Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Participation in team and results of Surkhandaria
’
s
paralympian athletes in Uzbekistan
Ilyas KHASANOV
1
Termez State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2022
Received in revised form
20 June 2022
Accepted 25 July 2022
Available online
15 August 2022
This article contains information about the participation of
the national team of Uzbekistan in the Paralympic sports
competitions, the achievements and results of the
representatives of our team, as well as the conditions created for
Paralympic sports in our country. At the same time, information
is provided about the Surkhandarya
’
s athletes who participated
in the Paralympic sports competitions as part of our team, this
article serves as one of the important sources for specialists and
students of physical education.
2181-
1415/© 2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp159
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Paralympic games,
system,
team,
spiritually pure,
intellectually mature,
physically strong,
mature,
patriotic,
courage,
perseverance,
“Sprouts of Hope”,
“Perfect Generation”,
“Universiade”.
Surxondaryolik
paralimpiyadachi
sportchilarning
O‘
zbekiston terma jamoasi tarkibidagi ishtiroki va
natijalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
paralimpiya,
tizim,
terma jamoa,
ruhan pok,
ma’nan yetuk,
jismonan baquvvat,
barkamol,
Ushbu maqolada Paralimpiya sport musobaqalarida
O‘
zbekiston terma jamoasining ishtiroki va terma jamoamiz
vakillarining q
o‘
lga kiritilgan yutuqlari, natijalari va
mamlakatimizda paralimpiya sport turlari uchun yaratilgan
shart-
sharoitlar haqidagi ma’lumotlar o‘
rin olgan. Shu bilan
birga, terma jamoamiz tarkibida Paralimpiya sport
musobaqalarida ishtirok etgan surxondaryolik sportchilar
1
Associate Professor of the Department of Physical Education, Termez State Pedagogical Institute.
Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Issue
–
3 № 4 (2022) / ISSN 2181
-1415
160
vatanparvar,
jasorat, matonat,
“Umid nihollari”,
“Barkamol avlod”,
“Universiada”.
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan, bu maqola soha mutaxassislari
va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘
nalishi talabalari uchun muhim
manbalardan biri b
o‘
lib xizmat qiladi.
Участие и результаты Сурхандарьинских спортсменов
-
паралимпийцев в составе сборной Узбекистана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
паралимпийские игры,
система,
сборная,
морально чистая,
духовно развитая,
физически сильная,
идеальная,
патриотичная,
мужество,
упорство,
«Умид нихоллари»
,
«Баркамол авлод»
,
«Универсиада»
.
В данной статье содержится информация об участии
сборной Узбекистана в паралимпийских спортивных
соревнованиях,
о
достижениях
и
результатах
представителей нашей сборной, а также об условиях,
созданных для паралимпийских видов спорта в нашей
стране. Вместе с тем, представлена информация о
сурхандарьинских
спортсменах,
участвовавших
в
паралимпийских спортивных соревнованиях в составе
сборной Узбекистана.
Dunyoda barcha sohalar singari jismoniy tarbiya va sport sohasi ham xalqlar va
elatlarning kelajak
avlodini, ya’ni ertangi kuni bo‘lgan yoshlarini i ruhan pok, ma’nan yеtuk
va jismonan baquvvat va har tomonlama barkamol etib tarbiyalash bilan birga jismoniy
tarbiya va sport orqali aholi salomatligini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri
sifatida e’
tirof etiladi. Dunyo mamlakatlari yosh avlodni jismonan chiniqqan va barkamol
etib tarbiyalash qatorida har bir mamlakat
o‘
z kelajak avlodlari b
o‘
lgan yoshlarni
o‘
z
vatanlariga mehr va sadoqat bilan xizmat qiladigan farzandlar qilib tarbiyalashni ham
o‘
z
o
ldilaridagi oliy maqsadlardan biri deb bilishib, jismoniy tarbiyaning ta’limiy va tarbiyaviy
vazifalarini shunga mutanosib holda ishlab chiqaradilar va amalga oshiradilar.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining ham ta’lim muassasalarida o‘
zlari uchun
ta’l
im mazmunini hal etishga qaratilgan bobida yosh avlod tarbiyasida jismoniy
tarbiyaning maqsadi yosh avlodni vatan himoyasiga munosib har tomonlama barkamol
etib tarbiyalashga doir band mavjud b
o‘
lib, bunda yosh avlod nafaqat harbiy, balki dunyo
arenalarida sportning barcha turlari b
o‘
yicha
o‘
tkazilib kelinayotgan sport
musobaqalarida
o‘
z vatanlari sha
’
nini munosib himoya qilish singari muhim vazifalar
yoshlar ongiga singdirilib kelinmoqda. Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab
o‘
zining davlat ramzlarini qabul qilgan mamlakatimiz sportchilari
o‘
zlarining jonajon
vatani b
o‘
lgan
O‘
zbekiston deb nomlangan yangi davlat bayro
g‘
i ostida Osiyo, Jahon,
Olimpiya va Paralimpiya sport musobaqalarida ishtirok etayotganliklari hamda vatanimiz
sharafini munosib himoya qilib kelayotganliklari biz uchun katta kuch va katta iftixordir.
Mustaqil diyorimiz sharafini mardona himoya qilib, Olimpiya va Paralimpiya sport
musobaqalariga ishtirok etadigan spoprtchilarimiz uchun davlatimiz tomonidan
qaratilayotgan e’tibor hamda yar
atilayotgan sharoitlar natijasini Olimpiya va Paralimpiya
sport musobaqalarida sportchilarimiz tomonidan q
o‘
lga kiritilgan yutuqlar misolida ham
k
o‘
rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda so
g‘
lom turmush
tarzini jor
iy etish maqsadida aholining barcha yoshdagi vakillari uchun “Alpomish va
Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Issue
–
3 № 4 (2022) / ISSN 2181
-1415
161
Barchinoy” maxsus testlari va ta’lim muassasalarining barcha bo‘g‘
inlarida sport
musobaqalarini
o‘tkazish maqsadida umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun “Umid
nihollari”,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining
o‘quvchilari uchun “Barkamol
avlod” va Oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari uchun “Universiada” sport
musobaqalarining tashkil etilib
o‘
tkazilib kelinganligidan bu yurtdagi yosh avlodni
o‘
z
vatanlarini dunyoga tanitish y
o‘
lida oldilariga oliy maqsad q
o‘
yib ul
g‘
ayayotganliklarini
anglash mumkin. Chunki sportchilar sportchilik maqomiga ega b
o‘
lgunlariga qadar
dastavval
o‘
z hududlaridagi saralashlarda
o‘
zi va
o‘
zligining, oilasining, keyinchalik viloyat
miqy
osidagi sport musobaqalarida tumani va ta’lim muassasalarining va Respublika sport
musobaqalarida viloyatlarining sha
’
nini himoya qilish bilan birga, jahon arenalarida yurt
bayro
g‘
ini k
o‘
tarish necho
g‘
lik ulu
g‘
burch va vazifa ekanligini anglab,voyaga yеti
shadilar.
Xuddi shu singari bugungi kunda sport musobaqalarida mamlakatimiz sharafini
munosib himoya qilib, yurtimiz bayro
g‘
ini jahon arenalarining eng yuqori ch
o‘
qqisiga
k
o‘
targan hamda butun dunyo sport ixlosmandlarini mamlakatimiz madhiyasini
tinglashga majbur etgan haqiqiy vatanparvar
o‘g‘
il-qizlarimizning k
o‘
p ekanligi bizni
quvontirmoqda.
O‘
zbekiston, Osiyo, Jahon, Olimpiya va Paralimpiya sport musobaqalarida
mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilarimizning natijasi bizning
bu fikrimizga yaqqol dalil b
o‘
la oladi. Jumladan, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib
kelayotgan haqiqiy jasorat va matonat egalari Paralimpiya ishtirokchilari b
o‘
lgan
sportchilarimizning sport musobaqalaridagi q
o‘
lga kiritayotgan yutuqlari va jasoratlarini
misol keltirishimiz mumkun.
Ilk marotaba Gretsiyaning Afina shahrida b
o‘
lib
o‘tgan “Afina
-
2004”
XII Paralimpiya sport musobaqalarida
O‘
zbekiston sharafini yagona paralimpiyachi
sportchimiz Yusuf Qodirov pauerlifting sport turidan ishtirok etgan holda himoya qilgan
va
bu bilan “Afina
-
2004” paralimpiya sport o‘
yinlarining ishtirokchisiga aylanishni
boshlagan b
o‘
lsa, 2007 yilda
O‘
zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi tashkil etilganidan
s
o‘
ng Xitoyning poytaxti Pekin shahrida 2008-yili
o‘
tkazilgan Paralimpiya
o‘yinlarida, ya’ni
“Pekin
-
2008” Paralimpiya sport o‘
yinlarida
O‘
zbekiston delegatsiyasi 2 ta sport turidan
(pauerlifting va suzish sport turidan) ikki nafar sportchi bilan ishtirok etishdi.
2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya sport o‘yinlaridan mamlakatimiz
sportchilari uchun
g‘
alabali odimlar davri boshlandi desak, mubola
g‘a bo‘lmaydi.
“London
-
2012” Paralimpiya sport o‘yinlarida
vakillarimizdan 10 nafar sportchi
4 ta sport turidan ishtirok etishib, 1 ta kumush medalni Sharif Xalilo
v dzyudo bo‘yicha
73 kilogrammgacha vazn toifasida qo‘lga kiritdi. Bu kumush medal o‘zbekistonlik
paralimpiyachi sportchilarimizning ilk marotaba Paralimpiya sport musobaqalarida qo‘lga
kiritgan yutu
g‘i bo‘lib, O‘zbekiston tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. O‘zbekiston
delegatsiyasi “London
-
2012” Paralimpiya sport o‘yinlarining turnir jadvalida bitta
kumush medal bilan umumjamoa hisobida 67-
o‘rinni egallashdi.
2016 yil Braziliyaning Rio-de-
Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi
“Rio
-
2016” Paralimpiya sport o‘yinlarida
8 ta sport turidan 32 nafar sportchimiz 58 ta
yo‘llanma bilan ishtirok etishdi va yakuniy natijalarga ko‘ra, 32 nafar sportchimiz 31 ta
medallarni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza
medallarning sovrindoriga aylanib, umumjamoa hisobida 16-
o‘rinni egalladilar va
Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni
Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Issue
–
3 № 4 (2022) / ISSN 2181
-1415
162
(1-
o‘rin Ukraina 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2
-
o‘rin
(Xitoydan keyin
326 ta sportchi bilan ishtirok etgan) ni qo‘lga kiritdi.
“Rio
-
2016”
Paralimpiya
o‘yinlarida
dzyudo
sport
turi
bo‘yicha
paradzyudochilarimiz umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladilar. Eng quvonarlisi
shundaki, “Rio
-
2016” Paralimpiya sport o‘yinlarida
sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon,
7 ta Paralimpiya o‘yinlari va 12 ta Osiyo rekordlari o‘rnatildi.
“Tokio
-
2020” XVI Paralimpiya sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasidan
48 nafar sportchi 55 ta yo‘llanma bilan ishtirok etishdi. Bunda 17 nafar p
arayengil atletika
sportchilarimiz
19 ta yo‘llanma bilan, suzish bo‘yicha paralimpiyachilarimizdan
7 nafari 12 ta yo‘llanma bilan, parakanoe turidan ishtirok etgan sportchilarimizning
3 nafari 3 ta yo‘llanma bilan, o‘q otish sport turidagi paralimpiyachi
larimizdan bir nafar
sportchi 1 ta yo‘llanma bilan, paradzyudochilarimizning 12 nafarlari 12 ta yo‘llanma bilan,
parakademik eshkak eshish bo‘yicha 2 nafar sportchimiz 2 ta yo‘llanma bilan,
parapauerlifting sport turidan 3 nafar sportchimiz 3 ta yo‘llanma
bilan mamlakatimiz
sharafini himoya qildilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 8 ta oltin, 6 ta kumush va
5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishib, turnir jadvalining umumjamoa hisobida
16-
o‘rinni band qilib, bu ko‘rsatkich bil
an mamlakatimiz sportchilari Osiyo jamoalari
(Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin)
mamlakatlari orasida to‘rtinchi, Markaziy Osiyo va turkiy xalqlar orasida birinchi o‘rinni
egallashdi.
Paralimpiya sport musob
aqalari tarixida o‘chmas iz qoldirayotgan o‘zbekistonlik
sportchilar qatorida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib davlatimizning
dunyoga tanilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan surxondaryolik
sportchilarimiz ham o‘zlarining puxta tayyor
garliklarini dunyo arenalaridagi sport
musobaqalarida namoyon etib kelmoqda.
Sportning y
еngil atletika turi bo‘yicha “Rio
-
2016” Paralimpiya sport o‘yinlarining
bronza medallari sohiblari Hamrayev Faxriddin va sportning o
g‘
ir atletika (Paur Lifting)
turi bo
‘yicha Bozorov Ahrorlarni e’tirof etishimiz mumkin bo‘ladi. Yana bir sportchimiz
(yengil atletikachi) Mirzaqulov Farrux “Rio
-
2016” Paralimpiya sport o‘yinlarining
ishtirokchisiga aylandi.
“Tokio
-
2020” XVI Paralimpiya sport o‘yinlarida surxondaryolik Naimov
a Guljanoy
qizimizning sportning Taekvando WTF turi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib,
oltin medalga sazovor bo‘lganligi haqiqiy matonat nishonasidir. Xurramova Lobar
esa
“Tokio
-
2020” XVI Paralimpiya sport o‘yinlarida sportning dzyudo turi bo‘yicha
ishtirokchiga aylandi.
Bugungi kunga qadar Paralimpiya sport musobaqalari tarixida 5 nafar
surxondaryolik sportchilar ishtirok etishib, shulardan 1 nafari oltin va 2 nafari bronza
medallari bilan taqdirlandi.
Albatta, bu natijalar o‘
z-
o‘zidan bo‘lgan emas, buning uchun bu borada davlatimiz
tomonidan olib borilgan islohotlar va yaratilayotgan sharoitlar alohida e’tiborga molik.
Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda inson omilining ulug‘lanishi va har tomonlama
qo‘llab
-quvvatlanishi singari ijobiy ahamiyatga ega qarorlarning ijro qilinishi
sportchilarimizning ulkan yutuqlarga erishishlarida ilhom bag‘ishlamoqda.
Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Issue
–
3 № 4 (2022) / ISSN 2181
-1415
163
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
М.
Тўхтамирзаев, Ф.
Турдиев, М.
Расулова. “Олимп сари”. Ўқув қўлланма
Ўзбекистон Миллий
олимпия қўмитаси «Наврўз» нашриёти. Тошкент
–
2017.
2.
Хасанов
И.Т. “Жисмоний тарбия назарияси ва методикаси” I
-
қисм, Дарслик.
Китоб нашр
–
2021йил.
3.
Toychievich K.I. (2022). Historical Characteristics, General Content and Stages of
Development of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5, 18-21.
4.
Tuychiyevich X.I. (2022). Development Stages and Characteristics of the History of
Physical Education. Central asian journal of social sciences and history, 3(2), 5-8. Retrieved from
https://cajssh.centralasianstudies.org/index.php/CAJSSH/article/view/244.
5.
Х
asanov Ilyos Tuychievich. (2022). Development Stages and Characteristics of
The History of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5,
96
–
99. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/813.
6.
Xasanov I.T., & Sodiqova D.B. (2022). Specific ways to develop physical activity in
preschool children.
Miasto Przyszłości, 24, 20–
25.
7.
Hasanov I.T., & Mamataov F.B. (2022). Effectiveness of approaching a
combination of theoretical and practical exercises in preparation for preschool children in
physical training
. Miasto Przyszłości, 24, 4–
7.
8.
Хасанов
И
.
Т
.
(2022).
Имконияти
чекланганларга
имкон
берайликжамииятда
фаол
шахсларнинг
сони
кўпайсин
. Academic research in
educational sciences, 3(6), 785
–
790.
9.
Tuychievich H.I. (2022). Paralympic Sports Competitions
–
A Field of Courage and
Courage! International Journal of Culture and Modernity, 17, 474
–
477. Retrieved from
https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm/article/view/371.
10.
Hasanov I.T. (2022) Organizational basis of physical education of children in
preschool educational institutions Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2(6) 181-
182. https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/434.
11.
Tursunpulatovich M.N. (2022). Active forms of rest for increasing the
workability of gymnasts. Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 4, 183
–
185.
Retrieved from https://mjssh.academicjournal.io/index.php/mjssh/article/view/97
12.
Navruz M. (2022). Features of psychological preparation of gymnasts. Modern
Journal of Social Sciences and Humanities, 4, 186
–
188. Retrieved from
https://mjssh.academicjournal.io/index.php/mjssh/article/view/98.
