Авторы

  • Шерзод Жураев
    Исполняющий обязанности доцента, кандидат юридических наук, Ташкентский государственный юридический университет, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp43-51

Ключевые слова:

судебные издержки государственная пошлина формы судебных расходов почтовые расходы компенсационная функция возмещения расходов сборы обязательный платеж

Аннотация

В данной статье рассматриваются осуществления определенных судебных расходов сторонами при участии в административном судопроизводстве. В частности, в статье говорится о том, что в науке принято понимать судебные издержки с двух разных точек зрения: во-первых, судебные издержки – это расходы сторон и заинтересованных лиц, связанные с судебным рассмотрением конкретного спора, и, во-вторых, предусматривается возмещение государством расходов, возникающих при осуществлении функций административного правосудия, в виде компенсации участникам процесса; судебные издержки можно разделить на два вида, в которых приведены описание и понятие, а также классификации с точки зрения науки и законодательства; особенности взимания государственной пошлины по административным делам; определение и взыскание судебных расходов, преследуемые законодателем 2 вида целей, и предложения по реформированию судов на основании постановления Президента Республики Узбекистан от 29.01.2022 г. № ПП-107.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Some legal issues of court costs in administrative court

proceedings

Sherzod JURAYEV

1

Tashkent State Law University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2021

Received in revised form

28 May 2022

Accepted 20 June 2022

Available online

25 July 2022

This article addresses some of the issues inherent in

litigation, as well as the fact that certain legal costs are incurred

by those involved in administrative proceedings. In particular,

the article assumes that science costs from two different

perspectives, first, the costs associated with the consideration

of a specific dispute between these parties and stakeholders by

the court, and second, the costs to the state in the

administration of administrative justice; that the costs incurred

will be reimbursed to the participants in the process; court

costs are divided into two types, their description, concept and

classification from the point of view of science and legislation;

features of collection of state duties on administrative cases; the

legislature has two goals to set and recover court costs, and on

the initiative of the President of the Republic of Uzbekistan,

Resolution No. PR-107 of 29.01.2022 proposes to reform the

courts.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp43-51

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

court costs,

state duty,

forms of state duty,

postage, compensation

function,

fees,

mandatory payment.

Maʼmuriy sud ishi yurituvida sud xarajatlariga oid ayrim

huquqiy masalalar

ANNOTATIYA

Kalit so‘zlar

:

sud xarajatlari,

davlat boji,

davlat bojining shakllari,

pochta xarajati,

xarajatlarning qoplanishi

b

o‘

yicha kompensatsion

funksiya,

yi

g‘

imlar,

majburiy t

o‘

lov.

Ushbu maqolada maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishtirok

etuvchi shaxslar tomonidan muayyan sud xarajatlarining

amalga oshirilishi qonun hujjatlarida belgilab q

o‘

yilganligi va

sud amaliyotida uchraydigan ayrim masalalar yoritib berilgan.

Jumladan, maqolada fanda sud xarajatlarining ikki xil nuqtayi

nazardan tushunilishi qabul qilingan b

o‘

lib, birinchidan, sud

xarajatlari bu taraflarning va manfaatdor shaxslarning konkret

nizoning sud tomonidan k

o‘

rib chiqilishi bilan bo

g‘

liq xarajatlar

1

Acting Associate Professor Tashkent State Law University, Doctor of Philosophy (PhD) in Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

44

va ikkinchidan, davlat tomonidan maʼmuriy odil sudlov

funksiyasini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarning

protsess ishtirokchilariga kompensatsiya tarzida qoplatilishi

nazarda tutilganligi; sud xarajatlari ikki turga b

o‘

linishi,

ularning fan va qonunchilik nuqtayi nazaridan tavsifi va

tushunchasi hamda tasniflari keltirilganligi; maʼmuriy ishlar

b

o‘

yicha davlat bojini undirishning xususiyatlari; sud

xarajatlarining belgilanishi va undirilishi b

o‘

yicha qonun

chiqaruvchi 2 turdagi maqsadni k

o‘

zlashi va

O‘

zbekiston

Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 29.01.2022-yildagi

PQ

107-sonli Qaroriga asosan sudlarni isloh qilish b

o‘

yicha

takliflar keltirilgan.

Некоторые правовые вопросы судебных расходов в

административном судебном производстве

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

судебные издержки,

государственная пошлина,

формы судебных расходов,

почтовые расходы,

компенсационная

функция возмещения

расходов,

сборы,

обязательный платеж.

В данной статье рассматриваются осуществления

определенных судебных расходов сторонами при участии в

административном судопроизводстве. В частности, в статье

говорится о том, что в науке принято понимать судебные

издержки с двух разных точек зрения: во

-

первых, судебные

издержки –

это расходы сторон и заинтересованных лиц,

связанные с судебным рассмотрением конкретного спора, и,

во

-

вторых, предусматривается возмещение государством

расходов, возникающих при осуществлении функций

административного правосудия, в виде компенсации

участникам процесса; судебные издержки можно разделить

на два вида, в которых приведены описание и понятие, а

также

классификации

с

точки

зрения

науки

и

законодательства; особенности взимания государственной

пошлины по административным делам; определение и

взыскание судебных расходов, преследуемые законодателем

2 вида целей, и предложения по реформированию судов на

основании

постановления

Президента

Республики

Узбекистан от 29.01.2022 г. № ПП

-107.

KIRISH

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan muayyan

sud xarajatlarining amalga oshirilishi qonun hujjatlarida belgilab q

o‘

yilgan b

o‘

lsa-da, sud

amaliyotida ushbu xarajatlarni t

o‘

lash, ularni taraflar

o‘

rtasida taqsimlash b

o‘

yicha

k

o‘plab muammolarga duch kelinmoqda. Maʼmuriy sud ishi yurituviga oid ishlarni ko‘

rib

chiqishda sud xarajatlarining ahamiyati katta.

Fanda sud xarajatlarining ikki xil nuqtayi nazardan tushunilishi qabul qilingan.

Birinchidan, sud xarajatlari bu taraflarning va manfaatdor shaxslarning konkret nizoni

sud tomonidan ko‘rib chiqilishi bilan bog‘

liq xarajatlari,

yaʼni davlat boji va sud chiqimlari

tushunilsa (M.A. Gurvich [1], A.A. Dobrovolskiy [2], M.S. Shakaryanlar [3]), ikkinchidan,

davlat tomonidan maʼmuriy odil sudlov funksiyasini amalga oshirishda yuzaga keladigan

xarajatlarning protsess ishtirokchilariga kompensatsiya tarzida qoplatilishi nazarda

tutiladi (M.X. Vafin [4]).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

45

Yuqoridagilardan tashqari, sud xarajatlari maʼmuriy sudlarda ishlarni ko‘rib

chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga

oshirishga ko‘maklashuvchi sha

xslar

guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar

ishtirok etishi mumkin. Ushbu shaxslarning sud protsessiga jalb qilinishi ham muayyan
chiqimlarga olib kelib, bu chiqimlar ham sud xarajatlarining bir qismini tashkil etadi.

MSYuItKning 12 bobi “Sud xarajatlari” deb nomlanib, unga ko‘ra,

sud xarajatlari

bu ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan to‘lanadigan, ommaviy nizolarni ko‘rib
chiqish va hal etish bilan bog‘liq davlat boji va sud chiqimlaridir.

Sud xarajatlari bir q

ator o‘ziga xos belgilardan iborat:

1)

ular maʼmuriy sudlarga murojaat qilish va ishlarni ko‘rib chiqish yuzasidan;

2)

maʼmuriy ishlarni hal etishga oid protsessual faoliyatning chiqimliligi, yaʼni

tegishli huquq va manfaatlarning himoya qilinishi muayyan to‘lov

asosida ishda ishtirok

etuvchi taraflar hisobidan undirilgan holda hal etilishi;

3)

sudga asossiz murojaat etilishining oldini olish va maʼmuriy adolatni

taʼminlashga oid davlat xarajatlarini qonuniy to‘lovlar sifatida o‘rnatilgan kompensatsiya
qilinishi ko‘

rinishida;

4)

xarajatlarni to‘lash va taqsimlash qonunda belgilangan bo‘lib, bu maʼmuriy sud

ishlarini yuritishning barcha bosqichlari va turlarini qamrab oladi. Misol uchun, davlat

bojini to‘lash faqatgina sudga ariza taqdim etishda emas, balki sud ishi yuri

tuvining

apellyatsiya va kassatsiya bosqichlarida ham to‘lash nazarda tutilgan.

MATERIAL VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida uchta savolga javob berishga harakat qilindi: birinchi

sud

xarajatlari deganda nima tushunilishi va uning o‘ziga xos

xussusiyatlari; ikkinchi

davlat

boji tushunchasining tavsiflari qanday; uchinchi

sud amaliyotida sud xarajatlari

masalasi qanday qo‘llanilyapti?

Yuqoridagi savollarga javob topish uchun amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari va

sud amaliyoti hujjatlari tahlil qilinib, tegishli taklif va xulosalarga kelindi.

Ushbu tadqiqotda ilmiy bilishning tahlil, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tizimli-

tuzilmaviy, formal-

yuridik o‘rganish usullaridan foydalanildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILI

Sud

xarajatlari MSYuItKga asosan 2 turga bo‘linadi:

Davlat boji (111-modda).

Sud chiqimlari (113-modda).

Yuqoridagi sud xarajatlari bir-biridan quyidagi mezonlar asosida farqlanadi:

Yuridik tabiati va to‘lovning asoslari

ga ko‘ra. Davlat boji mohiyatiga ko‘ra s

ud

yig‘imi hisoblanib, sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, yuridik ahamiyatli
harakatlarni sodir etish va sud hujjatlaridan nusxalar berish bilan bog‘liq bo‘lib, budjetga
to‘lanishi oldindan belgilangan to‘lov sifatidakeltirilgan. Sud chiqimlar

i esa bu aniq

ommaviy-

huquqiy nizolarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishida sud yig‘imlaridan tashqari

vujudga keladigan real xarajatlardir.

To‘lovning vaqti

ga ko‘ra. Davlat bojlari sud yig‘imi sifatida, odatda, sud

protsessi boshlanishidan oldin undirilsa [5], sud chiqimlari esa sud protsessining

tugashida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlanadi.

To‘lov miqdorining belgilanishi

ga ko‘ra. Davlat boji miqdorini aniqlashda

ikkita asos mavjud bo‘lib, birinchisi maʼmuriy ishning xarakteri (misol

uchun, idoraviy

normativ-

huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va fuqarolik holati


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

46

dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi ustidan berilayotgan arizalar

uchun alohida davlat boji belgilangan

[6]) bo‘lsa, ikkinchisi maʼmuri

y sud ishida

qatnashuvchi arizachining daʼvo bahosi hisoblanadi. Sud chiqimlarining miqdori har bitta

ish yuzasidan alohida holda, sudning konkret ish yuzasidan amalga oshirgan qo‘shimcha

harakatlari, ishda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi s

haxslar tomonidan

sarflangan mehnatning vaqti va miqdori hamda boshqalarga qarab belgilanadi.

Sud xarajatlarining belgilanishi va undirilishi bo‘yicha qonun chiqaruvchi 2 turdagi

maqsadni ko‘zlaydi:

Maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq sud

hokimiyati xarajatlarining davlat tomonidan muayyan miqdorda qoplanishi. Ushbu

xarajatlar sudda faoliyat yuritadigan xodimlarning ish haqlari, sud binosi va anjomlarining

amortizatsiyasi, kanselyariya xarajatlari va boshqalardan iborat. Bu xarajatlarning

qoplanishi ilmiy adabiyotda

kompensatsion funksiya

sifatida eʼtirof etiladi.

Sud xarajatlarini sudga ariza topshirish vaqtida to‘lash majburiyati asossiz va

noo‘rin murojaatlarning berilishini oldini olib, ushbu maqsad protsessual fanda

oldini

olish funksiyasi

sifatida tan olinadi.

Maʼmuriy sud ishi yurituvi fanidagi sud xarajatlar

i instituti odil sudlovning

maqbulligi (barcha uchun sudda o‘z huquqlarini tiklash imkoniyatining mavjudligi)

prinsipi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bunda sud protsessiga jalb qilinayotgan va ishtirok

etayotganlarning suddagi chiqimlarni to‘lay olish imkoniyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼsir

ko‘rsatadi.

Davlat boji.

MSYuItKga asosan, maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilayotgan

shaxs davlat bojini to‘lashi shart. Ilmiy adabiyotlarda davlat boji deganda, turli fikrlar

berilgan bo‘lib, ayrimlar “davlat tomonidan undiriladigan yig‘imlar, davlat daromadining

manbai” [7] sifatida ko‘rib chiqqan bo‘lsa, ayrimlari “xususiy shaxslarning davlat

organlari bilan o‘zaro munosabatga kirishganda davlat hisobiga undiriladigan yig‘imlar”

[8] ekanligini ta`kidlaydilar.

Aytish

lozimki, “davlat boji” va “yig‘im”lar tushunchalari bir

-biridan farqlanadi.

“Davlat boji davlatning yuridik ahamiyatga ega harakatlari (shaxsiy mulkiy va nomulkiy

huquqlarni tan olish va buzish) va hujjatlarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lsa, yig‘imlar

esa o‘sha harakatlarni to‘lovchilardan iqtisodiy va boshqa moddiy manfaatlar va

xizmatlarni amalga oshirishiga ruxsat berish maqsadida haq undiriladi”

[9].

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi 2020

-yil 6-yanvardagi

600-sonli Qonunining 3-

moddasiga asosan, “Davlat boji

yuridik ahamiyatga molik

harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar

va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan

majburiy to‘lov” ekanligi b

elgilangan.

Maʼmuriy ish bo‘yicha davlat boji maʼmuriy ish yuzasidan arizachidan uning

arizasida ko‘rsatilgan talablarning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishi

uchun davlat budjetiga undiriladigan majburiy yig‘im hisoblanadi.

Maʼmuriy sudlarga ariza va shikoyat bilan murojaat etilayotganda O‘zbekiston

Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi 2020

-yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonunining

17 moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar bo‘yicha

sud xarajatlarini undi

rish amaliyoti haqida”gi 25.10.2079

-yildagi 20-sonli Qarorining

5-

bandida davlat bojini oldindan to‘lash lozimligi belgilangan[10]. Bunda sud

protsessining barcha bosqichida, yaʼni birinchi instansiyadan tashqari apellyatsiya va

kassatsiya instansiyalarid

a ham oldindan to‘lash masalasi belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

47

Davlat bojini to‘lovchilar sifatida quyidagilar, yaʼni: birinchidan, maʼmuriy arizalar

kiritayotgan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar hamda chet el yuridik va jismonniy

shaxslari); ikkinchidan, maʼmuriy jav

obgarlar, agar sud qarori ularning foydasiga

chiqmagan bo‘lsa va arizachi davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa.

Maʼmuriy sud ishi yurituvida davlat bojining uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular

oddiy, proporsional va aralash shakllarga ega. Davlat bojining

oddiy

yoki

oddiy

yoki

belgilangan

shakli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida

“Davlat boji stavkalarining miqdorlari” ilovasining 3

-bandida berilayotgan ariza yoki

shikoyat talabining turi va mohiyatiga ko‘ra belgilangan stavkada to‘lanishi
mustahkamlangan. Bunda bazaviy hisoblash miqdori (keyingi o‘rinlarda BHM)ning davlat
boji hisoblanayotgan kundagi miqdoriga nisbatan belgilanganligini taʼkidlash lozim. Yaʼni
BHMning oshishiga qarab davlat boji o‘zgarishi mu

mkin. Sudga berilgan arizaning sud

tomonidan qanoatlantirilishiga qarab, taraflarga proporsional bo‘linishi mumkin. Misol

uchun, MSIYutKning 115-

moddasiga ko‘ra, “sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi

shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning

zimmasiga yuklatiladi”, deb mustahkamlangan.

Maʼmuriy ishlar bo‘yicha davlat boji quyidagicha undiriladi:

1) birinchi instansiya sudiga beriladigan ariza va shikoyatlardan:

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish

to‘g‘risidagi;

davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy

-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga

vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va

ularning mansabdor shaxslarning qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar

yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish

to‘g‘risidagi;

notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini

qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi)

yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat

ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi

arizalardan;

2) beriladigan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan:

maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari;

ish yuritishni tugatish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, sud jarimalarini solish

to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan;

3)

sud hujjatlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini

berganlik uchun. Bunda

ish hujjatlaridan fotonusxa ko‘chirish uchun davlat boji undirilmasligi O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini
undirish amaliyoti haqida”gi 20

-sonli Qarorida alohida belgilangan

ligini taʼkidlash joiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi 2020 yil 6 yanvardagi 600

-

sonli Qonuniga asosan sudga kiritiladigan ariza va shikoyatlarni davlat boji to‘lashdan

ozod etish ushbu Qonunning 10-

moddasida belgilab berilgan bo‘

lib, ularni shartli

ravishda quyidagi toifalarga ajratish mumkin:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

48

1.

Davlat organlari

(Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq

xizmati, moliya va bojxona organlari, prokuratura organli, adliya organlari, Monopoliyaga
qarshi kurashish qo

‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston

Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qi

lish bo‘yicha vakili va Hisob palatasi) tomonidan davlatning,

yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan.

2.

Jamoat tashkilotlari

(O‘zbekiston Respublikasi Savdo

-sanoat palatasi, alohida

nodavlat notijorat tashkil

otlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari,

shuningdek, ularning muassasalari, o‘quv

-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari

hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi)

tomonidan kiritalidigan arizalar va shikoyatlar yuzasidan.

3.

Alohida toifadagi shaxslar:

tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq

huquqlari va qonuniy manfaatlari yuzasida ariza va shikoyatlar bo‘yicha;

yuridik va jismoniy shaxslar

davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi)

ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha;

mulkdorlar

xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z

huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlarining va bos

hqa

organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning

mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish
haqidagi ishlar yuzasidan;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari

ularning huquqlari

va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;

taraflar

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya

markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan [11].

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi 600

-sonli Qonunining

10-moddasi ikkinchi qismiga asosan, yuqorida keltirilgan toifadagi shaxslarning

ayrimlari, yaʼni tadbirkorlik subyektlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo

-sanoat palatasi

va uning hududiy boshqarmalari, yuridik va jismoniy shaxslar, mulkdorlar va chet el

investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari talablarining to‘liq yoki qisman rad

etilganligi, ushbu shaxslardan davlat bojining talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan
miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi haqidagi norma mustahkamlangan.

Davlat bojini undirish va taqsimlash bo‘yicha qator normalar mavjud bo‘lib, ular

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar bo‘yicha sud

xarajatlarini undirish amaliyoti haqi

da”gi 20

-

sonli Qarorida ko‘rsatib o‘tilgan. Misol

uchun, davlat bojini naqd pulda yoki naqd pulsiz to‘lash bank muassasasi tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi; muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir nechta arizalar bo‘yicha
davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi
ishlardan biriga ilova qilinishi; bir nechta mustaqil talablardan iborat bo‘lgan arizalardan
davlat boji har bir talab bo‘yicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar
bo‘yicha alohida undiril

ishi; sud protsessida uchinchi shaxslar ishga mustaqil talablar

bilan kirishganida davlat boji umumiy asoslarda undirilishi; ishga kirishgan arizachining

huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam to‘lanmagan bo‘lsa, umumiy asoslarda

undirilishi va boshqa masalalar belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

49

Aytish lozimki, qonun bo‘yicha sudya maʼmuriy sudga murojaat qilishda to‘lanishi

lozim bo‘lgan davlat bojini to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etish huquqiga ega

emasligini nazarda tutish lozim. Biroq arizachining mulkiy ahvolidan kelib chiqib,

(masalan, ish haqi (daromadi), uning mulkida bo‘lgan mol

-

mulklari, bankdagi mablag‘lari,

voyaga yetmagan farzandlari, boshqa qaramog‘idagilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar va h.k.)
sudya davlat bojini to‘lashni kechiktirishni yoki bo‘lib

-

bo‘lib to‘lash masalasini arizani ish

yurituvga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda yoki arizachining

iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda hal qilishga haqli [12].

Qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan hollarda davlat bojining qaytarilishi

nazarda tutilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi

Qonunining 18-moddasida quyidagi hollarda amalga oshirilishi mustahkamlangan:

1)

davlat boji talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa. Bunda

sud

amaliyotida ko‘rish mumkinki, ko‘pincha, arizachilar tomonidan qonunda belgilangan
stavkalar noto‘g‘ri hisoblanadi va sudga to‘lab yuboriladi. Bunday holda sud, albatta,
to‘langan davlat bojini arizachiga qaytarib berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi;[1

3]

2)

sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad

etganda. Yaʼni arizachi tomonidan sudga taqdim etilayotgan ariza MSIYutKning 133

-,

134-

moddalaridagi asoslarga ko‘ra sud arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi

yoki qaytarishi;

3) apellyatsiya va kassatsiya shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad

etilganda. Apellyatsiya instansiyasi sudi MSIYutKning 209- va 210-moddalariga asosan,
apellyasiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etishi yoki qaytarishi
haqida ajrim chiqarganda hamda Kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutKning 233- va
234* moddalariga asosan, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etishi
yoki qaytarishi haqida ajrim chiqarganda;

4)

davlat boji to‘langan daʼvo arizas

i (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya va

kassatsiya shikoyati sudga kelib tushmaganda. Bunda sudga ariza yoki shikoyat

berayotganda, davlat bojini to‘lab qo‘yadi va muayyan sabablarga ko‘ra, misol uchun,
taraflar sudgacha nizoni o‘zaro hal qilgan bo‘lsa va

nizo bartaraf etilgan bo‘lsa, bunda

tabiiy holda sud MSIYutKning 112-moddasi uchinchi qismiga asosan sud tomonidan

beriladigan maʼlumotnoma asosida qaytaradi;

5)

agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda. Aytish lozimki,

amaliyotda ma

ʼ

muriy sudlarga berilayotgan arizalar ayrim holatlarda MSIYutKning 26-

moddasiga asosan sudlovga tegishli bo‘lmay qoladi. Sud amaliyotida, ayniqsa, Budjetdan
tashqari Pensiya Jamg‘armasi tomonidan fuqarolarning pensiyaga chiqishlarida ko‘p

holatlarda mehnat

stajiga oid nizo kelib chiqib, fuqarolar maʼmuriy sudlarga ish stajini

tiklab berish talabi bilan birgalikda yetkazilgan moddiy zararni ham undirib berish

to‘g‘risida ariza kiritadilar. Sud bunday hollarda MSIYutKning 26

-

moddasi to‘rtinchi

qismi va 133-moddasi birinchi qismi 1-

bandini asos sifatida ko‘rsatib, arizani ish

yuritishga qabul qilishni rad etadi. Bu holatda sud ish yuritishni tugatadi va davlat bojini

qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi;

6)

ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan

berilgan bo‘lsa. MSIYutKning 46

-moddasida prokurorning ishda qatnashishiga oid

normalar belgilangan bo‘lib, ushbu moddaning oltinchi qismida “Prokuror tomonidan

arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz

kechishi” sud tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib kelishi nazarda tutilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

50

Undan tashqari, ushbu kodeksning 36-moddasida voyaga yetgan fuqarolar va yuridik
shaxslar protsessual muomala layoqatiga ega ekanliklari belgilangan. Misol uchun,

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida turli komissiyalar faoliyat yuritib,
ularning voyaga yetmaganlar bo‘yicha qarorlari yuzasidan nizo kelib chiqqanda, ushbu

moddaning uchinchi qismi

ga ko‘ra, “o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan

voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek, muomala layoqati cheklangan deb topilgan

fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda

ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, homiylar,

tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga o‘xshash muassasalar
maʼmuriyati) tomonidan himoya qilinishi” nazarda tutilgan;

7)

sudning ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi

va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan

qoldirilganda.

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 29.01.2022

-yildagi

“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadb

irkorlik subyektlari

huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan

ishonchini yanada oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

107-sonli Qarori[11]ga

asosan, sudlarni isloh qilish bo‘yicha keyingi qadam tashlangan bo‘lib, ushbu normativ

-

huquqiy hujjatda sudlar faoliyati bilan bog‘liq bir qator yangi mexanizmlar kiritish

nazarda tutildi. Jumladan, Qarorning 3-bandida

taraflarga ommaviy-huquqiy munosabat-

lardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimini tuzish

huquqini berish va

4-

bandidagi sudlar tomonidan daʼvo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli

bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni
taqiqlash, bunda daʼvo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli
sudga o‘tkazish

bo‘yicha

taklif kiritilgan bo‘lib, bunda davlat boji masalasida ham tegishli

o‘zgartishlar kiritish talab etiladi:

taraflar o‘rtasida kelishuv bitimini tuzish masalasi hal qilinganda, sud xarajatlari

tarafla

rning o‘zaro kelishuvi, yaʼni ham arizachining, ham javobgarning roziligi asosida

taqsimlanishini belgilash. Bunda javobgar taraf davlat organi yoki mansabdor
shaxslarning aybi isbotlanganda, sud xarajatlari javobgar tomonidan qoplanishini
belgilash maqsadga muvofiqdir;

taalluqlilik masalasida arizachi maʼmuriy sudga murojaat qilganda, to‘langan

davlat boji va pochta xarajati, agar maʼmuriy sudga taalluqli bo‘lmay boshqa sudga (misol
uchun fuqarolik va iqtisodiy sudga) taalluqli bo‘lganda, arizachi tomonidan to‘langan sud
xarajatlari avtomatik tarzda taalluqli sudga o‘tkazilishi lozim. Bunda arizchining davlat
boji va pochta xarajati to‘laganligi fakti boshqa sud tomonidan hisobga olinishi lozimligini

belgilash kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Qarang: https://cyberleninka.ru/article/n/raspredelenie-sudebnyh-rashodov-

kak-mera-otvetstvennosti-v-arbitrazhnom-protsesse.

2.

Добровольский

А.А. Советский гражданский процесс. –

М.:

Изд

.

1979.

С.

72.

3.

Шакарян

М.С. Проблемы доступности и эффективности правосудия в судах

общей юрисдикции // Проблемы доступности и эффективности правосудия в
арбитражном и гражданском судопроизводстве. М.

, 2001.

С. 72.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

51

4.

Вафин

М.Х. Судебные расходы по гражданским делам: Дисс. канд. юрид.

наук. –

М.

, 1984.

С. 17.

5.

“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019

-yil 25-oktyabrdagi 20-sonli

qarorining 5 bandida “Davlat boji ariza, shikoyat sudga berilgunga qadar toʻlanishi”

belgilangan.

6.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020

-yil 6-yanvardagi

600-

sonli Qonuning ilovasi “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ning 3

-bandida

Maʼmuriy sudlarga beriladigan arizalar uchun undiriladigan davlat bojlarining miqdorlari

belgilangan.

7.

Юридический энциклопедический словарь. –

М., 1987. –

С. 343.;

Энциклопедический словарь. Спб., 1898. –

Т.

23.

С. 826.

8.

Берендтс

Э.Н. Русское финансовое право. Лекции, читаннқе в

Императорском училище Правоведения. Спб., 1914. –

С. 244.; Янжул

И.И. Основные

начала финансовой науки. М., 2002. –

С. 509.

9.

Егорова

Т.В. Место государственной пошлины в системе налогов и сборов

Российской Федерации // Вестник ТГУ, Саратов, вып.11(91), 2010. –

С. 277.

10.

Oʻzbekiston Respublikasi MSYUItKning 130, 134, 206, 210, 230, 23

4 moddalarida

Sudga ariza, apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berishda davlat boji toʻlanmagan
taqdirda sud tomonidan arizani qaytarishga asos boʻlishi belgilangan.

11.

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020

-yil

6-yanvardagi 600-sonli Qonunining 10-moddasida ushbu toifalar bandma-band

koʻrsatilgan.

12.

Qarang: https://lex.uz/docs/5841287

13.

Qarang: “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti

haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019

-yil 25-oktyabrdagi

20-sonli qarorining 10 bandi ikkinchi qismida mustahkamlangan.

14.

Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisida”gi Kodeksining

109 moddasida davlat bojini qaytarish ajrimda koʻrsatilishi belgilangan.

15.

Жураев

Ш

.

Ю

. (2020).

Экологик

хавфсиз

яшаш

ҳуқуқи

ва

хорижий

амалиёт

.

Журнал правовых исследований

, (SPECIAL 5).

16.

Жураев Шерзод (2020). Право на экологически безопасную жизнь и

зарубежная практика

. Review of law sciences, 4 (

Спецвыпуск

), 88

91. doi:

10.24412/2181-919X-2020-88-91.

17.

Juraev S. (2021, November). The role and significance of state-legal regulation

of legal relations on environmental safety. In International Scientific and Current
Research Conferences (PP. 111

117).

18.

Juraev S., & Heli P. (2022). Public interest and private interest in the

administrative law of Uzbekistan. Involta Scientific Journal, 1(4), 55

69.

19.

Juraev, S. (2021, April). Protection of the right of human environmentally safe

living. In International Scientific and Current Research Conferences (PP. 153

157).

Библиографические ссылки

Добровольский А.А. Советский гражданский процесс. – М.: Изд. – 1979. – С. 72.

Шакарян М.С. Проблемы доступности и эффективности правосудия в судах общей юрисдикции // Проблемы доступности и эффективности правосудия в арбитражном и гражданском судопроизводстве. М., 2001. – С. 72.

Вафин М.Х. Судебные расходы по гражданским делам: Дисс. канд. юрид. наук. – М., 1984. – С. 17.

“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktyabrdagi 20-sonli qarorining 5 bandida “Davlat boji ariza, shikoyat sudga berilgunga qadar toʻlanishi” belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020-yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonuning ilovasi “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ning 3-bandida Maʼmuriy sudlarga beriladigan arizalar uchun undiriladigan davlat bojlarining miqdorlari belgilangan.

Юридический энциклопедический словарь. – М., 1987. – С. 343.; Энциклопедический словарь. Спб., 1898. – Т. 23. – С. 826.

Берендтс Э.Н. Русское финансовое право. Лекции, читаннқе в Императорском училище Правоведения. Спб., 1914. – С. 244.; Янжул И.И. Основные начала финансовой науки. М., 2002. – С. 509.

Егорова Т.В. Место государственной пошлины в системе налогов и сборов Российской Федерации // Вестник ТГУ, Саратов, вып.11(91), 2010. – С. 277.

Oʻzbekiston Respublikasi MSYUItKning 130, 134, 206, 210, 230, 234 moddalarida Sudga ariza, apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berishda davlat boji toʻlanmagan taqdirda sud tomonidan arizani qaytarishga asos boʻlishi belgilangan.

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020-yil

-yanvardagi 600-sonli Qonunining 10-moddasida ushbu toifalar bandma-band koʻrsatilgan.

Qarang: “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktyabrdagi

-sonli qarorining 10 bandi ikkinchi qismida mustahkamlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisida”gi Kodeksining 109 moddasida davlat bojini qaytarish ajrimda koʻrsatilishi belgilangan.

Жураев Ш.Ю. (2020). Экологик хавфсиз яшаш ҳуқуқи ва хорижий амалиёт. Журнал правовых исследований, (SPECIAL 5).

Жураев Шерзод (2020). Право на экологически безопасную жизнь и зарубежная практика. Review of law sciences, 4 (Спецвыпуск), 88–91. doi: 10.24412/2181-919X-2020-88-91.

Juraev S. (2021, November). The role and significance of state-legal regulation of legal relations on environmental safety. In International Scientific and Current Research Conferences (PP. 111–117).

Juraev S., & Heli P. (2022). Public interest and private interest in the administrative law of Uzbekistan. Involta Scientific Journal, 1(4), 55–69.

Juraev, S. (2021, April). Protection of the right of human environmentally safe living. In International Scientific and Current Research Conferences (PP. 153–157).