Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Types of conflict between the pedagogical community of
general schools
Asliddin SAIDOV
1
Cabinet of Ministers Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2021
Received in revised form
28 May 2022
Accepted 20 June 2022
Available online
25 July 2022
This article provides information on the types of conflicts
that arise between the teaching staff of a general education
school. There is also information about conflicts and their
differences. Conflict is a natural phenomenon, and the right
approach to conflict is considered one of the prerequisites for
the development and formation of a person. It is known that
each conflict has its own characteristics. This article provides
more detailed examples of the types of conflicts that arise
between teachers in secondary schools.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp212-217
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
conflict,
agonistic (compromising),
antagonistic
(uncompromising),
labor collective,
pedagogical conflict,
manager,
worker.
Umumta’lim maktablari rahbar va pedagogik jamoasi
o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyat turlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ziddiyat,
agonistik (murosaga
keladigan),
antagonistik (murosasiz),
mehnat jamoasi,
pedagogik ziddiyat,
rahbar,
xodim.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari pedagogik jamoasi
o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyat turlari haqida maʼlumotlar
keltirilgan. Konfliktlar hamda ularning farqlari bayon qilingan.
Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan to‘g‘ri munosabat
o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy
talablaridan biri ekanligi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Har
bir konfliktni
ng o‘ziga xos jihatlari borligi, umumta’lim
maktablari rahbar va pedagogik jamoasi o‘rtasida vujudga
keladigan ziddiyat turlari haqida ma’lumotlar misollar bilan
yanada aniq ko’rsatilgan.
1
State inspectorate for supervision of quality in education under the Cabinet of Ministers Republic of Uzbekistan
Chief specialist.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2022) / ISSN 2181-1415
213
Виды
конфликтов,
возникающих
между
руководителем и педагогическим коллективом в
общеобразовательных школах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
«конфликт»
,
агонистический
(компромиссный),
антагонистический
(бескомпромиссный),
трудовой коллектив,
педагогический конфликт,
руководитель,
работник.
В данной статье представлена информaция о видах
конфликтов,
возникающих
между
педагогическим
коллективом общеобразовательных школ. Также описана
информaция о конфликтах и их различиях. Конфликт –
это
естественное явление, и правильный подход к конфликту
считается одной из предпосылок при человеческом
развитии и в его становлении. Известно, что каждый
конфликт имеет свои особенности. В данной статье
приведены более подробные примеры видов конфликтов,
возникающих между учителями общеобразовательных
школ.
Dunyo ta’lim tizimida global o‘zgarishlar natijasida erkin fuqaro shaxsini
tarbiyalashga bo‘lgan e’tibor
insonlarni ijtimoiy munosabatlar
tomon yo‘llash, gumanizm,
tolerantlik, ijtimoiy intellekt, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativlik kabi
fazilatlarni rivojlantirishga qaratilmoqda. Ta’lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba orttirishi
uchun ulardagi
tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, shaxslararo munosabatlarda
kirishimlilik, madaniyatlilik, kengfe’llik, xushmuomalalikni maromiga yetkazish prinsip
-
lariga amal qilish, mazkur sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalarni ishlab
chiqishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosa
-
batlarga kirishadi.
Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli munosabatlarning
uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosaba
tlar esa har doim ham bir
tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va
ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz [1, 49].
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir
inson o‘zini komil ishonch bilan ziddiyatli vaziyatlardan muhofaza qilinganman, deb ayta
olmaydi.
Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o‘z
hayoti davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi.
Konfliktl
ar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt
bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talab
-
laridan biridir.
Konfliktlar keyinchalik oilada, yaqinlar, do‘stlar, ijtimoiy guruhlar, turli
kompaniyalar o‘rtasida, kasbiy
faoliyatda, shuningdek, pedagogik faoliyatda ham vujudga
kelishi mumkin.
“Konflikt” atamasi “nizo” tushunchasining dastlabki ekvivalenti sanaladi.
Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki,
jamiyatning kuchli ijtimoi
y munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, Oliy va o‘rta
maxsus ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z “men”ini qattiq hurmat qilishga
odatlangan o‘quvchi va talabalar orasida konfliktli munosabatlarning bo‘lishi tabiiy
hodisadir, lekin amaliy
ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki
rahbarlar ham konfliktli munosabatlarning vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi
mumkin [2, 32].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2022) / ISSN 2181-1415
214
Pedagogika va psixologiya fanlari pedagogik konfliktni bir-biri bilan uzviy holda
o‘rganadi
va hal qiladi. Ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni
–
insonning psixik
faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz
auditoriyaga kirishi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy
-psixologik mexanizmlardan
foydalanishni bilishi zarur. Shaxsning shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va
jamiyatning roli juda kattadir. Chunki ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar inson ongiga
bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. O‘qituvchi shularni hisobga olgan holda
bolalarning psixikasini va xarakterini o‘rganishi hamda shu asosda o‘qitishning aniq va
izchil tizimini ishlab chiqishi lozim.
Psixologiyadagi mavjud 4 temperamentni pedagog yaxshi bilishi zarur, chunki ana shu
tushunchalar ta’lim tizimidagi pedagogik ziddiyatlarning oldini olishdagi asosiy omildir.
Ta’lim
-
tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo, o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga,
kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi –
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z
kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan, insonparvar, adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi
ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon
kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktning yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi nozik psix
olog va mohir
pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida
o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktab va undan tashqaridagi
birgalikdagi faoliyatni mohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvch
ining fikri, tuyg‘usi va
irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo‘ladi [2, 61].
Tarbiyalanuvchi muomala odobini, asosan, tarbiyachi timsolida anglab oladi. Ustoz
tarbiyalanuvchi uchun bir umrga sevimli, ideal, ibrat, namuna bo‘lib
qolishga muyassar
bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l
-
atvoridagi xatti-
harakatlarida shaxsga mansub bo‘lgan millat, xalq, hudud xususiyatlarida
namoyon bo‘ladi.
Konfliktlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin: agonistik
(murosaga keladigan) va antagonistik (murosasiz).
Agonistik konfliktlar uchun quyidagilar xos:
1) konfrontatsiya (konflikt)
–
sotsial guruhlarning qarama-qarshi siyosiy, ekologik,
sotsial manfaatlarga passiv qarshi turishi.
Konfrontatsiya ochiq to‘qnashuv shaklini olmaydi,
ammo farqli qarashlar mavjudligini ko‘zda tutib, raqobatga o‘tib ketishi mumkin;
2) raqiblik
–
alohida odam yoki biron-
bir jamoat yutuqlari va imkoniyatlari e’tirof
etilishi uchun kurash. Raqiblikning maqsadi
–yaxshiroq sotsial pozitsiyaga ega bo‘lish,
e’tiborli yutuqlarga erishish. Raqiblik rivojlanib, raqobatga o‘tishi mumkin;
3)
raqobat konfliktning alohida toifasi bo‘lib, undan maqsad biron
-bir foyda,
daromad ko‘rish yoki kamyob ne’matlarga erishish.
Antagonistik konfliktlarning quyidagi turlari mavjud:
1) norozilik
–
mavjud holatdan aniq ifodalanmagan holda norozilik bildirish.
Avvaliga asabiylashuv paydo bo‘lib, nizoli vaziyatga o‘tib boradi. Noaniq maqsadlar
nisbatan aniq ifodalangan talablarga aylanadi, lekin norozilik tashkilotchilarining
istaklari hamisha ham tushunarli emas, ya'ni ularning irodasi aniq ifodalanmagan.
Norozilik o‘sib, g‘alayon yoki qo‘zg‘olonga o‘tib ketishi mumkin;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2022) / ISSN 2181-1415
215
2)
g‘alayon –
shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak
darajada uyushtirgan holda agressiv tarzda ifodalanishi;
3)
qo‘zg‘olon –
shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak
darajada uyushtirgan holda muayyan maqsadga qarata ifodalanishi;
4) inqilob
–
konfliktning oliy shakli, ko‘rinishi bo‘lib, norozilikning eng so‘nggi
shakli, mavjud tuzumni siyosiy ag‘darib tashlash yo‘li, sotsial
-iqtisodiy tartibning sifat
jihatidan o‘zgarishini anglatadi. Odatda, inqilob harakatning zo‘ravonlik ishlatgan hol
dagi
harbiy usulini va keng ommaning jalb etilishini nazarda tutadi [3, 24].
Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri
mehnat jamoasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlardir.
Jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlarning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud bo‘lib, shu jamoada ishlayotgan barcha xodimlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay
qolmaydi.
Mehnat jamoasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktlar quyidagilar:
1)
sizdan tashqarida, ya’ni ziddiyat sizning
manfaatlaringizni o‘zida jam qilmagan;
2)
unga siz ham jalb etilgan , ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali
buzilayotgan yoki, aksincha, sizning manfaatlaringiz yutib chiqayotgan;
3) alohida holda
–
siz va sizning hamkasbingiz, siz va sizning ra
hbaringiz o‘rtasida;
4) umuman butun jamoa orasida vujudga kelishi mumkin [4, 53].
Jamoadagi konflikt kim o‘rtasida sodir bo‘layotganligiga qaramay mana shu
jamoada ishlayotgan xodimlarning barchasini o‘z domiga tortib ketadi.
Nima sababdan mehnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqishining bir necha
sabablari bor:
–
alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi;
–
ayrim alohida jamoa a’zolari xatti
-harakatlarining ijtimoiy, ruhiy normalarga zid
kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va hokazo);
–
jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar;
–
ishni tashkil etish va mehnatga munosabatdagi farqlar;
–
ishchi xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va hokazo [5, 58].
Jamoada vujudga kelgan turli xil konfliktlarga nisbatan passiv emas, faol
yondashgan ma’qul. Rahbar o‘zini bir tomonning yonini olgan yoki ikkinchi tomon uchun
bo‘ysungan holda emas, balki avval konfliktli vaziyatni vujudga keltirgan muammoni
aniqlashga harakat qilishi kerak. Butun jamoa diqqatini shaxslararo munosabatlarni
taftish qilishga emas, balki muammoni aniqlashga, uning yechimini qidirishga,
tomonlarning har birining manfaatlarini o‘zaro yaqinlashtirishga, har ikki tomonni ham
o‘zaro qoniqtiradigan yechimg
a olib kelishi kerak.
Mehnat jamoasida xodimlar o‘zaro bir
-birlarini hurmat qilib, bir-birlariga zarar
yetkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan, ba’zan ular
o‘rtasida, ko‘proq jamoa rahbarining o‘z qo‘lidagi xodimlarga nisbatan jamo
a etikasining
buzilishi natijasida muammoli holatlar uchrab turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1)
rahbarning o‘z qo‘lida ishlayotganlarga nisbatan dimog‘dorligi, ya’ni o‘z
rahbarlik lavozimini suiiste’mol qilgan hollarda rahbarlik qilish tartibini buzi
shi;
2)
o‘zini katta tutishi, ularni behurmat qilishi;
3)
berilgan va’dalarni bajarmaslik;
4)
o‘z fikrlaridan o‘zgacha bo‘lgan qarashlarni yoqtirmaslik, qo‘lostidagi xodim
-
larning fikrlarini inkor etishi va ta’qib ostiga olishi;
5) tanqidli
fikrlarga yo‘l qo‘ymasligi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2022) / ISSN 2181-1415
216
6)
o‘z qo‘lidagi xodimlar huquqlarini cheklashi;
7)
xodimlarga ular mas’uliyatidan tashqari shaxsiy majburiyatlarni yuklashi va
ularning bajarilishini talab qilishi ;
8)
barcha uchun muhim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni yashirib, u
lardan jamoani
bexabar qoldirishi (masalan, shtatlar qisqarishi, mukofotlardan yoki chet elga ketish
uchun kelgan komandirovka);
9)
inson nafsoniyatini pastga uradigan tanqid bilan shug‘ullanishi;
10)
xodimlar orasiga ataylab nifoq solib qo‘yishi;
11) xodimlarni guruh-
guruh qilib, ular o‘rtasidagi nizolarni keltirib chiqarishi;
12) xodimning vaqtini tejamaslik (masalan, xodim agar rahbar bilan muhim
masala yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsa, o‘zini bir necha kun “kutish”ga yoki uzoq
vaqt kutishga majburlash);
13)
xonasiga kirgan odam bilan o‘z qog‘ozlaridan ko‘z uzmay suhbatlashishi;
14)
kirib kelgan odamga “o‘tirishni” taklif etmaslik va boshqalar [6, 44].
Jamoadagi konfliktni to‘g‘ri hal etish boshqaruvchidan juda keng dunyoqarashga
ega bo‘lishni, o‘ta sabrli, o‘tkir mulohazali, madaniyatli va ma’naviyatli bo‘lishni talab
etadi [7, 86].
Har bir chiqarilgan qaror jamoaning tarqalib ketishiga yoki hamjihat bo‘lib
ishlashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun konflikt masalasiga shoshma
-shosharlik
qilmasdan, ishchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va ommaviy fikrlarga berilib
qolmasdan chuqur tahlil qilish bilan yondashish lozim. Konflikt yechimini to‘g‘ri hal etish
nafaqat jamoani, balki jamoaning har bir a’zosini va uning yaqinlarini salbiy oqibatlardan
saqlab qoladi, osoyishtaligini buzmaydi.
Pedagogik jarayondagi konflikt
–
bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muayyan
masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli
vujudga keladigan vaziyat. Ta’lim jarayonidagi
nizolar, ziddiyatlar ta’lim subyektlari
ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning faoliyatini pasaytiradi, guruhdagi “ruhiy iqlim”ni
muvozanatdan chiqaradi, o‘quvchilar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. Shuning uchun bu
masalalarga doimo e’tibor berish lozim, sababi, ta’lim olayotgan guruhlarni boshqarish
o‘quvchilar turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Bu o‘rinda pedagogik jamoada
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan (qarashlar, ilmiy, uslubiy jihatdan nomuvofiq g‘oyalar
to‘qnashuvi ko‘rinishida) va shaxsiy (raqobatchilik ko‘rinishida) ixtiloflar va nizolarning
oldini olishga qaratilgan texnologiyalarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifa pedagoglar jamoasi, psixologik xizmat orqali, fan o‘qituvchilarining mahorati,
ularning yetukligi,
chuqur kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasi, maxsus bilimi yordamida
amalga oshirilib, didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga molik muammolarni pedagogik
konfliktologiya orqali hal qilish imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish
zaruratini yuzaga keltirmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Анцупов
А.Я. Основы конфликтологии. –
М.: 1998. –
С. 49.
2.
Axmedova M.T., Rashidov X.F. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etish dars
intizomini yaxshilash omili sifatida. Maktab va xayot.
–
T.: 2015.
–
1-son.
3.
Axmedova M.T., Shayzakova N.S. Nizolarning yuzaga kelishdagi shart-sharoitlar,
shaxs toifalari va ularning xislatlari. Maktab va xayot.
–
T.: 2014.
–
2-son.
–
B. 24.
4.
Баныкина
С.В. Конфликт в современной школе: изучение и управление /
С.В.
Баныкина,
Е.И.
Степанов. –
М.: Ком Книга,2006. –
С.
184.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2022) / ISSN 2181-1415
217
5.
Грачева
В.И. Введение в педагогическую конфликтологию: Учебное
пособие / В.И.
Грачева. М. Моск. ун
-
т МВД России, 2004. –
С.
98.
6.
Jumayev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va
tamoyillari. O‘quv
qo‘llanma. 2015.
7.
Abrams G.C. Handling Conflicts.
Conflicts: a positive approach. Particirant’s
manual. Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997;
