leksikaning takroriyligida, bu talabalarn
ing lug‘aviy
zaxirasini nisbatan osonlik bilan ko‘paytirish imkonini beradi. Maqolani tanlashdagi
ma’lum qiyinchiliklarga duchor bo‘lish masalasiga kelsak, shuni aytish kerakki, talabalar
o‘qituvchi rahbarligi ko‘magida o‘zlarining tayyorgarlik darajasiga
muvofiq keladigan
maqolalarni tanlab olish mahoratini qo‘lga kiritishlari mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Land
G. Using Press Cuttings for Teaching Purposes // Zielgprache Engl. №1, gb
18, 1988.
2.
Land G. What the Papers Say. Longman, 1981. Land G. What in the News?
Longman, 1995.
3.
Newspaper Reading and Writing for ESL Classes. http://esl.about.com/
od/writinglessonplans/ a/lp_news.htm.
4.
Salana Use the Newspaper // English Teaching Journal, V.28, №4, –
1994.
–
PP. 336
–
343.
5.
Thomas B.J. Advanced Vocabulary & Idiom. Longman, 1995.
6.
Watsyn-Jones P., Farrel M. Test Your Vocabulary. Pearson, 2004.
